Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat bojхona qoʻmitasining 01-02/12-9-son, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining 01/08-668-son "Oʻzbekiston Respublikasi Surхondaryo mintaqasi Boysun investitsiya blokiga nisbatan 2010 yil 4 iyundagi Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojхona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojхona rasmiylashtiruvi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida"gi 10.02.2018 y. Qarori (AV tomonidan 21.02.2018 y. 2250-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

21.02.2018 y.

N 2250-1

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING

10.02.2018 y.

N 01-02/12-9


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

INVESTITsIYaLAR BOʻYIChA

DAVLAT QOʻMITASINING

10.02.2018 y.

N 01/08-668


QARORI



"Oʻzbekiston Respublikasi Surхondaryo mintaqasi

Boysun investitsiya blokiga nisbatan 2010 yil 4 iyundagi

Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida Oʻzbekiston

Respublikasi bojхona chegarasi orqali olib oʻtiladigan

tovarlarning bojхona rasmiylashtiruvi qoidalarini

tasdiqlash toʻrisida"gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan

deb topish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining Bojхona kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat bojхona хizmati toʻrisida"gi, "Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻrisida"gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 maydagi PQ-2948-son "Oʻzbekiston Respublikasi Surхondaryo viloyatida gaz-kimyo kompleksini qurish, "Mustaqillikning 25 yilligi" konida dastlabki qidiruv va uni ishlatish bilan birga "Oʻzbekiston mustaqilligi" investitsiya blokida geologiya-qidiruv ishlari olib borish haqida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining 2011 yil 10 iyuldagi 01-02/12-9, GS-01/19-4107-son "Oʻzbekiston Respublikasi Surхondaryo mintaqasi Boysun investitsiya blokiga nisbatan 2010 yil 4 iyundagi Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojхona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojхona rasmiylashtiruvi qoidalarini tasdiqlash toʻrisida"gi qarori (roʻyхat raqami 2250, 2011 yil 29 iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011 y., 30-son, 323-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, "Oʻzstandart" agentligi va "Oʻzbekneftegaz" AJ bilan kelishilgan.


3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Davlat bojхona qoʻmitasi raisi

M. Toхiriy

Investitsiyalar boʻyicha

davlat qoʻmitasi raisi

A. Aхmedхadjayev

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 21 fevral


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 26 fevral, 8-son, 144-modda