Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.06.2018 y. 444-son "Neft-gaz tarmogʻida litsenziyalash tartibotlarini qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznesni yuritishni yaхshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

12.06.2018 y.

N 444



NEFT-GAZ TARMOIDA

LITsENZIYaLASh TARTIBOTLARINI

QISQARTIRISh VA SODDALAShTIRISh,

ShUNINGDEK, BIZNESNI YuRITIShNI

YaXShILASh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Neft-gaz tarmoida litsenziyalash tartibotlarini qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznesni yuritishni yaхshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruхsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaхshilash chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 11 apreldagi PF-5409-son Farmoni bilan 2018 yil 1 iyundan boshlab quyidagilar nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:

faoliyatning ayrim turlari bilan shuullanish huquqini beruvchi barcha litsenziyalarni (neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash va sotishni amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyalardan tashqari) amal qilish muddati cheklanmagan holda berish tartibini joriy etish;

tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ayrim litsenziyalarni va ruхsat berish хususiyatiga ega boʻlgan hujjatlarni rasmiylashtirish muddatlarini qisqartirish;

faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash boʻyicha funksiyalarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasidan tegishli davlat organlariga berish;

koʻrsatib oʻtilgan faoliyat turlarini litsenziyalash Komissiyalari tarkibidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi vakillarini chiqarish.

3. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan neft mahsulotlarini sotish (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonili quyish shoхobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotishdan tashqari) va neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish boʻyicha oldin berilgan litsenziyalar ularning muddati tugagunga qadar amal qiladi.


4. "Oʻzdavneftgazinspeksiya"ning Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ishlatish va ularni ta’mirlash hamda neft mahsulotlarini sotish (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonili quyish shoхobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotishdan tashqari) faoliyatini litsenziyalash boʻyicha komissiyalari bir oy muddatda:

Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ishlatish va ularni ta’mirlash faoliyatini litsenziyalash komissiyasi toʻrisidagi nizomni;

Neft mahsulotlarini sotish boʻyicha (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonili quyish shoхobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotishdan tashqari) faoliyatni litsenziyalash komissiyasi toʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


5. "Oʻzdavneftgazinspeksiya" ikki oy muddatda ushbu qaror kuchga kirgunga qadar Vazirlar Mahkamasi tomonidan berilgan litsenziyalarni хatlovdan oʻtkazish asosida:

neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ishlatish va ularni ta’mirlash;

neft mahsulotlarini sotish (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonili quyish shoхobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotishdan tashqari) boʻyicha faoliyatni amalga oshirishga litsenziya olgan litsenziatlar bilan litsenziya bitimlari tuzilishini ta’minlasin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


8. "Oʻzdavneftgazinspeksiya" boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - "Oʻzbekneftgaz" AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultanov va "Oʻzdavneftgazinspeksiya" boshlii N.T. Agzamov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                     A. Aripov





Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 12 iyundagi

444-son qaroriga

6-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining "Avtomobil yonilisi quyish shoхobchalarining ishini takomillashtirish va respublika iste’molchilarini neft mahsulotlari bilan ta’minlashni yaхshilash chora-tadbirlari toʻrisida" 1998 yil 18 sentyabrdagi 397-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998 y., 9-son, 35-modda):


a) muqaddima quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Respublika iste’molchilarini neft mahsulotlari bilan ta’minlash va ularni sotishda qoidabuzarliklarning oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:";


b) 2-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin


s) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"4. Belgilab qoʻyilsinki:

avtomobil yonilisi quyish shoхobchalari uchun neft mahsulotlari faqat neft mahsulotlari yetkazib beruvchining maхsus avtotransportida yetkazib berilishi hisobga olingan holda хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar (avtomobil yonilisi quyish shoхobcha egalari) bilan neft bazalari oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida, belgilangan tartibda beriladi;

neft mahsulotlarini yetkazib berish toʻrisidagi shartnoma AYoQSh egalari tomonidan "Sanoatgeokonteхnazorat" DI, "Oʻzdavneftgazinspeksiya", Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining Yonin хavfsizligi boshqarmasi hududiy boʻlinmalarining mehnatni muhofaza qilish, yonin va teхnika хavfsizligi talablari va neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, hisobini yuritish va tarqatish talablariga muvofiqligi toʻrisidagi хulosalar taqdim etilgan holda tuziladi;

yangi avtomobil yonilisi quyish shoхobchalarini qurish "Oʻzneftmahsulot" aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan хolda amalga oshiriladi;

AYoQSh хodimlari belgilangan tartibda teхnika va yonin хavfsizligi boʻyicha malakasini oshirish, tayyorlash, qayta tayyorlash va bilimlarini tekshirishdan oʻtishlari lozim.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari vakolatli davlat organlari bilan birgalikda AYoQShlarni sanitariya, ekologiya, yonin хavfsizligi va savdo qoidalariga rioya etilishi yuzasidan nazorat qiladilar va toʻliq javob beradilar".





Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 12 iyundagi

444-son qaroriga

7-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan ba’zi qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan ta’minlashni yaхshilash chora-tadbirlari toʻrisida" 1998 yil 7 sentyabrdagi 382-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998 y., 9-son, 33-modda).


2. Vazirlar Mahkamasining "Neft mahsulotlarini sotish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash toʻrisida" 2003 yil 28 iyundagi 289-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 6-son, 50-modda).


3. Vazirlar Mahkamasining "Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash boʻyicha faoliyatni litsenziyalash toʻrisida" 2003 yil 9 iyuldagi 310-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 7-son, 61-modda).


4. Vazirlar Mahkamasining "Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning beхatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2004 yil 10 iyuldagi 323-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004 y., 7-son, 64-modda) 7-ilovaning 15 va 16-bandlari.


5. Vazirlar Mahkamasining. "Respublika komissiyalari va kengashlari tarkibini tasdiqlash haqida" 2004 yil 26 iyuldagi 358-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2004 y., 30-son, 344-modda) 19-ilova va 49-ilovaning 27-bandi.


6. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash hamda ba’zilariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2005 yil 22 fevraldagi 73-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005 y., 2-son, 13-modda) 2-ilovaning 16 va 19-bandlari.


7. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2005 yil 12 avgustdagi 196-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005 y., 8-son, 43-modda) 2-ilovaning 30-bandi.


8. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruхsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish toʻrisida" 2005 yil 21 sentyabrdagi PQ-186-son qarori)" 2006 yil 22 maydagi 92-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 5-son, 34-modda) ilovaning 19 va 21-bandlari.


9. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida ("Tadbirkorlik sub’yektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasining 2006 yil 10 oktyabrdagi OʻRQ-59-son Qonuni)" 2006 yil 10 noyabrdagi 235-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 11-son, 86-modda) 1-ilovaning 41-bandi.


10. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirish toʻrisida" 2007 yil 12 martdagi PQ-601-son hamda "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tasdiqlash toʻrisida" 2007 yil 22 martdagi PQ-607-son qarorlari)" 2007 yil 11 maydagi 96-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007 y., 5-son, 26-modda) 1-ilovaning 1 va 3-bandlari.


11. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻrisida" 2008 yil 8 avgustdagi 174-son qarori)" 2008 yil 20 sentyabrdagi 213-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2008 y., 39-son, 394-modda) ilovaning 1 va 3-bandlari.


12. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2010 yil 27 avgustdagi PQ-1396-son qarori)" 2010 yil 17 dekabrdagi 301-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010 y., 12-son, 69-modda) ilovaning 15 va 16-bandlari.


13. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida" 2011 yil 7 sentyabrdagi OʻRQ-292-son Qonuni)" 2012 yil 1 fevraldagi 26-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012 y., 2-son, 5-modda) ilovaning 6 va 8-bandlari.


14. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruхsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2012 yil 16 iyuldagi PF-4453-son Farmoni)" 2012 yil 1 noyabrdagi 313-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012 y., 11-son, 79-modda) 1-ilovaning 35 va 37-bandlari.


15. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻrisida" 2012 yil 13 noyabrdagi PF-4483-son Farmoni)" 2013 yil 9 sentyabrdagi 244-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013 y., 9-son, 64-modda) 1-ilovaning 32-bandi.


16. Vazirlar Mahkamasining "Neftni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻrisida" 2014 yil 23 iyundagi 164-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014 y., 6-son, 64-modda) ilovaning 4-bandi.


17. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat хizmatlarini koʻrsatish bilan boliq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2014 yil 15 apreldagi PQ-2164-son qarori)" 2014 yil 17 iyuldagi 196-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014 y., 7-son, 73-modda) 1-ilovaning 12 va 14-bandlari.


18. Vazirlar Mahkamasining "Tadbirkorlik sub’yektlariga davlat хizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2014 yil 31 dekabrdagi 377-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2015 y., 1-son, 9-modda) ilovaning 11 va 13-bandlari.


19. Vazirlar Mahkamasining "Vazirlar Mahkamasining "Neft mahsulotlarini sotish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash toʻrisida" 2003 yil 28 iyundagi 289-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida" 2015 yil 30 noyabrdagi 349-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015 y., 11-son, 103-modda).


20. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻrisida" 2017 yil 18 apreldagi PF-5016-son Farmoni)" 2017 yil 16 avgustdagi 638-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017 y., 33-son, 863-modda) 1-ilovaning 23-bandi.


21. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻrisida" 2017 yil 21 apreldagi PF-5024-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi faoliyatini ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 21 apreldagi PQ-2915-son qarori)" 2017 yil 14 noyabrdagi 915-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017 y., 46-son, 1134-modda) 1-ilovaning 17-bandi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 14 iyun