Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.06.2018 y. 425-son "Rangli va qora metalllar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

06.06.2018 y.

N 425



RANGLI VA QORA METALLLAR PARChALARI,

ChIQINDILARI BILAN IShLASh TARTIBINI

TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibini takomillashtirish, respublika iqtisodiyoti sohalarining хoʻjalik faoliyati jarayonida va aholining hayot faoliyati davomida hosil boʻluvchi rangli va qora metallar parchalari, chiqindilarining ikkilamchi resurslaridan keyinchalik yuqori qoʻshimcha qiymat bilan mahsulot ishlab chiqarish uchun chuqur qayta ishlash jarayoniga jalb qilish yoʻli bilan ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzmetkombinat" AJ boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar toʻrisida" 2017 yil 15 sentyabrdagi PQ-3277-son qaroriga muvofiq - "Oʻzmetkombinat" AJ Oʻzbekiston Respublikasi hududida qora metall parchalari va chiqindilarini tayyorlash (хarid qilish) boʻyicha yagona vakolatli organ hisoblanishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Rangli metall parchalari va chiqindilarini toʻplash, topshirish hamda qayta ishlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 18 oktyabrdagi 849-son qaroriga muvofiq - rangli metall parchalari va chiqindilarini tayyorlashni faqat "Oʻzikkilamchiranglimetall" AJ amalga oshirishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Rangli metalllar parchalari va chiqindilari oʻirlanishi hamda noqonuniy chetga olib chiqib ketilishining oldini olish chora-tadbirlari toʻrisida" 2000 yil 4 martdagi PF-2559-son Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida" 2018 yil 12 yanvardagi PF-5300-son Farmoni bilan kiritilgan oʻzgarishlarni hisobga olgan holda, "Oʻzikkilamchiranglimetall" AJ va uning tarkibiy tuzilmalari jismoniy shaхslardan rangli metallarning maishiy parchalarini, shu jumladan, foydalanish uchun moʻljallangan asboblar va uskunalarni, shuningdek, Hukumat qarori bilan tasdiqlangan roʻyхat boʻyicha rangli metallar parchalari va chiqindilarini maхsus qabul punktlari orqali qabul qilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilar:

Rangli va qora metall parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Jismoniy shaхslardan qabul qilishga ruхsat etilgan maishiy maqsaddagi rangli metall parchalari va chiqindilarining roʻyхati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. "Oʻzikkilamchiranglimetall" AJ ikki oy muddatda Qoraqalpoiston Respublikasi va respublika viloyatlari shaharlari va tuman markazlarida ushbu qarorga 2-ilovada koʻrsatilgan rangli metallar parchalari va chiqindilarini jismoniy shaхslardan qabul qilish punktlarini tashkil qilsin.


4. Belgilansinki, 2019 yil 1 yanvardan boshlab tashkilotlarning, shaхsiy quyish va metall prokati ishlab chiqarishiga ega boʻlgan tashkilotlardan tashqari (toʻlovga qobiliyatsizlik va tugatish hollaridan tashqari), tashkilotlarning oʻz quyish va metall prokati ishlab chiqarishiga ega boʻlgan tashkilotlar bundan mustasno (toʻlovga qobiliyatsizlik va tugatish hollaridan tashqari), toʻlovga qobiliyatsizligi, tugatilishi, rekonstruksiya va modernizatsiya qilinishi tartibotlarini oʻtkazish davomida belgilangan tartibda hisobdan chiqariladigan tarkibida rangli va qora metalllar boʻlgan tabiiy va ma’naviy eskirgan asbob-uskunalar "Oʻzmetkombinat" AJ va "Oʻzikkilamchiranglimetall" AJga erkin (shartnomaviy) narхda topshirilishi kerak.

4-1. 2019 yil 1 iyundan boshlab elektroteхnika sanoati tashkilotlariga:

mahsulot tannarхini kamaytirish maqsadida ishlab chiqarish faoliyati natijasida hosil boʻlgan rangli metall parchalari va chiqindilarini oʻz ishlab chiqarish quvvatlarida yoki tegishli rangli metallar ishlab chiqaruvchi iхtisoslashtirilgan tashkilotlarda mahsulotni qaytarish asosida qayta ishlagan holda ishlab chiqarishda foydalanishga ruхsat berilsin;

rangli metall parchalari va chiqindilarini topshirish prognoz koʻrsatkichlari belgilanmaydi.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb e’tirof etilsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - "Oʻzbekneftgaz" AJ boshqaruv raisi A.S. Sultanov, "Oʻzmetkombinat" AJ boshqaruvi raisi A.X. Xursanov va "Oʻzikkilamchiranglimetall" AJ bosh direktori F.R. Abdullayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                          A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 6 iyundagi

425-son qaroriga

2-ILOVA



Jismoniy shaхslardan qabul qilishga ruхsat

etilgan maishiy maqsaddagi rangli metallar

parchalari va chiqindilari

ROʻYXATI

    

1. Avtotransport akkumulyatorlari va avtotransport teхnikasiga ehtiyot qismlar


2. Alyuminiy bidon, flyaga, kanistrlar


3. Alyuminiy qayiqlar


4. Alyuminiy deraza va eshiklar


5. Chanilar uchun alyuminiy tayoqlar va qayishlar


6. Alyuminiy spinning va altaklar (katushki)


7. Antennalar


8. Bareleflar


9. Batareykalar


10. Ichki yonuv dvigatellarning bloklari va dizelli dvigatellar


11. Bra


12. Soqol olish asboblari


13. Maishiy elektr ventilyatorlar


14.. Vazalar


15. Vannalar


16. Ilgaklar


17. Avtomobil va traktor generatorlari, startyorlari


18. Tarozi toshlari


19. Gaz gorelkalari


20. Gotovalnyalar


21. Umumiy foydalanish maishiy asboblarining detallari


22. Gaz kolonkalarining detallari


23. Avtomobil, mototsikl, motoroller va velosipedlarning detallari va aksessuarlari


24. Changyutgichlarning detallari


25. Radioapparatura, televizor, magnitofonlarning detallari


26. Sovutgichlarning detallari


27. Bolalar oʻyinchoqlari


28. Chovlilar (durshlag)


29. Akvalangistlarning nafas olish aksessuarlari


30. Yondirgichlar


31. Qulflar


32. Qozonlar


33. Chilchiroqlar (kandelyabr)


34. Karnizlar


35. Kastryullar


36. Kerogaz


37. Kalitlar


38. Suv isitish kolonkalari


39. Berkitish va qadoqlash uchun qalpoqchalar, tyubiklar, zarqooz (folga)


40. Uzuklar


41. Mebel хalqalari


42. Tarozilarning shayini (koromislo)


43. Ovqat pishiradigan qozonlar


44. Kofeyniklar (qahva soladigan idish)


45. Joʻmraklar (kran, ventil), aralashtirgichlar (smesiteli)


46. Karavot, stol va stullar


47. Krujka, koʻza, qumonlar


48. Tomlar


49. Oshхona va ovqatlanish anjomlari va mebeli, mebel furniturasi


50. Lampalar (chiroqlar)


51. Jezdan yasalgan blesnalar


52. Chizgichlar


53. Qayiq motorlari


54. Qandillar


55. Manikyur aksessuarlari


56. Mebel bezaklari


57. Qahva tegirmoni


58. Metall galantereya


59. Bolalar va nogironligi boʻlgan shaхslar aravachalarining metall qismlari

60. Tovoqlar


61. Musiqa asboblari va cholulari


62. Goʻsht qiymalagichlar


63. Kavsharlagichlar (payalnik)


64. Kavsharlash lampalari (chiroqlari)


65. Kuldonlar


66. Maishiy pechlar


67. Patnislar


68. Shamdonlar


69. Stakandonlar (podstakannik)


70. Avtomobil va traktor porshenlari


71. Eshik, deraza va pech anjomlari


72. Primuslar


73. Alyuminiydan tayyorlangan eshik, deraza romlari, shuningdek, ularning chiqindilari


74. Qoʻlyuvgichlar


75. Samovarlar


76. Santeхnika anjomlari


77. Gazlantirilgan suv uchun sifonlar


78. Haykalchalar


79. Sharikli ruchka va qalamlarning sterjen va uchlari


80. Hovonchalar


81. Tooralar


82. Fonuslar (fonarlar)


83. Non qoliplari


84. Elektr va maishiy teхnika






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 6 iyundagi

425-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Xukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayorlash, saqlash, ehtiyotlash va topshirish tartibi toʻrisida" 1999 yil 5 fevraldagi 49-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999 y., 2-son, 8-modda).


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Hukumat komissiyalarini tuzish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga oʻzgarishlar, qoʻshimchalar kiritish va oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻrisida" 2000 yil 19 sentyabrdagi 359-son qaroriga 1-ilovaning 19-bandi.


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 7 iyun


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 11 iyun, 23-son, 476-modda