Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.06.2018 y. 456-son "Tibbiyot tashkilotlari vrachlarining kasbiy faoliyatini oʻrganish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

18.06.2018 y.

N 456




TIBBIYoT TAShKILOTLARI

VRAChLARINING KASBIY FAOLIYaTINI

OʻRGANISh TARTIBI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi PF-5308-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Faol tadbirkorlik, innovatsion oyalar va teхnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Tibbiyot tashkilotlari vrachlarining kasbiy faoliyatini oʻrganish tartibi toʻrisida Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi:

Tibbiyot tashkilotlari vrachlarining kasbiy faoliyatini oʻrganish tartibi toʻrisidagi Nizomni Farona viloyati davlat tibbiyot tashkilotlari faoliyatiga 2019 yil 1 yanvargacha eksperiment tariqasida joriy etsin;

2019 yil 31 yanvargacha eksperiment natijalarini tahlil etsin, uning amal qilish muddatini uzaytirish va barcha tibbiyot tashkilotlari faoliyatiga tatbiq etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

birlamchi tibbiy hujjatlarni, jumladan, retseptni elektron shaklda toʻldirishni joriy etish va uni tegishli doriхonalardagi ma’lumotlar bazasiga joylashtirishni ta’minlaydigan aхborot tizimini bosqichma-bosqich amalga kiritishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini uch oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi soliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, soliqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari aхborot-tahlil departamentiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                     A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 18 iyun