Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.05.2018 y. 409-son "Oʻzbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish, qayta roʻyхatdan oʻtkazish va tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

31.05.2018 y.

N 409




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DINIY

TAShKILOTLARNI DAVLAT ROʻYXATIDAN

OʻTKAZISh, QAYTA ROʻYXATDAN OʻTKAZISh

VA TUGATISh TARTIBI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish, qayta roʻyхatdan oʻtkazish va tugatish tartibini yanada takomillashtirish hamda soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish, qayta roʻyхatdan oʻtkazish va tugatish tartibi toʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita bir oy muddatda diniy tashkilotlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun rozilik berish tartibi toʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita mazkur qarorning mazmun va mohiyati toʻrisida keng tushuntirish ishlarini amalga oshirsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi J.K. Akramov va Oʻzbekiston Respublikasining adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 31 maydagi

409-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibi toʻrisida" 1998 yil 20 iyundagi 263-son qarori.


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2003 yil 30 apreldagi 197-son qaroriga ilovaning 10-bandi.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2017 yil 20 dekabrdagi 1001-son qaroriga ilovaning 5-bandi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 5 iyun