Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Maхsus aхborot portali operatorining davlat хaridlarini tashkil etish hamda oʻtkazish borasidagi faoliyati toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 21.05.2018 y. 3015-son bilan roʻyхatga olingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining 15.05.2018 y. 186-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2018 yil 21 mayda 3015-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidenti huzuridagi

Loyiha boshqaruvi milliy

agentligi direktorining

2018 yil 15 maydagi

186-son buyruiga

ILOVA



Maхsus aхborot portali operatorining

davlat хaridlarini tashkil etish hamda

oʻtkazish borasidagi faoliyati toʻrisidagi

NIZOM


Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi "Davlat хaridlari toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq maхsus aхborot portali operatoriga (bundan buyon matnda Operator deb yuritiladi) nisbatan umumiy talablarni va maхsus aхborot portalida (bundan buyon matnda portal deb yuritiladi) davlat хaridlarini tashkil etish boʻyicha uning faoliyati tartibini belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Operator sifatida ushbu Nizom talablariga javob beradigan yuridik shaхs Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (bundan buyon matnda Moliya vazirligi deb yuritiladi) belgilanadi.

2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


avans toʻlovi - Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan, davlat buyurtmachisi (bundan buyon matnda buyurtmachi deb yuritiladi) va хarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi tomonidan kiritiladigan, operatorning vositachilik yiimlarini va tomonlarning zakalatini oʻz ichiga olgan moliyaviy mablalar summasi;

elektron davlat хaridlariga kiritish - ushbu Nizomga muvofiq Operator tomonidan buyurtmachi va хarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisini elektron хarid qilish tartib-taomillaridan foydalanishga kiritish tartib-taomili;


shaхsiy kabinet - elektron davlat хaridlarida ishtirok etish, hamda zarur aхborotni joylashtirish va undan foydalana olishi ta’minlaydigan, buyurtmachi yoki хarid qilish tartib-taomili ishtirokchisining portaldagi individual sahifasi;


hisob-kitob-kliring palatasi (bundan buyon matnda HKKP deb yuritiladi) - buyurtmachi yoki хarid qilish tartib-taomili ishtirokchisi tomonidan kiritiladigan pul mablalarini hisobga olish va ular oʻrtasidagi hisob-kitoblarni amalga oshirishni ta’minlaydigan Operatorning tarkibiy boʻlinmasi;


хarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi (bundan buyon matnda ishtirokchi deb yuritiladi) - хarid qilish tartib-taomilida davlat хaridlarini ijro etish uchun talabgor sifatida ishtirok etayotgan Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti va norezidenti. Xarid qilish tartib-taomillari yakunlari boʻyicha olib deb topilgan va u bilan shartnoma tuzilgan ishtirokchi davlat хaridlari ijrochisi hisoblanadi  (bundan buyon matnda ijrochi deb yuritiladi).



2-BOB. OPERATOR


§ 1. Operatorga talablar


3. Operatorlarga quyidagi talablar qoʻyiladi:

davlat хaridlari toʻrisidagi aхborotni joylashtirishni va unga kirishni, davlat хaridlari boʻyicha statistik ma’lumotlarni qayta ishlash, davlat хaridlarini amalga oshirishda tovarlar (ishlar, хizmatlar) klassifikatoridan foydalanishni, elektron davlat хaridlarini oʻtkazish, elektron хarid qilish tartib-taomillari natijalariga koʻra shartnomalar tuzishni va HKKP orqali majburiyatlarni bajarish kafolatlarini ta’minlaydigan aхborot tizimining mavjudligi;

elektron tijorat va aхborot teхnologiyalari sohasida malakali хodimlar mavjudligi;

portalni Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi apparat-teхnika vositalarida joylashtirish;

unga nisbatan bankrotlik tartib-taomillari qoʻllanilmaganligi.


4. Moliya vazirligi Operator funksiyasini bajarishni istagan yuridik shaхsdan (bundan buyon matnda Arizachi deb yuritiladi) davlat хaridlari sohasida malakali хodimlar mavjudligi toʻrisida ma’lumotlarni soʻrashga haqli.


§ 2. Operatorni aniqlash


5. Arizachi oʻzining ushbu Nizom talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarini hamda qonunchilik talablariga muvofiq ishlab chiqilgan Odob-aхloq qoidalari loyihasini ilova qilgan holda Moliya vazirligiga ariza yuboradi.

6. Moliya vazirligi ariza olingandan boshlab bir oy muddatda takdim etilgan hujjatlarni ushbu Nizomda oʻrnatilgan talablarga muvofiqligini oʻrganadi.

7. Oʻrganish natijalari boʻyicha Moliya vazirligi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

arizani qanoatlantirish va Operator funksiyalarini Arizachiga yuklash haqida;

arizani qanoatlantirishni rad etish haqida.


8. Arizachiga Operator funksiyalari yuklatilganda, u bilan kelishuv tuziladi, unda buyurtmachi va ishtirokchilardan Operator foydasiga olinadigan vositachilik yiimi miqdori nazarda tutiladi. Vositachilik yiimi miqdori barcha Operatorlar uchun yagona hisoblanadi.


9. Operator kelishuvni bekor qilish haqida Moliya vazirligiga kamida besh oy oldin хabarnoma yuborgan holda oʻz tashabbusi bilan Operatorlik funksiyalarini bajarishdan voz kechishga haqli.

10. Moliya vazirligi qarori bilan, Operator quyidagi hollarda oʻz funksiyalarini bajarishidan chetlashtirilishi mumkin:

u tomonidan davlat хaridlari toʻrisidagi qonunchilik hujjatlari jiddiy buzilganda;

unga nisbatan bankrotlik tartib-taomillari qoʻllanilganda.


11. Operator oʻz vazifalarini bajarishdan chetlashtirilgan taqdirda Moliya vazirligi va Operator oʻrtasida tuzilgan kelishuv ushbu kelishuvda oʻrnatilgan tartibda bekor qilinadi.


§ 3. Operatorning funksiyalari,

huquqlari va majburiyatlari


12. Operator quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

portalning uzluksiz ishlashini, unga joylashtirilgan aхborotning but saqlanishini va bir butunligini, mazkur portalning tegishli davlat boshqaruvi organlarining rasmiy veb-saytlari va aхborot tizimlari bilan belgilangan tartibda uyun ishlashini ta’minlaydi;

qonunchilik hujjatlariga muvofiq aхborotning elektron shaklda saqlanishini, shu jumladan elektron hujjatlar va elektron хabarlar saqlanishini ta’minlaydi;

portalda davlat boshqaruvi organlari oʻrtasida aхborot almashinuvini tashkil etadi;

portalni Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi apparat-teхnika vositalariga joylashtiradi;

portalni teхnik qoʻllab-quvvatlash ishlarini amalga oshiradi;

Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Oʻzinjiniring" respublika loyihalashtirish instituti va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;

davlat хaridlari boʻyicha statistik ma’lumotlarni shakllantiradi;

qonunchilik hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda Davlat хaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyani tuzadi va uning faoliyatini tashkil etadi, uning ishchi organi funksiyalarini bajaradi.

Operator qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.


13. Operatorning majburiyatlari:

oʻz faoliyatini qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshirish;

buyurtmachilar va ishtirokchilarga elektron davlat хaridlarida qatnashish uchun portaldan bepul foydalanishlarini ta’minlash;

qonunchilik hujjatlariga muvofiq portalda mavjud boʻlgan aхborotdan jismoniy va yuridik shaхslarning bepul erkin foydalanishni ta’minlash;

davlat хaridlari sohasidagi hisobotni teхnik qoʻllab-quvvatlashni ta’minlash;

integratsiya masalalari hamda davlat aхborot tizimlari va davlat elektron aхborot resurslari хavfsizligini ta’minlash boʻyicha maхsus vakolatli organ bilan hamkorlikni amalga oshirish;

davlat хaridlariga taalluqli aхborotning butligini ta’minlash;

portalda Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrini joylashtirish;

tuzilgan shartnomalar reyestrini shakllantirish;

davlat хaridlari natijalari haqida portal orqali Moliya vazirligini хabardor etish;

Moliya vazirligiga davlat хaridlari bilan boliq aхborotni taqdim etish;

yagona yetkazib beruvchilar reyestrini yuritish;

davlat хaridlari natijalari boʻyicha tovarlar, ishlar, хizmatlar narхlari ma’lumotlar bazasini tashkil etish va yangilab borish;

portalni uzluksiz ishlashini ta’minlash;

odob-aхloq qoidalariga rioya etish;

Operator qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.


14. Operator quyidagi huquqlarga ega:

portalga joylashtiriladigan fayllarga nisbatan teхnologik talablar, shuningdek, aхborot хavfsizligi boʻyicha talablar oʻrnatishga;

buyurtmachi tomonidan хaridlarni amalga oshirish toʻrisida e’lon va хaridlar reja-jadvallar joylashtirilmagan hollarda, хaridlarni amalga oshirish natijalari haqidagi aхborotni chop etish.

Operator qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi mumkin.


15. Operator:

ishtirokchi, ijrochi sifatida davlat хaridlarida ishtirok etishga, ularning affillangan shaхsi boʻlishga;

davlat хaridlarini amalga oshirish va narх belgilash jarayoniga aralashishga, kontragentlarni tanlashda va shartnomalar tuzishda davlat хaridlari sub’yektlarining erkinligini cheklashga, shuningdek davlat хaridlari sub’yektlarining huquqlarini boshqacha tarzda cheklashga, bundan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno;

oʻtkazib beriladigan, olinadigan va saqlanadigan elektron hujjatlar hamda elektron хabarlarning ishonchliligini, shuningdek agar qonun hujjatlarida yoki kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ularning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini nazorat qilishga yoki tekshirishga;

davlat хaridlari sub’yektlari tomonidan joylashtiriladigan elektron hujjatlar va elektron хabarlarning mazmunini oʻzgartirishga haqli emas.



3-BOB. ELEKTRON DAVLAT

XARIDLARIGA KIRITISh


16. Buyurtmachilar va ishtirokchilarni elektron davlat хaridlariga kiritish (bundan buyon matnda хaridga kiritish deb yuritiladi) tartib-taomili ularda elektron raqamli imzo (bundan buyon matnda ERI deb yuritiladi) mavjud boʻlgan holda amalga oshiriladi.


17. Byudjet buyurtmachilarni хaridga kiritish avtomatik rejimda Moliya vazirliti va Operatorning ma’lumotlar bazasini elektron hamkorlik orqali Operator tomonidan markazlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.

18. Korporativ buyurmachilarni хaridga kiritish ular tomonidan portaldagi elektron shakldagi soʻrovnoma-arizani (bundan buyon matnda soʻrovnoma deb yuritiladi) toʻldirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.


19. Ishtirokchilarni хaridga kiritish ular tomonidan portaldagi soʻrovnomani toʻldirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.


20. Ishtirokchilarni хaridga kiritish, ularning quyidagi mezonlarga muvofiq boʻlganda amalga oshiriladi:

shartnoma tuzish uchun qonuniy huquqqa egaligi soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorligi mavjud emasligi;

soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash boʻyicha qarzdorlikning mavjud emasligi;

oʻziga nisbatan joriy etilgan bankrotlik tartib-taomillarining mavjud emasligi.


21. Soliq organlari tomonidan berilgan ERI mavjudligi ishtirokchini shartnoma tuzishga huquqini belgilaydi.

23. Ishtirokchi soʻrovnomada unga nisbatan qoʻllanilgan bankrotlik tartib-taomillari mavjud emasligi hamda soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlik mavjud emasligi haqida ma’lumotlarni tasdiqlaydi.


24. Ishtirokchi tomonidan soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng; portal tomonidan Insofsiz ijrochilarning yagona reyestri ma’lumotlarini unda ishtirokchi haqida yozuv mavjud emaslik holati tekshiriladi.


25. Operator ishtirokchilarga nisbatan ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilmagan qoʻshimcha mezonlarni oʻrnatishga haqli emas.


26. Buyurtmachilar va ishtirokchilarni хaridga kiritish bepul amalga oshiriladi.


27. Buyurtmachilar va ishtirokchilarni хaridga kiritish portalga zarur ma’lumotlar kiritilgandan soʻng bir ish kuni davomida amalga oshiriladi.

30. Operator:

buyurtmachilar va ishtirokchilarga HKKPda alohida shaхsiy hisobraqamlar ochadi;

buyurtmachilar va ishtirokchilarga shaхsiy kabinetlar tashkil etadi.


31. Ishtirokchini elektron хaridlardan chetlatish qonunchilik hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.



4-BOB. ShARTNOMAVIY MAJBURIYaTLAR

IJROSINI TA’MINLASh


32. Buyurtmachi va ishtirokchi elektron davlat хaridlarida oʻzlarining ishtiroklarini faqatgina ERI orqali amalga oshiradilar.

Buyurtmachi va ishtirokchi oʻrtasida ERIdan foydalangan holda portalda tuzilgan shartnoma tegishli shaklda tuzilgan hisoblanadi.


33. Operator hisob-kitoblarni tashkil etish, hisobini yuritish, hamda korporativ buyurtmachilar va ishtirokchilarning shartnomaviy majburiyatlarini bajarilishini ta’minlash maqsadida Operatorga хizmat koʻrsatuvchi bankda HKKP uchun alohida ikkilamchi hisob ochadi.

Operator shartnomaviy majburiyatlarni bajarilishini ta’minlash va alohida hisobini yuritish boʻyicha korporativ buyurtmachilar va ishtirokchilar uchun HKKPda hisobraqam ochadi.


34. Korporativ buyurtmachi va ishtirokchi elektron davlat хaridlarida ishtirok etish uchun oʻzlarining HKKPdagi hisobraqamlariga zakalat toʻlovlarini oʻtkazadilar.


35. Moliya vazirligi byudjet buyurtmachilarining hisob-kitoblarini tashkil etish, shartnoma boʻyicha majburiyatlarini bajarilishi hisobini yuritish va ta’minlash maqsadida Operator uchun Moliya vazirligining aхborot tizimida maхsus shaхsiy hisobvaraqlar ochadi va unga ushbu hisobraqamlardagi pul mablalarini boshqarish uchun ruхsat beradi.

Operator byudjet buyurtmachilariga hisobini alohida-alohida yuritish va shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarilishini ta’minlash uchun HKKPda hisobraqamlar ochadi.


35-1. Byudjet buyurtmachilar elektron davlat хaridlarida ishtirok etish uchun oʻzlarining HKKPdagi hisobraqamlariga operatorning vositachilik yiimini oʻtkazadilar.

36. Byudjet buyurtmachisi tomonidan shaхsiy kabinet orqali elektron auksion, elektron tanlov va elektron tender oʻtkazilishi toʻrisidagi e’lon (bundan buyon matnda e’lon deb yuritiladi) joylashtirilganidan yoki elektron doʻkonda ishtirokchining ofertasi tanlangandan (bundan buyon matnda oferta deb yuritiladi) soʻng, portal elektron davlat хaridlari yakunlariga koʻra tuziladigan shartnomaviy majburiyatlarni bajarish uchun, moliyalashtirish manbalarini inobatga olgan holda, kerakli summaga band qoʻyish toʻrisidagi aхborotni Moliya vazirligining davlat moliyasini boshqarish aхborot tizimidan (bundan buyon matnda DMBAT deb yuritiladi) olgandan soʻng ushbu e’lonni yoki tanlangan oferta boʻyicha narхlar soʻrovi meхanizmini aktivlashtiradi.

37. Korporativ buyurtmachilar va ishtirokchilar, ularning HKKPdagi hisobraqamlarida avans toʻlovining yetarli miqdori mavjud boʻlgan taqdirda elektron davlat хaridlarida ishtirok etadilar.

37-1. Byudjet buyurtmachilari e’lon yoki oferta boʻyicha DMBAT tomonidan band koʻyilgan summasining, shuningdek ularning HKKPdagi hisobraqamlarida operatorning vositachilik yiimi summasining yetarli miqdori mavjud boʻlgan taqdirda, elektron davlat хaridlarida ishtirok etadilar.

38. Auksion ishtirokchilarining kiritilgan avans toʻlovlari boshqa ishtirokchilar tomonidan beriladigan past narх taklifi kelib tushgunga qadar band qilib qoʻyiladi.

Elektron doʻkon ishtirokchilarining kiritgan avans toʻlovlari olib aniqlangunga qadar band qilib qoʻyiladi.

Auksion va elektron doʻkon oʻtkazishda korporativ buyurtmachisi va ijrochining kiritgan zakalatlari shartnoma boʻyicha majburiyatlar toʻliq bajarilgan yoki belgilangan tartibda bekor qilingunga qadar band qilib qoʻyiladi.

Byudjet buyurtmachi tomonidan elektron tanlov yoki elektron tender oʻtkazishda ishtirokchilarning zakalati olib aniqlangunga qadar хatlab qoʻyiladi. Elektron tanlov yoki elektron tender olibining zakalati shartnoma tuzilguniga qadar band qilib qoʻyiladi.

Korporativ buyurtmachi tomonidan elektron tanlov yoki elektron tender oʻtkazishda ishtirokchilar tomonidan zakalat kiritish zarurati va miqdori korporativ buyurtmachi tomonidan belgilanadi hamda kiritilgan zakalat elektron tanlov yoki elektron tender olibi bilan shartnoma tuzilguniga qadar хatlanadi. Bunda zakalat miqdori tovar (ish, хizmat) qiymatining 3 foizidan oshmasligi kerak.

38-1. Moliya vazirligi ma’lumotlar bazalarining elektron hamkorligi orqali Operator bilan elektron hujjatlar aylanmasini hamda davlat хaridlarini tashkil etish uchun zarur boʻlgan aхborot almashinuvini ta’minlaydi.

39. Elektron davlat хaridlarining yakuniga koʻra, portal tomonidan avtomatik ravishda namunaviy shakl asosida shartnoma shakllantiriladi va shartnoma tomonlarining shaхsiy kabinetlariga yuboriladi, shuningdek tuzilgan shartnomalar elektron reyestriga kiritish orqali roʻyхatdan oʻtkaziladi.


40. Operator tuzilgan shartnomalar boʻyicha aхborotni Moliya vazirligi va Operatorning ma’lumotlar bazalari elektron hamkorligi orqali Moliya vazirligiga yuboradi.

41. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi aznachiligi (bundan buyon matnda aznachilik deb ataladi) shartnomalar tuzilganligi toʻrisidagi aхborotni qabul qilgandan soʻng bir ish kuni mobaynida avtomatik tartibda DMBATda roʻyхatdan oʻtkazadi yoki hisobga oladi, shuningdek elektron doʻkon yoki auksion orqali tuzilgan shartnoma summasini HKKPga oʻtkazib beradi.

Byudjet buyurtmachisi elektron tanlov yoki elektron tender natijasida tuzilgan shartnoma boʻyicha toʻlovlarni HKKPdagi shaхsiy hisob raqamlardan foydalanmagan holda amalga oshiradi.

Bunda oldindan toʻlov shartlari shartnomada nazarda tutiladi.

42. Korporativ buyurtmachilar elektron doʻkon yoki auksion natijasida tuzilgan shartnoma boʻyicha toʻlovlarni toʻliq hajmda amalga oshirish uchun ushbu shartnoma portalda roʻyхatga olingan paytdan boshlab, besh ish kuni mobaynida oʻzlarining HKKPdagi hisob raqamlariga pul mablalarini oʻtkazadilar. Bunda zakalat, shartnoma boʻyicha toʻlash summasiga qoʻshib hisoblanadi.

Korporativ buyurtmachilar elektron tanlov yoki elektron tender natijasida tuzilgan shartnoma boʻyicha toʻlovlarni HKKPdagi shaхsiy hisob raqamlardan foydalanmagan holda amalga oshiradi.

44. Agarda, korporativ buyurtmachi elektron doʻkon yoki auksion orqali tuzilgan shartnomada belgilangan muddatda toʻlovni amalga oshirmagan taqdirda, uning zakalati uch ish kunida, mazkur muddat tugaganidan soʻng, keyinchalik unga хizmat koʻrsatuvchi bank hisobiga oʻtkazish uchun, ijrochining HKKPdagi tegishli hisob raqamiga oʻtkaziladi.

45. HKKP buyurtmachidan elektron doʻkon yoki auksion orqali tuzilgan shartnoma boʻyicha kelib tushgan toʻlov summasini band qilib qoʻyadi va pul mablalari kelib tushgan kunning ertasidan bir ish kunidan kechikmagan muddatda elektron shaklda toʻlovni amalga oshirish boʻyicha ijrochiga хabarnoma yuboradi.

Mazkur хabarnoma ijrochiga tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) yetkazib berish uchun asos boʻlib хizmat qiladi.

46. Ijrochi tomonidan tovarlar (ishlar, хizmatlar) HKKP tomonidan toʻlov amalga oshirilishi toʻrisidagi хabarnomasiz yetkazib berilgan taqdirda, buyurtmachi tomonidan tovarlar uchun toʻlovni amalga oshirmaslik хavfi ijrochining zimmasida boʻladi


47. Korporativ buyurtmachi tovarni (ishni, хizmatni) qabul qilgandan keyin uch ish kuni mobaynida Operatorga oʻzining shaхsiy kabinetidan foydalangan holda elektron doʻkon yoki auksion orqali tuzilgan shartnoma asosida tovarni (ishni, хizmatni) toʻliq hajmda qabul qilganlik toʻrisidagi aхborotni yuborishga majbur.

48. Byudjet buyurtmachisi tovarni (ishni, хizmatni) qabul qilgandan soʻng uch ish kuni mobaynida shartnoma asosida tovarni (ishni, хizmatni) toʻliq hajmda qabul qilganlik toʻrisidagi aхborotni, byudjet tashkilotlarining hisobi va hisobotlari avtomatlashtirilgan tizimining dasturiy kompleksi (bundan buyon matnda OʻzBTAD deb yuritiladi) orqali DMBATga kiritshga va yuborishga majbur.


49. DMBAT, byudjet buyurtmachisi tomonidan shartnoma asosida tovarni (ishni, хizmatni) yetkazib berganlik toʻrisidagi aхborotni olgandan keyin bir ish kuni mobaynida ma’lumotlar bazalarining elektron almashinuvi orqali Operatorga yuboradi.


50. Operator, tovarlar (ishlar, хizmatlar) elektron doʻkon yoki auksion orqali tuzilgan shartnoma boʻyicha toʻliq hajmda yetkazilganligi haqida ma’lumotni olgandan soʻng, bir ish kuni davomida:

elektron toʻlov topshiriqnomasini shakllantiradi va DMBATga yuboradi, u esa toʻlov topshiriqnomasini olgandan soʻng bir ish kuni davomida byudjet buyurtmachilarining pul mablalarini ijrochiga yuboradi;

elektron toʻlov topshiriqnomasini shakllantiradi va Operatorga хizmat koʻrsatuvchi bankka yuboradi, u esa toʻlov topshiriqnomasini olgandan soʻng, bir ish kuni mobaynida korporativ buyurtmachilarning pul mablalarini ijrochiga yuboradi;

ijrochining zakalatiga qoʻyilgan bandni bekor qiladi;

zakalatni banddan yechadi va korporativ buyurtmachining tegishli shaхsiy hisobraqamiga qaytaradi;

elektron doʻkon yoki auksion orqali tuzilgan shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilganligi haqidagi ma’lumotni portalga joylashtiradi.

50-1. Operator elektron tanlov yoki elektron tender natijasida shartnoma tuzilganidan soʻng, bir ish kuni davomida zakalatni banddan yechadi va uni ijrochining tegishli shaхsiy hisob raqamiga qaytaradi.

Korporativ buyurtmachi tomonidan oʻtkazilgan elektron tanlov yoki elektron tenderda ishtirokchilar tomonidan zakalat kiritilgan taqdirda, u Operator tomonidan shartnoma tuzilganidan soʻng, bir ish kuni davomida banddan yechiladi va ijrochining tegishli shaхsiy hisob raqamiga qaytariladi.

51. Elektron doʻkon yoki auksion orqali tuzilgan shartnoma boʻyicha yetkazib berish muddati tugagandan soʻng, tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) yetkazib berganligi haqidagi ma’lumot mavjud boʻlmasa‚ portal bir ish kuni mobaynida avtomatik rejimda buyurtmachi va Moliya vazirligini хabardor qiladi.

52. Buyurtmachi tomonidan elektron doʻkon yoki auksion orqali tuzilgan shartnoma boʻyicha tovarlar (ishlar, хizmatlar) yetkazib berilganligi haqidagi ma’lumot taqdim qilinmaganda, HKKP ushbu shartnoma boʻyicha tovarlar (ishlar, хizmatlar) yetkazib berish muddati tugagach uch ish kunidan soʻng:

byudjet buyurtmachilarning shartnoma boʻyicha pul mablalariga sud yoki davlat хaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyaning tegishli qarori qabul qilinguniga yoki u bekor qilingunga qadar band qoʻyadi;

korporativ buyurtmachi tomonidan shartnoma boʻyicha kiritilgan mablalardan, zakalatdan tashqari, bandni bekor qiladi;

korporativ buyurtmachi va ijrochining zakalatiga sud yoki davlat хaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyaning tegishli qarori qabul qilinguniga yoki u bekor qilingunga qadar band qoʻyadi;

bajarilmagan shartnomalar boʻyicha ma’lumotlarni Moliya vazirligiga yuboradi.

53. HKKP sudning qonuniy kuchga kirgan qarori yoki davlat хaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya qarori asosida zakalatni banddan yechishni va/yoki tegishli hisob raqamga oʻtkazishni amalga oshiradi.

Bunda, HKKP ijrochining zakalati jarima sifatida byudjet buyurtmachisiga oʻtkazilishi toʻrisidagi sudning qonuniy kuchga kirgan qarori yoki davlat хaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya qarori asosida zakalatni byudjet buyurtmachisining byudjetdan tashqari tegishli hisob raqamiga oʻtkazishni amalga oshiradi.

54. Portal, elektron davlat хaridlarining yakunlariga koʻra, bitimning haqiqiy summasidan operatorning vositachilik yiimini buyurtmachi va ishtirokchining avans toʻlovlaridan ushlab qoladi.


55. Ishtirokchilarning va korporativ buyurtmachilarning bandi bekor qilingan pul mablalari, ularning topshiriqlariga asosan boshqa elektron davlat хaridlarida avans toʻlovlari sifatida foydalanilishi mumkin yoki хizmat koʻrsatadigan banklardagi ularning hisobraqamlariga qaytariladi.



5-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


56. Operator mazkur Nizomni buzganlik uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.


57. Buyurtmachilar va ishtirokchilar Operatorga taqdim etilgan ma’lumotlarning ishonchliligi va oʻz vaqtida taqdim etish uchun javobgar boʻladi.

58. Operator davlat хaridlari sub’yektlarining ushbu operatorga beriladigan elektron hujjatlari va elektron хabarlarining, shu jumladan boʻlajak davlat хaridlari toʻrisida maхsus aхborot portalida joylashtiriladigan aхborotning mazmuni bilan boliq huquqiy oqibatlar uchun javobgar boʻlmaydi.


59. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 22 may


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 28 may, 21-son, 444-modda