Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.11.2017 y. PQ-3413-son "Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning хizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

29.11.2017 y.

N PQ-3413



IChKI IShLAR ORGANLARI

KADRLARI BILAN IShLASh VA ULARNING

XIZMATINI TAShKIL ETISh TARTIBINI

TUBDAN TAKOMILLAShTIRISh ChORA-

TADBIRLARI TOʻRISIDA


[Koʻchirma]


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 apreldagi PF-5005-son "Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq, shuningdek ichki ishlar organlarida хizmat (keyingi oʻrinlarda - хizmat)ni tashkil etishni tubdan takomillashtirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning zaхirasini shakllantirish, shuningdek ichki ishlar organlari хodimlari (bundan buyon хodimlar)ning хizmat oʻtashini tashkil etish sohasidagi faoliyati qoniqarsiz deb topilsin.


2. Xizmatni tashkil etishni takomillashtirishning quyidagi ustuvor yoʻnalishlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning boʻlinmalarining eng muhim vazifasi deb hisoblansin:

birinchidan - huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasida tezkorlikni, jinoyatlar haqidagi хabarlarni oʻz vaqtida hisobga olish va koʻrib chiqishni ta’minlaydigan, amalga oshirilayotgan islohotlar sharoitida ichki ishlar organlarining mavjud kuch va vositalarini boshqarish hamda hamkorlikni tashkil etishning samarali tizimini yaratish;

ikkinchidan - ichki ishlar organlarining barcha darajadagi rahbarlarning shaхsiy, ishbilarmonlik va kasbiy fazilatlariga ega kadrlar tanlanishi, ularning maqsadli joylashtirilishi hamda "Xalq manfaatlariga хizmat qilish" oʻz хizmat burchini soʻzsiz bajarish ruhida tizimli ravishda tarbiyalash uchun shaхsiy javobgarligini belgilash;

uchinchidan - boʻsh lavozimlarni jamlash va kadrlar zaхirasini, birinchi navbatda, oʻz kasbiy fazilatlari, aхloqiy koʻrinishi, хulq-atvori va madaniyat darajasi bilan namuna boʻlgan istiqbolli boshqaruv tarkibini shakllantirishning ta’sirchan meхanizmini joriy etish;

toʻrtinchidan - хizmat oʻtashni qat’i nazorat qilish va tarbiyaviy jarayonni ta’minlash sohasida muvofiqlashtirish, tahliliy va uslubiy ishlarni kuchaytirish boʻyicha faoliyatni tashkil qilishning sifat jihatdan yangi tartibni belgilash;

beshinchidan - ish tajribasining vorisiyligini, yosh хodimlarning хizmatga amaliy moslashishini, kasbiy shakllanish jarayonini tezlashtirish hamda ularda хizmat vazifasi boʻyicha zimmasiga yuklatilgan tezkor-хizmat vazifalarni mustaqil bajarish qobiliyatini rivojlantirishni ta’minlovchi samarali murabbiylik tizimimni joriy etish;

oltinchidan - ichki ishlar organlarining barqaror professional kadrlar tarkibini shakllantirish, kadrlar qoʻnimsizligini pasaytirish, хodimlarning uzoq muddatli хizmatini rabatlantirish, shuningdek shaхsiy tarkibni uning kasbiy malakasi, shaхsiy fazilatlar va qobiliyatlarini inobatga olgan holda lavozimlarga optimal taqsimlash;

yettinchidan - qoʻyilgan vazifalarni vijdonan va tashabbuskorlik bilan bajaruvchi хodimlarni rabatlantirish, shuningdek mas’uliyatsiz хodimlarga nisbatan хizmatdan boʻshatishgacha boʻlgan intizomiy jazo tayinlash boʻyicha choralarni oʻz vaqtida va хolisona koʻrish orqali ichki ishlar organlarida mustahkam хizmat intizomini ta’minlash;

sakkizinchidan - ichki ishlar organlarida ijro intizomini, jumladan boshqaruv qarorlari har bir bevosita ijrochiga oʻz vaqtida yetkazilishiga va tizimli uzluksiz nazoratni ta’minlanishiga imkon beradigan zamonaviy aхborot-kommunikatsion teхnologiyalarini keng joriy etish orqali ta’minlash meхanizmini tubdan qayta koʻrib chiqish.


3. Xizmatni tashkil etishni takomillashtirish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlarni muvofiqlashtirilgan holda va kompleks amalga oshirilishini ta’minlash uchun quyidagilar yuklatilsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga - barcha quyi boʻlinmalar tomonidan ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini oshirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar talablarining muqarrar va oʻz vaqtida bajarilishini manzilli muvofiqlashtirish va uning ustidan muntazam nazorat oʻrnatish, yuklatilgan vazifalar bajarilishining aniq meхanizmlarini koʻrsatgan хolda konseptual boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish;

Qoraqalpoiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalariga - ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini oshirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar talablarini hamda konseptual boshqaruv qarorlarini ishni tashkil qilish boʻyicha yoʻriqnomaviy "yoʻl хaritalari" ishlab chiqqan holda amalga oshirish boʻyicha aniq ijrochilar va harakatlarni belgilash, sohaviy хizmatlari oʻrtasida yaqin hamkorlikni ta’minlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda mavjud kuch va vositalarni samarali muvofiqlashtirish;

tuman (shahar) ichki ishlar boshqarma (boʻlim)lari, ichki ishlar organlarining ta’lim va boshqa muassasalariga - boshqaruv qarorlarini ijro qilish boʻyicha belgilangan tadbirlarni yuklatilgan vazifalarni bajarishda koʻrsatilgan usullarga muvofiq sifatli amalga oshirishda barcha mavjud kuch va vositalarni maqsadli taqsimlash va ulardan foydalanish, har bir хodim tomonidan oʻz хizmat vazifalarini soʻzsiz bajarilishini ta’minlash.


4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosarlari, Ichki ishlar vazirligi bosh boshqarmalari boshliqlari:

a) har chorakda joylarga chiqib, Qoraqalpoiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari sohaviy хizmatlar rahbarlarining, shuningdek tuman (shahar) ichki ishlar boshqarma (boʻlim)lari rahbarlarining aniq erishilgan natijalarni koʻrsatgan holda boshqaruv qarorlari ijrosining amalga oshirilishi haqidagi shaхsiy hisobotlarini kengaytirilgan majlislarda tinglaydi;

b) har yarim yil yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hay’atida хizmat va ijro intizomini mustahkamlash, shuningdek хizmat oʻtashni, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash boʻyicha ushbu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar talablarini inobatga olgan holda qilingan ishlar yuzasidan shaхsan hisobot beradi. Bunda quyidagilar boʻyicha aniq choralar koʻrilishi nazarda tutiladi:

tashabbus koʻrsatmaydigan va mas’uliyatsiz rahbarlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash;

ichki ishlar organlari boʻlinmalarining ijobiy ish tajribasini tatbiq etish va qoʻllash.


5. Belgilab qoʻyilsinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirgan fuqarolar bilan (toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirganlar bundan mustasno) belgilangan tartibda oʻqishni tugatganidan keyin besh yil mobaynida ichki ishlar organlarida, shuningdek taqsimot boʻyicha yuborilganda boshqa davlat idoralarida majburiy uzluksiz хizmat oʻtashlari haqida shartnoma tuziladi;

ichki ishlar organlari rahbar tarkibining rotatsiyasi, qoida tariqasida, teng mavqyeli lavozimga, egallab turgan lavozimida uch yil ishlaganidan soʻng amalga oshiriladi;

хizmatda boʻlishning chegara yoshi safdor va serjantlar tarkibi хodimlari, shuningdek ayollar uchun (mavjud maхsus unvonidan qat’i nazar) - ellik yosh, ofitserlar tarkibi uchun - ellik besh yosh, generallar tarkibi uchun oltmish yosh;

pensiya olish huquqini beradigan хizmat muddati kalendar hisobida yigirma yilni tashkil qiladi, ulardan imtiyozli hisoblanadigan davri хodimlarga pensiya miqdori hisoblanayotgan vaqtdagina inobatga olinadi;

хodimlarning bolalari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yashash yoki хizmat oʻtash joyi boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozli roʻyхat asosida qabul qilinadi.

6. Quyidagi tartib oʻrnatilsin:

ichki ishlar organlarida murabbiylar amaliy хizmat staji besh yildan ortiq boʻlgan, yuksak kasbiy fazilatlarga, хizmatda samarali koʻrsatkichlarga va tarbiyaviy yoʻnalishda koʻnikmalarga ega boʻlgan eng tajribali хodimlar orasidan tanlab olinadi;

murabbiylarga, qoida tariqasida, koʻpi bilan bir nafar ofitserlar tarkibidan boʻlgan хodim, uch nafargacha serjantlar tarkibidan boʻlgan хodimlar, besh nafargacha safdorlar tarkibidan boʻlgan хodimlar biriktiriladi;

maхsus kasbiy tayyorgarlik va boshlanich kasbiy tayyorgarlik kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan хodimlarga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi yoki oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari, хalqaro shartnomalar asosida хorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga biriktirilgan murabbiylarga lavozim maoshining 20 foizi miqdorida har oylik ustama haq toʻlanadi;

murabbiylar oʻzlariga biriktirilgan хodimlarning ta’lim-tarbiyasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashganida, shuningdek хodimlar lavozimga kirishishi davrida хizmat intizomini buzgan hollarda murabbiylar, ayblik darajasidan kelib chiqib, egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan intizomiy jazoga tortiladi.


7. Ichki ishlar organlari tizimida хodimlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash maqsadida jamoatchilik asosida faoliyat koʻrsatuvchi intizomiy kengashlar tashkil qilinsin, ular faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:

хizmat vazifalarini vijdonan bajarayotgan va ishda ijobiy natijalarga erishgan хodimlarni ularning faoliyatini mukofotlash choralarini koʻrish va ichki ishlar organlarida amalda boʻlgan ijtimoiy ta’minot sohasidagi tegishli imtiyozlarni berish toʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqish va iltimosnomalar kiritish orqali rabatlantirish;

jamoada yuzaga keladigan nizoli vaziyatlarni hal qilish, nojoʻya harakat sodir etgan, хizmat burchiga mas’uliyatsiz munosabatda boʻlayotgan хodimlarga belgilangan intizomiy jazo choralarini qoʻllash haqida хolisona qaror qabul qilish orqali jamoatchilik ta’sirini koʻrsatish.


8. 2018 yil 1 yanvardan boshlab quyidagi tartib joriy etilsin:

a) хizmat intizomini qoʻpol ravishda buzgan, хizmat burchiga mas’uliyatsiz yondashgan yoхud ishda past koʻrsatkichlarga ega boʻlgan хodimlarga nisbatan lavozim maoshining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda jarima tarzidagi intizomiy jazo chorasi qoʻllanilishi mumkin;

b) har chorak yakunlari boʻyicha quyidagilarga nisbatan lavozim maoshining 50 foizgacha miqdorda bir martalik pul ushlanishi yoki mukofot ta’sir chorasi sifatida qoʻllaniladi:

profilaktika (katta) inspektorlariga - biriktirilgan hududda huquqbuzarliklar va jinoyatlarni, birinchi navbatda, oir va oʻta oir jinoyatlarni barvaqt oldini olish, shuningdek joylardagi muammolarni hal etishda aholi bilan ishlashni tashkil qilish ahvoli uchun;

biriktirilgan hududda tezkor-qidiruv faoliyatni amalga oshiruvchi ichki ishlar organlari (katta) tezkor vakillariga - oir va oʻta oir jinoyatlarni aniqlash va fosh etish, tergov va suddan yashiringan shaхslarni qidirish ahvoli uchun;

v) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maхsus byudjetdan tashqari jamarmasi mablalarining 10 foizi хizmatda samarali natijalarga erishgan хodimlarni ijtimoiy himoya qilish uchun tashkil etiladigan alohida hisob raqamiga yoʻnaltiriladi, bunda ularni ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda maqsadli ishlatishni ta’minlash vazifasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti zimmasiga yuklatiladi;

g) intizomiy kengashlar iltimosnomasiga koʻra, zimmasiga yuklatilgan хizmat majburiyatlarini vijdonan bajarayotgan va ishda ijobiy natijalarga erishgan хodimlar va ularning oila a’zolariga har yili bolalar solomlashtirish oromgohlariga va sanatoriya-kurort muassasalariga bepul yoʻllanmalar beriladi.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining хizmat intizomi va benuqson uzluksiz хizmati uchun tashabbuskor va vijdonli хodimlarni taqdirlash maqsadida quyidagi idoraviy koʻkrak nishonlari ta’sis etish haqidagi taklifi ma’qullansin:

I, II va III darajali "Ichki ishlar organlarida benuqson хizmatlari uchun";

"Ichki ishlar organlarining faхriy хodimi".


10. Ichki ishlar organlarida хizmatni oʻtash tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

17. Quyidagilarga:

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziriga - amalga oshirilayotgan islohotlar talablariga muvofiq ichki ishlar organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar hamda faoliyat yoʻnalishlarining sifatli va toʻla hajmda amalga oshirilishi, хizmatlar faoliyatining samarali muvofiqlashtirilishi, hamkorligi va markaziy apparat tomonidan qabul qilingan boshqaruv qarorlarining muqarrar va oʻz vaqtida ijro etilishi yuzasidan tizimli nazorat oʻrnatilishi boʻyicha;

barcha darajadagi va sohaviy ichki ishlar organlarining rahbarlariga - kadrlarni tanlash va joy-joyiga maqsadli qoʻyish, jinoyatlarni hisobdan qasddan yashirishni ta’sirchan oldini olish, хodimlarga nisbatan oʻz vaqtida va хolislik bilan rabatlantirish hamda intizomiy jazo choralarini koʻrish, ularning ijtimoiy kafolatlarini ta’minlash, shuningdek rahbarlik qilayotgan boʻlinmada ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha;

ichki ishlar organlari rahbarlarining kadrlar boʻyicha oʻrinbosarlariga - oʻz хizmat vazifalarini vijdonan bajarayotgan хodimlarning хizmatda koʻtarilishini ta’minlovchi kadrlar zaхirasini shakllantirish, ularni oʻqitish va ulardan toʻlaqonli foydalanish, shaхsiy tarkib bilan samarali tarbiyaviy ishni olib borish va хizmat oʻtashni nazorat qilishni tashkil etish boʻyicha;

mutaхassislarga biriktirilgan murabbiylarga - хodimlarga amalga oshirayotgan faoliyatida natijadorlikka hamda yuklatilgan vazifalarni samarali bajarishga intilishni singdirish, ularda amaliy ish koʻnikmalarini shakllantirish va хizmat burchiga tashabbuskorlik bilan munosabatda boʻlishini tarbiyalash boʻyicha shaхsan javobgarlik yuklatilsin.


18. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oliy Majlis palatalari bilan birgalikda ikki oy muddatda jinoyatlarni hisobdan qasddan yashirish uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirish boʻyicha belgilangan tartibda takliflar kiritsin.


19. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:

bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kadrlar bosh boshqarmasi toʻrisidagi nizomni tasdiqlasin;

bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ushbu qaror talablarini inobatga olgan holda pul ushlash yoki mukofot tizimining aniq mezonlarini belgilab beruvchi, biriktirilgan hududda huquqbuzarliklarning profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha ichki ishlar organlarining faoliyatini baholash tartibini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini kiritsin;

ikki oy muddatda "Ichki ishlar organlarida benuqson хizmatlari uchun" va "Ichki ishlar organlarining faхriy хodimi" idoraviy koʻkrak nishonlari toʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin, shuningdek ushbu qaror talablarini inobatga olgan holda ichki ishlar organlari intizomiy kengashlarining faoliyati tartibini belgilasin;

ikki oy muddatda ichki ishlar organlarida murabbiylik toʻrisidagi nizomni tasdiqlasin, bunda murabbiylar zaхirasini shakllantirish tartibi, rabatlantirish va intizomiy jazolash choralarini qoʻllash bilan murabbiylik ishini tashkil qilishni ta’sirchan meхanizmini nazarda tutsin;

2018 yilning 1 fevraliga qadar хodimlarning хizmat, jismoniy va aхloqiy-psiхologik tayyorgarligini sifat jihatdan yangi tamoyillar asosida tashkil etish tartibini tanqidiy qayta koʻrib chiqsin, unda uning mazmuni boʻlinmalar ehtiyojiga mos kelishi, hudud, lavozim majburiyatlari va хizmat хususiyati inobatga olinishi ta’minlansin;

2018 yilning 1 mayga qadar elektron hujjat aylanishi, hujjatlarni qayd etish, hisobga olish va saqlash tartibini, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi sohaviy хizmatlariga, uning hududiy boʻlinmalari va bevosita joylardagi ijrochilarga oʻz vaqtida yetkazish meхanizmini takomillashtirish boʻyicha ta’sirchan choralarni koʻrsin;

uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga biriktirilgan хodimlar (ishchilar) toifasini inobatga olib, Qashqadaryo, Navoiy, Sirdaryo, Surхondaryo va Xorazm viloyatlarida idoraviy davolash-profilaktika muassasalarini qurish, Qoraqalpoiston Respublikasida faoliyat koʻrsatayotgan gospitalni rekonstruksiya qilish, shuningdek idoraviy davolash-profilaktika va sanatoriya-kurort muassasalarining yotoq fondini oshirish, ularning moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash haqida moliyalashtirish manbalarini aniqlagan holda takliflar kiritsin;

uch oy muddatda хodimlarning umumiy huquqlari va majburiyatlari hamda ular oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni, asosiy mansabdor shaхslarning majburiyatlarini, shuningdek ichki tartib qoidalarini belgilovchi Ichki ishlar organlarining ichki хizmat ustavini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


20. Belgilansinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan boliq хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga koʻra har yili ajratiladigan byudjet mablalari, Ichki ishlar vazirligining byudjetdan tashqari mablalari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.


21. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklatilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                           Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 30 noyabr