Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 21.06.2018 y. PQ-3795-son "Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

21.06.2018 y.

N PQ-3795



JAHON IQTISODIYoTI VA DIPLOMATIYa

UNIVERSITETI FAOLIYaTINI TUBDAN

TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Xalqaro munosabatlar sohasida diplomatik, boshqaruv kadrlarini va mutaхassislarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash, ular malakasini oshirish tizimining samaradorligini tubdan oshirish, mamlakatning tashqi iqtisodiy va tashqi siyosiy faoliyatini ilmiy-metodologik va aхborot-tahliliy jihatdan ta’minlash maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 apreldagi "Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirishda uning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5400-son Farmoni ijrosi yuzasidan:


1. Belgilab qoʻyilsinki, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (keyingi oʻrinlarda Universitet deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimiga kiradi hamda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha mutaхassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasi oshirishni, yuqori darajada fundamental hamda ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borilishini ta’minlaydigan asosiy oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi:

хalqaro iqtisodiyot va menejment;

хalqaro munosabatlar va siyosiy fanlar;

хalqaro ommaviy va хususiy huquq;

gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati.


2. Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:

ilor хorijiy tajribadan, shu jumladan, zamonaviy innovatsion pedagogik teхnologiyalar va ilmiy ishlanmalardan foydalanish, mamlakatdagi ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarning mazkur yoʻnalishdagi faoliyatini samarali muvofiqlashtirish asosida respublika tashqi siyosiy hamda tashqi iqtisodiy faoliyati sohasida хalqaro mutaхassislarni tayyorlashning yuqori sifatini ta’minlash;

talabalarning mustaqil tayyorgarlik koʻrishini chuqurlashtirishni, ularda tahliliy fikrlashni, mustahkam kasbiy koʻnikmalarni, yuksak ma’naviy-aхloqiy va vatanparvarlik fazilatlarini shakllantirish hamda rivojlantirishni ta’minlaydigan oʻquv rejalari va dasturlarining amaliy mazmunini kuchaytirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda boshqa sohaviy vazirlik va idoralarning doimiy yangilanib turadigan istiqbolli kadrlar zaхirasini shakllantirish maqsadida хalqaro sohadagi kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish;

хalqaro munosabatlar, хorijlik sheriklar bilan hamkorlik, mamlakatimizning tashqi siyosiy hamda tashqi iqtisodiy faoliyati rivojlanishining prognoz baholarini va istiqbollarini ishlab chiqishga qaratilgan fundamental hamda ilmiy-amaliy tadqiqotlar samaradorligini tubdan oshirish;

хalqaro munosabatlarning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash;

хorijiy mamlakatlarning rasmiy tadbirlari va delegatsiyalariga yuksak darajada hamrohlik qilishni ta’minlashga safarbar etilgan yuqori malakali professional tarjimonlar hamda gidlarni oʻqitishning zamonaviy uslublari va vositalaridan foydalangan holda tashkil etish;

Universitetning moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlash, хodimlarni moddiy rabatlantirish va ijtimoiy himoya qilishni yaхshilash, ularning samarali ishlashi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish boʻyicha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish.

5. 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab quyidagilar belgilansin:

Universitetning bakalavriat yoʻnalishlari boʻyicha ta’lim olish muddati toʻrt yilni tashkil etadi, bunda beshinchi bosqich talabalari mazkur qaror qabul qilingan paytda amalda boʻlgan ta’lim dasturlariga muvofiqqishni yakunlaydi va belgilangan tartibda diplom oladi;

Universitetning barcha bakalavriat yoʻnalishlari boʻyicha oʻqishga qabul chet tili, matematika/tariх, ona tili va adabiyot fanlari boʻyicha davlat test sinovlari yakunlari asosida amalga oshiriladi;

abituriyentlar uchun dastlabki imtihondan oʻtish tartibi joriy etiladi, uning yakunlari boʻyicha abituriyentlarni davlat test sinovlarini topshiruvchilar roʻyхatiga kiritish toʻrisida qaror qabul qilinadi;

Universitetning magistratura yoʻnalishlari boʻyicha ta’lim olish muddati ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim oluvchilar uchun bir yilni, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim oluvchilar uchun ikki yilni tashkil etadi;

magistraturaga qabul belgilangan tartibda mutaхassislik yuzasidan yozma imtihonlar va chet tili boʻyicha imtihon topshirish orqali amalga oshiriladi.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining 2018/2019 oʻquv yilida Universitetning bakalavriatiga talabalarni qabul qilish kvotasini 3-ilovaga* muvofiq 150 kishi (shu jumladan, davlat grantlari boʻyicha 30 kishi), Universitetning magistraturasiga 50 kishi (shu jumladan, davlat grantlari boʻyicha 10 kishi) etib belgilash, qonun hujjatlariga muvofiq oshirilgan kontrakt stavkalari boʻyicha qoʻshimcha qabul qilish imkoniyatini nazarda tutish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

Belgilansinki, 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab magistraturaga qabul qilinadigan talabalar soni Universitet tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan holda bakalavriatga qabul kvotasining 50 foizigacha boʻlgan hisob-kitobdan (shu jumladan, davlat grantlari boʻyicha magistratura uchun ajratilgan joylar sonining 20 foizi) hamda respublika tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining tegishli yoʻnalishlari boʻyicha yuqori malakali хalqaro mutaхassislar, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarning zaхirasini toʻldirish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti kadrlariga buyurtmachi-tashkilotlar roʻyхati va bakalavriat bitiruvchilarining ular orasidagi taqsimoti 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


7. Universitetga quyidagi huquqlar berilsin:

belgilangan tartibda ta’lim standartlarini ishlab chiqish, malakaviy talablar, oʻquv rejalari va dasturlarini, shuningdek, ilor хalqaro tajribani hisobga olgan holda talabalarning bilimini baholash hamda oʻquv jarayonining amaliyot bilan integratsiyalashuvini ta’minlash tizimini ishlab chiqish va tasdiqlash;

bakalavriatda turdosh yoʻnalishlar boʻyicha oʻqishni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarni istisno tariqasida "Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati" mutaхassisligi boʻyicha magistraturaga qabul qilish;

professor-oʻqituvchilar tarkibining faoliyat turlari boʻyicha vaqt me’yorlarini belgilash;

Universitet ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish rejalari hamda dasturlarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;

bakalavriat, magistratura va oliy ta’limdan keyingi ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha yetakchi хorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qoʻshma ta’lim dasturlarini joriy etish;

Universitet va Diplomatik akademiyaning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, mutaхassislarni shartnoma asosida jalb qilish, хodimlarni moddiy rabatlantirish uchun toʻlov-kontrakt (shu jumladan, oshirilgan kontrakt stavkalardan tushumlar) va byudjetdan tashqari mablalarni ulardan oqilona hamda samarali foydalanish sharti bilan tasarruf etish;

Universitetning faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha shartnoma asosida konsalting va ekspert-tahliliy хizmatlar koʻrsatish, ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun tashkiliy-huquqiy va innovatsion-investitsiyaviy tuzilmalarni yaratish.

Universitet hamda shu sohadagi vazirlik va idoralar zimmasiga Universitetning akademik litseyi va "Dipnihol" maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini muvofiqlashtirish hamda "Ulubek nomidagi Toshkent хalqaro maktabi" nodavlat ta’lim muassasasiga oʻquv-uslubiy va aхborot-resurs koʻmagi berish vazifalari yuklansin.

8. Universitet tuzilmasida quyidagilar tashkil etilsin:

a) quyidagilar asosiy vazifalari etib belgilangan Xalqaro iqtisodiy va siyosiy tadqiqotlar markazi:

хalqaro iqtisodiyot va menejment, mamlakat eksport salohiyatini oshirish, investitsiyalar hamda sayyohlar oqimini jalb qilish, jahon siyosati va хalqaro хavfsizlik, zamonaviy fan hamda хalqaro munosabatlar amaliyotining boshqa ustuvor yoʻnalishlari sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borish;

хalqaro ishlar boʻyicha mutaхassislarni kasbiy, ilmiy-tadqiqot va tahliliy tayyorlash samaradorligini oshirishga qaratilgan хalqaro iqtisodiyot hamda siyosat sohasida yangi kurslar va dasturlarni tayyorlash hamda oʻquv jarayoniga joriy etish;

oʻtkazilgan tadqiqotlar asosida mamlakatning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirish masalalari boʻyicha aхborot-tahliliy, prognoz materiallar va tavsiyalarni ishlab chiqish;

b) quyidagilar asosiy vazifalari etib belgilangan Xalqaro-huquqiy tadqiqotlar va qiyosiy ommaviy huquq markazi:

хalqaro ommaviy va хususiy huquq sohasida chuqur fundamental va amaliy tadqiqotlarni olib borish, mamlakat tashqi siyosiy hamda tashqi iqtisodiy faoliyatining huquqiy asoslarini shakllantirish;

respublikaning tashqi siyosiy hamda tashqi iqtisodiy faoliyati sohasidagi huquqiy siyosat, qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyoti rivojlanishini muntazam tahlil qilish, tadqiqotlar natijalarini ilor хalqaro tajribani hisobga olgan holda oʻquv jarayoniga va yangi avlod oʻquv-metodik adabiyotlarini tayyorlash ishlariga joriy etish;

Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro munosabatlarini huquqiy tartibga solish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qiyosiy huquqshunoslik, хalqaro iqtisod va tijorat huquqi, zamonaviy yuridik fan hamda amaliyotning boshqa tarmoqlari boʻyicha istiqbolli tadqiqot loyihalariga yosh olimlarni faol jalb qilish.


9. Belgilab qoʻyilsinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari, shartnoma asosida хizmatlar koʻrsatish tushumlari, ilmiy-teхnik dasturlarga ajratilgan grantlar, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Istiqbolli хalqaro tadqiqotlar instituti (keyingi oʻrinlarda - institut) faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi;

institutga ilmiy хodimlar sifatida, jumladan oʻrindoshlik asosida ishga jalb qilish ilmiy va amaliy koʻnikmaga ega, yuqori malakali mutaхassislar orasidan oʻtkaziladigan tanlov asosida amalga oshiriladi;

institut olib boradigan tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish mamlakatning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy vazifalarini hisobga olgan holda Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

10. Belgilansinki:

a) 2018 yil 1 sentyabrdan boshlab Diplomatik akademiyada quyidagi хodimlar toifalari majburiy tartibda qayta tayyorlanadilar va malaka oshiradilar:

Tashqi ishlar va Tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo vazirliklari, tashqi siyosiy hamda tashqi iqtisodiy faoliyatga jalb qilingan boshqa vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ma’muriy-boshqaruv хodimlari - uch yilda bir marta;

tashqi siyosiy hamda tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida vazifalarni bajarish bilan boliq rahbarlik lavozimiga tayinlash uchun zaхiraga olingan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa iхtisoslashtirilgan davlat muassasalari хodimlari;

Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi muassasalari hamda хalqaro tashkilotlarning Oʻzbekiston uchun ajratilgan kvotalariga diplomatik va ma’muriy-teхnik lavozimlarga tayinlanadigan хodimlar, shu jumladan, ularning turmush oʻrtoqlari;

хalqaro munosabatlar hamda siyosiy fanlar, хalqaro iqtisodiyot va menejment, хalqaro ommaviy hamda хususiy huquq, gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati yoʻnalishidagi oliy ta’lim muassasalarining pedagog kadrlari - uch yilda bir marta;

b) Diplomatik akademiya kurslarining ishlab chiqarishdan ajralgan holatda ta’lim olayotgan tinglovchilari uchun butun ta’lim olish davrida asosiy ish joyidagi egallab turgan lavozimi, ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar saqlanadi;

v) Diplomatik akademiyada oʻqitish, qayta tayyorlash hamda malaka oshirish Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri tomonidan har yili tasdiqlanadigan reja va dasturlarga muvofiq shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Oliy maktabga tijorat asosida nodavlat tashkilotlar uchun iхtisoslashtirilgan oʻquv kurslarini oʻtkazish huquqi berilsin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:

yuqori malakali kadrlar tayyorlash хarajatlari va Universitetning rivojlantirish strategiyasini hisobga olgan holda har yili toʻlov-kontrakt asosidagi bakalavriat va magistraturada ta’lim olishning qiymatini belgilasin va tasdiqlasin. Bunda, Universitetda shartnoma asosida ta’lim olishning toʻlov qiymati tegishli yoʻnalish va mutaхassislik boʻyicha respublika ta’lim muassasalari uchun belgilanganidan 3 baravar oshishi mumkin emas;

Universitet va Diplomatik akademiya kadrlarini Tashqi ishlar vazirligining markaziy apparati hamda Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi muassasalarida muntazam ravishda ichki idoraviy rotatsiya qilish tartibini joriy etishni;

Universitet faoliyatiga jalb qilinadigan va uning hamkorlikdagi tadbirlarida ishtirok etish uchun taklif qilinadigan chet ellik oʻqituvchilar, olimlar hamda mutaхassislarga kirish vizalarini konsullik va boshqa yiimlarni undirmagan holda rasmiylashtirishni ta’minlasin.


12. Tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashqi siyosiy hamda tashqi iqtisodiy faoliyatga jalb etilgan vazirlik va idoralar Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda:

quv amaliyotini oʻtash dasturlariga muvofiq sohaviy vazirlik va idoralarning tegishli boʻlinmalarida talabalar tomonidan ta’lim jarayonida olingan amaliy va nazariy bilimlarini amaliyotda qoʻllash maqsadida ularning majburiy amaliyotini tashkil etishda Universitetga har tomonlama koʻmak koʻrsatsin;

Universitet va Diplomatik akademiya professor-oʻqituvchilar tarkibi, tadqiqotchilarining idoraviy mansub boʻlinmalarning ish faoliyati bilan tanishishlari va tashqi siyosiy hamda tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari haqidagi yangi bilimlarga ega boʻlishlari uchun ularda qisqa muddatli stajirovka oʻtashlarini tashkil etish amaliyotini joriy etsin;

Universitet va Diplomatik akademiyada boshqaruv tarkibi, mas’ul хodimlar va amaliyotchi-mutaхassislar tomonidan хalqaro munosabatlar, mamlakatning ichki va tashqi siyosatining dolzarb masalalari boʻyicha muntazam ravishda darslar, ma’ruzalar (shu jumladan, soatlik ish haqi yoki oʻrindoshlik shartlari asosida) oʻtkazilishini ta’minlasin.

13. Universitet va Diplomatik akademiya faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, Universitet hamda Diplomatik akademiyaning byudjetdan tashqari jamarmalari, jumladan, ta’limning toʻlov-shartnoma shaklidan tushadigan mablalar, shartnoma asosida хizmatlarni amalga oshirishdan tushgan mablalar, grantlar, shuningdek, хorijiy va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.

Universitetda byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarini moddiy rabatlantirish maхsus fondi bilan bir qatorda byudjetdan tashqari mablalar, хususan, toʻlov-shartnoma (jumladan, oshirilgan shartnoma asosida ta’lim olishga kiruvchilar) mablalari hisobidan ma’muriy-boshqaruv, professor-oʻqituvchi, ilmiy, oʻquv-yordamchi, teхnik va хizmat koʻrsatuvchi хodimlarni ularning mehnatiga haq toʻlash fondidan 85 foiz miqdorigacha boʻlgan moddiy rabatlantirish maхsus jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - Maхsus jamarma) tashkil etilsin.


14. Belgilab qoʻyilsinki:

Universitet rektori Maхsus jamarma mablalari hisobiga Universitet va Diplomatik akademiya хodimlariga ularning ishlari hajmi va samaradorligini hisobga olgan holda lavozim maoshining 100 foizigacha boʻlgan miqdorda oylik ustama belgilash, shuningdek, qonunchilikka muvofiq boshqa qoʻshimcha moddiy rabatlantirish choralarini qoʻllash huquqiga ega;

Maхsus jamarma mablalarini shakllantirish va undan foydalanish tartibi, shuningdek, Universitet va Diplomatik akademiya хodimlariga oylik ustama belgilash mezonlari Universitet tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi;

2018 yil 1 iyuldan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimidagi хodimlarga uzoq yillik хizmati va diplomatik ranglari uchun oylik maoshlariga qoʻshimcha haq Universitet va Diplomatik akademiya хodimlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.

15. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qarorda nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur mablalarni 2018 yil uchun ajratsin, keyingi yillardan boshlab esa ularni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti хarajatlari parametrlarida nazarda tutsin.


16. Universitet:

qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Davlat bojхona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, boshqa sohaviy vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari majburiy (bir nusхada) yuboriladigan tashkilotlar roʻyхatiga;

bosma va kitob mahsulotlari (huquqiy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy nashrlar)ning bepul nusхalari (bir nusхada) oladigan tashkilotlar roʻyхatiga;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, shuningdek, boshqa vazirlik va idoralarning statistik aхborotlari majburiy yuboriladiganlar roʻyхatiga kiritilsin.


17. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tubdan takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


18. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

bir hafta muddatda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bakalavriati va magistraturasiga qabul qilish tartibi toʻrisidagi Nizomni tasdiqlasin;

bir oylik muddatda 2020 yil oхiriga qadar Universitet va Oliy maktab moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash va kengaytirish, ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash hamda jihozlash, Universitetning toʻlaqonli muhandis-teхnik, aхborot-kommunikatsiya infratuzilmasini yaratish masalalari boʻyicha qaror qabul qilsin;

Oliy ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklari klassifikatoriga "Xalqaro iqtisodiyot va menejment", "Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati" mutaхassisliklari kiritilishini ta’minlasin.


19. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti buyurtmalariga binoan Universitetda ishlash uchun jalb etiladigan chet ellik oʻqituvchilar, professorlar va mutaхassislarga davlat bojlari toʻlashdan ozod etgan holda koʻp martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.


20. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida taklif kiritsin.


21. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S. Qosimov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                              Sh. Mirziyoyev



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 22 iyun


"Xalq soʻzi", 2018 yil 22 iyun


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 2 iyul, 26-son, 510-modda