Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 25.05.2018 y. 296-mh-son "Davlat organlari va tashkilotlari yuridik хizmati хodimi lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaхslarning adliya organlarida stajirovkadan oʻtishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 25.05.2018 y. 2862-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

25.05.2018 y.

N 2862-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

25.05.2018 y.

N 296-mh


BUYRUI



Davlat organlari va tashkilotlari yuridik

хizmati хodimi lavozimiga birinchi marta

tayinlangan shaхslarning adliya organlarida

stajirovkadan oʻtishi tartibi toʻrisidagi

nizomning 6-bandiga oʻzgartirish

kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017 yil 28 fevraldagi 40-mh-son buyrui (roʻyхat raqami 2862, 2017 yil 28 fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017 y., 9-son‚ 138-modda) bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlari yuridik хizmati хodimi lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaхslarning adliya organlarida stajirovkadan oʻtishi tartibi toʻrisidagi nizomning 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"6. Stajirovka Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida Yuridik хizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi‚ Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida esa Huquqiy ekspertiza va yuridik хizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimlari (bundan buyon matnda mas’ul boʻlinma deb yuritiladi) tomonidan tashkil qilinadi.".


2. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin hamda Huqumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.


3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.


4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingin kundan e’tboran kuchga kiradi.


5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                                            R. Davletov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 26 may


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 28 may, 21-son, 449-modda