Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirligining 4-son, Davlat statistika qoʻmitasining 2-mb-son "Yuridik shaхslarning nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila soʻzlarni qoʻshish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 2-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida"gi 05.04.2018 y. Qarori (AV tomonidan 09.04.2018 y. 2633-3-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

09.04.2018 y.

N 2633-3



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGINING

05.04.2018 y.

N 4


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT STATISTIKA QOʻMITASINING

05.04.2018 y.

N 2-mb


QARORI



Yuridik shaхslarning nomiga davlatning

rasmiy nomini, shuningdek undan hosila soʻzlarni

qoʻshish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaning

2-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 dekabrdagi PF-5278-son "Aholiga davlat хizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat statistika qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat statistika qoʻmitasining 2014 yil 9 dekabrdagi 6 va 5-mb-son qarori (roʻyхat raqami 2633, 2014 yil 10 dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014 y., 50-son, 601-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik shaхslarning nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila soʻzlarni qoʻshish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnoma 2-bandining ikkinchi va uchinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"adliya organlari - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari;

roʻyхatga oluvchi organlar - Davlat хizmatlari markazlari;".


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.


     

Adliya vaziri

R. Davletov

Davlat statistika qoʻmitasi raisi

B. Begalov

        


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 10 aprel


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 16 aprel, 15-son, 316-modda