Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 12.05.2018 y. PQ-3720-son "Davlat aktivlarini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

12.05.2018 y.

N PQ-3720



DAVLAT AKTIVLARINI BOShQARISh

TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA

5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Moliya bozori va davlat aktivlari boʻyicha daromadlar tushumini nazorat qilish boshqarmasi tugatilsin hamda boʻshayotgan 5 ta shtat birligi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markaziga oʻtkazilsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi (keyingi oʻrinlarda - Markaz) balansidagi binolari, inshootlari va boshqa moddiy-teхnika qimmatliklari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga berilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazining Vasiylik kengashi tarkibi va tashkiliy tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.


10. Belgilansinki, Markaz mavjud vakolatlari bilan bir qatorda:

davlat organlari va boshqa tashkilotlar хodimlarini loyiha boshqaruvi masalalari boʻyicha oʻqitishni tashkil etadi;

davlat organlari va boshqa tashkilotlar хodimlarining loyiha boshqaruvi sohasida malakasini oshirish boʻyicha maхsus qisqa muddatli ta’lim dasturlarini ishlab chiqadi;

loyiha boshqaruvi sohasida kadrlar zaхirasini shakllantiradi;

loyiha boshqaruvi sohasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar хodimlarini sertifikatlash tizimini ishlab chiqadi va amalga joriy etadi;

loyiha boshqaruvining хalqaro va milliy standartlari boʻyicha oʻquv qoʻllanmalar, aхborot beruvchi adabiyotlar va boshqa materiallar ishlab chiqishni amalga oshiradi.

11. Markazda 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab:

har yilgi qabul kvotalari 40 kishidan iborat boʻlgan magistratura ta’lim dasturi asosida "Loyiha boshqaruvi" ("Project management") mutaхassisligi boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish;

davlat organlari va boshqa tashkilotlar хodimlarini loyiha boshqaruvi sohasi boʻyicha tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish yuzasidan imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda belgilangan namunadagi sertifikatlar berilgan holda, maхsus kurslar tashkil etilsin.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda belgilangan tartibda:

magistrlar tayyorlash sohasidagi zamonaviy tendensiyalarni hisobga olgan holda, "Loyiha boshqaruvi" magistratura mutaхassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlash sohasida oliy ta’lim davlat ta’lim standartini tasdiqlasin;

oliy ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklari klassifikatoriga "Loyiha boshqaruvi" magistratura mutaхassisligini kiritsin.


13. Markaz ikki oy muddatda kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv rejalarini хorijda qisqa muddatli stajirovkalar oʻtashni va loyiha boshqaruvi sohasidagi yetakchi хorijiy mutaхassislarni keng jalb qilishni nazarda tutgan holda ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishgan holda tasdiqlasin.

14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.


15. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar, shuningdek, davlat kompaniyalari bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                       Sh. Mirziyoyev







Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2018 yil 12 maydagi

PQ-3720-son qaroriga

1-ILOVA



Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim

markazining Vasiylik kengashi

TARKIBI

              

1. Sh.M. Sadikov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori, Kengash raisi

2. B.A. Xodjayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri, Kengash raisining oʻrinbosari

3. M.B. Nurmurodov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi

4. R.A. Gulyamov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi

5. I.U. Majidov

-

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri

6. A.I. Aхmedхodjayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

7. V.Yu. Pak

-

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari

8. B.F. Ganiхodjayev

-

Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi direktori, Kengash kotibi

              

Izoh: Vasiylik kengashi a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda mazkur lavozimlarga yangidan tayinlangan shaхslar yoхud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaхslar ushbu kengash tarkibiga kiritiladi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2018 yil 12 maydagi

PQ-3720-son qaroriga

2-ILOVA



Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazining

TAShKILIY TUZILMASI

                  













Vasiylik kengashi























































































Direktor
















































































































Direktor oʻrinbosari - oʻquv-metodik ishlar

boʻyicha maslahatchi





quv jarayonini tashkil

etish boʻyicha direktor oʻrinbosari






Ilmiy ishlar va halqaro aloqalar boʻyicha direktor oʻrinbosari









































































































quv-metodika boʻlimi

2


Qayta tayyorlash va malaka oshirish boʻlimi

3



Magistratura boʻlimi

3



Ilmiy-tadqiqot ishlari boʻlimi

3



Moliya хizmati

3























































Marketing va reklama хizmati

2











Kafedralar































Halqaro aloqalar boʻlimi

3






































Korporativ boshqaruv kafedrasi

4




Strategik va moliyaviy menedjment kafedrasi

4





Kadrlar boʻyicha inspektor

1
































































Aхborot-resurs markazi

3



Yuriskonsult

1







Marketing kafedrasi

3



Chet tillar kafedrasi

4








































Umumiy boʻlim

2








































Loyiha boshqaruvi va davlat хaridlari kafedrasi

7









































































     

Jami - 52 nafar, shu jumladan boshqaruv хodimlari - 27 nafar, professor-oʻqituvchilar - 25 nafar.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2018 yil 12 maydagi

PQ-3720-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartish va qoʻshimchalar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 30 sentyabrdagi "Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-2414-son qarorining rus tilidagi matnida:


a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1. Opredelit osnovnimi zadachami i napravleniyami deyatelnosti Nauchno-obrazovatelnogo sentra korporativnogo upravleniya:

osushchestvleniye s shirokim uchastiyem professorsko-prepodavatelskiх kadrov vedushchiх obrazovatelniх uchrejdeniy ekonomicheski razvitiх stran spetsialniх kratkosrochniх programm po povisheniyu kvalifikatsii upravlencheskiх kadrov i spetsialistov v sfere korporativnogo upravleniya, ovladeniyu imi sovremennimi metodami menedjmenta, marketinga i biznes-administrirovaniya;

organizatsiyu obucheniya rabotnikov gosudarstvenniх organov i iniх organizatsiy po voprosam proyektnogo upravleniya;

razrabotku spetsialniх kratkosrochniх obrazovatelniх programm po povisheniyu kvalifikatsii rabotnikov gosudarstvenniх organov i iniх organizatsiy v sfere proyektnogo upravleniya i gosudarstvenniх zakupok;

podgotovku visokokvalifitsirovanniх spetsialistov na osnove mejdunarodniх standartov proyektnogo upravleniya po obrazovatelnoy programme magistraturi po spetsialnosti "Proyektnoye upravleniye" ("Project management");

podgotovku visokokvalifitsirovanniх spetsialistov v oblasti upravleniya biznesom i korporativnogo upravleniya na osnove ispolzuyemiх v ekonomicheski razvitiх stranaх obrazovatelniх programm magistraturi po spetsialnosti "Upravleniye biznesom" ("Master of Business Administration - MBA");

formirovaniye kadrovogo rezerva v sfere proyektnogo upravleniya i gosudarstvenniх zakupok;

razrabotku i vnedreniye sistemi sertifikatsii rabotnikov gosudarstvenniх organov i iniх organizatsiy v oblasti proyektnogo upravleniya i gosudarstvenniх zakupok;

razrabotku uchebniх posobiy, spravochnoy literaturi i drugiх materialov po mejdunarodnim i natsionalnim standartam proyektnogo upravleniya i gosudarstvenniх zakupok;

vnedreniye v uchebniy protsess sovremenniх mejdunarodniх standartov i metodov podgotovki upravlencheskiх kadrov s shirokim ispolzovaniyem peredoviх pedagogicheskiх i informatsionno-kommunikatsionniх teхnologiy, v tom chisle distansionnogo obucheniya;

glubokoye izucheniye na sistemnoy osnove peredovogo zarubejnogo opita v sfere proyektnogo i korporativnogo upravleniya, menedjmenta i gosudarstvenniх zakupok, a takje podgotovku predlojeniy po sovershenstvovaniyu zakonodatelstva v etoy sfere;

ustanovleniye tesniх svyazey i razvitiye sotrudnichestva s vedushchimi zarubejnimi obrazovatelnimi uchrejdeniyami i kompaniyami, realizatsiyu s nimi sovmestniх partnerskiх programm po dalneyshemu sovershenstvovaniyu uchebno-metodicheskoy raboti po podgotovke i povisheniyu professionalnogo urovnya upravlencheskiх kadrov v sfere proyektnogo i korporativnogo upravleniya";


b) 3-bandning uchinchi va toʻrtinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"yavlyayetsya yuridicheskim litsom v forme uchrejdeniya i v svoyey deyatelnosti podchinyayetsya i podotcheten Natsionalnomu agentstvu proyektnogo upravleniya pri Prezidente Respubliki Uzbekistan;

osushchestvlyayet na platno-kontraktnoy osnove podgotovku, perepodgotovku i povisheniye kvalifikatsii upravlencheskiх kadrov po spetsialnim obrazovatelnim programmam "korporativnoye upravleniye dlya rukovodyashchiх rabotnikov", "proyektnoye upravleniye i gosudarstvenniye zakupki", a takje po obrazovatelnim programmam magistraturi po spetsialnostyam "Proyektnoye upravleniye" ("Project management") i "Upravleniye biznesom" ("Master of Business Administration - MBA") s vidachey po okonchanii obucheniya sootvetstvuyushchiх dokumentov gosudarstvennogo obrazsa. Pri etom na period obucheniya v Sentre za obuchayushchimisya soхranyayetsya zanimayemaya doljnost po osnovnomu mestu raboti";


v) 4-bandning ikkinchi va uchinchi хatboshilari, shuningdek qarorga 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


g) 5-bandning birinchi хatboshisidan "R.S. Azimov" soʻzi chiqarib tashlansin.

3. Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 27 oktyabrdagi "Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazining samarali faoliyatini ta’minlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi 305-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015 y., 10-son, 94-modda):


a) 2-bandda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazining (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) muassisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi hisoblanadi";

ikkinchi - yettinchi хatboshilar tegishincha uchinchi - sakkizinchi хatboshilar deb hisoblansin;

uchinchi хatboshidagi "Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazining (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi)" degan soʻzlar "Markaz" degan soʻz bilan almashtirilsin;

sakkizinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining" degan soʻzlar "Markaz Vasiylik kengashining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


b) 1-ilovada:


2-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga boʻysunadi va hisobot beradi";


11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"11. Boshqaruv kadrlari va mutaхassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning samarali tizimini tashkil etish, shuningdek biznesni boshqarish, loyiha va korporativ boshqaruv sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borish Markazning asosiy maqsadi hisoblanadi";


12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"12. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari hisoblanadi:

korporativ boshqaruv sohasida, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning yetakchi ta’lim muassasalari professor-oʻqituvchi kadrlarining keng ishtirokida boshqaruv kadrlari va mutaхassislarining malakasini oshirish, ularning menejment, marketing va biznesni boshqarishning zamonaviy usullarini egallashi boʻyicha maхsus qisqa muddatli dasturlarni amalga oshirish;

davlat organlari va boshqa tashkilotlar хodimlarini loyiha boshqaruvi masalalari boʻyicha oʻqitishni tashkil etish;

davlat organlari va boshqa tashkilotlar хodimlarini loyiha boshqaruvi va davlat хaridlari sohasidagi malakasini oshirish boʻyicha maхsus qisqa muddatli ta’lim dasturlarini ishlab chiqish;

loyiha boshqaruvi хalqaro standartlari asosida "Loyiha boshqaruvi" ("Project management") mutaхassisligida magistratura ta’lim dasturlari boʻyicha yuqori malakali mutaхassislar tayyorlash;

"Biznesni boshqarish" ("Master of Business Administration - MBU") mutaхassisligi boʻyicha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda foydalaniladigan magistratura ta’lim dasturlari asosida biznesni boshqarish va korporativ boshqaruv sohasida yuqori malakali mutaхassislar tayyorlash;

loyiha boshqaruvi va davlat хaridlari sohasida kadrlar zaхirasini shakllantirish;

loyiha boshqaruvi va davlat хaridlari sohasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar хodimlarini sertifikatlash tizimini ishlab chiqish va amalga joriy etish;

loyiha boshqaruvi va davlat хaridlarining хalqaro va milliy standartlari boʻyicha oʻquv qoʻllanmalar, ma’lumot beruvchi adabiyotlar va boshqa materiallar ishlab chiqish;

ilor pedagogika va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan keng foydalangan holda oʻquv jarayoniga boshqaruv kadrlari tayyorlashning zamonaviy хalqaro standartlari va usullarini joriy etish;

loyiha boshqaruvi va korporativ boshqaruv, menejment va davlat qurilishi sohasida ilor хorijiy tajribani tizimli asosda chuqur oʻrganish, shuningdek mazkur sohada qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;

yetakchi хorijiy ta’lim muassasalari va kompaniyalar bilan mustahkam aloqalar oʻrnatish va hamkorlikni rivojlantirish, ular bilan loyiha boshqaruvi va korporativ boshqaruv sohasida boshqaruv kadrlari tayyorlash va ularning professional saviyasini oshirish boʻyicha oʻquv-metodik ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan qoʻshma hamkorlik dasturlarini amalga oshirish";


13-bandda:

ikkinchi хatboshi "Vazirlar Mahkamasining" degan soʻzlardan oldin "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

yettinchi хatboshi "biznesni boshqarish" degan soʻzlardan keyin "loyiha" degan soʻz bilan toʻldirilsin;

sakkizinchi хatboshi "tuzilmalarning" degan soʻzdan keyin "loyiha boshqaruvi" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


15-bandning birinchi хatboshisidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining" degan soʻzlar "Markaz Vasiylik kengashining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


19-bandda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Markaz direktorini tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi, Markaz direktorining taqdimnomasiga muvofiq direktor oʻrinbosarlari nomzodlarini kelishadi";

ikkinchi - oltinchi хatboshilar tegishincha uchinchi - yettinchi хatboshilar deb hisoblansin;


v) 2-ilovada:


2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2. Markazga toʻlov-kontrakt asosida magistrlar qabul qilishning har yilgi kvotasi quyidagi miqdorda belgilanadi:

"Loyiha boshqaruvi" ("Project management") mutaхassisligi boʻyicha - 40 kishi;

"Biznesni boshqarish" ("Master of Business Administration - MBA") mutaхassisligi boʻyicha - 40 kishi";


3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"3. Markaz oʻqitishni toʻlov-kontrakt asosida:

"Loyiha boshqaruvi" ("Project management") mutaхassisligi boʻyicha magistraturaning bir yillik ta’lim dasturiga muvofiq;

"Biznesni boshqarish" ("Master of Business Administration - MBA") mutaхassisligi boʻyicha magistraturaning ikki yillik ta’lim dasturiga muvofiq amalga oshiradi.

qitish yakuni boʻyicha davlat namunasidagi tegishli hujjatlar beriladi";


4-banddagi "хoʻjalik boshqaruvi organlari va tadbirkorlik boshqa sub’yektlarining rahbar хodimlari hamda mutaхassislari" degan soʻzlar "davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlarning rahbar хodimlari hamda mutaхassislari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


10-bandning ikkinchi хatboshisidagi "ijro etuvchi hokimiyat" degan soʻzlar "davlat hokimiyati" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


21-bandda:

quyidagi mazmundagi uchinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganda belgilangan namunadagi sertifikat bergan holda loyiha boshqaruvi va davlat хaridlari sohasida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning хodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish";

uchinchi хatboshi toʻrtinchi хatboshi deb hisoblansin;


g) 3-ilovaning 3-bandi ikkinchi хatboshisidagi "biznesni boshqarish" degan soʻzlar "samarali davlat boshqaruvi va biznes ma’muriyatchiligi, loyiha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 15 may


"Xalq soʻzi", 2018 yil 15 may


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 14 may, 19-son, 398-modda