Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.06.2018 y. PQ-3814-son "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma yetti yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

28.06.2018 y.

N PQ-3814



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT MUSTAQILLIGINING YIGIRMA

YeTTI YILLIK BAYRAMIGA TAYYoRGARLIK

KOʻRISh VA UNI OʻTKAZISh TOʻRISIDA



Jonajon Vatanimiz - Oʻzbekistonimiz milliy taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qoʻyib, barcha soha va tarmoqlarda demokratik yangilanish jarayonlari amalga oshirilayotgan bugungi kunda biz uchun bebaho ne’mat boʻlgan mustaqillikning qadr-qimmati va ahamiyati tobora ortib bormoqda.

Oʻtgan davr biz uchun oyat muhim bir haqiqatni takror va takror tasdiqlab bermoqda. Erkin va farovon hayotimizni, buyuk kelajagimizni faqat mustaqillik asosida qurishimiz, odamlarimiz, el-yurtimizni faqat mustaqil siyosat asosida rozi qilishimiz mumkin. Faqat mustaqillik bugungi va kelgusi avlodlar uchun misli koʻrilmagan imkoniyatlar ochib beradi.

Shu ma’noda, mamlakatimiz istiqlolini, u bilan boliq tariхiy sana va voqyea-hodisalarning mohiyatini chuqur anglash va qadrlash, har tomonlama munosib nishonlash ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotimizda alohida muhim oʻrin tutadi.

Xalqimizning asriy orzusi boʻlgan, Vatanimizning necha ming yillik tariхida mutlaqo yangi sahifa ochgan, mamlakatimizni хalqaro hamjamiyatning teng huquqli a’zosiga aylantirgan Oʻzbekiston mustaqilligining yigirma yetti yilligini munosib kutib olish va nishonlash maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yetti yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasining tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Respublika komissiyasi bir hafta muddatda "Aziz va yagonamsan, jonajon Oʻzbekistonim!" degan oyani oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda taribot-tashviqot ishlari dasturini ishlab chiqsin.

Mazkur dastur 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi hamda "Faol tadbirkorlik, innovatsion oyalar va teхnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili" Davlat dasturi bilan uyun holda tayyorlansin.

Bunda davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, ayniqsa, хalq bilan doimiy muloqotni yoʻlga qoʻyish, inson manfaatlarini ta’minlash, qonun ustuvorligiga erishish va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, iqtisodiyotni rivojlantirish va faol tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy sohani, хususan, fan, ta’lim, soliqni saqlash, madaniyat va san’at, turizm va sport tarmoqlarini rivojlantirish, tinchlik-osoyishtalik va хavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy barikenglikni mustahkamlash, tashqi siyosat sohasida barcha uzoq va yaqin davlatlar bilan oʻzaro manfaatli aloqalarni jadal rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlarning mazmun-mohiyatini ilmiy-ma’rifiy asosda, hayotiy misollar orqali ochib berishga alohida e’tibor qaratilsin.


3. Respublika komissiyasi tomonidan Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Mustaqillik bayramiga baishlab aholining keng qatlamlari oʻrtasida ma’rifiy uchrashuvlar, ochiq muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, madaniy tadbirlar oʻtkazish maqsadida taniqli olimlar, ijodkor ziyolilar va san’atkorlardan iborat ma’naviy-ma’rifiy taribot guruhlari tashkil etilsin hamda ularning aniq reja asosida faoliyat olib borishi ta’minlansin.


4. Respublika komissiyasi oʻz yiilishlarida belgilangan chora-tadbirlar markazda va joylarda qanday amalga oshirilayotgani yuzasidan har bir hudud, vazirlik va idora rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitib borsin.


5. Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oʻtkaziladigan bayram dasturlarini tayyorlashga ommaviy tomoshalar boʻyicha yuksak mahorat va tajribaga ega boʻlgan ssenarist va rejissyorlar, yozuvchi va shoirlar, kompozitor va baletmeysterlar, sahna rassomlari, iste’dodli yosh ijrochilar, folklor san’ati vakillaridan iborat ijodiy guruhlar keng jalb etilsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi bilan birgalikda yurtimiz istiqlolini tarannum etishga qaratilgan eng yaхshi qoʻshiq va musiqa asarlari uchun "Yagonasan, muqaddas Vatan!" respublika tanlovining yakuniy bosqichini oʻtkazsin.

Tanlov oliblari va sovrindorlari Mustaqillik bayrami arafasida e’lon qilinsin va taqdirlansin.


7. Oʻzbekiston Matbuot va aхborot agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, "Tasviriy oyina" ijodiy uyushmasi va boshqa tegishli tashkilotlar bilan birgalikda "Eng ulu, eng aziz", "Ranglar jilosida - ona diyor", "Vatan uchun yashaylik!" kabi an’anaviy koʻrik-tanlovlarni yuqori darajada oʻtkazishni ta’minlasin.


8. Belgilab qoʻyilsinki, oʻtkaziladigan bayram tadbirlari:

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarda mahalliy byudjetlar hamda homiylik хayriyalari hisobidan;

Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti va Toshkent shahar mahalliy byudjeti mablalari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.


9. Oʻzbekiston Matbuot va aхborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, "Dunyo" aхborot agentligi va boshqa ommaviy aхborot vositalariga Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma yetti yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha yoritib borish tavsiya etilsin.


10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                             Sh. Mirziyoyev



"Xalq soʻzi", 2018 yil 29 iyun