Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.06.2018 y. 471-son "Shumanay, Qonlikoʻl, Shahrisabz va Fozilmon iхtisoslashtirilgan davlat oʻrmon хoʻjaliklarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

25.06.2018 y.

N 471




ShUMANAY, QONLIKOʻL, ShAHRISABZ

VA FOZILMON IXTISOSLAShTIRILGAN

DAVLAT OʻRMON XOʻJALIKLARINI TAShKIL

ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA



Respublikamizdagi mavjud yerlardan samarali foydalanish, tuproq-iqlim sharoitlariga mos boʻlgan manzarali va mevali daraхt hamda buta turlarini koʻpaytirish, hududlarda madaniy oʻrmonlarni barpo etish, dorivor va ozuqabop oʻsimliklarni yetishtirish, koʻpaytirish, qayta tiklash, muhofaza qilish va qoʻriqlash, ulardan oqilona foydalanish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2017 yil 11 maydagi PQ-2966-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari hokimliklarining ilovaga muvofiq yer maydonlarida Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimida davlat muassasasi shaklidagi Shumanay, Qonlikoʻl, Shahrisabz va Fozilmon iхtisoslashtirilgan davlat oʻrmon хoʻjaliklarini tashkil etish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.


2. Yangi tashkil etilayotgan iхtisoslashtirilgan davlat oʻrmon хoʻjaliklarining tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2017 yil 11 maydagi PQ-2966-son qarorining 5-ilovasiga muvofiq shakllantirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


3. Quyidagilar yangi tashkil etilayotgan iхtisoslashtirilgan davlat oʻrmon хoʻjaliklarini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari;

byudjetdan tashqari mablalar.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi yangi tashkil etilayotgan iхtisoslashtirilgan davlat oʻrmon хoʻjaliklarining ustavlari va shtatlar jadvallari bir oy muddatda tasdiqlanishi hamda ularning belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini ta’minlasin.


5. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda yangi tashkil etilayotgan iхtisoslashtirilgan davlat oʻrmon хoʻjaliklari uchun ma’muriy binolar ajratilishini ta’minlasin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda yangi tashkil etilayotgan iхtisoslashtirilgan davlat oʻrmon хoʻjaliklari uchun yer uchastkalarini ajratish hujjatlari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini va yer-kadastr hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini ta’minlasin.


7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev va Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi N.J. Bakirov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                  A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 25 iyundagi

471-son qaroriga

ILOVA



Shumanay, Qonlikoʻl, Shahrisabz

va Fozilmon iхtisoslashtirilgan davlat

oʻrmon хoʻjaliklarining yer maydonlari

        

N

Davlat oʻrmon хoʻjaligi nomi

Tashkil etilayotgan

hudud nomi

Davlat oʻrmon хoʻjaligiga

doimiy foydalanishga

beriladigan yer

maydonlari (ga)

       

1

Shumanay iхtisoslashtirilgan davlat oʻrmon хoʻjaligi

Qoraqalpoiston Respublikasi

Shumanay tumani

2050,5

2

Qonlikoʻl iхtisoslashtirilgan davlat oʻrmon хoʻjaligi

Qoraqalpoiston Respublikasi

Qonlikoʻl tumani

1993,3

3

Shahrisabz iхtisoslashtirilgan davlat oʻrmon хoʻjaligi

Qashqadaryo viloyati

Shahrisabz tumani

18672

4

Fozilmon iхtisoslashtirilgan davlat oʻrmon хoʻjaligi

Samarqand viloyati

Qoʻshrabot tumani

24005


Jami

46720,8

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 26 iyun