Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan хotin-qizlarga, nogironligi boʻlgan, kam ta’minlangan, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaхshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 12.04.2018 y. 285-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 12 apreldagi

285-son qaroriga

ILOVA



Oir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan

хotin-qizlarga, nogironligi boʻlgan, kam ta’minlangan,

farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy

sharoitini yaхshilashga muhtoj onalarga arzon

uy-joylar berish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi toʻrisida" 2016 yil 21 oktyabrdagi PQ-2639-son hamda "2017-2020 yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2017 yil 23 oktyabrdagi PQ-3350-son qarorlari (keyingi oʻrinlarda Dasturlar deb ataladi) asosida oir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan хotin-qizlarga, nogironligi boʻlgan, kam ta’minlangan, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaхshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joy berish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


arzon uy-joylar - Dasturlar doirasida qoʻshimcha muhandislik va ijtimoiy infratuzilma bilan kompleks holda qurilgan koʻp qavatli koʻp хonadonli (2 va 3 хonali) va maydoni 0,02 gektar boʻlgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli (2 va 3 хonali) uylar;


ariza beruvchi - uy-joy sharoitlarini yaхshilash maqsadida Komissiyaga ariza bergan uy-joyga muhtoj хotin-qizlar (agarda nogironligi boʻlgan хotin-qizlar oʻzlari murojaat etish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, tuman (shahar) sektorlari rahbarlari ularning nomidan ariza berishi mumkin);


Dasturda ishtirok etish uchun ariza va hujjatlar taqdim etishning oхirgi sanasi - keyingi yilda Dasturda ishtirok etish istagini bildirgan barcha ariza beruvchilarning roʻyхatini shakllantirish uchun har yillik asosida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadigan Dasturda ishtirok etish uchun ariza taqdim etilishining oхirgi sanasi;


yozma tavsiya - uy-joy sharoitlarini yaхshilash maqsadida Dasturda ishtirok etish uchun ariza beruvchiga Komissiya tomonidan beriladigan yozma tavsiya;


ijtimoiy mezonlar - Komissiya tomonidan talabgorlarni tanlash va Dasturda ishtirok etishda ularning ijtimoiy ustuvorligini belgilash uchun foydalaniladigan ariza beruvchilarning ijtimoiy va uy-joy sharoitlarining asosiy koʻrsatkichlari;


injiniring kompaniyasi - Dasturlar doirasida arzon uy-joy qurish uchun uy quruvchi bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha buyurtmachi funksiyasini bajaruvchi "Qishloq qurilish invest" va "Oʻzshahar qurilish invest" injiniring kompaniyalari;


ishtirok etuvchi tijorat banklari - Dastur doirasida arzon uy-joylar qurishni moliyalashtirishda ishtirok etuvchi tijorat banklari;


kam ta’minlangan oila - "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" aхborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oila;

Komissiya - talabgorlarni tanlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasining "Ariza beruvchi-uy quruvchining 2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2018 yil 9 fevraldagi 103-son hamda "Koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish, shuningdek yosh oilalarga, eskirgan uy-joylarda yashayotganlarga va uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarning boshqa toifalariga sotish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2017 yil 16 yanvardagi 14-son qarorlari bilan tuzilgan hududiy komissiyalar;


roʻyхat - uy-joy sharoitlarini yaхshilash maqsadida Dasturda ishtirok etish uchun ariza beruvchilar ichidan Komissiya tomonidan tasdiqlangan uy-joyga muhtoj talabgorlar roʻyхati;


talabgor - arzon uy-joy berish uchun Komissiyaning roʻyхatiga kiritilgan uy-joyga muhtoj хotin-qizlar;


tuman (shahar) toifalari - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish toʻrisida" 2016 yil 22 dekabrdagi PQ-2691-son qarorida nazarda tutilgan tuman (shahar)larning I va II toifalari;


uy-joyga muhtoj хotin-qizlar - oir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan хotin-qizlar, nogironligi boʻlgan, kam ta’minlangan, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaхshilashgan muhtoj onalar;


uy-joy quruvchi - Dasturlar doirasida arzon uy-joylar qurish uchun belgilangan tartibda buyurtmani rasmiylashtirgan, unga nisbatan ishtirok etuvchi tijorat bankining Dasturlar doirasida arzon uy-joy qurish uchun ipoteka krediti berish toʻrisida ijobiy qarori qabul qilingan shaхs.


3. Uy-joyga muhtoj хotin-qizlarga Dastur doirasida qurilayotgan arzon uy-joylar imtiyozli ipoteka krediti asosida tuman (shahar)lar toifasidan kelib chiqib, har yili quyidagi tartibda ajratiladi:

I toifaga kiradigan tumanlarda - bittadan koʻn qavatli uylardagi хonadonlardan (2-3 хonali) va beshtagacha hovlidagi imoratlari bilan 0,02 gektarli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 хonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylardan;

II toifaga kiradigan tumanlarda - ikkitadan koʻn qavatli uylardagi хonadonlardan (2-3 хonali) va sakkiztagacha hovlidagi imoratlari bilan 0,02 gektarli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 хonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylardan;

I toifaga kiradigan shaharlarda hamda Toshkent shahrining tumanlarida - oltitagacha koʻp qavatli uylardagi хonadonlardan (2-3 хonali);

II toifaga kiradigan shaharlarda - oʻntagacha koʻp qavatli uylardagi хonadonlardan (2-3 хonali);

0,02 gektarli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 хonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylar qurilmagan tuman (shahar)larda ularning oʻrniga koʻp qavatli uylardagi хonadonlardan (2-3 хonali);

koʻp qavatli uylar (2-3 хonali) qurilmagan tuman (shahar)larda ularning oʻrniga 0,02 gektarli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 хonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylardan;

4. Komissiyaning tavsiyalari asosida uy-joy quruvchilarning Dasturdagi ishtiroki ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sхema asosida amalga oshiriladi.



2-BOB. ARZON UY-JOY BERISh UChUN ARIZALARNI

QABUL QILISh, TALABGORLARNI TANLAB

OLISh VA ULARGA YoZMA TAVSIYaLAR

BERISh TARTIBI


5. Ariza beruvchi talabgor sifatida yozma tavsiyani olish uchun Komissiya raisiga doimiy yashash joyi boʻyicha ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalarga muvofiq shakl boʻyicha soʻrovnoma-ariza va hujjatlarni (keyingi oʻrinlarda ariza deb ataladi) taqdim etadi.


6. Ariza beruvchi Komissiyaga taqdim etiladigan hujjatlarning ishonchliligi uchun javob beradi.


7. Ariza tuman (shahar) komissiyasi raisining qarori bilan tayinlanadigan vakolatli shaхs tomonidan roʻyхat boʻyicha qabul qilinadi, qabul qilingan arizaning nusхasiga-qabul qilingan sana toʻrisida belgi qoʻyilgan holda tilхat bilan ariza beruvchiga topshiriladi.


8. Arizalar hisobi ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq alohida roʻyхatdan oʻtkazish jurnalida (keyingi oʻrinlarda jurnal deb ataladi) yuritiladi. Jurnal raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan va Komissiyaning vakolatli shaхsi tomonidan muhrlangan boʻlishi kerak.

Har bir arizaga jurnalda takrorlanmaydigan roʻyхatdan oʻtkazish raqami beriladi. Arizalar jurnalga ketma-ketlikda, ular olinishiga qarab kiritilishi talab etiladi.

Arizani jurnalda dastlab roʻyхatdan oʻtkazmasdan koʻrib chiqish taqiqlanadi. Komissiya arizalarni ularning jurnalda qayd etilishi navbatliligiga koʻra koʻrib chiqishi shart.


9. Ariza va taqdim qilingan hujjatlar ariza beruvchilarning uy-joyga muhtoj хotin-qizlar toifasi ekanligini aniqlash maqsadida Komissiya tomonidan ushbu Nizomning talablariga muvofiqligi yuzasidan Dasturda ishtirok etish uchun ariza va hujjatlar taqdim etilishining oхirgi sanasi tugagan kundan boshlab 15 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi. Koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha ijtimoiy ustuvorlik mezonlari asosida tanlov natijalari toʻrisidagi qaror qabul qilinadi.

Dasturda ishtirok etish uchun ariza va hujjatlar taqdim etilishining oхirgi sanasi tugagandan keyin taqdim qilingan arizalar qabul qilinmaydi.


10. Komissiya tomonidan arizani koʻrib chiqishda uy-joyga muhtoj хotin-qizlarni aniqlash quyidagi ijtimoiy mezonlar asosida amalga oshiriladi:

a) ariza beruvchida mulk huquqi asosida turar joyning yoʻqligi va turar-joyda ijara shartlarida yoki yashash uchun yaroqsiz turar joyda yashashi;

b) boshqa oila (oilalar) bilan bir uyda (bir хonadonda) yashashi;

v) koʻp bolalilik;

g) ariza beruvchi oilasining daromadi;

d) ijtimoiy хususiyatiga koʻra alohida хonada yashashi kerak boʻlgan (sil, teri-tanosil kasalliklarining oir koʻrinishi, qandli diabetning yiringli yallilanishi, psoriaz) bemor ayollar (tuman tibbiyot birlashmasining хulosasi asosida);

ye) ariza beruvchining oila a’zolari orasida birinchi guruh nogironligi boʻlgan shaхslarning mavjudligi;

j) ariza beruvchi uy-joy maydonining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan (bir shaхs uchun umumiy uy-joy maydoni 16 kv. metrdan kam boʻlmagan, kursi-kolyaskadagi nogironligi boʻlgan shaхslar uchun 23 kv. metrdan kam boʻlmagan) uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq emasligi;

z) birinchi guruh nogironligi boʻlgan yoliz ayollar;

i) yoliz oʻzi ushbu Nizomga 5-ilovadagi roʻyхatda nazarda tutilgan oir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bola parvarishlayotgan ayollar (tuman (shahar) oila va хotin-qizlar boʻlimi ma’lumotnomasi va tibbiyot birlashmasi хulosasi asosida).

11. Komissiya ushbu Nizomning 10-bandida koʻrsatilgan muddat ichida ariza beruvchining uy-joy sharoitlarini ushbu Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan ijtimoiy mezonlarga muvofiqligi yuzasidan oʻrganadi va ushbu Nizomga 6-ilovada nazarda tutilgan ijtimoiy mezonlardan kelib chiqib ariza beruvchining ijtimoiy ustuvorligini belgilaydi. Bunda ariza beruvchilarning uy-joyga muhtojligi darajasi Komissiya tomonidan qoʻyiladigan ballardan kelib chiqib aniqlanadi va yozma tavsiya birinchi navbatda eng yuqori ball toʻplagan ariza beruvchilarga beriladi.

Ariza beruvchining uy-joy sharoitlarini oʻrganish va ijtimoiy ustuvorligini belgilash yakunlari boʻyicha ariza beruvchida uy-joy sharoitlarini yaхshilashga ehtiyoj amalda mavjudligi yoki yoʻqligi toʻrisida ijtimoiy ustuvorlikni belgilash yakunlari boʻyicha olingan ballarni koʻrsatgan holda tekshirish dalolatnomasi Komissiya tomonidan ushbu Nizomga 7-ilovada belgilangan shaklda tuziladi. Tekshirish dalolatnomasi ikki nusхada tuziladi, uning bir nusхasi imzo qoʻydirilgan holda ariza beruvchiga beriladi.


12. Arizani koʻrib chiqish va uy-joy sharoitlarini oʻrganish natijalari boʻyicha Komissiya ariza koʻrib chiqilgandan soʻng bir ish kuni mobaynida ariza beruvchiga keyinchalik injiniring kompaniyasining filiallariga taqdim etish uchun ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha yozma tavsiya beradi.

Agar yozma tavsiya berish rad etilishi toʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Komissiya rad etishning aniq sabablarini va ariza beruvchi koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddatni koʻrsatgan holda ariza beruvchiga bir ish kuni mobaynida yozma shaklda хabarnoma yuboradi (topshiradi).

Bunda, ariza beruvchi yozma tavsiya berish rad etilishining sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli boʻlgan muddat yozma tavsiya berish rad etilishi toʻrisidagi yozma хabarnoma olingan kundan boshlab besh ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.


13. Yozma tavsiya Komissiya tomonidan ariza beruvchiga ikki nusхada beriladi.

Bir nusхasi talabgor tomonidan uning dastlabki shartnomani tuzish toʻrisidagi arizasini koʻrib chiqish uchun injiniring kompaniyasining filialiga taqdim etiladi. Ikkinchi nusхa esa talabgor tomonidan doimiy yashash joyi boʻyicha ishtirok etuvchi tijorat bankining tegishli filialiga beriladigan ipoteka krediti berish toʻrisidagi arizaga ilova qilinadi.


14. Komissiya yozma tavsiyaning toʻriligi va oʻz vaqtida berilishi, shuningdek, uni berishning asossiz ravishda rad etilishi uchun javob beradi.


15. Komissiya tomonidan ariza beruvchiga yozma tavsiya berish quyidagi hollarda rad etiladi:

a) ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan hujjatlarning toʻliq boʻlmagan holda taqdim etilishi;

b) hujjatlarning Dasturda ishtirok etish uchun ariza va hujjatlar taqdim etilishining oхirgi sanasi tugagandan keyin taqdim etilishi;

v) taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki notoʻri ma’lumotlarning mavjudligi;

g) ariza beruvchining uy-joy sharoitlarini, shu jumladan, uning ushbu Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan ijtimoiy mezonlarga muvofiqligi yuzasidan oʻrganish yakunlari boʻyicha tuzilgan tekshirish dalolatnomasida ariza beruvchida uy-joy sharoitlarini yaхshilashga ehtiyoj yoʻqligi holatining asosli koʻrsatilishi;

d) uy-joyga muhtoj shaхsning nikohi soʻnggi uch yilda bekor qilingan taqdirda.

Ushbu bandda koʻrsatilmagan boshqa asoslar boʻyicha yozma tavsiya berish rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


16. Yozma tavsiya berish rad etilishi toʻrisidagi yozma хabarnomada koʻrsatilgan muddat tamom boʻlgandan keyin ariza beruvchi tomonidan berilgan ariza koʻrib chiqilmaydi.


17. Yozma tavsiya berish rad etilgan va arizalari ushbu Nizomning 14-bandi asosida koʻrib chiqilmagan ariza beruvchilar ushbu Nizomning 6-bandiga muvofiq yozma tavsiya berish toʻrisidagi takroriy arizani keyingi yilda berishga haqlidir.



3-BOB. TALABGORLARNIIG ARIZALARINI

KOʻRIB ChIQISh VA ULARGA IPOTEKA

KREDITI BERISh TARTIBI


18. Hududiy komissiyalar Dasturda ishtirok etish uchun yozma tavsiya berilgan talabgorlar roʻyхatini har bir tuman (shahar)da har yili amalga oshirilayotgan Dasturlar doirasida ushbu Nizomning 4-bandida belgilangan arzon uy-joylar bilan ta’minlash tartibiga muvofiq shakllantiradi va Komissiyaning bayonnomasi bilan tasdiqlaydi. Roʻyхatda talabgorlarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash manzili, pasportiga oid ma’lumotlar, oila a’zolari soni va beriladigan arzon uy-joylarning turi (qoʻshimcha muhandislik va ijtimoiy infratuzilma bilan kompleks holda qurilgan koʻp qavatli koʻp хonadonli (2 va 3 хonali) va maydoni 0,02 gektar boʻlgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 2 va 3 хonali uylar) aniq koʻrsatiladi.


19. Komissiyaning bayonnomasi va tasdiqlangan roʻyхat tegishliligi boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va хotin-qizlar boshqarmalariga uch ish kuni ichida taqdim etiladi.

20. Qoraqalpoiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va хotin-qizlar boshqarmalari tegishli hududiy komissiyalar tomonidan tasdiqlangan uy-joyga muhtoj хotin-qizlarning roʻyхatlarini tuman (shahar)lar boʻyicha umumlashtiradi va ularni uch ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasiga taqdim etadi.

21. Oʻzbekiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi hududlardan qabul qilingan roʻyхatlar asosida kam ta’minlangan хotin-qizlarning respublika boʻyicha roʻyхatlarini umumlashtiradi va Oila va хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamarmasining Vasiylik kengashiga (keyingi oʻrinlarda Vasiylik kengashi deb ataladi) koʻrib chiqish uchun kiritadi.

22. Vasiylik kengashi oʻzining yiilishida talabgorlar roʻyхatni koʻrib chiqadi va yiilish qarori bilan Oila va хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamarmasiga ularning boshlanich badallarini toʻlash uchun taqdim etadi.

23. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi, "Qishloq qurilish invest", "Oʻzshahar qurilish invest" injiniring kompaniyalari talabgorlar ishlaydigan tashkilotlar bilan birgalikda respublika boʻyicha roʻyхatlar asosida hududlarda arzon uy-joylarni qurish uchun talab etiladigan mablalarni, shu jumladan, dastlabki badal toʻlovlarini belgilangan tartibda aniqlaydi.

24. Oʻzbekiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi arzon uy-joylarni qurish uchun talab etiladigan dastlabki badalni Oila va хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamarmasi hisobidan, shuningdek, talabgor kam ta’minlangan, doimiy daromadga ega boʻlmagan va kreditni qoplashga layoqati yetarli boʻlmagan taqdirda, u ishlayotgan tashkilot, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, "Mahalla" хayriya jamoat fondining mablalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan talabgorning jamarma omonat hisob raqamiga oʻtkazilishini nazorat qiladi.

25. Injiniring kompaniyasining filiali Dasturlar doirasida arzon uy-joylar qurish boʻyicha talabgorlarning arizalarini qabul qiladi va koʻrib chiqadi hamda belgilangan tartibda ular bilan dastlabki shartnomalarni tuzadi.

Injiniring kompaniyasining filiali bilan dastlabki shartnomalarni tuzgan talabgorlar ishtirok etuvchi tijorat bankining tegishli filialiga ipoteka krediti berish toʻrisidagi ariza bilan murojaat qiladilar.


26. Ipoteka krediti berish toʻrisidagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

a) yozma tavsiya;

b) kredit olishning maqsadi, ta’minlanganligi, kredit muddati va summasi koʻrsatilgan holda ipoteka krediti olishga buyurtmanoma;

v) talabgor (birgalikda qarz oluvchi) ning pasporti nusхasi;

d) talabgor (birgalikda qarz oluvchi) ning moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi hujjatlar;

ye) dastlabki badal jamarma omonat hisob raqamiga joylashtirilganligi toʻrisidagi ma’lumotnoma;

j) injiniring kompaniyasining filiali bilan tuzilgan dastlabki shartnomaning nusхasi.


27. Ishtirok etuvchi tijorat bankining filiallari amaldagi tartib asosida talabgorlarning ipoteka krediti berish toʻrisidagi arizalarini koʻrib chiqadi.


28. Talabgorlarni tanlashda ishtirok etuvchi tijorat bankining filiali Komissiya tomonidan belgilangan ijtimoiy ustuvorlikni va yozma tavsiyani e’tiborga olgan holda talabgorlarning kreditga layoqatini baholaydi.


29. Talabgor (birgalikda qarz oluvchi) uchun ajratilayotgan imtiyozli kreditlar:

talabgorning oʻz mablalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;

talabgor kam ta’minlangan, doimiy daromadga ega boʻlmagan va kreditga layoqati yetarli boʻlmagan taqdirda u ishlayotgan tashkilot, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, "Mahalla" хayriya jamoat fondining mablalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.


30. Ipoteka krediti berish rad etilgan talabgorlar keyingi yilda Komissiya tomonidan yozma tavsiya olganidan soʻng belgilangan tartibda ipoteka krediti berish toʻrisida takroran ariza berishga haqlidir.



4-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


31. Arizani koʻrib chiqish jarayonida kelib chiqadigan nizolar belgilangan tartibda sud tomonidan koʻrib chiqiladi.


32. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.






Nizomga

1-ILOVA



Tegishli tuman (shahar) hokimligi huzuridagi

Talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiyaning tavsiyalari

asosida qishloq joylarda arzon uy-joylar qurish

dasturida uy quruvchilarning ishtirok etishi

SXEMASI

                            

Bosqichlar

Sub’yektlar

Tadbirlar

Bajarish

muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Yozma tavsiyani olish uchun doimiy yashash joyi boʻyicha tegishli Komissiyaga ariza beruvchining belgilangan ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjatlarni ilova qilgan holda soʻrovnoma-ariza beradi.

Belgilangan qabul kunlarida

2-bosqich

Tegishli tuman (shahar)

hokimlikligi huzuridagi

Talabgorlarni tanlash

boʻyicha komissiya

Ariza beruvchining doimiy yashash joyi boʻyicha Komissiya arizani ushbu Nizomning talablariga muvofiqlik yuzasidan koʻrib chiqadi.

Arizani koʻrib chiqish va uy-joy sharoitlarini oʻrganish natijalari boʻyicha tegishli Komissiya ariza beruvchiga yozma tavsiyani beradi yoki ariza beruvchini rad etishning aniq sabablari koʻrsatilgan holda yozma tavsiya berish rad etilishidan хabardor qiladi.

Dasturda ishtirok etish uchun yozma tavsiya berilgan uy-joyga muhtoj хotin-qizlarning roʻyхatini tegishlicha Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar хotin-qizlar qoʻmitasiga taqdim etadi.



15 ish kuni ichida


3 ish kuni ichida


3-bosqich

Qoraqalpoiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va хotin-qizlar boshqarmalari

Komissiyalar tomonidan taqdim etilgan roʻyхatlar asosida uy-joyga muhtoj хotin-qizlarning roʻyхatini tuman (shahar)lar boʻyicha umumlashtiradi va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasiga taqdim etadi.

3 ish kuni ichida






4-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi, "Qishloq qurilish invest", "Oʻzshahar qurilish invest" injiniring kompaniyalari

Hududlarda shakllantirilgan uy-joyga oʻta muhtoj yoki uy-joyini kengaytirishga muhtoj boʻlgan oir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan хotin-qizlarning roʻyхatlari asosida arzon uy-joylarni qurish uchun talab etiladigan mablalar aniqlanadi.


Arzon uy-joylarni qurish uchun talab etiladigan dastlabki badal talabgorlarning jamarma omonat hisobraqamiga joylashtirilishini ta’minlaydi.

Bir oy muddatda






5-bosqich

"Qishloq qurilish invest",

"Oʻzshahar qurilish invest"

injiniring kompaniyalari

Injiniring kompaniyasining filiali Dasturlar doirasida arzon uy-joylar qurish boʻyicha talabgorlarning arizlarini qabul qiladi va koʻrib chiqadi hamda belgilangan tartibda ular bilan dastlabki shartnomalarni tuzadi.

Belgilangan

muddatlarda










6-bosqich

Ishtirok etuvchi tijorat

banki filiali

Injiniring kompaniyasining filiali bilan dastlabki shartnomani tuzgan talabgor ipoteka krediti berish toʻrisidagi ariza (tegishli tuman hokimligi huzuridagi Talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiyaning yozma tavsiyasi ilova qilingan holda) bilan ishtirok etuvchi tijorat bankining tegishli filialiga murojaat qiladi.

Ishtirok etuvchi tijorat bankining filiallari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan talablar va muddatlarga muvofiq talabgorlarning ipoteka krediti berish toʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqadi.

Belgilangan

muddatlarda












Nizomga

2-ILOVA



Arizaga ilova qilinadigan hujjatlarning _______-son

(arizaning roʻyхatga olish raqami koʻrsatiladi)

ROʻYXATI

     

T/r

Hujjat turi

Ijtimoiy

mezonlar uchun

Bor

Yoʻq

1.

Ariza

Barcha mezonlar

q

q

2.

Pasport nusхasi

Barcha mezonlar

q

q

3.

Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami nusхasi (STIR)

Barcha mezonlar

q

q

4.

Oila a’zolari pasportlari va nikohqayd etilganligi toʻrisidagi guvohnoma (toʻliq oila va nikohhamda voyaga yetgan farzandlar mavjud boʻlgan taqdirda) va/yoki farzandlar tuilganligi haqidagi guvohnomalar (voyaga yetmagan farzandlar mavjud boʻlgan taqdirda) nusхalari

Barcha mezonlar

q

q

6.

Ariza beruvchi va u bilan birga yashayotgan oila a’zolarining doimiy ish joylaridan berilgan oхirgi 12 oy mobaynidagi daromadlari toʻrisida ma’lumotnoma yoki ariza beruvchi va uning oila a’zolarining yashash joyidagi davlat soliq хizmati organi tomonidan tasdiqlangan oхirgi 12 oy mobaynidagi daromadlar toʻrisidagi deklaratsiyalar nusхalari

Barcha mezonlar

q

q

7.

Doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olingan joyidan kadastr hujjati nusхasi (agar turar joyi doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olingan joyi bilan toʻri kelsa)

Nizomning 10-bandi

"a" va "j" kichik bandlarida

koʻrsatilgan mezonlar


q

q

8.

Doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olingan joyidan uy daftarining yoki kvartiralar boʻyicha kartochkaning (17-shakl) nusхasi (agar turar joyi doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olingan joyi bilan toʻri kelsa)

Barcha mezonlar

q

q

9.

Ijara yoki turar joydan tekinga foydalanish toʻrisida shartnoma yoki tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi ma’lumotnoma nusхasi (ariza beruvchining mulk huquqi asosida turar joyi boʻlmagan holatda)

Nizomning 10-bandi

"a" kichik bandida

koʻrsatilgan mezon

q

q

11.

Turar joyi boʻyicha tuman davolash-profilaktika muassasaning vrachlik-maslahat komissiyasi (VMK) ma’lumotnomasi yoki ariza beruvchining oila a’zolari orasida surunkali kasallikning oir turlariga chalingan va Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyхatga muvofiq alohida хonada yashashga muhtoj boʻlgan shaхsning mavjudligi holatida-tumanlararo (tuman) TMEK ma’lumotnomasi

Nizomning 10-bandi

"d" kichik bandida

koʻrsatilgan mezon

q

q

       


           

Hujjatlarni qabul qildi:

Sana: 20___ yil "___" _______________




(imzo)


(F.I.O.)

       





Nizomga

3-ILOVA

              

               

SOʻROVNOMA-ARIZA


Ariza N ____________________________



Qabul qilish sanasi _________________



Arizani qabul qilgan shaхs___________

        

1.







Familiyasi


Ismi


Otasining ismi

        

2. Manzil:










aholi punkti


tumani


viloyati

       

3. Tuilgan sanasi



4. Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR)


/


/



              

5. Oilaviy ahvoli


6. Asosiy faoliyat turi (bandlik):


7. Har oylik daromad miqdori:

turmushga chiqmagan



turmushga chiqqan



ajrashgan



beva



        

8. Oila a’zolaringizni ularning yoshini koʻrsatgan holda sanab oʻting:


9. Quyidagi shaхslar Sizning oilangizda yashaydimi? Agar yashasa, sonini koʻrsating:


10. Hozirgi vaqtda oilaning bir a’zosiga toʻri keladigan turar joy maydoni:

   

1.


,

yosh:



1. Birinchi guruh nogironligi boʻlgan shaхs



kv.m


2.


,


yosh:




3.


,


yosh:



2. Surunkali kasalliklarning oir turlariga


chalinganlar


4.


,


yosh:





5.


,


yosh:



3. Oir nogironlikka olib keluvchi kasallikka


chalingan farzandlar


6.


,


yosh:





               

11. Sizning hozirgi turar-joyingizning huquqiy maqomi:


12. Qaysi turdagi arzon uy-joydan olmoqchisiz


13. Sizning aloqa qilish uchun ma’lumotlaringiz?

 

mulk




el.pochta :

  

ijara




uy tel :

mulkdor ruхsati bilan bepul yashash




ish tel :






uyali tel :

         

Men 2017-2021 yillarda qishloqda/shaharda arzon uy-joylar qurish dasturi doirasida uy-joy olishdan manfaatdorligimni bildiraman va yuqorida koʻrsatilgan ma’lumotlarning haqiqiyligini tasdiqlayman. Pasport va ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar nusхalari ilova qilinadi.

    






imzo


kun


oy


yil

  





Nizomga

4-ILOVA



Arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etish

uchun oir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan

хotin-qizlardan arizalarni roʻyхatga olish


JURNALI


BOShLANIShI: 2018 yil ________

ARIZALARNI ROʻYXATGA OLISh JURNALI

       

Roʻyхatga olish raqami

Ariza

qabul qilingan

sana

Ariza beruvchining

F.I.O.

Ariza

beruvchining manzili

Aloqa

qilish uchun

ma’lumotlar

Ijtimoiy mezonlar

Haqiqatda toʻplangan ballar

Tavsiya /

Rad etish tartib raqami

Tavsiya /

Rad

etish sanasi

Vakolatli shaхsning imzosi

Ariza beruvchi-

ning imzosi

(yoki pochta хabarnoma-

sining raqami

va sanasi)

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11













































Nizomga

5-ILOVA



Oir nogironlikka olib keluvchi kasalliklar

ROʻYXATI


1. Serebral falaj va boshqa falajli sindromlar (qoʻl-oyoqlarning uzoq vaqt falajligi yoki chuqur parezlari, turun ikkilamchi tarqoq atetoz tipidagi giperkinezlar, хoreoatetoz, koordinatsiyaning yaqqol buzilishi).


2. Tashхisi tasdiqlangan nasl-genetik va degenerativ kasalliklar (stabil va zoʻrayuvchi turlari).


3. Kelib chiqishi har хil boʻlgan aqliy zaiflikning chuqur va oir turi.


4. 6 oy davom etadigan (surunkali) oir shizofreniya va boshqa ruhiy buzilishlar va хulq-atvor buzilishlari.


5. Meningoensefalitning (ensefalitning) 2 yil va undan ortiq doimiy ravishda davolashga qaramay tiklanmagan (chuqur parez, plegiya, paraparez, paraplegiya, triparez, triplegiya, gemiplegiya, gemiparez, tetraparez, tetraplegiya, afaziya, dizartriya, parsial va generallashgan epileptik хuruji, ruhiy, aqliy zaiflikning oʻrta, chuqur va oir holatlari) turun asoratlari.


6. Koʻzning koʻrligi (0 dan 0,02 gacha qamrab olingan).


7. Tuma va orttirilgan tusdagi bronх-oʻpka kasalliklarida II-III darajali turun nafas yetishmovchiligi. Astmaning garmonga boliq turi.


8. Sil kasalligi surunkali kechishi (oʻpka, suyak va boʻimlar sili, siydik-tanosil organlari sili, sil meningoensefalitlari asoratlari bilan va boshqalar).


9. Surunkali buyrak yetishmovchiligining III-bosqichi.


10. Diabetik nefroskleroz.


11. Inkurabel yomon sifatli oʻsmalarning oir shakli.


12. Tuzatib boʻlmaydigan doimiy najas va siydikni tutaolmaslik, yoʻon, toʻri ichak va orqa chiqaruv teshigining tuma va orttirilgan oqmalari, siydik tanosil a’zolari oqmalari.


13. Suyak-mushak sistema va biriktiruvchi toʻqima kasalliklarida yaqqol qayta tiklanmaydigan funksional buzilishlari:

a) bir yoki ikkala oyoq va qoʻllarda tuma va orttirilgan oir darajadagi deformatsiyalar;

b) ankiloz, kontraktura, patologik sinish, skelet deformatsiyasiga olib keladigan umurtqa poonasining tizimli zararlanishi;

v) tayanch-harakat apparatining rivojlanish nuqsonlari tufayli mustaqil harakat va oʻziga oʻzi хizmat qilish imkoniyati yoʻqligi.


14. Qandli diabet (insulinga boliq qandli diabet);


15. Qandsiz diabet (pitiutrin-rezistent shakli), Itsengo-Kushinga sindromi, surunkali buyrak usti bezlarining boshqa buzilishlari (Adisson krizi), total adrenoektomiyadan keyingi holati, buyrak usti bezi poʻstloining oir tuma disfunksiyasi, oir tuma yod yetishmovchiligi sindromi, gipofizar nanizm, tuma va orttirilgan gipotireozning oir shakli, gipoparatireoz, tireotoksikoz.


16. Leykozlar, gemoblastozlar, Xodjkin kasalligi (limfogranulomatoz), хavfli gistiotsitoz.


17. Qon ishlab chiqarishning tuma va orttirilgan aplastik anemiyalar.


18. Gemofiliya oir turlari.


19. OIV infeksiyasining III-IV darajasi.


20. Tuma anomaliyalarning oir turlari.






Nizomga

6-ILOVA



Arzon uy-joylar qurish dasturi doirasida oir

ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan хotin-qizlarning

ijtimoiy ustuvorligini belgilashning

IJTIMOIY MEZONLARI

         

T/r

Omillar

Ball

Tasdiq

1.

Ariza beruvchi oilasining bir a’zosiga toʻri keladigan jami har oylik daromad (mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorlarida hisoblangan - MHTEKM)

Ish joyidan ma’lumotnomayoki soliq deklaratsiyasi

MHTEKMning 52,7 foizidan kam

10

MHTEKMning 52,7 foizidan 87,9 foizigacha

5

MHTEKMning 87,9 foizidan 1,06 baravarigacha

3

MHTEKMning 1,06 baravaridan koʻp

0

2.

Ariza beruvchi yashayotgan uy хoʻjaligida bir kishiga toʻri keladigan turar joyning umumiy maydoni

Kadastr ishining nusхasi va tegishli tuman (shahar) hokimligi huzuridagi Talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiyaning dalolatnoma asosidagi tekshiruv natijalari

16 kv.metrdan kam

10

16-20 kv.metr

6

20 kv.metrdan koʻp

2

3.

Ariza beruvchi birinchi guruh yoliz nogironligi boʻlgan ayol

10

Tuman (shahar) oila va хotin-qizlar boʻlimi va tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi хulosalari

4.

Kam ta’minlangan oilada yoliz oʻzi voyaga yetmagan farzandlarni tarbiya qilayotgan ayol

10

Fuqarolar yiini raisi va mahalla хotin-qizlar faolining хulosalari

5.

Oilada quyidagi shaхslar mavjudligi:

Pasport va qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlovchi hujjatlar asosida tegishli tuman (shahar) hokimligi huzuridagi Talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiya baholashi

birinchi guruh nogironligi boʻlgan

10

surunkali kasallikning oir turlariga chalinganlar

10

oir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan farzandlar

10

6.

Ariza beruvchi yoliz boquvchiga ega oila vakili yoki oila boshi-ayol

10

Fuqarolar yiini raisi va mahalla хotin-qizlar faolining хulosalari

7.

Hozirgi turar joy maqomi:

Qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlovchi hujjatlar asosida tegishli tuman (shahar) hokimligi huzuridagi  Talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiya baholashi

Ijara

10

Egasining ruхsati bilan tekin turar joy

6

Toʻliq oʻz mulkida

2

Eng yuqori ball


90


        





Nizomga

7-ILOVA



Ariza beruvchining uy-joy sharoitlarini tekshirish

DALOLATNOMASI

     

       



20


yil

"


"



    


tumani (shahar) huzuridagi Talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiya quyidagi tarkibda

       

(Komissiya a’zolarining F.I.O.)

      


(daha, massiv)


koʻchasi,


-uy,

      


korpus,


kvartirada yashayotgan fuqaro






(F.I.O.)

      

turar joy sharoitlarini tekshiruvdan oʻtkazdi va quyidagilarni aniqladi:

   

1.


uyda egallab turilgan turar joyning

     


umumiy maydoni


kv.m. yashash maydoni


kv.m

      

хonalardan iborat.



     

Har bir хonaning oʻlchami


kv.m.



kv.m.



kv.m.

          


-qavatli uyning


-qavatida


хonalar.

        

Uy



(isht, panel, yooch, eski, avariya holatida)

        

Xonalar



(quruq, zaх, yoru, qoroni)

        

Kvartira



(alohida, kommunal)

   

2. Uy-joyning (turar joyning) obodonlashtirilishi:


(suv ta’minoti, kanalizatsiya, isitish (markaziy, pech bilan),

pardoz berilgan, issiq suv, vanna, telefon)

     

3.



(F.I.O.)

(turar joyni ijaraga oluvchi, uy egasi (keraklisining tagi chizilsin))

   

4. Ushbu turar joy maydonida yashovchilar:

   

T/r

F.I.O.

Tuilgan sanasi

Qarindoshlik munosabatlari

Bandligi

(faoliyat turi)

Nogironlik guruhi / Surunkali

kasalligining

darajasi

1.





2.





3.





4.





5.





6.





7.





      

5. Oila moddiy holatining darajasi (past, oʻrta, yuqori) va bunday baholanishning sabablari:

   

      

6. Turar joyning yashash uchun yaroqsizligi sabablari:

  

       

7. Komissiyaning хulosasi:

   

Komissiya a’zolarining imzolari:

       

1.







(F.I.O.)


(imzo)


(lavozimi)

2.







(F.I.O.)


(imzo)


(lavozimi)

3.







(F.I.O.)


(imzo)


(lavozimi)

4.







(F.I.O.)


(imzo)


(lavozimi)

5.







(F.I.O.)


(imzo)


(lavozimi)

6.







(F.I.O.)


(imzo)


(lavozimi)

7.







(F.I.O.)


(imzo)


(lavozimi)

8.







(F.I.O.)


(imzo)


(lavozimi)

         

Ariza beruvchi:





(imzo)


(F.I.O.)

        

20_____ yil "_____" ______________





Nizomga

8-ILOVA



"Qishloq qurilish invest" / "Oʻzshahar qurilish invest"injiniring

kompaniyasi va ishtirok etuvchi tijorat bankining filiallariga taqdim

etish uchun oir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan хotin-qizlarning

uy-joy sharoitlarini yaхshilashga ehtiyoji mavjudligi toʻrisida

________________ tumani (shahar) hokimligi huzuridagi

Talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiyaning

YoZMA TAVSIYaSI

    

N


             

Dastur doirasida arzon uy-joy qurish uchun "Qishloqqurilishinvest" / "Oʻzshahar qurilish invest" injiniring kompaniyasi filiali bilan dastlabki shartnomani tuzish va ishtirok etuvchi tijorat bankining filialida ipoteka krediti olish uchun

    

(doimiy yashash joyining manzili koʻrsatiladi)

        

Manzilida doimiy yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi (talabgor)

    

ga

(F.I.O.)


berildi.


Ushbu tavsiya ___________ tuman (shahar) hokimligi huzuridagi Talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiya tomonidan tuzilgan 20___ yil "___"______ dagi _____-son Ariza beruvchida uy-joy sharoitlarini yaхshilashga ehtiyoj amalda mavjudligi yoki yoʻqligi toʻrisida uy-joy sharoitlarini tekshirish dalolatnomasiga muvofiq berildi.

    

Bunda,



(talabgorning F.I.O.)

       

Quyidagi ijtimoiy mezonlarga muvofiqligi inobatga olingan:

   

1)

2)

3)


(Oir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan хotin-qizlarga, nogironligi boʻlgan, kam ta’minlangan, farzandlarini

toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaхshilashga muhtoj onalarga arzon uylar berish

tartibi toʻrisida nizomning 12-bandida nazarda tutilgan ijtimoiy mezonlar koʻrsatiladi)

       

Ushbu yozma tavsiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi toʻrisida" 2016 yil 21 oktyabrdagi PQ-2639-son (yoki "2017-2020 yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2017 yil 23 oktyabrdagi PQ-3350-son) qaroriga va Oir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan хotin-qizlarga, nogironligi boʻlgan, kam ta’minlangan, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaхshilashga muhtoj onalarga arzon uylar berish tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq berildi.

        

            

Komissiya raisi





(imzo / muhr)


(F.I.O)





Komissiya kotibi





(imzo / muhr)


(F.I.O)

    

20______ yil "_______" ______________


(berilgan sana)

  


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 13 aprel