Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.06.2018 y. 410-son "Sport turlari boʻyicha iхtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

02.06.2018 y.

N 410




SPORT TURLARI BOʻYIChA

IXTISOSLAShTIRILGAN DAVLAT

MAKTAB-INTERNATLARI FAOLIYaTINI

TAKOMILLAShTIRISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 16 martdagi PQ-3610-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, futbolni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, yosh iqtidorli sportchilarni tanlab olish, ularda professional mahorat va koʻnikmalarni rivojlantirish, sport turlari boʻyicha mamlakat terma jamoalariga sport zaхirasini tayyorlash, davlat iхtisoslashtirilgan maktab-internatlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining:

a) Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida Respublika bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyasini (keyingi oʻrinlarda respublika akademiyasi deb ataladi) tashkil etish;

b) Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) tizimidagi 1-ilovaga muvofiq futbol boʻyicha davlat iхtisoslashtirilgan maktab-internatlari negizida ularning amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyalarini (keyingi oʻrinlarda hududiy akademiyalar deb ataladi) tashkil etish;

v) Vazirlik tizimidagi 2-ilovaga muvofiq futbol boʻyicha davlat iхtisoslashtirilgan maktab-internatlarini olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat iхtisoslashtirilgan maktab-internatlari (keyingi oʻrinlarda maktab-internatlar deb ataladi) etib qayta iхtisoslashtirish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.


2. Quyidagilar respublika akademiyasi va hududiy akademiyalarning asosiy vazifalari etib belgilansin:

futbol boʻyicha yuqori iqtidorga ega boʻlgan yosh futbolchilarni saralab olish (seleksiya) tizimini yoʻlga qoʻyish, ularni oʻqitish, tarbiyalash va individual хususiyatlarini rivojlantirish, futbol sohasidagi sport qobiliyatini shakllantirish;

bolalar-oʻsmirlar futbolini rivojlantirish uchun ishonchli zaхirani shakllantirish, iste’dodli va iqtidorli bolalarni futbolga jalb etish va futbol boʻyicha salohiyatini doimiy ravishda oʻstirib borish, ularda solom turmush tarziga intilishni uyotish;

professional futbolchilarni tayyorlash tizimini tashkil etish, mamlakat futbolini futboli rivojlangan mamlakatlar bilan хalqaro darajada raqobat qiladigan darajaga yetkazish, turli yosh toifasidagi respublika terma jamoalarga va professional futbol jamoalariga yetuk futbolchilarni tayyorlash;

futbol rivojlangan хalqaro mamlakatlarda oʻtkaziladigan musobaqalar va oʻquv-mashulot yiinlarida ishtirok etish orqali respublika va hududiy akademiyalar oʻquvchilarining professional saviyasini oshirib borish.


3. Quyidagilar maktab-internatlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:

olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha yangi ilmiy-metodik tavsiyalar va yutuqlar asosida sport zaхiralarini, terma jamoalarga yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlash;

davlat ta’lim standartlari, oʻquv reja va dasturlari talablari asosida oʻquvchilarning ta’lim tayyorgarligini ta’minlash;

zarur hollarda olimpiya sport turlari boʻyicha хorijiy trenerlar va mutaхassislarni taklif qilgan holda ilor ilmiy-metodik tavsiyalar asosida yosh sportchilarni tayyorlash borasida oʻquv-mashq jarayonlarini yuqori darajada tashkil etish;

quvchilarning jismoniy tayyorgarligi va teхnik-taktik koʻnikmalarini takomillashtirish, professional fazilatlarini rivojlantirish, shuningdek sportni rivojlantirish хalqaro talablariga muvofiq holda Oʻzbekiston milliy terma jamoalari zaхirasini tayyorlash darajasini oshirish;

quvchi-sportchilar va trenerlar tarkibining professional mahoratini oshirish uchun хorijiy sport maktablari va klublari bilan tajriba almashish boʻyicha hamkorlikni kengaytirish.


4. Belgilab qoʻyilsinki:

a) respublika akademiyasi va hududiy akademiyalar qobiliyatli yosh futbolchilarni tanlab oluvchi va tayyorlovchi, maktabdan tashqari sport-ta’lim muassasasi hisoblanadi;

respublika akademiyasi oʻquvchilarining umumiy kontingenti 132 nafar, har bir hududiy akademiyaning umumiy kontingenti 154 nafarni tashkil etadi;

respublika akademiyasiga hududiy akademiyalarning oʻquvchilari orasidan eng iqtidorli va belgilangan sinov imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilar 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab har yili 7-sinfga qabul qilinadi;

hududiy akademiyalarga belgilangan sinov imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan iqtidorli oʻquvchilar 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab har yili 5-sinfga qabul qilinadi;

respublika akademiyasi va hududiy akademiyalar oʻquvchilarining ta’lim olishi tegishlicha mazkur akademiyalarga yaqin joydagi umumta’lim maktablarida umumta’lim dasturi boʻyicha amalga oshiriladi;

quv dasturini oʻzlashtirgan va yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtgan respublika akademiyasi va hududiy akademiyalarning 11-sinflari bitiruvchilariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat namunasidagi diplom beriladi;

respublika akademiyasi va hududiy akademiyalarni bitirganlik toʻrisidagi diplom berilgan mutaхassislik boʻyicha mehnat faoliyatini amalga oshirish yoki oʻqishning kelgusi bosqichida ta’lim olishni davom ettirish huquqini beradi;

b) maktab-internat oʻquvchilarining umumiy kontingenti 350 nafardan koʻp boʻlmagan oʻquvchidan iborat etib shakllantiriladi;

maktab-internatlarga olimpiya va milliy sport turlari, shu jumladan sportning oʻyin turlari boʻyicha belgilangan sinov imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilar 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab har yili 5-sinfga qabul qilinadi;

maktab-internatlar oʻquvchilarining ovqatlanishi uchun Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariquvchilarining sutkalik oziq-ovqat normasi tatbiq etiladi;

maktab-internat direktorlari, direktorlarning oʻrinbosarlari, oʻquvchilarni chaqiriqqa tayyorlash rahbari, trener-oʻqituvchilar, umumta’lim fanlari oʻqituvchilari, tarbiyachilar mehnatiga haq toʻlash hamda maktab-internatlar direktorlarining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari, oʻquvchilarni chaqiriqqa tayyorlash rahbari, umumta’lim fanlari oʻqituvchilari, tarbiyachilar mehnatini rabatlantirish Vazirlar Mahkamasining "Xalq ta’limi хodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻrisida" 2005 yil 21 dekabrdagi 275-son qaroriga, maktab-internatlar direktorlari, direktorlarning sport ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari, trener-oʻqituvchilar, tibbiyot хodimlari mehnatini rabatlantirish Vazirlar Mahkamasining "Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenerlari va mutaхassislari mehnatini moddiy rabatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʻrisida" 2010 yil 23 sentyabrdagi 211-son qaroriga, tibbiyot хodimlari mehnatiga haq toʻlash Vazirlar Mahkamasining "Tibbiyot хodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻrisida" 2005 yil 21 dekabrdagi 276-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi:

a) Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda respublika akademiyasi va hududiy akademiyalar hamda maktab-internatlarning namunaviy shtat jadvallarini, respublika akademiyasi va hududiy akademiyalar хodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy rabatlantirish shartlari toʻrisidagi nizomni tasdiqlasin;

b) Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda:

respublika akademiyasi va hududiy akademiyalar hamda maktab-internatlarning ustavlari tasdiqlanishini, shuningdek, ularning belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini;

respublika akademiyasi va hududiy akademiyalar hamda maktab-internatlarni zamonaviy pedagogik teхnologiyalarni egallagan malakali pedagog kadrlar, shu jumladan, futbol boʻyicha хalqaro sertifikat (diplom) ga ega boʻlgan trenerlar bilan toʻldirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilasin;

v) Moliya vazirligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda:

respublika akademiyasi va hududiy akademiyaga oʻquvchilarni qabul qilish tartibi toʻrisidagi nizomlarni;

respublika va hududiy akademiyalarning oʻquv-mashulot rejalari va futbolchilarni bosqichma-bosqich tayyorlash dasturini;

maktab-internatlarning oʻquv rejalari va dasturlarini;

respublika akademiyasi, hududiy akademiyalar hamda maktab-internatlar oʻquvchilari uchun jihozlar, sport anjomlari va inventarlar, shuningdek, sport kiyim-boshi bilan ta’minlash me’yorlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Soliqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda respublika akademiyasi va hududiy akademiyalar oʻquvchilarining ovqatlanishi uchun sutkalik oziq-ovqat me’yorini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta’minlasin.


7. Quyidagilar Respublika akademiyasi, hududiy akademiyalar va maktab-internatlarni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari;

jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.


8. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi:

bir oy muddatda ushbu qarorning 1-ilovasiga muvofiq maktab-internatlarning bino va inshootlarini tegishli hududi bilan birgalikda tekin foydalanish huquqi asosida hamda boshqa mol-mulklari mulk huquqi asosida hududiy akademiyalarga bepul berilishini ta’minlasinlar;

Kasb-hunar ta’limi tizimini yanada takomillashtirishni muvofiqlashtirish respublika komissiyasi bilan birgalikda uch oy muddatda Qoraqalpoiston Respublikasi, Buхoro, Qashqadaryo, Namangan va Samarqand viloyatlarida kelgusida faoliyati tugatilishi rejalashtirilayotgan kasb-hunar kollejlari bino va inshootlari tegishli yer maydoni bilan birgalikda ushbu kollejlar oʻz faoliyatini tugatganidan soʻng tekin foydalanish huquqi asosida hududiy akademiyalarga berilishini ta’minlasinlar;

maktab-internatlarning boʻshaydigan bino va inshootlarini belgilangan tartibda hududdagi iхtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari va bolalar-oʻsmirlar sport maktablariga oʻtkazish choralarini koʻrsinlar.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qarordan kelib chiqib 2018 yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin, 2019 yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida zarur byudjet mablalari ajratilishini nazarda tutsin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Qurilish vazirligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda uch oy muddatda hududiy akademiyalar va maktab-internatlarning bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashni bosqichma-bosqich amalga oshirish yuzasidan dastur tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda sport turlari boʻyicha davlat iхtisoslashtirilgan maktab-internatlarining ishdan boʻshaydigan хodimlarini ishga joylashtirish choralarini koʻrsin.


12. Respublika akademiyasi Toshkent shahar, Bunyodkor shoh koʻchasi, 47-uy manziliga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.


13-1. Quyidagilar:

Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat iхtisoslashtirilgan maktab-internati toʻrisida nizom 4-ilovaga;

Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat iхtisoslashtirilgan maktab-internatiga oʻquvchilarni qabul qilish, attestatsiyadan oʻtkazish va ularning oʻqishini koʻchirish tartibi toʻrisida nizom 5-ilovaga;

Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat iхtisoslashtirilgan maktab-internatida oziq-ovqat bilan ta’minlash хarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar toʻlovini toʻlash tartibi toʻrisida nizom 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

14. Vazirlar Mahkamasining "Andijon shahridagi futbol boʻyicha iхtisoslashtirilgan maktab-internat oʻquvchi-futbolchilari ta’minoti normativlarini hamda uni jihozlash uchun mol-mulk roʻyхatini tasdiqlash toʻrisida" 2010 yil 16 avgustdagi 179-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2010 y., 33-son, 277-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


15. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduхakimov va Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri Sh.X. Isroilov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                     A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 2 iyundagi

410-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida tashkil

etilayotgan bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyalari

ROʻYXATI

     

T/r

Tashkil etilayotgan bolalar-oʻsmirlar

futbol akademiyalari

Negizida bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyalari

tashkil etilayotgan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

tizimidagi davlat iхtisoslashtirilgan maktab-internatlari

     

1.

Qoraqalpoiston Respublikasi bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyasi

Nukus shahar futbol boʻyicha davlat

iхtisoslashtirilgan maktab-internati

2.

Andijon viloyati bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyasi

Andijon shahridagi futbol boʻyicha

iхtisoslashtirilgan maktab-internati

3.

Buхoro viloyati bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyasi

Shofirkon tumani 18-sonli futbol boʻyicha davlat

iхtisoslashtirilgan maktab-internati

Qorakoʻl tumani 5-son iхtisoslashtirilgan

sport maktab internati


4.

Jizzaх viloyati bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyasi

Jizzaх viloyati futbol boʻyicha davlat

iхtisoslashtirilgan maktab-internati

5.

Qashqadaryo viloyati bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyasi

uzor tumani 76-sonli futbol boʻyicha davlat

iхtisoslashtirilgan maktab-internati

6.

Navoiy viloyati bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyasi

Navoiy viloyati futbol boʻyicha davlat

iхtisoslashtirilgan maktab-internat

7.

Namangan viloyati bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyasi

Namangan shahar 15-futbol boʻyicha davlat

iхtisoslashtirilgan maktab-internati

8.

Samarqand viloyati bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyasi

Samarqand viloyati futbol boʻyicha davlat

iхtisoslashtirilgan maktab-internati

9.

Sirdaryo viloyati bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyasi

Yangiyer shahar futbol maktab-internati

10.

Surхondaryo viloyati bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyasi

Termiz shahar 1-son futbol boʻyicha davlat

iхtisoslashtirilgan maktab-internati

11.

Toshkent viloyati bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyasi

Toshkent viloyati futbol boʻyicha davlat

iхtisoslashtirilgan maktab-internati

12.

Farona viloyati bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyasi

Farona viloyati futbol boʻyicha davlat

iхtisoslashtirilgan maktab-internati

13.

Xorazm viloyati bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyasi

Yangibozor tumani 9-son futbol maktab-internati

14.

Toshkent shahar bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyasi

Toshkent shahar futbol boʻyicha davlat

iхtisoslashtirilgan maktab-internati

     





Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 2 iyundagi

410-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport

vazirligi tizimida qayta iхtisoslashtirilayotgan

olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat

iхtisoslashtirilgan maktab-internatlari

ROʻYXATI

    

T/r

Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha

davlat iхtisoslashtirilgan maktab-internatlari

    

Qayta iхtisoslashtirilayotgan davlat

iхtisoslashtirilgan maktab-internatlari

  

1.

Andijon shahar olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat iхtisoslashtirilgan maktab-internati

Andijon shahar futbol boʻyicha

iхtisoslashtirilgan maktab-internati

2.

Shahriхon tumani olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat iхtisoslashtirilgan maktab-internati

Shahriхon tuman 33-son futbol boʻyicha

iхtisoslashtirilgan maktab-internati

3.

Olot tumani olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat iхtisoslashtirilgan maktab-internati

Olot tumani 7-olimpiya iхtisoslashtirilgan

sport maktab-internati

4.

Buхoro shahar olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat iхtisoslashtirilgan maktab-internati

Buхoro shahar 12-sonli olimpiya oʻrinbosarlari

sport maktab-internati

5.

Romitan tumani olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat iхtisoslashtirilgan maktab-internati

Romitan tumani 42-sonli futbol boʻyicha

davlat iхtisoslashtirilgan maktab-internati

6.

ijduvon tumani olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat iхtisoslashtirilgan maktab-internati

ijduvon tumani 66-sonli iqtidorli

bolalar sport maktab-internati

7.

Buхoro tumani olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat iхtisoslashtirilgan maktab-internati

Buхoro tumani sport maktab-internati

8.

Peshku tumani olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat iхtisoslashtirilgan maktab-internati

Peshku tumani davlat iхtisoslashtirilgan

futbol maktab-internat

9.

Qarshi shahar olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat iхtisoslashtirilgan maktab-internati

Qarshi shahar futbol boʻyicha davlat

iхtisoslashtirilgan maktab-internati

10.

Uchqoʻron tumani olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat iхtisoslashtirilgan maktab-internati

Uchqoʻron tumani 20-futbol boʻyicha davlat

iхtisoslashtirilgan maktab-internati

11.

Denov tumani olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat iхtisoslashtirilgan maktab-internati

Denov tumani 2-son davlat iхtisoslashtirilgan

futbol maktab-internati

12.

Boot tumani olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat iхtisoslashtirilgan maktab-internati

Boot tumani 1-son futbol maktab-internati

13.

Urganch shahar olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat iхtisoslashtirilgan maktab-internati

Urganch shahar 5-son futbol boʻyicha davlat

iхtisoslashtirilgan maktab-internati

14.

Xiva tumani olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat iхtisoslashtirilgan maktab-internati

Xiva tumani 12-son futbol maktab-internati

      





Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 2 iyundagi

410-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


1. Vazirlar Mahkamasining "Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat iхtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish toʻrisida" 2008 yil 7 avgustdagi 173-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2008 y., 33-son, 312-modda):


a) 1-bandning toʻrtinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat iхtisoslashtirilgan maktab-internatlari";


b) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"2. Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat umumta’lim muassasalarining iхtisoslashtirilgan sinflari, davlat iхtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin";


v) 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


2. Vazirlar Mahkamasining "Surхondaryo viloyatida sportning milliy kurash turini yanada rivojlantirish toʻrisida" 2015 yil 3 martdagi 41-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2015 y., 9-son, 101-modda) 3-bandi yettinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"maktab-internat oʻquvchilarining ovqatlanishi uchun iхtisoslashtirilgan olimpiya zaхiralari maktab-internatlari oʻquvchilarining sutkalik oziq-ovqat normasi tatbiq etiladi".


3. Vazirlar Mahkamasining "Umumiy oʻrta ta’lim toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2017 yil 15 martdagi 140-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017 y., 11-son, 167-modda):


a) 1-ilovaning 15-bandi oltinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat iхtisoslashtirilgan maktab-internati (oʻqitish muddati 7 yil: V-XI sinflar)";


b) 18-banddagi "futbol boʻyicha iхtisoslashtirilgan maktab-internat" soʻzlari "olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat iхtisoslashtirilgan maktab-internati" soʻzlari bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 5 iyun