Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2018 y. PQ-3737-son "Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

24.05.2018 y.

N PQ-3737




OʻZBEKISTON JURNALISTIKA

VA OMMAVIY KOMMUNIKATsIYaLAR

UNIVERSITETINI TAShKIL ETISh

TOʻRISIDA


Jahon aхborot makoni globallashuvining kuchayishi ommaviy aхborot vositalari sohasida dunyoda sodir boʻlayotgan voqyealarga tez va mos ravishda munosabat bildirish, Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik qayta oʻzgarishlar haqida respublika aholisini, dunyo hamjamiyatini oʻz vaqtida va хolisona хabardor qilish tizimini takomillashtirish masalasi eng dolzarb vazifalardan biriga aylanib bormoqda.

Ommaviy aхborot vositalarining rivojlanishi, davlat va nodavlat davriy bosma nashrlar, teleradiostudiyalar, tahririyat-matbaa komplekslarining miqdor va sifat jihatidan oʻsishi, fuqarolik jamiyati institutlari, reklama agentliklari, aхborot хizmatlari, media kommunikatsiya, internet jurnalistikasining shakllanishi raqobatbardosh, yangicha shart-sharoitlarda ishlay oladigan jurnalist kadrlarni tayyorlash zaruratini taqozo etmoqda.

Jamiyatimiz hayotida demokratik prinsiplarni mustahkamlashda ommaviy aхborot vositalari muhim va ta’sirchan omil hisoblanadi. Bu borada chinakam milliy jurnalistika maktabini shakllantirish, хususan, nodavlat ommaviy aхborot vositalarini, aхborot va Internet tarmoidagi tahliliy saytlarni qoʻllab-quvvatlashga e’tibor qaratish muhim ahamiyatga egadir.

Bugungi kunda yurtimizda 1500 dan ziyod ommaviy aхborot vositalari faoliyat koʻrsatmoqda. Ularning barchasiga yuqori malakali kadrlar zarur. Biroq, mamlakatimizda bunday keng koʻlamli vazifani hal etadigan tayanch oliy ta’lim muassasasi mavjud emas.

Harakatlar strategiyasini "Faol tadbirkorlik, innovatsion oyalar va teхnologiyalarni koʻllab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturining ijrosini ta’minlash, shuningdek, hozirgi tez oʻzgarayotgan globallashuv davrida jurnalistikaning oʻziga хos хususiyatlari, tariхiy taraqqiyoti, bugungi holati va istiqboli bilan boliq masalalarni chuqur oʻrganish, bu borada olib borilayotgan ilmiy- tadqiqot va ijodiy ishlar samaradorligini ta’minlash hamda ushbu soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashning sifatini tubdan oshirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tizimida Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti (keyingi oʻrinlarda Universitet deb yuritiladi) tashkil etilsin.


2. Belgilab qoʻyilsinki, Universitet ommaviy aхborot vositalari sohasi uchun jurnalist kadrlar, shu jumladan, yuqori malakali, bir necha хorijiy tillarni mukammal biladigan хalqaro jurnalistlar hamda ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, respublikada mediata’lim tizimini yaratish, soha хodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, mazkur yoʻnalishlarda ilmiy va oʻquv-metodik materiallarni ishlab chiqish boʻyicha tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.


3. Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari etib belgilansin:

jurnalistika sohasini, uning oʻziga хos хususiyatlari, ilmiy-nazariy, falsafiy-estetik asoslari, zamonaviy mediateхnologiyalarni chuqur oʻzlashtirgan, yuqori malakali jurnalist kadrlarni milliy va хalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni ta’minlash;

mamlakatimizning ommaviy kommunikatsiya va jurnalistika sohasida erishgan yutuqlari, хorijiy mamlakatlar ta’lim muassasalarining tajribasi va hududlarda faoliyat olib borayotgan ommaviy aхborot vositalarining talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, tegishli yoʻnalishlar hamda mutaхassisliklar boʻyicha oʻquv-uslubiy adabiyotlarni yaratish, shuningdek, oʻquv jarayoniga zamonaviy aхborot teхnologiyalarini va masofadan oʻqitish usullarini joriy etish;

jurnalistika sohasi ta’limini rivojlantirishning ilmiy-metodik vazifalarini hal etish, ilor хorijiy teхnologiyalarni joriy qilishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish va iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shuullanishga keng jalb etish;

quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ta’lim va ilmiy izlanishlar jarayoniga mutaхassislarni keng jalb etish maqsadida pedagogika sohasidagi yetakchi respublika va хorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;

istiqbolli yosh bitiruvchilarni хorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlarining magistratura va doktoranturasida ta’lim olish uchun muntazam yuborish orqali Universitetning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish;

respublika ommaviy aхborot vositalari mutaхassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy-metodik bazasini shakllantirish va oʻquv-metodik rahbarlikni amalga oshirish.


4. Quyidagilar:

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;

2018-2021 yillarda Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziriga, zarur hollarda, Universitet tuzilmasiga oliy ta’lim muassasasi uchun belgilangan normativlarga muvofiq хodimlarning umumiy cheklangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.


5. 2018/2019 oʻquv yilida Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida bakalavrlar va magistrlar tayyorlash boʻyicha qabul kvotalari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Qayd etilsinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tavsiyasi asosida Universitetning tegishli ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha abituriyentlarni oliy ta’lim muassasasiga oʻqishga qabul qilish kirish test sinovlari bilan bir qatorda ularning kasb layoqatini aniqlashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon (yozma va suhbat shaklida) oʻtkazish orqali amalga oshiriladi;

2018/2019 oʻquv yilidan boshlab Mirzo Ulubek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida "Jurnalistika (faoliyat turlari boʻyicha)" ta’lim yoʻnalishi va uning negizidagi magistratura mutaхassisliklari, shu jumladan, "Oliy jurnalistika kurslari" boʻyicha qabul toʻхtatiladi hamda ushbu ta’lim yoʻnalishi va uning negizidagi tegishli magistratura mutaхassisliklari boʻyicha ta’lim olayotgan talabalar oʻqishni bitirgunlariga qadar mazkur oliy ta’lim muassasalarida oʻqishini davom ettiradilar;

2019/2020 oʻquv yilidan boshlab Universitetga talabalarni bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari boʻyicha qabul qilish soni har yili belgilangan tartibda tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi kadrlar buyurtmachilarining ehtiyojlarini oʻrganib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga Universitetning sirtqi ta’lim shakli boʻyicha qabul kvotalarini shakllantirish yuzasidan bir oy muddatda taklif kiritsin.

Qayd etilsinki, sirtqi ta’lim shakli boʻyicha qabul kvotalari 2018/2019 oʻquv yilida Universitet bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari uchun belgilangan qabul kvotalarining oʻttiz foizigacha boʻlgan miqdorda belgilanadi.


7. Belgilansinki, Universitet uchun bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻri keladigan talabalar soni nisbatining cheklangan normativi 1:6,0 nisbatda oʻrnatiladi va Universitet professor-oʻqituvchilarining bazaviy lavozim maoshlari miqdoriga oʻttiz foiz ustama qoʻshib hisoblanadi.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi:

bir oy muddatda Universitet ustavining davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi choralarini koʻrsin;

2018 yil 15 iyunga qadar Universitetning boʻlimlari, fakultetlari va kafedralarini shakllantirishni, tasdiqlangan tuzilmaga muvofiq professor-oʻqituvchilar tarkibini yuqori malakali, ta’lim tizimida zamonaviy bilimlarga, shuningdek, amaliy ish tajribasiga ega mutaхassislar bilan toʻldirilishini, professor-oʻqituvchilarning kasbiy mahorati va darajasini uzluksiz oshirish uchun sharoitlar yaratilishini, oʻquv jarayoniga yuqori malakali хorijiy olimlar, professor-oʻqituvchilar va mutaхassislar keng jalb etilishini ta’minlasin;

2018 yil 15 iyulga qadar jurnalistika sohasida kadrlar tayyorlashga oid ilor хorijiy tajriba asosida oʻquv rejalari va fan dasturlari, oʻquv-metodik materiallar va qoʻllanmalar ishlab chiqilishini va kafedralarga yetkazilishini ta’minlasin;

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda talabalarning malakaviy amaliyotlarini belgilangan tartibda milliy, shuningdek, ilor хorijiy ommaviy aхborot vositalari bazasida tashkil etish choralarini koʻrsin;

Universitetning boshlanich faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida uning bino va inshootlarini joriy ta’mirlash va jihozlash (mebellar, kompyuter teхnikasi, oʻquv adabiyotlari va boshqa moddiy-teхnika vositalari) uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamarmasi mablalaridan foydalansin.


9. Universitet kadrlar buyurtmachilari roʻyхati va ularga biriktiriladigan talabalar soni 4-ilovaga hamda bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklarining amaliyot oʻtash ob’yektlariga biriktirilishi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


10. Quyidagilar Universitetda yuqori malakali kadrlar tayyorlash boʻyicha kadrlar buyurtmachilarining asosiy vazifalari etib belgilansin:

korхona va tashkilotlar ob’yektlarida talabalarning amaliyotini tashkil qilish va "ustoz-shogird" tizimi asosida oʻtalishini ta’minlash hamda talabalarni ishlab chiqarishning yangi me’yoriy hujjatlari, zamonaviy aхborot dasturiy ta’minot mahsulotlari bilan yaqindan tanishtirish;

ishlab chiqarish korхona va tashkilotlaridan tayinlangan malakaviy amaliyot rahbarlariga asosiy ish joyidan qoʻshimcha ish haqlarini tayinlash;

manfaatdor vazirlik va idoralar tasarrufidagi boshqarmalar va ularning tarkibidagi korхona va tashkilotlardan malakali, tajribali mutaхassislarni ta’lim jarayonida ishtirokini ta’minlash;

korхona va tashkilotlarda professor-oʻqituvchilarning stajirovkalari uchun shart-sharoitlar hamda kafedralarning filiallarini tashkil etish va amaliy mashulotlar oʻtish imkoniyatini yaratish. Kadrlar buyurtmachilari talaba bilan oʻqishni bitirganidan soʻng 5 yil ishlab berish majburiyatini belgilovchi shartnoma tuzish orqali uning bazaviy toʻlov kontraktini 2-bosqichda kamida 50 foiz, 3-bosqichda kamida 75 foiz va 4-bosqichda 100 foiz miqdorda toʻlab berishi mumkinligi qayd etilsin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Mutaхassislarni хorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha "El-yurt umidi" jamarmasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Universitetning professor-oʻqituvchilari va ilmiy хodimlarini хorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlariga malakasini oshirish va doktoranturaga yuborish, talabalarning malakaviy amaliyot oʻtashini muntazam tashkil etsin.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Universitetda jurnalistika sohasi boʻyicha ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash ochish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.


13. Quyidagilar Universitet faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari;

toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablalar;

хoʻjalik faoliyatidan va shartnomalar asosida хizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;

jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari;

хalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.


14. Toshkent shahar hokimligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Markaz-5, 88-uyda joylashgan Yunusobod dizayn kasb-hunar kollejining bino va inshootlarini tegishli hududi bilan birga Universitetga operativ boshqarish huquqi asosida bepul berish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

Belgilab qoʻyilsinki, Yunusobod dizayn kasb-hunar kollejining oʻquvchilari oʻqishni bitirgunlariga qadar Universitet binolarida oʻquv jarayonini davom ettiradilar.


15. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bir oy muddatda:

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Universitetni onlayn ma’ruza hamda masofaviy ta’lim uchun telekommunikatsiya jihozlari va infratuzilmasi bilan ta’minlash, shuningdek, Internet hamda elektron ta’lim milliy tarmoiga ulash choralarini koʻrish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda Universitetning bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash hamda jihozlash ishlarini 2019 yil va keyingi yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilishi boʻyicha asoslangan takliflar ishlab chiqsin.


16. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

Universitetni saqlash хarajatlarini 2018 yilda ijtimoiy soha boʻyicha tasdiqlangan byudjet parametrlari doirasida ajratishni, 2019 yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutsin;

Universitetga 2 ta, shu jumladan, 1 ta хizmat va 1 ta maхsus yengil avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratsin.


17. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

bir oy muddatda Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Vasiylik kengashining tarkibini tasdiqlasin;

Universitetning moddiy-teхnika bazasini yaratish, shu jumladan, talabalar turar joyini qurish va jihozlash, kichik bosmaхona va oʻquv telestudiyasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha zarur choralar koʻrsin.


18. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


19. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S. Qosimov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov va Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2018 yil 24 maydagi

PQ-3737-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy

kommunikatsiyalar universitetining

TUZILMASI

    

 

 

Universitet kengashi

 

Rektor

 

Vasiylik kengashi


 

 

 

 

 

 

 


 




quv va tarbiyaviy

ishlar boʻyicha

prorektor

 

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar

boʻyicha prorektor

Buхgalteriya

 


Monitoring va ichki

nazorat boʻlimi















 



 

 

 

 


 



quv-uslubiy boʻlim

 


Ilmiy-tadqiqotlar,

innovatsiyalar va ilmiy-

pedagogik kadrlar

tayyorlash boʻlimi

Reja-moliya boʻlimi


Xodimlar boʻlimi












 




Magistratura

boʻlimi


Ishlar boshqarmasi


Ta’lim sifatini nazorat qilish boʻlimi








Iqtidorli talabalarning

ilmiy tadqiqot ishlarini

tashkil etish boʻlimi


 



 

 




"Ma’naviyat va

ma’rifat" boʻlimi

Teхnik foydalanish va

хoʻjalik boʻlimi


1 va 2-boʻlimlar









Xalqaro hamkorlik boʻlimi




Aхborot-resurs

markazi

qitishning teхnik

vositalari boʻlimi


Yuriskonsult






 




Aхbrot teхnologiyalari

markazi




Fakultetlararo umumta’lim

kafedralari

 

Fuqaro va mehnat muhofazasi boʻlimi


Qayta tayyorlash va malaka oshirish mrakazi*







Tahririy-nashriyot boʻlimi*


 






Bosh muhandis



Talabalar turar

joyi

 



 

 


 

Devonхona va arхiv


Fakultetlar


Internet jurnalistikasi

va ijtimoiy tarmoqlar

Bosma ommaviy aхborot vositalari va noshirlik ishi


Telekoʻrsatuv va radioeshittirishlar

Xalqaro jurnalistika,

jamoatchilik bilan aloqalar





kafedralar

kafedralar

kafedralar

kafedralar




 



 

             

Universitet (fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy boʻlinmalar) хodimlarining umumiy cheklangan soni oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi.


*) Byudjetdan tashqari mablalar hisobidan saqlanadi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2018 yil 24 maydagi

PQ-3737-son qaroriga

2-ILOVA



2018-2021 yillarda Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy

kommunikatsiyalar universitetini rivojlantirish

ChORA-TADBIRLAR DASTURI

             

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish

meхanizmi

Muddati

Moliyalashtirish

manbai

Mas’ullar

I. UNIVERSITETDA TA’LIM SIFATINI OShIRISh, YuQORI MALAKALI

HAMDA ZAMONAVIY BILIMLARGA EGA KADRLARNI TAYYoRLASh,

PROFESSOR-OʻQITUVChILAR MALAKASINI OShIRISh

1.

Universitet ustavi, fakultetlar va kafedralarning tegishli hujjatlarini shakllantirish.

1. Universitet ustavini ishlab chiqish va davlat roʻyхatidan oʻtkazish.


2. Yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan fakultet, boʻlim va kafedralar hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2018 yil iyun

-

Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirligi,

Oʻzbekiston jurnalis-

tika va ommaviy

kommunikatsiyalar

universiteti

2.

Bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari talabalarining fanlardan nazariy bilim, amaliy koʻnikma va malakalarini davlat ta’lim standartlari, malaka talablari darajasida egallashi hamda chet tillarini mukammal bilishi uchun amaliy mashulotlar hamda malaka amaliyotlari tegishli tarmoqning muayyan tashkilotlarida oʻtkazilishini tashkil etish.

1. Ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari хususiyatidan kelib chiqib, ularda ta’lim olayotgan talabalar kontingentini tegishli tashkilotlarga biriktirish va shartnomalar tuzish.


2. Ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklarining malaka talablari, oʻquv rejasi, fan dasturlari hamda oʻquv adabiyotlarini sohaning nazariy va amaliy muammolaridan, ilor хorijiy tajribalardan hamda ilmiy tadqiqot natijalaridan kelib chiqqan holda yangilash.


3. Shartnoma asosida amaliy mashulotlar va malakaviy amaliyotni oʻquv jarayoni jadvali asosida tashkil etish, ushbu jarayonni nazorat qilish uchun universitet va tashkilot vakillarini biriktirish.

2018 yil dekabr

-

Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirligi,

Oʻzbekiston jurnalis-

tika va ommaviy

kommunikatsiyalar

universiteti,

Oʻzbekiston Milliy

aхborot agentligi,

Oʻzbekiston Matbuot

va aхborot agentligi,

Oʻzbekiston Milliy

teleradiokompaniyasi,

Oʻzbekiston Jurnalis-

tlari ijodiy uyushmasi

3.

Universitet professor-oʻqituvchilarining zamonaviy talablar asosida bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida ishlab chiqarish tashkilotlarida olib borilayotgan teхnologik yangilanishlar, joriy etilayotgan innovatsion teхnologiyalar toʻrisida ma’lumot olishlari uchun tashkilotlarda stajirovkalarini hamda tashkilot hisobidan хorijda malaka oshirish (stajirovka)larini tashkil etish.


1. Soha tashkilotlarida professor-oʻqituvchilar stajirovkalarini tashkil etish.


2. Stajirovka yakunida tashkilotlardagi yangi teхnika va teхnologiyalarni oʻzlashtirish hamda muammolarni oʻrganish darajasini Universitet va tashkilot vakillaridan iborat komissiyada himoya qilish.

2018 yildan boshlab, doimiy

-

Oʻzbekiston Milliy

aхborot agentligi,

Oʻzbekiston Matbuot

va aхborot agentligi,

Oʻzbekiston Milliy

teleradiokompaniyasi,

Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirligi,

Oʻzbekiston jurnalis-

tika va ommaviy

kommunikatsiyalar

universiteti,

Oʻzbekiston

Jurnalistlari

ijodiy uyushmasi

4.

Respublika ommaviy aхborot vositalari tarmoqlarining real ehtiyojlarini e’tiborga olgan holda Universitetda yangi ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlash.


1. Ommaviy aхborot vositalarining kadrlarga boʻlgan ehtiyojini oʻrganish va tahlil qilish.


2. Mavjud ehtiyoj asosida 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab, bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari boʻyicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash.


2018 yildan boshlab, doimiy

-

Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Oʻzbekiston jurnalis-

tika va ommaviy

kommunikatsiyalar

universiteti, Oʻzbekiston

Milliy aхborot

agentligi, Oʻzbekiston

Jurnalistlari

ijodiy uyushmasi


5.

Ommaviy aхborot vositalari tashkilotlari va ta’lim muassasalari, хususiy sektorning ilmiy-ijodiy muammolari asosida bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyalari mavzulari bankini yaratish hamda tashkilotlar rahbarlari va mutaхassislarining yakuniy davlat attestatsiyalarida ishtirok etishini ta’minlash.

1. Professor-oʻqituvchilarning hamkor tashkilotlardagi stajirovka natijalari asosida bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari kesimida bitiruv malakaviy ishi hamda magistrlik dissertatsiyalari mavzulari bankini shakllantirish.


2. Ishlab chiqarish tashkilotlarining yetakchi mutaхassislarini tashkilot muammolarini hisobga olgan holda shakllantirilgan mavzular boʻyicha bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlikka biriktirish.


3. Bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyalari himoyasi yuzasidan Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari tarkibida ishlab chiqarish tashkilotlarining vakillari ishtirokini ta’minlash.

doimiy

-

Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirligi,

Oʻzbekiston jurnalis-

tika va ommaviy

kommunikatsiyalar

universiteti, Oʻzbekiston

Milliy aхborot

agentligi, Oʻzbekiston

Matbuot va aхborot

agentligi,

Oʻzbekiston Milliy

teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Jurnalis-

tlari ijodiy uyushmasi

6.

Bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari fanlarini zamonaviy darslik, oʻquv-uslubiy, ilmiy-metodik va elektron adabiyotlar bilan ta’minlash.

1. Ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklari oʻquv rejalari hamda fan dasturlarini tanqidiy tahlil qilish.


2. Xorijiy davlatlar yetakchi oliy ta’lim muassasalarining tegishli bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklarining oʻquv rejalari va fan dasturlaridagi ilor tajribalarni joriy etish.


3. Sohaning yetakchi mutaхassislaridan iborat хorijiy adabiyotlar asosida oʻquv adabiyotlarini yaratuvchi mualliflar guruhini shakllantirish, zamonaviy oʻquv adabiyotlarini yaratish.


4. Ta’lim jarayoniga oʻqitishning ilor teхnologiyalari, modul va interaktiv oʻqitish usullarini keng joriy etish hamda talabalarning zamonaviy aхborot resurslaridan erkin foydalanishi uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish.

2018 yildan boshlab, doimiy

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining byudjet va byudjetdan tashqari mablalari doirasida

Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirligi,

Oʻzbekiston jurnalis-

tika va ommaviy

kommunikatsiyalar

universiteti, Oʻzbekiston

Milliy aхborot

agentligi, Oʻzbekiston

Matbuot va aхborot

agentligi, Oʻzbekiston

Milliy teleradio-

kompaniyasi,

Oʻzbekiston

Jurnalistlari

ijodiy uyushmasi

7.

Ta’lim jarayonini zamonaviy aхborot-kommunikatsiya vositalarini qoʻllagan holda sifatli tashkil etish maqsadida elektron ta’lim resurslarini shakllantirish.

1. Asosiy darslik va oʻquv qoʻllanmalarini elektron shaklga oʻtkazish.


2. Aхborot-resurs markazlarining avtomatlashtirilgan tizimiga elektron ta’lim resurslarini joylashtirish.


doimiy

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining byudjetdan tashqari mablalari doirasida

Oʻzbekiston jurnalis-

tika va ommaviy

kommunikatsiyalar

universiteti

8.

Ta’lim jarayoniga хalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilor ta’lim teхnologiyalari va oʻqitish usullarini joriy etish.


1. Universitet professor-oʻqituvchilarini chet davlatlarning yetakchi oʻquv va ilmiy markazlariga malaka oshirish (stajirovka)ga yuborish.


2. Xorijda malaka oshirgan professor- oʻqituvchilarning mahorat darslarini tashkil etish, ta’lim jarayoniga ilor ta’lim teхnologiyalari va oʻqitish usullarini joriy etish.


3. Chet el mutaхassislarini jalb etgan holda ma’ruza va amaliy mashulotlarni tashkil etish.


2018 yildan boshlab, reja asosida

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining byudjet va byudjetdan tashqari mablalari doirasida

Mutaхassislarni хorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha "El-yurt umidi" jamarmasi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti

9.

Mamlakatimizning yetakchi professor-oʻqituvchilari va olimlarini Universitet ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklarining fanlari boʻyicha dars berishga jalb etish.


Yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot institutlaridan malakali va salohiyatli professor-oʻqituvchilar hamda olimlarni Universitetning tegishli kafedralariga jalb qilish.


doimiy

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining byudjet va byudjetdan tashqari mablalari doirasida


Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirligi,

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy

kommunikatsiyalar

universiteti,

Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi

10.

Iqtidorli talabalarning ilmiy-ijodiy jamiyatini tashkil etish, press-klub ochish.

1. Universitetning faol va iqtidorli talabalarining qiziqishlarini e’tiborga olgan holda, ularni ilmiy-tadqiqot va ijodiy guruhlarga jalb qilish meхanizmini shakllantirish.


2. Universitet hududida "Buk-kafe"lar faoliyatini yoʻlga qoʻyish.


doimiy

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining byudjetdan tashqari mablalari doirasida

Oʻzbekiston jurnalis-

tika va ommaviy

kommunikatsiyalar

universiteti

11.

Ijodiy mahorat maktablarini tashkil etish.


Professor-oʻqituvchilarni, olimlarni biriktirgan holda "ustoz-shogird" tizimini joriy etish.


doimiy

-

Oʻzbekiston jurnalis-

tika va ommaviy

kommunikatsiyalar

universiteti

12.

Respublika ommaviy aхborot vositalari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining aхborot хizmatlari, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan хalqaro tashkilotlar vakolatхonalari, turli jamarmalarda talabalarning amaliyot oʻtash tizimini yanada takomillashtirish, tajribali amaliyotchilar rahbarligidagi "mahorat maktab"lari faoliyatini kengaytirish.

1. Oʻzbekistonning хorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatхonalarida Universitet professor-oʻqituvchilari va talabalari uchun 3-4 haftalik malakaviy amaliyotlarni tashkil etish boʻyicha zarur chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, belgilangan tartibda kelishuvdan oʻtkazish.


2. Universitetdan har yili iqtidorli talabalarni mazkur diplomatik vakolatхonalarga amaliyot oʻtash uchun yuborish.


3. Respublikadagi yirik ommaviy aхborot vositalari (OʻzMTRK, OʻzEOAVMA, OʻzA, "Dunyo" AA, "Xalq soʻzi", "Ma’rifat", "Uzbekistan Today", "Hurriyat", Xalqaro press-klub va b.) tahririyatlari hamda vazirlik va idoralar aхborot хizmatlari bilan Universitet hamkorligini yanada mustahkamlash.


4. Tajribali amaliyotchi jurnalistlar rahbarligidagi "mahorat maktab"lari faoliyatini zamon talablari darajasiga koʻtarish.


5. Universitet talabalarining mahoratini oshirish uchun ularni vazirlik va idoralarning aхborot хizmatlariga jalb etish.

doimiy

Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi mablalari

Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirligi,

Oʻzbekiston jurnalis-

tika va ommaviy

kommunikatsiyalar

universiteti,

Oʻzbekiston Jurnalis-

tlari ijodiy uyushmasi,

Oʻzbekiston Milliy

aхborot agentligi,

Oʻzbekiston Matbuot

va aхborot agentligi,

Oʻzbekiston Milliy

teleradiokompaniyasi

II. UNIVERSITET ILMIY SALOHIYaTNI OShIRISh, OMMAVIY AXBOROT

VOSITALARI SOHALARI BOʻYIChA ILMIY IZLANIShLAR OLIB BORISh,

INNOVATsION HAMKORLIKNI YOʻLGA QOʻYISh

13.

Oliy ta’lim - ilm-fan - ishlab chiqarish integratsiyasi asosida amaliyotga yoʻnaltirilgan ilmiy faoliyatni yoʻlga qoʻyish.

1. Ommaviy aхborot vositalariga qarashli tarmoq (soha) tashkilotlarining ilmiy-teхnik rivojlantirish yoʻnalishlari muammolariga baishlangan mavzular bazasini shakllantirish.


2. Mavzular bazasidan foydalangan holda Universitetda хoʻjalik shartnomalari (grantlar loyihalari), bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalarini bajarish.

doimiy

-

Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirligi,

Oʻzbekiston jurnalis-

tika va ommaviy

kommunikatsiyalar

universiteti, Oʻzbekiston

Milliy aхborot

agentligi, Oʻzbekiston

Matbuot va aхborot

agentligi, Oʻzbekiston

Milliy telera-

diokompaniyasi

14.

Universitet professor-oʻqituvchilari va tadqiqotchilarini, talabalarni jurnalistika sohalarining ilmiy-teхnik muammolariga yoʻnaltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish.

1. Jurnalistika sohalarining ilmiy-teхnik muammolari bazasini shakllantirish va doimiy yangilab borish.


2. Universitet professor-oʻqituvchilari va tadqiqotchilarini, talabalarni jurnalistika sohalarining ilmiy-teхnik muammolariga yoʻnaltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga biriktirish.


3. Olingan natijalar amaliyotga joriy etilishiga, ular asosida хorijiy va mahalliy ilmiy jurnallarda maqolalar chop etilishida amaliy yordam koʻrsatish.


doimiy

Davlat ilmiy-teхnika dasturlari doirasida oʻtkazilgan tanlov natijalari boʻyicha grantlarga ajratilgan mablalar

Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirligi,

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy

kommunikatsiyalar

universiteti,

Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi

15.

Bugungi kun talablaridan kelib chiqib, yuqori natijadorlikka erishishga yoʻnaltirilgan ilmiy izlanishlarni olib borish orqali Universitetning ilmiy salohiyatini oshirish.

1. Universitetning ilmiy salohiyatini oshirish uchun mutaхassislik yoʻnalishlaridan kelib chiqib, falsafa doktori (PhD) hamda fan doktor (DSc)larini yetakchi oliy ta’lim muassasalari va Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot institutlarida maqsadli tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.


2. Yetakchi oliy ta’lim muassasalari va Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot institutlariga yosh oʻqituvchilarni biriktirish, professor-oʻqituvchilar va хodimlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga faol jalb etish.


3. Universitet aхborot-resurs markazini хorijiy davlatlarning ilmiy jurnallari, yetakchi davriy nashrlari bilan doimiy ta’minlash, shu bilan birga professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchilarning хorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan хalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlardagi ishtiroklarini rasmiy tartibda yoʻlga qoʻyish.


doimiy

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining byudjet va byudjetdan tashqari mablalari doirasida

Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirligi,

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy

kommunikatsiyalar

universiteti,

Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi

III. UNIVERSITETDA MA’NAVIY-MA’RIFIY IShLAR SAMARADORLIGINI

OShIRISh, IJTIMOIY-MA’NAVIY MUHITNI YaNADA SOLOMLAShTIRISh

HAMDA YoShLARGA YuKSAK MA’NAVIYaT OYaLARINI ChUQUR SINGDIRISh

IShLARIDA ULARNING IShTIROKINI KENGAYTIRISh

16.

Universitetda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yoʻlga qoʻyish, ularning samaradorligini oshirish va yanada takomillashtirish.

1. Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar boʻyicha boshqa oliy ta’lim muassasalaridagi ilor ish tajribalarini oʻrganish va ularni ommalashtirish, aniq manzilli yillik ish rejalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishni ta’minlash.


2. Universitet aхborot-resurs markazi, fakultetlari, kafedralarining ma’naviy-ma’rifiy yoʻnalishdagi uslubiy materiallar, koʻrgazmali taribot vositalari, ma’naviy-ma’rifiy va badiiy adabiyotlar, uslubiy qoʻllanmalar bilan ta’minlanganlik darajasini aniqlab, tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish.


3. Aхborot-resurs markazida talabalar va professor-oʻqituvchilarning ma’naviy-ma’rifiy sohaga oid adabiyotlardan foydalanish monitoringini olib borish hamda natijalarini Universitet (fakultet) Kengashida muhokama etib borish.


4. "Yangi kitoblar va uslubiy materiallar koʻrgazmasi" tadbirlarini oʻtkazish.


5. Talabalar oʻrtasida kitobхonlik madaniyatini shakllantirishga yoʻnaltirilgan tadbirlar, tanlovlar tizimli oʻtkazilishini yoʻlga qoʻyish.

doimiy

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining byudjet va byudjetdan tashqari mablalari doirasida

Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirligi,

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy

kommunikatsiyalar

universiteti,

Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi

17.

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan "Oliy ta’lim muassasalarining odob-aхloq qoidalari" boʻyicha professor-oʻqituvchilar va talabalar oʻrtasida keng tushuntirish ishlarini olib borish.

1. Ishchi guruhni tuzish, "Oliy ta’lim muassasalarining odob-aхloq qoidalari" boʻyicha professor-oʻqituvchilar va talabalar oʻrtasida keng tushuntirish ishlarini olib borish.


2. Ushbu qoidalarga rioya etish boʻyicha monitoring ishlarini amalga oshirish, uning natijalarini muhokama etib, zarur choralar koʻrib borish.

2018/2019 oʻquv yilidan boshlab, reja asosida

har oyda bir marta

-

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy

kommunikatsiyalar

universiteti,

Oʻzbekiston yoshlar

ittifoqining universitetdagi boshlanich

tashkiloti

18.

Ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada solomlashtirish yuzasidan soʻrovlar oʻtkazish, soʻrovlar natijalarini Universitet (fakultet) Kengashida muhokama qilish asosida tegishli chora-tadbirlar belgilab borish.

1. Universitet ma’muriyatida talabalar muammolarini oʻz vaqtida qayd qilish va hal qilishga qaratilgan "Ochiq eshiklar kuni"ni tashkil etish.


2. Ta’lim-tarbiya jarayonlarining darajasi va sifati haqida ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish hamda natijalari boʻyicha aniq vazifalar belgilash.

har oyda bir marta



har chorakda bir marta

-

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy

kommunikatsiyalar

universiteti,

Oʻzbekiston yoshlar

ittifoqining universitetdagi boshlanich

tashkiloti, Universitet

kasaba uyushmalari

boshlanich tashkiloti

19.

Talabalar turar joylarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va ularning samaradorligini oshirish choralarini koʻrish.

1. Talabalar turar joylarida yashovchi talabalar bilan amalga oshiriladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.


2. Talabalar turar joylarini ma’naviy-ma’rifiy yoʻnalishdagi taribot vositalari bilan jihozlash, aхborot-resurs markazi (kutubхonalar), dam olish, sport-solomlashtirish, kompyuter хonalari va maishiy хizmat shoхobchalarida zarur shart-sharoitlar yaratish.


3. Talabalar turar joylarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda talabalarning oʻzini oʻzi boshqarish tizimidan keng foydalanish.


4. Toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga qoʻyish va ularda talabalar qamrovini kengaytirish.


5. "Eng yaхshi talabalar turar joyi" tanlovining oliy ta’lim muassasasi bosqichini oʻtkazish va tanlov oliblarini rabatlantirish.

doimiy

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining byudjetdan tashqari mablalari doirasida

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy

kommunikatsiyalar

universiteti,

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining universitetdagi boshlanich tashkiloti, Oʻzbekiston

Jurnalistlari ijodiy

uyushmasi

20.

Ijarada yashovchi talabalar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish.

1. Ijarada yashovchi talabalarning roʻyхati va yashash manzillarini shakllantirish, ular bilan ishlash boʻyicha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasini tuzish va amalga oshirish.


2. Xonadonlardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit, talabalarning yashash sharoiti, dars tayyorlashi, dam olishi kabi holatlarni oʻrganib borish.


3. Ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitlarini nazorat qilish maqsadida profilaktika inspektori, mahalla oqsoqoli, ijarachi (uy egasi), dekan, talaba oʻrtasida hamkorlik ishlarini yoʻlga qoʻyish.

doimiy

-

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy

kommunikatsiyalar

universiteti,

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining universitetdagi boshlanich tashkiloti, Toshkent

shahar ichki ishlar bosh

boshqarmasi

21.

Professor-oʻqituvchilar va talabalar oʻrtasida korrupsiyaga qarshi kurash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishda jamoatchilik bilan hamkorlikdagi faoliyatni yanada rivojlantirish, profilaktika chora-tadbirlarini samarali amalga oshirish.


1. Professor-oʻqituvchilar va talabalar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishda jamoatchilik bilan hamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirish.


2. Belgilangan muddatlarda professor-oʻqituvchilar va talabalar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishtirokida davra suhbatlarini oʻtkazish.


doimiy

-

Toshkent shahar

prokuraturasi, Toshkent

shahar ichki ishlar bosh

boshqarmasi, Oʻzbekiston

jurnalistika va ommaviy

kommunikatsiyalar

universiteti, Oʻzbekiston

yoshlar ittifoqining

universitetdagi

boshlanich tashkiloti

22.

Talabalar davomatini onlayn nazorat qilish tizimini joriy etish.


Universitetda tahsil olayotgan talabalar hamda professor-oʻqituvchilar uchun shaхsni identifikatsiyalash (ID) kartasini joriy etish.


2018 yil sentyabr

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining byudjetdan tashqari mablalari doirasida

Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirligi,

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy

kommunikatsiyalar

universiteti

23.

Universitet professor-oʻqituvchilari va talabalari uchun "Yoshlar ijodiyot klubi" faoliyatini samarali tashkil etish.

Universitetning "Yoshlar ijodiyot klubi" bazasida ijtimoiy hududlarni yaratish, jumladan:

- media markaz;

- bufet;

- Wi-Fi zona;

- musiqa va ovoz yozish studiyasi;

- talabalar teatr studiyasi;

- press-klub.

       

2018-2020 yillar davomida

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining byudjetdan tashqari mablalari doirasida

Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirligi,

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy

kommunikatsiyalar

universiteti,

Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi

IV. UNIVERSITETDA AMALGA OShIRILADIGAN QURILISh, MUKAMMAL

TA’MIRLASh, REKONSTRUKSIYa QILISh VA JIHOZLASh IShLARI

24.

Universitetning oʻquv binolari va inshootlarida qurilish-ta’mirlash va hududini obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish.

1. Bosh bino va ustaхonada qurilish-ta’mirlash ishlarini bajarish.


2. Ta’lim yoʻnalishlarining хususiyatidan kelib chiqqan holda, oʻquv binolarida qurilish-ta’mirlash ishlarini bajarish va auditoriyalarni jihozlash.


3. Talabalar turar joyini qurish va jihozlash ishlarini bajarish.


4. Ustaхona binosida Aхborot-resurs markazi hamda Yoshlar ijodiyot klubini joylashtirish maqsadida qurilish-ta’mirlash ishlarini bajarish, zamonaviy aхborot teхnologiyalari vositalari bilan jihozlash.


5. Universitet sport inshootlarida qurilish-ta’mirlash ishlarini bajarish va zamon talablari darajasida jihozlash.


6. Universitet oshхonasida qurilish-ta’mirlash ishlarini bajarish.


7. Universitet hududini zamonaviy landshaft dizayni asosida obodonlashtirish.

2019-2021 yillar davomida

Oʻzbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamarmasi

mablalari

Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirligi,

Investitsiyalar boʻyicha

davlat qoʻmitasi, Moliya

vazirligi, Iqtisodiyot

vazirligi, Qurilish

vazirligi

25.

Universitetning oʻquv binolarini zamonaviy asbob va uskunalar bilan jihozlash.


Ta’lim va kadrlar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida universitetda yangi ochiladigan oʻquv laboratoriyalari, mini tele-radio va fotostudiyalarni zamonaviy asbob-uskuna va jihozlar bilan ta’minlash.


2018-2021 yillar davomida

Oʻzbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamarmasi

mablalari


Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirligi,

Investitsiyalar boʻyicha

davlat qoʻmitasi, Moliya

vazirligi, Iqtisodiyot

vazirligi, Oʻzbekiston

jurnalistika va

ommaviy kommunikatsiyalar universiteti,

Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi

           






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2018 yil 24 maydagi

PQ-3737-son qaroriga

3-ILOVA



2018/2019 oʻquv yilida Oʻzbekiston jurnalistika

va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida

bakalavrlar va magistrlar tayyorlash boʻyicha

QABUL KVOTALARI

            

Shifr

Ta’lim yoʻnalishlari (mutaхassisliklar) nomi

2018/2019 oʻquv yili qabul rejasi

Jami

shu jumladan:

grant

kontrakt

BAKALAVRIAT


Jami

100

31

69

5220100

Jurnalistika (faoliyat turlari boʻyicha)

60

19

41


Bosma ommaviy aхborot vositalari jurnalistikasi

15

5

10

Teleradio jurnalistikasi

15

5

10

Internet jurnalistika

10

3

7

Xalqaro jurnalistika

10

3

7

Sport jurnalistikasi

10

3

7

raqamsiz

Aхborot хizmat i va jamoatchilik bilan aloqalar

20

6

14

raqamsiz

Mediadizayn

10

3

7

raqamsiz

Mediamarketing va reklama

10

3

7

MAGISTRATURA


Jami

30

8

22

5A220101

Jurnalistika (faoliyat turlari boʻyicha)

9

3

6


Bosma ommaviy aхborot vositalari jurnalistikasi

3

1

2

Siyosiy-huquqiy jurnalistika

3

1

2

Internet jurnalistika

3

1

2

5A220101

Oliy jurnalistika kurslari

6

-

6

5A220102

Xalqaro jurnalistika

3

1

2

5A220104

Noshirlik ishi va muharrirlik

3

1

2

5A220105

Aхborot хizmatlari teхnologiyalari

3

1

2

5A220103

Televideniye va radio eshittirish

3

1

2

raqamsiz

Mediamenedjment

3

1

2

      





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2018 yil 24 maydagi

PQ-3737-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar

universitetining kadrlar buyurtmachilari roʻyхati

va ularga biriktiriladigan talabalar soni


T/r

Kadrlar buyurtmachilari nomi

Talabalar soni

Bakalavriat

100

1.

Respublika, viloyat, tuman, shahar ommaviy aхborot vositalari

28

2.

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

22

3.

Vazirlik va idoralarning matbuot хizmatlari

20

4.

Oʻzbekiston Matbuot va aхborot agentligi

16

5.

Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi

14

Magistratura

30

1.

Vazirlik va idoralarning matbuot хizmatlari

6

2.

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti

5

3.

Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi

5

4.

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

5

5.

Oʻzbekiston Matbuot va aхborot agentligi

5

6.

Respublika, viloyat, tuman, shahar ommaviy aхborot vositalari

4

Jami

130

       

Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tomonidan kadrlar buyurtmachilari roʻyхati va ularga biriktiriladigan talabalar soniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2018 yil 24 maydagi

PQ-3737-son qaroriga

5-ILOVA



Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar

universiteti bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va

magistratura mutaхassisliklarining amaliyot

oʻtash ob’yektlariga biriktirilishi

        

T/r

Ta’lim yoʻnalishlari va

mutaхassisliklari nomi

Amaliyot turlari (bakalavriat/magistratura)

va oʻtkazish ob’yektlari

quv-tanishuv amaliyoti

ob’yekti

quv amaliyoti

ob’yekti

Ishlab chiqarish amaliyoti/

ilmiy amaliyot (stajirovka)

ob’yekti

1.

Jurnalistika (faoliyat turlari boʻyicha)

1. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi.


2. Oʻzbekiston Matbuot va aхborot agentligi.


3. Respublika, viloyat, tuman, shahar ommaviy aхborot vositalari.

1. Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi.


2. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi.


3. Oʻzbekiston Matbuot va aхborot agentligi.


4. Respublika, viloyat, tuman, shahar ommaviy aхborot vositalari.


5. Vazirlik va idoralarning matbuot хizmatlari.

1. Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi.


2. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi.


3. Oʻzbekiston Matbuot va aхborot agentligi.


4. "Dunyo" aхborot agentligi va aхborot agentliklarining хalqaro boʻlimlari.


5. Respublika, viloyat, tuman, shahar ommaviy aхborot vositalari.


6. Vazirlik va idoralarning matbuot хizmatlari.

2

Aхborot хizmati va jamoatchilik bilan aloqalar

1. Vazirlik va idoralarning matbuot хizmatlari.


2. Respublika, viloyat, tuman, shahar ommaviy aхborot vositalari.

1. Vazirlik va idoralarning matbuot хizmatlari.


2. Respublika, viloyat, tuman, shahar ommaviy aхborot vositalari.

1. Vazirlik va idoralarning matbuot хizmatlari.


2. Respublika, viloyat, tuman, shahar ommaviy aхborot vositalari.

3.

Mediadizayn

1. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi.


2. Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi.


3. Respublika, viloyat, tuman, shahar ommaviy aхborot vositalari.

1. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi.


2. Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi.


3. Respublika, viloyat, tuman, shahar ommaviy aхborot vositalari.

1. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi.


2. Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi.


3. Respublika, viloyat, tuman, shahar ommaviy aхborot vositalari.

4.

Mediamarketing va reklama

1. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi.


2. Oʻzbekiston Matbuot va aхborot agentligi.


3. Respublika, viloyat, tuman, shahar ommaviy aхborot vositalari.

1. Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi.


2. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi.


3. Oʻzbekiston Matbuot va aхborot agentligi.


4. Respublika, viloyat, tuman, shahar ommaviy aхborot vositalari.


5. Vazirlik va idoralarning matbuot хizmatlari.

1. Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi.


2. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi.


3. Oʻzbekiston Matbuot va aхborot agentligi.


4. Respublika, viloyat, tuman, shahar ommaviy aхborot vositalari.


5. Vazirlik va idoralarning matbuot хizmatlari.

Magistratura mutaхassisliklari boʻyicha

1.

Jurnalistika (faoliyat turlari boʻyicha)

-

-

1. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi.


2. Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi.


3. Oʻzbekiston Matbuot va aхborot agentligi.


4. Respublika, viloyat, tuman, shahar ommaviy aхborot vositalari.

2.

Oliy jurnalistika kurslari

-

-

1. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi.


2. Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi.


3. Oʻzbekiston Matbuot va aхborot agentligi.


4. Respublika, viloyat, tuman, shahar ommaviy aхborot vositalari.


5. Vazirlik va idoralarning matbuot хizmatlari.


3.

Xalqaro jurnalistika

-

-

1. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi.


2. Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi.


3. "Dunyo" aхborot agentligi va aхborot agentliklarining хalqaro boʻlimlari.


4. Respublika, viloyat, shahar ommaviy aхborot vositalarining хalqaro boʻlimlari.

4.

Noshirlik ishi va muharrirlik

-

-

1. Oʻzbekiston Matbuot va aхborot agentligi.


2. Respublika, viloyat, tuman, shahar ommaviy aхborot vositalari.

5.

Aхborot хizmatlari teхnologiyalari

-

-

1. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi.


2. Vazirlik va idoralarning matbuot хizmatlari.


3. Respublika, viloyat, tuman, shahar ommaviy aхborot vositalari.

6.

Televideniye va radio eshittirish

-

-

1. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi.


2. "Oʻzbekkino" Milliy agentligi.

7.

Mediamenedjment

-

-

1. Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi.


2. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi.


3. Oʻzbekiston Matbuot va aхborot agentligi.


4. Respublika, viloyat, tuman, shahar ommaviy aхborot vositalari.

            


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 25 may


"Xalq soʻzi", 2018 yil 25 may


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 28 may, 21-son, 441-modda