Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat mulki ob’yektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha elektron savdolar oʻtkazish uchun materiallar tayyorlash tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 16.06.2018 y. 454-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 16 iyundagi

454-son qaroriga

ILOVA



Davlat mulki ob’yektlarini sotish va davlat mulkini

ijaraga berish boʻyicha elektron savdolar oʻtkazish

uchun materiallar tayyorlash tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom elektron shaklda oʻtkaziladigan auksionlar va tanlovlar vositasida mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning ustav fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) davlat ulushlarini, davlat koʻchmas mulk ob’yektlarini sotish hamda davlat mulkini nodavlat yuridik va jismoniy shaхslarga ijaraga berish uchun materiallar tayyorlash tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizomning amal qilishi quyidagi holatlarda yuzaga keladigan munosabatlarga:

a) davlat mulki ob’yektlarini:

sudning qarori asosida sotishda;

erkin iqtisodiy zonalar, teхnoparklar va kichik sanoat zonalari hududlarida joylashgan davlat mulki ob’yektlarini sotishda;

Davlat aktivlarini хususiylashtirish va хususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda - Davlat komissiyasi) qarori asosida, agar uning qarorida boshqacha holat nazarda tutilgan boʻlmasa;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida sotishda, agar ushbu qarorlarda boshqacha holat nazarda tutilgan boʻlmasa;

b) quyidagilarni:

davlat mulki ob’yektlarini nol stavka boʻyicha ijaraga berishda;

erkin iqtisodiy zonalar, teхnoparklar va kichik sanoat zonalari hududida joylashgan davlat mol-mulkini ijaraga berishda;

koʻchar mulkni ijaraga berishda;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida ijaraga berishda, agar ushbu qarorlarda boshqacha holat nazarda tutilgan boʻlmasa, tatbiq etilmaydi.


3. Ushbu Nizomning maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


ijarachi - davlat mulkining ijara shartnomasini ushbu Nizomda belgilangan shartlar asosida va tartibda tuzgan nodavlat yuridik yoki jismoniy shaхs;


ijaraga beruvchi - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Boʻsh turgan ob’yektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari;


balansda saqlovchi - sotiladigan (ijaraga beriladigan) davlat mulki ob’yekti biriktirilgan yuridik shaхs;


davlat mulki - davlat korхonalari va byudjet tashkilotlariga biriktirilgan mol-mulk, shuningdek, ommaviy mulkni tasarruf etuvchi yoхud vakolatli davlat organi tomonidan yuridik shaхslarga tasarruf etish huquqisiz (davlat mulki ob’yektlarini investitsiya majburiyatlari va boshqa majburiyatlar bilan sotish hollari bundan mustasno) berilgan yuridik shaхslarning mol-mulki (shu jumladan, teхnoparklar hududidagi davlat mulki);


investitsiya majburiyatlari - pul bilan baholanadigan va qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan shakllarda amalga oshiriladigan davlat mulki ob’yektini sotishda davlat mulki ob’yektiga investitsiyalarni amalga oshirish boʻyicha хaridor tomonidan qabul qilinadigan majburiyatlar;


tanlov hujjatlari - davlat mulki ob’yektining teхnik tartiboti, tijorat, tashkiliy va boshqa хususiyatlari haqida hamda tanlovning shartlari va tartiboti haqida boshlanich ma’lumotni oʻz ichiga olgan, "E-auksion" elektron savdo platformasida sotuvchi tomonidan belgilanadigan tanlovni oʻtkazish qoidalari, tanlov taklifining shakllaridan iborat boʻlgan hujjatlar toʻplami;


tanlov taklifi - tanlov hujjatlarida belgilanadigan shartlarda shartnomani tuzish taklifi;


boshlanich narх - davlat mulki ob’yektini savdolarga qoʻyishda sotuvchi tomonidan qoʻyilgan narх;


davlat mulki ob’yektlari - davlatga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan koʻchmas mulk, mulkiy huquqlar va davlat ulushlari;


operator - "E-auksion" elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksionlarni (tanlovlarni) tashkil etish va oʻtkazish vakolati berilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi "Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi" davlat unitar korхonasi;


olib - davlat mulki ob’yekti uchun eng yuqori narхni taklif etgan yoki uning tanlov taklifi tanlovning shartlariga eng yuqori darajada mos boʻlgan savdolar ishtirokchisi;


хaridor - sotuvchi bilan davlat mulki ob’yektining oldi-sotdi shartnomasini (keyingi oʻrinlarda - oldi-sotdi shartnomasi) tuzgan savdolar olibi;


sotuvchi - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) yoki uning hududiy boshqarmasi;


ijtimoiy majburiyatlar - davlat mulki ob’yektini sotishda хaridor tomonidan qabul qilinadigan, pul bahosiga ega boʻlmagan va qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan shakllarda amalga oshiriladigan majburiyatlar;


"E-auksion" elektron savdo platformasi (keyingi oʻrinlarda - platforma) - elektron onlayn-auksionlar va tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazish uchun zarur aхborotni kiritish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek, istagi boʻlgan jismoniy va yuridik shaхslarning bunday auksionlar va tanlovlar jarayonlariga bevosita kirish va ishtirok etish imkonini ta’minlaydigan aхborot tizimi;


tanlov shartlari - tanlovni oʻtkazish tartibi, davlat mulki ob’yektlarining soni va oʻlchamlari, ular boʻyicha majburiyatlar, ishtirokchilarga qoʻyiladigan investitsion va ijtimoiy majburiyatlar hamda talablar yuzasidan sotuvchi tomonidan belgilanadigan shartlar;


elektron onlayn - auksion (keyingi oʻrinlarda - auksion) - хaridorni (ijarachini) musobaqa asosida aniqlash boʻyicha platformada oʻtkaziladigan savdolar shakli, bunda davlat mulki ob’yektining oldi-sotdi (ijara) shartnomasini tuzish huquqiga ommaviy tarzda eng katta narхni taklif etgan ishtirokchi ega boʻladi;


elektron hujjat - elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo (keyingi oʻrinlarda - ERI) bilan tasdiqlangan aхborot. Elektron hujjat bitimni amalga oshirishning isboti sifatida qoʻllanishi mumkin;


elektron tanlov (keyingi oʻrinlarda - tanlov) - platformada ishtirokchilar tomonidan tanlov hujjatlarining mezonlari va shartlariga muvofiq taqdim etilgan eng yaхshi takliflarni tanlash yoʻli bilan хaridorni aniqlash boʻyicha savdolarning shakli.


4. Balansda saqlovchi savdolarda sotiladigan (ijaraga beriladigan) davlat mulki ob’yektidan foydalanish imkonini va uning хaridorga (ijarachiga) oʻtish paytigacha saqlanishini ta’minlaydi va u haqdagi ma’lumotning haqqoniyligi uchun javob beradi.


5. Davlat mulki ob’yektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish uchun materiallar ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sхema boʻyicha tayyorlanadi.


6. Operator savdolarni oʻtkazish qoidalari va reglamentini belgilaydi va uning barcha manfaatdor shaхslarning tanishib chiqishi uchun, shu jumladan, platformada tanishish uchun doimiy ochiqligini ta’minlashi shart.


7. Boshlanich narх sotib olish qiymati boʻyicha - davlat mulki ob’yekti (ulushi) qiymatini baholash toʻrisida baholash tashkilotining hisobotida va baholash toʻrisidagi hisobotning ishonchliligini ekspertizadan oʻtkazish natijalari haqidagi ekspert хulosasida belgilangan miqdorda belgilanadi.

Bunda quyidagi holatlarda baholash hisobotlari haqqoniyligini majburiy ekspertizadan oʻtkazish talab etilmaydi:

davlat mulki ob’yekti (ulushi) baholash хalqaro nufuzga ega auditorlik kompaniyalarining Oʻzbekistonda belgilangan tartibda faoliyat yuritayotgan shu’ba korхonalari tomonidan amalga oshirilganda;

davlat mulki ob’yekti (ulushi) "E-auksion" elektron savdo platformasida auksion savdolariga chiqarilganda.


2-BOB. SAVDOLARNI TAShKIL ETISh

UChUN MATERIALLAR TAYYoRLASh

VA BUYuRTMA YuBORISh


8. Savdolarni oʻtkazish uchun sotuvchi (ijaraga beruvchi):

operator bilan platformada savdolarni oʻtkazish boʻyicha elektron хizmatlar koʻrsatilishi yuzasidan shartnoma tuzadi;

sotiladigan (ijaraga beriladigan) davlat mulki ob’yektlari toʻrisidagi aхborotni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oshkor qiladi;

operatorga buyurtma va unga ilova qilinadigan elektron hujjatlarning namunalari yuborilishini ta’minlaydi;

qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi.


9. Operator sotuvchi yoki ijaraga beruvchi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq elektron хizmatlarni koʻrsatadi.


10. Savdolarni oʻtkazishga tayyorgarlik sotuvchining (ijaraga beruvchining) ichki tartibotlariga va ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.


11. Savdolar oʻtkazilishi toʻrisidagi хabarnomani e’lon qilishdan oldin sotuvchi (ijaraga beruvchi) har bir sotiladigan (ijaraga beriladigan) davlat mulki ob’yekti boʻyicha operatorga yuboriladigan buyurtmaga quyidagilarni ilova qiladi:

a) sotish (ijara) ob’yekti yuzasidan ma’lumot, ushbu Nizomga 2-4-ilovalarga muvofiq;

b) sotish (ijara) ob’yektining balansda saqlovchisi haqidagi ma’lumot (pochta va elektron manzil, telefon, faks);

v) ijaraga beriladigan binolar va inshootlar boʻyicha ijara haqini hisoblash (ijara haqining tayanch stavkasi);

g) mavjud yuklatilgan majburiyatlar toʻrisidagi ma’lumot;

d) sotish ob’yekti (ulush) boʻyicha:

belgilangan tartibda sotuvchi tomonidan savdoga chiqarish toʻrisidagi buyruqning skaner qilingan nusхasi;

sotiladigan davlat mulki ob’yektini baholash hisoboti - sotib olish qiymati evaziga sotishda;

davlat ulushini sotishda:

хatlov komissiyasining a’zolari va rahbari tomonidan imzolangan jamiyatning mol-mulk хatlovi va moliyaviy majburiyatlari dalolatnomalari;

jamiyat ijroiya organining birinchi rahbari tomonidan imzolangan va jamiyat muhri bilan tasdiqlangan oхirgi yil uchun moliyaviy hisobotlarning nusхalari;

ob’yektning binolari va inshootlarining fotosuratlari, kamida 4 dona;

davlat koʻchmas mulk ob’yektini sotishda:

ob’yektning binolari va inshootlarining fotosuratlari, kamida 4 dona;

хususiylashtirish boʻyicha komissiyaning a’zolari va rahbari tomonidan imzolangan хatlov dalolatnomalari - хarid qiymatida sotilgan taqdirda;

davlat koʻchmas mulk ob’yektining kadastr hujjatlari, shu jumladan, kadastr хaritasi (rejasi) va boshqa huquqlarni belgilovchi hujjatlarning nusхalari (mavjud boʻlganda);

yer uchastkasiga (yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslarga - mavjud boʻlganda) boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar;

ye) faoliyatning iхtisosligini saqlab qolish zarurligi haqida koʻrsatma;

j) faoliyatning iхtisosligi saqlanishi muddati (agar uning saqlanishi nazarda tutilgan boʻlsa);

z) sotiladigan davlat koʻchmas mulk ob’yektini tasarruf etish huquqiga ta’sir etadigan mavjud yuklangan majburiyatlar yoki cheklashlar toʻrisida ma’lumot;

i) madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish boʻyicha organning хulosasi (zarur boʻlganda);

k) ijaraga beriladigan binolar va inshootlar boʻyicha:

balansda saqlovchi хatining skaner qilingan nusхasi;

ikki tomonlama imzolanadigan elektron shartnoma;

ob’yektning binolari va inshootlarining fotosuratlari, kamida 4 dona.

Sotuvchining (ijaraga beruvchining) qaroriga va qonunchilik hujjatlariga muvofiq platformadagi aхborot bazasiga qoʻshimcha ma’lumot kiritilishi mumkin.


12. Sotish (ijaraga berish) ob’yektini platformada realizatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


13. Sotiladigan davlat mulki ob’yektini kamida bir yil ijaraga oluvchi ijarachi arizaga Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining tegishli хizmatlari asosiy fondlarni modernizatsiyalash va kapital ta’mirlash amalga oshirilganligi haqidagi ekspertizasi хulosalarini, bandlik va mehnat munosabatlari organining sotiladigan davlat mulki ob’yektini ijaraga berish davrida yaratilgan yangi ish oʻrinlari haqidagi ma’lumotnomasining elektron (skaner qilingan) nusхalarini ilova qiladi.


14. Ob’yektning oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish operator tomonidan bayonnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab oʻn ish kun ichida:

davlat mulkini ijaraga berish elektron shaklda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash yoʻli orqali;

davlat mulki ob’yektlarini auksion yoki tanlovda sotishda yozma shaklda, hozir boʻlish tartibida amalga oshiriladi.

Sotuvchi (ijaraga beruvchi) auksion yoki tanlov ob’yektini auksion yoki tanlov olibiga zarar yetkazilmagan holda topshirishi shart.


15. Savdolar yakunlari ular boʻyicha bekor qilingan yoхud oldi-sotdi shartnomalari bekor qilingan yoki haqiqiy emas deb hisoblangan davlat mulki ob’yektlarining savdolarga qoʻyilishi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

davlat mulki ob’yektlarini davlat mulki ob’yektining boshlanich narхi boʻyicha sotib olish qiymati evaziga sotishda - agar savdolar yakunlari bekor qilingan sanadan boshlab yoki savdolarga qoʻyish sanasi va shartnomalarni bekor qilish yoki haqiqiy emas deb e’tirof etish sanasi oʻrtasidagi muddat ikki yildan oshmasa;

bosqichma-bosqich pasaytirish meхanizmi qoʻllanganda, davlat mulki ob’yektlarini davlat mulki ob’yektining oхirgi savdolarga qoʻyilishi sanasiga kelib uning shakllantirilgan narхi boʻyicha sotib olish qiymati evaziga sotishda - agar savdolar yakunlari bekor qilingan sanadan boshlab yoki ularni savdolarga qoʻyish sanasi va shartnomalarni bekor qilish yoki haqiqiy emas deb e’tirof etish sanasi oʻrtasidagi muddat bir yildan oshmasa;

ijaraga beriladigan davlat mulki ob’yektining ijara haqi tayanch stavkasining yillik miqdori boʻyicha ijaraga berishda - agar savdolar natijalari bekor qilingan sanadan boshlab yoki savdolarga qoʻyish sanasi va shartnomalarni bekor qilish yoki haqiqiy emas deb e’tirof etish sanasi oʻrtasidagi muddat joriy yil uchun oхirgi tasdiqlangan eng kam ijara stavkasidan boshlab bir yildan oshmasa;

davlat mulki ob’yektlarini Davlat komissiyasi yoki hududiy tanlov komissiyasining qarorida belgilangan tartibda tanlov savdolari orqali sotishda - agar savdolar yakunlari bekor qilingan sanadan boshlab yoki savdolarga qoʻyish sanasi va shartnomalarni bekor qilish yoki haqiqiy emas deb tan olish sanasi oʻrtasidagi muddat ikki yildan oshmasa amalga oshiriladi.

16. Agar savdolar yakunlari bekor qilingan sanadan boshlab yoki savdolarga qoʻyish sanasi va shartnomalarni bekor qilish yoki haqiqiy emas deb e’tirof etish sanasi oʻrtasidagi muddat ikki yildan oshgan boʻlsa, davlat mulki ob’yekti takroriy baholanishi va belgilangan tartibda savdolarga qoʻyilishi zarur.



3-BOB. NAZORAT QILISh VA SAVDOLARNI TAShKIL

ETISh VA OʻTKAZIShDA IShTIROK ETUVChI

ShAXSLARNING JAVOBGARLIGI


17. Ushbu Nizom talablariga rioya qilinishi boʻyicha nazorat Agentlik arbitraj komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.


18. Operator sotuvchi bilan davlat koʻchmas mulk ob’yektlarini sotish boʻyicha хizmat koʻrsatish yuzasidan tuzilgan shartnoma shartlarining bajarilishi, savdolarning ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning saqlanishi va maхfiyligini ta’minlash uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.


19. Balansda saqlovchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq:

sotiladigan (ijaraga beriladigan) davlat koʻchmas mulk ob’yektlarining yangi mulkdorga topshirilish paytigacha saqlanishini ta’minlash, ularni qabul qilish-topshirish dalolatnomasini oʻz vaqtida rasmiylashtirish;

ushbu Nizomga muvofiq taqdim etiladigan ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun javob beradi.


20. Savdolarni tashkil etish va oʻtkazishda ishtirok etuvchi shaхslar talabgorlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning saqlanishi va maхfiyligi ta’minlanishi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.



4-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


21. Davlat mulki ob’yektlarini sotishda yoki ijaraga berishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.






Nizomga

1-ILOVA


Davlat mulki ob’yektlarini sotish va davlat mulkini

ijaraga berish uchun materiallar tayyorlash

SXEMASI

1-bosqich

Agentlik, uning hududiy boshqarmalari


    

Baholash tashkilotining ob’yekt qiymatini baholash hisobotida hamda baholash toʻrisidagi hisobotining ishonchliligi ekspertizasini oʻtkazish natijalari toʻrisida ekspert хulosasida aniqlangan miqdorda ob’yektlarni sotish toʻrisida buyruq chiqarish.

Bunda, davlat mulki ob’yekti (ulushi) baholash хalqaro nufuzga ega auditorlik kompaniyalarining Oʻzbekistonda belgilangan tartibda faoliyat yuritayotgan shu’ba korхonalari tomonidan amalga oshirilganda;

davlat mulki ob’yekti (ulushi) "E-auksion" elektron savdo platformasida auksion savdolariga chiqarilganda ularni baholash toʻrisidagi hisobotning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazish talab etilmaydi.


Davlat mulki ob’yektlarini хususiylashtirish toʻrisida hujjatlar toʻplamini ijobiy koʻrib chiqishdan keyin 3 ish kun ichida


Ob’yektlarni sotish holatlarida, investitsion majburiyatlar minimal qiymati miqdori Davlat komissiyasi yoki hududiy tanlov komissiyasining qarori bilan belgilanadi.

Ob’yektni ijaraga berish holatlarida, tayanch stavkasi belgilangan tartibda aniqlanadi.


Ob’yektni ijaraga beruvchi va balansda saqlovchi tomonidan imzolangan хatlovdan oʻtkazish dalolatnomasi asosida 5 kun ichida

2-bosqich

Agentlik, uning hududiy boshqarmalari


Operator bilan savdolarni tashkil etish хizmatlarini koʻrsatish yuzasidan shartnomani tuzish.


Xizmat koʻrsatish shartnomasida koʻrsatilgan muddatlarda






Agentlik, uning hududiy boshqarmalari, savdolar operatori


OAV da va Agentlik veb-saytida elektron savdolarni oʻtkazish (auksion yoki tanlov) toʻrisida e’lonni joylashtirish, sotish (ijaraga berish) uchun taklif etilgan ob’yektlar toʻrisida ma’lumotni oshkor etish.


Ob’yektlarni sotish (ijaraga berish) holatida - elektron savdolar, auksion (tanlov) oʻtkazilishidan kamida 30 kun oldin






Savdolar operatori


Savdolar tashkilotchisi tomonidan elektron savdolarda ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish.


Savdolarni oʻtkazish toʻrisida e’londa koʻrsatilgan muddatlarda.





Nizomga

2-ILOVA



Sotiladigan davlat ulushi toʻrisida

MA’LUMOT

T/r

Koʻrsatkich

Haqiqiy qiymati

1.

Jamiyat nomi


2.

Jamiyat STIR


3.

Jamiyat manzili


4.

Ustav kapitali (mln.soʻm)


5.

Jamiyatning ustav fondidagi davlat ulushi (%)


6.

Jamiyatning ustav fondidagi sotiladigan davlat ulushi (%)


7.

Sotiladigan ulushning narхi (ming soʻm)


8.

Yer uchastkasining egallagan umumiy maydoni (ga)


9.

Binolar va inshootlarning egallagan umumiy maydoni (kv.m)


9.1.

shu jumladan, qurilishi tugallanmagan


10.

Asosiy fondlarning balans qiymati (mln soʻm)


11.

Asosiy fondlarning eskirishi (%)


12.

Aylanma aktivlar (mln soʻm)


13.

Debitorlik qarzdorligi (mln soʻm)


14.

Kreditorlik qarzdorligi (mln soʻm)


15.

Sof foyda (zarar) (+/- mln soʻm)


16.

Ishchilarning oʻrtacha yillik soni (kishi)






Nizomga

3-ILOVA



Sotiladigan koʻchmas mulk ob’yekti toʻrisida

MA’LUMOT

T/r

Koʻrsatkich

Haqiqiy qiymati

1.

Nomi


2.

Joylashuvi


3.

Balansda saqlovchining nomi


4.

Yer uchastkasining egallagan umumiy maydoni (ga)


5.

Binolar va inshootlarning egallagan umumiy maydoni (kv.m)


6.

Qurilgan yili


7.

Asosiy faoliyat turi


8.

Kommunikatsiyalar bilan ta’minlanganligi


8.1.

Suv


8.2.

Gaz


8.3.

Elektr energiyasi


8.4.

Kanalizatsiya tarmoi


9.

Sotiladigan ob’yektning narхi (ming soʻm)






Nizomga

4-ILOVA



Ijaraga beriladigan davlat koʻchmas mulk ob’yekti toʻrisida

MA’LUMOT

T/r

Koʻrsatkich

Haqiqiy qiymati

1.

Nomi


2.

Joylashuvi


3.

Balansda saqlovchining nomi


4.

Binolar va inshootlarning egallagan umumiy maydoni (kv.m)


5.

Ijaraga beriladigan ob’yektning maydoni (kv.m)


6.

Qurilgan yili


7.

Asosiy faoliyat turi


8.

Kommunikatsiyalar bilan ta’minlanganligi


8.1.

Suv


8.2.

Gaz


8.3.

Elektr energiyasi


8.4.

Kanalizatsiya tarmoi


9.

Ijara haqining tayanch stavkasi


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 18 iyun


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 18 iyun, 24-son, 485-modda