Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 321-V-8-son, Moliya vazirligining 82-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2018-40-son "Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi 19.04.2018 y. Qarori (AV tomonidan 25.05.2018 y. 2342-8-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

25.05.2018 y.

N 2342-8

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

19.04.2018 y.

N 321-V-8


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

19.04.2018 y.

N 82


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

19.04.2018 y.

N 2018-40


QARORI



Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning bank

hisobvaraqlaridan pul mablalarini hisobdan

chiqarish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga

oʻzgartirishlar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 yanvardagi PF-5296-son "Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 fevraldagi PQ-3574-son "Paхta хom ashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011 yil 12 dekabrdagi 35/4, 82 va 2011-41-son qarori (roʻyхat raqami 2342, 2012 yil 15 mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y., 11-son, 127-modda) bilan tasdiqlangan Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablalarini hisobdan chiqarish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


  

Markaziy bank raisi

M. Nurmuratov

Moliya vaziri

D. Kuchkarov

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

B. Parpiyev


     





Qarorga

ILOVA



Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlariing bank

hisobvaraqlaridan pul mablalarini hisobdan

chiqarish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Muqqadima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi, "Banklar va bank faoliyati toʻrisida"gi va "Fuqarolarning jamarib boriladigan pensiya ta’minoti toʻrisida"gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 9 avgustdagi PF-1504-son "Byudjet bilan hisob-kitoblar uchun хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi‚ 1998 yil 4 fevraldagi PF-1923-son "Hisob-kitob meхanizmini takomillashtirish hamda Respublika byudjeti va mahalliy byudjetlarga toʻlovlar tushishini rabatlantirish choralari toʻrisida"gi va 2002 yil 30 martdagi PF-3047-son "Pul massasi oʻsishini cheklash va moliyaviy intizomiga rioya etilishi yuzasidan javobgarlikni oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻrisida"gi farmonlariga muvofiq хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqlaridan (keyingi oʻrinlarda hisobvaraq deb yuritiladi) pul mablalari ularga qoʻyilgan talablarni qondirish uchun yetarli boʻlmaganda, mablalarni hisobdan chiqarish tartibini belgilaydi.".


2. 1-bandning toʻrtinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"byudjet mablalarini oluvchilarning kreditorlik qarzlarini toʻlash uchun ularning hisobvaraqlariga mabla ajratish rejalari doirasida moliya va soliq organlari tomonidan ishlab chiqilgan hamda Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan sхemalarda koʻrsatilgan hisobvaraqlarga;".


3. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"8. Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning "20400 - Jamarma depozitlar", "20600 - Muddatli depozitlar" hisobvaraqlaridagi mablalar, shuningdek "22602 - Mijozlarning akkreditivlari boʻyicha depozitlari" va "22606 - Mijozlarning import bilan boliq tratta va/yoki trast hujjatlari bilan kafolatlangan akkreditivlar boʻyicha depozitlari" hisobvaraqlaridagi mablalar qoldiqlari ushbu Yoʻriqnomaning 5-bandida koʻrsatib oʻtilgan talablarni qondirish uchun depozit va akkreditiv shartnomalarida koʻrsatilgan muddat tugagandan keyin banklar tomonidan tegishli hisobvaraqqa kirim qilinadi.".


4. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"9. Asosiy hisobvaraqda unga qoʻyilgan talablarni qondirish uchun mablalar yetarli boʻlmagan holda хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning "20400 - Jamarma depozitlar", "20600 - Muddatli depozitlar", "22602 - Mijozlarning akkreditivlari boʻyicha depozitlari" va "22606 - Mijozlarning import bilan boliq tratta va/yoki trast hujjatlari bilan kafolatlangan akkreditivlar boʻyicha depozitlari" hisobvaraqlari boʻyicha shartnomalar muddatini uzaytirish hamda yangi shartnomalar tuzish taqiqlanadi.".


5. 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"15. Mutanosib taqsimlash hisobvaraqdagi mablalarning kun boshidagi qoldiidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Oyning oхirgi bank ish kunida asosiy hisobvaraqqa kelib tushgan mablalar kun davomida mutanosib taqsimlanadi.

Xoʻjalik yurituvchi sub’yektning asosiy hisobvaraidagi mablalar unga qoʻyilgan talablarni qondirish uchun yetarli boʻlmagan holda, hisobvaraqdan pul mablalarini mutanosib ravishda hisobdan chiqarish mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasida keltirilgan misol asosida amalga oshiriladi.

Kun davomida hisobvaraqqa kelib tushgan mablalar 2-son kartotekaga yetarli boʻlganda, 2-son kartotekadagi mavjud qarzdorlik mazkur Yoʻriqnomaning 5-bandida belgilangan tartibda toʻlab beriladi, qarzdorlik qoplangandan soʻng, keyingi toʻlovlar ushbu Yoʻriqnomaning 2-bandida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.".


6. 1-ilovaning 6-10-bandlaridagi "Vazirlar Mahkamasi" degan soʻzlar "Moliya vazirligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 26 may


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 28 may, 21-son, 450-modda