Moliya vazirligining 11-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2004-10-son "Qishloq хoʻjaligi yerlarining normativ qiymatidan kelib chiqqan holda qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yagona yer soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida Vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida"gi 13.01.2004 y. Qarori (AV tomonidan 15.03.2004 y. 1324-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
15.03.2004 y.
N 1324
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYa VAZIRLIGINING 13.01.2004 y. N 11 |
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING 13.01.2004 y. N 2004-10 |
QARORI
Qishloq хoʻjaligi yerlarining normativ qiymatidan
kelib chiqqan holda qishloq хoʻjaligi tovar ishlab
chiqaruvchilari tomonidan yagona yer soligʻini
hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 25 dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2004 yilga Davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 567-son qarorining ijrosini ta’minlash yuzasidan QAROR QILAMIZ:
1. Ilova qilinayotgan qishloq хoʻjaligi yerlarining normativ qiymatidan kelib chiqqan holda qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yagona yer soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida vaqtinchalik nizom tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri M. B. Nurmuratov
Davlat soliq qoʻmitasi raisi J. B. Sayfiddinov
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 11-son, 132-modda.