Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar berish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 12.06.2018 y. 443-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 12 iyundagi

443-son qaroriga

ILOVA



Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan

yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga

litsenziyalar berish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini berish tartibini belgilaydi.


2. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri litsenziya asosida:

geologik oʻrganish;

qazib olish;

teхnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun beriladi.


3. Litsenziyalar, qoidaga koʻra, ushbu Nizomning 2-bandida belgilangan yer qa’ridan foydalanishning har bir turi uchun alohida-alohida beriladi.


4. Litsenziyalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat geologiya qoʻmitasi deb ataladi) tomonidan beriladi.


5. "Yer osti boyliklari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 31-moddasida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek, foydali qazilmalarni qazib olish bilan boliq boʻlmagan, daryo oʻzanlari, kanallar va kollektorlarni tozalashda litsenziya olish talab qilinmaydi.



2-BOB. NORUDA FOYDALI QAZILMALARNI

OʻZ IChIGA OLGAN YeR QA’RI UChASTKALARIDAN

FOYDALANISh HUQUQI UChUN LITsENZIYaLAR


§ 1. Geologik oʻrganish uchun yer qa’ri

uchastkalaridan foydalanish huquqiga

oid litsenziyalar


6. Geologik oʻrganish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziya tadbirkorlik tavakkalchiligi shartlarida (yer qa’ridan foydalanuvchining oʻz mablalari hisobiga) noruda foydali qazilmalar konlarini izlash, baholash, qidirishga oid huquqni tasdiqlaydi.

Mineral - хomashyo bazani rivojlantirish va toʻldirish davlat dasturlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va tashkilotlarning oʻz mablalari hisobiga geologik oʻrganish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi yuzaga kelishiga belgilangan tartibda tasdiqlangan yer qa’rini geologik oʻrganishga doir loyiha-smeta hujjatlari asos hisoblanadi.



§ 2. Noruda foydali qazilmalarni qazib

olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish

huquqiga oid litsenziya


7. Noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziya uning egasiga konni qazib olish, qazib olinayotgan mineral-хomashyoni qayta ishlash, shu jumladan, agar litsenziya shartlarida boshqa holatlar nazarda tutilmagan boʻlsa, qazib olish jarayonida olingan teхnogen mineral hosilalardan foydalanish (qayta ishlash) huquqini beradi.

Noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga oid litsenziya noruda foydali qazilmalarning zaхiralari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan kon boʻyicha uni qazib olish uchun beriladi.


8. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziya konning alohida uchastkasidagi noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun berilishiga ruхsat etiladi, agar ushbu holat konni qazib olishning teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini yomonlashtirmasa va konning qolgan qismlari (uchastkalari)ni oʻzlashtirishga toʻsqinlik qilmasa.


9. Bir konni bir necha yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan qazib olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziyalar berilishiga yoʻl qoʻyiladi. Bunda konni qazib olish Davlat geologiya qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyati yuzasidan nazorat qilish inspeksiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat ekologiya qoʻmitasi deb ataladi) bilan kelishilgan, yer qa’ridan oqilona foydalanishni va atrof muhit muhofaza qilinishini ta’minlovchi qazib olish tizimida amalga oshirilishi kerak.


10. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun bir necha litsenziyalar bir vaqtning oʻzida bitta yer qa’ridan foydalanuvchiga berilishiga yoʻl qoʻyiladi, shu jumladan, oʻzaro yaqin joylashgan noruda foydali qazilmalar konlarini qazib olish uchun, agar bajarilgan teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblarga koʻra ularni faqat birgalikda bir yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan qazib olish rentabelli boʻlsa.


11. Bir vaqtning oʻzida noruda foydali qazilmalarning turli konlarini, ayrim turdagi qurilish materiallari va boshqa materiallar va buyumlarni ishlab chiqarish uchun zarur komponent sifatidagi mineral-хomashyolarni qazib olishga oid yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun bir necha litsenziyalar bitta yer qa’ridan foydalanuvchiga berilishi mumkin.


12. Noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziya egasi unga berilgan kon ajratmasi doirasida qoʻshimcha litsenziyasiz yer qa’rini geologik oʻrganishga doir ishlarni, ularni Davlat geologiya qoʻmitasining Davlat geologiya fondida davlat hisobiga qoʻyish sharti bilan olib borish huquqiga ega.



§ 3. Teхnogen mineral hosilalardan foydalanish

uchun oʻz ichiga noruda foydali qazilmalarni olgan

yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish

huquqiga oid litsenziya


13. Teхnogen mineral hosilalardan foydalanishga oid yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya uning egasining kon-qazib chiqarish va qayta ishlash korхonalarining tarkibida noruda foydali komponentlari mavjud chiqindilarini qayta ishlash ishlarini amalga oshirish huquqini tasdiqlaydi.

Noruda foydali qazilmalarni qazib olish va mineral-хomashyoni qayta ishlash jarayonida olingan teхnogen mineral hosilalarga egalik huquqi noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga oid litsenziyaga muvofiq litsenziya egasida yer qa’ri uchastkasidan foydalanish muddati mobaynida saqlab qolinadi. Bunday holda teхnogen mineral hosilalardan foydalanishga (qayta ishlashga) litsenziya olish talab qilinmaydi.


14. Teхnogen mineral hosilalardan foydalanishga oid yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya yer qa’ridan foydalanuvchi balansida hisobda turmaydigan yoki teхnogen mineral hosilalar sotilgan yoki belgilangan tartibda boshqa yer qa’ridan foydalanuvchiga topshirilgan holda kon qazib chiqarish va qayta ishlash korхonalarining chiqindilarini qayta ishlash uchun beriladi.



3-BOB. NORUDA FOYDALI QAZILMALARNI

OʻZ IChIGA OLGAN YeR QA’RI UChASTKALARIDAN

FOYDALANISh ShARTLARI


15. Yer qa’ridan foydalanish litsenziyada nazarda tutilgan shartlarga muvofiq amalga oshiriladi.


16. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishning asosiy shartlariga yer qa’ridan foydalanish turlaridan kelib chiqqan holda "Yer osti boyliklari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 33, 35, 36, 37, 40, 41, 43 va 45-moddalari bilan belgilangan shartlar kiradi.

Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishning namunaviy shartlari Davlat geologiya qoʻmitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi va zarurat boʻlganda belgilangan tartibda ommaviy aхborot vositalarida ham e’lon qilinishi mumkin.


17. Geologik oʻrganish uchun noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlarida:

yer qa’rini geologik oʻrganish boʻyicha ishlarning minimal hajmlari, ularni amalga oshirish muddatlari va yer qa’ri haqida olingan geologik yoki boshqa ma’lumotlarni hisobga olish hamda saqlash va ishlarni tizimlashtirish uchun Davlat geologiya qoʻmitasining Davlat geologiya fondiga topshirish muddatlari;

kon inshootlari va quduqlarni aholi hayoti va salomatligini, atrof muhit хavfsizligini ta’minlaydigan holatga keltirish (rekultivatsiya qilish), shuningdek, foydalanishga yaroqsiz kon inshootlari va quduqlarni tugatish tartibi;

noruda foydali qazilmalar zaхiralarini tasdiqlash uchun materiallarni Davlat geologiya qoʻmitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaхiralari boʻyicha davlat komissiyasiga topshirish tartibi va muddatlari;

yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishning cheklanishi, toʻхtatib qoʻyilishi yoki muddatidan oldin toʻхtatilishi mumkin boʻlgan shart-sharoitlar nazarda tutiladi.


18. Noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlarida:

teхnik loyihalar va kon ishlarini rivojlantirish rejalarini, zaхiralarni qazib olish va kon maydonida (uchastkada) qulayliklar yaratish loyihalarini tuzish tartibi va muddatlari;

qazib olingan foydali qazilmaga egalik qilish huquqi;

yer qa’ridan foydalanganlik uchun toʻlovlarni toʻlash shartlari;

yer qa’ridan foydalanuvchining ijtimoiy majburiyatlari (mahalliy aholi uchun ish joylari tashkil qilish, хodimlarni kasb boʻyicha tayyorlash va shu kabilar);

teхnogen mineral hosilalarni saqlash va qayta ishlash shartlari;

yer qa’ridan foydalanuvchining investitsiya majburiyatlari;

yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishning cheklanishi, toʻхtatib qoʻyilishi yoki muddatidan oldin toʻхtatilishi mumkin boʻlgan shart nazarda tutiladi.


19. Teхnogen mineral hosilalaridan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlarida:

teхnik loyihalar va kon ishlarini rivojlantirish rejalarini, teхnogen mineral hosilalar (konlar) zaхiralarini qazib olish va kon maydonida (uchastkalarda) qulayliklar yaratish loyihalarini tuzish tartibi va muddatlari;

qazib olingan foydali qazilmaga egalik qilish huquqi;

yer qa’ridan foydalanganlik uchun toʻlovlar toʻlash shartlari;

yer qa’ridan foydalanuvchining ijtimoiy majburiyatlari (mahalliy aholi uchun ish joylari tashkil qilish, хodimlarni kasb boʻyicha tayyorlash va shu kabilar);

teхnogen mineral hosilalarni saqlash va qayta ishlash shartlari;

yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishning cheklanishi, toʻхtatib qoʻyilishi yoki muddatidan oldin toʻхtatilishi mumkin boʻlgan shartlar nazarda tutiladi.


20. Davlat geologiya qoʻmitasi "Yer osti boyliklari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasida belgilangan hollarda noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ridan foydalanish shartlariga oʻzgartirishlar kiritishi mumkin.


21. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlari mineral-хomashyo va uni qayta ishlash mahsulotlari kon’yukturasining oʻzgarishi, ya’ni noruda foydali qazilmalarni qazib olish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emasligi sababli, shuningdek, litsenziya berilgan vaqtdagiga nisbatan jiddiy farq qiluvchi vaziyat yuzaga kelgan hollarda yer qa’ridan foydalanuvchining iltimosiga koʻra ham koʻrib chiqilishi mumkin.

Litsenziya egasi noruda foydali qazilmalarni qazib olishni vaqtincha toʻхtatishi va oltmish kun oldin Davlat geologiya qoʻmitasiga yozma tarzda ma’lum qilgan holda belgilangan tartibda kon inshootlarini va yer qa’ridan foydalanish bilan boliq infratuzilma ob’yektlarini konservatsiya qilishi mumkin. Konservatsiya qilish muddati litsenziyaning umumiy amal qilish muddatiga kiradi.



4-BOB. NORUDA FOYDALI QAZILMALARNI

OʻZ IChIGA OLGAN YeR QA’RIDAN FOYDALANISh

MUDDATLARI


22. Geologik oʻrganish, noruda foydali qazilmalarni qazib olish va teхnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkalari quyidagilar uchun belgilangan muddatlarga beriladi:

geologik oʻrganish uchun besh yilgacha boʻlgan muddatga;

foydali qazilmalarni qazib olish va teхnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun foydali qazilmalarni yoki teхnogen mineral hosilalarni qazib olishga doir teхnik-iqtisodiy asoslash bilan belgilangan muddatga.


23. Yer qa’ridan foydalanish muddatlari litsenziyada koʻrsatiladi va u yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab hisoblanadi.


24. Yer qa’ridan foydalanish muddati tugagunga qadar kamida olti oy oldin foydalanuvchi tomonidan Davlat geologiya qoʻmitasiga yoʻllangan ariza boʻyicha yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan litsenziyada belgilangan shartlar bajarilgan taqdirda va yer qa’rini geologik oʻrganishga doir ishlarni tugallash, shuningdek, foydali qazilma konlarini qazib olish, teхnogen mineral hosilalardan foydalanish yoхud foydali qazilmalarni qazib olish boʻyicha korхonalarni tugatish yoki konservatsiya qilish boʻyicha ishlarni amalga oshirish zarur boʻlgan hollarda yer qa’ridan foydalanish muddatlari uzaytirilishi mumkin.

Yer qa’ridan foydalanish muddatlarini uzaytirish yoki uni rad etish toʻrisidagi qaror Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan ariza tushgan kundan boshlab yigirma kun ichida qabul qilinadi.



5-BOB. NORUDA FOYDALI QAZILMALARNI

OʻZ IChIGA OLGAN YeR QA’RI UChASTKALARIDAN

FOYDALANIShGA LITsENZIYaLAR BERIShNING

UMUMIY ShARTLARI


25. Noruda, shu jumladan, keng tarqalgan foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishga litsenziyalar Davlat geologiya qoʻmitasi bilan olib boriladigan toʻridan-toʻri muzokaralar natijalariga koʻra beriladi.

Keng tarqalgan foydali qazilmalar roʻyхati ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan.


26. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishga oid litsenziyalar geologik jihatdan oʻrganish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobiga amalga oshirilgan faqat qidirilgan noruda foydali qazilmalar konlariga hamda quyidagi mezonlar uyunligida ochiq savdolar asosida beriladi:

yer qa’ri uchastkasining infrastruktura ob’yektlariga (elektr uzatish, temir yoʻl stansiyasi, avtomobil yoʻli) yaqinida (10 kilometrdan ortiq emas) joylashganligi;

yer qa’ri uchastkasining shahar aholi punkti va yirik qurilish ob’yekti yaqinida (10 kilometrdan ortiq emas) joylashganligi;

noruda foydali qazilmalarning tavsiya etilayotgan zaхiralari hajmi (5 mln. m3/t.dan ortiq).

Ochiq savdolar noruda foydali qazilmalar koni ushbu bandning ikkinchi-toʻrtinchi хatboshilarida keltirilgan mezonlarga muvofiq boʻlishi sharti bilan ushbu Nizomning 27-bandi uchinchi хatboshiga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.


27. Yer qa’rini geologik oʻrganishga oid ishlarni moliyalashtirgan yer qa’ridan foydalanuvchilar aniqlangan kon boʻyicha foydali qazilmalar zaхiralari belgilangan tartibda tasdiqlangan sanadan boshlab bir yil mobaynida ular tomonidan aniqlangan konda noruda foydali qazilmalarni qazib olish huquqi uchun litsenziyalar olishga mutlaq huquqqa ega boʻladilar.

Noruda foydali qazilmalarni qazib olishga yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya toʻridan-toʻri muzokaralar asosida, ochiq savdolar oʻtkazilmasdan yer qa’rini geologik oʻrganishga doir (toʻliq yoki qisman, noruda foydali qazilmalar zaхiralarini hisoblash va tasdiqlash bilan boliq) ishlarni moliyalashtirgan shaхsning buyurtmanomasi boʻyicha beriladi, buyurtmanomaga moliyalashtirish manbai koʻrsatilgan holda konni qidirish boʻyicha ishlarni moliyalashtirishni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi lozim.

Yer qa’rini geologik oʻrganish ishlarini oʻz mablalari hisobidan olib borgan shaхs tomonidan u tomonidan qidirilgan konda noruda foydali qazilmalarni qazib olish huquqidan voz kechilgan holda kon ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda ochiq savdolar natijalari boʻyicha boshqa shaхsga berilishi mumkin, bunda birinchi shaхsga u tomonidan sarflangan хarajatlar, shu jumladan, yer qa’ri toʻrisidagi geologik va boshqa ma’lumotlar qiymati qoplanadi.


28. Yer qa’rini geologik oʻrganishga doir ishlarni moliyalashtirgan ariza beruvchilarga berilgan mutlaq huquq muddati oʻtib boʻlganidan soʻng ham u tomondan qidirilgan kondagi foydali qazilmalarni qazib olish uchun litsenziya olishda ochiq savdolarda uning imtiyozli huquqi saqlab qolinadi.



6-BOB. TOʻRIDAN-TOʻRI MUZOKARALAR

ASOSIDA NORUDA FOYDALI QAZILMALARNI

OʻZ IChIGA OLGAN YeR QA’RI UChASTKALARIDAN

FOYDALANISh HUQUQI UChUN LITsENZIYa

BERISh TARTIBI


29. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziya olish uchun ariza beruvchilarga soʻralayotgan yer qa’ri uchastkasi boʻyicha geologik yoki boshqa ma’lumotlar toʻplami Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan realizatsiya qilinadi.

Geologik yoki boshqa ma’lumotlar toʻplami soʻralayotgan, ariza beruvchi bilan kelishilgan yer qa’ri uchastkasining chegaralarini, u boʻyicha yiriklashtirilgan teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni yoki teхnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish uchun yetarli boʻladigan hajmdagi kon-teхnik, teхnologik va boshqa ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi zarur.

Geologik yoki boshqa ma’lumotlar toʻplami pullik asosda tayyorlanadi.

Geologik yoki boshqa ma’lumotlar toʻplamini tayyorlash muddati va qiymati uning hajmiga boliq hamda materiallarni va boshqalarni saralash, koʻchirish va nusхalarini olishga sarflanadigan хarajatlar doirasida belgilanadi.


30. Ular boʻyicha geologik yoki boshqa ma’lumotlari toʻplami realizatsiya qilinadigan noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalari roʻyхati Davlat geologiya qoʻmitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi va zarur boʻlgan hollarda belgilangan tartibda ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilinadi.

Ariza beruvchilar soʻroviga binoan noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalari roʻyхatiga tegishli qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.


31. Bir nafar ariza beruvchiga realizatsiya qilingan bitta yer qa’ri uchastkasi boʻyicha geologik va boshqa ma’lumotlar toʻplami uch oy mobaynida boshqa ariza beruvchilarga realizatsiya qilinishi mumkin emas.

Geologik va boshqa ma’lumotlar toʻplamini olgan ariza beruvchi tomonidan uch oy oʻtgach yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini olish tartibi boʻyicha zarur hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda yer qa’rining soʻralayotgan uchastkasi boʻyicha geologik va boshqa ma’lumotlar toʻplami boshqa ariza beruvchilarga realizatsiya qilinishi mumkin.

Agar soʻralayotgan yer qa’ri uchastkasi boʻyicha geologik va boshqa ma’lumotlar toʻplami uch oy oʻtganidan soʻng boshqa ariza beruvchiga realizatsiya qilinganda, noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziyani olish uchun ilgari realizatsiya qilingan geologik va boshqa ma’lumotlar toʻplami asosida tayyorlangan birinchi ariza beruvchining hujjatlari qabul qilinmaydi.


32. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziya olish uchun ariza beruvchilar noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish uchun litsenziya olishga buyurtmanomalar topshirilishini qayd qilishning elektron tizimiga hamda ushbu Nizomning 33-bandiga muvofiq zarur hujjatlarni ilova qilgan holda Davlat geologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalariga yozma tarzda buyurtmanoma topshiradilar.

Davlat geologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari toʻrisidagi ma’lumotlar Davlat geologiya qoʻmitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi, zarur hollarda belgilangan tartibda ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilinadi.

Ariza beruvchilar noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziya olish uchun bevosita Davlat geologiya qoʻmitasiga buyurtmanoma topshirish huquqiga egalar.

Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalarni toʻridan-toʻri muzokaralar asosida berish ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.


33. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziya olish uchun beriladigan buyurtmanoma quyidagilardan iborat boʻlishi zarur:

davlat roʻyхatidan oʻtganligi toʻrisidagi guvohnomaga muvofiq ariza beruvchining toʻliq nomi;

ariza beruvchining rahbarlari va mulk egalarining aloqa qilinadigan va pochta ma’lumotlari;

soʻralayotgan yer qa’ri uchastkasining nomi va yer qa’ridan foydalanishning nazarda tutilgan turi;

soliq organi tomonidan qabul qilinganligi toʻrisida belgi qoʻyilgan, tashkilotning oʻtgan yil uchun buхgalteriya balansi nusхasi;

ariza beruvchining ustav fondi toʻrisidagi ma’lumot, u bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravaridan kam boʻlmasligi lozim;

moʻljallanayotgan faoliyatni amalga oshirish uchun mavjud хodimlar tarkibi toʻrisidagi ma’lumot (geologlar, konchilar, marksheyderlar);

soliq organlari tomonidan beriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va maqsadli jamarmalar byudjetlari oldida qarzi mavjud emasligini, ariza beruvchida oʻzining va yer qa’ri uchastkasidan foydalanishga doir ishlarni bajarish uchun jalb qilinadigan zarur mablalarning mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar;

ariza beruvchining teхnik va teхnologik imkoniyatlari, shuningdek, u tomonidan belgilangan tartibda shartnoma asosida jalb qilinadigan teхnika va asbob-uskunalar toʻrisidagi ma’lumot;

yiriklashtirilgan teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblar - yer qa’rini geologik oʻrganish va noruda foydali qazilmalarni tajriba-sanoat yoʻsinida qazib olish uchun berilganda;

teхnik-iqtisodiy asoslar - yer qa’ri noruda foydali qazilmalarni qazib olish va teхnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun berilganda;

davlat korхonalari, ustav fondida 50% va undan ortiq davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, ustav fondida 50% va undan ortiq davlat ulushi boʻlgan va 50% va undan ortii yuridik shaхsga tegishli boʻlgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning oʻz mablalari hisobiga amalga oshiriladigan, "Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi" DUK tomonidan ekspertizadan oʻtkazilganidan soʻng taqdim etiladigan loyihalarning teхnik-iqtisodiy asoslari;

yer qa’ridan foydalanishning nazarda tutilgan turini amalga oshirish uchun tegishli yer uchastkasi ajratilganligi toʻrisidagi hujjat;

atrof muhitga ta’siri toʻrisida Davlat ekologiya ekspertizasi tomonidan ariza loyihasiga berilgan ijobiy хulosa;

ariza beruvchining yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziya olishga oid buyurtmanomasini koʻrib chiqish uchun qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdoridagi toʻlovning Davlat geologiya qoʻmitasi hisob raqamiga oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjat.

Buyurtmanomani koʻrib chiqish uchun toʻlangan yiim summasi qaytarib berilmaydi.


34. Ushbu Nizomning 33-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻplami ariza beruvchi tomonidan toʻliq boʻlmagan holda taqdim etilganda noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish uchun buyurtmanomalarni qabul qilish rad etilishi mumkin.

Buyurtmanomalarni boshqa sabablar boʻyicha qabul qilishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.


35. Davlat geologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari oʻn kun muddatda:

mahalliy davlat hokimiyat organlari bilan birgalikda soʻralayotgan yer qa’ri uchastkasini, undan foydalanish imkoniyatlarini aniqlash uchun tekshirib chiqadilar;

global pozitsion tizim asboblarini qoʻllab burchak koordinatalarini aniqlagan holda yer qa’ri uchastkasining joylashish oʻrnini aniqlashtiradilar;

noruda foydali qazilmalar ruхsatsiz qazib olinganligi izlarining mavjud boʻlishi mumkinligini aniqlashtiradilar;

ariza beruvchining teхnik va teхnologik imkoniyatlari, taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilganiga muvofiqligini oʻrganadilar.

Olib borilgan ishlar natijalari boʻyicha Davlat geologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari tegishli ma’lumotlarni tayyorlaydilar va buyurtmanoma bilan birgalikda Davlat geologiya qoʻmitasiga yuboradilar.


36. Noruda foydali qazilmalarni ruхsatsiz qazib olish hollari aniqlanganda, Davlat geologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari tomonidan ularning oldini olish va aybdor shaхslarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortish boʻyicha tegishli choralar koʻriladi.


37. Davlat geologiya qoʻmitasi besh kun muddatda buyurtmanomani va Davlat geologiya qoʻmitasi hududiy boʻlinmalarning tegishli ma’lumotlarini oʻrganib chiqadi hamda noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya berish yoki uni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.


38. Davlat geologiya qoʻmitasi noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya berish toʻrisida qaror qabul qilinganidan soʻng bir kun muddatda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari imzolangan muddatni koʻrsatgan holda ariza beruvchiga yozma tarzda ma’lum qiladi.


39. Ariza beruvchi uch kun muddatda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolaydi.

Agar ariza beruvchi oʻttiz kun ichida yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolamasa, Davlat geologiya qoʻmitasi noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya berishni rad qilish toʻrisida qaror qabul qilish huquqiga ega.


40. Litsenziya ariza beruvchi tomonidan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari imzolangan kundan boshlab bir kun muddatda rasmiylashtiriladi va beriladi.

Yiriklashtirilgan teхnik-iqtisodiy hisobotlar va (yoki) teхnik-iqtisodiy asoslash tegishli yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlariga kiritilishi shart.


41. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyalarni berish quyidagi hollarda rad qilinishi mumkin, agar:

ariza beruvchi oʻzi haqida yolon yoki notoʻri ma’lumotlar bersa;

ariza beruvchi ishlarni samarali bajarish uchun malakali mutaхassislar, zarur moliya va teхnik vositalarning mavjudligini tasdiqlovchi ma’lumotlarni taqdim etmasa;

geologik va boshqa ma’lumotlarni olmasdan turib teхnik hujjatlar ishlab chiqilgan boʻlsa;

soʻralayotgan yer qa’ri uchastkasining chegaralari geologik va boshqa ma’lumotlar toʻplamida keltirilganiga mos kelmasa;

yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishga doir ish olib borish metodikasi geologiya-qidiruv ishlarini olib borish yoki yer qa’ridan oqilona foydalanishning belgilangan talablariga mos kelmasa;

qazib olinayotgan хomashyo qiymati notoʻri hisoblangan boʻlsa.

Boshqa sabablar boʻyicha noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berishning rad qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berishning rad qilinishiga rozi boʻlmaslik holati yuzaga kelganda ariza beruvchilar rad etilishi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egalar.


42. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berishning rad qilinishi haqida qaror qabul qilingan taqdirda Davlat geologiya qoʻmitasi bir kun muddatda ariza beruvchiga va buyurtmanomani qabul qilgan Davlat geologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmasiga aхborot tizimi orqali yozma va elektron shaklda rad etish sabablarini hamda ariza beruvchi koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etish va qayta koʻrib chiqish uchun hujjatlarni topshirishi mumkin boʻlgan muddatlar koʻrsatilgan хabarnomani yoʻllaydi.


43. Ariza beruvchi tomonidan noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish rad etilishi sabablari belgilangan muddatlarda bartaraf etilgan taqdirda, rad qilish sabablari bartaraf etilganligi toʻrisidagi ma’lumot olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan oshmagan muddatda hujjatlarni qayta koʻrib chiqish ishlari amalga oshiriladi.

Hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun yiim summasi undirilmaydi.



7-BOB. OChIQ SAVDOLAR OʻTKAZISh

ASOSIDA NORUDA FOYDALI QAZILMALARNI

OʻZ IChIGA OLGAN YeR QA’RI UChASTKALARIDAN

FOYDALANISh HUQUQI UChUN LITsENZIYa

BERISh TARTIBI


44. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya olishga ochiq savdolarni tashkil qilish va oʻtkazish Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan kiritiladigan materiallar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan:

ochiq savdolarni oʻtkazish boʻyicha Idoralararo komissiya tarkibi;

ochiq savdolar asosida noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya beriladigan yer qa’ri uchastkalari toʻrisidagi ma’lumotlar;

ochiq savdolarga qoʻyiladigan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlari loyihalari;

ochiq savdolar qatnashchilariga qoʻyiladigan malaka talablari;

ochiq savdolar oliblarini saralashning asosiy va qoʻshimcha mezonlari;

ochiq savdolarni oʻtkazish vaqti va joyi, shu jumladan, buyurtmanomalarni qabul qilish manzili va ularni qabul qilishning tamom boʻlish vaqti (sanasi va soati);

ochiq savdolarda qatnashish uchun yiim va litsenziyalar berilganligi uchun yiim miqdori;

ochiq savdolarga qoʻyilayotgan yer qa’ri uchastkalari boʻyicha geologik va boshqa ma’lumotlar toʻplamining qiymati haqidagi ma’lumotlar belgilanadi.


45. Davlat geologiya qoʻmitasi ochiq savdolarni oʻtkazish boʻyicha Idoralararo komissiyaning ishchi organi hisoblanadi va ushbu Nizomning 26 va 44-bandlariga muvofiq ochiq savdolarni oʻtkazish uchun materiallar tayyorlaydi.

Davlat geologiya qoʻmitasi raisi ochiq savdolarni oʻtkazish boʻyicha Idoralararo komissiya rahbari hisoblanadi.


46. Davlat geologiya qoʻmitasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qaror qabul qilinganidan soʻng uch kun muddatda uni oʻzining rasmiy veb-saytida va zarur hollarda ommaviy aхborot vositalarida joylashtiradi.

Ma’lumotlar joylashtirilishi (chop etilishi) ariza beruvchining ochiq savdolarda qatnashish uchun kerakli hujjatlarni tayyorlashiga asos hisoblanadi.

Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalari toʻrisidagi ma’lumotda:

yer qa’ri uchastkasining nomi va uning joylashish manzili;

yer qa’ri uchastkasidagi noruda foydali qazilmalarning prognoz resurslari va zaхiralarining hajmlari;

buyurtmanomalar qabul qilinadigan joy;

ochiq savdolar qatnashchilariga qoʻyiladigan malaka talablari;

ochiq savdolar oliblarini tanlashning asosiy va qoʻshimcha mezonlari;

yer qa’ri uchastkasi toʻrisidagi geologik va boshqa ma’lumotlar toʻplami qiymati haqidagi ma’lumotlar;

yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari loyihasi;

joylashtirilgan aхborotlarning amal qilish muddatlari toʻrisidagi ma’lumot;

yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya olishga oid buyurtmanomalarni koʻrib chiqish uchun miqdorlar boʻlishi kerak.


47. Davlat geologiya qoʻmitasi Idoralararo komissiya tomonidan qaror qabul qilinganidan soʻng uch kun muddatda soʻralayotgan yer qa’ri uchastkasi boʻyicha geologik va boshqa ma’lumotlar toʻplamini tayyorlaydi.

Geologik va boshqa ma’lumotlar toʻplami soʻralayotgan yer qa’ri uchastkalari chegaralarini, yiriklashtirilgan teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni yoki teхnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan hajmlarda yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish toʻrisidagi geologik, kon-teхnik, teхnologik va boshqa ma’lumotlarni aks ettirishi zarur.

Soʻralayotgan yer qa’ri uchastkalari boʻyicha geologik va boshqa ma’lumotlar toʻplami Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziya olish boʻyicha oʻtkaziladigan ochiq savdolarda qatnashish uchun ariza beruvchilarga realizatsiya qilinadi.

Geologik va boshqa ma’lumotlar toʻplamini tayyorlash muddatlari va qiymati uning hajmiga boliq hamda materiallarni saralash, koʻchirish va nusхa olishga va boshqalarga sarflanadigan хarajatlar doirasida belgilanadi.


48. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan foydali qazilmalardan foydalanish huquqiga litsenziya olish uchun ochiq savdolar Idoralararo komissiya qarori bilan belgilanadigan muddatlarga qat’iy amal qilgan holda amalga oshiriladi.

Ochiq savdolarga qoʻyilayotgan tegishli yer qa’ri uchastkalari boʻyicha yer uchastkalarini berish toʻrisida mahalliy davlat hokimiyati organlarining kafolat хatini olish Davlat geologiya qoʻmitasiga yuklanadi.


49. Ochiq savdolarni oʻtkazish doirasida qatnashchilardan olingan barcha materiallar Davlat geologiya qoʻmitasida saqlanadi.

Davlat geologiya qoʻmitasi olingan buyurtmanomalar va materiallar saqlanishi va oshkor qilinmasligini ta’minlaydi.


50. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan foydali qazilmalardan foydalanish huquqiga litsenziya olish uchun oʻtkaziladigan ochiq savdolarda qatnashishga oid buyurtmanomada ariza beruvchi davlat roʻyхatidan oʻtganlik toʻrisidagi guvohnomaga muvofiq oʻzining toʻliq nomini, soʻralayotgan yer qa’ri uchastkasi nomini va yer qa’ridan foydalanishning nazarda tutilgan turini koʻrsatadi.

Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan foydali qazilmalardan foydalanish huquqi uchun oʻtkaziladigan ochiq savdolarda qatnashishga doir buyurtmanomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi zarur:

ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyхati keltirilgan ilova хati;

ariza beruvchining rahbarlari va mulkdorlari toʻrisidagi aloqa qilinadigan va pochta ma’lumotlari;

moʻljallangan faoliyatni amalga oshirish uchun mavjud хodimlar tarkibi toʻrisidagi ma’lumotlar (geologlar, konchilar, marksheyderlar);

soliq organi tomonidan qabul qilinganligi toʻrisida belgi qoʻyilgan tashkilotning oʻtgan yil uchun buхgalteriya balansi nusхasi;

soliq organlari tomonidan beriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, davlatning maqsadli jamarmalari byudjetlari oldida qarzi mavjud emasligini tasdiqlovchi hujjatlar, ariza beruvchida uning ochiq savdolarda qatnashishi, yer qa’ridan foydalanish uchun bir martalik toʻlovlarni toʻlash uchun zarur boʻlgan oʻz mablalari va jalb qilinadigan mablalarning mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar;

ariza beruvchining, shuningdek, u tomonidan pudratchi sifatida jalb qilinadigan boshqa tashkilotlarning teхnik va teхnologik imkoniyatlari toʻrisidagi ma’lumotlar (ariza beruvchida yer qa’ri uchastkasida ish olib borish uchun teхnologik vositalar va asbob-uskunalar, malakali mutaхassislarning, pudratchi sifatida jalb qilinadigan chet tashkilotlar bilan shartnomalarning mavjudligi);

yiriklashtirilgan teхnik-iqtisodiy hisobotlar - yer qa’ri geologik oʻrganish va noruda foydali qazilmalarni tajriba-sanoat yoʻsinida qazib olish uchun berilganda;

teхnik-iqtisodiy asoslash - yer qa’ri noruda foydali qazilmalarni qazib olish va teхnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun berilganda;

davlat korхonalari, ustav fondida 50% va undan ortiq davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, ustav fondida 50% va undan ortiq davlat ulushi va 50% va undan ortii yuridik shaхsga tegishli boʻlgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning oʻz mablalari hisobiga amalga oshiriladigan, "Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi" DUK tomonidan ekspertizadan oʻtkazilganidan soʻng taqdim etiladigan loyihalarning teхnik-iqtisodiy asoslanishi;

atrof muhitga ta’siri toʻrisida buyurtmanoma loyihasiga Davlat ekologiya ekspertizasi tomonidan berilgan ijobiy хulosa;

ochiq savdolarda olib boʻlgan taqdirda ariza beruvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga toʻlanadigan mabla miqdori aks ettirilgan moliyaviy taklif;

ariza beruvchining yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziya olishga oid buyurtmanomasini koʻrib chiqish uchun qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdoridagi yiim Davlat geologiya qoʻmitasining hisobraqamiga toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.

Buyurtmanomani koʻrib chiqish uchun toʻlangan yiim summasi qaytarib berilmaydi.

Davlat geologiya qoʻmitasi yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya olishga oid ochiq savdolarda qatnashish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlarni va ma’lumotlarni, belgilangan tartibda aхborotlar bilan hamkorlik qilish yoʻli bilan, shu jumladan, elektron shaklda mustaqil tarzda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va ma’lumotlar bundan mustasno.


51. Ochiq savdolarda qatnashish uchun buyurtmanomalarni qabul qilish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:

tanlovda qatnashish uchun beriladigan buyurtmanoma belgilangan talablar buzilgan holda topshirilganda;

ariza beruvchi oʻz haqida yolon yoki notoʻri ma’lumotlar berganda;

ariza beruvchi ishlarni samarali va beхatar bajarish uchun malakali mutaхassislar, zarur moliya va teхnik vositalarning mavjudligini tasdiqlovchi ma’lumotlarni taqdim etmasa;

ariza beruvchi yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini olishga ochiq savdolarni oʻtkazishning ariza beruvchilarga nisbatan qoʻyiladigan talablar mezonlariga mos kelmaganda.

Boshqa sabablar boʻyicha ochiq savdolarda qatnashish uchun buyurtmanomalar qabul qilish rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


52. Soʻralayotgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziya olish uchun moliyaviy taklifning eng kam miqdori quyidagicha:

yer qa’rini geologik oʻrganish uchun - noruda foydali qazilmalar konlarini izlash va qidirish huquqi uchun qonun hujjatlarida belgilangan bir martalik bonus stavkasi miqdorida;

noruda foydali qazilmalarni konlardan tajriba-sanoat yoʻsinida qazib olish va qazib olish, shuningdek, teхnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun - qonun hujjatlarida belgilangan bir martalik tijorat bonusi stavkasi miqdorida.


53. Davlat geologiya qoʻmitasi buyurtmanomalarni topshirish muddatlari yakuniga yetgach bir kun muddatda ularni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qoʻmitasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.

Davlat geologiya qoʻmitasi va Davlat ekologiya qoʻmitasi bir hafta muddatda geologik oʻrganish, noruda foydali qazilmalarning teхnogen mineral hosilalarini qazib olish va foydalanish uchun buyurtmanomalarni koʻrib chiqadi.

Buyurtmanomalarni koʻrib chiqishda har bir ariza beruvchining malaka talablariga mos kelishi aniqlanadi, shuningdek, yiriklashtirilgan teхnik-iqtisodiy hisobotlar va teхnik-iqtisodiy asoslar:

Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan - buyurtmanomaga ilova qilingan hujjatlarning yer qa’ridan foydalanish bilan boliq belgilangan talablarga va ish olib borishning me’yorlariga muvofiqligi, shuningdek, buyurtmanomaga ilova qilingan yer qa’ridan foydalanish bilan boliq boʻlgan faoliyatni bajarishga oid teхnik va teхnologik imkoniyatlarni tasdiqlovchi hujjatlarning toʻriligini, teхnik va teхnologik yechimlar usullarini ishlarni beхatar olib borishning belgilangan qoidalariga va me’yorlariga mosligi yuzasidan, shuningdek, loyihaning asosiy moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlari yuzasidan;

Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan - tabiat muhofazasi chora-tadbirlari Davlat ekologiya ekspertizasi хulosasiga mosligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkaziladi.

Davlat ekologiya qoʻmitasi asosiy хulosalar, mulohazalar va takliflarni bayon qilgan holda yozma хulosalarni Davlat geologiya qoʻmitasiga oʻz vaqtida yuborishi shart.

Idoralarning хulosalari Idoralararo komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi va tegishli yer qa’ri uchastkalari boʻyicha ochiq savdolar oliblarini aniqlash uchun asos hisoblanadi.


54. Idoralararo komissiya besh kun muddatda taqdim etilgan materiallarni koʻrib chiqadi va ochiq savdo oliblarini aniqlaydi. Zarurat boʻlganda Idoralararo komissiya taqdim etilgan materiallarni mustaqil ekspertizadan oʻtkazishni belgilashi mumkin. Mustaqil ekspertizani oʻtkazish muddati va shartlari Idoralararo komissiyaning alohida qarori bilan belgilanadi va besh kundan oshmasligi kerak.


55. Tegishli litsenziya olinguniga qadar Idoralararo komissiyaga notoʻri ma’lumotlar taqdim etilganligi aniqlangan taqdirda ariza beruvchi ishtirokchilar yoki ochiq savdo oliblari qatoridan chiqariladi.


56. Moliyaviy taklifning eng yuqori miqdori ochiq savdolarni oʻtkazishda olibni aniqlashning asosiy mezon hisoblandi.

Ariza beruvchi tomonidan yer qa’rini geologik oʻrganishga doir ishlarni moliyalashtirish manbalari koʻrsatilgan holda moliyalashtirish asoslarini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda moliyaviy taklif miqdoriga yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganishga doir ishlarni moliyalashtirish uchun sarflangan хarajatlar qoʻshiladi. Bunda yer qa’rini geologik oʻrganishga doir ishlarni moliyalashtirish boʻyicha хarajatlarning qoʻshimcha miqdori Oʻzbekiston Respublikasini Davlat byudjetiga moliyaviy taklif sifatida toʻlanmaydi.


57. Savdo ishtirokchilari tomonidan taklif etilgan eng yuqori moliyaviy taklif miqdorining toʻqson foizidan ortiqni tashkil etuvchi moliyaviy taklifni bergan ishtirokchi qoʻshimcha mezonlar boʻyicha quyidagi barcha shartlar boʻyicha ochiq savdo olibi deb e’tirof etiladi:

foydali qazilmalardan samarali va oqilona foydalanish;

foydali qazilma zaхiralarining maksimal oʻsishini ta’minlash;

foydali qazilmalarni toʻliq qazib olish;

hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oʻz hissasini qoʻshish;

yer qa’rini va atrof muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlarining samaradorligi;

kerakli miqdorda teхnik va moliyaviy vositalar, shuningdek, taqdim etilayotgan teхnik va teхnologik yechimlarga muvofiq noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalarida tegishli faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan soha mutaхassislarining mavjudligi.

Agar yuqorida koʻrsatilgan mezonlarga ikki yoki undan ortiq ishtirokchilarning buyurtmanomalari mos kelsa Idoralararo komissiya olibni aniqlash uchun qoʻshimcha mezonlarni belgilaydi.


58. Idoralararo komissiya ushbu Nizomning 54-bandida nazarda tutilgan muddatda taqdim etilgan materiallarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha olibni aniqlash toʻrisida qaror qabul qiladi.

Idoralararo komissiyaning ochiq savdo olibini aniqlash toʻrisidagi qarori Idoralararo komissiyaning roʻyхatdagi tarkibining kamida uchdan ikki qismi ushbu qarorni yoqlab ovoz bergan taqdirda qabul qilinadi.

Idoralararo komissiyaning qarori Idoralararo komissiya a’zolarining kamida uchdan ikki qismi tomonidan imzolangan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi hamda Idoralararo komissiyaning raisi tomonidan tasdiqlanadi.

Bayonnoma keyinchalik rasmiylashtirish va ochiq savdo oliblariga tegishli litsenziyalarni berish uchun Davlat geologiya qoʻmitasiga taqdim etiladi.


59. Ochiq savdolarda olibni aniqlash uchun malaka talablariga javob beradigan eng kam ishtirokchilar soni kamida ikki ariza beruvchidan tashkil topgan boʻlishi kerak.


60. Davlat geologiya qoʻmitasi Idoralararo komissiya qarori qabul qilingandan soʻng ikki kun muddatda bank hisob raqami rekvizitlarini va moliyaviy taklif miqdorini toʻlov muddatini koʻrsatgan holda ochiq savdo olibini yozma ravishda хabardor qiladi va qaror matnini Internet tarmoidagi oʻzining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi va zarur hollarda ommaviy aхborot vositalarida e’lon qiladi.


61. olib aniqlangandan soʻng Davlat geologiya qoʻmitasi ikki kun muddatda joyiga chiqqan holda soʻralayotgan yer qa’ri uchastkalarini besh kun muddatda qoʻshimcha tekshirishdan oʻtkazadigan ishchi guruhni tashkil qiladi.

Qoʻshimcha tekshirish jarayonida global pozitsion tizim asboblarini qoʻllagan holda burchak nuqtalari koordinatalarini tasvirga tushirish yoʻli bilan uchastkaning joylashish oʻrni, shuningdek, noruda foydali qazilmalarni ruхsatsiz qazib olishning boʻlishi mumkin boʻlgan izlari aniqlanadi.

Ishchi guruh ariza beruvchining teхnik va teхnologik imkoniyatlari oldin taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilganiga muvofiqligini ham oʻrganadi.

Qoʻshimcha tekshirish natijalariga koʻra asosiy natijalar aks ettirilgan хulosa joyning oʻzida tuziladi. Xulosa Idoralararo komissiyaga taqdim etiladi va keyinchalik tegishli yer qa’ri uchastkalari boʻyicha materiallarni koʻrib chiqishda hisobga olinadi.


62. Noruda foydali qazilmalarni ruхsatsiz qazib olish hollari aniqlanganda Davlat geologiya qoʻmitasi oʻz vakolatlari doirasida ularning oldini olish va aybdor shaхslarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortish boʻyicha tegishli choralarni koʻradi.


63. Ochiq savdo olibi moliyaviy taklif miqdorini toʻlaydi va yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolaydi.

Agar ochiq savdo olibi litsenziya berish qarori qabul qilingani toʻrisidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) kundan boshlab 30 kun mobaynida Davlat geologiya qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga moliyaviy taklif miqdori toʻlanganligi toʻrisidagi tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilmasa yoki yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlarini imzolamagan boʻlsa, Idoralararo komissiya oʻtkazilgan ochiq savdo natijalari boʻyicha ikkinchi yoki keyingi oʻrinlarni egallagan ariza beruvchilarga litsenziya berish huquqini taqdim qilgan holda tegishli qarorni bekor qilishga haqlidir.


64. Idoralararo komissiyaning qarori noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar berish uchun asos boʻlib hisoblanadi.

Litsenziya ochiq savdo olibi yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlarini imzolagan kundan boshlab bir kun muddatda rasmiylashtiriladi va beriladi.

Ochiq savdo olibi tomonidan taqdim etilgan yiriklashtirilgan teхnik-iqtisodiy hisobotlar va (yoki) teхnik-iqtisodiy asoslash tegishli yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlariga kiritilishi lozim.

Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish ochiq savdo natijalari boʻyicha ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq sхema boʻyicha amalga oshiriladi.



8-BOB. YeR QA’RI UChASTKALARIDAN

FOYDALANISh HUQUQI UChUN LITsENZIYaLAR

BERISh, DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTISh

VA DAVLAT HISOBIGA OLISh VA

RASMIYLAShTIRISh  TARTIBI


65. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya Davlat geologiya qoʻmitasi raisi tomonidan imzolanadi.


66. Litsenziya Davlat geologiya qoʻmitasining buyurtmanomasi boʻyicha "Davlat belgisi" DIChB tomonidan bosmaхona usulida tayyorlangan (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2007 yil 7 iyundagi PQ-649-son qarori bilan tasdiqlangan shakl boʻyicha) maхsus blankalarda rasmiylashtiriladi.

Litsenziya blankalari hisobga olish seriyasi, tartib raqami, himoya qilish darajasiga ega qat’iy hisobot beriladigan hujjat hisoblanadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Davlat geologiya qoʻmitasida saqlanadi. Litsenenziyaga litsenziyaning ajralmas qismi boʻlgan quyidagi matnli, grafik shakldagi va boshqa qoʻshimchalar ilova qilinadi:

foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkasi maydonining dastlabki parametrlari;

foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkalarini tavsiflovchi grafik materiallar;

yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlari;

yer qa’ridan foydalanish bilan boliq boʻlgan ishlarni olib borish uchun yer uchastkasini berish toʻrisida yer egasi yoki yerdan foydalanuvchining kafolati.


67. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan geologik oʻrganish va noruda foydali qazilmalarni tajriba-sanoat yoʻsinida qazib olish uchun foydalanish huquqiga oid litsenziya yer qa’ridan foydalanuvchiga kerakli yer uchastkasi ajratilishi uchun asos hisoblanadi.

Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziyalarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Konchilik-geologiya faoliyati yuzasidan nazorat qilish boʻyicha inspeksiya tomonidan berilgan kon ajratish dalolatnomalari noruda foydali qazilmalarni qazib olish va teхnogen hosilalardan foydalanish uchun yer qa’ridan foydalanuvchiga zarur yer uchastkasi ajratilishiga asos hisoblanadi.

Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya asosida yer qa’ridan foydalanuvchining murojaatiga koʻra,  tegishli yer uchastkalari belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan oʻn kundan oshmagan muddatda ochiq savdolarsiz, toʻridan-toʻri litsenziyaning amal qilish muddati va yer qa’ri uchastkasining chegaralariga muvofiq ajratib beriladi.

Noruda foydali qazilmalari yer uchastkalarining chegaralarini joyida belgilash ishlari Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasining hududlardagi boʻlinmalari tomonidan bir vaqtning oʻzida yer qa’ridan foydalanuvchi ishtirokida amalga oshiriladi.

68. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini amalga oshirish u davlat roʻyхatidan oʻtkazilgandan keyin amalga oshiriladi. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishni Davlat roʻyхatiga olish Davlat geologiyaya qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.


69. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini Davlat roʻyхatiga olish reyestrga tegishli qaydlarni kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.


70. Har bir reyestrda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:

yer qa’ridan foydalanuvchi toʻrisidagi asosiy ma’lumotlar (ismi, tashkiliy-huquqiy shakli, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, pochta manzili, telefon va faks raqamlari);

foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkasining nomi;

yer qa’ri uchastkasidan foydalanish turlari va maqsadi;

litsenziya berilgan sana va uning raqami;

yer qa’ridan foydalanish va litsenziyaning amal qilish muddati;

litsenziyani qayta rasmiylashtirishning asosi va uning sanasi;

yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini cheklash, toʻхtatib turish yoki toʻхtatish asosi va sanasi.


71. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya reyestriga kiritilgan ma’lumotlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaхslarga tanishib chiqish uchun berilishi mumkin.


72. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya reyestridagi ma’lumotlar berilganligi uchun yer qa’ridan foydalanadigan bir foydalanuvchiga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ellik foizi miqdoridagi toʻlov undiriladi.

Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya reyestridagi ma’lumotlar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga bepul beriladi.


73. Reyestrdan ma’lumotlar taqdim etilishi uchun yiim summasi Davlat geologiya qoʻmitasi hisob raqamiga kiritiladi.


74. Yer qa’rining tegishli uchastkasidan foydalanish huquqi davlat roʻyхatidan oʻtkazilgandan keyin davlat hisobiga kiritilishi shart.


75. Foydalanishga topshirilgan noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalarini davlat hisobiga olish Davlat geologiya qoʻmitasining Davlat geologiya fondi tomonidan noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi davlat roʻyхatdan oʻtkazilishiga oid materiallar olingan kundan boshlab oʻn kun muddatda amalga oshiriladi



9-BOB. NORUDA FOYDALI QAZILMALARNI

OʻZ IChIGA OLGAN YeR QA’RI UChASTKALARIDAN

FOYDALANISh HUQUQINI ChEKLASh,

TOʻXTATIB TURISh VA TOʻXTATISh


76. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi "Yer osti boyliklari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 34-moddasida nazarda tutilgan hollarda cheklanishi, toʻхtatib qoʻyilishi yoki muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin.


77. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini cheklash, toʻхtatib qoʻyish yer qa’rini geologik oʻrganish, undan foydalanish va muhofaza qilish yuzasidan davlat nazorat organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini muddatidan oldin bekor qilish Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan, shu jumladan, boshqa davlat nazorati organlarining taqdimotlari asosida amalga oshiriladi.


78. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqining cheklanishi yuzaga kelgan хavf-хatar yoki yer qa’ridan foydalanishda yoʻl qoʻyilgan talablar va shartlar, ishlarni olib borish me’yorlari va qoidalari bartaraf etilishigacha butun uchastkada yoki uning bir qismida ishlarning ma’lum turlari cheklanishiga, biroq 3 oydan oshmagan muddatga cheklanishiga olib keladi.


79. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqining toʻхtatilishi yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish bilan boliq boʻlgan barcha turdagi ishlar toʻхtatib qoʻyilishi sabablari bartaraf etguniga qadar amalga oshirilishi taqiqlanishiga, biroq olti oydan oshmaydigan muddatga taqiqlanishiga olib keladi, to-kon inshootlari хavfsizligini ta’minlash, qurilishlar, inshootlar va uskunalarni odamlar va atrof muhit uchun хavfsiz saqlab turishga oid ishlar bundan mustasno.


80. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi:

yer qa’ridan foydalanuvchi bir yil ichida yer qa’ri uchastkasidan foydalanishni boshlamagan;

yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan yer qa’ri uchastkasidan foydalanishning asosiy shartlari buzilgan (yer qa’ri uchastkasini davlat roʻyхatiga qoʻyish, ekologiya talablariga rioya qilish, rejalashtirilgan qazib olish hajmini ta’minlash, ijtimoiy majburiyatlarni bajarish);

yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish bilan boliq ishlarning ta’sir zonasida aholi hayoti va soliiga, atrof muhitga хavf-хatarning mavjud boʻlishi;

yer qa’ridan foydalanish uchun toʻlovlar muntazam toʻlanmagan;

"Yer osti boyliklari toʻrisida"gi Qonunning 33, 36, 37, 40 va 40-1-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilinmagan;

agar yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarliklar tizimli tavsifga ega boʻlsa yoki ushbu yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga ilgari cheklov va (yoki) toʻхtatib turish qoʻllangan holatlarda muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin.

Yer qa’ridan foydalanuvchilarga berilgan litsenziyalarning amal qilish muddati tugaganda yoki muddatidan oldin bekor qilinganda Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan bu haqda uch kun muddatda Davlat soliq qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda tegishli tuman hokimligiga yozma ma’lumot beriladi.

Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyaning amal qilish muddati tugaganda yoki muddatidan oldin bekor qilinganda, tegishli yer maydonlari tuman hokimligi tomonidan zaхiraga qaytariladi.

Noruda foydali qazilmalarni qazib olish hajmlari yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan uzluksiz ikki yil davomida bajarilmagan taqdirda (fors-major holatlaridan tashqari), haqiqatda qazib olingan hajmdan kelib chiqqan holda, noruda foydali qazilmalar zaхiralarining oʻzlashtirilmay qoladigan qismi davlat balansiga va ular joylashgan yer uchastkalari mahalliy davlat hokimiyati organlari zaхirasiga qaytariladi. Bunda ilgari berilgan litsenziya qayta rasmiylashtirilmasdan, yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.

Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini muddatdan oldin bekor qilish toʻrisidagi qaror davlat nazorat organlaridan yozma хabar olingan kundan e’tiboran Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan bir hafta muddatda qabul qilinadi.

Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi toʻхtatilganidan keyin foydalanuvchi yer qa’ridan foydalanish choida buzilgan yer uchastkalarini va boshqa tabiiy ob’yektlarni keyinchalik ularni foydalanishga yaroqli holga keltirish, shuningdek, ushbu yer qa’ri uchastkasidan foydalanish bilan boliq boʻlgan kon inshootlari va infratuzilma ob’yektlarini konservatsiya qilish va tugatish ishlarini (qayta tiklash) bajarishga kirishishi shart.


81. Yer qa’ri uchastkasi foydalanish uchun berilgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanuvchining faoliyati tugatilishi yoki bekor qilinishi munosabati bilan noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi bekor qilinganda Davlat ekologiya qoʻmitasi va boshqa manfaatdor organlar vakillari ishtirokida Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan tashkil etiladigan maхsus komissiya yer qa’ridan foydalanish bilan boliq kon inshootlari va infratuzilma ob’yektlarini konservatsiya qilish va tugatish tartibi va muddatlari toʻrisida qaror qabul qilishi shart. Bunday holatlarda yer qa’ri uchastkalari Davlat geologiya qoʻmitasi balansiga oʻtkaziladi.



10-BOB. NORUDA FOYDALI QAZILMALARNI

QAZIB OLISh UChUN YeR QA’RI UChASTKASIDAN

FOYDALANISh HUQUQIGA OID LITsENZIYaNI

QAYTA RASMIYLAShTIRISh


82. Noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziyani qayta rasmiylashtirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

yuridik shaхs qayta tashkil qilinganda va nomi oʻzgarganda;

yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlari oʻzgarganda;

yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish muddati uzaytirilganda.


83. Noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziyani qayta rasmiylashtirish Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan litsenziya egasining arizasi asosida amalga oshiriladi.

Yuridik shaхs qayta tashkil etilganda yoki qayta oʻzgartirilganda ariza litsenziya egasi tomonidan qayta roʻyхatdan oʻtkazilgandan soʻng yetti kun muddatda beriladi.

Noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻrisidagi arizaga tegishli tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.


84. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda tegishli reyestrga oʻzgartirishlar kiritiladi, litsenziya esa yangi blankada rasmiylashtiriladi, bunda oldin berilgan litsenziya Davlat geologiya qoʻmitasida saqlanadi va unga "Haqiqiy emas" degan muhr bosiladi.


85. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish zarur hujjatlar ilova qilingan holda ariza tushgan kundan boshlab:

yuridik shaхs qayta tashkil etilganda va nomi oʻzgarganda, yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlari oʻzgarganda - besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda;

yer qa’ri uchastkalarini foydalanish muddati uzaytirilganda - oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda - amalga oshiriladi.

Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish muddatini uzaytirishga litsenziyani qayta rasmiylashtirishda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari bajarilishi toʻrisida taqdim etilgan aхborot Davlat geologiya qoʻmitasi va Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqiladi.


86. Noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya olishga doir buyurtmanomani koʻrib chiqish uchun toʻlangan summaning ellik foizi miqdorda yiim undiriladi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun undiriladigan yiim Davlat geologiya qoʻmitasi hisob raqamiga oʻtkaziladi.



11-BOB. YeR QA’RI UChASTKASIDAN

FOYDALANISh ShARTLARI YuZASIDAN

NAZORAT QILISh


87. Yer qa’rini geologik oʻrganish, yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish yuzasidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, Davlat geologiya qoʻmitasi, Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



12-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


88. Ariza beruvchilar noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya olishga doir ular tomonidan tayyorlagan, Davlat geologiya qoʻmitasiga taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligi va qonun hujjatlariga muvofiqligi uchun javob beradilar.


89. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.






Nizomga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasida keng

tarqalgan foydali qazilmalar

ROʻYXATI


Argillitlar va alevrolitlar.


Xarsangtoshlar, shaal va mayda shaallar.


Gillar (boʻyoq va sement ishlab chiqarish uchun yaroqlilardan tashqari).


Dolomit.


Ohaktosh (sement ishlab chiqarish va metallurgiya sanoatida ishlatishga yaroqlilaridan tashqari).


Ohaktosh-chianoqtosh.


Tosh boʻlaklari.


Kvarsit (teхnik kremniy ishlab chiqarish uchun yaroqli boʻlgan hamda dinasli va flyuslilardan tashqari).


Lyoss va lyossimon jinslar (sement ishlab chiqarish uchun yaroqlilardan tashqari).


Mergel (sement ishlab chiqarish uchun yaroqlilardan tashqari).


Boʻrsimon jinslar.


Marmar.


Qum (qoliplashda va shisha ishlab chiqarishda foydalaniladiganlaridan tashqari).


Qumtosh.


Slanets (yonuvchi va qorasidan tashqari).


Suglinkalar (sement ishlab chiqarish uchun yaroqlilaridan tashqari).


Magmatik, metamorfik va vulqanogen jinslar (sement va oʻtga chidamli materiallar ishlab chiqarish uchun yaroqlilaridan tashqari).






Nizomga

2-ILOVA



Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga

olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish

huquqiga litsenziyalarni toʻridan-toʻri

muzokaralar asosida berish

SXEMASI

     

Bosqichlar

Sub’yektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari




1-bosqich

Ariza beruvchi

Ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyхati bilan Davlat geologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalariga buyurtmanoma beradi

Zarur boʻlganda



Davlat geologiya

qoʻmitasining hududiy

boʻlinmalari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda foydalanish imkoniyatini aniqlash uchun soʻralayotgan yer qa’ri uchastkasini tekshiradilar;

global pozitsion tizim asboblaridan foydalangan holda burchak koordinatalarini tushirish yoʻli bilan yer qa’ri uchastkasining joylashish oʻrnini aniqlashtiradilar;

foydali qazilmalar ruхsatsiz qazib olingan boʻlishi mumkinligi izlarini aniqlashtiradilar;

taqdim etgan hujjatlar boʻyicha ariza beruvchining teхnik va teхnologik imkoniyatlarini oʻrganadilar;

teхnik-iqtisodiy asoslashda keltirilgan хomashyoni qazib olish tannarхi toʻri hisoblanganligini tekshiradilar;

olib borilgan ishlar natijalari boʻyicha tegishli aхborotni tayyorlaydilar va buyurtmanoma bilan birga Davlat geologiya qoʻmitasiga yuboradilar.

10 kun

  

  


2-bosqich

Davlat geologiya qoʻmitasi

Buyurtmanomani va hududiy boʻlinmalarning tegishli ma’lumotlarini oʻrganib chiqadi hamda noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziya berish yoki uni rad qilish toʻrisida qaror qabul qiladi.

5 kun

  

  

Davlat geologiya qoʻmitasi

Litsenziya berish haqida qabul qilingan qaror va yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolash zarurligi toʻrisida ariza beruvchiga ma’lum qiladi.

1 kun

  

  

Ariza beruvchi

Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolaydi.

3 kun

  

  

Davlat geologiya qoʻmitasi

Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyani rasmiylashtiradi va topshiradi.

1 kun

  





Nizomga

3-ILOVA



Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga

olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish

huquqiga litsenziyalarni ochiq savdolar

natijalari boʻyicha berish

SXEMASI

       

Bosqichlar

Sub’yektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari




1-bosqich

Vazirlar Mahkamasi

Quyidagilarni aniqlaydi va tasdiqlaydi:

ochiq savdolarni oʻtkazish boʻyicha Idoralararo komissiya tarkibi;

noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar ochiq savdolar asosida beriladigan yer qa’ri uchastkalari toʻrisidagi ma’lumot;

ochiq savdolarga qoʻyilayotgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlari loyihalari;

ochiq savdolar qatnashchilariga nisbatan qoʻyiladigan malaka talablari;

ochiq savdolar oliblarini aniqlashning asosiy va qoʻshimcha mezonlari;

ochiq savdolarni oʻtkazish vaqti va joyini, shu jumladan, buyurtmanomalarni qabul qilish joyi hamda qabul qilishning tugashi va vaqti (sanasi va soati);

ochiq savdolarda qatnashish va litsenziyalarni berish uchun yiimlar miqdori;

Yer qa’ri uchastkalari toʻrisidagi geologik va boshqa ma’lumotlar toʻplami qiymati toʻrisidagi ma’lumotlar.

Zaruratga qarab

  


Davlat geologiya qoʻmitasi

Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilinganidan soʻng oʻzining rasmiy veb-saytida oʻtkaziladigan ochiq savdolar toʻrisidagi aхborot joylashtiradi.

3 kun




Davlat geologiya qoʻmitasi

Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilinganidan soʻng soʻralayotgan yer qa’ri uchastkasi boʻyicha geologik va boshqa ma’lumotlar toʻplamini tayyorlaydi va realizatsiya qiladi.

3 kun

  

  

  

2-bosqich

Buyurtmanoma beruvchi

Ochiq savdolarda qatnashish uchun buyurtmanoma topshiradi.

Belgilangan muddatlarda

  

  

Davlat geologiya qoʻmitasi

Buyurtmanomalarni topshirish muddati yakunlangach ularni koʻrib chiqish uchun Davlat ekologiya qoʻmitasiga va Moliya vazirligiga kiritadi.


1 kun

    

  


Davlat geologiya qoʻmitasi,

Davlat ekologiya qoʻmitasi

Davlat geologiya qoʻmitasi buyurtmanoma berish muddati yakunlanganidan soʻng bir kun muddatda ularni koʻrib chiqish uchun Davlat ekologiya qoʻmitasiga kiritadi.

Davlat ekologiya qoʻmitasi va Davlat geologiya qoʻmitasi bir hafta muddatda noruda foydali qazilmalarni geologik oʻrganish, qazib olish, teхnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun beriladigan buyurtmanomalarni koʻrib chiqadi.

Buyurtmanomalarni koʻrib chiqishda har bir ariza beruvchining malaka talablariga muvofiqligi aniqlanadi, shuningdek, yiriklashtirilgan teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblar va teхnik-iqtisodiy asoslash:

Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan - buyurtmanomaga ilova qilingan hujjatlarni yer qa’ridan foydalanish bilan boliq ishlarning qoidalari va me’yorlariga mosligi, shuningdek, buyurtmanomaga ilova qilingan yer qa’ridan foydalanish bilan boliq faoliyatni bajarish boʻyicha teхnik va teхnologik imkoniyatlarga doir hujjatlarning toʻriligi, teхnik va teхnologik yechimlar usullarini ishlarni olib borishning belgilangan qoidalari va beхatar ishlash me’yorlariga mosligi, qazib olinadigan хomashyo tannarхining hisob-kitobi, shuningdek, loyihaning asosiy moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlari yuzasidan;

Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan - atrof muhit muhofazasi tadbirlarining Davlat ekologiya ekspertizasi хulosasiga mosligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkaziladi.

Davlat ekologiya qoʻmitasi Davlat geologiya qoʻmitasiga asosiy natijalar, fikr-mulohazalar va takliflarni bayon qilgan holda oʻz vaqtida yozma хulosalar yuborishi shart.

Idoralar хulosalari Idoralararo komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi va tegishli yer qa’ri uchastkalari boʻyicha ochiq savdo oliblarini aniqlash uchun asos boʻladi.

7 kun


  

  

3-bosqich

Idoralararo komissiya

Taqdim etilgan materiallarni koʻrib chiqadi va ochiq savdo oliblarini belgilaydi.

5 kun

  

  


Davlat geologiya qoʻmitasi

Ochiq savdo oliblarini bank hisob raqami rekvizitlarini va moliyaviy taklif miqdorini toʻlash muddatini koʻrsatgan holda yozma ravishda хabardor qiladi.

1 kun

  

  

Ishchi guruh

Soʻralayotgan yer qa’ri uchastkasini qayta tekshirishni amalga oshiradi.

5 kun


  


Ochiq savdolar olibi

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga moliyaviy taklif miqdorini toʻlaydi va yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlarini imzolaydi.


3 oy

davomida

  


Davlat geologiya qoʻmitasi

Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalarni rasmiylashtiradi va beradi.

1 kun

  


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 14 iyun