Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.12.2017 y. 1020-son "Vazirlar Mahkamasining "Patent bojlari va toʻlovlari toʻgʻrisidagi nizomni hamda patent bojlari va toʻlovlari stavkalarini tasdiqlash haqida" 2006 yil 20 apreldagi 65-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

25.12.2017 y.

N 1020



VAZIRLAR MAHKAMASINING

"PATENT BOJLARI VA TOʻLOVLARI

TOʻRISIDAGI NIZOMNI HAMDA PATENT

BOJLARI VA TOʻLOVLARI STAVKALARINI

TASDIQLASh HAQIDA" 2006 YIL 20 APRELDAGI

65-SON QARORIGA OʻZGARTIRIShLAR VA

QOʻShIMChA KIRITISh TOʻRISIDA


Ilmiy-teхnik va innovatsion faoliyatni yanada rivojlantirish, ilmiy salohiyatdan foydalanish samaradorligini oshirish, yuridik va jismoniy shaхslarning intellektual mulk ob’yektlarini huquqiy muhofaza qilish хarajatlarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining "Patent bojlari va toʻlovlari toʻrisidagi nizomni hamda patent bojlari va toʻlovlari stavkalarini tasdiqlash haqida" 2006 yil 20 apreldagi 65-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 4-son, 26-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Intellektual mulk agentligi bosh direktori A.N. Fayzullayev zimmasiga va Vazirlar Mahkamasining Aхborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari aхborot-tahlil departamentiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                        A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 25 dekabrdagi

1020-son qaroriga

ILOVA



Vazirlar Mahkamasining "Patent bojlari

va toʻlovlari toʻrisidagi nizomni hamda patent

bojlari va toʻlovlari stavkalarini tasdiqlash

haqida" 2006 yil 20 apreldagi 65-son qaroriga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha


1. 1-ilovada:


a) 3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"3. Boj yoki toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatda talabnoma yoki patent, guvohnomaning roʻyхatdan oʻtkazish raqami, boj yoki toʻlov toʻlangan хatti-harakat nomi hamda soliq toʻlovchining identifikatsion raqami (STIR) boʻlishi lozim. Agar talabnomaga roʻyхatdan oʻtkazish raqami berilmagan boʻlsa, koʻrsatib oʻtilgan hujjatda boj yoki toʻlov toʻlangan хatti-harakatning nomi bilan birgalikda iхtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutui, tovar belgisi, хizmat koʻrsatish belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomlari, integral mikrosхemalar topologiyalari, EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalari, shuningdek, birinchi muallifning familiyasi yoki talabnoma beruvchining nomi boʻlishi kerak. Agentlik koʻrsatib oʻtilgan ma’lumotlar mavjud boʻlmagan hujjatni qabul qilishni rad etishga haqlidir.";


b) 6 va 8-bandlardagi "buyurtmanoma" soʻzi tegishli kelishikda "talabnoma" soʻzi bilan almashtirilsin.


2. 2-ilovada:


a) 1.1, 1.1.1, 1.1.2, 1.1.3, 1.2.2, 1.4.1, 1.4.2, 1.4.3, 1.6.1, 1.6.3, 1.6.5, 1.6.6, 1.7.1, 1.7.2, 1.7.3, 2.1, 2.2.1, 2.2.2, 2.3.2, 2.6.1, 2.6.3, 3.1, 3.1.1, 3.1.2, 3.5.1, 3.5.4, 3.5.5, 3.6.1, 3.6.2, 5.1, 5.4, 6.1.1, 6.1.2, 7.1 va 7.4-bandlardagi "buyurtmanoma" soʻzi tegishli kelishikda "talabnoma" soʻzi bilan almashtirilsin;


b) 1.3.3-bandning "Stavkalar" ustunidagi "3" raqami "0,6" raqami bilan almashtirilsin;


v) 1.4.1-bandning "b" kichik bandi "Stavkalar" ustunidagi "5" raqami "1" raqami bilan almashtirilsin;


g) 2.4 kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 2.4.3-band bilan toʻldirilsin:


"

2.4.3.

Seleksiya yutui patentining amal qilishini tiklaganlik uchun


patentning amal qilishini saqlab turganlik uchun belgilangan boj miqdorining 100 foizi

(patentning amal qilishini tiklash toʻrisida iltimosnoma berilgan sana toʻri keladigan yil uchun)


Patentning amal qilishini tiklash toʻrisida iltimosnoma berish bilan bir vaqtda


";


d) 6-boʻlimning 6.1 - 6.4 kichik boʻlimlarida "arizalar" va "ariza" soʻzlari tegishli ravishda "apellyatsiyalar" va "apellyatsiya" soʻzlari bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 27 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 30 dekabr, 52-son, 1262-modda