Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 01.06.2018 y. 308-mh-son "Nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida хabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 01.06.2018 y. 3020-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

01.06.2018 y.

N 3020




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

01.06.2018 y.

N 308-mh


BUYRUI




Nodavlat notijorat tashkilotlarining

oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari

haqida хabardor qilish tartibi toʻrisidagi

nizomni tasdiqlash haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 maydagi PF-5430-son "Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi qaroriga muvofiq, BUYuRAMAN:


1. Nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida хabardor qilish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


3. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin hamda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.


4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.


5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A. Tashkulov zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                                              R. Davletov






Buyruqqa

2-ILOVA



Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan

idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015 yil 4 iyundagi 177-mh-son "Nodavlat notijorat tashkilotlari tadbirlarini kelishish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi buyrui (roʻyхat raqami 2679, 2015 yil 4 iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015 y., 22-son, 297-modda).


2. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016 yil 27 iyuldagi 193-mh-son "Nodavlat notijorat tashkilotlari tadbirlarini kelishish tartibi toʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi buyrui (roʻyхat raqami 2679-1, 2016 yil 27 iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016 y., 30-son, 369-modda).



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 9 iyun


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 4 iyun, 22-son, 468-modda