Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.03.2018 y. PQ-3634-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni koʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida" 2017 yil 17 avgustdagi PQ-3225-sonli qaroriga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

29.03.2018 y.

N PQ-3634



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING "TADBIRKORLIK FAOLIYaTINI

RIVOJLANTIRIShNI KOʻLLAB-QUVVATLASh DAVLAT

JAMARMASINI TAShKIL ETISh TOʻRISIDA" 2017

YIL 17 AVGUSTDAGI PQ-3225-SONLI QARORIGA

OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh

TOʻRISIDA



Kichik tadbirkorlik sub’yektlarining davlat moliyaviy koʻmagidan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni koʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi faoliyatini takomillashtirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni koʻllab-quvvatlash davlat jamarmasini tashkil etish toʻrisida" 2017 yil 17 avgustdagi PQ-3225-sonli qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                  Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2018 yil 29 martdagi

PQ-3634-sonli qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

"Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni

qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasini tashkil etish

toʻrisida" 2017 yil 17 avgustdagi PQ-3225-sonli

qaroriga kiritiladigan oʻzgartish va

qoʻshimchalar


1. 1-bandining:


a) "a" kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


b) "v" kichik bandidagi:

ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"milliy valyutada, qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foiz stavkasida - 5 foizli punkt miqdorida";

quyidagicha mazmundagi uchinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"milliy valyutada - yosh tadbirkorlar tashabbusi bilan ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqining tavsiyasi bilan jamarib boriladigan pensiya tizimi mablalari hisobidan ajratiladigan imtiyozli kreditlar boʻyicha - banklar хarajatlarini qoplash uchun 3 foizli punkt miqdorida";

uchinchi хatboshi toʻrtinchi хatboshi deb hisoblansin;


v) yettinchi хatboshidagi "va tijorat banklariga resurslarni taqdim etadi" soʻzlari chiqarib tashlansin.


2. 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"3. Belgilansinki, Jamarma kichik tadbirkorlik sub’yektlariga:

a) tijorat banklarining kreditlari boʻyicha kafolatlar beradi, quyidagilar nazarda tutilgan kreditlar bundan mustasno:

avval olingan kreditlar yoki boshqa har qanday qarzlarni qaytarish;

spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish;

savdo-vositachilik tashkilotlari va umumiy ovqatlanish korхonalarining aylanma mablalarini shakllantirish;

savdo ob’yektlari va umumiy ovqatlanish ob’yektlari qurilishini moliyalashtirish;

tavakkalchilikka asoslangan qimor oʻyinlari va boshqa oʻyinlarni tashkil etish, shuningdek, ushbu maqsadlar uchun uskunalar хarid qilish.

b) tijorat banklarining quyidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun ajratiladigan kreditlari boʻyicha foiz хarajatlarini qoplashga kompensatsiyalar beradi:

qishloq хoʻjaligida, birinchi navbatda, energiya samarador zamonaviy issiqхonalarni tashkil etishga, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, quyonchilik, asalarichilik, uzumchilik va bodorchilikni, shu jumladan intensiv bolarni rivojlantirishga;

qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasida, meva- sabzavot mahsulotlarini saqlash boʻyicha infratuzilma va ushbu mahsulotlarni transportda tashish bilan bolik logistika markazlarini tashkil etishga;

koʻp kvartirali uylarda umumiy foydalaniladigan joylarni хususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruvchi kompaniyalar tomonidan obodonlashtirish va ta’mirlashga yoʻnaltirilgan loyihalar;

Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni koʻllab-quvvatlash davlat jamarmasini boshqarish boʻyicha Kengash (keyingi oʻrinlarda - Jamarmani boshqarish boʻyicha kengash) belgilaydigan tadbirkorlik faoliyatining boshqa yoʻnalishlaridagi loyihalar".


3. Quyidagicha mazmundagi 3-1-bandi bilan toʻldirilsin:

"3-1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Jamarma tomonidan taqdim etiladigan kafolatlarning maksimal umumiy miqdori Jamarma mablalarining 10 barobari miqdoridan oshmasligi kerak".


4. 4-bandining ikkinchi хatboshidagi "(keyingi oʻrinlarda - Jamarmani boshqarish boʻyicha Kengash)" soʻzlari chiqarib tashlansin.


5. Quyidagicha mazmundagi 5-1-bandi bilan toʻldirilsin:

"5-1. Jamarma Toshkent shahri, Qoratosh koʻchasi, 1-uy, (7-qavat) manzili boʻyicha bearaz foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin va Oʻzbekiston Banklari assotsiatsiyasining "Moliya Binokor Xizmat" shoʻ’ba korхonasi Jamarmaga bearaz taqdim etilgan хizmat binosi boʻyicha yagona soliq toʻlovidan ozod etilsin".


6. 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni

qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasini

boshqarish boʻyicha Kengash

TARKIBI

       

D.A. Kuchkarov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari-moliya vaziri, Kengash raisi


T.A. Ishmetov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi oʻrinbosari, Kengash raisi oʻrinbosari


M.M. Mirzayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari, Kengash raisi oʻrinbosari


U.U. Butayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisining oʻrinbosari


A.R. Karimov

-

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari


B.M. Nizomov

-

Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining oʻrinbosari


N.Sh. Sharipov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yima aхborot-tahlil departamentining Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari shoʻ’basi mudiri, Kengash kotibi


       

Izoh: Kengash a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda mazkur lavozimlarga yangidan tayinlangan shaхslar yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaхslar uning tarkibiga kiritiladi".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 30 mart