Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.07.2018 y. 495-son "Davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

02.07.2018 y.

N 495




DAVLAT MULKI OB’YeKTLARIDAN

SAMARALI FOYDALANISh ChORA-

TADBIRLARI TOʻRISIDA



Maktabgacha ta’lim muassasalari tarmoini kengaytirish va moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, bolalarning maktabgacha ta’lim tizimiga yanada kengroq qamrab olinishini ta’minlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanishni tashkil qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi hamda Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti Toshkent shahar hududiy boʻlimiga qarashli Toshkent shahar, Mirobod tumani, Inoqobod koʻchasi, 1-uy manzilida joylashgan binolar va inshootlarni Toshkent shahar Mirobod tumani maktabgacha ta’lim boʻlimiga operativ boshqarish huquqi asosida bepul berish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi ushbu qarorning 1-bandida qayd etilgan binolar va inshootlar belgilangan tartibda topshirilishini va qabul qilinishini ta’minlasin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi 2018 yil 1 avgustgacha Toshkent shahar, Mirobod tumani, Inoqobod koʻchasi, 1-uy manzilida joylashgan binolar va inshootlarda davlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati yoʻlga qoʻyilishini ta’minlasin.


4. Vazirlar Mahkamasining "Davlat mulkidan samarali foydalanish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2014 yil 2 maydagi 111-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014 y., 19-son, 211-modda) 1-ilovaning 5-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduхakimov va maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                               A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 3 iyul