Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.03.2004 y. 138-son "Iqtisodiy nochor korхonalarning sud boshqaruvchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

23.03.2004 y.

N 138


IQTISODIY NOChOR KORXONALARNING SUD

BOShQARUVChILARI FAOLIYaTINI TAShKIL

ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Yangi tahrirdagi "Bankrotlik toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq hamda bankrotlik tartibotlarini amalga oshirishda sud boshqaruvchilari faoliyatining zarur normativ-huquqiy bazasini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Sud boshqaruvchilari toʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;

Sud boshqaruvchilarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi:

bir oy muddatda respublikaning barcha mintaqalarida sud boshqaruvchilarini tayyorlash uchun oʻquv kurslari tashkil etsin va ularni mazkur qarorga muvofiq attestatsiyadan oʻtkazsin;

sud boshqaruvchilari faoliyati ustidan doimiy monitoring va nazoratni ta’minlasin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                               I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 12-son, 142-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2004 yil, 3-son, 33-modda.