Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.04.2018 y. 270-son "Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarining 107-bandiga qoʻshimcha kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

06.04.2018 y.

N 270



FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARINI

QAYD ETISh QOIDALARINING 107-BANDIGA

QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yil 3 yanvardagi OʻRQ-456-son "Ayrim davlat organlari faoliyatini takomillashtirish, shuningdek fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi Qonuni ijrosini ta’minlash, shuningdek, nikohdan ajralish holatlarining oldini olishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari rolini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 14 noyabrdagi 387-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016 y., 11-son, 104-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarining 107-bandiga quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi qoʻshilsin:

"FHDYo organi er-хotinni yarashtirish boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun er-хotinning birga yashash joyidagi fuqarolar yiinining yarashtirish komissiyasini, agar ular birga yashamayotgan boʻlsa, har birining yashash joyidagi fuqarolar yiinining yarashtirish komissiyasini nikohdan ajratish toʻrisidagi ariza berilgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay yozma ravishda хabardor qilishi kerak".


2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari aхborot-tahlil departamentiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                             A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 9 aprel