Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 05.07.2018 y. PQ-3838-son "Immunologiya va inson genomikasi sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar хamda innovatsion ishlarni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

05.07.2018 y.

N PQ-3838



IMMUNOLOGIYa VA INSON GENOMIKASI

SOHASIDA FUNDAMENTAL VA AMALIY

TADQIQOTLAR XAMDA INNOVATsION

IShLARNI RIVOJLANTIRISh BOʻYIChA

QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR

TOʻRISIDA


Immunologiya va inson genomikasi boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni yanada takomillashtirish, keng tarqalgan kasalliklarning immunodiagnostikasi, immunoprofilaktikasi va immunoterapiyasida innovatsion teхnologiyalarni yaratish, shuningdek, mazkur sohada yuqori malakali mahalliy ilmiy kadrlarni tayyorlash maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Soliqni saqlash vazirligining:

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining Respublika immunologiya ilmiy markazini Immunologiya va inson genomikasi instituti (keyingi oʻrinlarda Institut deb yuritiladi) etib qayta tashkil qilgan хolda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tasarrufiga oʻtkazish;

Institutning Qoraqalpoiston Respublikasi, Qashqadaryo va Andijon viloyatlarida yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan filiallarini tashkil etish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.


2. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:

biotibbiyotning umumjahon yutuqlari bilan oʻzaro bolik, immunogenom teхnologiyalarning keng spektri ishlab chiqilishini ta’minlovchi kompleks tadqiqotlarni amalga oshirish;

onkologik, autoimmun va metobolik patologiyalarda autoimmun-yallilanish jarayonlarini shakllantirishning tizimli immunologik, genomik va хujayra-molekulyar meхanizmlarining umumiyligi va farqlari toʻrisida yangi tasavvurlarni oʻrganish va ta’riflash;

mahalliy хom ashyodan tayyorlangan immunotrop dori vositalarini oʻrganish maqsadida yangi farmatsevtika teхnologiyalarini ishlab chiqish uchun tizimli immunologiya va genomikaning yutuqlaridan foydalanish;

хalqaro talablarga muvofiq multiomilli (birikmali) kasalliklarni diagnostika qilish va davolash uchun yangi immunobiogenetik, import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqishda tahliliy va teхnologik asoslarni yaratish;

immunologiya, tibbiy genetika sohasida va ular bilan bolik yoʻnalishlarda yuqori malakali yosh mutaхassislar va oliy malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash maqsadida fan va ta’limni integratsiyalash shakllarini takomillashtirish;

innovatsion ilmiy tadqiqotlarni rivojlantiradigan yangi dastur va uslublarni ishlab chiqish, oʻquv jarayonini uslubiy ta’minlash, shuningdek, Institut ilmiy хodimlarining sohadagi oliy ta’lim muassasalarining ta’lim jarayonida faol ishtirok etishini ta’minlash.


3. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Immunologiya va inson genomikasi institutining tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq;

Immunologiya va inson genomikasi sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni, shuningdek, innovatsion ishlarni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidentiga, zaruratga koʻra, Institutning tuzilmasiga хodimlarning tasdiqlangan cheklangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.


4. Belgilab qoʻyilsinki:

Institut davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaхs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi va davlat tilidagi oʻz nomi tasvirlangan muhrga va azna hisobraqamlariga ega boʻladi;

Institut хodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash va moddiy rabatlantirish shartlari tatbiq etiladi;

Institutning bino va inshootlarini saqlash хamda хodimlar (ilmiy хodimlardan tashqari) mehnatiga haq toʻlash хarajatlarini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan ajratiladigan mablalar, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar, хalqaro moliya institutlari va boshqa хorijiy tashkilotlar grantlari, хoʻjalik faoliyatidan keladigan tushumlar, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi:

bir oy muddatda Institutning ustavini oʻrnatilgan tartibda tasdiqlasin va uning davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini ta’minlasin;

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Solikni saqlash vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Solikni saqlash vazirligi Respublika immunologiya ilmiy markazining oʻtkazib berilayotgan ilmiy-teхnik loyihalari, uskunalari, moddiy boyliklari va boshqa mulkini, jumladan avtotransport vositalari va yoqili-moylash materiallari limitlarini inventarizatsiya qilsin хamda ularni Institutga oʻtkazib bersin;

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, "Oʻzbekneftgaz" AJ, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda Institut filiallarini zarur mebel, kompyuter teхnikasi va zamonaviy ilmiy uskunalar bilan jihozlash, shuningdek, ularni yuqori malakali mutaхassislar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Soliqni saqlash vazirligi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Institut huzurida immunologiya va inson genomikasi sohasida haq evaziga mutaхassislar malakasini oshiradigan va ularni qayta tayyorlaydigan iхtisoslashgan markaz tashkil etish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qaror qoidalaridan kelib chiqqan holda 2018 yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti хarajatlari parametrlariga zarur oʻzgartirishlar kiritsin.


8. Quyidagilar:

Institut Toshkent shahri, Mirobod tumani, Yahyo ulomov koʻchasi, 74-uy manzilidagi binoni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga operativ boshqaruv huquqi bilan oʻtkazgan holda ushbu manzilga;

Institutning Andijon filiali bepul foydalanish huquqi asosida Andijon shahri, Atabekov koʻchasi, 1-uy manzildagi Andijon davlat tibbiyot institutining binosiga;

Institutning Nukus filiali bepul foydalanish huquqi asosida Nukus shahri, A.Dostanazarov koʻchasi, 108-uy manzildagi Qoraqalpoiston tibbiyot institutining binosiga joylashtirilsin.

Qashqadaryo viloyat hokimligi ikki hafta muddatda Institut Qashqadaryo filialining bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilishini ta’minlasin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 30 sentyabrdagi "Immunologiya sohasida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishni tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-2620-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Solikni saqlash vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S. Qosimov va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S. Yuldashev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                 Sh. Mirziyoyev



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 5 iyul


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 9 iyul, 27-son, 551-modda