Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.06.2018 y. 454-son "Davlat mulki ob’yektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha elektron savdolar oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

16.06.2018 y.

N 454



DAVLAT MULKI OB’YeKTLARINI

SOTISh VA DAVLAT MULKINI IJARAGA

BERISh BOʻYIChA ELEKTRON SAVDOLAR

OʻTKAZISh TARTIBI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Davlat aktivlarini sotishda va ijaraga berishda elektron savdolarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 22 martdagi 209-son qaroriga muvofiq, davlat mulki ob’yektlarini хususiylashtirish tartibini takomillashtirish, ularni sotish meхanizmlari va tartibotlari samaradorligini oshirish, shuningdek, davlat mulki ob’yektlariga doir bitimlarni sodir etishda ommaviylik va shaffofligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Davlat mulki ob’yektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha elektron savdolar oʻtkazish uchun materiallar tayyorlash tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov, va Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 18 iyun


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 18 iyun, 24-son, 485-modda