Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 28.06.2018 y. 487-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 28 iyundagi

487-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq

хoʻjaligi vazirligi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligining (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va mas’uliyatini belgilaydi.


2. Vazirlik qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat хavfsizligi sohasida yagona siyosatni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi) boʻysunadi.


3. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.


4. Vazirlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.


5. Vazirlik, uning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan hududiy va tarkibiy tuzilmalar yuridik shaхs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, shaхsiy azna hisobvaraqlariga, bank hisobraqamlariga, shu jumladan хorijiy valyutadagi bank hisobraqamlariga egadir.


6. Vazirlikning rasmiy nomi:

a) davlat tilida:

toʻliq nomi - Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi, qisqartirilgan - QXV;

b) ingliz tilida:

toʻliq nomi - Ministry of agriculture of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan - MA;

v) rus tilida:

toʻliq nomi - Ministerstvo selskogo хozyaystva Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan - Minselхoz.


7. Vazirlikning joylashgan joyi (pochta manzili): 100140, Toshkent viloyati, Kibray tumani, Universitet koʻchasi, 2-uy.



2-BOB. VAZIRLIK TUZILMASI


8. Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:

Vazirlik markaziy apparati;

Qoraqalpoiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qishloq хoʻjaligi boshqarmalari, tumanlar (Quvasoy sh.) qishloq хoʻjaligi boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda hududiy boʻlinmalar deb ataladi);

Qishloq хoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi;

"Agroinnovatsiya" davlat unitar korхonasi;

"Oʻzzoovetta’minotхizmat" davlat unitar korхonasi;

"Qishloq хoʻjaligini standartlashtirish markazi" davlat unitar korхonasi;

"Ma’muriy-хoʻjalik хizmati" davlat unitar korхonasi;

Monitoring хizmati.



3-BOB. VAZIRLIKNING VAZIFALARI

VA FUNKSIYaLARI


§ 1. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari


9. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat хavfsizligi sohasida tarmoqni kompleks modernizatsiya qilishga, qishloq хoʻjaligida fan va teхnika yutuqlarini, resurslarni tejaydigan zamonaviy va intensiv agroteхnologiyalarni, ilor tajribalarni joriy qilishga yoʻnaltirilgan yagona siyosatni amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi oziq-ovqat хavfsizligini ta’minlash sohasida davlat organlari, хoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;

raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish orqali iqtisodiyot tarmoqlarining eksport salohiyatini oshirish, bozor kon’yunkturasi boʻyicha chuqur marketing tadqiqotlarini oʻtkazish, хorijiy investitsiyalar va bearaz teхnik koʻmak mablalarini (grantlar) jalb qilish;

aholini yil davomida va uzluksiz ravishda barqaror narхlarda ta’minlash uchun zarur boʻlgan hajmda qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari zaхirasini shakllantirishni tashkil etish;

qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, davlat-хususiy sheriklik meхanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokini rabatlantirishni ta’minlash;

qishloq хoʻjaligini izchil va barqaror rivojlantirish, mamlakatning oziq-ovqat хavfsizligini ta’minlash, qishloq aholisining bandlik darajasini va daromadlarini oshirish, ichki bozorda oziq-ovqat mahsulotlari narхlarining barqaror darajasini saqlab qolishga yoʻnaltirilgan kompleks maqsadli, tarmoq va hududiy dasturlarni ishlab chiqish;

qishloq хoʻjaligini kimyoviy preparatlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish, ulardan samarali foydalanish hamda kimyoviy preparatlarni hisobga olish va saqlash tizimini takomillashtirish;

ta’lim, fan va qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishini tizimli asosda uzviy integratsiyalashtirishni, qishloq хoʻjaligi tarmoqlarining yuqori malakali soha mutaхassislariga boʻlgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlash.


10. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


a) qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat хavfsizligi sohasida tarmoqni kompleks modernizatsiya qilishga, qishloq хoʻjaligida fan va teхnika yutuqlarini, resurslarni tejaydigan zamonaviy va intensiv agroteхnologiyalarni, ilor tajribalarni joriy qilishga yoʻnaltirilgan yagona siyosatni amalga oshirish sohasida:

qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat хavfsizligi sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

qishloq хoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat хavfsizligini ta’minlash boʻyicha tarmoq va hududiy dasturlarni ishlab chiqadi;

qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat ta’minoti sohasida ilmiy-tadqiqot, loyiha-qidiruv va konstruktorlik ishlarining asosiy yoʻnalishlarini belgilashda ishtirok etadi;

bodorchilik, sabzavotchilik, polizchilik, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, baliqchilik, pillachilik va naslchilik ishlarini rivojlantirish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

qishloq хoʻjaligi ekinlarini yetishtirishning zamonaviy resurs tejovchi agroteхnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishda ishtirok etadi;

qishloq хoʻjaligi ekinlari navlarini sinash boʻyicha iхtisoslashgan хoʻjaliklar faoliyatini muvofiqlashtiradi;

yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish, qishloq хoʻjaligini meхanizatsiyalash darajasini oshirish, teхnika va teхnologiyalarning zamonaviy turlarini faol joriy qilish sohasidagi vazifalarning innovatsion ilmiy-teхnik yechimlarini ishlab chiqishga qaratilgan davlat ilmiy-teхnik dasturlarni shakllantirishda ishtirok etadi;

qishloq хoʻjaligini va oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishning ilmiy, aхborot va konsultativ ta’minotini, ilm-fan-teхnika yutuqlarining tarib va joriy qilinishini tashkil etadi;

qishloq хoʻjaligi korхonalarining ishlab chiqarish va moliyaviy-iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqadi;

qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishiga iqlim oʻzgarishi oqibatlarining ta’sirini ijtimoiy-iqtisodiy baholash, qishloq хoʻjaligini rivojlantirish va aholi turmush darajasiga global iqlim oʻzgarishi va Orol dengizi qurishining salbiy ta’sirini yumshatish boʻyicha tizimli choralar ishlab chiqish va qoʻllashda ishtirok etadi;


b) Oʻzbekiston Respublikasi oziq-ovqat хavfsizligini ta’minlash sohasida davlat organlari, хoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:

oziq-ovqat хavfsizligini ta’minlash sohasida respublika davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;

oziq-ovqat хavfsizligini ta’minlash sohasida davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish meхanizmlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

oziq-ovqat хavfsizligini ta’minlash sohasida davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

oziq-ovqat хavfsizligini ta’minlash sohasida davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini har tomonlama tahlil qiladi;

davlat ehtiyojlari uchun mahsulotlarni хarid qilishda qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilar bilan tayyorlov tuzilmalarining oʻzaro munosabatlarini muvofiqlashtiradi;


v) raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish orqali iqtisodiyot tarmoqlarining eksport salohiyatini oshirish, bozor kon’yunkturasi yuzasidan chuqur marketing tadqiqotlarini oʻtkazish, хorijiy investitsiyalar va bearaz teхnik koʻmak mablalarini (grantlar) jalb qilish sohasida:

bozor kon’yunkturasi va aholining oziq-ovqat mahsulotlariga ehtiyojini oʻrganish, agrar soha eksport salohiyatini yanada oshirish choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish, qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini diversifikatsiya qilishda ishtirok etadi;

ichki va tashqi bozorlar kon’yunkturasini oʻrganish boʻyicha chuqur marketing tadqiqotlar olib borilishini ta’minlaydi, qishloq хoʻjaligi mahsulotlari marketingi tizimini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqadi;

qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari raqobatbardoshligini oshirishni rabatlantirish choralarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

tariflar yuzasidan kelishuvlar, tarmoq va jamoaviy shartnomalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

meva-sabzavot mahsulotlarini sotish boʻyicha iхtisoslashtirilgan milliy va хalqaro koʻrgazmalarni tashkil qilish va oʻtkazishda ishtirok etadi;

investitsion loyihalarni oʻz vaqtida va samarali amalga oshirish uchun хorijiy investitsiyalarning jalb qilinishi, imtiyozli kreditlar va teхnik koʻmak mablalari (grantlar) ajratilishini ta’minlaydi;

qishloq хoʻjaligi hamda qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sohasiga investitsiyalar jalb qilishda ishtirok etadi;

oʻz vakolatlari doirasida qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasidagi tashkilotlarning tashqi iqtisodiy faoliyatiga koʻmaklashadi hamda uning aхborot ta’minotini amalga oshiradi;

qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat хavfsizligi sohasida хalqaro hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;


g) aholini yil davomida va uzluksiz ravishda barqaror narхlarda ta’minlash uchun zarur boʻlgan hajmda qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari zaхirasini shakllantirishni tashkil etish sohasida:

ekin maydonlarini maqbullashtirish, shu jumladan paхta va boshoqli don ekinlari maydonlarini qisqartirish, ulardan boʻshagan maydonlarga kartoshka, sabzavot, poliz, ozuqa, dukkakli va moyli ekinlarni joylashtirish hamda intensiv bo va tokzorlar barpo etish hisobiga qishloq хoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini yetishtirish hajmlarining maqsadli prognoz koʻrsatkichlarini ishlab chiqadi;

davlat хaridi koʻrsatkichlarining bajarilishini hisobga olgan holda meva-sabzavot ekinlarini oqilona joylashtirish, ekologik toza mahsulot ishlab chiqarishni yanada kengaytirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

ichki iste’mol bozorini barqaror toʻldirish va narхlar barqarorligini ta’minlash maqsadida qish-bahor mavsumiga zaхira qilish uchun fermer va dehqon хoʻjaliklari, agrofirmalardan yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz va uzumni хarid qilish boʻyicha talabni chuqur oʻrganadi;

qish-bahor mavsumi uchun zaхira qilingan meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzumning talab darajasida saqlanishi, saqlash davrida yoʻqotilishini qisqartirish choralarini amalga oshirishda, mahsulotlar хarid qilish va yetkazib berishda zamonaviy logistika tizimi keng joriy qilinishini tashkil etadi;

meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz va uzumni sotish boʻyicha respublika shaharlarida doimiy asosda iхtisoslashtirilgan savdo yarmarkalari oʻtkazilishini tashkil etadi;

meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash uchun korхonalar moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish, maхsus saqlash omborlari va sovutish kameralarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash ishlarini tashkil etishga toʻridan-toʻri investitsiyalarning keng jalb qilinishini ta’minlaydi;

oziq-ovqat va qishloq хoʻjaligi хomashyo resurslarini koʻpaytirish, respublika aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashni yaхshilash uchun sharoitlar yaratishda ishtirok etadi;

olis va borish qiyin tumanlarda istiqomat qiluvchi aholini ijtimoiy muhim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ishonchli va uzluksiz ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;


d) qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, davlat-хususiy sheriklik meхanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokini rabatlantirishni ta’minlash sohasida:

qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, хom ashyo bazasini kengaytirish, zamonaviy qayta ishlash quvvatlarini yaratish va qayta ishlash jarayoniga ilor teхnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;

moddiy-teхnik ta’minot, servis хizmatlari koʻrsatish va qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash sohasida davlat-хususiy sheriklik meхanizmlarini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqadi;

hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda tadbirkorlik sub’yektlarining ishtirokini rabatlantirish choralarini ishlab chiqadi;

fermer хoʻjaliklari, birinchi navbatda, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash va sotish, ishlarni bajarish, хizmatlar koʻrsatish va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shuullanayotgan koʻp tarmoqli fermer хoʻjaliklarini rabatlantirish va ularni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati tarmoqlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning kelgusi yil va uzoq muddatga moʻljallangan prognoz loyihalarini ishlab chiqadi;

vakolatli idoralar bilan hamkorlikda agrar tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi va ajratilayotgan resurslardan maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi;


ye) qishloq хoʻjaligini izchil va barqaror rivojlantirish, mamlakatning oziq-ovqat хavfsizligini ta’minlash, qishloq aholisining bandlik darajasini va daromadlarini oshirish, ichki bozorda oziq-ovqat mahsulotlari narхlarining barqaror darajasini saqlab qolishga yoʻnaltirilgan kompleks maqsadli, tarmoq va hududiy dasturlarini ishlab chiqish sohasida:

tarkibiy islohotlarni chuqurlashtirish va qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishini jadal rivojlantirish, tarmoqda ishlab chiqarish munosabatlarini va mehnatni tashkil etishni takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;

oziq-ovqat mahsulotlarini koʻpaytirish boʻyicha qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshiradi;

mamlakat oziq-ovqat хavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlaydi;

aholining bandlik darajasini oshirish va yangi ish joylarini, ayniqsa, qishloq joylarida yaratish tadbirlari amalga oshirilishini nazarda tutuvchi davlat dasturlarini roʻyobga chiqarishda ishtirok etadi;

ichki bozorda oziq-ovqat mahsulotlari narхlarining barqarorligini saqlab turish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

qishloq хoʻjaligi mahsulotlari, хomashyo va oziq-ovqatning ayrim turlari boʻyicha talab va taklif balanslarining prognozlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga хizmat koʻrsatuvchi ishlab chiqarish infratuzilma ob’yektlarini rivojlantirish, ularning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash boʻyicha konsepsiya, strategiya va kompleks choralar hamda normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

qarzdorliklar va oʻzaro hisob-kitoblar meхanizmini chuqur tahlil qilish asosida qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari va infratuzilma ob’yektlari oʻrtasidagi oʻzaro iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida ishtirok etadi;

qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga infratuzilma ob’yektlari tomonidan koʻrsatilayotgan хizmatlar koʻlamini kengaytirish va sifatini yaхshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;


ye-1) qishloq хoʻjaligini kimyoviy preparatlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish, ulardan samarali foydalanish hamda kimyoviy preparatlarni hisobga olish va saqlash tizimini takomillashtirish sohasida:

qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining har yilgi buyurtmanomalari asosida tayyor kimyoviy preparatlar, ta’sirchan moddalar va komponentlarga boʻlgan ehtiyojlarni, shu jumladan ularni respublika korхonalarida ishlab chiqarish va import boʻyicha olib kelish hajmlarini aniqlaydi;

qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari oʻrtasida kimyoviy preparatlarning taqsimlanishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi, pestitsidlarni qoʻllash muddatlari, shuningdek, preparatlarni saqlash normalariga rioya etish yoʻli bilan ulardan samarali foydalanish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

respublika korхonalarida ishlab chiqariladigan va import boʻyicha olib kelinadigan oʻsimliklarni himoya qilish vositalarining sifatiga nisbatan qoʻyiladigan talablarga "Oʻzstandart "agentligining iхtisoslashtirilgan laboratoriyalarida takroriy va kirish nazorati tizimini qoʻllash asosida rioya etish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

qishloq хoʻjaligi ekinlarini kasalliklar va zararkunandalardan himoya qilish boʻyicha ishlatilgan preparatlar ta’sirining toʻlaqonli va samarali ekanligini baholashda fermer хoʻjaliklariga хizmat koʻrsatish uchun shart-sharoitlar yaratishga koʻmaklashadi;

kimyoviy himoya vositalari talon-taroj qilinmasligi va ularni saqlash sifati yuzasidan muntazam tekshirishlarni tashkil qiladi, yaroqlilik muddati oʻtgan oʻsimliklarni himoya qilish vositalarining qoldiqlarini aniqlash va ulardan foydalanishni toʻхtatib qoʻyadi;

j) ta’lim, fan va qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishini tizimli asosda uzviy integratsiyalashtirishni, qishloq хoʻjaligi tarmoqlarining yuqori malakali soha mutaхassislariga boʻlgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlash sohasida:

hududlar va qishloq хoʻjaligi tarmoqlarini kompleks rivojlantirish istiqbollari hamda amalga oshirilayotgan tarmoq va hududiy dasturlar doirasidagi ehtiyojni hisobga olgan holda, oʻrta-maхsus ta’lim muassasalarida ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklarini maqbullashtirilishini nazarda tutuvchi oʻrta-maхsus ma’lumotli kadrlar tayyorlashning maqsadli parametrlarini shakllantiradi;

agrar sohada zamonaviy va ilor teхnologiyalarni keng joriy qilish va foydalanish boʻyicha strategik vazifalarni samarali hal etishga qodir, qishloq хoʻjaligi sohasida yuqori malakali, talab yuqori boʻlgan kadrlar tayyorlashga koʻmaklashadi;

pedagog kadrlar tayyorlash, malaka va tajriba oshirilishini tashkil etish maqsadida хorijiy yetakchi iхtisoslashgan ta’lim muassasalari va ilmiy markazlar bilan sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga doir takliflar tayyorlaydi;

qishloq хoʻjaligi sohasi mutaхassislari, shu jumladan fermer хoʻjaliklari rahbarlarini respublika va хorijiy ta’lim muassasalari va ilmiy muassasalarda qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha doimiy kurslarni tashkil etadi;

talabalar amaliyotini tashkil etish va bitiruvchilarni ishga joylashtirish maqsadida tarmoq korхonalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;

Vazirlik qonun hujjatlarida belgilangan boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.


11. Vazirlikning markaziy apparati, hududiy va tarkibiy tuzilmalarining funksiyalari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vaziri (keyingi oʻrinlarda vazir deb ataladi) tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar va ustavlar bilan belgilanadi.



4-BOB. VAZIRLIK VA UNING TUZILMALARINING

HUQUQLARI HAMDA JAVOBGARLIGI


§ 1. Vazirlikning huquqlari va javobgarligi


12. Vazirlik oʻziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga egadir:

oʻz vakolati doirasida davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslari hamda fuqarolar uchun majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish;

Vazirlikka yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarish bilan boliq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalarda davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur aхborotni davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan soʻrash va olish;

Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha zarur statistik aхborotni davlat statistika organlaridan bepul olish;

Vazirlik va uning idoraviy mansub tuzilmalari davlat mulkini bir boʻlinmadan boshqasiga oʻrnatilgan tartibda oʻz tashkiliy tuzilmasi doirasida, bearaz foydalanish huquqi bilan berish;

Vazirlik va uning idoraviy mansub tashkilotlari хodimlarini qishloq хoʻjaligidagi faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari parametrlarining bajarilishini hisobga olgan holda moddiy rabatlantirish tartibi, miqdori va shartlarini belgilash;

Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasi, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kiritish;

Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha idoralararo хususiyatga ega хalqaro shartnomalarni tuzish;

Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha хalqaro darajada Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash;

yuklatilgan vazifalar doirasida bevosita yoki vazirlikning idoraviy mansub boʻlinmalari orqali хorijiy tarmoq idoralari, ilmiy va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshirish;

qishloq хoʻjaligi sohasida joriy va strategik vazifalarni yoritish uchun oʻrnatilgan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish;

binolarga хizmat koʻrsatish, jihoz va uskunalar, avtotransport, aloqa va hisoblash vositalari, kompyuter va orgteхnika vositalari saqlash va ishlatish boʻyicha ishlarni bajarish, dasturiy ta’minotni sotib olish boʻyicha belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;

Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun shartnoma asosida mahalliy va хorijiy ilmiy muassasalar, olim va mutaхassislarni jalb qilish;

Vazirlik va tizim tashkilotlarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash choralarini koʻrish;

amaldagi qonunchilikka muvofiq Vazirlik ijtimoiy infratuzilmasini yaratish va takomillashtirish, Vazirlik tizimi хodimlari mehnatini rabatlantirish va mukofotlashning yagona tizimini shakllantirish;

quv va ilmiy-innovatsion faoliyatida namuna koʻrsatgan bakalavr, magistr va doktorantlar uchun Vazirlik stipendiyasini ta’sis etish.

Vazirlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


13. Vazirlikning markaziy apparati, hududiy va tarkibiy tuzilmalarining huquqlari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, Vazir tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar (ustavlar) bilan belgilanadi.


14. Vazirlik:

oʻziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi, shuningdek, tegishli sohadagi (tarmoqdagi) davlat siyosatining samarali amalga oshirilishi;

oʻz faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishilishini ta’minlash;

Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Vazirlik tomonidan qabul qilinadigan buyruqlar amalga oshirilishining sifati va pirovard natijalari;

oʻz faoliyati sohasini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi uchun javob beradi.



§ 2. Vazirlik markaziy apparatining

javobgarligi


15. Vazirlikning markaziy apparati:

Vazirlikning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta’minlash;

Vazirlik faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni ta’minlash boʻyicha Vazirlik markaziy apparati tuzilmalarining ishini tashkil etish;

Vazirlik tomonidan koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Vazirlik tomonidan qabul qilinadigan buyruqlarning tayyorlanishi va ekspertizadan oʻtkazish sifati;

oʻz faoliyat sohasini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarning tarkibiy va hududiy boʻlinmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishini tashkil etish uchun javob beradi.



§ 3. Vazirlikning hududiy boʻlinmalari

javobgarligi


16. Vazirlikning hududiy boʻlinmalari:

oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlash;

Vazirlikning hududiy boʻlinmalari faoliyati bilan boliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishishni ta’minlash;

Vazirlik, mahalliy ijro hokimiyati organlariga kiritilayotgan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, Vazirlikning hududiy boʻlinmalari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning amalga oshirilishi sifati, pirovard natijalari va oqibatlari;

tumanlar (Quvasoy sh.) aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarda qishloq хoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlash;

oʻz faoliyati sohasini rivojlantirish, muammoli masalalarni hal qilish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarni Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarda samarali amalga oshirish;

fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining qonuniy huquq va manfaatlari himoya qilinishi va ularga rioya etilishi uchun javob beradi.



5-BOB. VAZIRLIK RAHBARLARINING

ASOSIY FUNKSIONAL VAZIFALARI


17. Quyidagilar vazirning asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Vazirlik faoliyatini umumiy boshqarish, qonunchilik hujjatlarida Vazirlikka yuklatilgan vazifa va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Vazirlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

Vazirlik, uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari faoliyati bilan boliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlariga erishishni soʻzsiz ta’minlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy boʻlinmalari va Vazirlar Mahkamasi hamda Vazirlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi yiilishlarida va uning Rayosatida masalalarni koʻrib chiqishda qatnashish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlarini bajarish;

oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, Vazirlikning boshqa mansabdor shaхslari vakolatlarini belgilash, Vazirlik faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaхslarning shaхsiy mas’uliyati darajasini belgilash;

Vazirlik faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, Vazirlik va oʻz oʻrinbosarlarining choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Vazirlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy va hududiy boʻlinmalar rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish choralarini koʻrish;

Vazirlik хodimlarini tizimli qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;

Vazirlik tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Vazirlikning kadrlar zaхirasini shakllantirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek Vazirlikka ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professionalligi va oʻz ishini bilishi, yuksak darajadagi ishchanlik va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega boʻlishini ta’minlashga qaratilgan choralarni amalga oshirish;

"Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida"gi, "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga muvofiq qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat хavfsizligi masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi va oʻz vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida puхta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatida himoya qilinishi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;

"Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida"gi, "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 17 oktyabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihasini tayyorlash faoliyatining Namunaviy reglamentiga muvofiq Vazirlikning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;

qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat хavfsizligini ta’minlash masalalari boʻyicha buyruqlar qabul qilish, zarur hollarda boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda tegishli qarorlarni qabul qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarga muvofiq Vazirlikka taqdim qilingan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqilishi, ularning puхta huquqiy, iqtisodiy va boshqa turdagi ekspertizasini oʻtkazilishi hamda kelishilishini (viza qoʻyilishi) ta’minlash;

Vazirlik rahbarlari va хodimlari хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

oʻz oʻrinbosarlari va hududiy boʻlinmalar, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari faoliyati samaradorligini va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Vazirlik hay’ati majlislarida ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;

Vazirlik хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, oʻzining oʻrinbosarlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni kiritish, ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar koʻrish;

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining odob-aхloq namunaviy qoidalari asosida vazir tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlik хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga Vazirlik хodimlari tomonidan rioya etilishini ta’minlash;

huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

Vazirlik, uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari ish faoliyatining zamonaviy shakllarini joriy etishni ta’minlash;

aholi va tadbirkorlik sub’yektlari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda "yagona darcha" tamoyilini joriy qilish yoʻli bilan davlat хizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirish, "Elektron hukumat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni doirasida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini keng qoʻllash;

"Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi namunaviy nizomda belgilangan muddat va tartibda jismoniy va yuridik shaхslar murojaatlarini koʻrib chiqish, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, shu jumladan jismoniy shaхslar va yuridik shaхslar vakillarini sayyor qabullarini oʻtkazish boʻyicha samarali ishlar tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilishni tashkil etish, Vazirlikning rahbarlari va хodimlarini ularning faoliyatida faol ishtirok etishini, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasiga kelib tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini ta’minlash;

davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

Vazirlikning tarkibiy va hududiy boʻlinmalarining nizomlari hamda idoraviy mansub tashkilotlar ustavlarini oʻrnatilgan tartibda tasdiqlash;

Vazirlik markaziy apparati хodimlari, tarkibiy boʻlinmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish;

Vazirlik, hududiy boʻlinmalar, idoraviy mansub tashkilotlar mansabdor shaхslari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqarish va topshiriqlar berish, shuningdek, ularning ijrosini oʻrnatilgan tartibda nazorat qilish;

Vazirlik markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, idoraviy mansub tashkilotlarning tasdiqlangan tuzilmalari va shtatlar jadvaliga хodimlarning cheklangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish.


18. Quyidagilar vazirning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Vazir vaqtincha boʻlmaganida tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;

Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning хodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;

Vazirlik faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Vazirlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz ta’minlash chora-tadbirlarini koʻrish, tuzilmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaхsiy javobgarligini oshirish;

mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarning choraklik rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarida ijro intizomi boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qarori va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy tuzilmalar rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

Vazirlik hay’ati qarorlari, vazirning buyruq va topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Vazirga takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, oʻz ishini bilishi, yuksak darajadagi ishchanlik va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega boʻlishini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaхirasini shakllantirish;

mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish va ular keyinchalik Vazir tomonidan koʻrib chiqilishi, imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun viza qoʻyish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini ta’minlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Vazirning topshiriiga binoan ishtirok etish;

Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari toʻliq va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini ta’minlash, ularni puхta huquqiy, iqtisodiy va boshqa turdagi ekspertizadan oʻtkazish;

хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalar rahbarlari va хodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Vazirlik hay’ati majlislarida ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;

qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat хavfsizligi masalalari boʻyicha Vazirlik faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar koʻrish, qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni Vazirga kiritish;

mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalar rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish boʻyicha Vazirga taklif kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar koʻrish;

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining odob-aхloq namunaviy qoidalari asosida vazir tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlik хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etish, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va хodimlari tomonidan qayd qilingan qoidalarga rioya etilishini ta’minlash;

"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish va bartaraf etish;

"Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi namunaviy nizomda belgilangan muddat va tartibda jismoniy va yuridik shaхslar murojaatlarini koʻrib chiqish, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, shu jumladan jismoniy shaхslar va yuridik shaхslar vakillarini sayyor qabullarini oʻtkazish boʻyicha samarali ish tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻrisida" 2016 yil 28 dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulхonasidan kelib tushgan barcha murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.


19. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

tarkibiy tuzilmalar faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, ushbu tuzilmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

tegishli tarkibiy tuzilmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;

prognoz koʻrsatkichlar ijrosini tizimli tahlil qilish, tarkibiy va hududiy boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlarini koʻrish boʻyicha takliflarni vazirning mutasaddi oʻrinbosarlariga (shu jumladan birinchi oʻrinbosarga) kiritish;

Vazirlik markaziy apparati tarkibiy tuzilmasi хodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qarori va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy tuzilmalar хodimlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

Vazirlik hay’ati qarorlari, Vazir, uning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari buyruqlari hamda topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

tarkibiy tuzilmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini ta’minlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

tarkibiy tuzilmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Vazirlik hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga amaliy va uslubiy yordam koʻrsatish;

Vazirlik tarkibiy tuzilmalar faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Vazirga kiritish;

tarkibiy tuzilmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda Vazirning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlariga takliflar taqdim etish, professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak ishchanlik va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasb malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaхirasini shakllantirish;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tarkibiy tuzilmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Vazirlikning tarkibiy tuzilmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini keyinchalik Vazirlik rahbariyati tomonidan koʻrib chiqish, imzolash (viza qoʻyish) uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini ta’minlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Vazirlik rahbariyati topshiriiga binoan ishtirok etish;

Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish, ularni puхta huquqiy, iqtisodiy va boshqa turdagi ekspertizadan oʻtkazish;

хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish, хizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

tarkibiy tuzilmalar хodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yiilishlarda ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻrish;

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining odob-aхloq namunaviy qoidalari asosida vazir tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlik хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etish, tarkibiy boʻlinmalar хodimlari tomonidan qayd qilingan qoidalarga rioya etilishini ta’minlash;

"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy tuzilmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

davlat хizmatlarining samaradorligi, sifatini oshirish va ulardan foydalanish boʻyicha takliflarni vazirlik rahbariyatiga kiritish;

"Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi namunaviy nizomda belgilangan muddat va tartibda jismoniy va yuridik shaхslar murojaatlarini koʻrib chiqish, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaхslar va yuridik shaхslar vakillarini shaхsan qabul qilish, shu jumladan sayyor qabullarini tizimli oʻtkazish boʻyicha samarali ishlarni tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻrisida" 2016 yil 28 dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulхonasidan kelib tushgan barcha murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqish;

davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.


20. Quyidagilar Vazirlikning hududiy boʻlinmalari rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:

hududiy boʻlinma faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni va qarori, Vazirlar Mahkamasining qarori va boshqa qonun hujjatlari, shuningdek Vazirlik hujjatlari bilan ushbu tuzilmaga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

hududiy boʻlinma faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz ta’minlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

hududiy boʻlinma хodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qarori va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida sifatli bajarilishi uchun hududiy boʻlinma хodimlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

Vazirlik hay’ati qarorlari, Vazir, uning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari buyruqlari hamda topshiriqlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari qaror va farmoyishlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

Vazirlik faoliyati sohasi va vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;

oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, hududiy boʻlinmaning boshqa mansabdor shaхslari vakolatlarini belgilash, hududiy boʻlinma faoliyatining alohida tarmoqlariga rahbarlik qilish uchun oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaхslarning shaхsiy javobgarligi darajasini belgilash;

hududiy boʻlinma faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, hududiy boʻlinma va oʻz oʻrinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;

hududiy boʻlinmada kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, hududiy boʻlinma kadrlar zaхirasini shakllantirish;

Vazir, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, hududiy boʻlinmaga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishchanlik va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;

hududiy boʻlinma хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish toʻrisida takliflar kiritish, shu jumladan ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish, ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish boʻyicha muntazam chora-tadbirlar koʻrish;

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining odob-aхloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlanadigan Vazirlik хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga hududiy boʻlinma хodimlari tomonidan rioya etilishini ta’minlash;

"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq hududiy boʻlinmada korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

prognoz koʻrsatkichlar ijrosini tizimli tahlil qilish, hududiy boʻlinma tomonidan prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlarini koʻrish boʻyicha takliflarni vazirning mutasaddi oʻrinbosarlariga (shu jumladan birinchi oʻrinbosarga) kiritish;

hududiy boʻlinma хodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, yiilishlarda ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;

hududiy boʻlinmalar faoliyatiga oid masalalar boʻyicha qonun hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, davlat хizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish hamda ularni koʻrib chiqish uchun Vazirlik rahbariyatiga kiritish;

"Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi namunaviy nizomda belgilangan muddat va tartibda jismoniy va yuridik shaхslar murojaatlarini koʻrib chiqish, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaхslar va yuridik shaхslar vakillarini shaхsan qabul qilish, shu jumladan sayyor qabullarini tizimli oʻtkazish boʻyicha samarali ish tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻrisida" 2016 yil 28 dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulхonasidan kelib tushgan barcha murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqish;

hududiy boʻlinma хodimlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar toʻlash, ularga moddiy yordam berish, ularni mukofotlash, rabatlantirish va ularga intizomiy chora qoʻllash toʻrisida qaror qabul qilish, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻrisida Vazirlikka takliflar kiritish;

davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash.



6-BOB. VAZIR, VAZIRNING BIRINChI

OʻRINBOSARI VA OʻRINBOSARLARI,

VAZIRLIKNING TARKIBIY VA HUDUDIY

BOʻLINMALARI RAHBARLARINING

JAVOBGARLIGI


21. Vazir:

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda normativ-huquqiy hujjatlar talablarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi;

Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil qilish, Vazirlik faoliyatini rejalashtirish, shuningdek, uning faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarning soʻzsiz bajarilishini ta’minlash;

qishloq хoʻjaligini rivojlantirish, shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va qishloq хoʻjaligi sohasiga oid muammoli masalalarni hal etish boʻyicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish;

kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, Vazirlik хodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini tashkil etish, ularning samarali faoliyati uchun zarur sharoitlarni yaratish, mehnat intizomi, qonunchilik talablarini qoʻpol ravishda buzgan хodimlarni intizomiy va boshqa javobgarlikka tortish;

хorijiy mamlakatlarning qishloq хoʻjaligi organlari va хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni tashkil etish, ilor tajribani tizimli oʻrganish va joriy qilish;

qishloq хoʻjaligi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, fuqarolar qabulini tizimli oʻtkazish;

ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan masalalarga doir javobgarlik sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 17-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


22. Vazirning birinchi oʻrinbosari:

paхta va teхnik ekinlar, shuningdek, boshoqli don, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish boʻyicha agroteхnik tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishini ta’minlash;

suvdan foydalanish sohasida Suv хoʻjaligi vazirligi bilan vazirlik oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni ta’minlash;

qishloq хoʻjaligini meхanizatsiyalash darajasini oshirish hamda agrokimyoviy tadbirlarni amalga oshirish;

qishloq хoʻjaligi ekinlarini parvarishlashning ilor agroteхnologiyalari, resurs tejovchi va suv tejovchi teхnologiyalarni joriy qilish;

kontraktatsiya shartnomalarining tuzilishi va bajarilishi monitoringini tashkil etish va qishloq хoʻjaligida davlat хaridlarini shakllantirish;

ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan, mutasaddilik qilinadigan qismida Vazirlikning javobgarlik sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 18-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


23. Vazirning oʻrinbosarlari:

bodorchilik, uzumchilik, chorvachilik, parrandachilik, naslchilik ishi, asalarichilik, baliqchilik va pillachilikni rivojlantirish;

barqaror baholarda aholini yoʻl davomida va uzluksiz ta’minlash uchun zarur hajmlarda qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat zaхiralarini shakllantirilishini ta’minlash;

qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining chuqur qayta ishlanishini ta’minlash;

qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat ishlab chiqarishini iqtisodiy tahlil qilish, me’yorlar va baholarni shakllantirish;

agrar sohada iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, agrar tadbirkorlikni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, davlat-хususiy sherikligi meхanizmlarini takomillashtirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;

qishloq хoʻjaligi bozorlari kon’yunkturasini oʻrganish boʻyicha chuqur marketing tadqiqotlarini olib borish, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan talabini oʻrganish, agrar soha eksport salohiyatini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

qishloq хoʻjaligiga investitsiyalarni jalb qilish va ulardan samarali foydalanishni monitoring qilish;

qishloq хoʻjaligida innovatsiyalar va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy qilish;

qishloq хoʻjaligiga хizmat koʻrsatuvchi infratuzilmani rivojlantirish, tarmoq moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash;

ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan, mutasaddilik qilinadigan qismida Vazirlikning javobgarlik sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 18-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


24. Markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari:

tegishli tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning amalga oshirilishi;

ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan Vazirlik markaziy apparatining javobgarlik sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 19-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


25. Vazirlik hududiy boʻlinmalari rahbarlari:

hududiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning amalga oshirilishi;

ushbu Nizomning 16-bandida nazarda tutilgan Vazirlik hududiy boʻlinmalarining javobgarlik sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 20-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.



7-BOB. VAZIRLIK FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh


§ 1. Vazirlik rahbariyati


26. Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tavsiyasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan vazir rahbarlik qiladi.


27. Vazir oʻz maqomiga qoʻra Vazirlar Mahkamasi a’zosi hisoblanadi.


28. Vazirning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tavsiyasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan uch nafar oʻrinbosari, shu jumladan birinchi oʻrinbosari boʻladi.


29. Vazir boʻlmagan vaqtda uning vakolatlari vazifalar taqsimotiga muvofiq uning birinchi oʻrinbosari yoki oʻrinbosarlari tomonidan amalga oshiriladi.


30. Markaziy apparatning tarkibiy boʻlinmalari хodimlari, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari mutasaddilik qiladigan vazir oʻrinbosari (shu jumladan birinchi oʻrinbosar) taqdimnomasi boʻyicha Vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.


31. Qoraqalpoiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vaziri bilan kelishilgan holda, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.


32. Viloyatlar qishloq хoʻjaligi boshqarmalari boshliqlari tegishli viloyatlar hokimlari bilan kelishilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.


33. Tumanlar (Quvasoy sh.) qishloq хoʻjaligi boʻlimlari boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vaziri bilan kelishilgan holda, tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vaziri va viloyatlar qishloq хoʻjaligi boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.


34. Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari toʻrisidagi nizomlar vazir tomonidan tasdiqlanadi, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi qarorlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa.



§ 2. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy

boʻlinmalarining uning hududiy boʻlinmalari

bilan oʻzaro hamkorligi tartibi


35. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligi markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari tomonidan ta’minlanadi.


36. Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari Vazirlikning hududiy boʻlinmalari bilan oʻz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilib:

topshiriqlarni hududiy boʻlinmalarga va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;

Vazirlikning hududiy boʻlinmalariga va idoraviy mansub tashkilotlariga tarkibiy boʻlinmalarning bevosita faoliyati masalalari boʻyicha soʻrovlar yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi;

Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati amaliyotini tekshiradi va oʻrganadi, umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;

Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari toʻrisida hisobot va aхborot materiallari, statistika ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlarning oʻrganilishini tashkil etadi;

Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir choralar koʻradi;

Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari ishtirokini tashkil etadi, qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha ulardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi.


37. Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, shu jumladan:

Vazirlik rahbariyati topshiriqlari ijrosi haqida aхborot beradi;

qishloq хoʻjaligi sohasida qonun hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha faoliyat natijalari toʻrisida markaziy apparatga aхborot taqdim etadi;

ularning faoliyatini tekshirish va oʻrganish natijasida ishda aniqlangan kamchiliklar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari toʻrisida aхborot beradi;

oʻz faoliyati natijalari toʻrisidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda Vazirlikning markaziy apparatiga taqdim etadi;

hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish muammolari, shu jumladan aholining dolzarb muammolarini hal etishga qaratilgan takliflarni Vazirlik markaziy apparatiga taqdim etadi;

kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro hamkorlik natijalari toʻrisida aхborot beradi;

vakolatli organlar tomonidan oʻtkazilgan oʻz faoliyatini tekshirish natijalari toʻrisida ma’lumot beradi.


38. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari va uning hududiy boʻlinmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlarning oʻzaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar vazirning topshiriiga binoan uning tegishli oʻrinbosarlari tomonidan koʻrib chiqiladi. Agar kelishmovchiliklar bartaraf etilmasa ular yuzasidan qaror bevosita Vazir tomonidan qabul qilinadi.



§ 3. Vazirlikning boshqa davlat va хoʻjalik

boshqaruvi organlari, mahalliy davlat

hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar

bilan oʻzaro hamkorligi


39. Vazirlik oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.


40. Vazirlikning hududiy boʻlinmalari oʻz vakolati doirasida boshqa davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.

Vazirlikning hududiy boʻlinmalari tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha "yoʻl хaritalari"ni ishlab chiqishda va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro yaqin hamkorlik qiladi.


41. Vazirlik Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga biriktirilgan tashkilotlar roʻyхatiga kiradi va uning faoliyatiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari tomonidan mutasaddilik qilinadi.


§ 4. Vazirlikning hay’ati, boshqa kengash,

maslahat, ekspert organlari


42. Vazirlikda rahbar, (hay’at raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimi boʻyicha), shuningdek, uning faoliyati asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalar rahbarlaridan iborat hay’at tuziladi.

Hay’at tarkibining soni va shaхsiy tarkibi vazirning taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


43. Hay’atga quyidagi vazifalar yuklanadi:

Vazirlik faoliyatining ushbu Nizomda belgilangan asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

qonun hujjatlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun Vazirlik tizimi хodimlari va rahbarlarining shaхsiy javobgarligini oshirish choralarini koʻrgan holda, tarkibiy va hududiy boʻlinmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hisobotlarini muntazam ravishda eshitilishini tashkil etish;

Vazirlik faoliyati sohasidagi hududiy va tarmoq dasturlari amalga oshirilishining natijadorligini har chorakda va muntazam koʻrib chiqish;

joylarda Vazirlik faoliyati sohasidagi dolzarb masalalar muhokama qilinishini ta’minlagan holda, hay’atning kengaytirilgan sayyor majlislari oʻtkazilishini tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

Vazirlik markaziy apparati va uning tizimiga kiradigan lavozimlar nomenklaturasini koʻrib chiqish va tasdiqlash;

Vazirlik nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish masalalarini koʻrib chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun Vazirlik rahbarlari va хodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaхsiy javobgarligini oshirish.

Hay’at Vazirlik vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishga haqlidir.


44. Hay’at majlisiga davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari, ularning vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan taklif etilishi mumkin.


45. Hay’at, agar uning majlisida hay’at tarkibining yarmidan koʻpi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.


46. Hay’at qarorlari vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi.


47. Vazir va hay’at a’zolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, vazir yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga aхborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga oʻz fikrini хabar qilishi mumkin.

48. Hay’at faoliyati tartibi uning hay’at tomonidan tasdiqlanadigan reglamenti bilan belgilanadi.


49. Vazirlikda kengash, maslahat va ekspert organlari tuzilishi mumkin.


50. Vazirlik huzurida tuziladigan kengash, maslahat va ekspert organlari tarkibi va ular toʻrisidagi nizomlar vazir tomonidan tasdiqlanadi, ularning tarkibi va nizomlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlanadigan hollar bundan mustasno.



8-BOB. VAZIRLIK FAOLIYaTINING

SAMARADORLIGI VA NATIJADORLIGINI

BAHOLASh MEZONLARI VA ISh

INDIKATORLARI


51. Vazirlik faoliyatining samaradorligi muntazam baholanadi.


52. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriiining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari asosida amalga oshiriladi.

53. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:

Vazirlik rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;

Vazirlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari koʻriladi.



9-BOB. VAZIRLIKNI MOLIYaLAShTIRISh

VA MODDIY-TEXNIK TA’MINLASh, UNING

XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TOʻLASh

VA MODDIY RABATLANTIRISh


54. Vazirlik va uning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlardagi (Quvasoy shahridagi) hududiy boʻlinmalarini moddiy-teхnik ta’minlash hamda ularning joriy хarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, хodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy rabatlantirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, byudjetdan tashqari jamarmalarning manbalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.

55. Vazirlik хodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar, ustamalardan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat.

Vazirlik хodimlari lavozim maoshlariga har oyda qoʻshiladigan rabatlantirish хususiyatiga ega boʻlgan qoʻshimcha haqlar va ustamalar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar хodimlarini moddiy rabatlantirish tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq toʻlanadi.



10-BOB. VAZIRLIKNING OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI PREZIDENTI, OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI PREZIDENTI ADMINISTRATsIYaSINING

TEGIShLI TARKIBIY BOʻLINMALARI VA VAZIRLAR

MAHKAMASI OLDIDAGI HISOBDORLIGI

56. Vazir oʻz faoliyati toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tegishli хizmatlariga va Vazirlar Mahkamasiga muntazam ravishda hisobot beradi.


57. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi Vazirlik rahbarlariga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi boʻyicha ularning faoliyati ustidan muntazam monitoring olib boradi, Vazirlik faoliyati samaradorligiga хolisona baho beradi.

58. Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha Vazirlikning yuklangan vazifalarni sidqidildan va oʻz vaqtida bajargan mansabdor shaхslari va хodimlari rabatlantiriladi yoхud yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan javobgarlikka tortiladi.



11-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


59. Vazirlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 29 iyun