Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.06.2018 y. 436-son "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

11.06.2018 y.

N 436



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT GEOLOGIYa VA MINERAL

RESURSLAR QOʻMITASI HUZURIDAGI

KON-GEOLOGIYa FAOLIYaTINI NAZORAT

QILISh INSPEKSIYaSI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 1 martdagi PQ-3578-son qaroriga muvofiq hamda yer qa’rining geologik oʻrganilishi, undan oqilona foydalanilishi va muhofaza etilishining tegishli nazoratini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning beхatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi deb ataladi) ikki hafta muddatda yer qa’rini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilishga doir barcha arхiv hujjatlarini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasiga topshirsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yilgi va keyingi yillar uchun Davlat byudjeti parametrlarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasini saqlab turishga moliyaviy mablalarni nazarda tutsinlar.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasining yuklangan vazifalarga muvofiq samarali faoliyati yuritishini ta’minlasin.


5. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - "Oʻzbekneftgaz" AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultanov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi B.F. Islomov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                           A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 11 iyun