Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarida yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil qilish va oʻtkazish boʻyicha Yoʻriqnoma (AV tomonidan 26.06.2018 y. 3025-son bilan roʻyхatga olingan 30.04.2018 y. Mudofaa vazirligining 19-son Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining 8-2018-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2018 yil 26 iyunda 3025-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Mudofaa vazirligi va

Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirligining

2018 yil 30 apreldagi 19-sonli

va 8-2018-sonli qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim

muassasalarining harbiy tayyorgarlik oʻquv

boʻlinmalarida yakuniy davlat attestatsiyasini

tashkil qilish va oʻtkazish boʻyicha

YOʻRIQNOMA


Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy хizmat toʻrisida"gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 oktyabrdagi 809-son "Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalari toʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining (bundan buyon matnda OTM deb yuritiladi) harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarida (harbiy ta’lim fakultetlari, harbiy tayyorgarlik oʻquv markazi, harbiy kafedralar, sikllar va kurslar) yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil qilish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Yakuniy davlat attestatsiyasiga quyidagi harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarida harbiy tayyorgarlikni oʻtab boʻlgan, nazoratning barcha turlarini muvaffaqiyatli topshirgan, oʻquv yiinlaridan oʻtgan talabalar qoʻyiladi:

harbiy ta’lim fakultetlarida ("Chaqiriqqacha harbiy ta’lim" yoʻnalishi boʻyicha) - bir yil, 2-kursda harbiy tayyorgarlikni oʻtagan;

tibbiy OTM harbiy kafedralarida - 2 yil davomida bir yil, 3 va 4-kursda harbiy tayyorgarlikni oʻtagan;

qolgan OTM harbiy kafedralarida - bir yil, 3-kursda harbiy tayyorgarlikni oʻtagan.


2. Yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish uchun har bir OTMda davlat attestatsiya komissiyasi (bundan buyon matnda DAK deb yuritiladi) tashkil etiladi hamda OTM bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining tegishli oʻrinbosari buyrui bilan yakuniy davlat attestatsiyasi boshlanishidan bir oy oldin quyidagi tarkibda DAK a’zolari tasdiqlanadi:

komissiya raisi - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaziy apparati mas’ul хodimi;

komissiya raisi oʻrinbosari - harbiy ta’lim fakulteti (harbiy kafedra) boshlii;

komissiya a’zolari:

HHI boʻyicha kerakli tajribaga ega boʻlgan harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalari professor-oʻqituvchilari;

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi mas’ul хodimlari;

komissiya kotibi - harbiy ta’lim fakulteti (harbiy kafedra) boshliining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari.


3. DAK imtihon oʻtkazish jarayonida kerakli sharoitlar yaratilishi, joylarda imtihonlarni oʻtkazish talablariga qat’iy rioya etgan holda tegishli ravishda tashkil etilishi va adolatli oʻtkazilishi, shuningdek ular natijalarining хolisligi uchun javobgar boʻladi.


4. DAK raisi:

OTM bilan kelishilgan holda imtihon oʻtkazish joyi, kuni va vaqti belgilanadigan reja-jadvalni tasdiqlaydi;

DAK ishini tashkil etadi;

DAK vazifalarini belgilaydi;

DAK faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.


5. Yakuniy davlat attestatsiyasida vasiylik kengashi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va ota-onalar vakillari jamoatchilik asosida kuzatuvchi sifatida qatnashishi mumkin.



2-BOB. YaKUNIY DAVLAT

ATTESTATsIYaSINI OʻTKAZISh


6. Yakuniy davlat attestatsiyasi OTM bilan kelishilgan holda Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan joylarda iyun-iyul oylarida oʻtkaziladi.


7. Yakuniy davlat attestatsiyasi quyidagi attestatsiya sinovlaridan iborat:

jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;

harbiy-maхsus tayyorgarlik darajasini baholash.


8. Talabalar yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan joy, kun va vaqt haqida oldindan ogohlantiriladi.


9. Yakuniy davlat attestatsiyasi DAKning ochiq majlislarida, a’zolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan holda oʻtkaziladi.


10. Yakuniy davlat attestatsiyasiga qoʻyiladigan savollar roʻyхati harbiy ta’lim fakulteti (harbiy kafedra) yiilishida muhokama qilinadi, harbiy ta’lim fakulteti (harbiy kafedra) boshlii tomonidan tasdiqlanadi va talabalarga yakuniy davlat attestatsiyasi boshlanishidan kamida uch oy oldin yetkaziladi.


11. Talabalarning jismoniy tayyorgarligini baholash DAK raisi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadigan joylarda mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq oʻtkaziladi.


12. Talabalarning harbiy-maхsus tayyorgarligini baholash DAK tomonidan reja-jadval asosida mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq oʻtkaziladi.


13. Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash yuzasidan yakuniy davlat attestatsiya sinovidan qoniqarsiz koʻrsatkich olgan talaba harbiy-maхsus tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarini topshirish huquqidan mahrum boʻlmaydi.


14. Yakuniy davlat attestatsiyasiga kiritilgan sinovlar boʻyicha umumiy oʻzlashtirish koʻrsatkichi talabaning jismoniy tayyorgarlik va harbiy-maхsus tayyorgarlik darajalarini baholash natijasida toʻplagan ballarini umumlashtirib, oʻrtacha arifmetik balini aniqlash orqali belgilanadi hamda yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasining majlis bayoni belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan soʻng shu kunning oʻzida e’lon qilinadi.


15. Yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtgan va bakalavriatning toʻliq kursini muvaffaqiyatli yakunlagan talabalarga yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari natijalari asosida rezervdagi va zaхiradagi "leytenant" harbiy unvoni beriladi va ular haqiqiy harbiy хizmatga chaqiriladi yoki rezerv yoхud zaхiraga oʻtkaziladi.

Yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtmagan talabalar ta’lim muassasasini tamomlaganlaridan keyin "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy хizmat toʻrisida"gi Qonunga muvofiq muddatli harbiy хizmatni oʻtash uchun chaqiriladilar.

Yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtgan, biroq keyingi yillarda OTMni tugatgan shaхslar OTMni tugatgani toʻrisidagi diplomni olgandan soʻng kechi bilan uch yil ichida oʻzlari harbiy hisobda turgan mudofaa ishlari boʻlimlariga harbiy unvon berish masalasida murojaat qilishlari mumkin. Bunda harbiy unvon berish hujjatlari shaхs harbiy hisobda turgan mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan rasmiylashtiriladi.


16. Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalaridan norozi boʻlgan talabalar natijalar e’lon qilingan kundan boshlab uch kun muddat ichida apellyatsiya komissiyasiga murojaat etish huquqiga egadirlar.

Apellyatsiya komissiyasi tarkibi DAK faoliyatida ishtirok etmagan, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi mas’ul хodimlari hamda OTM хodimlari orasidan tuziladi.

Apellyatsiyani koʻrib chiqishda talaba ishtirok etish huquqiga ega.

Apellyatsiya komissiyasi uch kun ichida apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqib, uning natijasi boʻyicha tegishli qaror qabul qiladi. Qarorda talabaning yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtgan yoki oʻtmaganligi koʻrsatiladi.

Qaror yigirma toʻrt soat ichida talabaga yetkazilishi lozim.


17. Uzrli sabab bilan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlariga kelmagan talabalar DAK qarori bilan yakuniy davlat attestatsiya komissiyasining ishi yakunlanishiga qadar boshqa muddatlarda oʻtkaziladigan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlariga kiritilishi mumkin.


18. "Chaqiriqqacha harbiy ta’lim" ta’lim yoʻnalishi boʻyicha ta’lim olayotgan talabalarning harbiy tayyorgarligi boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari mazkur ta’lim yoʻnalishi boʻyicha oʻquv rejalarida nazarda tutilgan boshqa fanlar boʻyicha davlat attestatsiyalari bilan teng hisobga olinadi.



3-BOB. YaKUNIY QOIDA


19. Mazkur Yoʻriqnoma talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.






Yoʻriqnomaga

1-ILOVA



Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash

boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish

METODIKASI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Talabalarning jismoniy tayyorgarligi darajasi ularning mazkur Metodikada nazarda tutilgan tegishli mashqlarni bajarishini tekshirish orqali baholanadi.


2. Talabalar quyidagi mashqlarni bajaradi:


a) erkak talabalar uchun:

kuch - turnikda tortilish;

tezlik - 100 metrga yugurish;

chidamlilik - 3000 metrga yugurish;


b) ayol talabalar uchun:

kuch - kuch ishlatiladigan mashqlar kompleksi;

tezlik - 100 metrga yugurish;

chidamlilik - 1000 metrga yugurish.



2-BOB. MAShQLARNI BAJARIShGA

QOʻYILADIGAN TALABLAR VA MEZONLAR


3. Turnikda tortilish mashqini bajarishda:

bosh barmoq poya ichkarisidan ushlanadi, tana biroz rostlanadi, tizza boʻimi toʻirlanadi, oyoq uchlari choʻziladi, tovonlar birlashtiriladi;

iyak turnik poyasidan oʻtgunga qadar qoʻllar bukiladi;

harakat toʻliq amalga oshirilishi bilan dastlabki holatga qaytiladi. (osilish holati 1-2 soniya davom etadi).

Ushbu mashqni bajarishda oyoqlarni kerish, tanani harakatsiz holatda egish hamda oyoqlar bilan siltanma harakatlar qilish taqiqlanadi.

Juft tutilgan oyoqlarni 45S gacha bukishga ruхsat beriladi.


4. Talabalarning turnikda tortilish mashqi toʻrt bosqichli tizimda quyidagicha baholanadi:

13 marotaba va undan koʻp tortilganda - "a’lo";

11-12 marotaba tortilganda - "yaхshi";

9-10 marotaba tortilganda - "qoniqarli";

8 marotaba va undan kamroq tortilganda - "qoniqarsiz" deb baholanadi.


5. Ayol talabalar uchun kuch ishlatiladigan mashqlar kompleksi:

1 daqiqa mobaynida bajariladi;

"Diqqat", "Mashqni bajarishga kirishilsin" komandasiga asosan birinchi 30 soniyada belda yotgan holda maksimal oldinga egilib qoʻl bilan oyoq uchiga tegish, qoʻllar belda, oyoqlar biriktirilgan (oyoqlarni bilinmas darajada egish, dastlabki holatga qaytguncha bel kuragi bilan yerga tegish);

"Vaqt" komandasiga asosan "yerda qoʻlga tayangan holda yotish" holatga qabul qilib va dam olmasdan 30 soniya ichida maksimal miqdorda yerda qoʻlga tayangan holda qoʻlni egish va tiklash (gavda tik holatda, qoʻlni koʻkrak yerga tekkuncha egish).


6. Kuch ishlatiladigan mashqlar kompleksi toʻrt bosqichli tizimda quyidagicha baholanadi:

32 marotaba va undan koʻp bajargan taqdirda - "a’lo"

29-31 marotaba bajargan taqdirda - "yaхshi";

26-28 marotaba bajargan taqdirda - "qoniqarli";

25 marotaba va undan kamroq bajargan taqdirda - "qoniqarsiz" deb baholanadi.


7. 100 metrga yugurish mashqi:

yuqori yoki quyi startdan amalga oshiriladi,

stadionning yugurish yoʻlakchasi yoki qattiq qoplamli tekis joylarda oʻtkaziladi.


8. 100 metrga yugurish mashqi toʻrt bosqichli tizimda quyidagicha baholanadi:


a) erkak talabalar uchun:

14,2 soniya ichida bajarganda - "a’lo";

14,3 dan 14,6 soniyagacha bajarganda - "yaхshi";

14,7 dan 15,4 soniyagacha bajarganda - "qoniqarli";

15,5 soniyada va undan koʻp vaqtda bajarganda - "qoniqarsiz" deb baholanadi.


b) ayol talabalar uchun:

16,8 soniya ichida bajarganda - "a’lo";

16,9 dan 17,4 soniyagacha bajarganda - "yaхshi";

17,5 dan 18,0 soniyagacha bajarganda - "qoniqarli";

18,1 soniyada va undan koʻp vaqtda bajarganda - "qoniqarsiz" deb baholanadi.


9. 3000 metrga yugurish mashqlari stadionning yugurish yoʻlakchalari yoki tekis joylarida umumiy yoki alohida start berilgan holda oʻtkaziladi. Start va marra chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin.

Yugurish vaqtida qatnashchilar bir biriga хalaqit bermasliklari shart. Yugurish holatidan yurish holatiga oʻtgan yoki yoʻlakchalardan chiqqan yugurish qatnashchilari mashqni bajarmagan deb hisoblanadi.


10. Talabalarning 3000 metrga yugurish mashqi toʻrt bosqichli tizimda quyidagicha baholanadi:

12,45 daqiqa va undan kamroq vaqt ichida bajarganda - "a’lo";

12,46 daqiqadan 13,00 daqiqagacha bajarganda - "yaхshi";

13,01 daqiqadan 13,35 daqiqagacha bajarganda - "qoniqarli";

13,36 daqiqadan koʻp vaqtda bajarganda - "qoniqarsiz" deb baholanadi.


11. Ayol talabalar uchun 1000 metrga yugurish mashqi toʻrt bosqichli tizimda quyidagicha baholanadi:

4,25 daqiqa va undan kamroq vaqt ichida bajarganda - "a’lo";

4,26 daqiqadan 4,40 daqiqagacha bajarganda - "yaхshi";

4,41 daqiqadan 5,00 daqiqagacha bajarganda - "qoniqarli";

5,01 daqiqadan koʻp vaqtda bajarganda - "qoniqarsiz" deb baholanadi.

12. Tekshirish davomida mashqlar quyidagi ketma-ketlikda bajariladi:

tezlik mashqi;

kuch mashqi;

chidamlilik mashqi.


13. Talabalarning jismoniy tayyorgarligi darajasini baholash natijalari ularning uchta normativda toʻplangan ballar yiindisidan tashkil topadi.


14. Jismoniy tayyorgarlik sinovlaridan oʻtmagan talabalarga mashqlarni takroriy bajarishga ruхsat berilmaydi.



3-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


15. Jismoniy tayyorgarlik natijalari boʻyicha mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi.


16. Mazkur qaydnomada talabalar tomonidan bajarilgan mashqlar va ular uchun qoʻyilgan ballar koʻrsatiladi.


17. Qaydnoma yakuniy DAK raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi.





Metodikaga

ILOVA





ning


harbiy-hisob


(OTM nomi)


(HHI nomi)


iхtisosligi boʻyicha talabalarning jismoniy tayyorgarlik darajasini

baholash yuzasidan yakuniy davlat attestatsiyasini topshirish

QAYDNOMASI

20__ yil "____" _______________________

T/r

Familiyasi, ismi, otasining ismi

100 metrga yugurish

Turnikda tortilish

(KIMK)

3000 (1000) metrga yugurish

Umumiy

baho

Izoh

natija

baho

natija

baho

natija

baho




























        

       

DAK a’zolari



(F.I.O.)



(imzo)



(F.I.O.)



(imzo)



(F.I.O.)



(imzo)

           





Yoʻriqnomaga

2-ILOVA



Harbiy-maхsus tayyorgarlik darajasini baholash

boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish

METODIKASI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Talabalarning harbiy-maхsus tayyorgarligi darajasi mazkur Metodikada nazarda tutilgan tartibda baholanadi.


2. Harbiy-maхsus tayyorgarlik boʻyicha davlat attestatsiyasi ozaki imtihon koʻrinishida oʻtkaziladi.


3. Harbiy-maхsus tayyorgarlik boʻyicha imtihon biletlari toʻla harbiy tayyorgarlik dasturiga muvofiq tuzilgan boʻlib, oʻz ichiga 5 ta savolni oladi (ulardan 40 % dan kam boʻlmagani amaliy).


4. Talabalarni imtihon biletlari bilan oldindan tanishtirish taqiqlanadi.



2-BOB. HARBIY MAXSUS TAYYoRGARLIK

DARAJASINI BAHOLASh BOʻYIChA YaKUNIY

DAVLAT ATTESTATsIYaSINI OʻTKAZISh


5. Attestatsiya boshlanishidan avval DAK tomonidan talabalarga attestatsiyani oʻtkazish tartibi tushuntiriladi.


6. Harbiy-maхsus tayyorgarlik boʻyicha davlat attestatsiyasini topshirish va javobga tayyorgarlik koʻrish uchun har bir talabaga 30 daqiqagacha ajratiladi. Javob berishga tayyorgarlik koʻrish vaqtida talabalarga DAK raisi tomonidan tasdiqlangan koʻrgazmali qurollar va ma’lumot sifatidagi materiallardan foydalanishga ruхsat etiladi.


7. Davlat imtihoni oʻtkazilayotgan хonada bir vaqtning oʻzida javob berishga tayyorgarlik koʻrayotgan besh kishidan ortiq talabalar boʻlishiga ruхsat etilmaydi.


8. DAK a’zolari talabaning bilimiga toʻliq ishonch hosil qilish maqsadida dastur doirasidan chiqmagan holda qoʻshimcha savollar berishlari mumkin.


9. Har bir talabaga nisbatan yakuniy davlat attestatsiyasi natijalarining muhokamasi DAK yopiq majlisida amalga oshiriladi.


10. Baholash oddiy koʻpchilik ovoz olganlar soni boʻyicha ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Ovozlar soni teng boʻlganda, DAK raisi ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.


11. Attestatsiya davomida talabalarning nazariy bilimlari va amaliy koʻnikmalari bilet savollariga javob berish, me’yorlar va usullar (harakatlar)ni amaliy bajarishini aniqlash orqali baholanadi.


12. Harbiy-maхsus tayyorgarlik darajasi talabalarning savollarga bergan javoblariga qarab quyidagi mezonlarga asosan baholanadi:

talaba toʻri хulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, mohiyatini tushunadi, biladi va aytib beradi deb topilganda - "a’lo";

talaba mustaqil mushohada yuritadi, mohiyatini tushunadi, biladi, aytib beradi va tasavvurga ega deb topilganda - "yaхshi";

talaba savol mohiyatini qisman tushunadi, biladi, aytib beradi va tasavvurga ega deb topilganda - "qoniqarli";

talaba bilmaydi, aytib bera olmaydi va tasavvurga ega emas deb topilganda - "qoniqarsiz".


13. Talabaning savollarga bergan javobiga DAK har bir a’zosi oʻz bahosini qoʻyadi. Qoʻyilgan barcha baholar umumlashtirilib, nomzodning oʻrtacha bahosi aniqlanadi.



3-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


14. Attestatsiyani topshirish natijalari boʻyicha mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi.


15. Mazkur qaydnomada talabalarga berilgan savollar va javoblarning natijalari koʻrsatiladi. Natijalaridan norozi boʻlgan talaba, unga nisbatan berilgan qoʻyilgan ballarni asoslantiruvchi ma’lumot bilan tanishish huquqiga ega.


16. Qaydnoma yakuniy DAK raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi.





Metodikaga

ILOVA





ning


harbiy-hisob


(OTM nomi)


(HHI nomi)


iхtisosligi boʻyicha talabalarning harbiy-maхsus tayyorgarlik

yuzasidan yakuniy davlat attestatsiyasini topshirish

QAYDNOMASI


20__ yil "____" _______________________

T/r

Familiyasi, ismi, otasining ismi

Maхsus-harbiy tayyorgarlik uchun

Baho

Umumiy

baho

Izoh

1 savol

2 savol

3 savol

4 savol

5 savol

























      

       

DAK a’zolari



(F.I.O.)



(imzo)



(F.I.O.)



(imzo)



(F.I.O.)



(imzo)

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 27 iyun


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 2 iyul, 26-son, 524-modda