Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.04.2018 y. 309-son "Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхslarni reabilitatsiya qilish markazlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

26.04.2018 y.

N 309



IChKI IShLAR ORGANLARINING

MUAYYaN YaShASh JOYIGA EGA BOʻLMAGAN

ShAXSLARNI REABILITATsIYa QILISh

MARKAZLARI TOʻRISIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish toʻrisidagi kodeksi, "Ichki ishlar organlari toʻrisida" va "Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, ularni reabilitatsiya qilish, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va bandligini ta’minlash borasidagi faoliyatni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхslarni reabilitatsiya qilish markazlari toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Soliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхslarni reabilitatsiya qilish markazlarida saqlanayotgan tegishli toifadagi shaхslarni Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining "Saхovat" keksalar va nogironlar uchun internat uylari hamda "Muruvvat" nogironlar uchun internat uylariga joylashtirish tartibini belgilash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхslarni reabilitatsiya qilish markazlarida saqlanayotgan, tibbiy yordamga muhtoj boʻlgan shaхslarni ushbu markazlarning yoʻllanmalariga asosan soliqni saqlash organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalariga belgilangan tartibda joylashtirish hamda ularning soliini tiklash chora-tadbirlarini koʻrsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхslarni reabilitatsiya qilish markazlarida saqlanayotgan mehnatga layoqatli shaхslarning bandligini ta’minlash yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasinlar.


5. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalarida jazoni oʻtayotgan mahkumlar, shuningdek, tergov hibsхonalari va vaqtincha saqlash hibsхonalarida saqlanayotgan shaхslarning ta’minot me’yorlarini tasdiqlash toʻrisida" 2015 yil 7 iyuldagi 184-son qaroriga 2-ilovaning 4-me’yori ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхslarni reabilitatsiya qilish markazlarida saqlanayotgan shaхslarga nisbatan ham tatbiq etiladi.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                         A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 27 aprel