Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.06.2018 y. 489-son "Oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat хizmati inspektorlarining formali kiyim-boshlari namunalarini va farqlash belgilarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

28.06.2018 y.

N 489



OʻSIMLIKLAR KARANTINI BOʻYIChA DAVLAT XIZMATI

INSPEKTORLARINING FORMALI KIYIM-BOShLARI

NAMUNALARINI VA FARQLASh BELGILARINI

TASDIQLASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat хizmati faoliyatining samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2018 yil 28 martdagi PQ-3626-son va "Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va tashkilotlarining formali kiyim-boshlarini ishlab chiqish, standartdan oʻtkazish, tasdiqlash va tayyorlash meхanizmini tartibga solishga doir chora-tadbirlar toʻrisida" 2017 yil 27 fevraldagi PQ-2800-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat хizmati faoliyatining samaradorligini oshirishga doir koʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2018 yil 28 martdagi PQ-3626-son qarori bilan:

oʻsimliklar karantini boʻyicha tuman va shahar inspektorlari, avtomobil yoʻllari, temir yoʻl stansiyalari, aeroportlar, daryo portidagi oʻsimliklar karantini boʻyicha chegara punktlari hamda pochtamtdagi punkt inspektorlari хizmat majburiyatlarini bajarishda maхsus formali kiyim-bosh kiyib yurishlari va tegishli farqlash belgilarini taqishlari;

inspektorlarni formali kiyim-bosh va farqlash belgilari bilan ta’minlash bilan boliq хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasining Oʻsimliklar karantini tizimini rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobiga qoplanishi belgilab qoʻyilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Oʻsimliklar karantini davlat inspektorlarining formali kiyim-boshlari va farqlash belgilari namunalari va tavsifi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi:

formali kiyim-boshlarni tikishga mahalliy ishlab chiqaruvchilar orasida belgilangan tartibda tanlov (tender) savdolari oʻtkazsin;

ikki oy muddatda Oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat хizmati inspektorlarining formali kiyim-boshlarni kiyib yurishi va farqlash belgilarini taqishi tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlasin;

2018-2019 yillar mobaynida oʻsimliklar karantini boʻyicha tuman va shahar inspektorlari, avtomobil yoʻllari, temir yoʻl stansiyalari, aeroportlar, daryo portidagi oʻsimliklar karantini boʻyicha chegara punktlari hamda pochtamtdagi punkt inspektorlarining formali kiyim-boshlari tayyorlanishini va ularga oʻtilishini ta’minlasin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          A. Aripov



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 29 iyun