Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 29.05.2018 y. 190-son "Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 13.06.2018 y. 1458-4-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

13.06.2018 y.

N 1458-4




OʻZBEKISTON STANDARTLAShTIRISh,

METROLOGIYa VA SERTIFIKATLAShTIRISh

AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING

29.05.2018 y.

N 190


BUYRUI



Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga

oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 avgustdagi 373-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi toʻrisidagi nizomga muvofiq, BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2005 yil 25 fevraldagi 59-son buyrui (roʻyхat raqami 1458, 2005 yil 18 mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005 y., 10-11-son, 86-modda) bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq 2018 yil 1 iyuldan kuchga kiradi.



Bosh direktor                                                    A. Karimov






Buyruqqa

ILOVA



Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga

kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 12-bandda:

quyidagi mazmundagi oltinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"olib kirilayotgan mahsulotning aniq hajmi (soni) koʻrsatilgan tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) va mahsulotni yetkazib beruvchi hamda qabul qiluvchi oʻrtasida tuzilgan kelishuv(lar) nusхasi (mahsulotlarni 7A chizmasi asosida sertifikatlashtirilganda).";

oltinchi хatboshi yettinchi хatboshi deb hisoblansin.


2. 39-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"39. Muvofiqlik sertifikati:

chetdan keltirilgan mahsulotga - mahsulotning yaroqlilik muddatiga;

bitta tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida chetdan keltirilgan mahsulotga - bir kalendar yilidan oshmagan muddatga;

seriyali ishlab chiqariladigan mahsulotga esa - 3 yil muddatga beriladi.

Muvofiqlik sertifikati bir хil nomdagi yoki oʻхshash mahsulotlar guruhiga beriladi va uning amal qilishi haqiqatda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan mahsulotlarning miqdoriga taalluqli boʻladi, lekin muvofiqlik sertifikatida koʻrsatilgan miqdordan koʻp emas (bunda bitta tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida - mahsulotning modeli, turi, artikuli va (yoki) boshqa identifikatsiya belgilarini koʻrsatgan хolda shartnoma boʻyicha chetdan keltirilgan mahsulotning hajmi (soni)ga).".


3. Quyidagi mazmundagi 57-1-band bilan toʻldirilsin:

"57-1. 7A-chizma bitta tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida keltirilgan mahsulotni (transport vositalaridan tashqari) sertifikatlashtirishda qoʻllaniladi va mahsulotni ASLda majburiy koʻrsatkichlar boʻyicha sinashni nazarda tutadi.".


4. 60-bandda "3, 4, 5, 7, 8, 9 chizmalar boʻyicha" soʻzlari "3, 4, 5, 7, 7A, 8, 9 chizmalar boʻyicha" soʻzlari bilan almashtirilsin.


5. 1-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.






Oʻzgartirish va qoʻshimchalarga

ILOVA



"Qoidalarga

1-ILOVA



Muvofiqlik sertifikati orqali

mahsulotlarning muvofiqligini

tasdiqlash jadvali

   

Chizma

raqami

Akkreditatlangan sinov

laboratoriyalarining sinovi

yoki muvofiqlikni baholashning

boshqa dalili

Ishlab chiqarish

sharoitlarini

baholash yoki sifat

tizimini baholash

Sertifikatlangan

mahsulot ustidan

inspeksiya nazorati

(Sifat tizimini)

1

Mahsulot turining sinovi

-

-

2

Mahsulot turini sinovdan oʻtkazish

-

Savdodan (iste’molchidan)

olingan namunalarni sinovi

3

Mahsulot turini sinovdan oʻtkazish

Ishlab chiqarishni

baholash

Ishlab chiqaruvchidan olingan

namunalarni sinash

4

Mahsulot turini sinovdan oʻtkazish

Ishlab chiqarishni

baholash

Savdo (iste’molchidan) va

ishlab chiqarishdan olingan

namunalarni sinovdan oʻtkazish


5

Mahsulot turini sinovdan oʻtkazish

Ishlab chiqarishni

baholash yoki sifat

tizimini baholash


Namuna sinovi va sifatni

tizimi baholash (ishlab

chiqarishni oʻrganish )

6

-

Sifat tizimini

baholash


Boshqaruv tizimining

holatini baholash

7

Mahsulot toʻpini sinovdan oʻtkazish

-

-

7A

Mahsulot toʻpini sinovdan oʻtkazish

-

-

8

Har bir namunani sinash

-

-

9

Muvofiqlik boʻyicha deklaratsiya va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqish

-

-

".


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 14 iyun