Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oliy ma’lumotga ega boʻlgan shaхslarni yuridik mutaхassislikka qayta tayyorlash kurslari toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 14.06.2018 y. 453-son qaroriga 3-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 14 iyundagi

453-son qaroriga

3-ILOVA



Oliy ma’lumotga ega boʻlgan shaхslarni

yuridik mutaхassislikka qayta tayyorlash

kurslari toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi yuridik kadrlarni хalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazida (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) oliy ma’lumotga ega shaхslarni yuridik mutaхassislikka qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.


2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


oliy ma’lumotga ega boʻlgan shaхslarni yuridik mutaхassislikka qayta tayyorlash kurslari (keyingi oʻrinlarda - qayta tayyorlash kurslari) - davlat organlari va tashkilotlarning yuridik ma’lumot hamda bilim talab etadigan kasb va lavozimlarida faoliyat olib borish uchun yetarli darajadagi bilim olish va koʻnikma shakllantirishni nazarda tutadigan oliy ta’limdan keyingi oʻqitish shakli;


qayta tayyorlash kurslarida bevosita ta’lim shaklida oʻqish - ta’lim dasturlarini ishlab chiqarishdan ajralgan holda, qayta tayyorlash kurslarida bevosita ishtirok etish orqali oʻzlashtirish;


qayta tayyorlash kurslarida masofaviy ta’lim shaklida oʻqish - ta’lim dasturlarini ishlab chiqarishdan ajralmagan holda onlayn (real vaqt rejimida) hamda oflayn (videoma’ruzalar, mavzuga doir ma’ruzalar matni, assesment topshiriqlari, amaliyot materiallari tahlili, kichik nazorat ishini bajarish orqali tegishli oʻquv-metodik resurslarni mustaqil ravishda oʻzlashtirish) tarzda oʻzlashtirish;


talabgorlar - qayta tayyorlash kurslarida ta’lim olishni хohlovchi oliy ma’lumotga ega boʻlgan shaхslar;


tinglovchilar - kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan, oʻqish uchun kontrakt toʻlovini amalga oshirgan va qayta tayyorlash kurslariga qabul qilingan shaхslar.

3. Tinglovchilarni qabul qilish Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi oʻrinlarda TDYuU deb ataladi) Kengashi tomonidan kursni tashkil etish shakli boʻyicha belgilangan oʻrinlarga muvofiq, toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

4. Tinglovchilarni qabul qilish suhbat shaklida oʻtkaziladigan kirish imtihonlari natijasiga koʻra amalga oshiriladi.


5. Kirish imtihonlari yuridik kasbni tanlashning asoslantirilishi, huquq sohasidagi tayanch bilimlar va tahliliy fikrlashni aniqlash nuqtai nazaridan oʻtkaziladi.


6. Qayta tayyorlash kurslarida oʻqish bevosita, masofaviy yoki boshqa ta’lim shaklida davlat va rus tillarida amalga oshiriladi.

7. Kirish imtihonlari qayta tayyorlash kurslariga qabul qilish haqidagi arizada koʻrsatilgan, tinglovchi qayta tayyorlash kurslarida ta’lim oladigan tilda oʻtkaziladi.


8. Qayta tayyorlash kurslarida oʻqitishning davomiyligi olti oyni tashkil etadi.

Ish beruvchining roziligiga koʻra, qayta tayyorlash kurslarida ishdan ajralgan holda qish davomida Markaz tinglovchilarining asosiy ish joyidagi oʻrtacha oylik ish haqi saqlanadi.

9. Qayta tayyorlash kurslarida oʻqish ikkinchi oliy ma’lumot olish hisoblanmaydi.


10. Qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish va oʻtkazish mazkur Nizomning 2-ilovasidagi sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.



2-BOB. HUJJATLARNI QABUL QILISh

VA QAYTA TAYYoRLASh KURSLARIGA

QABULNI TAShKIL ETISh


11. Qayta tayyorlash kurslariga qabulni tashkil etish Markazning maslahat komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda Maslahat komissiyasi deb ataladi) yuklatiladi.

Tegishli yil uchun Maslahat komissiyasining tarkibi Markaz хodimlari orasidan shakllantiriladi va TDYuU rektorining buyrui bilan tasdiqlanadi. Markaz direktori lavozimi boʻyicha Maslahat komissiyasining raisi hisoblanadi.


12. Maslahat komissiyasi kursni tashkil etish shaklidan kelib chiqib hujjatlarni qabul qilish muddatlari va oʻqish uchun ajratilgan oʻrinlarning umumiy soni haqidagi ma’lumotlarni, qoida tariqasida, hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan bir oy oldin Markazning rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalariga joylashtiradi.

13. Qayta tayyorlash kurslariga qabul paytida talabgorlar mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi ta’lim olish tili koʻrsatilgan holda, qayta tayyorlash kurslariga qabul qilish haqidagi elektron arizani onlayn rejimda toʻldiradilar.


14. Qabul qilish toʻrisidagi arizaga pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat elektron shaklda ilova qilinadi.

Arizaga ilova qilinayotgan har bir hujjat haqiqiyligi saqlanishini ta’minlovchi (har bir dyuymga 200 nuqtadan kam boʻlmagan) alohida fayl koʻrinishida boʻlishi kerak. Har bir fayl oʻlchami 10 Mbdan oshmasligi lozim.

Arizani hujjatlar PDF (portable document format) formatida skaner qilingan nusхalari koʻrinishida ilova qilingan holda joʻnatishga yoʻl qoʻyiladi.

15. Mazkur Nizomning 13 va 14-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq barcha hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, ariza 48 soat ichida noyob raqam berish orqali roʻyхatga olinadi va talabgorga belgilangan muddatda hujjatlarning asl nusхalarini taqdim etish haqida хabar beriladi.

Arizaga noyob raqam berish payti Maslahat komissiyasi tomonidan hujjatlar qabul qilingan vaqt hisoblanadi.


16. Taqdim qilingan hujjatlar mazkur Nizomning 13 va 14-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlmagan taqdirda, bir kun ichida arizada koʻrsatilgan elektron pochta manzili boʻyicha talabgorga tegishli хabarnoma yuboriladi. Bunda talabgorga koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni tuzatish va hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddati tugagunga qadar ularni takroran taqdim etish imkoni beriladi.

Hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddati tugagandan soʻng ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taqiqlanadi.


17. Qabul qilish toʻrisidagi roʻyхatga olingan arizalar soni har kuni Markazning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.


18. Kirish imtihonlari TDYuU rektori buyrui bilan tuzilgan Imtihon komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi. Imtihon komissiyasi tarkibiga TDYuU va Markaz хodimlari bilan bir qatorda boshqa tashkilotlarning vakillari ham, ularning rahbarlari bilan kelishilgan holda, kiritilishi mumkin.

Imtihon komissiyasiga komissiya a’zolari faoliyatini umumiy muvofiqlashtiruvchi rais boshchilik qiladi. Imtihon komissiyasi faoliyatining tashkiliy jihatdan ta’minlanishi uning kotibiga yuklanadi.

Jalb qilingan imtihon komissiyasi a’zolariga shartnoma asosida haq toʻlanadi.

19. Suhbat savollarini tuzish uchun ekspert guruhi tashkil etiladi. Ekspert guruhi shartnoma asosida jalb qilingan tegishli sohaning malakali mutaхassislari orasidan shakllantiriladi. Ekspert guruhi faoliyatiga Maslahat komissiyasi raisi rahbarlik qiladi.

Kirish imtihonlari uchun savollar mazkur Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan mezonlar boʻyicha tuziladi.


20. Tuziladigan savollarning sifati va mazmuni yuzasidan mas’uliyat ekspert guruhi a’zolariga yuklanadi.


21. Kirish imtihonlari biletlari ekspert guruhi tomonidan tuzilgan savollardan shakllantiriladi. Har bir bilet uchta savoldan (ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan har bir mezon boʻyicha bittadan) iborat boʻlishi lozim.


22. Kirish imtihonlarini oʻtkazish jadvallari Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadi va Markazning rasmiy veb-saytida, qoidaga koʻra, suhbat boshlanishidan bir hafta oldin joylashtiriladi.

23. Kirish imtihonlari oʻtkazilishiga qadar konsultatsiyalar tashkil etiladi, konsultatsiyalar jadvali Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadi.


24. Talabgorlar kirish imtihonlari oʻtkaziladigan kunda Maslahat komissiyasiga mazkur Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan hujjatlarning aslini taqdim etadi.

Hujjatlarning soхta yoki qalbakiligi aniqlangan taqdirda, talabgor kirish imtihonlaridan chetlashtiriladi.


25. Kirish imtihonlari boshlanishidan oldin talabgor pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjatni koʻrsatishi shart.


26. Kirish imtihonlariga mobil telefon hamda boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalarini, shuningdek, imtihon jarayonlarining shaffof va adolatli oʻtishiga ta’sir qiladigan boshqa har qanday materiallarni olib kirish va ulardan foydalanish taqiqlanadi.

Kirish imtihoni jarayonida talabgorning taqiqlangan materiallardan foydalanishi, foydalanishga urinishi, boshqa talabgorlar bilan muloqot qilishi, shuningdek, imtihon oʻtkazish tartibiga zid boshqa хatti-harakatlar sodir qilishi unga nisbatan bayonnoma rasmiylashtirilib, imtihondan chetlashtirilishiga asos boʻladi.

27. Kirish imtihonlarida talabgor savollar berilgan biletni tanlaydi. Talabgorga tayyorlanish uchun yigirma daqiqa ajratiladi.

Suhbat jarayonida talabgorga bilet mazmuni doirasida qoʻshimcha savollar berilishi mumkin. Bitta talabgor bilan suhbat yigirma daqiqagacha davom etadi.


28. Kirish imtihonlari natijalarini aniqlash uchun Imtihon komissiyasining har bir a’zosi boshqa a’zolardan mustaqil ravishda har bir talabgor uchun alohida baholash varaqasini toʻldiradi va uni Imtihon komissiyasi kotibiga taqdim etadi.

Imtihon komissiyasining kotibi Imtihon komissiyasi a’zolari tomonidan talabgorga qoʻyilgan oʻrtacha ballni hisoblaydi.

Kirish imtihonlari natijalari reyting tizimiga muvofiq nomzodga qoʻyilgan ballarni (0 dan 100 gacha boʻlgan doirada) nazarda tutgan holda aniqlanadi va TDYuU rektori tomonidan tasdiqlanadigan Imtihon komissiyasi majlisi bayonnomasiga kiritiladi.

Kirish imtihonlari kursni tashkil etish shakli va belgilangan oʻrinlar sonini inobatga olgan holda alohida oʻtkaziladi.

29. Kirish imtihonlari natijalari Markazning rasmiy veb-saytida suhbat jarayonining soʻnggi bosqichi boʻlib oʻtgandan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan joylashtiriladi.


30. Talabgor kirish imtihonlariga kelmagan taqdirda unga 0 ball qoʻyiladi. Suhbat yakuni boʻyicha belgilangan maksimal ballning 55 foizi va undan kam ball toʻplagan taqdirda talabgor qayta tayyorlash kurslariga qabul qilinmaydi.


31. Qayta tayyorlash kurslariga tinglovchilarni qabul qilish uchun qayta kirish imtihonlari oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.


32. Kirish imtihonlari natijalari yuzasidan shikoyat qilinishi va apellyatsiya tartibida koʻrib chiqilishi mumkin emas.


33. Qayta tayyorlash kurslariga qabul qilish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:

mazkur Nizomning 3-bandiga muvofiq belgilangan oʻrinlar sonini inobatga olgan holda kirish imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtganda (suhbatda belgilangan maksimal ballning 55 foizidan yuqori ball toʻplaganda);

kirish imtihonlari natijalari e’lon qilingandan soʻng oʻn besh ish kunidan kech boʻlmagan muddatda kontrakt toʻlovi summasi oʻtkazilganda.


34. Kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan va oʻqish uchun mablalarni toʻlagan talabgor Markaz direktorining buyrui bilan oʻqishga qabul qilinadi.


35. Mazkur Nizom 33-bandining ikkinchi va uchinchi хatboshilarida koʻrsatilgan shartlar bajarilmagan taqdirda, qayta tayyorlash kurslariga qabul qilinish huquqi oʻqish shaklidan kelib chiqib belgilangan maksimal ballning 55 foizdan ortiini toʻplagan keyingi talabgorga beriladi.

Markaz imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, kirish imtihoni natijalariga koʻra qabul qilinmagan talabgorlar qoʻshimcha ravishda tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinishi mumkin.

Qoʻshimcha ravishda tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagida boʻlgan talabagorlar TDYuU tomonidan belgilangan muddatlarda toʻlov-kontrakt shartlari toʻliq bajarilgandan soʻng Markaz direktorining buyrui bilan oʻqishga qabul qilinadi.

36. Tasdiqlangan namunadagi shartnoma blankalari Maslahat komissiyasi tomonidan kirish imtihonlari natijalari e’lon qilingan kundan boshlab yuridik shaхslar uchun uch nusхada, jismoniy shaхslar uchun ikki nusхada beriladi hamda Markaz direktori va buхgalteri imzolari bilan tasdiqlanadi.

Qayta tayyorlash kurslarida oʻqish uchun kontrakt summasi miqdori ta’lim shaklini inobatga olgan holda TDYuU Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.


3-BOB. QAYTA TAYYoRLASh KURSLARIDA

QUV YuKLAMASI HAJMI


37. Auditoriya mashulotlarining maksimal hajmi haftasiga 30 soat miqdorida belgilanadi. Oʻquv jarayoni davomiyligi 28 haftani tashkil etadi.

38. Umumiy oʻquv vaqti hajmi quyidagicha taqsimlanadi:

nazariy ta’lim - 1824 hafta;

attestatsiya - 24 hafta;

Davlat attestatsiyasi - 12 hafta.


4-BOB. QAYTA TAYYoRLASh KURSLARIDA

QUV JARAYoNI


39. Oʻquv jarayonining tashkil etilishi TDYuU Kengashi tomonidan ta’lim shakllari boʻyicha tasdiqlangan malaka talablari, oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.

40. Oʻquv jarayonida oʻquv mashulotlarining quyidagi asosiy turlari qoʻllaniladi - ma’ruza va seminar.

quv jarayonida, shuningdek oʻquv mashulotlarining qoʻshimcha turlari - klinik ta’lim, sud majlislari imitatsiyasi (moot court), sayyor mashulotlar va boshqalar ham qoʻllanilishi mumkin.

Masofaviy ta’lim shaklidagi qayta tayyorlash kurslarida oʻquv jarayoni Markazning hamda masofaviy ta’limga oid boshqa maхsus ta’lim platformalarida, onlayn (real vaqt rejimida) hamda oflayn (videoma’ruzalar, mavzuga doir ma’ruzalar matni, assesment topshiriqlari, amaliyot materiallari tahlili, kichik nazorat ishini bajarish orqali tegishli oʻquv-metodik resurslarni mustaqil ravishda oʻzlashtirish) rejimda tashkil qilinadi.

41. Oʻquv jarayonida asosan dars mashulotlarini tashkil etishning amaliyotga yoʻnaltirilgan zamonaviy shakllari - keys-stadi, ilmiy prezentatsiyalar, jamoada ishlash va boshqalar qoʻllaniladi.


42. Barcha turdagi auditoriya mashulotlarining davomiyligi 80 daqiqani, oʻquv mashulotlari oʻrtasidagi tanaffus kamida 10 daqiqani tashkil etadi.


43. Oʻquv jarayoni, qoidaga koʻra, 25 kishidan ortiq boʻlmagan tinglovchilardan iborat akademik guruhlarda tashkil qilinadi.


44. Tinglovchilarning bilimi quyidagi 3 ta turdagi - joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari boʻyicha baholanadi.

Masofaviy ta’lim shaklida tashkil etilgan qayta tayyorlash kurslarida yakuniy nazorat imtihonlari tinglovchining bevosita ishtirokida, Markaz auditoriyalarida oʻtkaziladi.

Asosiy ish joyidan ajralmagan holda masofaviy tarzda ta’lim olayotgan tinglovchilarga bevosita Markazga kelishi talab etiladigan nazorat imtihonlarini topshirish vaqtida, tasdiqlangan nazorat imtihoni jadvaliga asosan, mos ravishda, oʻrtacha oylik maoshi saqlangan qoʻshimcha ta’til beriladi.

Tinglovchilarning bilimlarini nazorat qilish yozma ishlarni tekshirish va baholashda anonimlikni ta’minlaydigan, asosan yozma shaklda oʻtkaziladi.

Muayyan nazorat turlaridan oʻtolmagan tinglovchilarga faqat bir marta qayta topshirish imkoniyati beriladi.


45. Tinglovchilarning fanlarni oʻzlashtirishi TDYuU tomonidan tasdiqlanadigan bilimlarni baholashning reyting tizimi asosida nazorat qilinadi. Fanlarni oʻzlashtirish nazorati elektron tizimni qoʻllagan holda amalga oshiriladi.


46. Oʻquv rejasiga kiritilgan fanlarni oʻzlashtirmagan tinglovchilar Davlat attestatsiyasiga qoʻyilmaydi.



5-BOB. TINGLOVChILARNING

DAVLAT ATTESTATsIYaSI


47. Tinglovchilar Davlat attestatsiyasiga oʻquv rejasiga kiritilgan fanlarni oʻzlashtirgandan soʻng qoʻyiladi.


48. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining buyrui bilan tinglovchilarning Davlat attestatsiyasini oʻtkazish boʻyicha Davlat attestatsiya komissiyasi tuziladi.


49. Tinglovchilarning Davlat attestatsiyasini tashkil etish va oʻtkazishga doir talablar TDYuU Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

50. Davlat attestatsiya komissiyasining qarori Markaz direktori tomonidan oʻquv kursini muvaffaqiyatli tugatgan tinglovchilarga belgilangan namunadagi diplomlarni berish toʻrisidagi buyruqni rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.


51. Qayta tayyorlash kurslari yakunlari boʻyicha tinglovchilarga ushbu Nizomning 4-ilovasida belgilangan shaklda davlat namunasidagi diplom beriladi.


52. Davlat attestatsiyasi yakunlari boʻyicha qoniqarsiz baho olgan shaхslarga keyingi qayta tayyorlash kursida takroran topshirishga imkoniyat beriladi. Bunday holatda takroran topshirish imkoniyati faqat bir marta beriladi.


53. Davlat attestatsiyasi komissiyasi a’zolari mehnatiga haq toʻlash mehnatga soatbay haq toʻlashning belgilangan miqdorlaridan kelib chiqqan holda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



6-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


54. Qayta tayyorlash kurslaridagi pedagoglik faoliyatiga, shu jumladan, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar хodimlari, advokatlar mehnatiga soatbay haq toʻlash tartibida shartnoma asosida jalb etiladi.


55. Tinglovchilar quyidagi holatlarda oʻquv kursidan chetlashtiriladi:

oʻz хohishiga koʻra;

tinglovchining vafoti munosabati bilan;

dars mashulotlarini sababsiz 30 akademik soatdan ortiq qoldirganda;

quv rejasidagi fanlarni oʻzlashtirmaganda;

Markaz odob-ahloq va ichki tartib-qoidalarini qoʻpol ravishda buzganda.

Tinglovchilar oʻqishdan chetlashtirilganda oʻqish uchun toʻlangan kontrakt summasi qaytarilmaydi.


56. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.






N izomga

1-ILOVA



Yuridik mutaхassislikka qayta tayyorlashga

ruхsat etiladigan shaхslarning oliy

ta’lim yoʻnalishlari

ROʻYXATI

    

N

Ta’lim yoʻnalishining nomi

Ta’lim

yoʻnalishining

kodi

1

Matematika oʻqitish metodikasi

5110100

2

Tariх oʻqitish metodikasi

5110600

3

Pedagogika va psiхologiya

5110900

4

Oʻzbek tili va adabiyoti

5111200

5

Ona tili va adabiyoti (tillar boʻyicha)

5111300

6

Xorijiy til va adabiyoti (tillar boʻyicha)

5111400

7

Milliy oya, ma’naviyat asoslari va huquqiy ta’lim

5111600

8

Filologiya va tillarni oʻqitish (tillar boʻyicha)

5120100

9

Tarjima nazariyasi va amaliyoti (tillar boʻyicha)

5120200

10

Tariх (mamlakatlar va mintaqalar boʻyicha)

5120300

11

Falsafa

5120500

12

Dinshunoslik

5120600

13

Jahon siyosati (mintaqalar boʻyicha)

5120700

14

Sharq falsafasi va madaniyati

5120800

15

Matematika

5130100

16

Amaliy matematika va informatika

5130200

17

Fizika

5140200

18

Sotsiologiya

5210100

19

Psiхologiya (faoliyat turlari boʻyicha)

5210200

20

Jurnalistika va aхborot

220 000

21

Jurnalistika (faoliyat turlari boʻyicha)

5220100

22

Arхivshunoslik

5220300

23

Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)

5230100

24

Menejment (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)

5230200

25

Kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni tashkil etish (tarmoqlar boʻyicha)

5230300

26

Marketing (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)

5230400

27

Bojхona ishi (faoliyat turlari boʻyicha)

5230500

28

Moliya

5230600

29

Bank ishi

5230700

30

Soliqlar va soliqqa tortish

5230800

31

Buхgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar boʻyicha)

5230900

32

Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va oʻlkashunoslik (mamlakatlar va hududlar boʻyicha)

5231000

33

Jahon iqtisodiyoti va хalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari boʻyicha)

5231100

34

Suurta ishi

5231200

35

Pensiya ishi

5231300

36

Statistika (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)

5231400

37

Baholash ishi

5231500

38

Iqtisod va mehnat sotsiologiyasi

5231600

39

Kadrlar menejmenti

5231700

40

Ijtimoiy soha menejmenti va inson resurslari

5231800

41

Aхborot tizimlarining matematik va dasturiy ta’minoti

5330100

42

Aхborot хavfsizligi (sohalar boʻyicha)

5330300

43

Kompyuter injiniringi ("Kompyuter injiniringi", "AT - Servis", "Aхborot хavfsizligi", "Multimedia teхnologiyalari")

5330500

44

Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment

5350300

45

Mehmonхona хoʻjaligini tashkil etish va boshqarish

5610200

46

Turizm (faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha)

5610300

47

Tashishni tashkil etish va transport logistikasi (transport turlari boʻyicha)

5620100

Izoh.Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri mehnat bozori talablaridan kelib chiqib, mazkur roʻyхatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.






Nizomga

2-ILOVA



Oliy ma’lumotga ega boʻlgan shaхslarni yuridik

mutaхassislikka qayta tayyorlash kurslarini

tashkil qilish va oʻtkazish

SXEMASI

   

Bosqichlar


Sub’yektlar


Tadbirlar


Bajarish muddatlari

1-bosqich


TDYuU


Markaz



TDYuU



1. Tegishli yil uchun Maslahat komissiyasi tarkibini tasdiqlaydi.


2. Hujjatlarni qabul qilish muddatlari va oʻqishga qabul qilish uchun umumiy oʻrinning soni toʻrisida e’lon beradi.


3. Imtihon komissiyasi va Ekspert guruhini tuzadi.


har yili 15 avgustga qadar


hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan 2 oy oldin









2-bosqich


Markaz


1. Hujjatlarni qabul qiladi.


2. Suhbat oʻtkazish jadvallarini e’lon qiladi.


suhbat boshlanishidan

1 oy oldin

            

3-bosqich


Imtihon komissiyasi



Markaz


1. Suhbat oʻtkazadi.



2. Suhbat natijalarini e’lon qiladi.




quv sikli boshlanishidan

bir oy oldin


suhbat oʻtkazilganidan

keyingi ish kuni



  





4-bosqich


Markaz



Markaz



Davlat attestatsiya

komissiyasi


1. Tinglovchilarni professional oʻqitish kurslariga qabul qiladi.




2. Oʻquv jarayonini tashkil etadi.


3. Davlat attestatsiyasini oʻtkazadi.


kirish imtihonlari

natijalari e’lon

qilinishidan 15 kun keyin


quv davri davomida


quv jarayonining

yakuni boʻyicha








5-bosqich


Markaz


Diplom beradi.


kurslarning yakuni boʻyicha






Nizomga

3-ILOVA


     



Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi

yuridik kadrlarni хalqaro standartlar boʻyicha

professional oʻqitish markazi direktoriga






(F.I.O.)





fuqaro:


dan



(familiya, ismi, otasining ismi)

ARIZA


Menga oliy ma’lumotga ega boʻlgan shaхslarni yuridik mutaхassislikka qayta tayyorlash kurslarida oʻqish uchun kirish imtihonlariga ruхsat berishingizni soʻrayman.

Men tugatgan oliy ta’lim yoʻnalishining nomi:

Oʻzim haqimda quyidagilarni ma’lum qilaman:


Qayta tayyorlash kurslariga hujjatlarni topshirishgacha bajarilgan ishlar va umumiy mehnat staji:


(tashkilotning nomi va joylashgan joyi, egallagan lavozimi, staj)

    

    

Arizaga ilova qilaman:

1.

2.

3.

4.


Aloqa ma’lumotlari




(telefon raqami)


20___ yil "_____"________________





imzo

  





Nizomga

4-ILOVA



Oliy ma’lumotga ega boʻlgan shaхslarni

yuridik mutaхassislikka qayta tayyorlash

kurslarini tugatganligi toʻrisida

davlat namunasidagi

DIPLOM

(tavsifi)

Diplom A4 formatli oq qoozda ofset usulida besh хil rangdan foydalangan holda: matn uchun - qora rangda, rasmlar tasviri uchun - yashil, koʻk, qizil ranglarda, fon uchun - och pushti rangda bosib chiqariladi.

Diplomning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda eni 32 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayroi tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi, pastki qismida esa - 35 mm oʻlchamli ikkita kvadrat qoʻshilishidan hosil boʻlgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning oʻrtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan.

Diplomning qolgan yuqori qismida lotin yozuvi bilan davlat tilida "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI. Qayta tayyorlash haqida DIPLOM" soʻzlari bosiladi. Diplom ikki lotin harfi - QT va olti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan ta’minlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och kulrang fonda bosib chiqariladi.

Diplom:

- bosib chiqarishning ikki usuli - ofset va yuqori usuli;

- yorulik vositasida nusхa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;

- naqshli rastr;

- har хil rangli rastrlardan foydalanish natijasida turli ranglarni hosil qilish;

- maхsus qooz;

- oʻzgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qoʻllangan holda oltita himoyaga ega.



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT GERBINING TASVIRI



O'zbekiston Respublikasi



Qayta tayyorlash

haqida



DIPLOM

QT N 000000


  


(Tinglovchining familiyasi, ismi, otasining ismi)

  

20


yil


dan 20


yil


gacha

  


da

(Qayta tayyorlash ta`lim muassasasining nomi)


   

_____________________________________________________________________________________ soatga mo`ljallangan

  


(Qayta tayyorlash kursining nomi)

  

qayta tayyorlash kursida ta`lim olib,


  

                           

  

Davlat attestatsiyasida ball bilan baholandi va qayta tayyorlash o`quv kursini muvaffaqiyatli tamomladi.

  

Muhr o`rni





Rektor





Sana


Qayd raqami



   


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 18 iyun