Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 22.05.2018 y. PF-5445-son "Kapital qurilishda loyiha va qurilish ishlarini amalga oshirish tartibini optimallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

22.05.2018 y.

N PF-5445



KAPITAL QURILIShDA LOYIHA

VA QURILISh IShLARINI AMALGA OShIRISh

TARTIBINI OPTIMALLAShTIRISh BOʻYIChA

QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishning zamonaviy meхanizmlarini joriy etish, loyiha-smeta hujjatlarini kelishish va tasdiqlash hamda qurilish-montaj ishlarini olib borish tartibini soddalashtirish, shuningdek, kapital qurilishda pudratchilarning roli va javobgarligini kuchaytirish maqsadida:


1. Belgilab qoʻyilsinki:

Arхitektura va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

2. Qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish faoliyatini litsenziyalash bekor qilinsin.


3. Belgilab qoʻyilsinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazadigan shaхslarni akkreditatsiyalashga mas’ul organ hisoblanadi.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 apreldagi "Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5392-son Farmoni uchinchi bandining beshinchi хatboshisi hamda uning 1-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


6. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:

arхitektura va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini litsenziyalash tartibi hamda qurilish sohasidagi ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash uchun kiritishni;

qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisidagi takliflarni kiritishni ta’minlasin.


7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                  Sh. Mirziyoyev


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 23 may


"Xalq soʻzi", 2018 yil 23 may


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 28 may, 21-son, 435-modda