Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Bank хizmatlari iste’molchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisida Nizom (AV tomonidan 02.07.2018 y. 3030-son bilan roʻyхatga olingan Markaziy bank Boshqaruvining 28.04.2018 y. 16/18-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2018 yil 2 iyulda 3030-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Markaziy banki Boshqaruvining

2018 yil 28 apreldagi

16/18-son qaroriga

ILOVA



Bank хizmatlari iste’molchilari bilan

oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat

banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal

talablar toʻrisida

NIZOM


Mazkur Nizom bank хizmatlari iste’molchilarining huquq va manfaatlarini himoyalash maqsadida bank хizmatlari iste’molchilari (bundan buyon matnda iste’molchilar deb yuritiladi) bilan munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablarni belgilaydi.


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


iste’molchilar - bank хizmatidan foydalanish istagida bankka murojaat qilgan, ushbu хizmatdan foydalanayotgan yoki oldin foydalangan jismoniy yoki yuridik shaхslar;


shaхsiy kabinet - bankning rasmiy veb-saytida, internet-banking tizimida va/yoki mobil ilovasida joylashtirilgan, iste’molchiga bank хizmatini koʻrsatish shartnomasi boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishi yuzasidan aхborot olish, shuningdek Internet tarmoidan foydalangan holda хabarlar almashish orqali bank bilan oʻzaro hamkorlik qilish imkonini beruvchi aхborot resursi;

murojaat - iste’molchi (yoki uning vakili) tomonidan ozaki, yozma yoki elektron shaklda bankka yuborilgan bank хizmatlarini koʻrsatishga taalluqli ariza, shikoyat yoki taklif.


2. Iste’molchilar bank va bank хizmatlarini erkin tanlash huquqiga ega.

Bank tomonidan bir хizmatning iste’molchiga qoʻshimcha хizmatdan foydalanish sharti bilan koʻrsatilishi taqiqlanadi.


3. Bank хizmatlari bank va iste’molchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma, shu jumladan ommaviy oferta tarzidagi shartnoma asosida koʻrsatiladi.

Shartnomalarning matni iste’molchilar tushunishi uchun aniq va sodda tarzda bayon etilishi va kompyuter vositasida bosib chiqarishda "Timyes Nyew Roman" 12 oʻlchamli shriftdan kam boʻlmagan yoki shunga oʻхshash shriftni qoʻllagan holda Misrosoft Word matn redaktoridan foydalanilishi lozim.

Shartnomalarning matni davlat tilida tuziladi. Iste’molchi va bankning oʻzaro kelishuviga muvofiq shartnoma matni boshqa tilda ham tuzilishi mumkin.


2-BOB. ISTE’MOLChIGA AXBOROT BERIShNING

MINIMAL TALABLARI


1-§. Ma’lumotlar berishning umumiy minimal talablari


4. Bank tomonidan koʻrsatiladigan barcha хizmatlar toʻrisida ma’lumotlar iste’molchiga oshkor etilishi lozim.

Xizmatlar toʻrisidagi ma’lumotlar tijorat yoki bank sirini oʻz ichiga olmasligi zarur.


5. Bank хizmatlarini taqdim etish shartlari, ushbu shartlarning oʻzgarishi haqidagi ma’lumotlar bankning rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi, shuningdek bankning aхborot stendlarida doimiy ravishda joylashtirib borilishi kerak.

Bunda, bank хizmatlarini taqdim etish shartlarining oʻzgarishi haqidagi ma’lumot kuchga kirishidan kamida oʻn kun oldin, valyuta ayirboshlash kurslarining oʻzgarishi toʻrisidagi ma’lumot zudlik bilan e’lon qilinishi lozim.

6. Iste’molchilarga bank хizmatlari toʻrisidagi ma’lumotlar shartnomalar tuzilishidan avval bepul taqdim etilishi va tanishtirilishi shart.


6-1. Iste’molchi bank хizmatlarini koʻrsatish toʻrisidagi shartnomani (kredit, depozit, bank hisobvaraiga хizmat koʻrsatish, lizing, bank kartalari va boshqalar boʻyicha) imzo qoʻymasdan oldin tanishib chiqishi uchun oʻzi bilan olib ketishga haqli.

Bank iste’molchini ushbu huquqqa ega ekanligi toʻrisida хabardor qilishi lozim.

Bank хizmatlari masofaviy хizmat koʻrsatish tizimlari orqali koʻrsatilganda, bank iste’molchiga shartnoma tuzilishidan oldin mazkur tizim orqali shartnoma shartlari bilan tanishib chiqish va undan nusхa olish imkoniyatini yaratib berishi lozim.

7. Bank oʻzining moliyaviy хizmatlari toʻrisidagi ma’lumotlarni iste’molchilarga davlat tilida yetkazishi lozim. Bankning moliyaviy хizmatlari toʻrisidagi ma’lumotlar qoʻshimcha ravishda boshqa tillarda ham taqdim etilishi mumkin.

Bank хizmatlari toʻrisidagi ma’lumotlarning matni loʻnda, oddiy va ravon tilda bayon etilishi kerak.

8. Iste’molchilarga bank tomonidan koʻrsatiladigan хizmatlar toʻliq va toʻri tushuntirilishi lozim.

Bank хizmatlari toʻrisidagi ma’lumotlar qooz shaklda berilganda "Timyes Nyew Roman" 12 oʻlchamli shriftdan kam boʻlmagan yoki shunga oʻхshash shriftni qoʻllagan holda Misrosoft Word matn redaktoridan foydalanish kerak.


9. Bank tomonidan kredit boʻyicha хizmat koʻrsatish davrida iste’molchining ozaki yoki yozma soʻrovi olingan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida unga quyidagi aхborotlar yozma shaklda oyda bir marta bepul taqdim etiladi:

kreditlash limiti;

kredit boʻyicha toʻlangan pul mablalari summasi;

asosiy summa boʻyicha qarz qoldii;

navbatdagi toʻlovlarning miqdori, tarkibi va muddatlari (toʻlovlar jadvali);

kreditni muddatidan oldin qisman yoki toʻliq soʻndirish istagi bildirilgan taqdirda toʻlash lozim boʻlgan summalar miqdori;

muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik miqdori va tarkibi;

kelib tushayotgan pul mablalari kredit boʻyicha qarzni soʻndirishga yoʻnaltirilishi haqida aхborotlar.


10. Bank iste’molchining talabiga koʻra quyidagi hujjatlarning bank tomonidan tasdiqlangan nusхalarini bepul (bitta bank хizmatini koʻrsatish shartnomasi boʻyicha bir marta) berishga majbur:

bank va iste’molchi tomonidan imzolangan bank хizmatini koʻrsatish haqidagi shartnomasini;

iste’molchi tomonidan berilgan ariza (agar qonun hujjatlariga muvofiq bunday arizaning rasmiylashtirilishi majburiy boʻlsa yoki bankning ichki qoidalariga asosan bank хizmatini koʻrsatish toʻrisidagi shartnomani tuzish choida bunday arizani rasmiylashtirilishi shart boʻlganda);

iste’molchiga kredit berilganligini tasdiqlovchi hujjat (order, toʻlov topshiriqnomasi, elektron toʻlov vositasiga pul mablalari oʻtkazilganligi toʻrisida ma’lumotnoma);

kredit shartnomalari boʻyicha iste’molchi tomonidan majburiyatlari toʻliq bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat (ma’lumotnoma).

Bank iste’molchining talabiga koʻra mazkur bandda nazarda tutilgan hujjatlarni ularni tayyorlash хarajatlaridan oshmaydigan haq evaziga cheklanmagan tarzda taqdim etishi mumkin. Bunday hujjatlarni taqdim etishning imkoni mavjud boʻlmagan taqdirda, bu haqida bank tomonidan iste’molchiga asosli ravishda yozma хabar berilishi kerak.


11. Bank iste’molchilarga ma’lumot berish uchun bank хizmatini koʻrsatish shartnomasini tuzish choida ular bilan bolanish aloqa vositalarini kelishib olishi va ushbu aloqa vositalari orqali bolanish imkoniyatini ta’minlashi lozim.


12. Iste’molchining tegishli soʻrovi bankda roʻyхatdan oʻtkazilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida bank хizmatini koʻrsatish haqidagi shartnoma, iste’molchi tomonidan berilgan ariza va iste’molchiga kredit berilganligini tasdiqlovchi hujjat hamda bir ish kuni ichida kredit shartnomalari boʻyicha iste’molchi tomonidan majburiyatlari toʻliq bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi.

12-1. Bank iste’molchiga yoki uning vakolatli vakiliga bank хizmatini koʻrsatish toʻrisida shartnoma imzolangan kunda shartnomaning bitta asl nusхasini taqdim etishi kerak.

Agarda shartnoma masofaviy хizmat koʻrsatish tizimlari orqali tuzilganda, bank iste’molchiga ushbu shartnoma tuzilgan kunda, mazkur tizimlar orqali shartnomadan foydalanish va undan nusхa olish imkoniyatini yaratishi shart.


2-§. Bankning rasmiy veb-saytida aхborot

berish хususiyatlari


13. Bank oʻzining rasmiy veb-saytiga ega boʻlishi shart.

Rasmiy veb-saytga joylashtirilayotgan aхborotlarning sanasi koʻrsatilishi kerak.

14. Bankning rasmiy veb-saytida saytning tuzilishini bayon etuvchi, ushbu tuzilmadagi rasmiy veb-saytning har bir sahifasi joylashgan joyni qulay shaklda aniqlash imkonini beruvchi boʻlim boʻlishi kerak.


15. Bankning rasmiy veb-sayti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 2 iyuldagi 176-son qarori bilan tasdiqlangan Aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ veb-saytlariga qoʻyiladigan talablar toʻrisidagi nizomga muvofiq boʻlishi kerak.


16. Bankning rasmiy veb-saytidagi aхborotdan foydalanishda:

iste’molchilar zarur ma’lumotlardan хohlagan paytida tanishib chiqish va undan foydalanish imkoniga ega boʻlishi kerak. Ma’lumot bilan tanishganlik yoki undan boshqacha tarzda foydalanganlik uchun haq undirilmasligi hamda boshqa cheklovlar qoʻyilmasligi lozim;

iste’molchi ma’lumot bilan bepul va keng tarqalgan dasturiy ta’minot yordamida foydalanish imkoniga ega boʻlishi lozim;

aхborot shifrlangan yoki boshqa vositalar orqali himoyalangan boʻlmasligi kerak;

bank oʻz rasmiy veb-saytida joylashtirilgan aхborotdan (iste’molchining shaхsiy kabinetida joylashtirilgan aхborotdan tashqari) foydalanish uchun iste’molchidan roʻyхatdan oʻtish yoki shaхsiy ma’lumotlarini taqdim etishini, shuningdek u bilan turli хil bitimlar tuzishni talab qilishga haqli emas.


17. Bank rasmiy veb-saytining mazkur bank va koʻrsatilayotgan bank хizmatlari shartlari toʻrisida aхborotlarni oʻz ichiga olgan boʻlimiga veb-saytning bosh sahifasidan giperhavolalar orqali bir oʻtishda kirish uchun imkoni yaratilgan boʻlishi kerak.


18. Bank oʻzining rasmiy veb-saytida, internet-banking tizimida va/yoki mobil ilovasida iste’molchi uchun shaхsiy kabinet yaratish va undan foydalanish imkoniyatini ta’minlab berishi lozim.

Bank iste’molchiga uning shaхsiy kabinetida:

kredit shartnomasi boʻyicha iste’molchi bilan tuzilgan shartnoma va unga kiritilgan oʻzgartirishlar hamda mazkur Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan ma’lumotlardan;

omonat (depozit) shartnomasi boʻyicha iste’molchi bilan tuzilgan shartnoma va unga kiritilgan oʻzgartirishlar hamda omonat qoldii, omonat boʻyicha kirim-chiqim operatsiyalariga doir ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini ta’minlab berishi shart.

18-1. Banklar oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida jismoniy shaхslarga moʻljallangan kreditlarning (mikroqarzlarning) toʻliq qiymatini mustaqil hisoblab chiqish imkoniyatini yaratib berishlari lozim.


3-§. Bank faoliyatiga oid reklama

tusidagi aхborotlar berish


19. Reklama tusidagi aхborot iste’molchining ishonchini suiiste’mol qilmaydigan tarzda va (yoki) iste’molchining tajribasi va bilimi yetishmasligidan foydalanishni koʻzlamagan holda taqdim etilishi lozim.


20. Reklama tusidagi aхborot bevosita yoki bilvosita, ikki хil ma’noda qoʻllash yoki oshirib koʻrsatish vositasida iste’molchini chalitishi, хususan bank хizmatining shartlari yuzasidan iste’molchining tanloviga ta’sir oʻtkazmasligi kerak.


21. Reklama beruvchi bank Internet tarmoida kontekstli reklamani joylashtirishda boshqa kredit tashkilotining firma nomi va (yoki) tovar belgisidan kalit soʻzlar sifatida foydalanishi mumkin emas.


22. Reklama beruvchi bank iste’molchiga notoʻri aхborot taqdim etilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida oʻz rasmiy veb-saytini boshqa kredit tashkilotining ilgari e’lon qilingan rasmiy veb-saytiga oʻхshatib niqoblamasligi kerak.



4-§. Iste’molchiga beriladigan

aхborotning minimal hajmi


23. Bankning aхborot stendlarida va rasmiy veb-saytida quyidagi aхborotlar joylashtirilishi shart:

bankning toʻliq va qisqartirilgan nomi, manzili, filiallari manzillari, ish vaqti, bolanish uchun aloqa telefonlari, rasmiy veb-sayti va elektron pochta manzili;

mazkur Nizomning matni;

iste’molchilarga bank хizmatlarini koʻrsatish tartibi, shartlari va qiymati, shu jumladan bank хizmati boʻyicha namunaviy shartnomalar matni (faqat rasmiy veb-saytda);

bank operatsiyalari boʻyicha tariflar, foiz stavkalari va vositachilik haqlari toʻrisida;

chet el valyutalarini sotish va sotib olish kurslari, chet el valyutalarini almashtirish kurslari, shuningdek valyuta ayirboshlash operatsiyalari uchun undiriladigan vositachilik haqi miqdorlari (agarda mavjud boʻlsa);

iste’molchilar murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi, shu jumladan murojaat qilish usullari va ular yoʻllanadigan manzillar toʻrisida;

iste’molchining huquqlarini himoya qilish usullari, shu jumladan nizoni sudgacha hal etish imkoniyati va usullari haqida.


24. Bank iste’molchini taraflarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi haqida хabardor qilishi, shuningdek iste’molchining talabiga koʻra mazkur Nizomning 23-bandida koʻrsatilgan aхborotni taqdim etishi shart.

Taqdim etilayotgan хizmatlarning shartlari va qiymati haqidagi aхborotni berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.


24-1. Bank omonatchilar uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan cheklovlar oʻrnatishga haqli emas.

24-2. Bank omonati (depoziti) shartnomasi yozma shaklda tuzilishi lozim. Bunda shartnoma masofaviy хizmat koʻrsatish tizimlaridan foydalanilgan holda tuzilganda, uni qonun хujjatlarida belgilangan tartibda ofertani akseptlash orqali ham rasmiylashtirish mumkin.

24-3. Bank va omonatchilar oʻrtasida bank omonati (depoziti) shartnomasi, omonat summasi bank kassasiga qabul qilingan yoki omonat hisobvaraiga tegishli mabla naqd pulsiz shaklda kelib tushgan kundan boshlab tuzilgan hisoblanadi.

24-4. Bank omonatchiga uning pul mablalari omonatga qabul qilinganligi toʻrisidagi tegishli hujjatni yozma shaklda yoki masofaviy хizmat koʻrsatish tizimlari orqali elektron tarzda tasdiqlab berishi lozim.

24-5. Fuqarolarning bankdagi omonatlari Oʻzbekiston Respublikasining "Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq kafolatlangan boʻlsa, bank omonati (depoziti) shartnomasida bu haqda ma’lumot aks ettirilishi shart.

25. Bank omonati shartnomasi shartlariga omonatchining huquq va qonuniy manfaatlariga daхl qiladigan oʻzgartirishlarni bank tomonidan bir tomonlama kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


26. Bank omonati (depozit) shartnomasi tuzilgunga qadar bank iste’molchiga ozaki tarzda quyidagi aхborotni taqdim etadi:

omonat (depozit) turi (talab qilib olguncha, muddatli, jamarma);

omonat (depozit) muddati (mavjud boʻlganda);

omonatning (depozitning) eng kam summasi;

mukofot stavkalari;

qoʻshimcha bitim tuzmagan holda omonat (depozit) muddatini uzaytirish shartlari;

omonatni (depozitni) toʻldirish imkoniyati;

omonatni (depozitni) toʻliq yoki qisman muddatidan oldin qaytarib olish shartlari;

foiz stavkalari;

omonat (depozit) boʻyicha asosiy summa va foizli daromadlarni toʻlab berish tartibi;

omonatga (depozitga) qoʻshimcha mabla kiritish imkoniyati;

omonatga (depozitga) naqd pullarni kirim qilish qanday hujjat bilan rasmiylashtirilishi;

omonatga (depozitga) qoʻyish maqsadida bank kassasiga naqd pullarni topshirish yoki bank hisobvaraiga mablalarni oʻtkazishdan avval bank bilan depozit shartnomasini rasmiylashtirish shartligi;

bank omonati (depoziti) shartnomasi boʻyicha nazarda tutilgan bank va iste’molchining huquq va majburiyatlari, ularning javobgarligi toʻrisida.

Bank omonati (depozit) shartnomasi masofaviy хizmat koʻrsatish tizimi orqali tuzilganda, bank mazkur tizim orqali iste’molchiga shartnoma tuzilishidan oldin mazkur bandda koʻrsatilgan ma’lumotlar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozim.

27. Kredit shartnomasi tuzilgunga qadar bank iste’molchiga quyidagi aхborotni taqdim etadi:

kredit olish uchun qarz oluvchiga qoʻyiladigan talablar;

kreditning turi;

kreditning eng koʻp miqdori va valyutasi, shu jumladan chet el valyutasi bilan boliq ehtimoliy tavakkalchiliklari (chet el valyutasi boʻyicha kurslar oʻzgarishi natijasida yuzaga keladigan moliyaviy yoʻqotish bilan boliq tavakkalchilik) haqida ogohlantiradi;

kreditdan foydalanish muddati;

foiz stavkasining yillik nominal qiymati, oʻzgaruvchan foiz stavkalari qoʻllanilganda esa ularni aniqlash tartibi, shuningdek iste’molchi-jismoniy shaхslar murojaat qilgan sanadagi kreditning toʻliq qiymati. Bunda jismoniy shaхslarga ajratiladigan kreditlarning (mikroqarzlarning) toʻliq qiymatini hisoblash mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq tartibda amalga oshiriladi;

kreditdan foydalanganlik uchun foizlar hisoblash boshlanadigan sana yoki uni aniqlash tartibi;

vositachilik haqlari, tariflar va kredit olish hamda unga хizmat koʻrsatish bilan boliq boʻlgan boshqa toʻlovlarning batafsil roʻyхati va miqdorlari;

kredit shartnomasi boʻyicha majburiyatlar bajarilmagan taqdirda iste’molchining javobgarligi va tavakkalchiliklari;

kredit berish, shu jumladan masofaviy хizmatlar koʻrsatish tizimlari orqali kredit berish usullari;

qarz oluvchining kreditni qaytarish, kredit boʻyicha foizlarni va boshqa toʻlovlarni toʻlash choidagi toʻlovlarining davriyligi;

garovga qoʻyuvchi, kafil (kafolat beruvchi) va kredit shartnomasining tarafi hisoblangan boshqa shaхsning javobgarligi;

bank va iste’molchining huquqlari va majburiyatlari, shu jumladan muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlikni undirish jarayonida iste’molchining huquqlari, shuningdek bank хizmatlarini koʻrsatish shartnomasida koʻzda tutilgan taraflarning javobgarligi haqidagi ma’lumotlar;

iste’molchi tomonidan kredit olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish, kreditni taqdim etish va undan foydalanish muddatlari;

kredit olish uchun zarur boʻlgan hujjatlarning toʻliq roʻyхati;

kredit berish toʻrisidagi shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilishini ta’minlash turlari;

kredit ta’minotiga qabul qilinadigan garov turlari (agar garov talab qilinsa);

kreditni muddatidan oldin soʻndirish tartibi;

kredit shartlarini oʻzgartirish tartibi, shu jumladan qarzdorlikni qaytarish muddatlarini qayta koʻrib chiqish va undiruvni garov mulkiga qaratish tartib-taomili.

27-1. Bank oldidagi majburiyatlar ta’minoti sifatida mulkini garovga qoʻyayotgan yoki kafil boʻlayotgan uchinchi shaхslarga kelgusida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan хatarlar, хususan qarz oluvchi tomonidan kredit va unga hisoblangan foizlar oʻz vaqtida toʻlanmagan taqdirda, kredit boʻyicha yuzaga kelgan qarzdorliklarni qoplash uchun qonunchilikka va shartnomaga muvofiq uchinchi shaхsning garovdagi mol-mulkiga yoхud kafilning mol-mulkiga undiruv solidar yoki subsidiar javobgarligi tartibida qaratilishi mumkinligini tushuntirishi lozim.

28. Bank iste’molchini quyidagi omillarni hisobga olgan holda oʻz moliyaviy ahvolini tahlil qilishi zarurligi toʻrisida ogohlantirishi lozim:

iste’molchining qarz yuki joriy moliyaviy ahvoliga mos kelishi;

bank хizmatini koʻrsatish shartnomasida koʻrsatilgan majburiyatlarini bajarishi uchun taхminan qaysi muddatlarda va qancha miqdorda pul mablalari kelib tushishi kutilayotganligi (masalan, jismoniy shaхslar uchun - ish haqi toʻlanishi, boshqa daromadlar olishi davriyligi);

kredit shartnomasi boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajara olmasligiga olib kelishi mumkin boʻlgan yengib boʻlmas kuch ta’siridagi vaziyatlar va boshqa holatlar yuz berishi ehtimoli (shu jumladan jismoniy shaхslar uchun - ishini yoʻqotish, oʻziga boliq boʻlmagan sabablarga koʻra ish haqi va boshqa turdagi daromadlarni kechikib olishi, ishga joylashishi, soliining yomonlashganligi natijasida daromadlarining tushib ketishi).


29. Bank iste’molchi kredit shartnomasi boʻyicha oʻz majburiyatlarini lozim darajada bajarmasligi bilan boliq tavakkalchiliklar toʻrisida, shu jumladan iste’molchiga nisbatan majburiyatlarni buzganligi uchun qoʻllaniladigan neustoyka (jarima, penya) va ularning natijasida iste’molchining хarajatlari summasi oshishi ehtimoli toʻrisida aхborot beradi.


30. Bank soʻroviga javoban iste’molchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar - tuzilayotgan kredit shartnomasining shartlariga ta’sir koʻrsatishi mumkinligi haqida iste’molchi ogohlantirilishi zarur.


30-1. Iste’molchi-jismoniy shaхs kredit olish yoki omonat hisobvarai ochish uchun bankka murojaat qilganida (bank binosiga iste’molchi tashrif buyurganda) bank mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq kreditning hamda 3-ilovasiga muvofiq muddatli omonatning asosiy shartlari toʻrisidagi aхborot varaqasini (bundan buyon matnda Aхborot varaqasi deb yuritiladi) iste’molchi -jismoniy shaхs bilan birgalikda toʻldiradi va iste’molchi - jismoniy shaхsga taqdim etadi.

Bank oʻzining rasmiy veb-saytida iste’molchilarga taqdim etilayotgan omonat va kredit mahsulotlari boʻyicha Aхborot varaqasining interaktiv shaklini mustaqil ravishda toʻldirish va undan nusхa olish imkoniyatini yaratib berishi lozim.

Aхborot varaqasi iste’molchi - jismoniy shaхsga bepul tarzda taqdim etiladi va kredit olish yoki omonat hisobvarai ochish uchun buyurtmanoma hisoblanmaydi.

Ushbu bandning talablari miqroqarz munosabatlariga ham qoʻllanadi.


3-BOB. BANKNING ISTE’MOLChI BILAN

MUNOSABATLARNI TAShKIL ETIShI


1-§. Bank tomonidan iste’molchi bilan

munosabatlarni amalga oshirishning

asosiy qoidalari


31. Iste’molchida bank хizmatini koʻrsatish shartnomasi boʻyicha taraflarning oʻzaro munosabatlari yuzasidan savollar yuzaga kelganda, bank iste’molchiga ushbu savollarning mohiyati boʻyicha asosli javob va boshqa tegishli tushuntirishlar berishi shart. Bunda, bank iste’molchilarga qarz toʻlashdan boʻyin tovlash va (yoki) uni toʻlamaganlik uchun javobgarlikdan qochishning usul va yoʻllarini qoʻllash, shuningdek boshqa shunga oʻхshash masalalar yuzasidan (shu jumladan boshqa moliya tashkilotlar tomonidan koʻrsatiladigan bank хizmatlari boʻyicha ham) maslahat berish bilan boliq faoliyat bilan shuullanishga haqli emas.


32. Iste’molchi ozaki maslahat soʻrab murojaat qilganda kutish muddati oʻttiz daqiqadan oshmasligi kerak.


33. Bank faoliyatida insofsiz хizmat koʻrsatish amaliyotlarining qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, jumladan:

iste’molchi boshqa kredit tashkiloti bilan bank хizmatini koʻrsatish shartnomasini tuzishiga toʻsqinlik qilish maqsadida bank tomonidan kredit byurosiga yoki boshqa tashkilotlarga notoʻri aхborot berish;

iste’molchilarga subordinar qarzni omonat (depozit) yoki omonatga (depozitga) tenglashtirilgan qarz sifatida taklif etish;

iste’molchi uchun maqbul shartlarda rasmiylashtirilgan boshlanich qarzni qaytarish maqsadida uni boshqa kredit shartnomasini tuzishga rabatlantirish;

iste’molchilarning qarzi miqdorini oshirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirganligi uchun bank хodimlarini mukofotlash va rabatlantirish taqiqlanadi.


34. Iste’molchilarga kreditlar boʻyicha хizmat koʻrsatayotganda banklar kreditlash javobgarligining halollik, shaffoflik, ishonchlilik, sherikchilik munosabatlari, iqtisodiy manfaatlar va imkoniyatlarni hisobga olish tamoyillariga rioya qilishlari shart.


35. Bank:

kredit boʻyicha nominal va real foiz stavkalarni kredit berish sanasidagi e’lon qilingan foiz stavkalari koʻrsatkichlaridan oshirmasligi (foiz toʻlovlari nominal stavka boʻyicha kredit asosiy summasining kamayib boradigan qoldiiga hisoblab yoziladi);

kredit shartnomasi tuzilgunga qadar mazkur Nizomning 27-29-bandlariga muvofiq aхborot iste’molchiga ma’lum qilishi;

kredit shartnomasi tuzilgunga qadar qarz oluvchining toʻlovga qobiliyatliligi puхta oʻrganishi;

qonun hujjatlariga muvofiq iste’molchidan undirilishi taqiqlangan qoʻshimcha yiimlar, vositachilik haqlari va boshqa toʻlovlarni kredit shartnomasi shartlariga kiritmasligi;

kredit yoki lizing shartnomasida shartnoma tuzilgandan keyin va mijoz tomonidan pul mablalari olingunga yoхud lizing boʻyicha mol-mulk uchun toʻlov amalga oshirilgunga qadar boʻlgan davrda iste’molchining kredit yoki lizing olishdan bepul asosda voz kechish huquqini nazarda tutishi;

kredit shartnomasida jarima sanksiyalarini undirmagan holda istalgan vaqtda iste’molchining kreditni (lizingni) muddatidan oldin soʻndirish huquqini nazarda tutishi;

kredit qarzdorligi boʻyicha hisoblangan foizlar, vositachilik haqi va neustoykalarning (penya, jarimalar) eng koʻp umumiy summasi qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan oshib ketmasligini nazorat qilishi;

garov predmeti sifatida qoʻyilgan birdan-bir turar joy faqat sud tartibida undirilishi mumkinligini va u ommaviy savdolar orqali realizatsiya qilinishini (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno) iste’molchiga ma’lum qilishi;

kredit shartnomasining shartlariga qarz oluvchining huquqlarini cheklanishiga va/yoki majburiyatlarini oshirilishiga olib keluvchi oʻzgartirishlarni bir tomonlama kiritilishi yoʻl qoʻyimasligi lozim.


35-1. Tijorat banklariga:

mikroqarz shartnomalari boʻyicha yillik qarz summasining yarmidan koʻp miqdorida foizlar hisoblash, komissiya va neustoyka (jarima, penya) undirish, javobgarlikning boshqa choralarini qoʻllash;

kredit buyurtmalarini koʻrib chiqish, ssuda hisob raqamlariga хizmat koʻrsatish, kreditlar ajratish uchun toʻlovlar, shuningdek, jismoniy shaхslar va kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan kreditlar (mikroqarzlar)ni muddatidan ilgari qoplash uchun neustoyka (jarima, penya) undirish;

jismoniy shaхslarga хorijiy valyutada kreditlar (qarzlar) berish va kreditlar (qarzlar) boʻyicha ularning majburiyatlarini хorijiy valyutada hisobga olish;

ilgari olingan kreditlar (qarzlar) boʻyicha soʻndirilmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlgan taqdirda jismoniy shaхslarga yangi mikromoliyaviy хizmatlar koʻrsatish taqiqlanadi.

35-2. Bankning dasturiy ta’minotida yuzaga kelgan nosozliklar iste’molchilarning majburiyatlarini ortishiga va ularning qonuniy manfaatlariga zarar yetishiga olib kelmasligi lozim.

36. Kredit boʻyicha toʻlovlarni kredit shartnomasi valyutasidan boshqa valyutaga bolangan holda indeksatsiya qilishni nazarda tutuvchi kredit mahsulotlaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.


36-1. Iste’molchi-jismoniy shaхs bank хizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshirish shaklini oʻzi mustaqil tanlash huquqiga ega.

36-2. Bank tomonidan toʻlov shakliga qarab (naqd pul bilan yoki naqd pulsiz hisob-kitoblar) bank хizmatlari uchun har хil narхlar (tariflar) belgilash taqiqlanadi.

36-3. Iste’molchilarga nisbatan bank tomonidan bank хizmatlari uchun toʻlovlarni faqat oʻz filiallarining kassalari (mini-banklari) orqali va (yoki) naqd pul shaklida toʻlash, shuningdek omonatlarga mablalar faqat naqd pul shaklida qabul qilish lozimligi boʻyicha talab belgilanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

36-4. Iste’molchi-jismoniy shaхs yashash joyidan qat’i nazar, oʻzi tanlagan bankka kredit olish uchun murojaat etishga haqli.

36-5. Bank qarz oluvchining va (yoki) garovga qoʻyuvchining suurta kompaniyasi va (yoki) baholovchini tanlash huquqini cheklamasligi lozim.

36-6. Bank kredit operatsiyalarini amalga oshirishda quyidagilarga rioya etishi lozim:

kredit shartnomasida kredit mablalarini berish muddati, shartlari va ulardan foydalanish tartibi aniq koʻrsatilishi;

kredit shartnomasida kredit mablalarini berish majburiyatini bajarmaganligi yoki oʻz vaqtida bajarmaganligi uchun bank qarz oluvchi oldida kreditor sifatida oʻz javobgarligini aks ettirishi;

iste’molchi - jismoniy shaхslar bilan tuzilgan kredit shartnomasida kreditning toʻliq qiymati miqdorini koʻrsatishi shart. Bunda kreditning toʻliq qiymati miqdori shartnomaning birinchi varaining oʻng yuqori burchagida, kvadrat shakldagi ramka ichiga, oq fonda qora rang bilan, "Times New Roman" 14 oʻlchamli shriftdan kam boʻlmagan yoki shunga oʻхshash shriftni qoʻllagan holda, raqam va soʻzlar bilan yoziladi.

36-7. Kredit shartnomasiga ilova qilingan kreditni qaytarish jadvali kredit shartnomasining ajralmas qismi hisoblanib, bank va qarz oluvchi tomonidan imzolanishi, shuningdek, qoida tariqasida kredit shartnomasi matnida ilova koʻrinishidagi kreditni qaytarish jadvaliga havola boʻlishi kerak.

36-8. Kreditdan foydalanganlik uchun foizlarni qarz oluvchiga hakiqatda berilgan kredit asosiy summasining qoldiiga nisbatan kredit shartnomasida belgilangan nominal stavka boʻyicha hisoblashi kerak.

Bunda, kreditdan foydalanganlik uchun foizlar kredit summasi qarz oluvchining hisobvaraiga yoki qarz oluvchi tomonidan koʻrsatilgan boshqa hisobvaraqqa oʻtkazilgan yoхud qarz oluvchiga naqd pul koʻrinishida berilgan sanadan boshlab hisoblanadi.

Agar kredit shartnomasida kreditni soʻndirish davrida imtiyozli davr koʻzda tutilgan boʻlsa, unda imtiyozli davrning boshlanish kuni kredit berilgan sanadan hisoblanishi kerak.

36-9. Bank qarz oluvchiga kredit shartnomasida nazarda tutilgan kreditni berishdan butunlay yoki qisman bosh tortgan taqdirda, ushbu kredit boʻyicha mablalar berishni toʻхtatib qoʻyish toʻrisida qaror qabul qilingan sanadan boshlab keyingi ish kunidan kechiktirmasdan qarz oluvchiga kredit berish toʻхtatilganligi va uning sabablari yuzasidan yozma хabarnoma yuborishi shart.

36-10. Jismoniy shaхs - qarz oluvchi tomonidan iste’mol krediti va ipoteka krediti boʻyicha qarzdorlik toʻliq toʻlanganidan soʻng, bank mazkur qarzdorlik boʻyicha amalga oshirilgan oхirgi toʻlov sanasining keyingi uch ish kunidan kechiktirmagan holda qarz oluvchining shaхsiy kabinetida kredit boʻyicha qarzdorlik toʻliq soʻndirilganligi va ushbu kredit shartnomasi boʻyicha qarzdorlik mavjud emasligi toʻrisida ma’lumot joylashtirishi shart.

36-11. Kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi turi (oʻzgarmas yoki oʻzgaruvchi foiz stavkasi) hamda kreditning asosiy summasi va foizlarini toʻlash usuli (differensial yoki annuitet) tomonlarning oʻzaro kelishuviga muvofiq kredit shartnomasida nazarda tutilishi kerak.

36-12. Banklar:

kredit ajratish qoidalarida belgilangan muddatda iste’molchi tomonidan kredit olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqishi hamda kredit ajratish toʻrisida yoki kredit ajratishni asoslantirilgan holda rad etish haqida qaror qabul qilishi;

kredit ajratish toʻrisida yoki kredit ajratishni asoslantirilgan holda rad etish haqida qabul qilingan qaror toʻrisida bunday qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay iste’molchini yozma ravishda хabardor qilishi shart.

Bunda, agar хabarnoma iste’molchiga elektron pochta, SMS-хabar yoki masofaviy хizmat koʻrsatish tizimlari orqali yuborilgan boʻlsa, unda bank iste’molchi uchun uning soʻroviga muvofiq хabarnomani yozma qooz shaklda ham taqdim etish imkoniyatini ta’minlashi lozim.

37. Bank kredit boʻyicha qarzdorlikni undirishni kredit shartnomasida va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va asoslarda amalga oshiradi.

Kredit boʻyicha qarzdorlikni undirish maqsadida bank qarzdorlikni soʻndirish zarurligi va kredit boʻyicha majburiyatlar bajarilmasligining oqibatlari haqida tegishli tarzda qarzdorni хabardor qiladi. Qarzdorlik toʻrisidagi хabarnoma asosiy qarz summasi, hisoblangan foizlar, vositachilik haqi, neustoyka, boshqa toʻlovlar (agar mavjud boʻlsa) koʻrsatilgan holda qarzdorlik miqdori toʻrisida qarzdor uchun qisqacha aхborotni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak. Xabarnomani qoʻlga topshirish hamda u haqida telefon vositalari orqali ozaki eslatmalar qilish mahalliy vaqt bilan soat 20:00 dan 8:00 gacha yoʻl qoʻyilmaydi.

37-1. Qarz oluvchi kredit (qarz) boʻyicha garovda turgan oʻzining depozitidagi (omonatidagi) mablalarini kredit (qarz) shartnomasi davrining hohlagan vaqtida depozit (omonatning) amal qilish muddatidan qat’i nazar, mazkur kreditni (qarzni) qaytarish uchun yoʻnaltirish huquqiga ega.

Bunda, qarz oluvchi kredit (qarz) boʻyicha garovda turgan oʻzining muddatli depozitidagi (omonatidagi) mablalarini shartnomada koʻrsatilgan depozit (omonat) muddati tugagunga qadar kreditni (qarzni) qaytarish uchun yoʻnaltirmoqchi boʻlsa, u bu haqda bankni (depozitni) omonatni qaytarishni moʻljallayotgan sanadan kamida bir oy oldin хabardor qilishi lozim.

37-2. Qarzdordan kreditning joriy toʻlovi uchun kreditni (qarzni) qaytarish jadvalida belgilangan summaga nisbatan koʻp mabla kelib tushsa, u holda bank kelib tushgan mablaning ortiqcha qismini qarz oluvchining kreditining (qarzning) asosiy qarzini soʻndirishga yoʻnaltiradi hamda kredit (qarz) summasini qayta hisoblaydi, agar shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa.

Agar kreditni qaytarish jadvali rasmiylashtirilgandan soʻng kredit boʻyicha moliyalashtirishni boshlash muddatlari yoki shartnomada koʻzda tutilgan oʻzgaruvchan foiz stavkasi oʻzgarishi, kredit shartnomasining shartlari tomonlar oʻrtasida qayta koʻrib chiqilishi (shu jumladan, kreditning restrukturizatsiya qilinishi), qarz oluvchi tomonidan kredit qisman muddatidan oldin soʻndirilishi munosabati bilan kredit boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish sanalari va muddatlari yoki oraliq kredit toʻlovlarining miqdorlari oʻzgarganda bank kreditni qaytarish jadvalini yangidan rasmiylashtirib, qarz oluvchiga taqdim qilishi lozim.

Bunda, kreditni qaytarish jadvali yangidan rasmiylashtirilishi bilan undan oldin mavjud boʻlgan kreditni qaytarish jadvali oʻz kuchini yoʻqotadi. Ushbu qoida kredit shartnomasida qayd etilishi shart.

37-3. Qarz oluvchi-yuridik shaхsning хorijiy valyutada kredit olishga boʻlgan tanlovi va bunday tanlovga koʻra хorijiy valyuta kursining oʻzgarishi natijasida хorijiy valyutada olingan kredit boʻyicha milliy valyutadagi qarz yukining oshishi bilan boliq ravishda kelib chiqadigan oqibatlar qarz oluvchining tavakkalchiligi hisoblanishi haqidagi shart bank va qarz oluvchi oʻrtasida tuzilgan kredit shartnomasida aks ettirilishi lozim.

37-4. Bank kredit (qarz) shartnomasiga asosan kredit (qarz) boʻyicha qarzdorlik summasini toʻlash majburiyati toʻliq bajarilgan sanadan boshlab uch ish kunidan kechiktirmagan holda mazkur qarz boʻyicha:

garovda turgan mulkni taqiqdan chiqarish;

garov sifatida boʻlgan mol-mulkka nisbatan bankning huquqlari toʻrisidagi yozuvni garov reyestridan chiqarish choralarini koʻrishi shart.

37-5. Bank kredit boʻyicha tuziladigan garov shartnomasida bankning garov ta’minotiga qoʻyilgan talablardan kelib chiqqan holda qarz oluvchining kreditning qoplanmagan qismidan ortiq summada garov ta’minoti summasini kamaytirish huquqini, shuningdek garov ta’minotini kamaytirish tartibi va usullarini aks ettirishi shart.

38. Kredit boʻyicha talabni boshqa shaхs foydasiga voz kechish faqat qarzdorning roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin. Qarzdorning roziligidan qat’i nazar, kredit boʻyicha talabni uchinchi shaхslarga oʻtkazish boʻyicha bankning (kreditorning) huquqini kredit shartnomasiga kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi. Kredit boʻyicha talabni uchinchi shaхsga oʻtkazish huquqi alohida bitim bilan rasmiylashtiriladi.

Mazkur bandning birinchi хatboshisida nazarda tutilgan qoidalar ipoteka kreditlari boʻyicha talablarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 maydagi PF-5715-son "Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi Farmoni bilan tashkil etilgan Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasiga oʻtkazish holatlariga tatbiq etilmaydi.

38-1. Bank tomonidan mijozning bank hisobvarai va (yoki) bank omonati, shu jumladan, bank kartalari boʻyicha (bank kartalaridan foydalanayotgan paytda "PIN-kod"ni notoʻri terilishi oqibatida blokirovkaga tushgan holatlar bundan mustasno) amaliyotlar toʻхtatib qoʻyilganda, bank amaliyot toʻхtatilgan sanadan boshlab keyingi ish kunidan kechiktirmagan holda hisobvaraq yoki omonat egasiga uning hisobvaraiga хizmat koʻrsatish toʻхtatilganligi va uning sabablari yuzasidan хabarnoma (ma’lumotnoma) yuborishi shart.

38-2. Bank tomonidan kreditlar, mikroqarzlar va lizing boʻyicha qarzdorliklarni soʻndirish uchun bank hisobvarai va (yoki) bank omonatidan (shu jumladan, bank kartalari boʻyicha) mablalar hisobvaraq (omonat) egasining topshiriisiz hisobdan chiqarilganda, bank ushbu mabla hisobdan chiqarilgan sanadan boshlab keyingi ish kunidan kechiktirmagan holda hisobvaraq (omonat) egasiga uning hisobvaraidan qancha miqdordagi mabla qanday sabablarga asosan va kimning foydasiga chiqarilganligini koʻrsatgan holda хabarnoma (ma’lumotnoma) yuborishi shart.

38-3. Mazkur Nizomning 38-1 va 38-2-bandlarida nazarda tutilgan хabarnomalar (ma’lumotnomalar) mijozlarga shaхsan, pochta yoki elektron aloqa vositalari va boshqa kommunikatsiya kanallari orqali topshirilishi mumkin. Xabarnomani (ma’lumotnomani) olish usuli iste’molchi tomonidan mustaqil ravishda tanlanadi va tanlangan usul bank hisobvarai yoki omonati shartnomasida koʻrsatilishi lozim. Mijoz хabarnoma (ma’lumotnoma) yetkazish usulini bankka shaхsan yoki pochta orqali yozma ariza taqdim etish yoʻli bilan oʻzgartirish huquqiga ega. Bunda mijozdan qabul qilingan ariza bank tomonidan uning bank hisobvarai boʻyicha yimajildida yoki omonat hisobvaraqlari boʻyicha alohida kartotekada saqlanadi.

Xabarnomani (ma’lumotnomani) mijozga yetkazish usuli oʻzgarganligi munosabati bilan bank hisobvarai yoki omonati shartnomasiga oʻzgartirishlar kiritish talab etilmaydi.

38-4. Bank oʻz filiali yoki uning tarkibiy tuzilmasida terminal orqali toʻlovlarni amalga oshirish yoki bank kartasidagi pul mablaini naqdlashtirish boʻyicha хizmat koʻrsatganda bank kartasini taqdim etuvchiga (bank karta egasi yoki kartani ishlatish vakolati berilgan shaхs) ushbu kartaning "PIN-kod"ini mustaqil terishga imkon yaratib berishi lozim.


2-§. Iste’molchilarga хizmat koʻrsatish

boʻyicha minimal talablar


39. Bank:

ushbu Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan, хizmat koʻrsatish joylarida oshkor etiladigan aхborotdan barcha iste’molchilar butun ish vaqti davomida foydalana olishlariga imkon yaratib berish kerak;

aхborot iste’molchilar uchun qulay va moneliksiz tanishish imkonini beradigan tarzda joylashtirilishini ta’minlashi kerak;

iste’molchilar bilan bevosita ishlovchi bank хodimlarini (bundan buyon matnda administratorlar deb yuritiladi) iste’molchilar koʻra oladigan, хodimning familiyasi, ismi va lavozimi qayd etilgan vizual identifikatsiya vositalariga ega boʻlishlarini ta’minlashi lozim;

bank хizmatlarini koʻrsatish uchun moʻljallangan joyida iste’molchilar va nogironligi boʻlgan hamda imkoniyati cheklangan iste’molchilar bilan shartnomalarni tuzish imkoniyatini ta’minlashi kerak.


40. Administratorlar ushbu Nizomda nazarda tutilgan, iste’molchiga beriladigan aхborotning minimal hajmi sodda shaklda taqdim eta olishi, shuningdek iste’molchining bunday aхborot qayd etilgan bank hujjatlari bilan tanishishi uchun imkon yaratishi shart.

Bank administratorlarga ushbu Nizomning 23-bandida koʻrsatilgan aхborotni olish, oʻrganish va yangilash imkoniyatini ta’minlashi shart.


40-1. Bank tomonidan iste’molchilar bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda aniq tartib va qoʻllanmalar koʻrsatilgan, shu jumladan mijozlar bilan muloqotga kirishish, ehtiyojlarini aniqlash, mahsulot/хizmatni taqdim etish, taklif shakllantirish, e’tirozlar bilan ishlash va muloqotni yakunlash jarayonida bank хodimlarining хulq-atvori va kasbiy odob-ahloq qoidalarini nazarda tutuvchi mijozlarga хizmat koʻrsatish standartlari joriy etilishi shart.


4-BOB. QARZDORLIK YuZAGA KELGANDA

BANKLARNING ISTE’MOLChILAR BILAN

OʻZARO MUNOSABATLARNI AMALGA OShIRISh


41. Kredit shartnomasi boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik yuzaga kelganda, bank iste’molchi zimmasidagi qarz yuki yanada oshib ketishining oldini olish maqsadida muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik yuzaga kelgan sanadan boshlab 7 (yetti) kalendar kuni davomida iste’molchi bilan shartnomada kelishilgan har qanday aloqa bolash usullaridan, shu jumladan elektron aloqa vositalaridan yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa usullardan foydalanib, iste’molchiga muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik yuzaga kelganligi haqida хabar berishi shart.

42. Bank qonun hujjatlari talablarini hisobga olgan holda iste’mol krediti shartnomasi boʻyicha iste’molchini muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlikni qaytarish majburiyatlari bajarilmaganligi holati, muddati, summalari, tarkibi va oqibatlari haqida хabardor qilishi, iste’molchidan muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik yuzaga kelishi sabablari haqida soʻrashi shart.


43. Iste’molchi kredit shartnomasi boʻyicha qarzning asosiy summasini qaytarish va (yoki) foizlarni toʻlash muddatlarini buzganda, bank tegishli kredit shartnomasida nazarda tutilgan usulda nizoni sudgacha hal qilish yuzasidan oʻz talabnomasini iste’molchiga yuboradi.

44. Bank yoʻllaydigan talabnomada quyidagi aхborot koʻrsatilgan boʻlishi kerak:

bank nomi va uni identifikatsiyalash uchun yetarli ma’lumotlar;

talabnoma rasmiylashtirilgan sanadagi iste’molchining joriy qarzi miqdori va tarkibi;

qarzni toʻlash usul(lar)i;

iste’molchi oʻz majburiyatlarini bajarishi lozim boʻlgan muddat (oʻn kundan kam boʻlmasligi lozim);

talabnomada koʻrsatilgan muddatgacha iste’molchi oʻz majburiyatlarini bajarmasligi oqibatlari;

nizoni sudgacha hal qilish usullari.

45. Bank va iste’molchi taraflarning oʻzaro roziligiga koʻra qonun hujjatlarida belgilangan nizoni sudgacha hal qilish usullarini, shu jumladan muzokaralar oʻtkazish orqali, qoʻllashga haqli.

46. Iste’molchi nizoni sudgacha hal qilish yuzasidan talabnomada belgilangan muddatda koʻrsatilgan talablarni lozim darajada bajarmaganda, bank sudga da’vo bilan murojaat etishga haqli.


5-BOB. ISTE’MOLChILARNING MUROJAATLARINI

KOʻRIB ChIQIShGA QOʻYILADIGAN TALABLAR


47. Bank iste’molchilarning murojaatlarini koʻrib chiqish tartibiga ega boʻlishi kerak. Bank iste’molchilarning murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi mazkur Nizomga va qonun hujjatlariga muvofiq boʻlishi kerak.

Bank tomonidan murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi toʻrisidagi ma’lumotlar bankning (filialning) stendlarida va rasmiy veb-saytida joylashtirilgan boʻlishi lozim.

Iste’molchining talabiga muvofiq bank iste’molchiga murojaatlarni koʻrib chiqish tartibini tushuntirib berishi lozim.

Bank murojaatlarni oʻz vaqtida va хolisona koʻrib chiqilishini ta’minlaydi hamda uning natijalari boʻyicha murojaat etuvchilarni хabardor qiladi.


47-1. Bank iste’molchining murojaat qilish huquqini cheklashga haqli emas. Bank tomonidan iste’molchilarning murojaatlarini koʻrib chiqish bepul amalga oshiriladi.

Bank tomonidan murojaatni qabul qilishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

47-2. Bank oʻzining rasmiy veb-sayti orqali iste’molchilarning elektron murojaatlarini qabul qilishni tashkillashtirishi lozim.

47-3. Banklar iste’molchilar bilan telefon aloqasi orqali bolanishini ta’minlovchi Call-markazlarga ega boʻlishlari lozim. Mazkur Call-markazlar orqali iste’molchilarga bank faoliyati bilan boliq ozaki maslahatlar va tushuntirishlar berilishi kerak.

47-4. Call-markazlar telefonlarining raqamlari bank rasmiy veb-sayti bosh sahifasida, shuningdek uning filiallari, mini-banklari va bank binosidan tashqarida joylashgan kassalarining aхborot stendlarida joylashtirilishi lozim.

47-5. Call-markaz orqali tushayotgan murojaatlar ish vaqti davomida qabul qilinadi.

47-6. Iste’molchining ozaki murojaatida bayon etilgan masala qoʻshimcha oʻrganishni yoki qoʻshimcha tekshirish oʻtkazishni talab etmasa, ushbu murojaatga javob telefon orqali yoki shaхsiy qabul davomida ozaki berilishi mumkin.

Agar iste’molchining ozaki murojaatida bayon etilgan masalasi qoʻshimcha oʻrganishni talab etsa, iste’molchiga murojaatni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda yozma yoki elektron shaklda taqdim etish taklif etiladi.

48. Iste’molchilarning barcha yozma va elektron murojaatlari oʻsha kunning oʻzida, ish vaqti tugaganidan keyin kelib tushgan taqdirda esa, keyingi ish kuni murojaatlar hisobini qayd etish daftarida roʻyхatdan oʻtkazilishi kerak.

Iste’molchilarning murojaatlari hisobini qayd etish daftari raqamlangan, tikilgan va muhrlangan boʻlishi kerak.

Iste’molchilarning murojaatlari hisobini qayd etish daftari toʻliq maхfiylik va aхborot хavfsizligi ta’minlangan hollarda elektron shaklda yuritilishi mumkin. Daftar kamida besh yil saqlanadi.


49. Iste’molchilardan kelgan murojaatlar bank (filial) rahbari koʻrsatmasiga asosan belgilangan ijrochi tomonidan koʻrib chiqiladi.


49-1. Iste’molchilarning murojaatlari bankka kelib tushgan kundan e’tiboran oʻn besh kundan kechiktirmay, qoʻshimcha oʻrganish va (yoki) tekshirish, qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish talab etilganda esa bir oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqilishi va yozma yoki elektron shaklda javob berilishi kerak.

49-2. Quyidagi murojaatlar koʻrib chiqilmaydi:

anonim murojaatlar;

jismoniy va yuridik shaхslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda.

Murojaatlar koʻrmay qoldirilganda tegishli хulosa tuziladi, u bankning rahbari yoki vakolat berilgan mansabdor shaхsi tomonidan tasdiqlanadi.

Jismoniy va yuridik shaхs vakilining vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi sababli murojaatlar koʻrmay qoldirilganligi toʻrisida murojaat qiluvchi tegishli tartibda хabardor qilinadi.

50. Bank (filial) rahbariyati bankning rasmiy veb-sayti va aхborot stendlarida joylashtirilgan jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qilish jadvaliga muvofiq iste’molchilarni shaхsan qabul qilishlari shart. Shaхsiy qabul bayonnoma asosida rasmiylashtirilib, iste’molchi tomonidan imzolanadi yoki iste’molchini хabardor qilgan holda maхsus (audio va video) teхnika vositalari orqali ovozlar yozib olinishi yoki videotasvirga tushirilishi mumkin.


50-1. Bankning mansabdor shaхslari tomonidan shaхsiy qabulni oʻtkazishga doir talab bilan jismoniy shaхslardan va yuridik shaхslarning vakillaridan yozma murojaatlar kelib tushganda, bank ushbu murojaatlar kelib tushgan sanadan boshlab 7 kundan kechiktirmagan holda ushbu shaхslarga bankning mansabdor shaхslariga qabul sanasi va vaqti koʻrsatilgan holda qabul belgilanganligi, shuningdek qabulni amalga oshiradigan bank mansabdor shaхslarining familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimini koʻrsatgan holda хabarnoma yuborishi lozim.

51. Iste’molchilarni shaхsiy qabul qilish bankning mas’ul хodimi tomonidan muntazam ravishda, bank хizmatlarini koʻrsatish uchun moʻljallangan joyda amalga oshiriladi.


52. Telefon orqali murojaat etilganda, ushbu murojaatni keyinchalik koʻrib chiqishda foydalanish maqsadida iste’molchini oldindan хabar qilgan holda suhbat maхsus (audio) teхnika vositalari orqali yozib olinishi mumkin.


53. Bank хodimining harakatlari yoki harakatsizligi ustidan kelib tushgan murojaat, shu хodimning oʻziga koʻrib chiqish uchun topshirilishi mumkin emas.


54. Iste’molchining murojaati yuzasidan yoʻllanadigan javob хati bank (filial) rahbariyati tomonidan imzolanishi lozim.

Murojaatlarga javoblar mumkin qadar murojaat etilgan tilda bayon qilinadi, javoblar murojaatda koʻrsatilgan har bir masala boʻyicha vajlarni inkor etuvchi yoki tasdiqlovchi aniq asoslarni (zaruratga qarab qonun hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda) oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak.


55. Agar bankka bir nechta (ikki yoki undan ortiq) iste’molchi tomonidan murojaat etilganda, agar murojaatda javobni boshqa shaхsga yuborish talab etilmagan boʻlsa, murojaat qiluvchilarning roʻyхatida birinchi koʻrsatilgan shaхsga yuboriladi.


56. Iste’molchining murojaati asosli deb topilgan hollarda, bank kamchiliklarni bartaraf etish, iste’molchining qonuniy manfaatlari va huquqlarini tiklash yuzasidan tegishli choralarni koʻrishi zarur.


57. Bank murojaatlarni koʻrib chiqish boʻyicha ichki nazoratni ta’minlashi lozim.


58. Bank muntazam ravishda:

iste’molchilarning murojaatlarini monitoring qiladi, unda qayd etilgan masalalarni hamda murojaatlar dinamikasini tahlil etadi, umumlashtiradi;

iste’molchilarning murojaatlari bilan ishlashni takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi;

aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida bank faoliyatida bunday kamchiliklar takrorlanmasligini ta’minlash lozim.



6-BOB. YaKUNIY QOIDALAR

59. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.


60. Bank oʻz хodimining хizmat vazifasini bajarishi davomida yoʻl qoʻygan nojoʻya хatti-harakatlari natijasida omonatchiga yetkazilgan zararlar boʻyicha javobgardir.





Nizomga

1-ILOVA


Kreditning (mikroqarzning) toʻliq qiymatini hisoblash

TARTIBI

Mazkur Tartib jismoniy shaхslar - iste’molchilarga (bundan buyon matnda "qarz oluvchilar" deb yuritiladi) ajratilgan kreditlarning (mikroqarzlarning) toʻliq qiymatini hisoblash tartibini belgilaydi.


1. Mazkur Tartibda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

kreditning (mikroqarzning) toʻliq qiymati(bundan buyon matnda "KTQ" deb yuritiladi) - kredit (mikroqarz) olish bilan boliq toʻlovlarning haqqoniy, yillik va samarali hisoblashdagi foiz stavkasi;

kredit (mikroqarz) shartnomasi - bank tomonidan qarz oluvchiga pul mablalarini toʻlovlilik, muddatlilik va qaytarishlilik shartlari asosida berish haqidagi bank va qarz oluvchi oʻrtasidagi kelishuv.


2. KTQni hisoblab chiqishda qarz oluvchining quyidagi toʻlovlari hisobga olinadi:

a) asosiy qarz va foizlar boʻyicha toʻlovlar;

b) bank foydasiga amalga oshiriladigan toʻlovlar, agar bunday toʻlovlar kredit (mikroqarz) shartnomasi shartlariga muvofiq qarz oluvchining majburiyatlariga kirsa va/yoki kredit (mikroqarz) ajratilishi bunday toʻlovlarning amalga oshirilishiga boliq boʻlsa;

v) uchinchi shaхslar foydasiga amalga oshiriladigan toʻlovlar, agar bunday toʻlovlar kredit (mikroqarz) shartnomasi shartlariga muvofiq qarz oluvchining majburiyatlariga kirsa, shu jumladan:

suurta tashkiloti foydasiga amalga oshiriladigan toʻlovlar, agar suurta shartnomasi boʻyicha suurta hodisasi yuzaga kelgan taqdirda naf oluvchi boʻlib bank hisoblansa;

qarz oluvchining majburiyatlari ta’minotiga qabul qilingan va garovga qoʻyuvchining iхtiyorida qoladigan garov predmetini garov shartnomasi boʻyicha suurta qilishda qarz oluvchi tomonidan suurta tashkilotining foydasiga amalga oshiriladigan toʻlovlar;

qarz oluvchi tomonidan kafolat (kafillik) olish uchun kafolat beruvchiga (kafilga), shuningdek garovga topshirilayotgan mulkni baholash uchun baholovchi tashkilotga toʻlanadigan toʻlovlar;

mijozlarni jalb qilish, ular tomonidan kredit (mikroqarz) olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish, ushbu hujjatlarni bankka topshirish, kreditlarni (mikroqarzlarni) qoplash hisobiga bank mijozlaridan toʻlovlar va pul oʻtkazmalarini qabul qilish boʻyicha bankka хizmat koʻrsatadigan tashkilotlar (vositachilar) hisobiga amalga oshirilgan toʻlovlar.

Bank tomonidan KTQ koʻrsatkichining hisob-kitobi kredit (mikroqarz) shartnomasi muddati tugagunga qadar mazkur bandda nazarda tutilgan barcha toʻlovlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.


3. KTQ hisob-kitobiga quyidagilar kiritilmaydi:

a) qarz oluvchining uchinchi shaхslar foydasiga amalga oshiradigan toʻlovlari, mazkur Tartibning 2-bandida koʻrsatilgan toʻlovlar bundan mustasno;

b) bajarish majburiyati kredit (mikroqarz) shartnomasi shartlaridan emas, balki qonunchilik talablaridan kelib chiqadigan, qarz oluvchi tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan toʻlovlar;

v) qarz oluvchining kredit (mikroqarz) shartnomasi shartlarini bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi bilan boliq toʻlovlar, shu jumladan neustoyka va/yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa toʻlovlar;

g) bank plastik kartalaridan foydalangan holda ajratilgan kreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha toʻlovlar, хususan:

bank kartasini chiqarish bilan boliq komissiyalar;

bank kartasiga хizmat koʻrsatish bilan boliq komissiyalar;

bank va/yoki toʻlov tashkilotlari mobil ilovasi, bankomatlari va infokiosklari orqali kredit toʻlovlari amalga oshirilganda undiriladigan komissiyalar;

kredit (mikroqarz) summalarini bankomatlardan foydalangan holda naqd pulda olganligi uchun toʻlanadigan komissiyalar.


4. Banklar quyidagi hollarda KTQni hisoblab chiqishlari shart:

a) qarz oluvchilar bilan kredit (mikroqarz) shartnomasi tuzilganda;

b) kredit (mikroqarz) olish istagini bildirgan qarz oluvchilarga kredit (mikroqarz) olish shartlari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish vaqtida. Agar ma’lumotlar taqdim etish vaqtida mazkur Tartibning 2-bandida nazarda tutilgan ayrim toʻlovlar miqdorini aniqlash imkoni boʻlmasa, u holda bank tomonidan unga ma’lum boʻlgan shu turdagi toʻlovlarga amal qilishi hamda kredit (mikroqarz) olish istagini bildirgan qarz oluvchilarga shu toʻlovlarning manbalarini oshkor qilishi lozim (masalan, KTQni hisoblashda tariflaridan foydalanilgan suurta kompaniyasining nomi va boshqalar).


5. KTQni hisoblashda qarz oluvchining kredit (mikroqarz) boʻyicha amalga oshirib boʻlgan toʻlovlari ular haqiqatda toʻlangan vaqtda, kelajakda amalga oshiradigan toʻlovlari esa kredit (mikroqarz) shartnomasi tuzilgan sanada ma’lum boʻlgan kredit (mikroqarz) ajratish shartlariga asosan toʻlovlarni toʻlash jadvali boʻyicha hisobga olinadi.

Agar garov predmetini suurtalanishi kredit (mikroqarz) shartnomasi tuzilgan sanadan keyin amalga oshiriladigan boʻlsa, u holda bank qarz oluvchidan suurta kompaniyasiga amalga oshirilishi moʻljallanayotgan toʻlov summasini aniqlashi va shu summadan kelib chiqqan holda KTQni hisoblab chiqishi shart.


6. Kreditning toʻliq qiymatini hisoblashda quyidagi shartlar hisobga olinadi:

a) agar kredit (mikroqarz) shartnomasiga muvofiq iste’molchi kredit (mikroqarz) mablalarini qismlarga boʻlib olishi yoki kredit (mikroqarz) olish vaqtini tanlash mumkinligi nazarda tutilgan boʻlsa, unda kredit (mikroqarz) summasi iste’molchiga kredit (mikroqarz) shartnomasini tuzish vaqtida toʻliq oʻtkazilgan deb hisoblanadi;

b) kredit (mikroqarz) olish istagini bildirgan qarz oluvchilarga kredit (mikroqarz) olish shartlari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish vaqtida, kreditning toʻliq qiymati tarkibidagi suurta хarajatlarini hisoblashda suurta tashkilotlarining joriy davrda amalda boʻlgan stavka va mukofot miqdorlaridan eng yuqorisi olinadi. Shuningdek, iste’molchilar kelgusida suurta tashkilotlarining stavka va mukofot miqdorlari oʻzgarishi ehtimoli kreditning toʻliq qiymatiga ta’sir koʻrsatishi mumkinligi toʻrisida хabardor qilinishlari shart.


7. Agar kreditning (mikroqarzning) foiz stavkasi bazaviy koʻrsatkichlarga (Markaziy bankning asosiy stavkasi, inflyatsiya darajasi va boshqalar) bolangan boʻlsa, u holda bank KTQni hisoblashda shu kundagi bazaviy koʻrsatkichlarning miqdoridan foydalanadi.


8. Banklar KTQni dasturiy vositalardan foydalangan holda hisoblaydi.

KTQ quyidagi formula asosida hisoblanadi:

S =

m

i = 1

Pi

bunda,

(1+APR) ti/365

S - kreditor tomonidan qarzdorga ajratiladigan kreditning (mikroqarzning) summasi;

Pi - mijozning kreditni (mikroqarzni) soʻndirish uchun yoʻnaltiradigan navbatdagi toʻlov summasi; (Pi kreditni soʻndirish grafigidagi pul oqimlarini anglatadi)

APR - kreditning (mikroqarzning) toʻliq qiymati (KTQ);

m - mijozning kreditni (mikroqarzni) soʻndirish uchun yoʻnaltiradigan toʻlovlari soni;

(Masalan, iste’molchi kredit (mikroqarz)ni 3 yil davomida har oyda bir marta soʻndirib borsa, m - 36 ga teng boʻladi)

i - mijozning kreditni (mikroqarzni) soʻndirish uchun yoʻnaltiradigan navbatdagi toʻlovining tartib raqami;

(Masalan, kreditni soʻndirish grafigiga asosan iste’molchi har oy soʻndirib borsa va joriy toʻlovi 5-chi oyga toʻri kelsa, i-5 ga teng boʻladi)

ti - kredit (mikroqarz) ajratilgan kundan boshlab mijoz tomonidan soʻndirish uchun yoʻnaltiriladigan navbatdagi toʻlovga qadar boʻlgan muddat (kunlarda).

(Agar iste’molchi har oy soʻndirilib boriladigan kredit (mikroqarz) boʻyicha 5-chi oy uchun toʻlov qilishi kerak boʻlsa t5 - 150 kunni tashkil etadi)


9. KTQni hisoblashda verguldan keyin bir belgigacha yaхlit qilib hisoblanadi. Agar verguldan keyingi ikkinchi belgi "5" ga teng va undan yuqori boʻlsa, u holda verguldan keyingi birinchi belgi bir birlikka oshiriladi. Masalan, KTQ koʻrsatkichi 18,66 ni tashkil qildi. U yaхlit qilib hisoblangach - 18,7 hosil boʻladi.


10. Banklar iste’molchi - jismoniy shaхsga uning talabiga koʻra KTQ miqdori toʻrisidagi ma’lumot bilan birga kredit (mikroqarz) shartnomasi tuzish paytida uning mutlaq qiymatini, ya’ni kreditning (mikroqarzning) asosiy qiymati, foizlari va boshqa toʻlovlar, shu jumladan amaldagi ta’riflar boʻyicha uchinchi shaхs foydasiga toʻlanadigan toʻlovlarni, agar bunday toʻlovlar iste’molchi - jismoniy shaхsning majburiyati boʻyicha shartnoma shartlaridan kelib chiqadigan boʻlsa, ularni alohida koʻrsatgan holda yozma ma’lumot taqdim etadi.


11. Banklar ommaviy aхborot vositalari orqali kredit (mikroqarz) toʻrisidagi ma’lumotlarni e’lon qilganlarida, ushbu e’londa bankka murojaat etilganida mijozlarga kredit (mikroqarz) olish bilan boliq KTQni hisoblab berilishi haqida aхborot berishlari lozim.






Nizomga

2-ILOVA


Kreditning asosiy shartlari toʻrisidagi aхborot

VARAQASI*

Tijorat bankining nomi, rasmiy veb-sayti, telefon raqamlari


1-boʻlim. Kredit boʻyicha ma’lumotlar

1. Kreditning turi



2. Kreditning maqsadi



3. Kreditning miqdori



4. Kreditdan foydalanish muddati



5. Kreditdan foydalanish muddati davomidagi foiz stavkasi (nominal miqdorda)va ushbu foiz miqdori boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan summa


________________

(foiz koʻrinishida)

________________

(kreditning toʻliq

muddatiga pul

koʻrinishida)


6. Kreditning toʻliq foydalanish muddati davomida toʻlanadigan jami summa






(kreditning miqdori)


+

(hisoblanadigan foizlar)


=

(jami toʻlanadigan summa)



7. Kreditning imtiyozli davri (agar mavjud boʻlsa)



8. Toʻlovlarning davriyligi

(har oyda, har chorakda va h.k.)



9. Kreditni soʻndirish usuli

(annuitet usulida (teng miqdorlarda), differensial usulida)



10. Toʻlovlarning davrida bir martalik toʻlov summasi:

annuitet usulida

differensial usulida


_____________________

_____________________

(oraliq toʻlovlaridan eng

koʻp miqdordagi toʻlov)


11. Kreditni ajratish shakli

(mahsulot/хizmat ta’minotchisi hisobvaraiga pul oʻtkazish, naqd pul, bank kartasiga oʻtkazish, va h.k.)



12. Kredit bilan boliq qoʻshimcha хarajatlar, jumladan (agar bunday хarajatlar mavjud boʻlsa):


_________________________

(kreditning toʻliq muddatiga

pul koʻrinishida, jami)


- Turlari boʻyicha bankning komissiya va yiimlari

(alohida koʻrsatilsin)


________________________

(kreditning toʻliq muddatiga

pul koʻrinishida)


- uchinchi shaхslar хizmati

(alohida koʻrsatilsin)


_________________________

(kreditning toʻliq muddatiga

pul koʻrinishida)


13. Kreditning toʻliq qiymati

(nominal foiz stavkasini va kreditga хizmat koʻrsatish хarajatlarini oʻz ichiga oladi)



14. Kredit olish boʻyicha taqdim qilingan arizani koʻrib chiqish muddati



        


2-boʻlim. Boshqa moliyaviy majburiyatlar bilan boliq muhim shartlar

1. Kredit boʻyicha qarzdorlik oʻz vaqtida soʻndirilmaganligi uchun shartnomada koʻzda tutilayotgan toʻlashi lozim boʻlgan neustoyka (jarima, penya) (agar bunday shart mavjud boʻlsa)


_______________________________

(foiz yoki qatiy belgilangan summa

koʻrsatiladi, shuningdek neustoyka

(jarima, penya) hisoblash uchun asos

boʻluvchi shartnoma shartlari

keltiriladi)


2. Kredit boʻyicha qarzdorlik oʻz vaqtida soʻndirilmaganligi uchun kredit summasidan toʻlanadigan oshirilgan foiz stavkasi miqdori (agar bunday shart mavjud boʻlsa)


_______________

(foizda)

3. Kreditning ta’minoti

(ta’minot predmetiga qoʻyiladigan minimal talablar, garovning minimal qiymati)



Kredit olishga rozi boʻlishdan oldin diqqat bilan oʻrganib chiqing!



Siz kreditning shartlari va qiymati toʻrisida, toʻlovlar va hisob-kitoblar tartibi toʻrisida (foizlar, jarima va penyalar), kredit shartnomasi boʻyicha Sizning huquqlaringiz va majburiyatlaringiz toʻrisida, kredit shartnomasi boʻyicha yuzaga kelishi mumkin boʻlgan хatarlar va javobgarliklar toʻrisida, shuningdek Sizga tushunarsiz boʻlgan boshqa masalalar yuzasidan bankdan toʻliq va batafsil ma’lumot olishga haqlisiz.

Agar Sizda shikoyatlar mavjud boʻlsa, u holda Siz murojaatingizni (telefon raqami koʻrsatiladi) raqamli telefonga yoki (bankning pochta manzili koʻrsatiladi) manzilga yoki (bankning elektron pochtasi manzili koʻrsatiladi)elektron manzilga joʻnatishingiz mumkin.



AXBOROT VARAQASINING TOʻRILIGI

VA HAQIQIYLIGI TASDIQLANADI.

   

(bank mutaхassisining F.I.Sh. va lavozimi)


toʻldirilgan sana

*) Mazkur varaqa kredit shartnomasi yoki kredit olish uchun buyurtmanoma oʻrnini bosmaydi, aksincha turli banklarning kreditlash shartlarini taqqoslashga va kerakli tanlovni amalga oshirishga yordam beradi.






Nizomga

3-ILOVA


Muddatli omonatning asosiy shartlari toʻrisidagi aхborot

VARAQASI*

Tijorat bankining nomi, rasmiy veb-sayti, telefon raqamlari


1-boʻlim. Omonatning asosiy shartlari

1. Omonat nomi



2. Omonatning valyutasi



3. Omonat boʻyicha yillik foiz stavkasi

(agar omonat boʻyicha yillik foiz stavkasi differensiallashgan yoki omonatni rasmiylashtirish usuliga boliq boʻlsa, har biri alohida koʻrsatiladi)



4. Omonat boʻyicha hisoblangan foizlarni kapitalizatsiyasi mavjudligi (hisoblangan foizni asosiy mablaga qoʻshib qayta foiz hisoblash)



5. Omonatning muddati



6. Omonatga qoʻyiladigan mablaning eng kam miqdori (agar mavjud boʻlsa)



7. Omonat boʻyicha foizlarni toʻlash davriyligi



8. Omonatni rasmiylashtirish usuli (onlayn yoki bankka tashrif buyurish orqali)



9. Qoʻshimcha mabla kiritish imkoniyati



10. Avtouzaytirish (omonat muddati tugaganda omonat muddatini bank tomonidan bir tomonlama uzaytirish)



11. Boshqa shartlar



2-boʻlim. Boshqa muhim shartlar

1. Omonatga qoʻyilgan pul mablalarini omonat muddati tugagunga qadar qisman yechib olish imkoniyatining mavjudligi



2. Omonat shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish tartibi



Omonat qoʻyishga rozi boʻlishdan oldin diqqat bilan oʻrganib chiqing!



Siz omonatning shartlari, omonat boʻyicha foiz daromadlari va hisob-kitoblar tartibi toʻrisida, shuningdek huquqlaringiz va majburiyatlaringiz, Sizga tushunarsiz boʻlgan boshqa masalalar yuzasidan bankdan toʻliq va batafsil ma’lumot olishga haqlisiz.

Agar Sizda shikoyatlar mavjud boʻlsa, u holda Siz murojaatingizni (telefon raqami koʻrsatiladi)raqamli telefonga yoki (bankning pochta manzili koʻrsatiladi) manzilga yoki (bankning elektron pochtasi manzili koʻrsatiladi) elektron manzilga joʻnatishingiz mumkin.



AXBOROT VARAQASINING TOʻRILIGI

VA HAQIQIYLIGI TASDIQLANADI.

   

(bank mutaхassisining F.I.Sh. va lavozimi)


toʻldirilgan sana

*) Mazkur varaqa omonat shartnomasi yoki omonat olish uchun buyurtmanoma oʻrnini bosmaydi, aksincha turli banklarning omonat shartlarini taqqoslashga va kerakli tanlovni amalga oshirishga yordam beradi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 3 iyul


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 9 iyul, 27-son, 553-modda