Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 27.06.2018 y. PF-5466-son "Yoshlar - kelajagimiz" Davlat dasturi toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

27.06.2018 y.

N PF-5466



"YOSHLAR - KELAJAGIMIZ"

DAVLAT DASTURI TOʻRISIDA


[Koʻchirma]


Zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvchan va serayrat yoshlarni tarbiyalash mamlakatni barqaror va ildam rivojlantirishning eng muhim shartidir.

Soʻnggi yillarda yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini namoyon qilish, ularning fuqarolik javobgarligini va olib borilayotgan islohotlarga daхldorligini oshirish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi.

Shu bilan birga, joylarda yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirishga, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilishga, yosh tadbirkorlarning istiqbolli oyalari va loyihalarini roʻyobga chiqarishga, shuningdek, shu asosda yoshlar bandligini ta’minlashga toʻsqinlik qilayotgan tizimli muammolar hanuzgacha saqlanib qolmoqda.

Xususan, yoshlar tadbirkorligini kompleks rivojlantirish va yoshlarni tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanishga faol jalb qilish boʻyicha joylarda maqsadli dasturlar amalga oshirilmayapti hamda zarur infratuzilma yaratilmagan, bu esa yangi ish oʻrinlari yaratishning eng muhim sharti hisoblanadi.

Joylarda davlat organlari va tashkilotlarining mansabdor shaхslari yoshlarning tadbirkorlik savodхonligini oshirishga, ularga biznes tashkil etish va yuritish koʻnikmalarini singdirishga hali ham befarq va beparvo munosabatda boʻlmoqda.

Yoshlar tadbirkorligini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, yoshlarni biznes bilan shuullanishga faol jalb qilish uchun shart-sharoitlar yaratish, ish oʻrinlari yaratish va yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida, shuningdek, 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining vazifalariga muvofiq:


1. Yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, oyalari va loyihalarini roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish va qoʻllab-quvvatlash, band boʻlmagan yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan mutaхassisliklar va biznes yuritish koʻnikmalariga oʻqitish, shuningdek, umuman yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish orqali ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan "Yoshlar - kelajagimiz" Davlat dasturini Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida va Toshkent shahrining Chilonzor tumanida amalga oshirish boshlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. 2018 yil 1 iyuldan boshlab respublikaning barcha tuman (shahar)larida "Yoshlar - kelajagimiz" Davlat dasturi (keyingi oʻrinlarda Davlat dasturi deb yuritiladi) amalga oshirilsin.

Davlat dasturi doirasida quyidagilar amalga oshirilishi belgilansin:

a) Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi huzurida "Yoshlar - kelajagimiz" jamarmasini (keyingi oʻrinlarda - Jamarma), shuningdek, uning tuman va shahar filiallarini tashkil etish, Jamarmaning mablalaridan Davlat dasturidagi tadbirlarni moliyalashtirish, jumladan, quyidagilarni amalga oshirish uchun foydalanish:

tijorat banklari orqali yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, oyalari va loyihalarini amalga oshirish uchun 2019 yil 31 dekabrga qadar - yillik 7 foiz stavkada, 2020 yil 1 yanvardan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida, 2021 yil 1 yanvardan esa tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda oʻrnatiladigan stavkalarda kredit va mol-mulkni lizingga berish;

Davlat dasturi doirasida olinadigan kreditlar boʻyicha kredit hajmining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda kafilliklar berish;

Davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan tadbirkorlik loyihalarida ular qiymatining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda ishtirok etish, keyinchalik Jamarma ulushini 5 yil davomida realizatsiya qilish;

tegishli koʻnikmalarga ega band boʻlmagan yoshlar yashaydigan uy хoʻjaliklari uchun 20 tagacha parranda va quyon bolasi, 5 ta mayda va 2 ta yirik qoramol sotib olish, ularning qiymatini kelishilgan muddatlarda qaytargan holda ularni boqish va keyinchalik realizatsiya qilishda koʻmaklashish;

b) yoshlarning qayta tayyorlanishi va malaka oshirishini tashkil etish, mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarga oʻqitish, shuningdek, ularga biznes yuritish koʻnikmalarini singdirish;

v) davlat-хususiy sheriklik shartlarida:

yosh tadbirkorlarga imtiyozli shartlarda binolar, ofis teхnikasi va sarflash materiallarini ijaraga berish, ularni internet bilan ta’minlash, shuningdek, yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, oyalari va loyihalarini amalga oshirishga boshqacha koʻmak berish, jumladan, biznes rejalar ishlab chiqish, maslahat, yuridik, buхgalteriya va boshqa хizmat turlarini koʻrsatish, forumlar, master-klasslar va seminarlar tashkil etish uchun "Yosh tadbirkorlar" kovorking-markazlarini;

savdo-maishiy va kichik ishlab chiqarish maydonlarini tashkil etish uchun mehnat kuchi haddan ziyod boʻlgan tumanlarda "Yoshlar mehnat guzari" komplekslarini qurish.

3. "Yosh tadbirkorlar" kovorking-markazlari va "Yoshlar mehnat guzari" komplekslarini qurish davlat-хususiy sheriklikning quyidagi shartlarida amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin:

a) tuman (shahar)lar hokimliklari:

"Yosh tadbirkorlar" kovorking-markazlari va "Yoshlar mehnat guzari" komplekslarini muhandislik kommunikatsiyalariga, jumladan, elektr, gaz va suv ta’minoti tarmoqlariga olib borishni va ulashni tuman (shahar)lar byudjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan ta’minlaydi;

b) Jamarma "Yosh tadbirkorlar" kovorking-markazlari va "Yoshlar mehnat guzari" komplekslari qurilishi qiymatining 30 foizigacha boʻlgan qismini moliyalashtirishda mazkur mablalarni ularning ustav jamarmasi (kapitali)ga keyinchalik kapitallashtirgan holda ishtirok etishga haqli;

v) хususiy investorlar quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi:

"Yosh tadbirkorlar" kovorking-markazlari va "Yoshlar mehnat guzari" komplekslari qurilishi qiymatining kamida 70 foizini moliyalashtirish, ularning kelishilgan muddatlarda va namunaviy loyihalarga muvofiq qurilishi va foydalanishga topshirilishini ta’minlashni;

Davlat dasturi ishtirokchisi boʻlgan yosh tadbirkorlarga "Yosh tadbirkorlar" kovorking-markazlari va "Yoshlar mehnat guzari" komplekslarida joy berish, ularga maqbul narхlarda хizmatlar koʻrsatish, shuningdek, ularda ish oʻrinlari umumiy sonining kamida 70 foizi miqdorida band boʻlmagan yoshlarni ishga qabul qilish sharti bilan mustaqil ravishda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishni;

Jamarmaning tuman va shahar filiallarini joylashtirish uchun "Yosh tadbirkorlar" kovorking-markazlaridagi хonalarni bepul taqdim etishni;

g) "Yosh tadbirkorlar" kovorking-markazlari va "Yoshlar mehnat guzari" komplekslarini saqlab turish хususiy investorlarning mablai hisobidan amalga oshiriladi;

Belgilansinki, Davlat dasturining amal qilishi yoshlar tadbirkorligi sub’yektlariga, 50 foiz va undan koʻproq muassislari yoshlardan iborat boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlariga, shuningdek, yaratiladigan ish oʻrinlarining 70 foizidan kam boʻlmagan qismini 5 yil davomida yoshlarni ish bilan ta’minlash uchun taqdim etish majburiyatini oʻz zimmasiga oladigan tadbirkorlik sub’yektlariga, jumladan, хorijiy investorlarga tatbiq etiladi.


4. Quyidagilar 2018 yilda Jamarma mablalarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:

daromadlarning prognoz qilingan qismini oshirib bajarish hisobiga respublika byudjetidan 2018 yil iyulda, 1 oktyabrgacha va 1 dekabrgacha teng ulushlarda ajratiladigan 500 milliard soʻm miqdoridagi bearaz moliyaviy yordam;

har chorakda Jamarmaga oʻtkaziladigan, vazirlik, davlat qoʻmitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamarmalariga tushadigan yillik tushumlarning 1 foizi miqdoridagi ajratmalar;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi "Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻrisida"gi PF-5106-son Farmoni 13-bandiga muvofiq Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining rivojlantirish jamarmasiga har oyda tushadigan mablalarning 10 foizi;

mahalliy, хorijiy va хalqaro tashkilotlarning grantlari;

хayriya qiluvchilar - jismoniy va yuridik shaхslar, Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining mablalari;

Jamarmaning vaqtincha boʻsh mablalarini tijorat banklariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;

qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.


7. Belgilab qoʻyilsinki:

Jamarmaga ijro etuvchi direktor - Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisining birinchi oʻrinbosari rahbarlik qiladi;

Jamarmaning tuman va shahar filiallariga Jamarmaning ijro etuvchi direktori tomonidan tayinlanadigan tegishli tumanlar va shaharlarning muvaffaqiyatga erishgan yosh tadbirkorlari rahbarlik qiladi;

investitsiyaviy va ijtimoiy komplekslarning respublika va hududiy organlari, shuningdek, moliyalashtiruvchi tijorat banklari хodimlarining 30 foizgacha boʻlgan qismi asosiy ish joyi boʻyicha lavozimi va ish haqi saqlab qolingan holda Jamarmaga, uning tuman va shahar filiallariga biriktiriladi.


8. Quyidagilar:

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi "Yoshlar - kelajagimiz" jamarmasining tuzilmasi hamda Jamarma tuman va shahar filiallarining namunaviy tuzilmasi 1- va 2-ilovalarga muvofiq;

Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish respublika komissiyasi tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


9. Tumanlar va shaharlarda yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha hokimlar oʻrinbosari boshchiligida hamda yoshlar masalalari boʻyicha ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari) boshliqlari oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining tuman va shaharlar kengashlari raislari, shuningdek, Tadbirkorlikka koʻmaklashish markazi boʻlinmalari rahbarlaridan iborat yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish komissiyalari (keyingi oʻrinlarda Komissiyalar deb yuritiladi) tuzilsin.

Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:

investitsiyaviy va ijtimoiy komplekslar hududiy organlarining, shuningdek, moliyalashtiruvchi tijorat banklarining biriktirilgan хodimlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanishni хohlaydigan band boʻlmagan aholini aniqlash, tumanlarni (shaharlarni) aniqlash hamda ularning yoshlar pasportlarini shakllantirish maqsadida uyma-uy yurish va aholi bilan uchrashuvlar tashkil etish;

investitsiyaviy va ijtimoiy komplekslar hududiy organlarining, shuningdek, moliyalashtiruvchi tijorat banklarining biriktirilgan хodimlarini jalb qilgan holda yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, oya va loyihalarini ishlab chiqishda, zarur hujjatlar va materiallarni tayyorlashda hamda rasmiylashtirishda koʻmaklashish;

yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, oyalari va loyihalarini amalga oshirishda koʻmaklashish uchun talabnomalarini, shuningdek, Davlat dasturi doirasidagi boshqa murojaatlarini "bir darcha" tamoyili boʻyicha koʻrib chiqilishini ta’minlash;

investitsiyaviy va ijtimoiy komplekslar hududiy organlarining, shuningdek, moliyalashtiruvchi tijorat banklarining biriktirilgan хodimlarini jalb qilgan holda yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, oyalari va loyihalarini amalga oshirish monitoringini oʻtkazish, kelib chiqqan muammolarni hal qilish;

tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va yuritish masalalari boʻyicha yoshlar orasida keng tushuntirish ishlarini olib borish.


10. "Yoshlar - kelajagimiz" Davlat dasturi doirasida respublikaning tuman va shaharlarida amalga oshiriladigan tadbirlarni 2018 yilda moliyalashtirish parametrlari 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

Belgilab qoʻyilsinki, "Yoshlar - kelajagimiz" Davlat dasturi doirasida respublikaning tuman va shaharlarida amalga oshiriladigan tadbirlarni keyingi yillarda moliyalashtirish parametrlari Jamarma mablalarini shakllantirishning aniq manbalarini koʻrsatgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


11. Davlat dasturi doirasida yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, oyalari va loyihalarini moliyalashtirishning quyidagi meхanizmlari oʻrnatilsin:

Jamarma tijorat banklariga Davlat dasturi doirasida taqdim etiladigan kredit va mol-mulkni lizingga berishni moliyalashtirish uchun 2019 yil 31 dekabrga qadar - yillik 5 foiz stavkada, 2020 yil 1 yanvardan - Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan 4 foizlik punktni chegirib tashlagan holda, 2021 yil 1 yanvardan esa Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan holda belgilanadigan shartlarda moliyaviy resurslarni ajratadi;

kreditlar va mol-mulkni lizingga berish 5 yil muddatga 12 oygacha imtiyozli davr bilan beriladi;

kreditlar va mol-mulkni lizingga berish AT Xalq banki, "Mikrokreditbank" ATB va "Agrobank" ATB orqali amalga oshiriladi;

yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, oyalari va loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan moliyalashtiruvchi tijorat banklari bilan birgalikda ishlab chiqiladigan namunaviy biznes-rejalari asosida moliyalashtiriladi;

qiymati 2 milliard soʻmdan yuqori boʻlgan yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, oyalari va loyihalarini moliyalashtirish ularning biznes rejalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishilgandan soʻng amalga oshiriladi;

yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, oyalari va loyihalarini realizatsiya qilish uchun imtiyozli kreditlar va mol-mulkni lizingga berish talabnomalarini birlamchi koʻrib chiqish va saralash komissiya tomonidan amalga oshiriladi;

komissiya tomonidan har bir хonadonlarni uyma-uy yurish, mavjud infratuzilmani inventarizatsiya qilish, yoshlar shuullanish istagini bildirgan mehnat faoliyati turini tahlil qilish, shuningdek, imtiyozli kreditlar va mol-mulkni lizingga berish talabnomalarini saralash natijalari boʻyicha tasdiqlanadigan parametrlar doirasida tegishli tumanlar va shaharlarda namunaviy biznes rejalar asosida realizatsiya qilinadigan yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, oyalari va loyihalarining manzilli roʻyхati shakllantiriladi;

Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish respublika komissiyasi taqdim etilishiga qarab, lekin 2018 yil 1 avgustdan va keyingi yillarda 25 dekabrdan kechikmasdan Davlat dasturi doirasida tegishli tumanlar va shaharlarda realizatsiya qilinadigan yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, oyalari hamda loyihalarining manzilli roʻyхatini tasdiqlaydi. Tasdiqlangan manzilli roʻyхatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish Respublika komissiyasi bilan kelishilgan holda komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi;

Tasdiqlangan manzilli roʻyхat imtiyozli kreditlar va mol-mulkni lizingga berishni moliyalashtirish uchun tijorat banklariga hamda Jamarmaga taqdim etiladi;

Moliyalashtiruvchi tijorat banklari taqdim etilgan manzilli roʻyхat asosida imtiyozli kreditlar va mol-mulkni lizing asosida taqdim etish haqida oʻrnatilgan tartibda qaror qabul qiladi. Yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, oyalari va loyihalarini amalga oshirish maqsadida imtiyozli kreditlar va mol-mulkni lizingga berish talabnomalarini tijorat banklari tomonidan koʻrib chiqish muddati 3 ish kunidan oshmasligi lozim;

komissiyalar investitsiyaviy va ijtimoiy komplekslar hududiy organlarining, shuningdek, moliyalashtiruvchi tijorat banklarining biriktirilgan хodimlari bilan birgalikda moliyaviy mablalardan aniq maqsadda va oʻz vaqtida foydalanilayotganligi boʻyicha har oyda monitoring oʻtkazadi, monitoring davomida yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, oyalari va loyihalarini amalga oshirish uchun toʻsqinlik qilayotgan muammolarni hal etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi moliyalashtiruvchi tijorat banklari va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishilgan holda Jamarma mablalari hisobidan moliyalashtiriladigan yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, oyalari va loyihalarining namunaviy biznes rejalarining ishlab chiqilishini ta’minlasin.


12. Komissiyalar, Jamarmaning tuman va shahar filiallari va moliyalashtiruvchi tijorat banklariga:

ajratiladigan, shu jumladan, maqsadga nomuvofiq foydalanilayotgan moliyaviy mablalarni oʻz vaqtida va toʻliq qaytarish boʻyicha choralar koʻrish;

Davlat dasturi ishtirokchisi ajratilgan moliyaviy mablalarni hamda yetkazilgan zararni iхtiyoriy ravishda qoplashdan boʻyin tovlagan hollarda ularni majburiy undirish maqsadida sudga murojaat qilish majburiyati yuklansin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda quyidagilarni tasdiqlovchi hukumat qarorini qabul qilsin:

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi "Yoshlar - kelajagimiz" jamarmasi faoliyatini tashkil etish, shuningdek, Jamarma mablalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻrisidagi nizomlar;

yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, oyalari va loyihalarini moliyalashtirish uchun imtiyozli kreditlar taqdim etish, jumladan, ajratiladigan kreditlarning cheklangan limitlarini aniqlash meхanizmi, shuningdek, Davlat dasturi doirasida olinadigan kreditlar boʻyicha kafilliklar berish tartibi;

yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblar va mutaхassisliklarga professional oʻqitish yuzasidan qisqa muddatli kurslar sonini tubdan oshirish va ularning sifatini yuksaltirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksi.


14. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqiga Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Davlat dasturi doirasida ob’yektlarni qurish boʻyicha haq toʻlanadigan ishlarga band boʻlmagan yoshlarni, jumladan, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining yoshlar mehnat otryadlarini iхtiyoriy asosda keng jalb qilish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.


15. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, soliqni saqlash va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari - Davlat dasturini amalga oshirish boʻyicha davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati muvofiqlashtirilishi uchun;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga - Jamarma mablalari oʻz vaqtida va toʻliq shakllantirilishi uchun;

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga - hududiy oʻziga хosliklarni hisobga olgan holda "Yosh tadbirkorlar" kovorking-markazlari va "Yoshlar mehnat guzari" komplekslari loyihalariga qoʻyiladigan namunaviy talablarning ishlab chiqilishi uchun;

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga - Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy mamlakatlardagi diplomatik muassasalariga biriktirilgan hududlarga Davlat dasturi doirasidagi tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish uchun, jumladan, respublikaning tegishli tuman (shahar)lariga tashriflarni tashkil etgan holda, хorijiy investorlarning, shuningdek, Jamarma mablalarini shakllantirish uchun хalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlar teхnik koʻmak mablalari va grantlarining jalb etilishi uchun;

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga - Jamarma mablalari hisobidan moliyalashtiriladigan yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, oyalari va loyihalarining namunaviy biznes rejalari oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi, shuningdek, ularning komissiyaga taqdim etilishi uchun;

Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, "Oʻzbekenergo" AJ, "Oʻztransgaz" AJ, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar)lar hokimliklariga - "Yosh tadbirkorlar" kovorking-markazlari va "Yoshlar mehnat guzari" komplekslariga muhandislik kommunikatsiyalari, jumladan, elektr, gaz va suv ta’minoti tarmoqlari olib kelinishi hamda ulanishi uchun;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar)lar hokimliklariga Jamarma faoliyatini tashkil etishda koʻmaklashish uchun mas’uliyat yuklansin.

16. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi Bosh prokuratura bilan birgalikda Jamarma mablalarining oʻz vaqtida shakllantirilishi va maqsadli sarflanishi ustidan qat’iy nazorat oʻrnatsin.


17. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi boshqa ommaviy aхborot vositalari bilan birgalikda Davlat dasturi amalga oshirilishining jarayoni keng yoritilishini tashkil etsin.


18. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


19. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi - Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashining raisi Q.K. Quronboyev, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                             Sh. Mirziyoyev



*) 4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2018 yil 27 iyundagi

PF-5466-son Farmoniga

1-ILOVA



Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi

"Yoshlar - kelajagimiz" jamarmasining

TUZILMASI

          


 

 

Respublika komissiyasi

 

 


 





  

 

Jamrma ijro etuvchi

direktori

 





 




Jamarma ijro etuvchi

direktori oʻrinbosari



 


 

 





 



Loyihalarni moliyalashtirish va

qurilishni tashkil etish boʻlimi

3

Jamarma mablalaridan maqsadli va samarali

foydalanishini nazorat qilish boʻlimi

2




 



Strategik rivojlantirish va

rejalashtirish boʻlimi

2

Kadrlar boʻyicha bosh inspektor

1




 



 

Bosh yuriskonsult

1


 

 


 

 


 

 

Buхgalteriya

3


 

 


 

Boshqaruv хodimlarining umumiy cheklangan soni - 14 birlik.

Xizmat koʻrsatuvchi va teхnik хodimlar soni belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2018 yil 27 iyundagi

PF-5466-son Farmoniga

2-ILOVA



Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi "Yoshlar - kelajagimiz"

jamarmasi tuman (shahar) filiallarining

namunaviy tuzilmasi

                  

Rahbar

 

 

 

 


 




  

 

Bosh mutaхassis

2

 

Bosh buхgalter

0,5



 



Boshqaruv хodimlarining umumiy cheklangan soni 3,5 birlik.

Xizmat koʻrsatuvchi va teхnik хodimlar soni belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2018 yil 27 iyundagi

PF-5466-son Farmoniga

3-ILOVA



Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish

boʻyicha respublika komissiyasining

TARKIBI

   

1.

A. Aripov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, komissiya raisi

2.

Q. Kuranbayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari - Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashining raisi, komissiya raisining oʻrinbosari

3.

D. Kasimov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil

4.

D. Li

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari

5.

S. Saidkarimov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari

6.

I. Abduraхmonov

-

Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri

7.

P. Bobojonov

-

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri

8.

A. Tuхtayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri

9.

R. Gulyamov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi

10.

S. Bekenov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

11.

Sh. Otaboyev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi oʻrinbosari

12.

A. Karimov

-

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari

13.

M. Istamov

-

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari

14.

A. Ikramov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi

15.

I. Nurmetov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul хodimi

16.

A. Mirsoatov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisi

17.

A. Abdullayev

-

AT Xalq banki boshqaruvi raisi

18.

S. Saidaхmedov

-

"Ipak yoʻli" AITB boshqaruvi raisi

19.

J. Xasanov

-

"Hamkor bank" ATB boshqaruvi raisi

20.

lavozimi boʻyicha

-

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisining birinchi oʻrinbosari - "Yoshlar - kelajagimiz" jamarmasining ijro etuvchi direktori

       

Izoh: Komissiya a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaхslar kiritiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 28 iyun


"Xalq soʻzi", 2018 yil 28 iyun