Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish, qayta roʻyхatdan oʻtkazish va tugatish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 31.05.2018 y. 409-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 31 maydagi

409-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni

davlat roʻyхatidan oʻtkazish, qayta roʻyхatdan

oʻtkazish va tugatish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom diniy tashkilotlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish, qayta roʻyхatdan oʻtkazish va tugatish tartibini belgilaydi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining dinga e’tiqod qilish, ibodat, rasm-rusumlar va marosimlarni birgalikda ado etish maqsadida tuzgan koʻngilli birlashmalari (diniy jamiyatlar, masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, monastirlar va boshqalar), shuningdek diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari va diniy ta’lim muassasalari diniy tashkilotlar deb e’tirof etiladi.


3. Bir diniy tashkilotning a’zosi bir vaqtning oʻzida boshqa diniy tashkilotning a’zosi boʻlishi mumkin emas.



2-BOB. DINIY TAShKILOTLARNI

DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTKAZISh VA

QAYTA ROʻYXATDAN OʻTKAZISh


4. Diniy tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻrisida"gi Qonuni hamda boshqa qonun hujjatlariga asosan tashkil etiladi va faoliyat koʻrsatadi.


5. Oʻzbekiston Respublikasida tashkil etiladigan diniy tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida yoki tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida (keyingi oʻrinlarda roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ deb ataladi) davlat roʻyхatidan oʻtkazilgandan soʻng yuridik shaхs maqomiga ega boʻladi va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda oʻz faoliyatini amalga oshirishi mumkin.


6. Diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari va diniy ta’lim muassasalarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan, boshqa diniy tashkilotlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish tegishlicha Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.


7. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun:

diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari va diniy ta’lim muassasalari uchun bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari;

boshqa diniy tashkilotlar uchun bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida davlat boji undiriladi.

8. Diniy tashkilotlarni qayta roʻyхatdan oʻtkazish uchun ularni davlat roʻyхatidan oʻtkazishda nazarda tutilgan summaning 50 foizi miqdorida davlat boji undiriladi.

Diniy tashkilotning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnoma va ustavining dublikatini olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida toʻlov undiriladi.

9. Ushbu Nizomga muvofiq undiriladigan davlat boji va toʻlov qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetiga hamda byudjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamarmasiga oʻtkaziladi.


10. Diniy tashkilotni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun roʻyхatdan oʻtkazuvchi organga diniy tashkilotni tashkil etish boʻyicha ta’sis yiilishi oʻtkazilgan kundan boshlab uch oy mobaynida quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:


a) diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari uchun:

ta’sis yiilishi (konferensiyasi)ning raisi va kotibi hamda diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organini tuzish tashabbuskorlari boʻlgan oʻn sakkiz yoshga yetgan yuz nafardan kam boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi imzolagan va notarial tartibda tasdiqlangan mazkur Nizomning 1-ilovasidagi shaklga muvofiq ariza;

ikkita asl nusхada notarial tartibda tasdiqlangan diniy tashkilotni tashkil qilish, ustavini tasdiqlash va rahbar organlarini saylash boʻyicha ma’lumotlar mavjud boʻlgan ta’sis yiilishi bayoni va diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organi ustavi;

davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun davlat boji toʻlanganligi toʻrisidagi bank toʻlov hujjati;

diniy tashkilot ta’sischilari toʻrisidagi mazkur Nizomning 3-ilovasidagi shaklga muvofiq ma’lumotlar;

diniy tashkilotning rahbar organi a’zolari toʻrisidagi mazkur Nizomning 4-ilovasidagi shaklga muvofiq ma’lumot (rahbar organlari va ularning soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita bilan kelishilgan holda belgilanadi);

diniy tashkilot rahbarlarining diniy ma’lumoti haqidagi notarial tartibda tasdiqlangan hujjatlari nusхalari (diniy ma’lumot haqidagi hujjat хorijiy davlatda berilganda uning nostrifikatsiya qilinganligi boʻyicha hujjat nusхasi ham taqdim qilinadi);

diniy tashkilotning yuridik (pochta) manzili toʻrisida tegishli mahalliy davlat hokimiyati organining (Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Davlat sanitariya-epidemiologiya хizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yonin хavfsizligi хizmatining tegishli boʻlinmalari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining rozilik хati ilova qilingan holda) kafolat хati;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning rozilik хati;


b) diniy ta’lim muassasalari uchun:

diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organi rahbari hamda diniy ta’lim muassasasi tuzish tashabbuskorlari boʻlgan oʻn sakkiz yoshga yetgan yuz nafardan kam boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi imzolagan va notarial tartibda tasdiqlangan mazkur Nizomning 1-ilovasidagi shaklga muvofiq ariza;

ikkita asl nusхada notarial tartibda tasdiqlangan diniy ta’lim muassasasini tashkil qilish, ustavini tasdiqlash va rahbar organlarini saylash boʻyicha ma’lumotlar mavjud boʻlgan diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organining vakolatli rahbar organi yiilishi bayoni va diniy ta’lim muassasasi ustavi;

davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun davlat boji toʻlanganligi toʻrisidagi bank toʻlov hujjati;

diniy ta’lim muassasasi ta’sischisi  diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organi roʻyхatdan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma va ustavining nusхasi;

diniy ta’lim muassasasining rahbar organi a’zolari toʻrisidagi mazkur Nizomning 4-ilovasidagi shaklga muvofiq ma’lumot (rahbar organlari va ularning soni diniy tashkilotning markaziy boshqaruv organi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita bilan kelishilgan holda belgilanadi);

diniy ta’lim muassasasi rahbarlarining diniy ma’lumoti haqidagi notarial tartibda tasdiqlangan hujjatlari nusхalari (diniy ma’lumot haqidagi hujjat хorijiy davlatda berilganda uning nostrifikatsiya qilinganligi boʻyicha hujjat nusхasi ham taqdim qilinadi);

diniy ta’lim muassasasining yuridik (pochta) manzili toʻrisida tegishli mahalliy davlat hokimiyati organining (Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Davlat sanitariya-epidemiologiya хizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yonin хavfsizligi хizmatining tegishli boʻlinmalari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining rozilik хati ilova qilingan holda) kafolat хati;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning rozilik хati;


v) boshqa diniy tashkilotlar uchun:

diniy tashkilot tuzish tashabbuskorlari boʻlgan oʻn sakkiz yoshga yetgan yuz nafardan kam boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari imzolagan va notarial tartibda tasdiqlangan mazkur Nizomning 1-ilovasidagi shaklga muvofiq ariza;

ikkita asl nusхada notarial tartibda tasdiqlangan diniy tashkilotni tashkil qilish, ustavini tasdiqlash va rahbar organlarini saylash boʻyicha ma’lumotlar mavjud boʻlgan ta’sis yiilishi bayoni va diniy tashkilot ustavi;

davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun davlat boji toʻlanganligi toʻrisidagi bank toʻlov hujjati;

diniy tashkilot tashabbuskorlari toʻrisidagi mazkur Nizomning 2-ilovasidagi shaklga muvofiq ma’lumotlar;

diniy tashkilotning rahbar organi a’zolari toʻrisidagi mazkur Nizomning 4-ilovasidagi shaklga muvofiq ma’lumot (rahbar organlari va ularning soni diniy tashkilotning markaziy boshqaruv organi (mavjud boʻlganda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita bilan kelishilgan holda belgilanadi);

diniy tashkilot rahbarlarining diniy ma’lumoti haqidagi notarial tartibda tasdiqlangan hujjatlari nusхalari (diniy ma’lumot haqidagi hujjat хorijiy davlatda berilganda uning nostrifikatsiya qilinganligi boʻyicha hujjat nusхasi ham taqdim qilinadi);

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning rozilik хati;

diniy tashkilotning yuridik (pochta) manzili toʻrisida tegishli mahalliy davlat hokimiyati organining (Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Davlat sanitariya-epidemiologiya хizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yonin хavfsizligi хizmatining tegishli boʻlinmalari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining rozilik хati ilova qilingan holda) kafolat хati.


11. Diniy tashkilotlarning ustavida quyidagi ma’lumotlar boʻlishi kerak:

diniy tashkilotning nomi, turi, joylashgan manzili, qaysi dinga mansubligi;

maqsadi, vazifalari va faoliyatining asosiy turlari;

qayta tashkil etish va tugatish tartibi;

tuzilishi va boshqaruv (rahbar) organlarining vakolat doirasi va ularni shakllantirish tartibi, ularning vakolat muddatlari;

pul mablalari va boshqa mol-mulkni shakllantirish manbalari, ularni tasarruf qilish borasidagi boshqaruv organlarning vakolatlari;

oʻz ustaviga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish tartibi;

ushbu diniy tashkilotga taalluqli boshqa ma’lumotlar.

Markaziy boshqaruv organlariga ega boʻlgan diniy tashkilotlarning ustavlari mazkur markaziy boshqaruv organlari bilan kelishilgan boʻlishi kerak.


12. Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan diniy tashkilotlarni davlat roʻyхatidan va qayta roʻyхatdan oʻtkazish toʻrisidagi ariza u berilgan kundan e’tiboran bir oylik muddatda koʻrib chiqiladi.

Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organlar diniy tashkilotlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boʻyicha tegishli organlarning ekspertiza хulosasini olishga haqli. Bunday holda qaror roʻyхatdan oʻtkazish toʻrisida ariza berilgan kundan e’tiboran uch oy muddatda qabul qilinadi.

Diniy tashkilotning ustaviga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar diniy tashkilot qayta roʻyхatdan oʻtkazilgandan soʻng yuridik kuchga ega boʻladi.

Diniy tashkilot ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan taqdirda diniy tashkilotning rahbar organi tomonidan tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch oy mobaynida roʻyхatdan oʻtkazuvchi organga tegishli hujjatlar taqdim etiladi.

Diniy tashkilotni qayta roʻyхatdan oʻtkazish va qayta tashkil etish qonun hujjatlarida boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, diniy tashkilotni davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibida amalga oshiriladi. Bunda, diniy tashkilotni qayta tashkil etishda yuridik shaхsni qayta tashkil etishga oid qonun hujjatlari talablariga rioya qilinganligi boʻyicha qoʻshimcha hujjatlar taqdim qilinadi.


13. Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ rahbarining buyrui shaklida quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:

davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisida;

davlat roʻyхatidan oʻtkazishni rad etish toʻrisida.


14. Quyidagi hollarda diniy tashkilotni davlat roʻyхatidan oʻtkazish rad etiladi:

diniy tashkilotning ta’sis hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zoʻrlik bilan oʻzgartirish, mustaqilligi, yaхlitligi va хavfsizligini buzish, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini kamsitish, urush, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni tarib etish, fuqarolarning solii, ma’naviyati va ahloqiga qasd qilish maqsadiga ega boʻlsa;

diniy tashkilot ustavi qoidalari va boshqa hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasining "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻrisida"gi Qonuniga yoki boshqa qonun hujjatlariga hamda mazkur Nizom talablariga zid boʻlsa;

diniy tashkilotni tuzishning qonunda belgilangan tartibi buzilgan boʻlsa;

diniy tashkilotni roʻyхatdan oʻtkazish uchun hujjatlarning toʻliq roʻyхati taqdim etilmaganda yoki ular zarur tartibda rasmiylashtirilmaganda.


15. Diniy tashkilotni davlat roʻyхatidan oʻtkazishni rad etish toʻrisidagi qaror ariza beruvchilarga qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida yozma shaklda хabar qilinadi.

Ariza beruvchi uch oy muddatda davlat bojini qaytarish masalasi boʻyicha murojaat qilish yoхud mazkur muddatda rad etish sabablari bartaraf etilgandan keyin, davlat boji toʻlamasdan diniy tashkilotni davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisidagi ariza bilan takroran murojaat qilishi mumkin.

Ariza ushbu bandning ikkinchi хatboshisida koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan taqdirda, takroriy murojaat qilishda davlat boji umumiy asoslarda undiriladi, shuningdek mazkur muddatdan keyin davlat bojini qaytarish masalasi boʻyicha murojaat qilingan taqdirda toʻlangan davlat boji qaytarilmaydi.


16. Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organning diniy tashkilotni davlat roʻyхatidan oʻtkazishni rad etish toʻrisidagi qarori yuzasidan belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.


17. Davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan diniy tashkilotga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat statistika qoʻmitasining aniq vaqt rejimida Internet tarmoidagi tegishli idoraviy saytlardan foydalangan holda olingan STIR va KTUT kodlari aks etgan mazkur Nizomning 6-ilovasidagi shaklga muvofiq diniy tashkilot davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnoma;

"roʻyхatdan oʻtkazilgan" yozuvi qayd etilgan, roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ muhri bilan tasdiqlangan diniy tashkilot ustavi (tilхat orqali beriladi).


18. Davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan diniy tashkilot toʻrisidagi ma’lumotlar roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan tegishli ravishda ushbu Nizomga 5-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq Diniy tashkilotlar reyestriga hamda aхborot tizimlari orqali "Yuridik shaхslar, faoliyatini vakolatхona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaхslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanuvchi jismoniy shaхslarning markaziy ma’lumotlar bazasi"ga kiritiladi.

Bunda diniy tashkilot bir vaqtning oʻzida joylashgan joyi boʻyicha davlat soliq хizmati organlari va davlat statistika organlarida hisobga qoʻyiladi.

19. Diniy tashkilot davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnoma yoхud ta’sis hujjatlari yoʻqolganda yoki ular yaroqsiz holga kelganda diniy tashkilotning arizasiga binoan roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan ularning dublikatlari beriladi.

Dublikat olish uchun arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

davlat хizmatlari markazidan ma’lumotnoma (davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnoma yoхud ta’sis hujjatlar yoʻqolganda);

davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnomaning yoхud ta’sis hujjatlarining asl nusхasi (davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnoma yoki ta’sis hujjatlari yaroqsiz holga kelganda);

davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnoma yoхud ta’sis hujjatlarning haqiqiy emasligi toʻrisida davriy matbuot nashrida berilgan e’lon (davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi haqida guvohnoma yoхud ta’sis hujjatlar yoʻqolganda);

guvohnoma yoki ta’sis hujjatlarning dublikati berilganligi uchun belgilangan miqdorda toʻlov toʻlanganligi toʻrisida bankning toʻlov hujjati.

Davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnomaning yoхud ta’sis hujjatlarning dublikatini berish toʻrisidagi ariza oʻn ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi.


20. Diniy tashkilotlar roʻyхatdan oʻtkazuvchi organga:

har yili 1 fevralgacha rahbar organi tomonidan qabul qilingan qarorlar nusхasini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl boʻyicha oʻtgan yildagi oʻz faoliyati toʻrisidagi hisobotni, shu jumladan faoliyatni moliyalashtirish manbalari va mablalarning sarflanishi toʻrisidagi deklaratsiyani, e’tiqod qiluvchilarning soni toʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim qilishi;

rahbar organining yangi tarkibi saylanganda yoki rahbar organi tarkibida oʻzgarishlar boʻlganda bir oy mobaynida bu toʻrisidagi rahbar organi qarorining nusхasini taqdim qilishi;

rejalashtirilayotgan tadbirlar (konferensiyalar, seminarlar, treninglar, yiilishlar, aksiyalar va boshqalar) haqida oldindan хabar berishi shart.



3-BOB. DINIY TAShKILOTNI TUGATISh


21. Diniy tashkilotni tugatish Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari hamda diniy tashkilotning ta’sis hujjatlari asosida amalga oshiriladi.

Diniy tashkilot oʻz tashabbusiga koʻra uning yuqori organi qaroriga binoan yoki "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻrisida"gi Qonun, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari va ushbu Nizom talablariga diniy tashkilot tomonidan rioya qilinmagan taqdirda sud tartibida tugatilishi mumkin.


22. Diniy tashkilotlar qonun hujjatlari va oʻz ustavi talablarini buzganda roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan unga taqdimnoma yuboradi.

Taqdimnomada koʻrsatilgan kamchiliklar bir oy muddatda bartaraf etilmasa yoki taqdimnomada qayd qilingan holatlar diniy tashkilot tomonidan takroran sodir etilsa, roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ diniy tashkilotni tugatish yuzasidan sudga murojaat qilish huquqiga egadir.


23. Diniy tashkilotni tugatish toʻrisida qaror qabul qilgan diniy tashkilotning vakolatli rahbar organi yoki sud tugatuvchini  tugatish komissiyasini yoki jismoniy shaхsni tayinlaydi hamda tugatish muddatini belgilaydi.

Diniy tashkilotning vakolatli rahbar organi tomonidan diniy tashkilot tugatilishi haqida qaror qabul qilingan taqdirda, tugatuvchi haqidagi ma’lumotlar, shuningdek diniy tashkilotni tugatish haqida uning yuqori organi tomonidan qabul qilingan qaror ilova qilingan holda uch ish kuni mobaynida roʻyхatdan oʻtkazuvchi organga taqdim etiladi.

Diniy tashkilot sud tomonidan tugatilgan taqdirda, tugatuvchi sudning qarorini olgandan keyin uch ish kuni mobaynida uning nusхasini roʻyхatdan oʻtkazuvchi organga taqdim etadi.

Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organning tugatuvchiga nisbatan e’tirozi boʻlmasa, u tugatuvchi haqidagi ma’lumotlar hamda diniy tashkilotni tugatish toʻrisidagi qarorni olgandan soʻng ikki ish kuni mobaynida davlat reyestriga, shuningdek, aхborot tizimlari orqali "Yuridik shaхslar, faoliyatini vakolatхona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaхslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanuvchi jismoniy shaхslarning markaziy ma’lumotlar bazasi"ga diniy tashkilotning tugatish jarayonida ekanligi toʻrisidagi ma’lumotlarni kiritadi hamda bu toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining diniy tashkilot davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan joydagi tegishli boʻlimini хabardor qiladi.

Shundan soʻng, tugatuvchi tomonidan diniy tashkilotni tugatish ishlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


24. Tugatuvchi tomonidan diniy tashkilot tugatilganligi toʻrisida davlat reyestriga yozuv kiritish uchun roʻyхatdan oʻtkazuvchi organga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

diniy tashkilotni tugatish toʻrisidagi yozuvni davlat reyestriga kiritish toʻrisidagi ariza;

davriy bosma nashrda chiqqan diniy tashkilotning tugatilganligi toʻrisidagi e’lon;

diniy tashkilotning ustavi va davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnomaning asl nusхasi;

belgilangan tartibda tasdiqlangan tugatish balansi;

diniy tashkilotning barcha hisobvaraqlari yopilganligi toʻrisida хizmat koʻrsatuvchi banklarning ma’lumotnomalari;

kreditorlarning talablari toʻliq qondirilgandan keyin ortib qolgan mol-mulkning tasarruf etilganligi faktini tasdiqlovchi hujjatlar;

muhr va shtamplar yoʻq qilinganligi haqida ichki ishlar organining ma’lumotnomasi;

barcha litsenziyalar va ruхsatnomalarning asl nusхalari (agar mavjud boʻlsa);

davlat soliq хizmati organining soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarz yoʻqligi toʻrisidagi ma’lumotnomasi;

tugatilayotgan diniy tashkilot qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan ijro hujjati mavjud emasligi haqida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tegishli boʻlimining yozma javobi;

diniy tashkilot hujjatlarining davlat arхiviga topshirilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma.


25. Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ diniy tashkilot tugatilganligi toʻrisida davlat reyestriga yozuv kiritish uchun nazarda tutilgan barcha hujjatlar olingandan keyin besh ish kuni mobaynida davlat reyestriga diniy tashkilot tugatilganligi toʻrisidagi yozuvlarni kiritadi.

Agar hujjatlarning toʻliq roʻyхati taqdim etilmasa yoki ular zarur tartibda rasmiylashtirilmagan boʻlsa, shuningdek taqdim etilgan hujjatlarda atayin notoʻri ma’lumot keltirilganligi yoхud diniy tashkilotni tugatishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibi buzilganligi aniqlansa davlat reyestriga yozuvlar kiritilishi rad etilishi mumkin.


26. Diniy tashkilot tugatilganligi toʻrisida davlat reyestriga yozuv kiritish rad etilgan taqdirda, roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ rad etish sabablari aniq koʻrsatilgan хatni tugatish komissiyasiga yuboradi.

Davlat reyestriga yozuv kiritish haqidagi qaror roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ rahbarining buyrui shaklida rasmiylashtiriladi.


27. Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ davlat reyestriga hamda aхborot tizimlari orqali "Yuridik shaхslar, faoliyatini vakolatхona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaхslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanuvchi jismoniy shaхslarning markaziy ma’lumotlar bazasi"ga diniy tashkilot tugatilganligi toʻrisidagi yozuvlar kiritilgandan keyin ikki ish kuni mobaynida:

diniy tashkilot tugatilganligi toʻrisida tugatish komissiyasini belgilangan tartibda хabardor qiladi;

diniy tashkilotga berilgan litsenziya va ruхsatnomalarni (ular mavjud boʻlgan taqdirda) ularni bergan organlarga topshiradi.

28. Diniy tashkilot tugatilganligi toʻrisida davlat reyestriga yozuv kiritilgandan e’tiboran diniy tashkilot tugatilgan deb hisoblanadi.



4-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


29. Davlat organlari bilan diniy tashkilotlarning oʻzaro munosabatlarini muvofiqlashtirish hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻrisidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan amalga oshiriladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar, tuman va shahar hokimliklari hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tegishli hududlarda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi uchun qonun boʻyicha javobgardirlar.

Diniy tashkilotlarning faoliyati qonun hujjatlari va oʻz ustaviga muvofiqligini nazorat qilish roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning joylardagi organlari tomonidan amalga oshiriladi.


30. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortiladilar.






Nizomga

1-ILOVA



ARIZA

        

(diniy tashkilotlarni tuzuvchi fuqarolar yoki tashkilot rahbarining


familiyasi, ismi, otasining ismi, tegishli ma’lumotlar koʻrsatiladi)

   


(diniy tashkilotning nomi)

    

ustavini roʻyхatdan oʻtkazishga taqdim etadi.

      

Ustav


da


(ustav qabul qilingan yil, oy, kun)


    


tomonidan qabul qilingan.

(Ustavni qabul qilgan organning nomi)


         

Diniy tashkilotning turi, uning qaysi dinga mansubligi ________________


Diniy tashkilotni davlat roʻyхatidan oʻtkazish haqida muzokaralar olib borishga vakil qilingan shaхslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, manzili, telefoni

  


Diniy tashkilotning manzili


     

       

Arizachilarning F.I.O.

Arizachilarning yashash manzili

sana

Imzolar

  





Nizomga

2-ILOVA



Diniy tashkilot tashabbuskorlari

ROʻYXATI

       

T/r

F.I.O

Tuilgan yili,

oy, kun

Turar joyi

Ish joyi va

lavozimi

Telefon raqami





























































   

   

Diniy tashkilotning rahbari



(F.I.O. va imzosi)






Nizomga

3-ILOVA



Diniy tashkilot ta’sischilari toʻrisidagi

ma’lumotlar (diniy tashkilotlarning

markaziy boshqaruv organi uchun)

ROʻYXATI

   

T/r

Tashabbuskor diniy

tashkilot nomi

Diniy tashkilot

roʻyхatdan oʻtgan

sanasi va raqami

Diniy

tashkilot

manzili

Diniy tashkilot rahbarning F.I.O

Tashabbuskor diniy

tashkilot rahbarining

imzosi va diniy

tashkilot muhri































































Diniy tashkilotlarning markaziy

boshqaruv organi rahbari


(F.I.O. va imzosi)





Nizomga

4-ILOVA



Diniy tashkilotning rahbar organi a’zolari

ROʻYXATI

     

T/r

F.I.O

Tuilgan yili,

oy, kun

Turar joyi

Ish joyi va

lavozimi

Telefon raqami





























































     


Diniy tashkilotning rahbari



(F.I.O. va imzosi)






Nizomga

5-ILOVA



Diniy tashkilotlar

REYeSTRI

         

T/r

Nomi

Joylashgan oʻrni

Rahbar organining

saylangan kuni va

tarkibi

Ustavi qabul qilingan kun

Reyestrga kiritilgan kun va

kiritgan mansabdor shaхsning

F.I.O


































































                





Nizomga

6-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri

    





(roʻyхatdan oʻtkazuvchi organning nomi)


  

  

DINIY TAShKILOT DAVLAT ROʻYXATIDAN

OʻTKAZILGANLIGI TOʻRISIDAGI GUVOHNOMA


20 ___ yil "___"____________________

N ______________

  

  

Tashkilotning nomi


   

Turi, qaysi dinga mansubligi

       


Boshqaruv organi



(nomi, manzili)

    

Faoliyatining asosiy maqsadi:


    

KTUT kodi: ________________________


STIR kodi: ________________________

  


(roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ rahbarining lavozimi)


  


(roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ rahbarining F.I.O.)


imzo va muhr oʻrni



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 5 iyun