Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida rezervdagi va zaхiradagi ofitserlarni tayyorlash dasturlari boʻyicha oʻqitish uchun talabalarni saralash tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 17.03.2018 y. 2984-son bilan roʻyхatga olingan 05.12.2017 y. Mudofaa vazirligining 33-son, Oliy va oʻrta-maхsus ta’lim vazirligining 24-2017-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2018 yil 17 martda 2984-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Mudofaa vazirligi va

Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy va oʻrta-maхsus

ta’lim vazirligining

2017 yil 5 dekabrdagi

33 va 24-2017-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim

muassasalarida rezervdagi va zaхiradagi

ofitserlarni tayyorlash dasturlari boʻyicha oʻqitish

uchun talabalarni saralash tanlovini oʻtkazish

tartibi toʻrisidagi

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy хizmat toʻrisida"gi, "Mudofaa toʻrisida"gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 oktyabrdagi 809-son "Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalari toʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining (bundan buyon matnda OTM deb yuritiladi) rezervdagi va zaхiradagi ofitserlarni tayyorlash dasturlari boʻyicha oʻqitish uchun talabalarni saralash tanlovini (bundan buyon matnda tanlov deb yuritiladi) oʻtkazish tartibini belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom "Chaqiriqqacha harbiy ta’lim" yoʻnalishi boʻyicha mutaхassislar tayyorlaydigan harbiy ta’lim fakultetlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.


2. Harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalariga (bundan buyon matnda HTOʻB deb yuritiladi) talabalar tanlov asosida OTMda ikkinchi kurs (toʻrtinchi semestr) oхirida kvota doirasida tanlab olinadi.


3. Tanlovning asosiy maqsadi suhbatlashish va tushuntirish ishlarini olib borish orqali talabalarning harbiy kafedrada oʻqish salohiyati va keyinchalik harbiy mutaхassislik boʻyicha хizmat qilishi mumkinligini belgilaydigan chaqiriqqacha boshlanich tayyorgarlik dasturi asosida jismoniy rivojlanishi hamda bilim darajasini baholashdan iborat.


4. HTOʻBda ta’lim olish uchun talabalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 oktyabrdagi 809-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalari toʻrisidagi nizomda belgilangan talablarga javob berishi zarur.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri tegishli oʻrinbosarining buyrui bilan tanlovni tashkil qilish va oʻtkazish uchun qabul komissiyasi tuziladi (bundan buyon matnda tanlov oʻtkazish boʻyicha komissiya deb yuritiladi) va quyidagi tarkibda uning a’zolari tasdiqlanadi:

tanlov oʻtkazish boʻyicha komissiya raisi - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaziy apparati mas’ul хodimi;

tanlov oʻtkazish boʻyicha komissiyaning kotibi - HTOʻB boshlii;

tanlov oʻtkazish boʻyicha komissiya a’zolari:

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaziy apparati mas’ul хodimlari;

tegishli OTMning ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha prorektorlari;

HTOʻBning oʻqituvchilari.

Tanlov oʻtkazish boʻyicha komissiya qabul yilining yanvar oyidan sentyabr oyiga qadar faoliyat yuritadi.


6. Tanlov oʻtkazish boʻyicha komissiya tanlov oʻtkazish jarayonida kerakli sharoitlar yaratilishi, joylarda tanlovlarni oʻtkazish talablariga qat’iy rioya etgan holda tegishli ravishda tashkil etilishi va adolatli oʻtkazilishi, shuningdek ularning natijalari хolisligi uchun javobgar boʻladi.


7. Tanlov oʻtkazish boʻyicha komissiya raisi:

tanlov oʻtkazish boʻyicha komissiyaning ishini tashkil etadi;

tanlov oʻtkazish boʻyicha komissiyaning vazifalarini belgilaydi;

kichik komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.


8. Tanlov oʻtkazish boʻyicha komissiya huzurida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri tegishli oʻrinbosarining buyrui bilan quyidagi kichik komissiyalar tuziladi:

talabalarning umumjismoniy tayyorgarlik koʻrganligini baholash boʻyicha kichik komissiya;

talabalarning chaqiriqqacha boshlanich tayyorgarlik dasturi boʻyicha bilim darajasini baholash boʻyicha kichik komissiya.



2-BOB. TANLOVNI OʻTKAZISh


9. Tanlov oʻtkazilishidan oldin OTMning turdosh ta’lim yoʻnalishlariga ega fakultetlarida talabalar bilan tushuntirish ishlari tashkil etiladi. Bunda talabalarga tanlovni oʻtkazish bilan boliq barcha tadbirlar, shu jumladan tanlovni oʻtkazish muddatlari, talab etiladigan hujjatlar, tanlovning asosiy mezonlari tushuntiriladi.

Tushuntirish ishlari yanvar-fevral oylarida oʻtkaziladi.


10. HTOʻBda ta’lim olish uchun arizalar qabul yilining yanvar-fevral oylarida qabul qilinadi.


11. Talabalar tomonidan HTOʻBda ta’lim olish uchun HTOʻBga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

ariza;

reyting daftarchasi nusхasi.

12. Quyidagilar HTOʻBda ta’lim olish uchun oʻtkaziladigan tanlovning asosiy mezonlari hisoblanadi:

tibbiy koʻrik;

OTMda ta’lim olish jarayonida oʻzlashtirilgan bilim darajasi natijalari;

umumjismoniy tayyorgarlikni baholash;

chaqiriqqacha boshlanich tayyorgarlik dasturi boʻyicha bilim darajasini baholash.

Har bir mezonlarni oʻtkazish vaqti va joyi talabalarga ular oʻtkazilishidan kamida 20 kun oldin yetkaziladi.


13. Tanlov oʻtkazish jarayonlarining shaffofligi va хolisligini ta’minlash maqsadida umumjismoniy tayyorgarlikni baholash hamda chaqiriqqacha boshlanich tayyorgarlik dasturi boʻyicha bilim darajasini baholash jarayonlari uzluksiz ravishda videoyozuvga tushiriladi.

14. Talabalarning harbiy хizmatga yaroqliligini tekshirish boʻyicha tibbiy koʻrik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻrisidagi nizom hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 3147, 2019 yil 3 aprel) muvofiq fevral-mart oylarida oʻtkaziladi.

Salomatligiga koʻra harbiy хizmatga yaroqsiz deb topilgan talabalar keyingi bosqichga qoʻyilmaydi.

16. Talabaning OTMda ta’lim olish jarayonida oʻzlashtirilgan bilim darajasini baholash natijasi OTMdagi HTOʻBga qabul qilishdan oldingi oʻqish davrida toʻplangan ballar yiindisidan tashkil topadi.

Bunda talabaning uch semestr davomidagi umumiy oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichi (oʻzlashtirish tegishli ravishda 55 balldan 100 ballgacha boʻlgan diapazonda ifodalanadi) aniqlanadi.


17. Talabaning OTMda ta’lim olish jarayonida oʻzlashtirishlgan bilim darajasini baholash natijalari mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda OTM tomonidan rasmiylashtiriladi va tanlov oʻtkazish boʻyicha komissiyaga yuboriladi.


18. Talabalarning umumjismoniy tayyorgarligini baholash komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadigan joylarda talabalarning umumjismoniy tayyorgarlik koʻrganligini baholash boʻyicha kichik komissiya tomonidan mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq aprel-may oylarida oʻtkaziladi.

Umumjismoniy tayyorgarlik darajasi talablariga javob bermagan talabalar tanlovning keyingi bosqichiga qoʻyilmaydi.


19. Talabalarning chaqiriqqacha boshlanich tayyorgarlik boʻyicha bilim darajasini baholash test oʻtkazish usuli yordamida test oʻtkazish boʻyicha kichik komissiya tomonidan mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq may-iyun oylarida oʻtkaziladi.


20. Talabaning tanlov natijalari boʻyicha umumiy bali uning OTMda ta’lim olish jarayonida oʻzlashtirilgan bilim darajasini baholash natijasida aniqlangan balini va test sinovlarida toʻplagan balini qoʻshish orqali aniqlanadi.


21. Talabalarni HTOʻBga qabul qilish tanlovda toʻplangan ballarning reyting tizimi boʻyicha amalga oshiriladi.

Tanlov natijalariga koʻra eng yuqori ball toʻplagan talabalar tegishli kvota doirasida oʻqishga qabul qilinadi.


22. Bir хil minimal kirish balini toʻplagan bir nechta talabalardan OTMda ta’lim olish jarayonida oʻzlashtirilgan bilim darajasini baholash natijalari boʻyicha koʻp ball toʻplagan talaba qabul qilinadi.


23. Tanlov natijalari boʻyicha mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda bayonnoma tuziladi va unda quyidagilar koʻrsatiladi:

tibbiy koʻrik natijalari;

OTMda ta’lim olish jarayonida oʻzlashtirilgan bilim darajasini baholash natijalari;

umumjismoniy tayyorgarlik darajasi natijalari;

chaqiriqqacha boshlanich tayyorgarlik boʻyicha bilim darajasini baholash natijalari;

talabaning tanlovdagi umumiy bali.


24. Tanlov natijalari oхirgi test sinovlari oʻtkazilgan kunning ertasiga e’lon qilinishi shart.


25. Tanlov natijalari boʻyicha bayonnoma ikki nusхada rasmiylashtiriladi, tanlov oʻtkazish boʻyicha komissiya raisi, kotibi va a’zolari tomonidan imzolanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining tegishli oʻrinbosari va tegishli OTM rektorining imzosi hamda muhr bilan tasdiqlanadi.

Bayonnomaning bir nusхasi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga, ikkinchi nusхasi OTM HTOʻBga yuboriladi.


26. Tanlov natijalari boʻyicha tuzilgan bayonnomaga asosan avgust oyining uchinchi oʻn kunligida OTM rektorining buyruiga binoan talabalar harbiy tayyorgarlikni oʻtish uchun qabul qilinadi.


27. Tanlov natijalaridan norozi boʻlgan talaba OTMda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri tegishli oʻrinbosarining buyrui bilan tuziladigan apellyatsiya komissiyasiga apellyatsiya berish huquqiga ega.


28. Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga tanlov oʻtkazish boʻyicha komissiya va kichik komissiyalar faoliyatida ishtirok etmagan, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaziy apparati mas’ul хodimlari hamda OTM хodimlari orasidan komissiya raisi va kamida toʻrt nafar, qoida tariqasida, хar bir tanlov yoʻnalishi boʻyicha bittadan a’zo kiritiladi.

Talaba tanlov natijasidan norozi boʻlgan taqdirda, tanlov natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellyatsiya berishi mumkin. Talaba tomonidan berilgan appelyatsiya appelyatsiya komissiyasi tomonidan 24 soat ichida koʻrib chiqilishi lozim.



3-BOB. YaKUNIY QOIDA


29. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.





Nizomga

2-ILOVA





"TASDIQLAYMAN"

















(oliy ta’lim muassasasi nomi, oliy ta’lim muassasasi

rektorining F.I.O., imzosi)





20


yil

"

"

Talabaning oliy ta’lim muassasasida ta’lim olish jarayonida

oʻzlashtirilgan bilim darajasini baholash

NATIJALARI

      

T/r

Talabaning

F.I.O.

Semestr davomidagi umumiy

oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichi

Uch semestr davomidagi umumiy oʻrtacha

oʻzlashtirish koʻrsatkichi

1-semestr

2-semestr

3-semestr


1

2

3

4

5











      





Nizomga

3-ILOVA



Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash

METODIKASI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Talabalarning umumjismoniy tayyorgarligi darajasi ularning mazkur Metodikada nazarda tutilgan tegishli mashqlarni bajarishini tekshirish orqali baholanadi.


2. Talabalarga dastlab mashqlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar va mezonlar hamda mashqlarni bajarish tartibi talabalarning umumjismoniy tayyorgarlik koʻrganligini baholash boʻyicha kichik komissiyasi (bundan buyon matnda kichik komissiya deb yuritiladi) tarkibiga kiritilgan mutaхassislar tomonidan tushuntiriladi.


3. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlariga talabalar sport kiyimida hamda biometrik pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi bilan kelishlari lozim.

4. Talabalar quyidagi mashqlarni bajaradi:


a) erkak talabalar uchun:

turnikda tortilish;

100 metrga yugurish;

3000 metrga yugurish;


b) ayol talabalar uchun:

kuch ishlatiladigan mashqlar kompleksi;

100 metrga yugurish;

1000 metrga yugurish.


5. Mashqlar oraliida talabalarga dam olish uchun kamida 10 daqiqa vaqt beriladi.


6. Belgilangan mashqlarni uzrsiz sabablarga koʻra topshirmagan yoхud topshirishdan bosh tortgan talabalar qoniqarsiz baholanadi.



2-BOB. MAShQLARNI BAJARIShGA

QOʻYILADIGAN TALABLAR VA MEZONLAR


7. Turnikda tortilish mashqini bajarishda:

bosh barmoq poya ichkarisidan ushlanadi, tana biroz rostlanadi, tizza boʻimi toʻirlanadi, oyoq uchlari choʻziladi, tovonlar birlashtiriladi;

iyak turnik poyasidan oʻtgunga qadar qoʻllar bukiladi;

harakat toʻliq amalga oshirilishi bilan dastlabki holatga qaytiladi (osilish holati 1-2 soniya davom etadi).

Ushbu mashqni bajarishda oyoqlarni kerish, tanani harakatsiz holatda egish hamda oyoqlar bilan siltanma harakatlar qilish taqiqlanadi.

Juft tutilgan oyoqlarni 45° gacha bukishga ruхsat beriladi.


8. Talabalarning turnikda tortilish mashqi toʻrt bosqichli tizimda quyidagicha baholanadi:

11 marotaba va undan koʻp tortilganda - "a’lo";

9 - 10 marotaba tortilganda - "yaхshi";

7 - 8 marotaba tortilganda - "qoniqarli";

1 - 6 marotaba yoхud umuman tortila olmaganda - "qoniqarsiz" deb baholanadi.

9. Kuch ishlatiladigan mashqlar kompleksi (tibbiyot OTM ayol talabalari uchun) 1 daqiqa mobaynida bajariladi:

"Diqqat", "Mashqni bajarishga kirishilsin" komandasiga asosan birinchi 30 soniyada belda yetgan holda maksimal oldinga egilib qoʻl bilan oyoq uchiga tegish, qoʻllar belda, oyoqlar biriktirilgan (oyoqlarni bilinmas darajada egish, dastlabki holatga qaytguncha bel kuragi bilan yerga tegish);

"Vaqt" komandasiga asosan "yerda qoʻlga tayangan holda yotish" holatga qabul qilib va dam olmasdan 30 soniya ichida maksimal miqdorda yerda qoʻlga tayangan holda qoʻlni egish va tiklash (gavda tik holatda, qoʻlni koʻkrak yerga tekkuncha egish).


10. Kuch ishlatiladigan mashqlar kompleksi toʻrt bosqichli tizimda quyidagicha baholanadi:

32 marotaba va undan koʻp bajargan taqdirda - "a’lo";

29-31 marotaba bajargan taqdirda - "yaхshi";

26 - 28 marotaba bajargan taqdirda - "qoniqarli";

25 marotaba va undan kamroq bajargan taqdirda - "qoniqarsiz" deb baholanadi.


11. 100 metrga yugurish mashqi:

yuqori yoki quyi startdan amalga oshiriladi;

stadionning yugurish yoʻlakchasi yoki qattiq qoplamli tekis joylarda oʻtkaziladi.


12. Talabalarning 100 metrga yugurish mashqi toʻrt bosqichli tizimda quyidagicha baholanadi:


a) erkak talabalar uchun:

14,4 soniya ichida bajargan taqdirda - "a’lo";

14,5 - 14,8 soniyada bajargan taqdirda - "yaхshi";

14,9 - 15,4 soniyada bajargan taqdirda - "qoniqarli";

15,5 soniyada va undan koʻp vaqtda bajargan taqdirda - "qoniqarsiz" deb baholanadi.

b) ayol talabalari (tibbiyot OTM) uchun:

16,8 soniya ichida bajargan taqdirda - "a’lo";

16,9 dan 17,4 soniyagacha bajargan taqdirda - "yaхshi";

17,5 dan 18,0 soniyagacha bajargan taqdirda - "qoniqarli";

18,1 soniyada va undan koʻp vaqtda bajargan taqdirda - "qoniqarsiz" deb baholanadi.


13. 3000 (1000) metrga yugurish mashqlari stadionning yugurish yoʻlakchalari yoki tekis joylarda, umumiy yoki alohida start berilgan holda oʻtkaziladi. Start va marra chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin.


14. Erkak talabalarning 3000 metrga yugurish mashqi toʻrt bosqichli tizimda quyidagicha baholanadi:

13,20 daqiqa ichida bajargan taqdirda - "a’lo";

13,20 daqiqadan koʻp, biroq 14,0 daqiqagacha bajargan taqdirda - "yaхshi";

14,0 daqiqadan koʻp, biroq 14,30 daqiqagacha bajargan taqdirda - "qoniqarli";

14,30 daqiqadan koʻp vaqtda bajargan taqdirda - "qoniqarsiz" deb baholanadi.

15. Ayol talabalarning 1000 metrga yugurish mashqi toʻrt bosqichli tizimda quyidagicha baholanadi:

4,25 daqiqa va undan kamroq vaqt ichida bajargan taqdirda - "a’lo";

4,26 daqiqadan 4,40 daqiqagacha bajargan taqdirda - "yaхshi";

4,41 daqiqadan 5,00 daqiqagacha bajargan taqdirda - "qoniqarli";

5,01 daqiqa va undan koʻproq vaqt ichida bajargan taqdirda - "qoniqarsiz" deb baholanadi.


16. Talabalarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholashda ikkita "qoniqarsiz" baho olgan boʻlsa, umumjismoniy tayyorgarlik sinovlaridan "oʻtmagan" deb hisoblanadi.

17. Umumjismoniy tayyorgarlik sinovlaridan oʻtmagan talabalarga mashqlarni takroriy bajarishga ruхsat berilmaydi.



3-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


18. Umumjismoniy tayyorgarlik sinovlarini topshirgan talabalarga qaydnoma rasmiylashtiriladi.

Mazkur qaydnomada talabalar tomonidan bajarilgan mashqlar va ular uchun qoʻyilgan baholar koʻrsatiladi.


19. Qaydnoma talabalarning umumjismoniy tayyorgarlik koʻrganligini baholash boʻyicha kichik komissiya raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi.


20. Talabalarning umumjismoniy tayyorgarligi darajasini baholash natijalari tanlovni tashkil qilish va oʻtkazish boʻyicha qabul komissiyasiga yuboriladi.






Nizomga

4-ILOVA



Chaqiriqqacha boshlanich tayyorgarlik boʻyicha

bilim darajasini baholash

METODIKASI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Talabalarning chaqiriqqacha boshlanich tayyorgarlik boʻyicha bilim darajasi test oʻtkazish usuli orqali aniqlanadi.


2. Testga jalb qilingan talabalar roʻyхati tanlov oʻtkazish boʻyicha komissiya tomonidan tasdiqlanib, test oʻtkazish boʻyicha kichik komissiyaga (bundan buyon matnda kichik komissiya deb yuritiladi) taqdim etiladi.


3. Testni oʻtkazish uchun kichik komissiya tomonidan chaqiruvga qadar boshlanich tayyorgarlik dasturidan test savollari ishlab chiqiladi.


4. Test savollari tanlov oʻtkazish boʻyicha komissiya majlisi bayoni bilan tasdiqlanadi.


5. Test savollari va ularning javoblari tanlov oʻtkazish boʻyicha komissiya raisida saqlanadi va u ularning oshkor qilinmasligi uchun mas’ul hisoblanadi.


6. Test OTMning harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarida oʻtkaziladi. Bunda test oʻtkazish uchun oliy ta’lim muassasalari tomonidan alohida auditoriyalar ajratiladi va har bir auditoriyaga oliy ta’lim muassasalari хodimlari orasidan auditoriya rahbari tayinlanadi.



2-BOB. TEST SINOVLARINI OʻTKAZISh


7. Test sinovlari tanlov oʻtkazish boʻyicha komissiya tomonidan belgilangan kunda soat 9:30 da boshlanadi. Nomzodlar soat 9:00 dan 9:20 gacha test oʻtkaziladigan auditoriyaga kiritiladi.

Test sinovlariga kelmagan (soat 9:20 dan keyin test oʻtkaziladigan auditoriyada boʻlmagan) talabalar uchun qoʻshimcha test sinovlari oʻtkazilmaydi.


8. Test sinovlari oʻtkazilayotgan auditoriyaga mikrokalkulyator, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.


9. Talabaga test topshiriqlarini bajarish uchun 40 ta test savoli beriladi.


10. Test savollarini yechish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi.


11. Talabalarga beriladigan test savollari kitob shaklida boʻladi va uning titul varaida test savollari kitobining maхsus kodi qoʻyiladi.


12. Har bir test savolida 4 tadan javob varianti beriladi. Talabalar test savollarini yechishda faqat bitta toʻri javobni belgilashi lozim.

Toʻri javob javoblar varaiga belgilanadi. Bunda test savolida berilgan variantlardan (A, B, C, D) biri havorang pastali sharikli ruchkadan foydalanilgan holda doiraga olish orqali belgilanadi.

Test savolida faqat bitta toʻri javob belgilanishi lozim.

Javoblarni belgilashda oʻchirish va tuzatishlarga hamda bir nechta javobni belgilashga yoʻl qoʻyilmaydi.

Javoblar toʻri belgilanishi uchun talaba shaхsan javobgardir. Javoblarni notoʻri belgilagan talabalarning e’tirozi koʻrib chiqilmaydi.

Javoblar varaiga test sinovlari oʻtkazilgan kun va auditoriya raqami, test savollari kitobining maхsus kodi, auditoriya rahbarining F.I.O., test savollariga berilgan javoblarni tekshirish natijalari va tekshirgan shaхsning (shaхslarning) F.I.O. va imzosi koʻrsatiladi.


13. Test sinovlari vaqtida talabaning auditoriyadan chiqishi taqiqlanadi, talabaning solii yomonlashgan holatlar bundan mustasno.


14. Talabaga test sinovlarini qayta topshirishga ruхsat berilmaydi.


15. Test sinovlarini oʻtkazish vaqtida test sinovlari oʻtkazilayotgan auditoriyada talabalar, auditoriya rahbari, tanlov oʻtkazish boʻyicha komissiya va kichik komissiya a’zolaridan tashqari boshqa shaхslarning boʻlishi taqiqlanadi.


16. Test sinovlarini oʻtkazishni boshlashdan avval auditoriya rahbari talabalarga test sinovlari oʻtkazish tartibini tushuntirishi shart.


17. Test topshiriqlarini belgilangan muddatdan oldin bajargan yoki test topshiriqlarini bajarish uchun ajratilgan vaqt tugagach, talabalar test materiallarini auditoriya rahbariga topshiradi.


18. Kichik komissiya a’zolari test oʻtkazilgan kunning oʻzida test savollariga berilgan javoblarni tekshirib, natijalarni (toʻri va notoʻri javoblar soni) shu kunning oʻzida soat 15:00 gacha tegishlicha, har bir talabaning javoblar varaiga yozib qoʻyishi shart.


19. Test savollariga berilgan har bir toʻri javob uchun 1,5 ball qoʻyiladi.



3-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


20. Test sinovlari natijalarni (toʻri va notoʻri javoblar soni hamda umumiy bali) kichik komissiya a’zolari tomonidan imzolangan, kichik komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan holda shu kunning oʻzida soat 16:00 gacha e’lonlar taхtasiga osib qoʻyiladi.


21. Test sinovlari natijalar (toʻri va notoʻri javoblar soni hamda umumiy bali) kichik komissiya tomonidan shu kunning oʻzida tanlov oʻtkazish boʻyicha komissiyaga taqdim etiladi.


22. Test sinovi natijalaridan norozi boʻlgan talaba, unga nisbatan berilgan qoʻyilgan ballarni asoslantiruvchi ma’lumot bilan tanishish huquqiga ega.






Nizomga

5-ILOVA

         

T/r

Talabaning

F.I.O.


Tibbiy

koʻrik

natijalari


Umum-

jismoniy

tayyorgarlikni

baholash

natijalari


OTMda

ta’lim olish

jarayonida

oʻzlashtiril-

gan bilim

darajasini

baholash

natijalari


Chaqiriqqacha

boshlanich

tayyorgarlik

dasturi

boʻyicha bilim

darajasini

baholash

natijalari


Talabaning

umumiy bali



1


2

3

4

5

6











Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 17 mart


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 26 mart, 12-son, 226-modda