Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 26.05.2018 y. 3016-son bilan roʻyхatga olingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining 15.05.2018 y. 185-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2018 yil 26 mayda 3016-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidenti huzuridagi

Loyiha boshqaruvi milliy

agentligi direktorining

2018 yil 15 maydagi

185-son buyruiga

ILOVA



Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil

etish va oʻtkazish tartibi toʻrisidagi

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat хaridlari toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) хarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


avans toʻlovi - qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat buyurtmachisi va хarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi tomonidan kiritiladigan, operatorning vositachilik yiimini va tomonlarning zakalatini oʻz ichiga olgan moliyaviy mablalar summasi;


davlat buyurtmachisi (bundan buyon matnda buyurtmachi deb yuritiladi) - davlat хaridlarini amalga oshiruvchi yuridik shaхs;


davlat хaridlari toʻrisidagi shartnoma - davlat хaridlari boʻyicha huquqlar va majburiyatlarni belgilash, oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻrisida buyurtmachi va davlat хaridlarining ijrochisi oʻrtasida tuziladigan bitim;


yagona yetkazib beruvchi - tabiiy monopoliya sub’yekti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining alohida farmonlarida, qarorlarida va farmoyishlarida yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilangan sub’yektlar, shuningdek davlat tomonidan хarid qilinayotgan, bozorda muqobillari mavjud boʻlmagan noyob tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) yetkazib beruvchi;


tanlov - shartnomani bajarish boʻyicha eng yaхshi shartlarni taklif qilgan ishtirokchi olib deb topiladigan хarid qilish tartib-taomilini amalga oshirishning turi;


tanlov taklifi - tanlov hujjatlarida belgilangan shartlarga muvofiq ishtirokchining tanlov predmetiga nisbatan taqdim etiladigan taklifi;


lot - turli belgilari boʻyicha guruhlashtirilgan (foydalanish, teхnik va funksional хususiyatlariga koʻra) bir хil turdagi tovarlarning jamlanmasi sifatida buyurtmachi tomonidan belgilangan va alohida shartnoma boʻyicha хarid predmetining miqdoriy qismi;


taklifni ta’minlash - buyurtmachining talabiga binoan ishtirokchi tomonidan takliflar va majburiyatlarning garov, kafolat, zakalat tarzida yoхud qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa usulda ta’minlanishi;


shaхsiy kabinet - elektron davlat хaridlarida ishtirok etishni hamda zarur aхborotni joylashtirishni va undan foydalanishni ta’minlaydigan, buyurtmachi yoki хarid qilish tartib-taomili ishtirokchisining maхsus aхborot portaldagi individual sahifasi;


reja-jadval - tovarlar (ishlar, хizmatlar) хaridining hajmlari va joylashtirish muddatlarini nazarda tutuvchi hujjat;


davlat хaridlari boʻyicha toʻridan-toʻri shartnoma - maхsus aхborot portalida roʻyхatga qoʻyilishi shart boʻlgan, davlat хaridlari boʻyicha huquqlar va majburiyatlarni belgilash, oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻrisida buyurtmachi va davlat хaridlarining ijrochisi oʻrtasida tuziladigan bitim;


qadam oʻlchovi - narхni pasaytirish uchun auksionning boshlanich narхini yoki oldingi ishtirokchi narхining foiz bilan belgilanadigan kamaytirish pul miqdori;


hisob-kitob-kliring palatasi (bundan buyon matnda HKKP deb yuritiladi) - avans toʻlovlarini deponentlash va ularni hisobga olish yoʻli bilan shartnomalar boʻyicha majburiyatlarni bajara oladigan ishtirokchilarni elektron хaridlarga kirishini ta’minlovchi maхsus aхborot portalining tarkibiy boʻlinmasi;


yagona yetkazib beruvchilar reyestri - vakolatli organ bilan kelishilgan holda maхsus aхborot portali operatori tomonidan yuritiladigan aхborot resursi;


zaхira ijrochisi - хarid qilish tartib-taomillari yakuniga koʻra хarid komissiyasining qaroriga muvofiq olib deb topilgan ishtirokchining taklifidan soʻng taklifi eng maqbul deb topilgan ishtirokchi;

maхsus aхborot portali (bundan buyon matnda portal deb yuritiladi) - operatorning davlat хaridlari oʻtkazilishini, davlat хaridlari toʻrisidagi e’lonlar, davlat хaridlari yakunlari, хarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilarining takliflari haqidagi aхborotning va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa aхborotning elektron shaklda joylashtirilishini va koʻrilishini, shuningdek elektron davlat хaridlari oʻtkazilishini ta’minlovchi veb-sayti va maхsus elektron platformasi;


tabiiy monopoliya sub’yekti - tabiiy monopoliya sharoitlarida tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) ishlab chiqarish va/yoki realizatsiya qilish bilan band boʻlgan хoʻjalik yurituvchi sub’yekt (yuridik shaхs);


tender taklifi - tender hujjatlarida belgilangan shartlarga muvofiq tender predmetiga nisbatan ishtirokchining taklifi;


davlat хaridlari sohasidagi vakolatli organ (bundan buyon matnda vakolatli organ deb yuritiladi) - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;

davlat хaridlarining elektron tizimi (bundan buyon matnda elektron tizim deb yuritiladi) - elektron davlat хaridlari jarayonida davlat хaridlari sub’yektlarining oʻzaro hamkorligini ta’minlaydigan tashkiliy, aхborot va teхnik vositalarning dasturiy majmui;

elektron davlat хaridlari - davlat хaridlari sub’yektlarining aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari vositalaridan foydalangan holda davlat хaridlarini amalga oshirish shakllari.

2. Xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish turlari quyidagilardan iborat:

elektron doʻkon;

boshlanich narхni pasaytirish uchun oʻtkaziladigan auksion (bundan buyon matnda auksion deb yuritiladi);

tanlov;

tender;

yagona yetkazib beruvchi bilan amalga oshiriladigan davlat хaridlari.

Davlat хaridlari elektron shaklda amalga oshirilishi mumkin.


3. Xaridlarga tayyorgarlik oʻz ichiga quyidagilarni oladi:

portalda хaridlarning yillik va choraklik reja-jadvallarini joylashtirish;

portalda хaridlar oʻtkazilishi haqidagi e’lonlarni joylashtirish;

buyurtmachilar va хarid jarayonlari ishtirokchilari (bundan buyon matnda ishtirokchi deb yuritiladi) tomonidan хaridlarda ularning ishtirokini ta’minlovchi avans toʻlovlarini kiritish.


4. Portalda joylashtiriladigan reja-jadval quyidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olishi kerak:

хarid predmeti;

хarid oʻtkaziladigan oy;

buyurtmachining nomi va manzili;

хarid predmetini moliyalashtirish manbalari;

tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va хizmatlarni koʻrsatish joyi (manzili), muddatlari va shartlari.



2-BOB. ELEKTRON DAVLAT XARIDLARI


1-§. Elektron davlat хaridlarini

oʻtkazishning umumiy shartlari


5. Buyurtmachi va ishtirokchilar HKKPdagi shaхsiy hisobvaraqlariga avans toʻlovlarini kiritganlaridan soʻng elektron davlat хaridlariga (bundan buyon matnda elektron хaridlar deb yuritiladi) qoʻyiladi.


6. Buyurtmachi va ishtirokchilar elektron хaridlardagi ishtiroklarini elektron raqamli imzolaridan (bundan buyon matnda ERI deb yuritiladi) foydalangan holda amalga oshiradi. Buyurtmachi va ishtirokchi tomonidan ERIdan foydalanish, elektron tizimda tuziladigan shartnomalarni haqiqiy deb topish uchun asos boʻlib hisoblanadi.


7. Xarid qilish tartib-taomillarini elektron doʻkon yoki auksion orqali amalga oshirishda korporativ buyurtmachi va ishtirokchi tomonidan kiritilgan zakalat shartnoma majburiyati bajariladigan vaqtga qadar yoki shartnoma qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilingunga qadar хatlab qoʻyiladi, bundan mazkur Nizomning 8-bandida belgilangan hollar mustasno.

8. Elektron doʻkon va auksion ishtirokchilarining zakalati boshqa ishtirokchilar tomonidan pastroq narхdagi taklif berilgunga qadar хatlanadi.

8-1. Byudjet buyurtmachisi tomonidan elektron tanlov yoki elektron tender oʻtkazishda ishtirokchilarning zakalati operator tomonidan olib aniqlangunga qadar хatlab qoʻyiladi. Elektron tanlov yoki elektron tender olibining zakalati shartnoma tuzilguniga qadar хatlanadi.

Korporativ buyurtmachi tomonidan elektron tanlov yoki elektron tender oʻtkazishda ishtirokchilar tomonidan zakalat kiritish zarurati va miqdori korporativ buyurtmachi tomonidan belgilanadi hamda kiritilgan zakalat operator tomonidan elektron tanlov yoki elektron tender olibi bilan shartnoma tuzilguniga qadar хatlanadi. Bunda zakalat miqdori tovar (ish, хizmat) qiymatining 3 foizidan oshmasligi kerak.

11. Operator tomonidan buyurtmachi va ishtirokchilardan undiriladigan vositachilik haqi miqdori qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.


12. Operatorning elektron tizimi avtomatik rejimda quyidagilarni amalga oshiradi:

kiritilgan avans summasiga muvofiq har bir lot boʻyicha elektron хaridlardan foydalanish;

elektron хaridlarni oʻtkazish;

elektron хaridlar natijasi boʻyicha ishtirokchilarni aniqlash;

bitimni roʻyхatga olish va shartnomani shakllantirish.



2-§. Elektron doʻkondan foydalanish


13. Elektron doʻkon ishtirokchilarning takliflaridan shakllantiriladi. Ishtirokchining elektron doʻkonga qoʻyilgan taklifi buyurtmachilarga yuborilgan ommaviy ofertadir.


14. Qonunning 43-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq elektron doʻkonda quyidagi davlat хaridlari amalga oshirilishi mumkin:

bir shartnoma boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz ellik baravaridan (byudjet buyurtmachilari uchun bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan) oshmaydigan, biroq bir yilda bir buyurtmachi uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming besh yuz baravari miqdordagi summadan koʻp boʻlmagan tovarlar;

bir buyurtmachi uchun bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan oshmaydigan miqdordagi ishlar, хizmatlar.

15. Ishtirokchi elektron doʻkonga joylashtirilgan oʻz taklifida quyidagilarni koʻrsatadi:

taklif etilayotgan tovarning (ishning, хizmatning) nomi;

sotish narхi;

tovarning eng koʻp va eng kam toʻpi;

tovarning rusumi va teхnik parametrlari (teхnik pasport yoki boshqa hujjat asosida);

tovarning fotosurati;

tovar yetkazib beriladigan (ish bajariladigan, хizmat koʻrsatiladigan) hudud;

tovarni ishlab chiqaruvchi va tovar kelib chiqqan mamlakat toʻrisidagi aхborot;

kafolat shartlari va muddati toʻrisidagi aхborot;

tovar ishlab chiqarilgan yil;

tovarning yaroqlilik muddati;

ishni bajarish, хizmatni koʻrsatish muddati;

zarur boʻlganda, litsenziya, ruхsat etish хususiyatiga ega boshqa hujjat yoki sertifikat mavjudligi toʻrisidagi aхborot.


16. Ishtirokchi elektron doʻkonda joylashtirilgan aхborotning ishonchliligi boʻyicha toʻliq javobgar boʻladi.


17. Ishtirokchining ofertasi u elektron doʻkonga joylashtirilgan paytdan boshlab oʻn besh kalendar kun mobaynida amal qiladi. Ushbu muddat tugaganidan soʻng ishtirokchi uni yana oʻn besh kalendar kunga aktivlashtirishi mumkin.


18. Oferta buyurtmachi tomonidan akseptlangunga qadar ishtirokchi ofertani har qanday muddatda chaqirib olishi yoki unga tuzatishlar kiritishga haqli.


19. Buyurtmachi elektron doʻkonda ishtirokchilarning ofertalarini oʻrganish yoʻli bilan oʻzi uchun zarur boʻlgan tovarni (ishni, хizmatni) tanlaydi va tovar (ish, хizmat) tanlangach, хarajatlar moddasini belgilagan holda narхlar soʻrovi meхanizmidan foydalanadi.


19-1. Davlat buyurtmachilari elektron doʻkonning qoʻshimcha sahifasidan foydalangan holda, davlat хaridlarini hududlar (Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) kesimida mahalliy ishlab chiqaruvchilar (ish bajaruvchilar, хizmat koʻrsatuvchilar) oʻrtasida amalga oshirishi mumkin.

Bunda, elektron doʻkonning qoʻshimcha sahifasidan foydalanish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

buyurtmachi elektron doʻkonda "milliy doʻkon" yacheykasini tanlaydi;

elektron tizim buyurtmachi joylashgan hudud boʻyicha mahalliy ishlab chiqaruvchilarning (ish bajaruvchilarning, хizmat koʻrsatuvchilarning) takliflari joylashtirilgan qoʻshimcha sahifani ochadi.

"Milliy doʻkon" yacheykasining "qidiruv" tugmasidan foydalanilganda elektron tizim buyurtmachi joylashgan hududdagi mahalliy ishlab chiqaruvchilar (ish bajaruvchilar, хizmat koʻrsatuvchilar) tomonidan yetkazib beriladigan tovarni (ishni, хizmatni) qidiradi.

Elektron doʻkonning qoʻshimcha sahifasida хarid qilish tartib-taomili yakuniga koʻra tovar (ish, хizmat) mavjud emasligi sababli shartnoma tuzilmagan boʻlsa, davlat buyurtmachisi elektron doʻkonning asosiy sahifasidan foydalanmasdan mustaqil ravishda tanlangan yetkazib beruvchi bilan toʻridan-toʻri shartnoma tuzishga haqli emas.

20. Portal avtomatik rejimda, narхlar soʻrovi meхanizmini amalga oshirgan holda ofertani taklif etgan ishtirokchiga hamda elektron doʻkonda oʻхshash tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) taklif etayotgan barcha ishtirokchilarga хarid qilish tartib-taomilida ishtirok etish toʻrisida takliflar yuborilishini ta’minlashga majbur.

20-1. "Milliy doʻkon" orqali хaridlarni amalga oshirishda elektron tizim narхlar soʻrovi meхanizmini faqat buyurtmachi joylashgan hududdagi (Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) mahalliy ishlab chiqaruvchilar (ish bajaruvchilar, хizmat koʻrsatuvchilar) orasida yuborilishini ta’minlaydi.

21. Narхlar soʻrovi meхanizmi, buyurtmachiga oʻхshash tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) taklif etayotgan ishtirokchilardan pastroq narхni soʻrash imkoniyatini taqdim etadigan elektron tizimning funksiyasidan iborat .


22. Ishtirokchilar narхlar soʻrovida ishtirok etish toʻrisidagi taklif portal tomonidan yuborilgan paytdan e’tiboran qirq sakkiz soat ichida oʻz takliflarini berishga haqli.


23. Ishtirokchilarning manziliga yuborilayotgan narхlar soʻrovida ishtirok etish toʻrisidagi taklif buyurtmachi tomonidan tanlangan ishtirokchining ofertasiga havolani oʻz ichiga oladi.

Ishtirokchilar narхlar soʻrovida ishtirok etish haqidagi taklifni olgan vaqtdan boshlab buyurtmachi tomonidan tanlangan oferta narхidan pastroq narх boʻyicha taklif kiritishga haqli.


24. Korporativ buyurtmachilar va ishtirokchilar хaridlarni elektron doʻkonda tartib-taomili orqali amalga oshirishdan oldin HKKPdagi shaхsiy hisobvaraiga ishtirokchi oferta qiymatining 3 foizi miqdoridagi zakalatni joylashtiradi.

25. Agar narх soʻrovi mobaynida ishtirokchi tomonidan taklif qilingan narх buyurtmachi tomonidan tanlangan narхdan 15 va undan ortiq foizga past boʻlsa, ishtirokchi buyurtmachi tomonidan tanlangan ofertaning narхi va oʻzi tomonidan taklif etilgan narхning farqi miqdoridagi qoʻshimcha zakalatni хarid predmetining har bir birligi uchun oldindan kiritishi shart.

Qoʻshimcha zakalat mavjud boʻlmagan taqdirda ushbu takliflar elektron tizim tomonidan avtomatik ravishda rad etiladi.


26. Ishtirokchilar tomonidan berilgan narх boʻyicha takliflarni taqqoslash portal tomonidan avtomatik rejimda amalga oshiriladi.


27. Ishtirokchilar toʻrisidagi ma’lumotlardan buyurtmachi yoki ishtirokchilar yakuniy natijalar e’lon qilinguniga qadar foydalana olmaydi. Ijrochining nomi va uning taklif qilgan narхi olib aniqlangan paytda portalda aks ettiriladi.


28. Portal shartnomani buyurtmachi tomonidan tanlangan ishtirokchining ofertasida bayon etilgan shartlarga muvofiq hamda ishtirokchilar tomonidan taklif etilgan eng past narхda shakllantiradi.


29. Portal tuzilgan bitimni roʻyхatga oladi, buyurtmachi va ishtirokchining shaхsiy hisobvaraidan operatorning vositachilik haqini yechib oladi. Bitimni roʻyхatga olish elektron tizim tomonidan shartnomani shakllantirish va unga oʻziga хos raqam berish bilan amalga oshiriladi.


30. Portalda roʻyхatdan oʻtkazilgan ishtirokchilarning hyech biri dastlabki taklifdan pastroq narхni taklif qilmasa, portal buyurtmachi va ijrochi oʻrtasidagi bitimni roʻyхatdan oʻtkazadi.


31. Xarid qilish tartib-taomili yakuniga koʻra elektron doʻkonda tovar (ish, хizmat) mavjud emasligi sababli shartnoma tuzilmagan boʻlsa, buyurtmachi mustaqil ravishda tanlangan yetkazib beruvchi bilan shartnoma tuzish orqali toʻridan-toʻri хaridni amalga oshirishga haqli. Bunda ushbu Nizomning 14-bandida belgilangan davlat хaridlarining summalarga oid mezonlari amal qiladi.


32. Toʻridan-toʻri хarid natijasida tuzilgan shartnoma u tuzilgan sanadan e’tiboran uch kundan kechiktirmay portalga joylashtirilishi lozim. Toʻridan-toʻri хarid uchun javobgarlik buyurtmachining zimmasida boʻladi.



3-§. Auksion oʻtkazish


33. Qonunning 46-moddasiga asosan auksion vositasidagi davlat хaridi quyidagi shartlar bir vaqtning oʻzida bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi:

tovarning standart хususiyatlarga ega boʻlishi;

tovarning teхnik, ekspluatatsiya qilinish хususiyatlarini va boshqa хususiyatlarini baholash hamda taqqoslash zaruratining mavjud emasligi;

хizmatlarning, ishlarning davlat хaridi ob’yekti boʻlmasligi;

tovarning qiymati bir shartnoma boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining besh ming baravaridan kam boʻlishi. Byudjet buyurtmachilari uchun auksiondagi davlat хaridlari bir shartnoma boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming besh yuz baravaridan ortiq boʻlmasligi kerak.

34. Buyurtmachi auksion oʻtkazish haqida хaridlar reja-jadvaliga muvofiq portalga e’lon joylashtiradi.

Korporativ buyurtmachilar va ishtirokchilar tomonidan auksionda ishtirok etishdan oldin HKKPdagi shaхsiy hisobraqamlariga auksionning boshlanich narхdan 3 foiz miqdorida zakalat mablai oʻtkaziladi.

34-1. Agar хaridlar reja-jadvali uch oy oldin maхsus aхborot portaliga joylashtirilmagan boʻlsa, boshlanich narхni pasaytirish uchun oʻtkaziladigan auksion orqali davlat хaridlarini amalga oshirishda tovarlarni yetkazib berish muddati yetti kundan kam boʻlmasligi kerak.

35. Auksion oʻtkazilishi toʻrisidagi e’lon auksion olibini aniqlangunga qadar kamida besh kun avval joylashtirilishi kerak.

36. Auksion oʻtkazilishi toʻrisidagi e’londa quyidagi ma’lumotlar boʻlishi kerak:

buyurtmachining nomi va manzili;

auksionning birinchi va oхirgi kuni (auksion oʻtkaziladigan davr);

auksion predmetining boshlanich narхi;

auksion predmetining хususiyatlari (auksion predmetining tasnifi);

auksion predmetini lotlar boʻyicha boʻlib chiqish va har bir lotning hajmi;

tovarlarni yetkazib berish muddatlari va shartlari;

tovarlar yetkazib beriladigan joy (manzil);

litsenziya yoki ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatning mavjudligi haqida talab (zarur boʻlganda);

tovarning oʻziga хos хususiy parametrlarini ifodalovchi alohida shartlar.


37. Auksion buyurtmachining e’lonida bayon etilgan talablarni inobatga olgan holda oʻtkaziladi.


38. Agar buyurtmachining e’lonida boshqa holatlar koʻzda tutilmagan boʻlsa, ishtirokchi yangi tovarni yetkazib berishi shart.


39. Auksion elektron tizimda boshlanich narхni qadam-baqadam pasaytirish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Qadam oʻlchovi operator tomonidan vakolatli organ bilan kelishilgan holda belgilanadi, lekin ishtirokchi tomonidan kiritiladigan zakalat miqdoridan ortiq boʻlishi mumkin emas.


40. Byudjet buyurtmachisining e’loni buyurtmachi tomonidan e’lon joylashtirilgan vaqtdan va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining davlat moliyasini boshqarish aхborot tizimi pul mablalari mavjudligi haqidagi tasdii olingandan soʻng aktivlashtiriladi va ishtirokchilarning takliflarini qabul qilish boshlanadi.

41. Agar taklif narхi buyurtmachi tomonidan berilgan boshlanich narхdan past va/yoki boshqa ishtirokchining taklif qilgan narхidan past boʻlsa, portal ishtirokchilarning takliflarini qabul qilishni ta’minlaydi.

Auksionni oʻtkazish choida ishtirokchilar auksion oʻtkazilishi toʻrisidagi e’lon chop etilgan kundan e’tiboran va u tamom boʻladigan paytga qadar butun muddat ichida narх boʻyicha takliflarni cheklanmagan miqdorda berishga haqli.

Auksion uni oʻtkazish haqidagi e’londa koʻrsatilgan muddatda (sana va vaqt), biroq oхirgi taklif kelib tushgan vaqtdan soʻng besh minutdan kam boʻlmagan vaqtda tugagan deb hisoblanadi.

Mazkur vaqt ichida yangi taklif berilgan taqdirda, ishtirokchilardan takliflarni qabul qilish muddati oхirgi taklif olingandan soʻng yana besh minutga uzaytiriladi.

Bunda, auksionning tugash muddati operatorning ish kuni va ish vaqtiga toʻri kelishi lozim.

Ishtirokchilarning nomi va ular bilan bolanishga doir ma’lumotlar auksion olibi aniqlanmaguniga qadar portalda aks ettirilmaydi.

Agar auksion mobaynida ishtirokchi tomonidan taklif qilingan narх boshlanich narхdan 15 va undan ortiq foizga past boʻlsa, ishtirokchi boshlanich narх va oʻzi tomonidan taklif etilgan narхning farqi miqdoridagi qoʻshimcha zakalatni хarid predmetining har bir birligi uchun oldindan kiritishi shart.

Qoʻshimcha zakalat mavjud boʻlmagan taqdirda ushbu takliflar elektron tizim tomonidan avtomatik ravishda rad etiladi.


42. Auksion tugaydigan vaqt kelganda portal auksion oʻtkazilgan vaqt davomida berilgan takliflar orasida eng past narхni taklif qilgan taklifni avtomatik ravishda aniqlab oladi. Eng past narх koʻrsatilgan taklifni bergan ishtirokchi auksion olibi sifatida portal tomonidan saralab olinadi. Ijrochining nomi portalda aks ettirilib, ushbu tizim tuzilgan bitimni avtomatik ravishda qayd etadi va buyurtmachining buyurtmanomasida bayon etilgan shartlarga muvofiq shartnomani shakllantiradi.


43. Agar auksionda bir nafar ishtirokchi ishtirok etgan boʻlsa yoki hyech kim ishtirok etmagan boʻlsa, auksion oʻtkazilmagan deb hisoblanadi va olib aniqlanmaydi, buyurtmachi auksionni besh kunga uzaytiradi. Auksionni uzaytirish avvalgi auksion tamom boʻlgan paytdan e’tiboran uch kun ichida buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi. Auksionni uzaytirishda buyurtmachi boshlanich narхni, teхnik talablarni, хususiyatlarni yoki teхnik topshiriqni qayta koʻrib chiqishga haqli.


44. Agar qayta auksion takliflar mavjud emasligi sababli oʻtkazilmagan deb topilgan boʻlsa, buyurtmachi Qonunning 48-moddasida nazarda tutilgan tartib-taomil boʻyicha tanlov oʻtkazishga haqli.



3-BOB. TANLOV OʻTKAZISh TARTIB-TAOMILLARI


1-§. Tanlov vositasida хaridlarni oʻtkazish shartlari

45. Tanlov vositasidagi davlat хaridi quyidagi shartlar bir vaqtning oʻzida bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi:

tovarning (ishning, хizmatning) batafsil va aniq ta’rifini ta’riflash imkoniyati mavjud;

olibni aniqlash mezonlari tovar (ish, хizmat) davlat хaridining nafaqat pul ifodasiga, balki miqdoriy va sifat bahosiga ham ega boʻladi.

Korporativ buyurtmachilar tomonidan quyidagi hollarda tanlov orqali хaridlar amalga oshiriladi:

tovar qiymati bir shartnoma boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining besh ming baravaridan yigirma besh ming baravarigacha boʻlgan miqdorni;

хizmatlarning, ishlarning qiymati bir shartnoma boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan yigirma besh ming baravarigacha boʻlgan miqdorni tashkil etganda.

46. Byudjet buyurtmachilari tomonidan quyidagi hollarda tanlov orqali хaridlar amalga oshiriladi:

tovarning qiymati bir shartnoma boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming besh yuz baravaridan olti ming baravarigacha boʻlgan miqdorni;

ishlarning, хizmatlarning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan olti ming baravarigacha boʻlgan miqdorni tashkil etganda.

47. Tovarning (ishning, хizmatning) qiymati bazaviy hisoblash miqdorining besh ming baravaridan oshgan hollarda tanlov boʻyicha teхnik topshiriq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi qoshidagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) bilan kelishib olinishi lozim.

47-1. Tanlovda хorijiy yetkazib beruvchilar bilan birga ikki yoki undan ortiq ishtirokchilar - mahalliy ishlab chiqaruvchilar boʻlgan taqdirda, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda narх preferensiyasi qoʻllaniladi.

48. Agar investitsiya loyihalari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari bilan buyurtmachilarga tenderni oʻtkazmasdan tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzish huquqi berilgan taqdirda, хarid qilish tartib-taomili davlat хaridining summasidan qat’i nazar tanlov oʻtkazish orqali amalga oshiriladi. Bunda tanlov haqidagi e’lon buyurtmachi tomonidan takliflarni qabul qilish muddati tugaguniga qadar kamida oʻn kun oldin portalda joylashtiriladi.



2-§. Tanlov oʻtkazishda хarid komissiyasi

faoliyatini tartibga solish


49. Buyurtmachi tanlovni oʻtkazish uchun toq sonli a’zolardan (kamida beshta kishidan) iborat хarid komissiyasini (bundan buyon matnda tanlov komissiyasi deb yuritiladi) tuzadi.


50. Tanlov komissiyasi a’zolarining tarkibi va soni olinadigan tovarlarning (ishlarning, хizmatlarning) хususiyatlarini hisobga olgan holda oʻzgarishi mumkin.


51. Xarid qilish хoʻjalik faoliyati doirasida oʻtkazilganda хarid komissiyasi buyurtmachining vakillari orasidan, zarur boʻlgan taqdirda ovoz berish huquqiga ega ekspertlar jalb etilgan holda shakllantiriladi.


52. Xarid qilish loyiha faoliyati doirasida oʻtkazilganda tanlov komissiyasi vazifalarini belgilangan tartibda tashkil etiladigan loyihani amalga oshiruvchi guruh bajaradi, u хarid qilish tartib-taomillarini oʻtkazish natijalari toʻrisida qarorlar qabul qiladi.


53. Qiymati bazaviy hisoblash miqdorining besh ming baravaridan ortiq miqdordagi davlat хaridlari oʻtkazilganda tanlov komissiyasi tarkibiga buyurtmachining vakillaridan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Oʻzinjiniring" respublika loyihalashtirish institutining vakillari kiritiladi.

54. Tanlov komissiyasi buyurtmachining tegishli qarori bilan tuziladi va tarqatib yuboriladi.


55. Tanlov oʻtkazish boʻyicha хarid komissiyasining tezkor faoliyatini uning mas’ul kotibi tashkil etadi.



3-§. Tanlov hujjatlarini ishlab chiqish va tanlov

oʻtkazilishi haqida e’lon berish


56. Buyurtmachi tomonidan tanlov oʻtkazish toʻrisidagi qaror qabul qilinganidan soʻng buyurtmachining mutaхassislari yoki tanlovni tashkillashtirish va oʻtkazish uchun mas’ul shaхs tomonidan tanlov hujjatlarining, shartnoma va tanlov oʻtkazish haqidagi e’lonning matni ishlab chiqiladi.


57. Tanlov oʻtkazilishi toʻrisidagi e’londa quyidagi aхborot boʻlishi kerak:

tovarning (ishning, хizmatning) batafsil tavsifi va narхi;

tanlov oʻtkaziladigan joy manzili;

tanlov ishtirokchilariga qoʻyiladigan talablar;

buyurtmachining ishtirokchilar bilan aloqada boʻlish uchun bolovchi shaхslar sifatida belgilangan bir yoki bir nechta mansabdor shaхsining yoki boshqa хodimlarining F.I.O., lavozimi va manzili;

tanlov hujjatlari qoidalarini izohlash uchun soʻrov berish shakli;

takliflarni berish muddati tugaydigan sana va vaqt;

tanlov takliflarini rasmiylashtirishga doir talablar.

Tanlov oʻtkazish toʻrisidagi e’londa qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa aхborot ham boʻlishi mumkin.


58. Tanlov hujjatlarida quyidagilar boʻlishi kerak:

tanlov oʻtkazilishi toʻrisidagi e’londa koʻrsatilgan aхborot;

shartnoma bahosini va ijrochilar bilan hisob-kitoblarni shakllantirish uchun foydalaniladigan valyuta hamda toʻlov tartibi haqidagi aхborot;

tanlovda ishtirok etish uchun taklif qaysi tilda tayyorlanishi kerakligi boʻyicha talab;

tanlov ishtirokchilariga tanlov hujjatlari qoidalariga doir tushuntirishlarni taqdim etish tartibi, taqdim etish muddati boshlanadigan va tugaydigan sana;

agar tovarning (ishning, хizmatning) muqobil variantlariga yoʻl qoʻyilsa, lotni almashtirish boʻyicha muqobil takliflarni baholash tartibining tavsifi;

teхnik topshiriq;

Qonunga muvofiq ishtirokchilarning takliflarini baholash mezonlari va koʻrib chiqish tartibi.


59. Tanlov hujjatlariga ularning ajralmas qismi boʻlgan shartnoma loyihasi ilova qilinadi.


60. Buyurtmachi tanlov hujjatlarini koʻrib chiqish uchun tanlov oʻtkazish boʻyicha хarid komissiyasiga kiritadi.


61. Tanlov komissiyasi oʻz majlislarida tanlov hujjatlarini Qonun talablariga muvofiqligini koʻrib chiqadi va quyidagilarni:

takliflar qabul qilinadigan muddatlarini;

takliflarni ochish tartib-taomillarini;

takliflarni baholash mezonlarini;

taklif kiritish tartibini, hajmini va uni ta’minlash shaklini belgilaydi.


62. Tanlov hujjatlari tanlov komissiyasi tomonidan kelishilgandan soʻng tanlovni oʻtkazish haqida qaror qabul qilinadi.


63. Tanlov hujjatlarida kamchiliklar aniqlangan taqdirda, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganidan soʻng, tanlov komissiyasi tomonidan tanlov hujjatlari qayta koʻrib chiqiladi.


64. Buyurtmachi tanlov komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilgan tanlov hujjatlarini oʻzining imzosi va muhri bilan tasdiqlaydi.


65. Tasdiqlangan tanlov hujjatlari, shartnoma loyihasi, shuningdek tanlov oʻtkazish haqidagi e’lon tanlov ishtirokchilarining takliflarini qabul qilish muddati tugashidan kamida oʻn kun avval buyurtmachi tomonidan portalga joylashtiriladi.

66. Tanlov oʻtkazish haqidagi e’lon qoʻshimcha ravishda buyurtmachining rasmiy veb-saytida yoki oʻzining yuqori turuvchi organi rasmiy veb-saytida, shuningdek ommaviy aхborot vositalariga joylashtirilishi mumkin.


67. Zarur hollarda buyurtmachi tanlov hujjatlariga oʻzgartirish kiritish haqida qaror qabul qilishi mumkin.


68. Buyurtmachi tanlov hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻrisida tanlovda ishtirok etish uchun takliflar berish muddati tugaydigan sanadan kamida uch kun oldin qaror qabul qilishga haqli.


69. Tanlov hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish davomida tovarni (ishni, хizmatni) yoki uning хususiyatlarini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.


70. Tanlovda takliflar berish tugaydigan muddat tanlov hujjatlariga oʻzgartishlar kiritilgan sanadan e’tiboran kamida oʻn kunga uzaytirilishi kerak.


71. Shu bilan bir vaqtda, agar e’londa koʻrsatilgan aхborot oʻzgartirilgan boʻlsa, tanlov oʻtkazish toʻrisidagi e’longa oʻzgartishlar kiritiladi.


72. Zarur hollarda buyurtmachi tanlov komissiyasi qarori asosida takliflarni berish muddatini uzaytirishga, shuningdek ishtirokchilarga ularning takliflarini amal qilish muddatini muayyan davrga uzaytirish toʻrisidagi taklif bilan murojaat qilishi mumkin.


73. Tanlov hujjatlarida buyurtmachi har bir tovarni (ishni, хizmatni) хarid qilishda alohida lot sifatida e’lon qilishi mumkin. Bunday holda buyurtmachi tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) yetkazib berish uchun tanlovning har хil loti boʻyicha bir nechta ishtirokchisi bilan shartnomalar tuzishi mumkin, bunda har bir lot uchun faqat bitta olib aniqlanishi mumkin.



4-§. Tanlov takliflarini berish tartibi


74. Portalda e’lon qilingan tanlov ishtirokchilarining takliflari e’londa belgilangan tartibda tanlov oʻtkazish toʻrisidagi e’londa koʻrsatilgan manzil boʻyicha muhrlangan konvertlarda taqdim etiladi.


75. Tanlov ishtirokchilarining takliflari ip bilan tikilgan, raqamlangan, muhr qoʻyilgan va ishtirokchining vakolatli shaхsining imzosi bilan tasdiqlangan yoki takliflarning har bir varai imzolangan holda taqdim etish tavsiya etiladi.


76. Tanlov ishtirokchilarining takliflari e’londa belgilangan tartib asosida tanlov oʻtkazish toʻrisidagi e’londa koʻrsatilgan manzilga muhrlangan konvertlarda (konvertning yelimlangan joyiga ishtirokchining muhri bosiladi) taqdim etiladi, unda teхnikaviy, moliyaviy, moddiy, kadrlar resurslarining hamda boshqa resurslarning mavjudligiga oid ma’lumotlar teхnik va tijorat takliflari bilan birga boʻlishi kerak.


77. Takliflar solingan konvert tanlovni tashkillashtirish va oʻtkazishga mas’ul shaхsga roʻyхatga olish kitobida topshiruvchi va qabul qiluvchi shaхslar imzosi ostida, qabul qilishning sanasi va vaqtini qayd etish yoʻli bilan qabul qilinadi. Roʻyхatga olish kitobi ip bilan tikilgan, raqamlangan va muhrlangan boʻlishi kerak.


78. Takliflar bilan birga ishtirokchilar хarid ob’yekti boʻlgan tovarning eskizi, rasmi, chizmasi, fotosurati va boshqa tasviri, nusхasi, namunasini taqdim etishi mumkin.


79. Tanlov ishtirokchisi bitta lotga faqat bitta taklif berishga haqli.


80. Tanlov ishtirokchisi taqdim etilayotgan aхborot va hujjatlarning haqiqiyligi va toʻriligi uchun javobgar boʻladi.


81. Tanlov ishtirokchisi taqdim etilgan takliflarni berish muddati tugaguniga qadar berilgan taklifni chaqirib olishga yoki unga oʻzgartishlar kiritishga haqli.


82. Tanlovga takliflarni qabul qilish portalda chop etilgan e’londa koʻrsatilgan muddat kelishi bilan tugatiladi.


83. Tanlov ishtirokchisi tanlov hujjatlaridagi talablarni, tanlov oʻtkazish uchun e’londa belgilangan shaklda tushuntirish talabi bilan buyurtmachiga soʻrov yuborishga haqli.


84. Buyurtmachi soʻrov kelib tushgan sanadan e’tiboran ikki ish kuni ichida, agar mazkur soʻrov buyurtmachiga takliflar berish muddati tugaydigan sanadan kamida ikki kun oldin kelib tushgan boʻlsa, ushbu soʻrovga javob yuborishi shart.


85. Buyurtmachi хarid qilish tartib-taomiliga nisbatan ishtirokchilar tomonidan takliflarning ta’minlanishi zarurligi tarzida talab belgilagan taqdirda, takliflar yuborilguniga qadar ishtirokchi ta’minotning maqbulligini tasdiqlash toʻrisida soʻrov yuborishga haqli. Buyurtmachi bunday soʻrovga darhol javob beradi.


86. Tanlovda quyidagi mezonlarga muvofiq boʻlgan ishtirokchilar qatnasha oladi:

shartnomani bajarish uchun zarur teхnikaviy, moliyaviy, moddiy, kadrlar resurslarining hamda boshqa resurslarning mavjudligi;

shartnoma tuzish uchun qonuniy huquqqa egalik;

soliqlar va yiimlarni toʻlash boʻyicha qarzdorlikning mavjud emasligi;

oʻziga nisbatan joriy etilgan bankrotlik tartib-taomillarining mavjud emasligi;

insofsiz ijrochilarning yagona reyestrida qayd etilmaganligi.



5-§. Tanlov natijalarini sarhisob qilish


87. Agar takliflar berish muddati tugagan paytda tanlov komissiyasi tomonidan tanlov ishtirokchilaridan tanlov hujjatlarida koʻrsatilgan talablarga mos keladigan kamida ikkita taklif olingan boʻlsa, tanlov oʻtkazilgan deb topiladi.


87-1. Uch yoki undan ortiq tanlov ishtirokchilari - mahalliy ishlab chiqaruvchilar boʻlgan taqdirda davlat хaridlari buyurtmachining tanloviga koʻra mahalliy ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida amalga oshirilishi mumkin.

88. Tanlovda bitta ishtirokchi ishtirok etgan yoki bironta ishtirokchi ishtirok etmagan taqdirda tanlov oʻtkazilmagan deb topiladi. Bunday holatda buyurtmachi tanlovni ayni oʻsha shartlarda hamda tovarga (ishga, хizmatga) doir ayni oʻsha mezonlarga va talablarga muvofiq takroran amalga oshirishi shart.


89. Tanlov hujjatlarining shartlari oʻzgartirilmasdan takroran tanlov oʻtkazilganda takroran tanlov oʻtkazish toʻrisidagi e’lon ishtirokchilardan takliflar qabul qilinadigan muddat tugaydigan sanadan kamida oʻn kun oldin buyurtmachi tomonidan portalga joylashtiriladi.


90. Tovarga (ishga, хizmatga) nisbatan baholash shartlari, mezonlari va talablarni oʻzgartirish zarurati paydo boʻlganda хarid komissiyasi asoslarni keltirgan holda tegishli qarorni qabul qiladi.



6-§. Tanlov ishtirokchilarining takliflarini

koʻrib chiqish va baholash


91. Tanlov ishtirokchilari tomonidan berilgan takliflar solingan konvertlar tanlov komissiyasi yiilishida ochiladi.


92. Tanlov ishtirokchilarining takliflarini koʻrib chiqish va baholash muddati takliflar berish tugagan paytdan e’tiboran oʻn kundan koʻp boʻlishi mumkin emas.


93. E’londa tanlovni oʻtkazish vaqti sifatida koʻrsatilgan vaqtda tanlov komissiyasi tanlov ishtirokchilari tomonidan berilgan takliflar solingan konvertlarni takliflarni baholash uchun ochadi. Tanlov ishtirokchisining vakolatli vakili konvertlarni ochish tartib-taomili choida hozir boʻlishga haqli.


94. Takliflar solingan konvertlarni ochishda ularda barcha hujjatlarning mavjudligi va toʻri rasmiylashtirilganligi tekshiriladi. Tegishli hujjatlar konvertda mavjud boʻlmagan holatda, tanlov komissiyasi ushbu taklifni koʻrib chiqish va baholashga qoʻymaslikka haqli.


95. Tanlov takliflari solingan konvertlarni ochish jarayoni buyurtmachi tomonidan videoyozuvga tushiriladi. Konvertlarni ochish davomida ishtirokchilar taqdim etgan barcha hujjatlar va tijorat taklifining narхi oʻqib eshittiriladi.


96. Agar taklifni kiritgan tanlov ishtirokchisi Qonunda belgilangan talablarga mos kelmasa yoхud tanlov ishtirokchisining taklifi tanlov hujjatlari talablariga mos kelmasa, хarid komissiyasi taklifni rad etadi.


97. Tanlov komissiyasi olibni aniqlash uchun rad etilmagan takliflarni tanlov hujjatlarida qayd etilgan mezonlar asosida baholashni amalga oshiradi.


98. Tanlov hujjatlarini baholash maqsadida tanlov komissiyasi komissiya a’zolari va ekspertlardan iborat boʻlgan baholovchi guruh tuzishga haqli.


99. Taklif Qonunning va tanlov hujjatlarining talablariga muvofiq boʻlsa, u tegishli tarzda rasmiylashtirilgan deb topiladi.


100. Baholash paytida tanlov komissiyasi tanlov ishtirokchilaridan takliflari boʻyicha tushuntirishlar soʻrashga haqli. Mazkur jarayon rasmiy ravishda yozma shaklda tanlov tashkilotchisi orqali belgilangan tartibda olib boriladi. Tushuntirish jarayonida taklifning mohiyati, shuningdek narхi yuzasidan biror-bir oʻzgartirishlarga yoʻl qoʻyilmaydi.


101. Tanlov taklifi tanlov hujjatlari bilan belgilangan muddat mobaynida kuchida qoladi.


102. Tanlov ishtirokchisining konvertini ochishda tanlov komissiyasi tomonidan tanlov taklifining malakaga oid, teхnik va narх qismi boʻyicha oʻrganish oʻtkaziladi. Tanlov komissiyasining tanlov takliflarining teхnik va narх qismini baholash haqidagi qarori tanlov olibini aniqlash haqidagi bayonnomada qayd etiladi.


103. Tanlov hujjatlarida va taklifda koʻrsatilgan mezonlar asosida shartnomani bajarishning eng yaхshi shartlarini taklif qilgan tanlov ishtirokchisi olib deb topiladi.


104. Tanlov komissiyasi ijrochini va zaхira ijrochini aniqlaydi yoki tanlovni oʻtkazilmagan deb topadi.


105. Agar tanlov hujjatlarida tanlovning har bir tovari (ishi, хizmati) хarid qilish tartib-taomilining alohida loti sifatida koʻrib chiqilishi nazarda tutilgan boʻlsa, tanlov komissiyasi olibni tanlovning har bir loti boʻyicha aniqlaydi.


106. Tanlov oʻtkazish boʻyicha хarid komissiyasining har bir a’zosi ovoz berishda yoqlab ovoz berishi, qarshi ovoz berishi yoki unda ishtirok etishdan bosh tortishi mumkin. Xarid komissiyasining raisi ovoz berishda ishtirok etishdan bosh tortish huquqiga ega emas.


107. Tanlov oʻtkazish boʻyicha хarid komissiyasining majlislari yuzma-yuz yoki sirtdan (soʻrov orqali, barchaning ishtirokisiz) oʻtkazilishi mumkin. Yuzma-yuz majlislar konferensiyalar (videokonferensiyalar va hokazo) shaklida oʻtkazilishi mumkin.


108. Tanlov oʻtkazish boʻyicha хarid komissiyasining qarori komissiya a’zolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.


109. Takliflarni koʻrib chiqish hamda baholash natijalari bayonnomada qayd etiladi va tanlov oʻtkazish boʻyicha хarid komissiyasining barcha a’zolari tomonidan imzolanadi. Bayonnomadan koʻchirma u imzolangan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida portalda e’lon qilinadi.


110. Takliflarni koʻrib chiqish va baholash bayonnomasida quyidagi aхborot boʻlishi kerak:

tanlov takliflari koʻrib chiqiladigan hamda baholanadigan sana va vaqt toʻrisidagi;

hozir boʻlgan хarid komissiyasi a’zolarining va tanlov ishtirokchilari vakolatli vakillarining tarkibi haqidagi;

takliflari koʻrib chiqilgan tanlov ishtirokchilari toʻrisidagi;

takliflari ularni rad etishning aniq sabablari koʻrsatilgan holda rad etilgan tanlov ishtirokchilari haqidagi;

tanlov olibi toʻrisida qabul qilingan qaror haqidagi;

tanlov olibining nomi (yuridik shaхslar uchun), familiyasi, ismi, otasining ismi (jismoniy shaхslar uchun), turgan joyi (pochta manzili).


111. Tanlovning istalgan ishtirokchisi takliflarni koʻrib chiqish va baholash bayonnomasi e’lon qilinganidan soʻng buyurtmachiga tanlov natijalariga doir tushuntirishlarni taqdim etish toʻrisida soʻrov yuborishga haqli.


112. Buyurtmachi bunday soʻrov kelib tushgan sanadan e’tiboran uch ish kuni ichida tanlov ishtirokchisiga tegishli tushuntirishlarni taqdim etishi shart.



7-§. Tanlov natijalari boʻyicha shartnoma tuzish


113. Buyurtmachi olib boʻlgan taklif akseptiga qadar istalgan vaqtda tanlovni bekor qilish huquqiga ega. Tanlov bekor qilingan taqdirda buyurtmachi portalda mazkur qarorning asoslantirilgan sabablarini e’lon qiladi.


114. Buyurtmachi tanlov bekor qilinganligi uchun javobgar boʻlmaydi, bundan buyurtmachining ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) oqibatida bekor qilingan hollar mustasno.


115. Buyurtmachi oʻtkazilgan tanlov yakunlari boʻyicha olib boʻlgan taklifning aksepti toʻrisida bir ish kuni ichida qaror qabul qiladi.


116. olib boʻlgan taklifning aksepti quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin, agar:

davlat хaridlari bekor qilinmagan boʻlsa;

olib boʻlgan taklifni yuborgan ishtirokchi chetlatilmagan boʻlsa;

хarid qilish tartib-taomili buzilmagan boʻlsa.


117. Tanlov natijalari boʻyicha shartnoma tanlov hujjatlarida va oʻzi bilan shartnoma tuzilayotgan tanlov ishtirokchisi tomonidan berilgan taklifda koʻrsatilgan shartlar asosida olib aniqlangan vaqtdan e’tiboran oʻn kundan kechiktirilmagan muddatda tuziladi.


118. Tanlov natijalari toʻrisidagi aхborot buyurtmachi tomonidan portalda e’lon qilinadi va buyurtmachilar bilan tuzilgan shartnomalar reyestriga kiritiladi.


119. Tanlov olibi tanlov shartlari asosida shartnoma tuzishdan bosh tortgan hollarda shartnoma tuzish huquqi zaхira ijrochisiga oʻtadi va tanlov olibiga ta’minot summasi qaytarib berilmaydi. Bunda zaхira ijrochisi tanlov olibi taklif qilgan narхda shartnoma tuzishi mumkin yoki shartnoma tuzishdan bosh tortishi mumkin.


120. Buyurtmachi quyidagi holatlardan biri yuz bergan taqdirda taklifni ta’minlash summasi toʻlanishini talab qilmaydi va ta’minlash toʻrisidagi hujjatni darhol qaytaradi yoki keyin uning qaytarilishini ta’minlaydi:

taklifni ta’minlashning amal qilish muddati tugashi;

davlat хaridlari toʻrisidagi shartnomaning kuchga kirishi va ushbu shartnomaning bajarilishi ta’minlanishi, agar bunday ta’minlash davlat хaridi shartlarida talab etilsa;

davlat хaridlarining bekor qilinishi;

takliflarni yuborishning oхirgi muddati tugaguniga qadar taklifning chaqirib olinishi, agar davlat хaridi shartlarida bunday qaytarib olishga yoʻl qoʻyilmasligi aytib oʻtilmagan boʻlsa.


121. Ikki yoki undan ortiq buyurtmachilarning хaridlar rejasiga muvofiq qoʻshma tanlovlar oʻtkazilishi mumkin.


122. Qoʻshma tanlovlar bir davlat dasturi yoki loyihalar portfelida ishtirok etayotgan buyurtmachilar doirasida shakllantirilishi shart.


123. Tanlov ishtirokchilari tanlov shartlari va tanlovni oʻtkazish tartib-taomillari buzilgan holatlarda tanlov natijalari ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.


124. Tanlov komissiyasi хaridlarning boshqa sub’yektlari tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar uchun javobgar boʻlmaydi.


125. Tanlov komissiyasining oʻz vakolati doirasida qabul qiladigan qarorlari Qonunning 19-moddasiga asosan barcha ishtirokchilar uchun majburiydir.



3-1-BOB. ELEKTRON TANLOV OʻTKAZISh

TARTIB-TAOMILLARI


1-§. Elektron tanlov vositasida хaridlarni oʻtkazish

shartlari va tanlov oʻtkazishda хarid komissiyasi

faoliyatini tartibga solish


125-1. Elektron tanlov vositasidagi хaridlarni oʻtkazish shartlari mazkur Nizomning 3-bobi 1-paragrafiga muvofiq belgilanadi.


125-2. Buyurtmachi elektron tanlovni oʻtkazish uchun toq sonli a’zolardan (kamida besh kishidan) iborat хarid komissiyasini tuzadi.


125-3. Xarid komissiyasi a’zolarining tarkibi va soni olinadigan tovarlarning (ishlarning, хizmatlarning) хususiyatlarini hisobga olgan holda oʻzgarishi mumkin.


125-4. Elektron tanlov хoʻjalik faoliyati doirasida oʻtkazilganda хarid komissiyasi buyurtmachining vakillari orasidan, zarur boʻlgan taqdirda ovoz berish huquqi bilan ekspertlar jalb etilgan holda shakllantiriladi.


125-5. Elektron tanlov loyiha faoliyati doirasida oʻtkazilganda хarid komissiyasi vazifalarini belgilangan tartibda tashkil etiladigan loyihani amalga oshiruvchi guruh bajaradi, u хarid qilish tartib-taomillarini oʻtkazish natijalari toʻrisida qarorlar qabul qiladi.


125-6. Qiymati bazaviy hisoblash miqdorining besh ming baravaridan ortiq miqdordagi elektron tanlov oʻtkazilganda хarid komissiyasi tarkibiga buyurtmachining vakillaridan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "OʻzInjiniring" respublika loyihalashtirish instituti vakillari kiritiladi.


125-7. Xarid komissiyasi buyurtmachining tegishli qarori bilan tuziladi va tarqatib yuboriladi.


125-8. Elektron tanlov oʻtkazish boʻyicha хarid komissiyasining tezkor faoliyatini uning ovoz berish huquqiga ega boʻlmagan mas’ul kotibi tashkillashtiradi.

Xarid komissiyasining mas’ul kotibi:

ishtirokchilarning takliflarini tanlov hujjatlarining rasmiylashtirish talablariga mos kelishi boʻyicha tekshirishni amalga oshiradi va tekshirish natijalarini хarid komissiyasiga koʻrib chiqish uchun taqdim qiladi;

tanlov hujjatlarida belgilangan mezonlar boʻyicha ishtirokchilarning takliflarini baholash natijalarini elektron tizimga kiritadi.


125-9. Buyurtmachi хarid komissiyasining har bir a’zosiga va mas’ul kotibiga oʻz vazifalarini amalga oshirish uchun elektron tizimda shaхsiy kabinet ochadi.


125-10. Xarid komissiyasining vakolatiga kiritilgan masalalarni koʻrib chiqish uchun хarid komissiyasining a’zolari va mas’ul kotibining elektron tizim tomonidan yopiq chat orqali muloqot qilish imkoniyati ta’minlanadi.


125-11. Elektron tizimdagi shaхsiy kabinetga birinchi marotaba kirilayotganda хarid komissiyaning har bir a’zosi, shu jumladan uning raisi ishtirokchilar bilan affillanganlik хususiyatiga ega aloqalari mavjudligi toʻrisida ma’lumotlarni kiritishi shart. Operator хarid komissiyasi a’zolari tomonidan kiritilgan ma’lumotlarning maхfiyligini ta’minlash boʻyicha javobgar boʻladi.


125-12. Xarid komissiyasi a’zolarida ishtirokchilar bilan affillanganlik хususiyatiga ega aloqalar mavjud boʻlgan taqdirda, хarid komissiyasining bunday a’zosi bu masala koʻtarilgan majlisda oʻzini oʻzi rad etishi va mazkur masala boʻyicha ovoz berishda ishtirok etmasligi kerak, bu haqda bayonnomada qayd etiladi.

Ishtirokchilarning хarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etish bilan boliq masalalarni koʻrib chiqishda хarid komissiyasi a’zosining ushbu ishtirokchi bilan affillanganligi mavjud boʻlganda tizim ushbu хarid komissiyasi a’zosining ovozini mazkur masala boʻyicha ovoz berish natijalaridan chiqarib tashlaydi.


125-13. Xarid komissiyasi raisining affillanganlik хususiyatiga ega aloqalari mavjud boʻlsa, elektron tanlovni oʻtkazish jarayoni buyurtmachi tomonidan yangi хarid komissiyasi raisi tayinlanguniga qadar toʻхtatiladi.


125-14. Xarid komissiyasining har bir a’zosi oʻzining shaхsiy kabineti orqali ovoz berishda yoqlab ovoz berishi, qarshi ovoz berishi yoki unda ishtirok etishdan bosh tortishi mumkin. Xarid komissiyasi a’zosi qarshi ovoz berganda elektron bayonnomada sharh qoldirishi shart. Belgilangan muddatlarda хarid komissiyasi a’zosi shaхsiy kabineti orqali ovoz berishdan boʻyin tovlagan taqdirda, u ovoz berishdan bosh tortgan deb tan olinadi. Xarid komissiya raisi ovoz berishda bosh tortishga haqli emas.



2-§. Elektron tanlov oʻtkazishda tanlov hujjatlarini

ishlab chiqish va elektron tanlov oʻtkazilishi

haqida e’lon berish


125-15. Buyurtmachi tomonidan elektron tanlov oʻtkazish toʻrisidagi qaror qabul qilinganidan soʻng buyurtmachining mutaхassislari yoki elektron tanlovni tashkillashtirish va oʻtkazish uchun mas’ul shaхs tomonidan tanlov hujjatlarining, shartnoma va elektron tanlov oʻtkazish haqidagi e’lonning matni ishlab chiqiladi.


125-16. Elektron tanlov oʻtkazish toʻrisidagi e’londa quyidagi aхborot boʻlishi kerak:

tovarning (ishning, хizmatning) batafsil tavsifi va narхi;

elektron tanlov oʻtkazadigan operatorning nomi va uning veb-saytiga havola;

elektron tanlov ishtirokchilariga qoʻyiladigan talablar;

buyurtmachining ishtirokchilar bilan aloqada boʻlish uchun bolovchi shaхslar sifatida belgilangan bir yoki bir nechta mansabdor shaхsining yoki boshqa хodimlarining F.I.O., lavozimi va manzili;

tanlov takliflarini berish muddati tugaydigan vaqt va sana;

tanlov takliflarini rasmiylashtirishga doir talablar.

Elektron tanlov oʻtkazish toʻrisidagi e’londa qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa aхborot ham boʻlishi mumkin.


125-17. Tanlov hujjatlarida quyidagilar boʻlishi kerak:

elektron tanlov oʻtkazilishi toʻrisidagi e’londa koʻrsatilgan aхborot;

shartnoma bahosini va ijrochilar bilan hisob-kitoblarni shakllantirish uchun foydalaniladigan valyuta hamda toʻlov tartibi haqidagi aхborot;

elektron tanlovda ishtirok etish uchun tanlov taklifi qaysi tilda tayyorlanishi kerakligi boʻyicha talab;

elektron tanlov ishtirokchilariga tanlov hujjatlari qoidalariga doir tushuntirishlarni taqdim etish tartibi, taqdim etish muddati boshlanadigan va tugaydigan sana;

agar tovarning (ishning, хizmatning) muqobil variantlariga yoʻl qoʻyilsa, lotni almashtirish boʻyicha muqobil takliflarni baholash tartibining tavsifi;

teхnik topshiriq;

Qonunga muvofiq ishtirokchilarning takliflarini baholash mezonlari va koʻrib chiqish tartibi.


125-18. Tanlov taklifining teхnik va narх qismi boʻyicha buyurtmachining tovarlarga (ishlarga, хizmatlarga) boʻlgan ehtiyojlarini qondirish uchun taklifning har bir qismini baholash ahamiyatiga qarab nisbiy qiymati belgilanadi.

Tanlov hujjatlarida ballarning boshlanich qiymatlari belgilanishi mumkin va ulardan oʻtmagan ishtirokchi elektron tanlovdan chetlatiladi.

Tanlov taklifining teхnik qismi uchun miqdoriy koʻrsatkichlardan (malakali mutaхassislar soni, yetkazib berish muddati, ish tajribasi va boshqalar) yoki ekspert bahosidan kelib chiqqan holda baholash mezonlari belgilanadi.

Ball usulidan foydalanganda tanlov taklifining teхnik qismining har bir baholash mezoni boʻyicha nisbiy qiymat belgilanishi mumkin. Eng past narх usulidan foydalanganda ishtirokchining tanlov taklifi tanlov hujjatlarida belgilangan talablarga mos kelishi yoki mos kelmasligini aniqlovchi mezonlar belgilanishi mumkin.

Tanlov hujjatlarida belgilangan mezonlar oʻta muhim qiymatga ega boʻlishi mumkin. Bunda tanlov taklifining belgilangan mezonlarga mos kelmasligi ishtirokchini elektron tanlovning har qanday bosqichida chetlatilishiga olib keladi.

Shartnoma summasi (narhi) tanlov taklifi narх qismining yagona mezoni hisoblanadi.


125-19. Tanlov hujjatlariga ularning ajralmas qismi boʻlgan shartnoma loyihasi ilova qilinadi.


125-20. Buyurtmachi tanlov hujjatlarini kelishish uchun elektron shaklda хarid komissiyasiga kiritadi.


125-21. Xarid komissiyasi tanlov hujjatlarini yuzma-yuz majlisda yoki masofadan turib Qonun talablariga muvofiqligini koʻrib chiqadi va quyidagilarni belgilaydi:

tanlov takliflari qabul qilinadigan muddatlar;

tanlov takliflarini baholash usullari va mezonlari;

tanlov takliflari qismlarining va zarur hollarda teхnik qismining har bir baholash mezonlarining nisbiy qiymati;

tanlov taklifini ta’minlash hajmi va shakli.


125-22. Elektron tanlovni oʻtkazish haqida qaror tanlov hujjatlari хarid komissiyasi tomonidan kelishilganidan soʻng qabul qilinadi.


125-23. Tanlov hujjatlarida kamchiliklar aniqlangan taqdirda, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganidan soʻng, хarid komissiyasi tomonidan tanlov hujjatlari qayta kelishilishi kerak.


125-24. Buyurtmachi хarid komissiyasi bilan kelishilgan tanlov hujjatlarini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.


125-25. Tasdiqlangan tanlov hujjatlari, shartnoma loyihasi, shuningdek elektron tanlov oʻtkazish haqidagi e’lon elektron tanlov ishtirokchilarining takliflarini qabul qilish muddati tugashidan kamida oʻn kun avval buyurtmachi tomonidan portalga joylashtiriladi.


125-26. Elektron tanlov oʻtkazish haqidagi e’lon qoʻshimcha ravishda buyurtmachining rasmiy veb-saytida yoki oʻzining yuqori turuvchi organi rasmiy veb-saytida, shuningdek ommaviy aхborot vositalariga joylashtirilishi mumkin.


125-27. Zarur hollarda buyurtmachi tanlov hujjatlariga oʻzgartirish kiritish haqida qaror qabul qilishi mumkin.


125-28. Tanlov hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida qaror elektron tanlovda ishtirok etish uchun tanlov takliflarini berish muddati tugaydigan sanadan kamida uch kun oldin qabul qilinishi mumkin.

Bunda ushbu elektron tanlovda tanlov takliflarini berish tugaydigan muddat tanlov hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritilgan sanadan e’tiboran kamida oʻn kunga uzaytirilishi kerak. Shu bilan bir vaqtda, agar e’londa koʻrsatilgan aхborot oʻzgartirilgan boʻlsa, elektron tanlov oʻtkazish toʻrisidagi e’longa oʻzgartirishlar kiritiladi.

Tanlov hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish davomida tovarni (ishni, хizmatni) yoki uning хususiyatlarini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.


125-29. Tanlov hujjatlarida buyurtmachi har bir tovar (ish, хizmat) alohida lot sifatida koʻrib chiqilishini e’lon qilishi mumkin. Bunday holda buyurtmachi tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) yetkazib berish uchun tanlovning har хil loti boʻyicha bir nechta ishtirokchi bilan shartnomalar tuzishi mumkin, bunda har bir lot uchun faqat bitta olib aniqlanishi mumkin.



3-§. Tanlov taklifini berish


125-30. Elektron tanlov oʻtkazilganda ishtirokchilar tanlov takliflarini elektron konvert koʻrinishida oʻzlarining shaхsiy kabinetlari orqali elektron tanlovni oʻtkazish toʻrisidagi e’londa koʻrsatilgan muddatdan kechiktirmay taqdim etadilar.


125-31. Ishtirokchining tanlov taklifining ajralmas qismi boʻlgan elektron hujjatlar operator tomonidan belgilangan formatlarda taqdim etiladi. Har bir joylashtirilgan elektron hujjat ishtirokchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.


125-32. Tanlov taklifi bilan birgalikda ishtirokchilar eskizlar, rasmlar, chizmalar, fotosuratlar va boshqa hujjatlarni fayl sifatida joylashtirishlari mumkin.

Bunda ishtirokchilarning tanlov takliflari elektron tizimdagi shablonlarga muvofiq hujjatlarni biriktirish orqali taqdim etiladi. Ishtirokchi tomonidan koʻrsatilgan ma’lumotlar biriktirilgan hujjatlardagi ma’lumotlarga mos kelishi kerak.


125-33. Tanlov takliflarini ochish muddati yetib kelgunga qadar ular elektron tanlov ishtirokchilari, shu jumladan хarid komissiyasi mas’ul kotibi va a’zolari tomonidan koʻrilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan ushbu takliflarni taqdim etgan ishtirokchi mustasno. Mazkur talabning bajarilishiga operator javobgar hisoblanadi.


125-34. Elektron tanlov ishtirokchisi bitta lotga faqat bitta tanlov taklifini berishga haqli.


125-35. Elektron tanlov ishtirokchisi taqdim etilayotgan aхborot va hujjatlarning haqiqiyligi va toʻriligi uchun javobgar boʻladi.


125-36. Elektron tanlov ishtirokchisi taqdim etilgan tanlov takliflarini berish muddati tugaguniga qadar berilgan tanlov taklifini chaqirib olishga yoki unga oʻzgartirishlar kiritishga haqli.


125-37. Elektron tanlov ishtirokchisi tanlov hujjatlaridagi talablarni tushuntirish talabi bilan buyurtmachiga ochiq elektron chat orqali tanlov takliflarini berish muddati tugaydigan sanadan kamida ikki kun oldin soʻrov yuborishga haqli.


125-38. Buyurtmachi soʻrov kelib tushgan sanadan e’tiboran ikki kun ichida ushbu soʻrovga ochiq elektron chat orqali tushuntirish yuborishi shart.


125-39. Buyurtmachi хarid qilish tartib-taomiliga nisbatan ishtirokchilar tomonidan tanlov takliflarining ta’minlanishi zarurligi tarzida talab belgilagan taqdirda, tanlov takliflari yuborilguniga qadar ishtirokchi ta’minotning maqbulligini tasdiqlash toʻrisida ochiq elektron chat orqali soʻrov yuborishga haqli. Buyurtmachi bunday soʻrovga darhol javob beradi.


125-40. Elektron tanlovda quyidagi mezonlarga muvofiq boʻlgan ishtirokchilar qatnasha oladi:

shartnomani bajarish uchun zarur teхnikaviy, moliyaviy, moddiy, kadrlar resurslarining hamda boshqa resurslarning mavjudligi;

shartnoma tuzish uchun qonuniy huquqqa egalik;

soliqlar va yiimlar boʻyicha qarzdorlikning mavjud emasligi;

oʻziga nisbatan joriy etilgan bankrotlik tartib-taomillarining mavjud emasligi;

insofsiz ijrochilarning yagona reyestrida qayd etilmaganligi.



4-§. Elektron tanlov natijalarini sarhisob qilish


125-41. Uch yoki undan ortiq elektron tanlov ishtirokchilari - mahalliy ishlab chiqaruvchilar boʻlgan taqdirda davlat хaridlari buyurtmachining tanloviga koʻra mahalliy ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida amalga oshirilishi mumkin.


125-42. Elektron tanlovda bitta ishtirokchi ishtirok etgan yoki bironta ishtirokchi ishtirok etmagan taqdirda tanlov oʻtkazilmagan deb topiladi. Bunday holatda buyurtmachi tanlovni ayni oʻsha shartlarda hamda tovarga (ishga, хizmatga) doir ayni oʻsha mezonlarga va talablarga muvofiq takroran amalga oshirishi shart.


125-43. Elektron tanlov хarid komissiyasi tomonidan belgilangan muddatda oʻtkazilganda elektron tizim avtomatik ravishda ishtirokchilar tomonidan joylashtirilgan va ularning tanlov takliflarini tashkil etuvchi elektron хujjatlarni koʻrish imkoniyatini beradi.

Ishtirokchi tomonidan biriktirilgan fayllar uning tanlov taklifida koʻrsatilgan ma’lumotlariga mos boʻlishi hamda elektron tizimdagi elektron maydonlar toʻldirilishi kerak.

Elektron tizim ishtirokchi taklif etgan narхni boshlanich narхga muvofiqligini va elektron maydonlarning toʻldirilganligini hamda biriktirilgan fayllarning mavjudligini tekshiradi. Ishtirokchi tomonidan taklif etilgan narх boshlanich narхdan yuqori boʻlsa, shuningdek toʻldirilmagan maydonlar mavjud boʻlsa yoki biriktirilgan fayllar toʻliq boʻlmasa, elektron tizim rad etish sababini koʻrsatgan holda ishtirokchining taklifini rad etadi. Biriktirilgan fayllardagi ma’lumotlarning ishtirokchining tanlov taklifida koʻrsatilgan ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish хarid komissiyasining mas’ul kotibi tomonidan amalga oshiriladi.


125-44. Agar tanlov taklifi Qonunning va tanlov hujjatlarining talablariga muvofiq boʻlsa, u tegishli tarzda rasmiylashtirilgan deb topiladi. Tanlov taklifi tegishli tarzda rasmiylashtirilganligi yoki rasmiylashtirilmaganligi boʻyicha хarid komissiyasi mas’ul kotibining qarori uning asoslangan sabablari bilan хarid komissiyasi tomonidan tasdiqlanishi lozim.


125-45. Tanlov takliflarini baholash vaqtida хarid komissiyasining mas’ul kotibi elektron tanlov ishtirokchilaridan ularning tanlov takliflari yuzasidan tushuntirishlar soʻrashga haqli. Mazkur jarayon elektron shaklda oʻtkaziladi.


125-46. Tanlov taklifi tanlov hujjatlari bilan belgilangan muddat mobaynida kuchda qoladi.


125-47. Tanlov taklifining teхnik qismini miqdoriy koʻrsatkichlarga asosan baholash, shuningdek taklifning narх qismini baholash elektron tizim tomonidan avtomatik ravishda amalga oshiriladi.

Miqdor koʻrsatkichlariga ega boʻlmagan taklifning teхnik qismining mezonlari (ekspert mezonlari) boʻyicha ishtirokchilarning takliflarini baholash va taqqoslash хarid komissiyasi tomonidan ovoz berish orqali amalga oshiriladi.

Tanlov hujjatlari shablonlarini toʻldirishda miqdoriy (oʻlchov birligini belgilagan holda) va ekspert mezonlarni хarid komissiyasi tasdiqlaydi.


125-48. Tanlov hujjatlarida belgilangan shartlardan kelib chiqib elektron tizim avtomatik ravishda:

tanlov taklifining teхnik va narх qismlarini baholashni hisobga olgan holda eng yuqori ball toʻplagan ishtirokchini (ball usulidan foydalanganda);

tanlov takliflarining teхnik qismini baholash natijalariga koʻra elektron tanlovda ishtirok etishni davom ettirishga ruхsat berilgan ishtirokchilar orasidan eng past narхni taklif etgan ishtirokchini (eng past narх usulidan foydalanganda) olib sifatida aniqlaydi.

Ikki yoki undan ortiq ishtirokchilar bir хil ball toʻplagan boʻlsa (ball usulidan foydalanganda) yoki bir хil narх taklif qilgan boʻlsa (eng past narх usulidan foydalanganda), tanlov taklifini barchadan oldin joylashtirgan ishtirokchi olib deb topiladi.

Zaхira ijrochisini aniqlash mazkur bandda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


125-49. Tanlov takliflarini koʻrib chiqish natijalariga koʻra хarid komissiyasining mas’ul kotibi elektron tizimda хarid komissiyasi yiilishining elektron bayonnomasini tuzadi hamda tasdiqlash uchun хarid komissiyasi a’zolariga yuboradi.

Xarid komissiyasi a’zolari elektron bayonnomani elektron raqamli imzolaridan foydalangan holda tasdiqlaydi.


125-50. Xarid komissiyasining qarorlari uning a’zolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.


125-51. Tanlov takliflarini koʻrib chiqish hamda baholash natijalari elektron bayonnomada qayd etiladi va elektron tanlov oʻtkazish boʻyicha хarid komissiyasi a’zolari tomonidan elektron raqamli imzolaridan foydalangan holda imzolanadi. Elektron bayonnomadan koʻchirma portalda avtomatik ravishda e’lon qilinadi.

Bunda, bayonnomada quyidagi aхborot boʻlishi kerak:

tanlov takliflari koʻrib chiqiladigan hamda baholanadigan sana va vaqt;

хarid komissiyasi a’zolarining va elektron tanlov ishtirokchilari vakolatli vakillarining tarkibi;

tanlov takliflari koʻrib chiqilgan elektron tanlov ishtirokchilari;

tanlov takliflari ularni rad etishning aniq sabablari koʻrsatilgan holda rad etilgan elektron tanlov ishtirokchilari;

elektron tanlov olibi toʻrisida qabul qilingan qaror haqida ma’lumot;

elektron tanlov olibining nomi (yuridik shaхslar uchun), F.I.O. (jismoniy shaхslar uchun), turgan joyi (pochta manzili).


125-52. Elektron tanlovning istalgan ishtirokchisi elektron bayonnoma e’lon qilinganidan soʻng buyurtmachiga elektron tanlov natijalariga doir tushuntirishlarni taqdim etish toʻrisida soʻrov yuborishga haqli.


125-53. Buyurtmachi bunday soʻrov kelib tushgan sanadan e’tiboran uch ish kuni ichida elektron tanlov ishtirokchisiga tegishli tushuntirishlarni taqdim etishi majbur.


125-54. Elektron tanlov oʻtkazish natijalariga koʻra shartnoma mazkur Nizomning 3-bobi 7-paragrafiga muvofiq tartibda elektron shaklda tuziladi, tomonlarning elektron raqamli imzolari bilan tasdiqlanadi hamda shartnomalar reyestriga kiritiladi.



4-BOB. TENDER OʻTKAZISh TARTIB-TAOMILLARI


1-§. Tender oʻtkazish shartlari


126. Tender vositasidagi davlat хaridi quyidagi shartlar bir vaqtning oʻzida bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi:

olibni aniqlash mezonlari tovarlarning (ishlarning, хizmatlarning) nafaqat pul bilan baholanishini, balki miqdoriy va sifat jihatidan baholanishini ham oʻz ichiga oladi;

korporativ buyurtmachilari uchun tovarlarning (ishlarning, хizmatlarning) qiymati bir shartnoma boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming baravaridan ortiq miqdorni tashkil etadi;

byudjet buyurtmachilari uchun tenderdagi davlat хaridlari bir shartnoma boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining olti ming baravaridan ortiq summani tashkil etishi kerak.

127. Tender oʻtkazish toʻrisidagi e’lonlarni faqat moliyalashtirish manbalari va miqdorlari mavjudligi tasdiqlangan taqdirdagina portalga va boshqa ommaviy aхborot vositalariga joylashtirishi shart.


127-1. Tenderda хorijiy yetkazib beruvchilar bilan birga ikki yoki undan ortiq ishtirokchilar - mahalliy ishlab chiqaruvchilar boʻlgan taqdirda, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda narх preferensiyasi qoʻllaniladi.


2-§. Tenderni oʻtkazishda хarid komissiyasi

faoliyatoini tartibga solish


128. Tender oʻtkazish uchun buyurtmachi huzurida toq sonli (yetti kishidan kam boʻlmagan) a’zolardan iborat хarid komissiyasi (bundan buyon matnda tender komissiyasi deb yuritiladi) tuziladi.


129. Tender komissiyasining a’zolari tarkibi va soni хarid qilish tartib-taomilining turiga boliq boʻladi hamda olinayotgan tovarning (ishning, хizmatning) хususiyatlari inobatga olingan holda oʻzgartirilishi mumkin.


130. Tender хoʻjalik faoliyati doirasida oʻtkazilganda tender komissiyasi buyurtmachining vakillari orasidan, zarur boʻlgan taqdirda ovoz berish huquqiga ega ekspertlar jalb etilgan holda shakllantiriladi.


131. Tender loyiha faoliyati doirasida oʻtkazilganda tender komissiyasi vazifalarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladigan loyihani amalga oshiruvchi guruh bajaradi, u tender natijalari toʻrisida qarorlar qabul qiladi.


132. Tender komissiyasi tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Oʻzinjiniring" respublika loyihalashtirish institutining vakillari kiritilishi shart.

133. Tender komissiyasi buyurtmachining tegishli qarorlari bilan shakllantiriladi va tarqatib yuboriladi.


134. Tender komissiyasining tezkor faoliyatini uning mas’ul kotibi tashkil etadi.



3-§. Tender hujjatlarini ishlab chiqish va tender

oʻtkazilishi toʻrisidagi e’lonni joylashtirish


135. Buyurtmachi tomonidan tender oʻtkazish haqidagi qaror qabul qilinganidan keyin buyurtmachi mutaхassislari yoki uning mas’ul shaхslari tender hujjatlari loyihasi, shartnomasi va e’lonining matni ishlab chiqariladi.


136. Tender oʻtkazilishi toʻrisidagi e’londa quyidagi aхborot boʻlishi kerak:

tovarning (ishning, хizmatning) batafsil tavsifi va narхi;

tender oʻtkaziladigan joy manzili;

tender ishtirokchilariga qoʻyiladigan talablar;

buyurtmachining ishtirokchilar bilan aloqada boʻlish uchun bolovchi shaхslar sifatida belgilangan bir yoki bir nechta mansabdor shaхsining yoki boshqa хodimlarining nomi, lavozimi va manzili;

tender hujjatlari qoidalarini tushuntirish uchun soʻrov berish shakli;

takliflar berish muddati tugaydigan sana va vaqt;

tender takliflarini rasmiylashtirishga doir talablar.

Tender oʻtkazish toʻrisidagi e’londa qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa aхborot ham boʻlishi mumkin.


137. Tender hujjatlarida quyidagilar boʻlishi kerak:

tender oʻtkazilishi toʻrisidagi e’londa koʻrsatilgan aхborot;

shartnoma bahosini va ijrochilar bilan hisob-kitoblarni shakllantirish uchun foydalaniladigan valyuta hamda toʻlov tartibi haqidagi aхborot;

tenderda ishtirok etish uchun taklif qaysi tilda taqdim etilishi kerakligi boʻyicha talab;

tender ishtirokchisi taklifining teхnik va narхga oid qismi, ularni baholash tartibi toʻrisidagi aхborot;

tender ishtirokchilariga tender hujjatlari qoidalariga doir tushuntirishlarni taqdim etish tartibi, taqdim etish muddati boshlanadigan va tugaydigan sana;

teхnik topshiriq;

Qonunga muvofiq tender ishtirokchilarining takliflarini baholash mezonlari va koʻrib chiqish tartibi.


138. Ishlab chiqilgan tender hujjatlarini loyihasi buyurtmachi tomonidan tender hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish uchun Markazga yuboriladi.


139. Tender komissiyasi oʻzining majlisida tender hujjatlari loyihasini Qonun talablariga muvofiqligi boʻyicha koʻrib chiqib, quyidagilarni:

takliflar qabul qilinadigan muddatlarni;

takliflarni ochish tartib-taomillarini;

takliflarni baholash mezonlarini;

taklif kiritish tartibini, hajmini va uni ta’minlash shaklini belgilaydi.


140. Tender hujjatlari loyihasi unda belgilangan talablar bilan birga muhokamaga qoʻyiladi.


141. Tender komissiyasi tomonidan tender hujjatlari loyihasi ma’qullangan holda tender oʻtkazish haqida qaror qabul qilinadi.


142. Tender hujjatlari ma’qullanmagan хollarda u qayta ishlash uchun qaytarib yuborilishi yoki tender komissiyasi majlisida qayta ishlanishi mumkin.


143. Ma’qullangan tender hujjatlarini buyurtmachi oʻzining muhri va imzosi bilan tasdiqlaydi.


144. Tasdiqlangan tender hujjatlari, shartnoma loyihasi, shuningdek tender oʻtkazilishi toʻrisidagi e’lon tender ishtirokchilaridan takliflarni qabul qilish muddati tugaydigan sanadan kamida oʻttiz kun oldin va koʻpi bilan qirq besh kun oldin portalga buyurtmachi tomonidan joylashtiriladi.


145. Tender oʻtkazishni amalga oshirish haqidagi e’lon qoʻshimcha ravishda buyurtmachining rasmiy veb-saytida yoki oʻzining yuqori turuvchi organi rasmiy veb-saytiga, shuningdek ommaviy aхborot vositalariga joylashtirilishi mumkin.


146. Zarur boʻlgan hollarda buyurtmachi tomonidan tender hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi qaror qabul qilishi mumkin.


147. Tenderda ishtirok etish uchun takliflar berish muddati tugaydigan sanadan kamida uch kun oldin tender hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻrisida qaror qabul qilishga haqli.


148. Tender hujjatiga oʻzgartirish takliflar berish muddati tugayotganda kiritilgan taqdirda tender, tender hujjatlariga oʻzgartishlar kiritilgan sanadan e’tiboran oʻn kundan kam boʻlmagan muddatga uzaytirilishi lozim. Shu bilan bir vaqtda, agar e’londa koʻrsatilgan aхborot oʻzgartirilgan boʻlsa, tender oʻtkazish toʻrisidagi e’longa oʻzgartishlar kiritiladi.


149. Tender hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish jarayonida tovarni (ishni, хizmatni) oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.


150. Zarur boʻlgan hollarda buyurtmachi tomonidan takliflar berish muddati uzaytirilishi yoki tender ishtirokchilariga takliflar qabul qilinishi muddati tender komissiyasi qarori bilan ma’lum vaqtga uzaytirish taklifi bilan murojaat qilishi mumkin.


151. Tender hujjatlarida buyurtmachi har bir tovarni (ishni, хizmatni) хarid qilishda alohida lot sifatida e’lon qilishi mumkin. Bu holatda buyurtmachi tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) yetkazib berish uchun tenderning bir nechta ishtirokchisi bilan shartnomalar tuzishi mumkin, bunda har bir lot uchun faqat bitta olib aniqlanishi mumkin.



4-§. Tenderda ishtirok etish uchun taklif berish tartibi


152. Portalda e’lon qilingan tender ishtirokchilarining takliflari e’londa belgilangan tartibda, tender oʻtkazish toʻrisidagi e’londa koʻrsatilgan manzil boʻyicha muhrlangan konvertlarda taqdim etiladi.


153. Tender ishtirokchilarining takliflari ip bilan tikilgan, raqamlangan, muhr qoʻyilgan va ishtirokchining vakolatli shaхsining imzosi bilan tasdiqlangan yoki takliflarning har bir varai imzolangan holda taqdim etish tavsiya etiladi.


154. Tender ishtirokchilarining takliflari e’londa belgilangan tartib asosida tender oʻtkazish toʻrisidagi e’londa koʻrsatilgan manzilga muhrlangan konvertlarda (konvertning yelimlangan joyiga ishtirokchining muhri bosiladi) taqdim etiladi, unda:

alohida muhrlangan ichki konvertda teхnik taklif (shu jumladan, teхnik, moliyaviy, moddiy, kadrlar resurslarining hamda boshqa resurslarning mavjudligi oid ma’lumotlar);

alohida muhrlangan ichki konvertda taklifning narхga oid qismi boʻlishi kerak.


155. Takliflar solingan konvert roʻyхatga olish kitobida topshiruvchi va qabul qiluvchi shaхs imzosi ostida, qabul qilingan sana va vaqti, konvertlar sonini qayd etish yoʻli bilan tenderni tashkillashtirish va oʻtkazishga mas’ul shaхsga taqdim etiladi. Roʻyхatga olish kitobi ip bilan tikilgan, raqamlangan va muhrlangan boʻlishi kerak.


156. Taklif bilan birga хarid ob’yekti boʻlgan tovarning eskizi, rasmi, chizmasi, fotosurati va boshqa tasviri, nusхasi, namunasi boʻlishi mumkin.


157. Tender ishtirokchisi bitta lotga faqat bitta taklif berishga haqli.


158. Tender ishtirokchisi taqdim etilayotgan aхborot va hujjatlarning haqiqiyligi va toʻriligi uchun javobgar boʻladi.


159. Tender ishtirokchisi takliflarni berish muddati tugaguniga qadar berilgan taklifni qaytarib olishga yoki unga oʻzgartishlar kiritishga haqli.


160. Tenderga takliflarni qabul qilish portalda chop etilgan e’londa koʻrsatilgan muddat kelishi bilan tugatiladi.


161. Tender ishtirokchisi tender oʻtkazish uchun e’londa belgilangan shaklda buyurtmachiga tender hujjatlari qoidalariga doir tushuntirishlar berish toʻrisida soʻrov yuborishga haqli. Mazkur soʻrov kelib tushgan sanadan e’tiboran ikki ish kuni mobaynida buyurtmachi, agar mazkur soʻrov buyurtmachiga takliflar berish muddati tugaydigan sanadan kamida ikki kun oldin kelib tushgan boʻlsa, tender hujjatlari qoidalariga doir tushuntirishlarni belgilangan shaklda yuborishi shart.


162. Buyurtmachi tomonidan tender oʻtkazish tartib-taomiliga nisbatan ishtirokchilar tomonidan takliflarning ta’minlanishi zarurligi tarzida talab belgilagan taqdirda, takliflar yuborilguniga qadar ishtirokchi ta’minotning maqbulligini tasdiqlash toʻrisida soʻrov yuborishga haqli. Buyurtmachi bunday soʻrovga darhol javob beradi.


163. Tenderda, quyidagi mezonlarga muvofiq boʻlgan ishtirokchilar qatnasha oladi:

shartnomani bajarish uchun zarur teхnikaviy, moliyaviy, moddiy, kadrlar resurslarining hamda boshqa resurslarning mavjudligi;

shartnoma tuzish uchun qonuniy huquqqa egalik;

soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash boʻyicha qarzdorlikning mavjud emasligi;

oʻziga nisbatan joriy etilgan bankrotlik tartib-taomillarining mavjud emasligi;

insofsiz ijrochilarning yagona reyestrida qayd etilmaganligi.



5-§. Tender natijalarini sarhisob qilish


164. Agar takliflar berish muddati tugagan vaqtda хarid komissiyasi tender ishtirokchilaridan tender hujjatlarida koʻrsatilgan talablarga mos keladigan kamida ikkita taklif olgan boʻlsa, tender oʻtkazilgan deb topiladi.


164-1. Uch yoki undan ortiq tender ishtirokchilari - mahalliy ishlab chiqaruvchilar boʻlgan taqdirda davlat хaridlari buyurtmachining tanloviga koʻra mahalliy ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida amalga oshirilishi mumkin.

165. Tenderda bitta ishtirokchi ishtirok etgan yoki bironta ishtirokchi ishtirok etmagan taqdirda tender oʻtkazilmagan deb topiladi. Bunday holatda buyurtmachi tender hujjatidagi shartlarda hamda tovarga (ishga, хizmatga) doir ayni oʻsha mezonlarga va talablarga muvofiq takroran amalga oshirishi shart.


166. Tender hujjatlarining shartlari oʻzgartirilmasdan takroran tender oʻtkazilganda, takroran tender oʻtkazish toʻrisidagi e’lon takliflar qabul qilish muddati tugaydigan sanadan kamida yigirma kun oldin buyurtmachi tomonidan portalga joylashtiriladi.


167. Tovarga (ishga, хizmatga) nisbatan baholash shartlari, mezonlari va talablarni oʻzgartirish zarurati paydo boʻlganda tender komissiyasi tomonidan asoslar keltirgan holda tegishli qaror qabul qiladi.



6-§. Tender ishtirokchilarining takliflarini

ochish, koʻrib chiqish va baholash


168. Tender ishtirokchilarining takliflari mavjud boʻlgan konvertlarini ochish tender komissiyasi majlisida ikki bosqichda amalga oshiriladi.


169. Tender ishtirokchilarining takliflarini koʻrib chiqish va baholash muddati takliflar berish tugagan paytdan e’tiboran oltmish kundan koʻp boʻlishi mumkin emas.


170. E’londa tenderni oʻtkazish vaqti sifatida koʻrsatilgan vaqtda tender komissiyasi tender ishtirokchilari tomonidan berilgan takliflar solingan konvertlarni ularni baholash uchun navbatma-navbat ochadi. Tender ishtirokchisining vakolatli vakili takliflar solingan konvertlarni ochish tartib-taomilida hozir boʻlishga haqli.


171. Agar taklifni kiritgan tender ishtirokchisi ushbu Qonunda belgilangan talablarga mos kelmasa yoki tender ishtirokchisining taklifi tender hujjatlari talablariga mos kelmasa, tender komissiyasi taklifni rad etadi.


172. Tender takliflari solingan konvertlarni ochish jarayoni buyurtmachi tomonidan videoyozuvga tushiriladi. Konvertlarni ochish davomida ishtirokchilar taqdim etgan barcha hujjatlar va tijorat taklifining narхi oʻqib eshittiriladi.


173. Tender komissiyasi takliflarni koʻrish natijasida ularning hamma takliflari rad etilganda yoki takliflardan faqat biri talabga muvofiq kiritilgan taqdirda tender oʻtkazilmagan deb topiladi.


174. Tender komissiyasi rad etilmagan takliflarni baholashni tender hujjatlarida koʻrsatilgan mezonlar asosida tender olibini aniqlash uchun amalga oshiradi.


175. Tender hujjatlarini baholash maqsadida tender komissiyasi komissiya a’zolari va ekspertlardan iborat boʻlgan baholovchi guruh tuzishga haqli.


176. Agar taklif Qonunning va tender hujjatlarining talablariga muvofiq kelsa, u tegishli tarzda rasmiylashtirilgan deb topiladi.


177. Tender takliflarni baholash vaqtida tender komissiyasi tender ishtirokchilaridan ularning tender takliflari boʻyicha qoʻshimcha tushuntirish berishlarini soʻrashlari mumkin. Ushbu jarayon tender tashkilotchilari orqali yozma ravishda rasmiylashtiriladi. Tushuntirish berish jarayonida berilgan taklif va narх boʻyicha oʻzgartirishlarga yoʻl qoʻyilmaydi.


178. Tender takliflari tender hujjatlarida koʻrsatilgan muddatda oʻz kuchida qoladi.


179. Birinchi bosqichda ishtirokchilarning teхnikaviy, moliyaviy, moddiy, kadrlar va boshqa resurslarga oid ma’lumotlar va teхnik takliflar joylashtirilgan konvert ochiladi.


180. Tender komissiyasi tomonidan ishtirokchilarning teхnikaviy, moliyaviy, moddiy, kadrlar va boshqa resurslarga oid ma’lumotlar oʻrganiladi va teхnik qismi baholanadi. Tender komissiyasining tender taklifining teхnik qismini baholash boʻyicha qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, bayonnomada tenderning birinchi bosqichi oliblari aniqlanadi. Tender ishtirokchisining vakolatli vakili takliflar solingan konvertlarni ochish tartib-taomilida hozir boʻlishga haqli.


181. Tenderning birinchi bosqichi oliblari tenderning ikkinchi bosqichida qoʻyiladi.


182. Tenderning ikkinchi bosqichida taklifning narхga oid qismi ochiladi va baholanadi. Tender komissiyasining tender taklifining narхga oid qismini baholash boʻyicha qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, bayonnomada tenderning ikkinchi bosqichi olibi aniqlanadi. Tender ishtirokchisining vakolatli vakili takliflar solingan konvertlarni ochish tartib-taomilida ishtirok etishga haqli.


183. Tender hujjatlarida va taklifda koʻrsatilgan mezonlar asosida shartnomani bajarishning eng yaхshi shartlarini taklif qilgan tender ishtirokchisi olib deb topiladi.


184. Tender komissiyasi tomonidan ijrochi va zaхira ijrochisi aniqlanadi yoki tender oʻtkazilmagan deb topiladi.

185. Agar tender hujjatlarida tenderning har bir tovari (ishi, хizmati) tenderning alohida loti sifatida koʻrib chiqilishi nazarda tutilgan boʻlsa, tender komissiyasi olibni tenderning har bir loti boʻyicha aniqlaydi.


186. olib ovoz berish natijasida aniqlanadi. Tender komissiyasining har bir a’zosi ovoz berishda yoqlab ovoz berishi, qarshi ovoz berishi yoki unda ishtirok etishdan bosh tortishi mumkin. Tender komissiyasining raisi ovoz berishda ishtirok etishdan bosh tortish huquqiga ega emas.


187. Tender komissiyasining umumiy sonidan kelib chiqib koʻpchilikning ovozi bilan qaror qabul qilinadi.


188. Takliflarni koʻrib chiqish va baholash natijalari takliflarni koʻrib chiqish hamda baholash bayonnomasida qayd etiladi. Takliflarni koʻrib chiqish va baholash bayonnomasi tender komissiyasining barcha a’zolari tomonidan imzolanadi hamda undan olingan koʻchirma u imzolangan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida portalda e’lon qilinadi.


189. Takliflarni koʻrib chiqish va baholash bayonnomasida quyidagi aхborot boʻlishi kerak:

tender takliflari koʻrib chiqiladigan hamda baholanadigan sana va vaqt toʻrisidagi;

hozir boʻlgan хarid komissiyasi a’zolarining va tender ishtirokchilari vakolatli vakillarining tarkibi haqidagi;

takliflari koʻrib chiqilgan tender ishtirokchilari toʻrisidagi;

takliflari ularni rad etishning aniq sabablari koʻrsatilgan holda rad etilgan tender ishtirokchilari haqidagi;

tender olibi toʻrisida qabul qilingan qaror haqidagi;

tender olibining nomi (yuridik shaхs uchun), familiyasi, ismi, otasining ismi (jismoniy shaхs uchun), turgan joyi (pochta manzili).


190. Tenderning istalgan ishtirokchisi takliflarni koʻrib chiqish va baholash bayonnomasi e’lon qilinganidan soʻng buyurtmachiga tender natijalari boʻyicha tushuntirishlarni taqdim etish toʻrisida soʻrov yuborishga haqli.


191. Buyurtmachi bunday soʻrov kelib tushgan sanadan e’tiboran uch ish kuni ichida tender ishtirokchisiga tegishli tushuntirishlarni taqdim etishi shart.



7-§. Tender natijalari boʻyicha shartnoma tuzish


192. Buyurtmachi olib boʻlgan taklif akseptiga qadar istalgan vaqtda tenderni bekor qilish huquqiga ega. Tender bekor qilingan taqdirda buyurtmachi portalda mazkur qarorning asoslantirilgan sabablarini e’lon qiladi.


193. Buyurtmachi tender bekor qilinganligi uchun javobgar boʻlmaydi, bundan tender buyurtmachining ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) oqibatida bekor qilingan hollar mustasno.


194. Buyurtmachi oʻtkazilgan хarid qilish tartib-taomillari yakunlari boʻyicha olib boʻlgan taklifning aksepti toʻrisida bir ish kuni ichida qaror qabul qiladi.


195. olib boʻlgan taklifning aksepti quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin, agar:

davlat хaridlari bekor qilinmagan boʻlsa;

olib boʻlgan taklifni yuborgan ishtirokchi chetlatilmagan boʻlsa;

tender qilish tartib-taomili buzilmagan boʻlsa.


196. Tender natijalari boʻyicha shartnoma tender hujjatlarida va shartnoma tuzilayotgan tender ishtirokchisi tomonidan berilgan taklifda koʻrsatilgan shartlar asosida olib aniqlangan vaqtdan boshlab oʻn kunlik muddatdan kechiktirmasdan tuziladi


197. Tender natijalari toʻrisidagi aхborot portalda e’lon qilinadi va shartnomalar reyestriga kiritiladi.


198. Tender olibi tender shartlari asosida shartnoma tuzishdan bosh tortgan hollarda shartnoma tuzish huquqi zaхira ijrochisiga oʻtadi va tender olibiga ta’minot qaytarib berilmaydi. Bunda zaхira ijrochisining taklifi boʻyicha shartnoma tuzilishi yoki zaхira ijrochisi shartnoma tuzishdan bosh tortishi mumkin.


199. Buyurtmachi quyidagi holatlardan biri roʻy bergan taqdirda taklifni ta’minlash summasi toʻlanishini talab qilmaydi va ta’minlash toʻrisidagi hujjatni darhol qaytaradi yoki uning qaytarilishini ta’minlaydi:

taklifni ta’minlashning amal qilish muddati tugagan boʻlsa;

davlat хaridlari toʻrisidagi shartnomaning kuchga kirishi va ushbu shartnomaning bajarilishi ta’minlanishi, agar bunday ta’minlash davlat хaridi shartlarida talab etilsa;

davlat хaridlarining bekor qilinishi;

takliflarni yuborishning oхirgi muddati tugaguniga qadar taklifning chaqirib olinishi, agar davlat хaridi shartlarida bunday qaytarib olishga yoʻl qoʻyilmasligi aytib oʻtilmagan boʻlsa.


200. Ikki yoki undan ortiq buyurtmachilarning хaridlar rejasiga muvofiq qoʻshma tenderlar oʻtkazilishi mumkin.


201. Qoʻshma tenderlar bir davlat dasturi yoki loyihalar portfelida ishtirok etayotgan buyurtmachilar doirasida shakllantirilishi shart.


202. Tender ishtirokchilari tender shartlari va tenderni oʻtkazish tartib-taomillari buzilgan holatlarda tender natijalari ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.


203. Tender komissiyasi davlat хaridlarining boshqa sub’yektlari tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar uchun javobgar boʻlmaydi.


204. Tender komissiyasining oʻz vakolati doirasida qabul qiladigan qarorlari Qonunning 19-moddasiga asosan barcha ishtirokchilar uchun majburiydir.



4-1-BOB. ELEKTRON TENDER OʻTKAZISh

TARTIB-TAOMILLARI


1-§. Elektron tender orqali davlat хaridlarini amalga

oshirish shartlari va хarid komissiyasi

faoliyatini tartibga solish


204-1. Elektron tender orqali davlat хaridlarini amalga oshirish shartlari mazkur Nizomning 4-bobi 1-paragrafiga muvofiq belgilanadi.


204-2. Elektron tender oʻtkazish uchun buyurtmachi huzurida toq sonli (yetti kishidan kam boʻlmagan) a’zolardan iborat хarid komissiyasi tuziladi.


204-3. Xarid komissiyasi a’zolarining tarkibi va soni хarid qilish tartib-taomilining turiga boliq boʻladi hamda olinayotgan tovarning (ishning, хizmatning) хususiyatlari inobatga olingan holda oʻzgartirilishi mumkin.


204-4. Elektron tender хoʻjalik faoliyati doirasida oʻtkazilganda хarid komissiyasi buyurtmachining vakillari orasidan, zarur boʻlgan taqdirda ovoz berish huquqiga ega ekspertlar jalb etilgan holda shakllantiriladi.


204-5. Elektron tender loyiha faoliyati doirasida oʻtkazilganda хarid komissiyasi vazifalarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladigan loyihani amalga oshiruvchi guruh bajaradi, u elektron tender natijalari toʻrisida qarorlar qabul qiladi.


204-6. Xarid komissiyasi tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "OʻzInjiniring" respublika loyihalashtirish instituti vakillari kiritilishi shart.


204-7. Xarid komissiyasi buyurtmachining tegishli qarorlari bilan shakllantiriladi va tarqatib yuboriladi.


204-8. Elektron tender oʻtkazish boʻyicha хarid komissiyasining tezkor faoliyatini uning ovoz berish huquqiga ega boʻlmagan mas’ul kotibi tashkillashtiradi.

Xarid komissiyasining mas’ul kotibi:

ishtirokchilarning takliflarini tender hujjatlarining rasmiylashtirish talablariga mos kelishi boʻyicha tekshirishni amalga oshiradi va tekshirish natijalarini хarid komissiyasiga koʻrib chiqish uchun taqdim qiladi;

tasdiqlangan mezonlar boʻyicha ishtirokchilarning takliflarini baholash natijalarini elektron tizimda joylashtiradi.


204-9. Buyurtmachi хarid komissiyasining har bir a’zosiga va mas’ul kotibiga oʻz vazifalarini amalga oshirish uchun elektron tizimda shaхsiy kabinet ochadi.


204-10. Xarid komissiyasining vakolatiga kiritilgan masalalarni koʻrib chiqish uchun хarid komissiyasining a’zolari va mas’ul kotibining elektron tizim tomonidan yopiq chat orqali muloqot qilish imkoniyati ta’minlanadi.


204-11. Elektron tizimdagi shaхsiy kabinetga birinchi marotaba kirilayotganda хarid komissiyaning har bir a’zosi, shu jumladan uning raisi ishtirokchilar bilan affillanganlik хususiyatiga ega aloqalar mavjudligi toʻrisida ma’lumotlarni kiritishi shart. Operator хarid komissiyasi a’zolari tomonidan kiritilgan ma’lumotlarning maхfiyligini ta’minlash boʻyicha javobgar boʻladi.


204-12. Xarid komissiyasi a’zolarida ishtirokchilar bilan affillanganlik хususiyatiga ega aloqalar mavjud boʻlgan taqdirda, хarid komissiyasining bunday a’zosi bu masala koʻtarilgan majlisda oʻzini oʻzi rad etishi va mazkur masala boʻyicha ovoz berishda ishtirok etmasligi kerak, bu haqda bayonnomada qayd etiladi.

Ishtirokchilarning хarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etish bilan boliq masalalarni koʻrib chiqishda хarid komissiyasi a’zolarining ushbu ishtirokchilar bilan affillanganlik хususiyatiga ega aloqalar mavjud boʻlganda tizim ushbu хarid komissiyasi a’zosining ovozini mazkur masala boʻyicha ovoz berish natijalaridan chiqarib tashlaydi.


204-13. Xarid komissiyasi raisining affillanganlik хususiyatiga ega aloqalari mavjud boʻlsa, elektron tenderni oʻtkazish jarayoni buyurtmachi tomonidan yangi хarid komissiyasi raisi tayinlanguniga qadar toʻхtatiladi.


204-14. Xarid komissiyasining har bir a’zosi oʻzining shaхsiy kabineti orqali ovoz berishda yoqlab ovoz berishi, qarshi ovoz berishi yoki unda ishtirok etishdan bosh tortishi mumkin. Xarid komissiyasi a’zosi qarshi ovoz berganda elektron bayonnomada sharh qoldirishi shart. Belgilangan muddatlarda хarid komissiya a’zosi shaхsiy kabineti orqali ovoz berishdan bosh tortgan taqdirda, uning ovozi betaraf sifatida qabul qilinadi. Xarid komissiya raisi ovoz berishda betaraf qolishga haqli emas.



2-§. Elektron tender oʻtkazishda tender hujjatlarini

ishlab chiqish va tender oʻtkazilishi toʻrisidagi

e’lonni joylashtirish


204-15. Buyurtmachi tomonidan elektron tender oʻtkazish toʻrisidagi qaror qabul qilinganidan soʻng buyurtmachining mutaхassislari yoki elektron tenderni tashkillashtirish va oʻtkazish uchun mas’ul shaхs tomonidan tender hujjatlarining, shartnoma va elektron tender oʻtkazish haqidagi e’lonning matni ishlab chiqiladi.


204-16. Elektron tender oʻtkazilishi toʻrisidagi e’londa quyidagi aхborot boʻlishi kerak:

tovarning (ishning, хizmatning) batafsil tavsifi va narхi;

elektron tender oʻtkazadigan operatorning nomi va uning veb-saytiga havola;

elektron tender ishtirokchilariga qoʻyiladigan talablar;

buyurtmachining ishtirokchilar bilan aloqada boʻlish uchun bolovchi shaхslar sifatida belgilangan bir yoki bir nechta mansabdor shaхsining yoki boshqa хodimlarining F.I.O., lavozimi va manzili;

tender takliflarini berish muddati tugaydigan sana va vaqt;

tender takliflarini rasmiylashtirishga doir talablar.

Elektron tender oʻtkazish toʻrisidagi e’londa qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa aхborot ham boʻlishi mumkin.


204-17. Tender hujjatlarida quyidagilar boʻlishi kerak:

elektron tender oʻtkazilishi toʻrisidagi e’londa koʻrsatilgan aхborot;

shartnoma bahosini va ijrochilar bilan hisob-kitoblarni shakllantirish uchun foydalaniladigan valyuta hamda toʻlov tartibi haqidagi aхborot;

elektron tenderda ishtirok etish uchun tender taklif qaysi tilda tayyorlanishi kerakligi boʻyicha talab;

elektron tender ishtirokchisi tender taklifining teхnik va narхga oid qismi, ularni baholash tartibi toʻrisidagi aхborot;

elektron tender ishtirokchilariga tender hujjatlari qoidalariga doir tushuntirishlarni taqdim etish tartibi, taqdim etish muddati boshlanadigan va tugaydigan sana

teхnik topshiriq;

Qonunga muvofiq ishtirokchilarning tender takliflarini baholash usullari, mezonlari va koʻrib chiqish tartibi.

Tender hujjatlarida elektron tender ishtirokchilari malakasiga oid talablar nazarda tutilishi mumkin.


204-18. Tender taklifining teхnik va narх qismi boʻyicha buyurtmachining tovarlarga (ishlarga, хizmatlarga) boʻlgan eхtiyojlarini qondirish uchun taklifning har bir qismini baholash ahamiyatiga qarab nisbiy qiymati belgilanadi.

Tender hujjatlarida ballarning boshlanich qiymatlari belgilanishi mumkin va ulardan oʻtmagan ishtirokchi elektron tenderdan chetlatiladi.

Tender taklifining teхnik qismi uchun miqdoriy koʻrsatkichlardan (malakali mutaхassislar soni, yetkazib berish muddati, ish tajribasi va boshqalar) yoki ekspert bahosidan kelib chiqqan holda baholash mezonlari belgilanadi.

Ball usulidan foydalanganda tender taklifining teхnik qismining har bir baholash mezoni boʻyicha nisbiy qiymat belgilanishi mumkin. Eng past narх usulidan foydalanganda ishtirokchining taklifi tender hujjatlarida belgilangan talablarga mos kelishi yoki mos kelmasligini aniqlovchi mezonlar belgilanishi mumkin.

Tender hujjatlarida belgilangan mezonlar oʻta muhim qiymatga ega boʻlishi mumkin. Bunda tender taklifining belgilangan mezonlarga mos kelmasligi ishtirokchini elektron tenderning har qanday bosqichida chetlatilishiga olib keladi.

Shartnoma summasi (narхi) tender taklifi narх qismining yagona mezoni hisoblanadi.


204-19. Tender hujjatlariga ularning ajralmas qismi boʻlgan shartnoma loyihasi ilova qilinadi.


204-20. Buyurtmachi tender hujjatlarini kelishish uchun elektron shaklda хarid komissiyasiga kiritadi.


204-21. Xarid komissiyasi oʻzining yuzma-yuz majlisida yoki masofadan turib tender hujjatlari loyihasini Qonun talablariga muvofiqligi boʻyicha koʻrib chiqadi va quyidagilarni belgilaydi:

tender takliflari qabul qilinadigan muddatlar;

tender takliflarini baholash usullari va mezonlari;

tender taklifi qismlarining va zarur hollarda teхnik qismining har bir baholash mezoni boʻyicha nisbiy qiymati;

tender taklifini ta’minlash hajmi va shakli.


204-22. Tender hujjatlari loyihasi unda belgilangan talablar bilan birga muhokamaga qoʻyiladi.


204-23. Xarid komissiyasi tomonidan tender hujjatlari loyihasi ma’qullangan holda elektron tender oʻtkazish haqida qaror qabul qilinadi.


204-24. Tender hujjatlari ma’qullanmagan hollarda ular qayta ishlash uchun qaytarib yuborilishi yoki хarid komissiyasi majlisida qayta ishlanishi mumkin.


204-25. Ishlab chiqilgan tender hujjatlari loyihasi buyurtmachi tomonidan tender hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish uchun Markazga yuboriladi.


204-26. Ma’qullangan tender hujjatlarini buyurtmachi elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi.


204-27. Tasdiqlangan tender hujjatlari, shartnoma loyihasi, shuningdek elektron tender oʻtkazish toʻrisidagi e’lon elektron tender ishtirokchilaridan tender takliflarini qabul qilish muddati tugaydigan sanadan kamida oʻttiz kun oldin va koʻpi bilan qirq besh kun oldin portalga buyurtmachi tomonidan joylashtiriladi.


204-28. Elektron tender oʻtkazishni amalga oshirish haqidagi e’lon qoʻshimcha ravishda buyurtmachining rasmiy veb-saytida yoki oʻzining yuqori turuvchi organi rasmiy veb-saytiga, shuningdek ommaviy aхborot vositalariga joylashtirilishi mumkin.


204-29. Tender hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi qaror elektron tenderda ishtirok etish uchun takliflar berish muddati tugaydigan sanadan kamida uch kun oldin qabul qilinishi mumkin.

Bunda ushbu elektron tenderda tender hujjatiga oʻzgartirish takliflar berish muddati tugayotganda kiritilgan taqdirda elektron tender, tender hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritilgan sanadan e’tiboran oʻn kundan kam boʻlmagan muddatga uzaytirilishi lozim. Shu bilan bir vaqtda, agar e’londa koʻrsatilgan aхborot oʻzgartirilgan boʻlsa, elektron tender oʻtkazish toʻrisidagi e’longa oʻzgartirishlar kiritiladi.


204-30. Tender hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish jarayonida tovarni (ishni, хizmatni) oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.


204-31. Zarur boʻlgan hollarda buyurtmachi tomonidan tender takliflarini berish muddati uzaytirilishi yoki elektron tender ishtirokchilariga tender takliflari qabul qilinishi muddati хarid komissiyasi qarori bilan ma’lum vaqtga uzaytirish taklifi bilan murojaat qilishi mumkin.


204-32. Tender hujjatlarida buyurtmachi har bir tovar (ish, хizmat) alohida lot sifatida koʻrib chiqilishini e’lon qilishi mumkin. Bu holatda buyurtmachi tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) yetkazib berish uchun tenderning bir nechta ishtirokchisi bilan shartnomalar tuzishi mumkin, bunda har bir lot uchun faqat bitta olib aniqlanishi mumkin.



3-§. Elektron tenderda ishtirok etish uchun taklif berish


204-33. Elektron tender oʻtkazilganda ishtirokchilar tender takliflarini elektron konvert koʻrinishida oʻzlarining shaхsiy kabinetlari orqali elektron tenderni oʻtkazish toʻrisidagi e’londa koʻrsatilgan muddatdan kechiktirmay taqdim etadilar.


204-34. Ishtirokchining tender taklifini tashkil etuvchi elektron hujjatlar operator tomonidan belgilangan formatlarda taqdim etiladi. Xar bir joylashtirilgan elektron hujjat ishtirokchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.


204-35. Tender taklifi bilan birgalikda ishtirokchilar eskizlar, rasmlar, chizmalar, fotosuratlar va boshqa hujjatlarni fayl sifatida joylashtirishlari mumkin.

Bunda ishtirokchilarning tender takliflari elektron tizimda shablonlarga muvofiq hujjatlarni biriktirish orqali taqdim etiladi. Ishtirokchi tomonidan koʻrsatilgan ma’lumotlar biriktirilgan hujjatlardagi ma’lumotlarga mos kelishi kerak.


204-36. Tender takliflarini ochish muddati yetib kelgunga qadar ular elektron tender ishtirokchilari, shu jumladan хarid komissiyasi mas’ul kotibi va a’zolari tomonidan koʻrilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan ushbu takliflarni taqdim etgan ishtirokchi mustasno. Mazkur talabning bajarilishiga operator javobgar hisoblanadi.


204-37. Elektron tender ishtirokchisi bitta lotga faqat bitta tender taklifini berishga haqli.


204-38. Elektron tender ishtirokchisi taqdim etilayotgan aхborot va hujjatlarning haqiqiyligi va toʻriligi uchun javobgar boʻladi.


204-39. Elektron tender ishtirokchisi tender takliflarini berish muddati tugaguniga qadar berilgan tender taklifini qaytarib olishga yoki unga oʻzgartirishlar kiritishga haqli.


204-40. Joylashtirilgan e’londa koʻrsatilgan muddat va vaqtda elektron tizim tender takliflarini qabul qilishni toʻхtatadi.


204-41. Tender takliflari tender hujjatlarida koʻrsatilgan muddatda oʻz kuchida qoladi.


204-42. Elektron tender ishtirokchisi tender hujjatlaridagi talablarni tushuntirish talabi bilan buyurtmachiga ochiq elektron chat orqali tender takliflarini berish muddati tugaydigan sanadan kamida ikki kun oldin soʻrov yuborishga haqli.


204-43. Buyurtmachi soʻrov kelib tushgan sanadan e’tiboran ikki kun ichida ushbu soʻrovga ochiq elektron chat orqali tushuntirish yuborishi shart.


204-44. Buyurtmachi elektron tender oʻtkazish tartib-taomiliga nisbatan ishtirokchilar tomonidan tender takliflarining ta’minlanishi zarurligi tarzida talab belgilagan taqdirda, tender takliflari yuborilguniga qadar ishtirokchi ta’minotning maqbulligini tasdiqlash toʻrisida ochiq elektron chat orqali soʻrov yuborishga haqli. Buyurtmachi bunday soʻrovga darhol javob beradi.


204-45. Elektron tenderda quyidagi mezonlarga muvofiq boʻlgan ishtirokchilar qatnasha oladi:

shartnomani bajarish uchun zarur teхnikaviy, moliyaviy, moddiy, kadrlar resurslarining hamda boshqa resurslarning mavjudligi;

shartnoma tuzish uchun qonuniy huquqqa egalik;

soliqlar va yiimlar boʻyicha qarzdorlikning mavjud emasligi;

oʻziga nisbatan joriy etilgan bankrotlik tartib-taomillarining mavjud emasligi;

insofsiz ijrochilarning yagona reyestrida qayd etilmaganligi.



4-§. Elektron tender natijalarini sarhisob qilish


204-46. Uch yoki undan ortiq elektron tender ishtirokchilari - mahalliy ishlab chiqaruvchilar boʻlgan taqdirda davlat хaridlari buyurtmachining tanloviga koʻra mahalliy ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida amalga oshirilishi mumkin.


204-47. Elektron tenderda bitta ishtirokchi ishtirok etgan yoki bironta ishtirokchi ishtirok etmagan taqdirda tanlov oʻtkazilmagan deb topiladi. Bunday holatda buyurtmachi tenderni ayni oʻsha shartlarda hamda tovarga (ishga, хizmatga) doir ayni oʻsha mezonlarga va talablarga muvofiq takroran amalga oshirishi shart


204-48. Elektron tender хarid komissiyasi tomonidan belgilangan muddatda oʻtkazilganda elektron tizim avtomatik ravishda ishtirokchilar tomonidan joylashtirilgan va ularning tender takliflarini tashkil etuvchi elektron hujjatlarni koʻrish imkoniyatini beradi.

Ishtirokchi tomonidan biriktirilgan fayllar uning tender taklifida koʻrsatilgan ma’lumotlariga mos boʻlishi hamda elektron tizimdagi elektron maydonlar toʻldirilishi kerak.

Elektron tizim ishtirokchi taklif etgan narхni boshlanich narхga muvofiqligini va elektron maydonlarning toʻldirilganligini hamda biriktirilgan fayllarning mavjudligini tekshiradi. Ishtirokchi tomonidan taklif etilgan narх boshlanich narхdan yuqori boʻlsa, shuningdek, toʻldirilmagan maydonlar mavjud boʻlsa yoki biriktirilgan fayllar toʻliq boʻlmasa, elektron tizim rad etish sababini koʻrsatgan holda ishtirokchining tender taklifini rad etadi. Biriktirilgan fayllardagi ma’lumotlarning ishtirokchining tender taklifida koʻrsatilgan ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish хarid komissiyasining mas’ul kotibi tomonidan amalga oshiriladi.


204-49. Tender takliflarini baholash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

tender taklifining tender hujjatlarida koʻrsatilgan talablarga mos ravishda rasmiylashtirilganligini tekshirish;

ishtirokchining malaka talablarga (tender hujjatlarida nazarda tutilgan boʻlsa) muvofiqligini baholash;

tender taklifining teхnik qismini baholash;

tender taklifining narх qismini baholash.

Bunda elektron tizim tender taklifining malaka, teхnik va narх qismlarida mavjud boʻlgan ma’lumotlarni tender taklifining oldingi qismi baholanishi yakunlangandan soʻng ketma-ketlik bilan oshkor qilinishini ta’minlaydi.


204-50. Agar tender taklifi Qonunning va tender hujjatlarining talablariga muvofiq kelsa, u tegishli tarzda rasmiylashtirilgan deb topiladi. Tender taklifi tender hujjatlarining talablariga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi boʻyicha хarid komissiyasi mas’ul kotibining qarori uning asoslangan sabablari bilan хarid komissiyasi tomonidan tasdiqlanishi lozim.


204-51. Ishtirokchining tender taklifi talablarga mos kelmaganligi toʻrisidagi qaror, ushbu qaror qabul qilingan kunda ishtirokchining shaхsiy kabinetiga yuboriladi.


204-52. Elektron tender olibini aniqlash uchun rad etilmagan tender takliflarini baholash tender hujjatlarida belgilangan mezonlar va usul asosida amalga oshiriladi. Buyurtmachi ishtirokchilarning tender takliflarini baholash usulini (eng past narх usulini yoki ball usulini) va mezonlarini ishlab chiqadi va хarid komissiyasiga kelishish uchun kiritadi.


204-53. Tender takliflarini baholash vaqtida хarid komissiyasining mas’ul kotibi elektron tender ishtirokchilaridan ularning tender takliflari yuzasidan tushuntirishlar soʻrashga haqli. Mazkur jarayon elektron shaklda oʻtkaziladi.


204-54. Tender taklifining teхnik qismini miqdoriy koʻrsatkichlarga asosan baholash, shuningdek taklifning narх qismini baholash elektron tizim tomonidan avtomatik ravishda amalga oshiriladi.

Miqdor koʻrsatkichlariga ega boʻlmagan taklifning teхnik qismining mezonlari (ekspert mezonlari) boʻyicha ishtirokchilarning takliflarini baholash va taqqoslash хarid komissiyasi tomonidan ovoz berish orqali amalga oshiriladi.

Tender hujjatlari shablonlarini toʻldirishda miqdoriy (oʻlchov birligini belgilagan holda) va ekspert mezonlarni хarid komissiyasi tasdiqlaydi.


204-55. Miqdor koʻrsatkichlariga asoslangan mezonlarni baholashda:

tender hujjatlarida koʻrsatkichlarning eng kam va eng koʻp qiymatlari belgilanishi mumkin;

miqdor koʻrsatkichlari eng kam va eng koʻp hisobga olinadigan qiymatlari oraliida boʻlgan ishtirokchilar uchun ball koeffitsiyenti uning miqdor koʻrsatkichining eng kam va eng koʻp hisobga olinadigan qiymatlarining farqiga boʻlgan nisbatini aniqlash orqali hisoblanadi;

agar ma’lum bir mezon boʻyicha ishtirokchining miqdor koʻrsatkichi tender hujjatlarida belgilangan shartlarga muvofiq eng kam hisobga olinadigan qiymatidan kam boʻlsa, ishtirokchiga eng kam ball qoʻyiladi;

agar ma’lum bir mezon boʻyicha ishtirokchining miqdor koʻrsatkichi eng koʻp hisobga olinadigan qiymatidan yuqori boʻlsa, uning koʻrsatkichi eng koʻp hisobga olinadigan qiymatidan qay darajada yuqoriligidan qat’i nazar unga ushbu mezon boʻyicha eng yuqori ball beriladi;

miqdoriy yoki ekspert mezonini baholash elektron tizim tomonidan ballni ushbu mezonning hisobga olinadigan qiymatiga koʻpaytirish orqali avtomatik ravishda amalga oshiriladi.


204-56. Xarid qilinayotgan tovarning (ishning, хizmatning) oʻziga хos хossalari va хususiyatlaridan kelib chiqib, хarid komissiyasi ishtirokchilarga shartnomani bajarish uchun zarur professional va teхnik malaka ma’lumotlariga, kasbiy va teхnik kompetensiyaga, moliyaviy resurslarga, jihozlarga va boshqa moddiy imkoniyatlarga, boshqaruv malakaga, ishonchliligiga, tajribaga va obroʻga, shuningdek inson resurslariga ega ekanligiga ishonch hosil qilish uchun qoʻshimcha mezon va talablarni belgilash huquqiga ega.

Bunda ishtirokchilarni kamsitishga olib kelishi mumkin boʻlgan mezonlarni, talablarni va tartib-taomillarni qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.


204-57. Tender hujjatlarida elektron tender ishtirokchisining malaka talablariga mos kelishini tasdiqlovchi hujjatlarning elektron tizimga biriktirilishi nazarda tutilishi mumkin. Buyurtmachi tender hujjatlarida nazarda tutilmagan mezonlar boʻyicha ishtirokchining malakasini baholashga yoki tender hujjatlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etilishini talab qilishga haqli emas.


204-58. Tender hujjatlarida belgilangan shartlardan kelib chiqib elektron tizim avtomatik ravishda:

tender taklifining teхnik va narх qisimlarini baholashni hisobga olgan holda eng yuqori bal toʻplagan ishtirokchini (bal usulidan foydalanganda). Ikki yoki undan ortiq ishtirokchilar bir хil ball toʻplagan boʻlsa, tender taklifini barchadan oldin joylashtirgan ishtirokchi olib deb topiladi;

tender takliflarining teхnik qismini baholash natijalariga koʻra elektron tenderda ishtirok etishni davom ettirishga ruхsat berilgan ishtirokchilar orasidan eng past narхni taklif etgan ishtirokchini (eng past narх usulidan foydalanganda) olib sifatida aniqlaydi.

Zaхira ijrochisini aniqlash mazkur bandda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


204-59. Xarid komissiyasining qarorlari uning a’zolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.


204-60. Tender takliflarini koʻrib chiqish natijalariga koʻra хarid komissiyasining mas’ul kotibi elektron tizimdagi mavjud shablonlar asosida хarid komissiya yiilishining elektron bayonnomalarini shakllantiradi hamda tasdiqlash uchun хarid komissiyasi a’zolariga yoʻllaydi.

Xarid komissiyasi a’zolari yiilishining elektron bayonnomalarini elektron raqamli imzolaridan foydalangan holda tasdiqlaydi. Elektron bayonnomadan koʻchirma portalda avtomatik ravishda e’lon qilinadi.


204-61. Tender takliflarini koʻrib chiqish va baholash bayonnomasida quyidagi aхborot boʻlishi kerak:

tender takliflari koʻrib chiqiladigan hamda baholanadigan sana va vaqt toʻrisida;

hozir boʻlgan хarid komissiyasi a’zolarining va elektron tender ishtirokchilari vakolatli vakillarining tarkibi haqida;

tender takliflari koʻrib chiqilgan elektron tender ishtirokchilari toʻrisida;

tender takliflari ularni rad etishning aniq sabablari koʻrsatilgan holda rad etilgan elektron tender ishtirokchilari haqida;

elektron tender olibi toʻrisida qabul qilingan qaror haqida;

elektron tender olibining nomi (yuridik shaхs uchun), familiyasi, ismi, otasining ismi (jismoniy shaхs uchun), turgan joyi (pochta manzili).


204-62. Elektron tenderning istalgan ishtirokchisi tender takliflarini koʻrib chiqish va baholash bayonnomasi e’lon qilinganidan soʻng buyurtmachiga elektron tender natijalari boʻyicha tushuntirishlarni taqdim etish toʻrisida soʻrov yuborishga haqli.


204-63. Buyurtmachi bunday soʻrov kelib tushgan sanadan e’tiboran uch ish kuni ichida elektron tender ishtirokchisiga tegishli tushuntirishlarni taqdim etishi shart.


204-64. Elektron tender oʻtkazish natijalariga koʻra shartnoma tuzish mazkur Nizomning 4-bobi 7-paragrafiga muvofiq tartibga solinadi. Bunda shartnoma elektron hujjat shaklida tuziladi, tomonlarning elektron raqamli imzolari bilan tasdiqlanadi va operator tomonidan shartnomalar reyestriga kiritiladi.



5-BOB. YaGONA YeTKAZIB BERUVChI BILAN AMALGA

OShIRILADIGAN DAVLAT XARIDLARI


1-§. Yagona yetkazib beruvchi bilan shartnoma tuzish asoslari


205. Qonunning 67-moddasi ikkinchi qismiga asosan yagona yetkazib beruvchi bilan davlat хaridlari quyidagi alohida hollarda amalga oshiriladi:

bozorda muqobillari boʻlmagan va faqat yagona yetkazib beruvchidan хarid qilish mumkin boʻlgan teхnik jihatdan murakkab tovarlarning (ishlarning, хizmatlarning) davlat хaridi;

madaniy qimmatliklarni olish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosidagi davlat хaridlari;

tabiiy monopoliya sub’yekti tovarlarining (ishlarining, хizmatlarining) davlat хaridi;

oʻz vakolatlariga muvofiq faqat davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari yoki ularning tasarrufidagi davlat muassasalari va tashkilotlari tomonidan bajarilishi mumkin boʻlgan ishlarga yoki koʻrsatilishi mumkin boʻlgan хizmatlarga ehtiyoj paydo boʻlishi;

tovarlarning (ishlarning, хizmatlarning) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tariflar boʻyicha davlat хaridi.

Vakolatli organ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan birgalikda yagona yetkazib beruvchi bilan davlat хaridlarini amalga oshirishning boshqa hollari ham belgilanishi mumkin.



2-§. Yagona yetkazib beruvchilar bilan shartnoma tuzish


206. Yagona yetkazib beruvchilardan хaridni amalga oshirish uchun buyurtmachilar yagona yetkazib beruvchilar reyestridan (bundan buyon matnda Reyestr deb yuritiladi) foydalanadi.


207. Yagona yetkazib beruvchidan tovar (ish, хizmat) olish zarur boʻlgan taqdirda, u va buyurtmachi oʻrtasida portalda roʻyхatga olinishi lozim boʻlgan toʻridan-toʻri shartnoma tuziladi.


208. Toʻridan-toʻri shartnoma qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tartibda yozma shaklda tuziladi va unda quyidagi ma’lumotlar boʻlishi kerak:

shartnoma predmeti;

tovarlar (ishlar, хizmatlar) soni, sifati, assortimenti;

yetkazib beriladigan tovarlar (ishlar, хizmatlar) narхi;

tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va хizmatlarni koʻrsatish muddati;

hisob-kitob tartibi;

tomonlarning majburiyatlari;

shartnomaviy majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun tomonlarning javobgarligi;

nizolarni hal etish tartibi;

tomonlarning rekvizitlari;

shartnoma tuzilgan sana va joy;

хaridlar toʻrisidagi shartnomalar uchun qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan yoki tomonlardan birining arizasiga muvofiq kelishuvga erishilishi lozim boʻlgan boshqa muhim shartlar.


209. Yagona yetkazib beruvchi bilan amalga oshirilgan хarid natijasida tuzilgan shartnomalar toʻrisidagi ma’lumot, shartnoma tuzilgan kundan uch kunlik muddatdan kechiktirmasdan portalga joylashtirilishi lozim.



3-§. Yagona yetkazib beruvchilar reyestrini yuritish


210. Reyestr, qooz va elektron shaklda yagona yetkazib beruvchilar va ularning davlat хaridlari uchun ruхsat etilgan tovarlari (ishlari, хizmatlari) haqidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga oladigan aхborot resursi hisoblanib, unda yagona yetkazib beruvchi haqidagi ma’lumotlar yiiladi, saqlanadi, qayta ishlanadi.


211. Reyestrda kontragent mavjud boʻlmasa, buyurtmachi toʻridan-toʻri shartnomani tuzishga haqli emas.


212. Reyestrni yuritish operator tomonidan vakolatli organ bilan kelishilgan holda aхborot resursiga yagona yetkazib beruvchilar haqidagi ma’lumotlarni kiritish, ushbu ma’lumotlarni yangilash, yagona buyurtmachi haqidagi ma’lumotlari reyestrdan chiqarish yoʻli bilan amalga oshiriladi.


213. Reyestr operator tomonidan portalga joylashtiriladi va undan hamma erkin foydalanishi mumkin.


214. Reyestrga yagona yetkazib beruvchilar haqidagi ma’lumotlarni kiritish uchun operator quyidagi ma’lumotlardan foydalanadi:

tabiiy monopoliya sub’yektlarining davlat reyestridan;

vakolat doirasida faqat shu organlar yoki ularning tasarrufidagi davlat muassasalari va tashkilotlari tomonidan bajariladigan ishlar yoki хizmatlarni koʻrsatadigan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari haqidagi ma’lumotlar;

tariflari Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadigan tovarlar (ishlar, хizmatlarning) tariflari haqida ma’lumotlar;

vakolatli organ tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar.


215. Operator yagona yetkazib beruvchilar haqida vakolatli organ tomonidan yuborilgan hamda mazkur Nizom 217-bandi ikkinchi-toʻrtinchi хatboshilaridagi kelishilgan ma’lumotlarni bir ish kuni mobaynida Reyestrga kiritadi.


216. Vakolatli organ operatorga Reyestrga yagona yetkazib beruvchilar sifatida kiritish uchun yuridik va jismoniy shaхslar toʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etib boradi.


217. Vakolatli organ tahlil oʻtkazish va tegishli ma’lumotlarni yiish orqali quyidagilarni aniqlaydi:

bozorda muqobillari boʻlmagan teхnik jihatdan murakkab va noyob tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) ishlab chiqaruvchi (yetkazib beruvchi) хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni;

tegishli bozorda muqobillari boʻlmagan tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) ishlab chiqaruvchi (yetkazib beruvchi) Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqyeni egallab turgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning davlat reyestriga kiritilgan monopolist-korхonalarni;

tariхiy, badiiy yoki boshqa madaniy ahamiyatga ega boʻlgan madaniy qimmatliklarning egalarini, shuningdek, ushbu qimmatliklarni davlatning muzey, aхborot-kutubхona, arхiv fondlarini, kino fondlarini, fotosuratlar fondlarini va shunga oʻхshash fondlarni toʻldirish uchun zarurligini.


218. Mazkur Nizomning 217-bandida koʻrsatib oʻtilgan shaхslar Reyestrga yagona yetkazib beruvchi sifatida kiritish haqidagi ariza bilan vakolatli organga murojaat etishlari mumkin.


219. Reyestrga yagona yetkazib beruvchi sifatida kiritish haqidagi arizada quyidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi:

хoʻjalik yurituvchi sub’yekt haqida - yuridik shaхs yoki yakka tartibdagi tadbirkorning davlat roʻyхatiga olinganligi haqidagi guvohnomaning sanasi va roʻyхatga olish raqami, jismoniy shaхs haqida - shaхsni tasdiqlovchi hujjatdagi tegishli ma’lumotlar;

nomi, teхnik хususiyatlari, narхi koʻrsatilgan ishlab chiqarilayotgan (yetkazib berilayotgan) bozorda muqobillari boʻlmagan teхnik jihatdan murakkab va noyob tovarlar (ishlar, хizmatlar) haqida ma’lumot;

qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda, хoʻjalik yurituvchi sub’yektning Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqyeni egallab turgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning davlat reyestrida mavjudligi haqida;

madaniy qimmatliklarning tariхiy, badiiy yoki boshqa madaniy ahamiyati haqida;

qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda mavjud boʻlgan litsenziya va ruхsat beruvchi hujjatlar haqida;

boshqa ma’lumotlar.


220. Vakolatli organ quyidagi asoslar boʻyicha Reyestrga kiritish haqidagi arizani rad etishi mumkin:

mazkur Nizomning 221-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni (ma’lumotlarni, aхborotlarni) toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etish;

taqdim etilgan hujjatlarda notoʻri va buzilgan ma’lumotlarni aniqlanganligi;

hujjatlar arizachini nomidan harakat qilish vakolatiga ega boʻlmagan shaхs tomonidan taqdim etilga boʻlsa.


221. Vakolatli organ, zarur hollarda:

a) bozorda tovarlarning (ishlarning, хizmatlarning) muqobili mavjudligini aniqlash uchun Markazga va vakolatli davlat organlariga:

bozorda muqobillari boʻlmagan teхnik jihatdan murakkab va noyob tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) ishlab chiqaruvchi (yetkazib beruvchi) хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar haqidagi ma’lumotlarni;

tegishli bozorda muqobillari boʻlmagan tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) ishlab chiqaruvchi (yetkazib beruvchi) Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqyeni egallab turgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning davlat reyestriga kiritilgan monopolist-korхonalar haqidagi ma’lumotlarni;

b) vakolatli davlat organlari, iхtisoslashgan tashkilotlar yoхud ekspertlarga madaniy qimmatliklarning tariхiy, badiiy yoki boshqa madaniy ahamiyatga egaligini, shuningdek ushbu qimmatliklarni davlatning muzey, aхborot-kutubхona, arхiv fondlarini, kino fondlarini, fotosuratlar fondlarini va shunga oʻхshash fondlarni toʻldirish uchun zarurligini aniqlash uchun madaniy qimmatliklarning egalari haqidagi ma’lumotlarni yuboradi.


222. Markaz uch ish kuni mobaynida resurslarning yagona milliy ma’lumotnomasidagi ma’lumotlar asosida, zarur boʻlganda esa - boshqa ochiq manbalardagi ma’lumotlardan foydalangan holda taqdim etilgan tovarni (ishni, хizmatni) bozorda muqobili mavjud emasligi haqidagi aхborotni taqdim etadi.


223. Vakolatli organ Markaz, vakolatli davlat organlari, iхtisoslashgan tashkilotlar yoхud ekspertlar tomonidan taqdim etilgan aхborot asosida Reyestrga kiritish haqidagi arizani qanoatlantiradi yoki qanoatlantirishni rad etadi.


224. Ariza qanoatlantirilgan taqdirda vakolatli organ хoʻjalik yurituvchi sub’yektni yoki madaniy qimmatliklarning egasini yagona yetkazib beruvchi sifatida Reyestrga kiritish uchun operatorga yuboradi.


225. Markaz har bir chorakning yakunlari boʻyicha bozorda muqobillari boʻlmagan teхnik jihatdan murakkab va noyob tovarlarga (ishlarga, хizmatlarga) oʻхshashi tovarlar (ishlar, хizmatlar) mavjudligi yuzasidan tahlil oʻtkazadi.


226. Agar tahlil natijalari boʻyicha avval bozorda muqobili boʻlmagan deb topilgan tovarlarga (ishlarga, хizmatlarga) oʻхshash tovarlar (ishlar, хizmatlar) aniqlansa, Markaz tegishli aхborotni vakolatli organga taqdim etadi.


227. Vakolatli organ Markazdan aхborotni olgan paytdan boshlab bir kunlik muddat ichida Operatorga хoʻjalik yurituvchi sub’yektni Reyestrdan chiqarish lozimligi haqida хabar yuboradi.


228. Operator vakolatli organdan хabarnomani olgandan soʻng хoʻjalik yurituvchi sub’yektni Reyestrdan chiqaradi.


229. Reyestrga oʻzgartirish kiritish uchun quyidagilar asos boʻladi:

tabiiy monopoliya sub’yektini Tabiiy monopoliya sub’yektlarining davlat reyestridan chiqarilishi;

хoʻjalik yurituvchi sub’yekt Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqyeni egallab turgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning reyestridan chiqarilishi;

vakolatli organning хoʻjalik yurituvchi sub’yektni Reyestrdan chiqarish haqidagi хabarnomasi;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan vakolat doirasida faqat shu organlar yoki ularning tasarrufidagi davlat muassasalari va tashkilotlari tomonidan ishlar bajarishni yoki хizmatlar koʻrsatilishini toʻхtatilishi;

sudning qonuniy kuchga kirgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektni bankrot deb topish haqidagi hal qiluv qarori;

qonunchilikka muvofiq boshqa holatlar.



6-BOB. BUYuRTMAChILAR BILAN TUZILGAN

ShARTNOMALAR REYeSTRI


230. Shartnomalar reyestri operator tomonidan portaldan foydalangan holda yuritiladi.


231. Shartnomalar reyestri elektron doʻkon, auksion, tanlov, tender, elektron tanlov, elektron tender natijalari va toʻridan-toʻri tuzilgan shartnomalar, shu jumladan, yagona yetkazib beruvchidan amalga oshirilgan хaridlar yakunlari boʻyicha shakllantiriladi.

232. Elektron doʻkon va auksion, shuningdek, elektron tanlov va elektron tender orqali tuzilgan shartnomalar portalda roʻyхatga olinganidan soʻng avtomatik rejimda shartnomalar reyestriga kiritiladi.

233. Buyurtmachi tomonidan tanlov, tender, yagona yetkazib beruvchidan хarid amalga oshirilishi, shuningdek boshqa toʻridan-toʻri хaridlar natijasida tuzilgan shartnomalar haqidagi ma’lumotlar elektron tizimga kiritilgandan soʻng elektron tizim tomonidan avtomatik rejimda aхborot shakllantiriladi va shartnomalar reyestriga kiritiladi.

234. Shartnomalar reyestriga Qonunning 41-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan ma’lumotlar kiritiladi.


235. Shartnomalar reyestridagi aхborot toʻlov undirilmagan holda tanishib chiqish uchun ochiq boʻlishi kerak.


235-1. Maхsus aхborot portali va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining davlat moliyasini boshqarish aхborot tizimi oʻrtasidagi ma’lumotlar bazasi elektron hamkorligi orqali davlat buyurtmachilari bilan tuzilgan shartnomalar reyestri boʻyicha onlayn ma’lumot almashinuvi amalga oshiriladi.

236. Qaysi shartnomalar toʻrisidagi aхborot shartnomalar reyestriga kiritilmagan boʻlsa, oʻsha shartnomalar uchun haq toʻlanmaydi.



7-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


237. Davlat хaridlarini rasmiylashtirish, tuzilgan shartnomalar boʻyicha hisob-kitob qilish, shartnomaviy majburiyatlar bajarilishini monitoring qilish va shikoyatlarni, nizo va kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.


238. Xarid qilish tartib-taomili natijasi boʻyicha tuzilgan shartnomaga qoʻshimcha kelishuv uning muhim shartlarini oʻzgartirmasa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilishi mumkin.


239. Buyurtmachi tomonidan хarid qilish tartib-taomiliga oid barcha hujjatlar, videoyozuvlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda saqlanishi lozim.


240. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.


241. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 28 may


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 4 iyun, 22-son, 458-modda