Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.02.2018 y. 122-son "Davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

15.02.2018 y.

N 122




DAVLAT MULKI OB’YeKTLARIDAN SAMARALI

FOYDALANISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA



Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash hamda davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Toshkent shahri hokimligining Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasiga qarashli Toshkent shahar Mirobod tumani Kichik beshyooch koʻchasi 91-uy manzilida joylashgan Eksperimental haykaltaroshlik kombinatining bino va inshootlarini tegishli hududi bilan birga Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga operativ boshqaruv huquqi bilan bepul berish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi mazkur qarorning 1-bandida koʻrsatilgan bino va inshootlarni tegishli hududi bilan birga topshirilishini, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti qabul qilib olinishini hamda ulardan samarali foydalanilishini ta’minlasin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻrisida" 2014 yil 28 martdagi 75-son qarori 1-ilovaning 3-pozitsiyasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi A. Nuridinov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari aхborot-tahlil departamentiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 17 fevral