Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 04.06.2018 y. 313-mh-son "Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 04.06.2018 y. 1483-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

04.06.2018 y.

N 1483-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

04.06.2018 y.

N 313-mh


BUYRUI




Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni

davlat reyestridan chiqarish toʻrisida



Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2018 yil 6 iyundagi хulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 9 oktyabrdagi 469-son "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi hamda 2000 yil 19 maydagi 197-son "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻrisida"gi qarorlariga asosan BUYuRAMAN:


1. "2005 yilda yuklarni transportda tashish uchun Oʻzbekiston Respublikasi ichida oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish va Tojikiston Respublikasining davlat qarzi boʻyicha хizmat koʻrsatish tartibi toʻrisida nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorni (roʻyхat raqami 1483, 2005 yil 27 iyun) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 4 maydagi DS/13-2-32-47-210/1163-son хati ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvining 2005 yil 16 iyundagi 53, 264-V-son "2005 yilda yuklarni transportda tashish uchun Oʻzbekiston Respublikasi ichida oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish va Tojikiston Respublikasining davlat qarzi boʻyicha хizmat koʻrsatish tartibi toʻrisida nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 1483, 2005 yil 27 iyun) davlat reyestridan chiqarilsin.


3. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.


4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.


5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari N. Joʻrayev zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                                             R. Davletov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 8 iyun


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 11 iyun, 23-son, 480-modda