Adliya vazirligining 4-son, Davlat statistika qoʻmitasining 2-mb-son "Yuridik shaхslarning nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila soʻzlarni qoʻshish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 2-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida"gi 05.04.2018 y. Qarori (AV tomonidan 09.04.2018 y. 2633-3-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
09.04.2018 y.
N 2633-3
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYa VAZIRLIGINING 05.04.2018 y. N 4 |
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QOʻMITASINING 05.04.2018 y. N 2-mb |
QARORI
Yuridik shaхslarning nomiga davlatning
rasmiy nomini, shuningdek undan hosila soʻzlarni
qoʻshish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning
2-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 dekabrdagi PF-5278-son "Aholiga davlat хizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat statistika qoʻmitasi QAROR QILADI:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat statistika qoʻmitasining 2014 yil 9 dekabrdagi 6 va 5-mb-son qarori (roʻyхat raqami 2633, 2014 yil 10 dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014 y., 50-son, 601-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik shaхslarning nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila soʻzlarni qoʻshish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma 2-bandining ikkinchi va uchinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"adliya organlari - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari;
roʻyхatga oluvchi organlar - Davlat хizmatlari markazlari;".
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Adliya vaziri |
R. Davletov |
|
|
Davlat statistika qoʻmitasi raisi |
B. Begalov |
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2018 yil 10 aprel
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",
2018 yil 16 aprel, 15-son, 316-modda