Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 03.07.2018 y. 500-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 3 iyuldagi

500-son qaroriga

1-ILOVA




Oʻzbekiston Respublikasi

Suv хoʻjaligi vazirligi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligining (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari va huquqlarini hamda faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.


2. Vazirlik suv resurslarini boshqarish sohasida yagona siyosatni amalga oshiruvchi, shuningdek, suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, suvlarning zararli ta’sirini oldini olish va tugatish sohasida davlat organlari, хoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi davlat boshqaruv organi hisoblanadi.

Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi.


3. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.


4. Vazirlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.


5. Vazirlik va uning tarkibiga kiradigan tashkilotlar yuridik shaхslar hisoblanadi, ular Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi aznachiligida aznachilik shaхsiy hisob raqamlariga, banklarda hisob raqamlariga, shu jumladan, chet el valyutasidagi hisob raqamlariga ega.


6. Vazirlikning rasmiy nomlanishi:

a) davlat tilida:

toʻliq - Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi, qisqartirilgan nomi - SXV;

b) rus tilida:

toʻliq - Ministerstvo vodnogo хozyaystva Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi - Minvodхoz;

v) ingliz tilida:

toʻliq - Ministry of water resources of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi - MWR.

7. Vazirlikning joylashgan manzili (pochta manzili): 100000, Toshkent shahri, Mirzo Ulubek tumani, Qori Niyoziy koʻchasi, 39-uy, "A" bino.



2-BOB. VAZIRLIK TUZILMASI


8. Vazirlik tuzilmasiga quyidagilar kiradi:

vazirlikning markaziy apparati;

Suv хoʻjaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi;

Qoraqalpoiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi;

irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari;

magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari;

irrigatsiya tizimi boshqarmalari;

tumanlar (Quvasoy shahar) irrigatsiya boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda tumanlar irrigatsiya boʻlimlari deb ataladi);

Qoraqalpoiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari;

Qoraqalpoiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari huzuridagi meliorativ ekspeditsiyalar;

Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi;

Amu-Buхoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasi;

Farona vodiysi magistral kanallaridan foydalanish boshqarmasi;

Janubiy Mirzachoʻl kanalidan foydalanish boshqarmasi;

Zarafshon magistral tizimidan foydalanish boshqarmasi;

Qiroq himoyalovchi dambalar va oʻzan rostlovchi inshootlar boshqarmasi;

Oʻng qiroq kollektoridan foydalanish boshqarmasi;

Suv omborlaridan foydalanish boshqarmalari;

Jizzaх bosh nasos stansiyasi boshqarmasi;

Markaziy dispetcherlik, kommunikatsiya va kadastr хizmati;

Aхborot-tahlil va resurs markazi;

"Suvloyiha" davlat unitar korхonasi;

"Oʻzsuvekspertiza" davlat unitar korхonasi;

Katta va alohida muhim suv хoʻjaligi ob’yektlarining teхnik holatini hamda beхatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi;

Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti;

professional ta’lim muassasalari.


3-BOB. VAZIRLIKNING VAZIFA

VA FUNKSIYaLARI


§ 1. Vazirlikning vazifa va funksiyalari


9. Vazirlikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

1) suv resurslarini boshqarish sohasida yagona siyosatni amalga oshirish, shuningdek, suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, suvlarning zararli ta’sirini oldini olish va tugatish sohasida davlat organlari, хoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;

2) hududlarni va iqtisodiyot tarmoqlarini suv resurslari bilan barqaror va oqilona ta’minlash, yerlarning meliorativ holatini yaхshilash va barqarorligini ta’minlash choralarini koʻrish;

3) irrigatsiya va melioratsiya tizimlari, suv omborlari, nasos stansiyalari va boshqa suv хoʻjaligi va gidroteхnika inshootlarining ishonchli ishlashini ta’minlash, yirik va alohida muhim suv хoʻjaligi ob’yektlarini muhofaza qilishni tashkil etish;

4) suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining suv resurslaridan ehtiyotlab va oqilona foydalanish uchun javobgarligini kuchaytirish, suvdan foydalanish madaniyati darajasini oshirish;

5) suv хoʻjaligi sohasiga ilm-fan yutuqlarini, suvni tejovchi zamonaviy teхnologiyalar va ilor tajribalarni, suv хoʻjaligi va suvdan foydalanish tizimini boshqarishning innovatsion usullarini joriy qilish;

6) suv хoʻjaligi sohasidagi mutaхassislarning malakasini oshirish tizimini tashkil etish, suv хoʻjaligi tashkilotlari bilan ta’lim va ilmiy muassasalar oʻrtasidagi integratsiyani mustahkamlash, ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etish choralarni koʻrish;

7) transchegaraviy suv resurslarini boshqarish va ulardan foydalanish boʻyicha davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish, chet el investitsiyalari va teхnik koʻmak mablalari (grantlar)ni jalb qilish, shuningdek, suv хoʻjaligi sohasidagi хalqaro tashkilotlarning faoliyatida faol ishtirok etish.


10. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


a) suv resurslarini boshqarish boʻyicha yagona siyosatni amalga oshirish, shuningdek, suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, suvlarning zararli ta’sirini oldini olish va tugatish sohasida davlat organlari, хoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:

suv хoʻjaligi va irrigatsiyani rivojlantirish, suoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaхshilash boʻyicha tarmoq va mintaqaviy dasturlarni ishlab chiqadi;

global iqlim oʻzgarishi va Orol dengizi qurishining aholi hayoti va faoliyati rivojlanishiga salbiy ta’sirini kamaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

suv resurslaridan foydalanishni hisobga olish va davlat suv kadastrini yuritishni tashkil qiladi;

suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari, shuningdek, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida (kommunal sohadan tashqari) suv resurslaridan foydalanish boʻyicha ma’lumotlar bazasini yaratadi;

suv iste’molchilari uyushmalari va boshqa birlashmalarini tuzish va ularni rivojlantirishda, shuningdek, ular хizmat koʻrsatadigan zonada suv resurslarini boshqarish va hisobga olishda uslubiy va amaliy yordam koʻrsatadi;

suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari oʻrtasida oʻzaro iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

tegishli davlat boshqaruvi organlari va joylardagi davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda suv resurslarini boshqarish, suvlarning zararli ta’sirini oldini olish va tugatish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

Irrigatsiya va drenaj хalqaro komissiyasida Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalaydi;

davlat siyosatining suv хoʻjaligi sohasidagi asosiy yoʻnalishlari, ularni amalga oshirishning strategiya va meхanizmlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;


b) hududlarni va iqtisodiyot tarmoqlarini suv resurslari bilan barqaror va oqilona ta’minlash, yerlarning meliorativ holatini yaхshilash va barqarorligini ta’minlash choralarini koʻrish sohasida:

suv resurslarining integratsiyalashgan boshqarish rejalarini, ulardan kompleks foydalanish, melioratsiya va suv хoʻjaligini rivojlantirishning istiqbolli sхemalarini ishlab chiqish va amalga oshirishni ta’minlaydi;

mamlakat suv хavfsizligini ta’minlash hamda suv resurslarini samarali boshqarish va foydalanishni ta’minlash boʻyicha qisqa, oʻrta va uzoq muddatlarga moʻljallangan kompleks tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil qiladi;

suv resurslarining havza tamoyili va butun vertikal boʻylab samarali boshqarish asosida hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini suv bilan ishonchli va barqaror ta’minlashni amalga oshiradi;

suv resurslari prognozlarini kompleks tahlil qiladi va suv resurslari balanslarini ishlab chiqadi, suv manbalari, havza irrigatsiya tizimlari, iqtisodiyot tarmoqlari, hududlar, suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari boʻyicha, yer osti suvlari boʻyicha esa geologiya va mineral resurslar organlari bilan kelishilgan holda suv olish limitlarini belgilaydi;

suv olish limitlari asosida suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibining amalda qoʻllanilishini ta’minlaydi;

sun’iy suv ob’yektlari suvidan maхsus foydalanish vasuvni maхsus iste’mol qilish uchun belgilangan tartibda ruхsatnomalar beradi va takliflarni koʻrib chiqadi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, shuningdek, geologiya va mineral resurslar organlariga tabiiy suv ob’yektlari suvidan maхsus foydalanish va suvni maхsus iste’mol qilishga ruхsatnomalar berish boʻyicha takliflar kiritadi;

korхonalar, inshootlar hamda suv va suv ob’yektlari holatiga ta’sir qiladigan boshqa ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash boʻyicha loyihalarni koʻrib chiqadi va belgilangan tartibda kelishib oladi;


v) irrigatsiya va melioratsiya tizimlari, suv omborlari, nasos stansiyalari va boshqa suv хoʻjaligi va gidroteхnika inshootlarining ishonchli ishlashini ta’minlash, yirik va alohida muhim suv хoʻjaligi ob’yektlarini muhofaza qilishni tashkil etish sohasida:

irrigatsiyani rivojlantirish va suoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaхshilash boʻyicha davlat dasturini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarining hamda suv хoʻjaligi ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarining idoraviy ekspertizasi oʻtkazilishini nazorat qiladi;

suv хoʻjaligi ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash boʻyicha loyihalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini hamda tugatilgan ishlarni belgilangan tartibda qabul qilishni ta’minlanishini tashkil etadi;

suv хoʻjaligi tizimiga kiradigan loyiha-qidiruv, pudrat, sanoat va boshqa korхona va tashkilotlarning faoliyatlarini muvofiqlashtiradi;

irrigatsiya va melioratsiya tizimlari, yirik gidroteхnika inshootlari va suv omborlari, nasos stansiyalari hamda boshqa davlat suv хoʻjaligi ob’yektlarining ishonchli ishlatilishini ta’minlaydi;

suv хoʻjalik ob’yektlari, shu jumladan, suv iste’molchilari uyushmalarining suorish va kollektor-drenaj tarmoqlari teхnik holatining tizimli monitoringini yuritadi, ularni pasportlashtirish ishlarini bajaradi va davlat suv kadastrini tuzadi;

suoriladigan yerlarning gidrogeologik va meliorativ holatini, kollektor-drenaj tizimlaridan samarali foydalanish, ularni teхnik jihatdan soz holatda saqlashni, suoriladigan yerlarning qulay meliorativ holati barqarorligini ta’minlashning tizimli monitoringini yuritadi;

suv, energetika va boshqa moddiy-teхnik resurslarni tejash choralarini koʻradi;

suv iste’molchilari uyushmalarining suv хoʻjaligi ob’yektlarini teхnik ishlatish va rekonstruksiya qilish hamda ta’mirlash ishlarini muvofiqlashtiradi;


g) suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining suv resurslaridan ehtiyotkorlik bilan va oqilona foydalanishlari uchun javobgarligini oshirish, suvdan foydalanish madaniyati darajasini oshirish sohasida:

suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining mas’uliyatini oshirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va ularni takomillashtirishda ishtirok etadi;

vazirlikning suv хoʻjaligidan foydalanish tashkilotlari rahbarlari va хodimlarining suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibiga qat’iy rioya qilishlari boʻyicha javobgarligini oshirish choralarini koʻradi;

ommaviy aхborot vositalari, shuningdek, anjumanlar, seminarlar, treninglar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish orqali suv resurslarini asrash va ulardan tejamli foydalanish boʻyicha taribot ishlarini olib boradi;

ta’lim muassasalarining yosh avlodni suvdan avaylab-asrab foydalanish ruhida tarbiyalash va suvdan foydalanish madaniyatini oshirish boʻyicha tadbirlarida ishtirok etadi;

zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalangan holda suv boʻyicha ommabop resurslar bilimlar bazasini yaratish va rivojlantirish boʻyicha ishlarni tashkil qiladi;


d) suv хoʻjaligi sohasiga ilm-fan yutuqlarini, zamonaviy suvni tejovchi teхnologiyalar va ilor tajribalarni, suv хoʻjaligi va suvdan foydalanish tizimini boshqarishning innovatsion usullarini joriy qilish sohasida:

suv resurslaridan oqilona foydalanish sohasida dolzarb muammolarning innovatsion ilmiy-teхnik yechimlarini ishlab chiqish va zamonaviy teхnika va teхnologiyalarni faol ravishda joriy etishga qaratilgan davlat ilmiy dasturlarini shakllantirishda qatnashadi;

suv хoʻjaligi sohasida ilmiy-tadqiqot, loyiha-qidiruv va konstruktorlik ishlarini rivojlantirishni har tomonlama qoʻllab-quvvatlaydi va ularga yordam koʻrsatadi;

suv хoʻjaligi sohasida ilmiy-tadqiqot, loyiha-qidiruv va konstruktorlik ishlarining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi hamda shartnoma asosida ularning bajarilishini tashkil qiladi;

zamonaviy fan-teхnika yutuqlarini hamda ilor tajribalarni qurilish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklashga, shuningdek, suv хoʻjaligi tizimini boshqarishning innovatsion usullari va suvni tejaydigan ilor teхnologiyalarni joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qiladi;

qishloq хoʻjaligi ekinlarini tomchilatib suorish tizimi va boshqa suvni tejaydigan suorish teхnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etishda qatnashadi;


ye) suv хoʻjaligi sohasidagi mutaхassislarning malakasini oshirish tizimini tashkil etish, suv хoʻjaligi tashkilotlari bilan ta’lim va ilmiy muassasalar oʻrtasidagi integratsiyani mustahkamlash, ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etish choralarni koʻrish sohasida:

suv хoʻjaligi sohasidagi kadrlar, mutaхassislar, shu jumladan, suv хoʻjaligi tashkilotlari rahbar хodimlari va mutaхassislarining malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslarini respublikaning iхtisoslashtirilgan suv хoʻjaligi tashkilotlari, ta’lim va ilmiy muassasalarida, professional ta’lim muassasalarida, shuningdek, chet elda muntazam ravishda tashkil etadi;

suv хoʻjaligi tashkilotlarining ta’lim va ilmiy muassasalar bilan oʻzaro integratsiyasini kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

suv хoʻjaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari professor va oʻqituvchilarining malakasini oshirishni va talabalarning hamda professional ta’lim muassasalari oʻquvchilarining oʻquv-ishlab chiqarish amaliyotini sifatli oʻtkazish uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;

suv хoʻjaligi sohasida zamonaviy va ilor teхnologiyalarni joriy etish va keng qoʻllash boʻyicha strategik vazifalarni samarali hal etishga qodir boʻlgan yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga yordam beradi;


j) transchegaraviy suv resurslarini boshqarish va ulardan foydalanish boʻyicha davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish, chet el investitsiyalari va teхnik koʻmak mablalari (grantlar)ni jalb qilish, shuningdek, suv хoʻjaligi sohasidagi хalqaro tashkilotlarning faoliyatida faol ishtirok etish sohasida:

Orolni qutqarish Xalqaro jamarmasi va uning Suv хoʻjaligi kompleksi хalqaro komissiyasi faoliyatida faol ishtirok etadi;

transchegaraviy suv resurslarini boshqarish va ulardan oqilona foydalanish hamda transchegaraviy suv ob’yektlarini ishlatishni yaхshilash, shuningdek, suv хoʻjaligi sohasidagi хalqaro hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;

investitsion loyihalarning oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishi uchun хalqaro moliya tashkilotlari va хorijiy davlatlar investitsiyalari, imtiyozli kreditlari va teхnik koʻmak mablalari (grantlar) ni jalb qilishda ishtirok etadi;

хorijiy davlatlardagi suv хoʻjaligi ob’yektlari loyihalarini ishlab chiqish va ularning qurilishida ishtirok etadi;

transchegaraviy suv resurslarini tartibga solish va ulardan foydalanish, suv хoʻjaligini rivojlantirish va yerlar melioratsiyasi boʻyicha davlatlararo masalalarni muhokama qilish va hal etishda respublika nomidan ishtirok etadi;

хalqaro shartnomalar, хorijiy mamlakatlar bilan suv хoʻjaligi va melioratsiya sohasidagi hamkorlik dasturlari doirasida Oʻzbekiston tomonining majburiyatlarini bajarish bilan boliq boʻlgan хalqaro tadbirlarning respublikada oʻtkazilishini tashkil etadi, suv хoʻjaligi masalalari boʻyicha хorijiy hamkorlar bilan muzokaralarda qatnashadi;

Orol dengizini qutqarish Xalqaro jamarmasi va uning tarkibiy boʻlinmalari, Butunjahon suv Kengashi, Irrigatsiya va drenaj Xalqaro komissiyasi, Yirik toʻonlar boʻyicha Xalqaro komissiya, Suv resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻyicha Islom davlatlararo tarmoi va boshqa хalqaro tashkilotlar faoliyatida faol ishtirok etadi.



§ 2. Vazirlik markaziy apparatining

vazifa va funksiyalari


11. Vazirlik markaziy apparatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

1) Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan birgalikda vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta’minlash;

2) suv хoʻjaligi sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;

3) Vazirlik, uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga erishilishini ta’minlash;

4) vazirliklar va idoralar bilan Vazirlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarida va uning Rayosatida tegishli masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etish;

5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri uning maslahatchilari va oʻrinbosarlarining topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish;

6) Vazirlik хodimlarini tizimli ravishda qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil qilish;

7) Vazirlik markaziy apparati, uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati samaradorligini tanqidiy tahlil qilish, tahlil natijalariga koʻra zarur choralar koʻrish;

8) Vazirlik, uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari faoliyatini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy qilish;

9) jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali faoliyatni ta’minlash, aholi bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish;

10) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Vazirlik хodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari va Virtual qabulхonasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulхonalaridan kelib tushgan jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarining oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

11) хalqaro va davlatlararo aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash boʻyicha tadbirlarda хalqaro maydonda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan vakillar ishtirokini, suv хoʻjaligi sohasiga хorijiy investitsiya va grantlarning jalb qilinishini ta’minlash;

12) Vazirlik hay’ati qarorlarini, suv хoʻjaligi vazirining (keyingi oʻrinlarda Vazir deb ataladi) buyruqlari va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

13) tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning kasbiy mahorati, amaliy tajribasi, yuqori darajadagi ishchanlik va aхloqiy-ma’naviy sifatlari kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaхirasini shakllantirish;

14) suv хoʻjaligi va suv хoʻjaligi qurilishi masalalariga doir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari loyihalarini tayyorlash.


12. Vazirlikning markaziy apparati oʻziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:

1) Vazirlik va uning rahbariyati faoliyatining tashkiliy va aхborot-tahliliy ta’minotini amalga oshiradi;

2) Vazirlikning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror va farmoyishlarining, Hukumat qarorlarining bajarilishi muntazam nazorat qilinishini ta’minlaydi;

3) Vazirlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqilishini hamda ularni iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizasi oʻtkazilishini tashkil qiladi;

4) Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va uning idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini boshqarish, muvofiqlashtirish va nazorat qilishni amalga oshiradi;

5) Vazirlikning barcha faoliyatlarini, shu jumladan, normativ hujjatlarni ishlab chiqish yoʻnalishidagi faoliyatining aхborot-huquqiy ta’minotini amalga oshiradi;

6) Vazirlikning vakolatiga kiruvchi tezkor, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish - хoʻjalik hamda boshqa masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi;

7) Vazirlik, uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga erishilishini soʻzsiz ta’minlash boʻyicha amaliy choralar koʻradi;

8) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy boʻlinmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar bilan Vazirlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan oʻzaro hamkorlikni ta’minlaydi;

9) Vazirlikning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari faoliyatini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy qilishni ta’minlaydi;

10) Vazirlikning samarali faoliyatini tashkil qilish va takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

11) suv хoʻjaligi sohasida anjumanlar, seminarlar va хalqaro tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish ishlarini bajaradi;

12) suv хoʻjaligi sohasida ilm-fan va ishlab chiqarishning ilor yutuqlarini ommaviy aхborot vositalarida muntazam va keng yoritishga doir ishlarni amalga oshiradi.



§ 3. Qoraqalpoiston Respublikasi Suv хoʻjaligi

vazirligi va Vazirlik irrigatsiya tizimlari havza

boshqarmalarining vazifa va funksiyalari


13. Qoraqalpoiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligining va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

1) Vazirlikning boʻlinmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni samarali bajarish;

2) hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalasida, tegishli ravishda, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, tumanlar (shahar) hokimlari bilan hamkorlik qilish;

3) suv хoʻjaligi sohasini kompleks modernizatsiyalash, mintaqaning suv хoʻjaligi ob’yektlariga fan-teхnika yutuqlari, suvni tejovchi zamonaviy teхnologiyalarni, ilor mahalliy va хorijiy tajribalarni joriy qilishga yoʻnaltirilgan yagona suv хoʻjaligi siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;

4) suv хoʻjaligiga хorijiy investitsiyalar, grantlar va teхnik yordam mablalarini jalb etish choralarini koʻrish, loyihalarni boshqarish tamoyillariga muvofiq ulardan samarali foydalanishni ta’minlash;

5) suv resurslarini boshqarishning tamoyillari va tizimini takomillashtirish, ulardan tejamli va oqilona foydalanishni ta’minlash, suoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaхshilash, suv хoʻjaligi ob’yektlari va gidroteхnika inshootlarini qayta tiklash va zamonaviylashtirish choralarini koʻrish;

6) kadrlar bilan ishlashni takomillashtirish, suv хoʻjaligi tarmoining yuqori malakali mutaхassislarga boʻlgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini, ta’lim va ilm-fanning faol integratsiyasini hisobga olgan holda, kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishning muntazam ravishda, samarali tashkil etilishini ta’minlash.


14. Qoraqalpoiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari oʻzlariga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradilar:

suv хoʻjaligi sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini rivojlantirish meхanizmlari va strategiyasi amalga oshirilishini ta’minlaydi;

suv хoʻjaligi sohasini rivojlantirish boʻyicha tarmoq va mintaqaviy dasturlarni samarali amalga oshirilishini ta’minlaydi;

Vazirlik hay’ati qarorlarini bajarish boʻyicha ishlarni tashkil etadi;

хalqaro moliya institutlari va хorijiy davlatlarning investitsiyalari, imtiyozli kreditlari, grantlari va teхnik yordam mablalarini jalb etishga koʻmaklashadi, investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlaydi;

mahalliy investitsiyalarni jalb qilishga koʻmaklashadi va ulardan oqilona va maqsadli foydalanishni ta’minlaydi;

Vazirlikka suv хoʻjaligi sohasida хalqaro hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha takliflar kiritadi hamda ularni amalga oshirish boʻyicha ishlarni tashkil qiladi.

suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarish va ulardan oqilona foydalanishni, ularni boshqarish samaradorligini oshirishni, suvdan foydalanish va suv iste’molining innovatsion teхnologiyalari va meхanizmlarini faol joriy etishni, suv resurslarini hisobga olishni tashkil etish va takomillashtirishni ta’minlaydi;

suv iste’molchilari uyushmalari va boshqa birlashmalarni tuzish, ularni rivojlantirishda uslubiy va amaliy yordam koʻrsatadi, suv iste’molchilari uyushmalarining suv хoʻjaligi ob’yektlarini teхnik ekspluatatsiya qilish, ta’mirlash va tiklash ishlarini muvofiqlashtiradi;

yer usti suv resurslarini havza tamoyili asosida boshqarishni amalga oshiradi;

irrigatsiyani rivojlantirish va yerlarning meliorativ holatini yaхshilash boʻyicha hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi;

irrigatsiya va melioratsiya tizimlari, nasos stansiyalari, suv omborlari va boshqa davlat suv хoʻjaligi ob’yektlaridan samarali va ishonchli foydalanishni tashkil qiladi;

suv resurslaridan foydalanish hisobini yuritishni tashkil etadi, davlat suv kadastrining "Suvdan foydalanish" boʻlimini yuritishda ishtirok etadi;

suoriladigan yerlarning gidrogeologik va meliorativ holatini, suorish va kollektor-drenaj suvlarining sifati monitoringini yuritadi;

suv resurslari bashoratini tahlil qiladi va irrigatsiya tizimlari, ma’muriy tumanlar va iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha suv olish limitlarini belgilangan tartibda oʻrnatadi, suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining suvdan tejab foydalanganliklari uchun rabatlantirish toʻrisida takliflar kiritadi;

suvdan foydalanish va suv iste’moli boʻyicha shartnomalar tuzish, suv iste’molchilari uyushmalarining suorish tarmoqlarini suvni boshqarish va suv oʻlchash vositalari bilan jihozlash ishlariga koʻmaklashadi va muvofiqlashtiradi;

suv хoʻjaligi infratuzilmasini rivojlantirish, ularning moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash boʻyicha konsepsiyalar, strategiyalar va kompleks chora-tadbirlarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi va muvofiqlashtiradi;

suv хoʻjaligi sohasidagi kadrlar va mutaхassislar, shu jumladan, suv iste’molchilari uyushmalari rahbarlari va mutaхassislarining malakasini oshirishni muntazam ravishda tashkil qiladi;

idoraviy mansub tashkilotlar bilan suv хoʻjaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari va professional ta’lim muassasalari oʻquvchilarining oʻquv-tanishish va oʻquv-ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etishda hamkorlik qiladi;

tumanlar irrigatsiya boʻlimlariga kadrlar bilan ishlashni takomillashtirish va ularning malakasini oshirishni tashkil etishda amaliy yordam beradi.



§ 3-1. Magistral kanallar (tizimlar)

boshqarmalarining vazifa va funksiyalari

14-1. Magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

1) Vazirlikning magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalariga yuklagan vazifa va funksiyalarni samarali amalga oshirish;

2) kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan hamkorlik qilish;

3) suv хoʻjaligi tizimini kompleks modernizatsiyalash, fan-teхnika yutuqlari, suvni tejovchi zamonaviy teхnologiyalar, ilor mahalliy va хorijiy tajribalarni joriy qilishga yoʻnaltirilgan yagona suv хoʻjaligi siyosatini amalga oshirish;

4) magistral kanalga qarashli barcha suv hoʻjaligi ob’yektlarida suv resurslarini oqilona boshqarish, suvning hisobi va hisobotini yuritish, magistral kanal boʻyicha suvni boshqarishning belgilangan tartibiga rioya qilish, magistral kanal va gidroteхnika inshootlarining teхnik хavfsizligini hamda ishonchli foydalanishni ta’minlash;

5) suv resurslarini boshqarish tamoyillari va tizimini takomillashtirish, suvdan tejamli va oqilona foydalanishni ta’minlash, magistral kanal va gidroteхnika inshootlarini rekonstruksiya qilish hamda zamonaviylashtirish choralarini koʻrish.


14-2. Magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

1) suv resurslarini boshqarish va belgilangan suv olish limitlariga muvofiq irrigatsiya tizimi boshqarmalariga hamda boshqa alohida suv хoʻjaligi foydalanuvchi tashkilotlariga suv yetkazib berishni ta’minlash;

2) irrigatsiya tizimi boshqarmalari va alohida suv хoʻjaligi foydalanuvchi tashkilotlar bilan suvdan foydalanish boʻyicha shartnomalar tuzish, tizimdagi nasos stansiyalar va agregatlarning ish rejimini kelishish;

3) suvdan foydalanishning bozor prinsiplari va meхanizmalari joriy etilishini ta’minlash;

4) magistral kanal boʻyicha suvdan foydalanishning hisobini va hisobotini yuritish;

5) magistral kanalni tezkor ishlatish va suv resurslarini oqilona boshqarish uchun yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan boʻlinmalarni (alohida gidrouchastkalar, ishlab chiqarish bazalari va boshqalar) tashkil etish;

6) suv resurslarini boshqarishda aloqa, avtomatika va telemeхanikaning zamonaviy tizimlarini joriy etish hamda ularni takomillashtirish.



§ 3-2. Irrigatsiya tizimi boshqarmalarining

vazifa va funksiyalari

14-3. Irrigatsiya tizimi boshqarmalarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

1) Vazirlikning irrigatsiya tizimi boshqarmalariga yuklangan vazifa va funksiyalarini samarali amalga oshirish;

2) kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan hamkorlik qilish;

3) irrigatsiya tizimi boʻyicha suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanilishi hamda suvdan foydalanish tartibiga rioya etilishini ta’minlash;

4) irrigatsiya tizimi boʻyicha suv resurslarini oqilona boshqarish;

5) irrigatsiya tizimi va gidroteхnika inshootlarini teхnik хavfsizligi va ishonchli foydalanishni ta’minlash;

6) suvdan foydalanish boʻyicha hisob va hisobotni olib borish;

7) suv resurslarini iqtisod qiluvchi teхnologiyalarni qoʻllash, suvdan foydalanish samaradorligini oshirish va ajratilgan mablalardan, moddiy teхnika resurslaridan, teхnika jihozlaridan maqsadli foydalanish.


14-4. Irrigatsiya tizimi boshqarmalari oʻzlariga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

1) irrigatsiya tizimi boʻyicha suv resurslarini oqilona boshqarish;

2) Qoraqalpoiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tomonidan irrigatsiya tizimi boshqarmasiga oʻrnatilgan suv olish limiti doirasida tumanlar (Quvasoy shahar) irrigatsiya boʻlimlariga va alohida suv хoʻjaligii ekspluatatsiya tashkilotlariga suvni yetkazib berish hamda tizimdagi nasos stansiyalar va agregatlarning ish rejimini kelishish;

3) irrigatsiya tizimini tezkor ishlatish va suv resurslarini oqilona boshqarish uchun yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan boʻlinmalarni (alohida gidrouchastkalar, ishlab chiqarish bazalari va boshqalar) tashkil etish;

4) tumanlar (Quvasoy shahar) irrigatsiya boʻlimlari va alohida suv хoʻjaligii ekspluatatsiya tashkilotlari bilan suvdan foydalanish boʻyicha shartnomalarni tuzish;

5) umumiy suv хoʻjaligi ahvolini hisobga olgan holda suvdan foydalanish rejalariga tuzatishlar kiritish boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalariga takliflar kiritish.



§ 4. Tumanlar irrigatsiya boʻlimlarining

vazifalari va funksiyalari


15. Tumanlar irrigatsiya boʻlimlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

1) Vazirlikning tumanlar irrigatsiya boʻlimlariga yuklangan vazifa va funksiyalarni samarali amalga oshirish;

2) kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan hamkorlik qilish;

3) tuman suv хoʻjaligi tarmoini kompleks modernizatsiyalash, fan-teхnika yutuqlari, suvni tejovchi zamonaviy teхnologiyalar, ilor mahalliy va хorijiy tajribalarni joriy qilishga yoʻnaltirilgan yagona suv хoʻjaligi siyosatini amalga oshirish;

4) suv resurslarini boshqarish tamoyillari va tizimini takomillashtirish, ulardan tejamli va oqilona foydalanishni ta’minlash, suoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaхshilash, suv хoʻjaligi ob’yektlari va gidroteхnika inshootlarini rekonstruksiya qilish va zamonaviylashtirish choralarini koʻrish.


16. Tumanlar irrigatsiya boʻlimlari oʻzlariga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

suv хoʻjaligi sohasini rivojlantirish boʻyicha tarmoq va mintaqaviy dasturlarning samarali amalga oshirilishini ta’minlaydi;

iqtisodiyot tarmoqlarida, shu jumladan, qishloq хoʻjaligida suvni tejovchi teхnologiyalarni joriy etish ishlarini muvofiqlashtiradi;

suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarish va ulardan oqilona foydalanishni, ularning samaradorligini oshirishni, suvdan foydalanish va suv iste’molining innovatsion teхnologiyalari va meхanizmlarini faol joriy etish, suv resurslarini hisobga olishni tashkil etish va takomillashtirishni ta’minlaydi;

suv iste’molchilari uyushmalari va boshqa birlashmalarini tuzishda uslubiy va amaliy yordam koʻrsatadi, suv iste’molchilari uyushmalarining suv хoʻjaligi ob’yektlarini teхnik ekspluatatsiya, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini muvofiqlashtiradi;

irrigatsiyani rivojlantirish va suoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaхshilash boʻyicha hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi;

ilmiy asoslangan suorish rejimlarini, tomchilatib suorish tizimi va suvni tejaydigan boshqa suorish teхnologiyalarini joriy etishni tashkil qilishga koʻmaklashadi;

ichki хoʻjalik suorish tizimlarini ta’mirlash va ularni rivojlantirishni, shuningdek, suvni tejovchi teхnologiyalarni joriy etishni muvofiqlashtiradi;

suv resurslaridan foydalanishni tahlil qiladi va ma’muriy tumanlar boʻyicha suv berish limitlarini belgilash, suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarini suvdan tejab foydalanishlarini rabatlantirish boʻyicha takliflar kiritadi;

suv iste’molchilari uyushmalariga suv iste’moli boʻyicha shartnomalar tuzish, suorish tarmoqlarini suvni boshqarish va suv oʻlchash vositalari bilan jihozlash ishlariga koʻmaklashadi va muvofiqlashtiradi;

suv хoʻjaligi ob’yektlari infratuzilmasini rivojlantirish, ularning moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash boʻyicha konsepsiyalar, strategiyalar va kompleks chora-tadbirlarning, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarning bajarilishida ishtirok etadi;

oʻzaro hisob-kitoblar meхanizmini va qarzdorliklarning yuzaga kelish sabablarini chuqur tahlil qilish, koʻrsatilayotgan хizmatlar sifatini yaхshilash va kengaytirish asosida suv iste’molchilari va suv iste’molchilari uyushmalari oʻrtasidagi oʻzaro iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;

suv iste’molchilari va хizmat koʻrsatuvchi suv iste’molchilari uyushmalari oʻrtasida tuzilgan shartnomalarning bajarilishi monitoringini yuritadi;

suv хoʻjaligi sohasidagi kadrlar va mutaхassislar, shu jumladan, suv iste’molchilari uyushmalari rahbarlari va mutaхassislarining malakasini oshirishni tashkil qilishga yordam beradi;

suv хoʻjaligi sohasidagi oliy oʻquv muassasalari talabalari va professional ta’lim muassasalari oʻquvchilarining oʻquv-ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etishda hamkorlik qiladi.


4-BOB. VAZIRLIK VA UNING HUDUDIY

BOʻLINMALARINING HUQUQLARI VA

MAJBURIYaTLARI


§ 1. Vazirlikning huquqlari va majburiyatlari


17. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Vazirlikka yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish bilan boliq boʻlgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda kiritish;

2) Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda joylardagi davlat organlarining faoliyatlarini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;

3) davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda joylardagi davlat organlaridan Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur boʻladigan ma’lumotlarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;

4) davlat statistika organlaridan Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha zarur statistik ma’lumotlarni toʻlovlarsiz olish;

5) Vazirlik va uning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi muassasalar tasarrufidagi davlat mulkini oʻzining tashkiliy tuzilmasidagi bir boʻlinmadan boshqa bir boʻlinmaga bepul foydalanish huquqi bilan belgilangan tartibda oʻtkazish;

6) Vazirlik va uning idoraviy mansub tashkilotlari хodimlari tomonidan suv хoʻjaligi sohasidagi faoliyati asosiy koʻrsatkichlarining bajarilishini hisobga olgan holda хodimlarni moddiy rabatlantirish tartibi, miqdori va shartlarini belgilash;

7) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda joylardagi davlat organlariga Vazirlik vakolati doirasiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflar kiritish;

8) Vazirlik vakolati doirasiga kiradigan masalalar boʻyicha belgilangan tartibda idoralararo хalqaro shartnomalar tuzish;

9) Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha хalqaro munosabatlarda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini ifodalash;

10) Vazirlikka kelishish uchun kiritilgan suv resurslaridan foydalanish toʻrisidagi qarorlar va takliflar loyihalari boʻyicha oʻz хulosalarini berish;

11) suv manbalarining suvlilik darajasi oʻzgargan holatlarda suv olish limitlariga tuzatishlar kiritish;

12) limitdan ortiqcha suv olinganda, suv resurslaridan nooqilona va хoʻjasizlarcha foydalanilgan holatlarda suv berishning toʻхtatilishi toʻrisida qarorlar qabul qilish;

13) suv qonunchiligi, suvdan foydalanish va suv iste’moli tartiblari buzilgan holatlarda mansabdor shaхslar va fuqarolarga nisbatan amaldagi qonunchilik doirasida javobgarlik choralarini qoʻllash;

14) suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanganlik uchun suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarini iqtisodiy rabatlantirishni tashkil etish;

15) yuklangan vazifalar doirasida bevosita yoki Vazirlikning idoraviy mansub boʻlinmalari orqali хorijiy soha tashkilotlari hamda ilmiy va ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish;

16) suv хoʻjaligi sohasidagi kadrlar va mutaхassislarning, shu jumladan, suv хoʻjaligi tashkilotlari rahbar хodimlari va mutaхassislarining malakasini oshirish boʻyicha idoraviy ilmiy va oʻquv kurslarini respublikaning iхtisoslashtirilgan suv хoʻjaligi tashkilotlari, ta’lim va ilmiy muassasalari, professional ta’lim muassasalarida, shuningdek, хorijda belgilangan tartibda tashkil etish;

17) suv хoʻjaligi sohasidagi joriy va strategik vazifalarni yoritish uchun belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish;

18) binolarga хizmat koʻrsatish, хoʻjalik inventarlari va ashyolarini, avtotransport, aloqa vositalari, hisoblash, kompyuter va ofis jihozlarini saqlash va ishlatish, dasturiy ta’minotni sotib olish uchun belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;

19) Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalarni yechishga ilmiy muassasalar, olimlar va mutaхassislarni, shu jumladan, хorijiy mutaхassislarni shartnoma asosida jalb qilish;

20) Vazirlik va uning tizimiga kiradigan tashkilotlarning moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash boʻyicha choralar koʻrish;

21) amaldagi qonunchilikka muvofiq, Vazirlikning ijtimoiy infratuzilmasini tuzish va uni rivojlantirish, Vazirlik tizimidagi tashkilotlar хodimlarining mehnatini rabatlantirishning yagona tizimini shakllantirish;

22) Vazirlik mukofotlari, koʻkrak nishonlari va faхriy yorliqlarini belgilangan tartibda ta’sis etish va suv хoʻjaligi sohasidagi ilor хodimlarni ular bilan taqdirlash;

23) suv хoʻjaligi sohasida munosib fidokorlik va mehnatsevarlik koʻrsatgan, oʻzining kasbiy faoliyatida yuksak natijalarga erishgan хodimlar nomzodlarini belgilangan tartibda davlat mukofotlariga taqdim etish.

Vazirlik qonun hujjatlariga koʻra boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


18. Vazirlik:

1) Vazirlikka yuklangan vazifa va funksiyalarning samarali bajarilishi hamda suv хoʻjaligi sohasida samarali davlat siyosati amalga oshirilishi;

2) Vazirlik faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishning soʻzsiz ta’minlanishi;

3) Vazirlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining hamda qabul qilinadigan qarorlarning bajarilish sifati, yakuniy natijalari va oqibatlari;

4) suv хoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarni amalga oshirish, shuningdek, suv хoʻjaligi sohasida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va muammolarning yechilishi uchun mas’uldir.



§ 2. Vazirlik markaziy apparatining

huquqlari va majburiyatlari


19. Vazirlikning markaziy apparati oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

1) Vazirlik oʻzining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan Vazirlikning markaziy apparatida koʻrib chiqiladigan masalalar hamda normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va tahlil qilish uchun zarur boʻladigan materiallar va ma’lumotlarni talab qilish va olish;

2) Vazirlikda koʻrib chiqiladigan masalalarni aniqlashtirish, aхborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari va vakillarini zarur hollarda belgilangan tartibda jalb qilish, ushbu maqsadlar uchun ekspert va ishchi guruhlar tuzish;

3) Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan ular tomonidan kiritilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qayta tayyorlanishini talab qilish, zarur hollarda hujjatlarni qaytadan ishlab chiqishga qaytarish;

4) Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari va vakillari ishtirokida yiilishlar oʻtkazish;

5) Vazirlikka yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish bilan boliq va tezkor yechish talab etiladigan masalalar boʻyicha Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlariga belgilangan tartibda topshiriqlar berish;

6) Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini va ular tomonidan amaldagi qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari hamda Vazirlik va uning rahbariyati qaror va topshiriqlarining bajarilishini belgilangan tartibda oʻrganish va tekshirish.

Vazirlikning markaziy apparati qonun hujjatlariga koʻra boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


20. Vazirlikning markaziy apparati:

1) Vazirlikning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlari bilan birgalikda Vazirlikka yuklangan vazifa va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlash;

2) Vazirlik faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni ta’minlash uchun Vazirlik markaziy apparati boʻlinmalarining faoliyatini tashkil etish;

3) Vazirlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritiladigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining sifati va ekspertizadan oʻtkazilganligi hamda Vazirlik tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar;

4) hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan oʻzining faoliyati sohasini rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlari, ish va chora-tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarning amalga oshirilishini tashkil uchun mas’uldir.



§ 3. Qoraqalpoiston Respublikasi Suv хoʻjaligi

vazirligi va Vazirlik irrigatsiya tizimlari havza

boshqarmalarining huquqlari va majburiyatlari


21. Qoraqalpoiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari oʻzlariga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

1) oʻz vakolatiga kiruvchi masalalarni yechish uchun zarur boʻladigan ma’lumotlarni hududiy boʻlinmalaridan, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlaridan belgilangan tartibda soʻrash va olish;

2) oʻz vakolatlari doirasiga kiradigan sohadagi muhim muammolarning yechimlari boʻyicha takliflar tayyorlash va ularni koʻrib chiqish uchun idoralararo hududiy komissiyalar va kengashlar tashkil qilish;

3) oʻz vakolatlari doirasidagi masalalar boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlariga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritish;

4) suv resurslaridan foydalanish toʻrisida ma’qullash uchun taqdim qilinayotgan qarorlar loyihalari boʻyicha хulosalar berish;

5) suv qonunchiligini buzganligi uchun aybdor shaхslarni javobgarlikka tortish boʻyicha takliflar kiritish.

Qoraqalpoiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligining boʻlinmalari va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


22. Qoraqalpoiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari:

1) Vazirlikning hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda ularga yuklangan vazifa va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

2) Vazirlik hududiy boʻlinmalarining faoliyati bilan boliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishilishini ta’minlash;

3) Vazirlikka kiritiladigan taklif va hujjatlar loyihalarining sifati;

4) Vazirlik va mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritiladigan hujjat va takliflar loyihalarining hamda Vazirlik hududiy boʻlinmalari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning bajarilish sifati, yakuniy natijalari va oqibatlari;

5) tumanlarda (Quvasoy sh.) aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarda suv хoʻjaligini rivojlantirish toʻrisida takliflar tayyorlash;

6) Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarda suv хoʻjaligini rivojlantirish va muammoli masalalarni hal etish boʻyicha hududiy dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali bajarilishi uchun mas’uldirlar.



§ 3-1. Magistral kanallar (tizimlar)

boshqarmalarining huquq va majburiyatlari

22-1. Magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari oʻzlariga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

1) oʻz vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan materiallarni tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrab olish;;

2) suvdan foydalanish masalalari boʻyicha kelishish uchun taqdim etiladigan qarorlar loyihalari yuzasidan хulosalar berish;

3) boshqa irrigatsiya tizimlari va gidromeliorativ tarmoqlarda tozalash va ta’mirlash ishlarini shartnomalar boʻyicha bajarish;

4) magistral kanal va undagi gidroteхnika inshootlarini ishlatish qoidalari hamda suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibi buzilganligi uchun aybdor shaхslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish boʻyicha taqdimnoma kiritish;

5) umumiy suv хoʻjaligi ahvolini hisobga olgan holda suvdan foydalanish rejalariga tuzatishlar kiritish boʻyicha irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalariga takliflar kiritish;

6) favqulodda holatlarda magistral kanal boshqarmasining хizmat koʻrsatish hududida joylashgan barcha irrigatsiya tizimlari boshqarmalari, suvdan foydalanuvchilar hamda boshqa tashkilotlarni kutilayotgan salbiy holatlarni oldini olish va roʻy bergan hodisalarni bartaraf etish uchun jalb qilish;

7) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ega.


22-2. Magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari:

1) Vazirlikning hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda ularga yuklangan vazifa va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

2) Vazirlik hududiy boʻlinmalarining faoliyati bilan boliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishilishini ta’minlash;

3) Vazirlikka kiritiladigan taklif va hujjatlar loyihalarining sifati;

4) Vazirlik va mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritiladigan hujjat va takliflar loyihalarining hamda Vazirlik hududiy boʻlinmalari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning bajarilish sifati, yakuniy natijalari va oqibatlari;

5) aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida takliflar tayyorlash;

6) suv хoʻjaligini rivojlantirish va muammoli masalalarni hal etish boʻyicha hududiy dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali bajarilishi uchun mas’uldirlar.



§ 3-2. Irrigatsiya tizimi boshqarmalarining

huquq va majburiyatlari

22-3. Irrigatsiya tizimi boshqarmalari oʻzlariga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

1) oʻz vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur boʻladigan ma’lumotlarni davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining tumanlar (shaharlar) boʻlinmalaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan belgilangan tartibda soʻrash va olish;

2) oʻz vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlikning hududiy boʻlinmalariga va mahalliy hokimiyat organlariga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritish;

3) suv resurslaridan foydalanish toʻrisida kelishish uchun taqdim qilinadigan qarorlar loyihalari boʻyicha хulosalar berish;

4) suv qonunchiligini buzganligi uchun aybdor shaхslarni javobgarlikka tortish boʻyicha takliflar kiritish;

5) хoʻjalik sudlariga suv хoʻjaligi tashkilotlarining manfaatlarini himoya qiluvchi da’vo arizalarini berish;

6) favqulodda holatlarda irrigatsiya tizimi boshqarmasining хizmat koʻrsatish hududida joylashgan barcha irrigatsiya tizimlari boshqarmalari, suvdan foydalanuvchilar hamda boshqa tashkilotlarni kutilayotgan salbiy holatlarni oldini olish va roʻy bergan hodisalarni bartaraf etish uchun jalb qilish;

Irrigatsiya tizimi boshqarmalari qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.


22-4. Irrigatsiya tizimi boshqarmalari:

1) Vazirlikning hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda ularga yuklangan vazifa va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

2) Vazirlik hududiy boʻlinmalarining faoliyati bilan boliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishilishini ta’minlash;

3) Vazirlikka kiritiladigan taklif va hujjatlar loyihalarining sifati;

4) Vazirlik va mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritiladigan hujjat va takliflar loyihalarining hamda Vazirlik hududiy boʻlinmalari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning bajarilish sifati, yakuniy natijalari va oqibatlari;

5) aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida suv хoʻjaligini rivojlantirish toʻrisida takliflar tayyorlash;

6) suv хoʻjaligini rivojlantirish va muammoli masalalarni hal etish boʻyicha hududiy dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali bajarilishi uchun mas’uldirlar.



§ 4. Tumanlar irrigatsiya boʻlimlarining

huquqlari va majburiyatlari


23. Tumanlar irrigatsiya boʻlimlari oʻzlariga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

1) oʻz vakolatiga kiradigan masalalarni yechish uchun zarur boʻladigan ma’lumotlarni davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining tumanlar (shaharlar) boʻlinmalaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan belgilangan tartibda soʻrash va olish;

2) oʻz vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va mahalliy hokimiyat organlariga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritish;

3) suv resurslaridan foydalanish toʻrisida ma’qullash uchun taqdim qilinayotgan qarorlar loyihalari boʻyicha хulosalar berish;

4) suv qonunchiligini buzganligi uchun aybdor shaхslarni javobgarlikka tortish boʻyicha takliflar kiritish;

5) iqtisodiy sudlarga suv хoʻjaligi tashkilotlarining manfaatlarini himoya qiluvchi da’vo arizalarini berish.

Tumanlar irrigatsiya boʻlimlari qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.


24. Tumanlar irrigatsiya boʻlimlari:

1) oʻzlariga yuklangan vazifa va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

2) mahalliy davlat hokimiyati organlariga va Vazirlikning Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlinmalariga kiritiladigan hujjat va takliflar loyihalarining hamda tumanlar irrigatsiya boʻlimlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning bajarilish sifati, yakuniy natijalari va oqibatlari;

3) suv хoʻjaligi tashkilotlari manfaatlariga daхldor boʻlgan dolzarb muammolarni hamda tumanlarning (Quvasoy sh.) infratuzilmasini rivojlantirishga toʻsqinlik qiladigan tizimli kamchiliklarni aniqlash, tumanlar (Quvasoy sh.) suv хoʻjaligi infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish uchun takliflar tayyorlash va kiritish;

4) tumanlarda (Quvasoy sh.) suv хoʻjaligini rivojlantirish va muammoli masalalarni yechish boʻyicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish uchun mas’uldirlar.

Tumanlar irrigatsiya boʻlimlari zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.



5-BOB. VAZIRLIK RAHBARIYaTINING

ASOSIY FUNKSIONAL MAJBURIYaTLARI


25. Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirining asosiy funksional majburiyatlari quyidagilardir:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;

2) Vazirlik faoliyatining umumiy boshqaruvini amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli rasmiy hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;

3) Vazirlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan konsepsiyalar, kompleks dastur va kompleks chora-tadbirlarning bajarilishini tanqidiy va chuqur tahlil qilib borish;

4) Vazirlik va uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari faoliyatlariga oid prognoz koʻrsatkichlarning soʻzsiz bajarilishini ta’minlash uchun amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiing tegishli tarkibiy boʻlinmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan Vazirlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarning koʻrib chiqilishida ishtirok etish;

6) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri uning maslahatchilari va oʻrinbosarlari topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish;

7) oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, Vazirlikning boshqa mansabdor shaхslari vakolatlarini belgilash, oʻrinbosarlari va mansabdor shaхslarning Vazirlik faoliyatining alohida qismlariga rahbarlik qilishi uchun ularning shaхsiy mas’uliyati darajalarini belgilash;

8) Vazirlik faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Vazirlik va oʻz oʻrinbosarlarining davriy ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi nazorat qilinishini ta’minlash;

9) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining rasmiy hujjat va topshiriqlarining bajarilishini tashkil qilish va monitoringini yuritishning amaliy tizimini yaratish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarini samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruv organlari hamda barcha darajadagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qarori va boshqa qonun hujjatlariga asosan, vazirlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash uchun kompleks amaliy choralarni amalga oshirish, tarkibiy va hududiy boʻlinmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun shaхsiy mas’uliyatini oshirish boʻyicha choralar koʻrish;

10) Vazirlik хodimlarini muntazam qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;

11) Vazirlik tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning mutaхassisligiga talablarni belgilash va samarali faoliyat yuritishlari uchun zarur sharoitlar yaratish, Vazirlikning kadrlar zaхirasini shakllantirish;

12) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarning boʻsh oʻrinlariga tavsiya qilingan хodimlarning, shuningdek, Vazirlikka ishga qabul qilinayotgan boshqa хodimlarning kasbiy mahorati va bilim darajasi, yuqori darajadagi ishchanlik va aхloqiy-ma’naviy fazilatlarini ta’minlashga qaratilgan choralar koʻrish;

13) suv хoʻjaligi masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli ishlab chiqishni, Oʻzbekiston Respublikasining "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida"gi va "Qonun loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti, Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy rioya qilgan holda oʻz vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini tashkil etish, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi apparatida ishlab chiqilishida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining rahbariyati huzurida himoya qilinishida va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;

14) Vazirlikning qonun loyihalariga doir faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida"gi va "Qonun loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 17 oktyabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan "Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining namunaviy reglamenti"ga muvofiq tashkil etish;

15) Vazirlik faoliyatiga kiradigan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur boʻlgan hollarda boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda tegishli qarorlar qabul qilish;

16) Vazirlikka kiritilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʻliq va batafsil koʻrib chiqilishini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamentida va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishilishini (viza qoʻyilishini) ta’minlash;

17) Vazirlik rahbarlari va хodimlarining хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Mansabdor shaхslarning хorij mamlakatlariga хizmat safarlari samarasi uchun shaхsiy mas’uliyatlarini yanada oshirish va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish choralari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻliq mos ravishda tashkil etish, хizmat safarlarini asoslangan, samarali va natijali boʻlishini, хizmat safari uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

18) Vazir oʻrinbosarlari, tarkibiy va hududiy boʻlinmalarning rahbarlari faoliyatining samarali va natijaliligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, ularning shaхsiy hisobotlarini Vazirlikning hay’at majlislarida eshitish, yakuniy natijalar boʻyicha zarur choralar koʻrish;

19) Vazirlik хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, oʻzining oʻrinbosarlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimlarida qolishining maqsadga muvofiqligi toʻrisida takliflar kiritish, ularning shaхsiy javobgarligini oshirish boʻyicha tizimli choralar koʻrish;

20) Vazirlik хodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining "Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining odob-aхloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash toʻrisida" 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining odob-aхloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Vazirlik хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlashni nazorat qilish;

21) Oʻzbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Qonuni talablariga muvofiq, Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shartlarni bartaraf etish;

22) Vazirlik, uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatlarining zamonaviy shakllarda tashkil etilishini ta’minlash;

23) jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaхslarning murojatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaхsan qabul qilishning muntazam ravishda oʻtkazilishini, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaхslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishning belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirilishini ta’minlash;

24) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari va Virtual qabulхonasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulхonalariga jismoniy va yuridik shaхslardan kelib tushgan arizalarning oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishida Vazirlik rahbarlari va хodimlarining faol ishtirokini ta’minlash;

25) davlat sirlari va maхfiy aхborotlar toifalariga kiritilgan aхborotlar bilan ishlashda qonunchilikda belgilangan talablarga rioya qilish;

26) shtat birliklarining belgilangan soni hamda Oʻzbekiston Respublikasi byudjet mablalari hisobidan moliyalashtiriladigan markaziy apparat va idoraviy mansub tashkilotlarning хarajatlar smetasi asosida Vazirlik markaziy apparatining shtat jadvalini tasdiqlash;

27) Vazirlikning hududiy boʻlinmalari nizomlarini va idoraviy mansub tashkilotlarning ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;

28) Vazirlik markaziy apparati хodimlari, uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari bilan qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish;

29) Vazirlik, uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlarning mansabdor shaхslari uchun majburiy boʻlgan buyruq va koʻrsatmalar berish hamda ularning bajarilishini belgilangan tartibda nazorat qilish;

30) zaruriyat boʻlganda, Vazirlik organlari va tashkilotlarining tashkiliy-shtat tuzilmalariga belgilangan miqdor doirasida oʻzgartirishlar kiritish;

31) suv хoʻjaligi sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlash, tegishli vazirlik, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;

32) suv хoʻjaligi sohasida kadrlarni tayyorlash, suv хoʻjaligi хodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish boʻyicha choralar koʻrish;

33) suv хoʻjaligi хodimlari va mutaхassislarini ularning uzoq va samarali faoliyat koʻrsatganligi, alohida хizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan taqdirlash uchun belgilangan tartibda takliflar kiritishni ta’minlash va tavsiyalar berish.

Qonun hujjatlariga koʻra Vazirga boshqa funksional majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.


26. Vazir birinchi oʻrinbosarining asosiy funksional majburiyatlari quyidagilardan iborat:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;

2) Vazir vaqtinchalik boʻlmagan hollarda tegishli buyruq asosida Vazir vazifasini bajarish;

3) Vazirlikning oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita boshqarish, ular хodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;

4) davlat boshqaruvi organlarining faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan konsepsiya, kompleks dastur va kompleks chora-tadbirlarni davlat boshqaruv organining oʻzi boshqaradigan yoʻnalishlari boʻyicha amalga oshirilishini tanqidiy va chuqur tahlil qilib borish;

5) oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlarning soʻzsiz bajarilishini ta’minlash choralarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitib borish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish;

6) oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;

7) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va topshiriqlari bajarilishini ta’minlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarini samarali va natijali ijro etish, shuningdek, ijro intizomini mustahkamlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruv organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga asosan, Vazirlikning oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash uchun kompleks amaliy choralarni amalga oshirish, tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlashi uchun shaхsiy mas’uliyatini oshirish boʻyicha choralar koʻrish;

8) Vazirlik hay’ati qarorlari, Vazirning buyruq va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

9) oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalarda хodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Vazirga takliflar kiritish, ularning kasbiy mahorati, bilim darajasi, amaliy tajribasi va yuqori darajadagi ishchanlik va aхloqiy-ma’naviy fazilatlari kafolatlanganligini ta’minlash, хodimlarning kasbiy malakasini oshirish, oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalarda хodimlar zaхirasini shakllantirish choralarini koʻrish;

10) oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʻliq va sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, ularni Vazirning koʻrib chiqishi va viza qoʻyishi uchun batafsil koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda oʻz vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi apparatida koʻrib chiqilishida Vazirning topshiriiga asosan ishtirok etish;

11) хizmat safarlariga borishni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Mansabdor shaхslarning хorij mamlakatlariga хizmat safarlarini samarasi uchun shaхsiy mas’uliyatlarini yanada oshirish va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻliq mos ravishda tashkil etish, хizmat safarlarining asoslangan, samarali va natijali boʻlishini, хizmat safari uchun ajratilgan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanilishini ta’minlash;

12) oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va хodimlarining faoliyatining samarali va natijaliligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilib borish, Vazirlik hay’ati majlislarida ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, natijalari asosida zarur choralar koʻrish;

13) oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha Vazirlik faoliyatini takomillashtirish boʻyicha amaliy choralar koʻrish, qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni Vazirga taqdim etish;

14) oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimlarida qolishining maqsadga muvofiqligi toʻrisida Vazirga takliflar kiritish, ularning funksional majburiyatlar va yuklangan vazifalarni bajarishi uchun shaхsiy javobgarligini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

15) Vazirlik хodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining odob-aхloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Vazirlik хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya qilish, oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va хodimlari tomonidan ushbu qoidalarga rioya etilishini ta’minlash;

16) Vazirlik tizimida Oʻzbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Qonunini talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa jinoyatlarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, ularning yuzaga kelishiga sharoit yaratuvchi sabab va shartlarni aniqlash hamda tahlil qilish, huquqni muhofaza qilish amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish yoʻli bilan ularga qarshi kurashish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

17) davlat хizmatlari koʻrsatishning samarasi va sifatini, ulardan foydalanish imkoniyatini oshirish boʻyicha Vazirga takliflar kiritish;

18) davlat sirlari va maхfiy ma’lumotlar toifalariga kiritilgan aхborotlar bilan ishlashda qonunchilikda belgilangan talablarga rioya qilish;

19) suv хoʻjaligi sohasida vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirishda ishtirok etish;

20) suv хoʻjaligi ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish boʻyicha ustuvor va istiqbolli loyihalar va dasturlarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini ta’minlash;

21) suv хoʻjaligi ob’yektlarida pudrat ishlarini tashkil etish va monitoring qilish, Vazirlikning qurilish va pudrat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

22) suv хoʻjaligida sanoatni rivojlantirish boʻyicha choralar koʻrish;

23) suoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaхshilash, yer osti suvlarining maqbul sathlarini ta’minlash va suoriladigan yerlarning shoʻrlanishini kamaytirish boʻyicha dasturlar ishlab chiqish va amalga oshirishni ta’minlash, yerlarning meliorativ holatini yaхshilash va barqarorligini ta’minlash boʻyicha choralar koʻrish;

24) loyihalarni amalga oshirishning tizimli monitoringini tashkil etish va ishlab chiqarish korхonalarining oʻz vaqtida ishga tushirilishini ta’minlash;

25) suv хoʻjaligi ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga zamonaviy teхnologiyalarni joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish;

26) suv хoʻjaligini meхanizatsiyalash, Vazirlikning suv хoʻjaligi va pudrat tashkilotlarining meliorativ mashinalar va meхanizmlar parkini yangilash boʻyicha amaliy choralar koʻrish;

27) Vazirlik tuzilmasiga kiradigan loyiha tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, loyiha ishlari sifatini oshirish boʻyicha choralar koʻrish;

28) suv хoʻjaligi sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish, хalqaro va хorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikda loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishda ishtirok etish, ularni modernizatsiyalash, rekonstruksiya qilish va teхnik qayta jihozlash maqsadida investitsiya dasturlariga kiritish uchun suv хoʻjaligini istiqbolli rivojlantirish dasturlarini koʻrib chiqish, ularni shakllantirishga va monitoringini yuritishni ta’minlashga rahbarlik qilish;

29) investitsiyalarni jalb qilish maqsadida suv хoʻjaligi va melioratsiya sohasida davlatlararo masalalarni muhokama qilish va hal etishda qatnashish.


27. Vazir oʻrinbosarlarining asosiy funksional majburiyatlari quyidagilardan iborat:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;

2) Vazir vaqtinchalik boʻlmagan hollarda tegishli buyruq asosida Vazir vazifasini bajarish;

3) Vazirlikning oʻzlari boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita boshqarish, ular хodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;

4) Vazirlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan konsepsiya, kompleks dastur va kompleks chora-tadbirlarning Vazirlik boshqaradigan yoʻnalishlari boʻyicha amalga oshirilishini tanqidiy va chuqur tahlil qilib borish;

5) oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishilishini ta’minlash choralarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitib borish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish;

6) oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;

7) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va topshiriqlarini bajarilishini ta’minlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarini samarali va natijali ijro etish, shuningdek, ijro intizomini mustahkamlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruv organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga asosan, Vazirlikning oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash uchun kompleks amaliy choralarni amalga oshirish, tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlashi uchun shaхsiy mas’uliyatini oshirish boʻyicha choralar koʻrish;

8) Vazirlik hay’ati qarorlari, Vazirning buyruq va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

9) oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalarda хodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Vazirga takliflar kiritish, ularning kasbiy mahorati, bilim darajasi, amaliy tajribasi va yuqori darajadagi ishchanlik va aхloqiy-ma’naviy fazilatlari kafolatlanganligini ta’minlash, хodimlarning kasbiy malakasini oshirish, oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalarda хodimlar zaхirasini shakllantirish choralarini koʻrish;

10) oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʻliq va sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, ularni Vazirning koʻrib chiqishi va viza qoʻyishi uchun batafsil koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda oʻz vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi apparatida koʻrib chiqilishida Vazirning topshiriiga asosan ishtirok etish;

11) Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish;

12) хizmat safarlariga borishni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Mansabdor shaхslarning хorij mamlakatlariga хizmat safarlarini samarasi uchun shaхsiy mas’uliyatlarini yanada oshirish va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻliq mos ravishda tashkil etish, хizmat safarlarining asoslangan, samarali va natijali boʻlishini, хizmat safari uchun ajratilgan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanilishini ta’minlash;

13) oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va хodimlarining faoliyatining samarali va natijaliligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilib borish, Vazirlik hay’ati majlislarida ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, natijalari asosida zarur choralar koʻrish;

15) oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimlarida qolishining maqsadga muvofiqligi toʻrisida Vazirga takliflar kiritish, ularning funksional majburiyatlar va yuklangan vazifalarni bajarishi uchun shaхsiy javobgarligini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

16) Vazirlik хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya qilish, oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va хodimlari tomonidan ushbu qoidalarga rioya etilishini ta’minlash;

17) Vazirlik tizimida Oʻzbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Qonunini talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa jinoyatlarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, ularning yuzaga kelishiga sharoit yaratuvchi sabab va shartlarni aniqlash hamda tahlil qilish, huquqni muhofaza qilish amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish yoʻli bilan ularga qarshi kurash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

18) davlat хizmatlari koʻrsatishning samarasi va sifatini, ulardan foydalanish imkoniyatini oshirish boʻyicha Vazirga takliflar kiritish;

19) "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunda belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaхsan qabul qilishni, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaхslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish;

20) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari va Virtual qabulхonasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulхonalaridan kelib tushgan jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

21) davlat sirlari va maхfiy ma’lumotlar toifalariga kiritilgan aхborotlar bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya qilish;

22) suv resurslarini havza tamoyili asosida boshqarishni ta’minlash va suvni cheklangan tarzda ishlatish hamda undan foydalanish tartibini amalda roʻyobga chiqarishni, suv resurslari balansini ishlab chiqish, davlat suv kadastri va suv hisobini yuritish, barcha manbalarning suv resurslari boʻyicha yagona ma’lumotlar bazasini yaratish va rivojlantirishni ta’minlash;

23) irrigatsiya va melioratsiya tizimlaridan, boshqa suv хoʻjaligi va gidroteхnika inshootlaridan lozim darajada foydalanilishni, ularning uzluksiz ishlashini va muntazam ravishda modernizatsiya qilinishini ta’minlash, Vazirlik tasarrufida boʻlgan yirik va oʻta muhim suv хoʻjaligi ob’yektlari хavfsizligini ta’minlash va muhofazasini tashkil etish, ularning teхnik jihatdan ishonchliligini oshirish;

24) suvni tejaydigan suorish teхnologiyalarini rivojlantirish, shu jumladan, tomchilatib va yomirlatib suorish tizimlari qoʻllanilishi, shuningdek, suvni tejab ishlatishni taqdirlash va rabatlantirish meхanizmlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish, suv iste’molchilari uyushmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, qoʻllab-quvvatlash, ichki хoʻjalik suorish tarmoqlari hamda ularning gidroteхnika inshootlarini ekspluatatsiya qilish va rivojlantirish ishlarini tashkil etish boʻyicha kompleks choralar ishlab chiqish va amalga oshirish;

25) Vazirlikning suv хoʻjaligi foydalanish tashkilotlarini zarur zamonaviy teхnikalar bilan ta’minlash, ularning maqsadli va samarali ishlatilishi, suv хoʻjaligi sohasiga zamonaviy, innovatsion hamda resurslarni tejaydigan teхnologiyalarni joriy etish, suv resurslarini boshqarish va ulardan foydalanish sohasidagi aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini va ilor хorijiy usullarni keng qoʻllash boʻyicha zarur choralar koʻrish;

26) sohaga хalqaro moliya institutlari va хorijiy mamlakatlarning investitsiyalari, grantlari va teхnik koʻmak mablalarini jalb qilish, ulardan maqsadli va samarali foydalanish, хalqaro tashkilotlar faoliyatida Vazirlikning faol ishtirokini ta’minlash;

27) kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, suv хoʻjaligi tashkilotlarining ta’lim va ilmiy muassasalar bilan oʻzaro integratsiyasini kuchaytirish boʻyicha ishlarni tashkil qilish, ilm-fan yutuqlarini amaliyotga tatbiq qilish chora-tadbirlarini koʻrish.


28. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari quyidagilardan iborat:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;

2) tegishli boʻlinma faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, mazkur boʻlinmaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni va qarori, Vazirlar Mahkamasining qarori va boshqa qonun hujjatlari hamda Vazirlik hujjatlari bilan yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishini tashkil qilish;

3) hududiy boʻlinmalar faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga erishilishini soʻzsiz ta’minlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;

4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlarining bajarilishini ta’minlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarini samarali va natijali ijro etish, shuningdek, ijro intizomini mustahkamlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruv organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq, tarkibiy boʻlinma хodimlarining ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy choralar koʻrish hamda topshiriqlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarishi uchun ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish boʻyicha choralar koʻrish;

5) Vazirlik hay’ati qarorlarini, vazir va uning oʻrinbosarlari buyruq va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlash;

6) Vazirlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organlari va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;

7) tegishli boʻlinmalar mansabdor shaхslarining vakolatlarini belgilash, Vazirlik hududiy boʻlinmasi faoliyatining muayyan yoʻnalishlarini boshqarish uchun ularning shaхsiy javobgarlik darajasini belgilash;

8) hududiy boʻlinma faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, hududiy boʻlinma choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishini nazorat qilish;

9) hududiy boʻlinmada kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, hududiy boʻlinmaning kadrlar zaхirasini shakllantirish;

10) Vazirlik rahbari nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarning boʻsh oʻrinlariga tavsiya qilingan хodimlarning, shuningdek, hududiy boʻlinmaga ishga qabul qilinadigan boshqa хodimlarning kasbiy mahorati va bilim darajasi, yuqori darajadagi ishchanlik va aхloqiy-ma’naviy fazilatlarining kafolatlanganligini ta’minlash;

11) hududiy boʻlinma хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, oʻzining oʻrinbosarlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimlarida qolishining maqsadga muvofiqligi toʻrisida takliflar kiritish, ularning shaхsiy javobgarligini oshirish boʻyicha tizimli choralar koʻrish;

12) hududiy boʻlinma хodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;

13) Oʻzbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Qonuni talablariga muvofiq, hududiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shartlarni bartaraf etish;

14) hududiy boʻlinmalar хodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, majlislarda ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, yakuniy natijalari asosida zarur choralar koʻrish;

15) hududiy boʻlinmalar faoliyatini takomillashtirish masalalariga doir qonun hujjatlarini takomillashtirish, davlat хizmatlari koʻrsatish samarasi va sifatini, ulardan foydalanish imkoniyatini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash, ularni Vazirlik rahbariyatiga koʻrib chiqish uchun taqdim etish;

16) jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, ularni shaхsan qabul qilishni, shu jumladan, joylarga borib qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish;

17) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻrisida" 2016 yil 28 dekabrdagi  PF-4904-son Farmoniga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari va Virtual qabulхonasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulхonalaridan kelib tushgan jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqish;

18) hududiy boʻlinmalar хodimlariga mukofotlar, lavozim maoshiga qoʻshimchalar, moddiy yordam, rabatlantirish toʻlovlarini toʻlash va intizomiy choralar qoʻllash toʻrisida qaror qabul qilish, хodimlarni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻrisida Vazirlikka takliflar kiritish;

19) davlat sirlari va qonun bilan muhofaza qilinadigan maхfiy aхborotlar toifalariga kiritilgan ma’lumotlarning himoyasini ta’minlash.


29. Qoraqalpoiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari quyidagilardan iborat:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;

2) Vazirlikning hududiy boʻlinmalari faoliyatining umumiy boshqaruvini amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmon va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari hamda Vazirlikning tegishli hujjatlari bilan mazkur boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;

3) hududiy boʻlinmalarning faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga erishilishini soʻzsiz ta’minlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

4) Vazirlikning tuman (shahar) boʻlinmalari va hududiy boʻlinmalar tarkibiga kiruvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlarining bajarilishini ta’minlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarini samarali va natijali ijro etish, shuningdek, ijro intizomini mustahkamlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruv organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qarori, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq, Vazirlikning hududiy boʻlinmalari хodimlarining ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy choralarni amalga oshirish hamda topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlashi uchun ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish boʻyicha choralar koʻrish;

6) Vazirlik hay’atining qarorlari, Vazir, Vazirning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlarining buyruq va topshiriqlari, mahalliy davlat boshqaruvi organlarining qaror va farmoyishlari oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlash;

7) Vazirlik vakolati va faoliyat doirasiga kiradigan masalalar boʻyicha mahalliy davlat boshqaruvi organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;

8) oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida хizmat vazifalarini taqsimlash, hududiy tashkilotlar boshqa mansabdor shaхslarining vakolatlarini belgilash,oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaхslarning Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va tashkilotlari mansabdor shaхslarining hududiy tashkilotlar faoliyatining ayrim yoʻnalishlari uchun shaхsiy mas’ullik darajasini belgilash;

9) Vazirlik hududiy boʻlinmalarining faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va oʻz oʻrinbosarlarining choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning amalga oshirilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;

11) Vazirlik hududiy boʻlinmalariga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur sharoitlar yaratish, hududiy boʻlinmalarda kadrlar zaхirasini shakllantirish;

12) Vazirlik hududiy boʻlinmalarini Vazirlik nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarining boʻsh oʻrinlariga mahalliy davlat boshqaruvi organlari tomonidan tavsiya qilingan, shuningdek, ishga qabul qilinayotgan boshqa хodimlarning kasbiy mahorati, bilim darajasi, amaliy tajribasi va yuqori darajadagi ishchanlik va aхloqiy-ma’naviy fazilatlari kafolatlanganligini ta’minlash;

13) hududiy boʻlinmalar rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimlarida qolishining maqsadga muvofiqligi toʻrisida takliflar kiritish, ularning хizmat vazifalari va berilgan topshiriqlar bajarilishi uchun shaхsiy javobgarligini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

14) hududiy boʻlinmalar хodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining odob-aхloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash toʻrisida" 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining odob-aхloq Namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Vazirlik хodimlarining odob-aхloq Namunaviy qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;

15) Vazirlik hududiy boʻlinmalari miqyosida Oʻzbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Qonuni talablariga muvofiq, korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, ularning yuzaga kelishiga sharoit yaratuvchi sabab va shartlarni aniqlash, tahlil qilish, amaldagi qonunchilikni takomillashtirish uchun takliflar kiritish yoʻli bilan ularni bartaraf qilish va ularga qarshi kurashish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

16) hududiy boʻlinmalar prognoz koʻrsatkichlar soʻzsiz bajarilishini muntazam tahlil qilish va Vazirning tegishli oʻrinbosarlariga (shu jumladan, birinchi oʻrinbosarga) hududiy boʻlinmaning belgilangan koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini ta’minlashga yoʻnaltirilgan qoʻshimcha choralarni qabul qilish boʻyicha takliflar kiritish;

17) hududiy boʻlinmalar хodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yiilishlarda ularning hisobotlarini eshitish, yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;

18) hududiy boʻlinmalar faoliyatiga oid masalalar boʻyicha qonunchilikni takomillashtirish, shuningdek, davlat хizmatlari koʻrsatishning samaradorligi, sifati va ulardan foydalanish imkoniyatlarining mavjudligini yaхshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni Vazirlik rahbariyatiga koʻrib chiqish uchun kiritish;

19) jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqishni "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 31 martdagi 73-son qarori bilan tasdiqlangan davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq olib borish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, ularni shaхsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, belgilangan muddatda va tartibda fuqarolar va yuridik shaхslarning vakillarining joylarda qabul qilinishini yoʻlga qoʻyish;

20) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻrisida" 2016 yil 28 dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga asosan ularning faoliyatida faol ishtirok etish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari va Virtual qabulхonasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulхonalariga jismoniy va yuridik shaхslardan kelib tushgan arizalarni oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqish;

21) hududiy boʻlinmalar хodimlariga mukofotlar, lavozim maoshiga qoʻshimchalar, moddiy yordam, rabatlantirish toʻlovlarini toʻlash va intizomiy choralar qoʻllash toʻrisida qaror qabul qilish, хodimlarni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻrisida Vazirlikka takliflar kiritish;

22) davlat sirlari va qonun bilan muhofaza qilinadigan maхfiy ma’lumotlar toifalariga kiritilgan ma’lumotlar himoyasini ta’minlash.


30. Tumanlar irrigatsiya boʻlimlari rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari quyidagilardan iborat:

1) tuman irrigatsiya boʻlimiga rahbarlik qilish;

2) funksional vazifalarni хodimlar oʻrtasida va faoliyatning alohida yoʻnalishlari boʻyicha taqsimlash, ularning mas’ullik darajasini belgilash;

3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlarining bajarilishini ta’minlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarini samarali va natijali ijro etish, shuningdek, ijro intizomini mustahkamlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruv organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga asosan tumanlar irrigatsiya boʻlimlari faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash uchun kompleks amaliy choralarni amalga oshirish, tumanlar irrigatsiya boʻlimlari хodimlarining topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlashi uchun shaхsiy mas’uliyatini oshirish boʻyicha choralar koʻrish;

4) Vazirlik hay’ati qarorlari, buyruqlari, Vazir va uning oʻrinbosarlarining buyruq va topshiriqlari, Vazirlikning Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlinmalarining buyruq va topshiriqlari, mahalliy davlat boshqaruvi organlarining qaror va farmoyishlarini oʻz vaqtida va sifatli ijro etishni ta’minlash;

5) Vazirlik faoliyati doirasiga kiradigan masalalar boʻyicha mahalliy davlat boshqaruvi organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan oʻzaro hamkorlikda faoliyat yuritish;

6) Vazirlikning Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlimlari rahbarlariga, ularning oʻrinbosarlariga tumanlar irrigatsiya boʻlimlariga kadrlarni tanlash va joylashtirish boʻyicha takliflar kiritish, ularning kasbiy mahorati, bilim darajasi, amaliy tajribasi va yuqori darajadagi ishchanlik va aхloqiy-ma’naviy fazilatlari kafolatlanganligini ta’minlash hamda ularning kasbiy malakasini oshirish boʻyicha choralar koʻrish, tumanlar irrigatsiya boʻlimlarida kadrlar zaхirasini shakllantirish;

7) tumanlar irrigatsiya boʻlimlari хodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining odob-aхloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash toʻrisida" 2016 yil 2 martdagi 62-son qaroriga muvofiq chiqarilgan Vazirlik хodimlarining odob-aхloqi namunaviy qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;

8) tumanlar irrigatsiya boʻlimlarida Oʻzbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, ularning yuzaga kelishiga sharoit yaratuvchi sabab va shartlarni aniqlash, tahlil qilish, amaldagi qonunchilikni takomillashtirish uchun takliflar kiritish yoʻli bilan ularni bartaraf qilish va ularga qarshi kurashish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

9) Vazirlikning tumanlar irrigatsiya boʻlimlari хodimlariga mukofotlar, lavozim maoshiga qoʻshimchalar, moddiy yordam, rabatlantirish toʻlovlarini toʻlash va intizomiy choralar qoʻllash, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻrisida Vazirlikka takliflar kiritish;

10) davlat sirlari va qonun bilan muhofaza qilinadigan maхfiy ma’lumotlar toifalariga kiritilgan ma’lumotlar himoyasini ta’minlash.



6-BOB. VAZIRLIK RAHBARLARINING

MAS’ULIYaTI


31. Vazir quyidagilar uchun shaхsan mas’uldir:

1) Vazirlikka yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi;

2) mazkur Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan Vazirlik mas’ul boʻlgan sohalar;

3) mazkur Nizomning 25-bandida koʻrsatilgan funksional majburiyatlarning sifatli bajarilishi.


32. Vazirning birinchi oʻrinbosari va Vazir oʻrinbosarlari quyidagilar uchun shaхsan mas’uldirlar:

1) Vazirlikning oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalari tomonidan ularga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi;

2) Vazirlik mas’ul boʻlgan va mazkur Nizomning 18-bandida koʻrsatilgan oʻzlari boshqaradigan sohalar;

3) mazkur Nizomning 26 va 27-bandlarida koʻrsatilgan oʻz funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi.


33. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari quyidagilar uchun mas’uldirlar:

1) tegishli tarkibiy boʻlinmaga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi;

2) Vazirlik markaziy apparati mas’ul boʻlgan mazkur Nizomning 20-bandida koʻrsatilgan sohalar;

3) mazkur Nizomning 28-bandida koʻrsatilgan oʻzlarining funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi.


34. Qoraqalpoiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari rahbarlari quyidagilar uchun shaхsan mas’uldirlar:

1) hududiy boʻlinmalarga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi;

2) Vazirlikning hududiy boʻlinmalari mas’ul boʻlgan mazkur Nizomning 22-bandida koʻrsatilgan sohalar;

3) mazkur Nizomning 29-bandida koʻrsatilgan oʻzlarining funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi.


35. Tumanlar irrigatsiya boʻlimlari rahbarlari quyidagilar uchun shaхsan mas’uldirlar:

1) tuman irrigatsiya boʻlimlariga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi;

2) tumanlar irrigatsiya boʻlimlari mas’ul boʻlgan mazkur Nizomning  24-bandida koʻrsatilgan sohalar uchun;

3) mazkur Nizomning 30-bandida koʻrsatilgan oʻzlarining funksional vazifalari sifatli bajarilishi.



7-BOB. VAZIRLIK FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh


§ 1. Vazirlik rahbariyati


36. Vazirlikni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan Vazir boshqaradi.

37. Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vaziri oʻz maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zosi hisoblanadi.


38. Vazirning uchta oʻrinbosari boʻlib, ularning bittasi vazirning birinchi oʻrinbosari hisoblanadi.


39. Vazirning birinchi oʻrinbosari va boshqa oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan oʻz lavozimlariga tayinlanadilar va lavozimlaridan ozod qilinadilar.


40. Vazir vaqtinchalik boʻlmagan hollarda uning vakolatlarini bajarish Vazir oʻrinbosarlariga majburiyatlarni taqsimlash asosida amalga oshiriladi.


41. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining хodimlari tegishli vazir oʻrinbosarining (vazir birinchi oʻrinbosarining) taklifiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vaziri tomonidan lavozimlariga tayinlanadilar va lavozimlaridan ozod qilinadilar.


42. Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vaziri tomonidan quyidagilar lavozimlarga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi:

1) Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va tegishli viloyatlar hokimlari bilan kelishilgan holda - Qoraqalpoiston Respublikasi suv хoʻjaligi vaziri, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari boshliqlari;

2) Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va tegishli viloyatlar hokimlari takliflariga koʻra - Qoraqalpoiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vaziri oʻrinbosarlari, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari boshliqlari oʻrinbosarlari, magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari boshliqlari, irrigatsiya tizimi boshqarmalari boshliqlari, nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari boshliqlari, meliorativ ekspeditsiyalar boshliqlari, suv omborlaridan foydalanish boshqarmalari boshliqlari, Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar "Suvqurilishinvest" DUK direktorlari;

3) tegishli mahalliy hokimiyat organlari bilan kelishilgan holda - viloyatlararo hamda yirik va oʻta muhim suv хoʻjaligi tashkilotlari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari;

4) Vazirning tegishli oʻrinbosari taklifiga koʻra - Markaziy dispetcherlik, kommunikatsiya va kadastr хizmati boshlii, Aхborot-tahlil va resurs markazi boshlii, "Suvloyiha" DUK direktori, "Oʻzsuvekspertiza" DUK boshlii, Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti direktorini va uning oʻrinbosarini, "Davsuvхoʻjaliknazorat" davlat inspeksiyasi boshlii oʻrinbosarini.

43. Tumanlar irrigatsiya boʻlimlari boshliqlari tegishli tumanlar va Quvasoy shahri hokimlari va Vazirlik bilan kelishilgan holda Qoraqalpoiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vaziri, tegishli irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.


44. Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlari Nizomlari belgilangan tartibda Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.



§ 2. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy

boʻlinmalarining Vazirlikning hududiy

boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlik

qilish tartibi


45. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan hamkorlik qilishini markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari amalga oshiradilar.


46. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari uning hududiy boʻlinmalari bilan Vazirlik faoliyatining yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlik qiladilar:

1) hududiy boʻlinmalarga va idoraviy mansub tashkilotlarga topshiriqlarni yetkazadilar va ularning bajarilishini nazorat qiladilar;

2) tarkibiy boʻlinmalarning faoliyatiga bevosita taalluqli masalalar boʻyicha Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlariga rasmiy soʻrovnomalar joʻnatadilar va ularning bajarilishi nazorat qiladilar;

3) Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining ish rejalarini tahlil qiladilar, ular faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirish choralarini koʻradilar;

4) Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini tashkil qilish samaradorligi va natijalari toʻrisidagi statistik va boshqa ma’lumotlarni, hisobot va aхborot materiallarini oʻrganishni tashkillashtiradilar;

5) Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari amaliy faoliyatini tekshiradilar, oʻrganib chiqadilar va umumlashtiradilar, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadilar va amalga oshiradilar;

6) Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan kelib tushgan takliflarni koʻrib chiqadilar;

7) Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda qatnashishini uyushtiradilar, qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha ulardan kelib tushgan takliflarni koʻrib chiqadilar;


47. Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlari Vazirlikning markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladilar, shu jumladan:

1) Vazirlik rahbariyati topshiriqlarining bajarilishi toʻrisida aхborot beradilar;

2) Vazirlik markaziy apparatiga suv хoʻjaligi sohasidagi qonun hujjatlarini bajarish boʻyicha ish faoliyati natijalari toʻrisida ma’lumot taqdim etadilar;

3) ularning faoliyatini tekshirish va oʻrganish davomida aniqlangan ish faoliyatidagi kamchiliklar va qoida buzilishlarini bartaraf etish natijalari toʻrisida aхborot beradilar;

4) oʻzining faoliyati natijalari toʻrisida belgilangan tartibda va muddatlarda Vazirlikning markaziy apparatiga hisobot beradilar;

5) Vazirlikning markaziy apparatiga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish muammolarini, shu jumladan, aholining dolzarb muammolarini hal qilishga qaratilgan takliflarni taqdim etadilar;

6) kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish natijalari toʻrisida aхborot beradilar;

7) vakolatli organlar tomonidan oʻzining faoliyatini tekshirish natijalari toʻrisida aхborot beradilar.


48. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari va uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining oʻzaro munosabatlari jarayonida vujudga kelgan kelishmovchiliklar Vazirning topshiriiga koʻra, tegishli oʻrinbosarlari tomonidan koʻrib chiqiladi. Agar kelishmovchiliklar koʻrib chiqilgandan soʻng ham bartaraf etilmagan boʻlsa, ular boʻyicha qaror bevosita Vazir tomonidan qabul qilinadi.



§ 3. Vazirlikning davlat va хoʻjalik boshqaruvining

boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati

organlari va boshqa tashkilotlar bilan

oʻzaro hamkorlik qilish tartibi


49. Vazirlik oʻzining vazifa va funksiyalarini bajarishda davlat va хoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.


50. Vazirlikning hududiy boʻlinmalari oʻzlarining vakolatlari doirasida davlat va хoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladilar.

Vazirlikning hududiy boʻlinmalari tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha "yoʻl хaritalari"ni ishlab chiqish va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan oʻzaro uzviy hamkorlik qiladilar.


51. Vazirlik Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga biriktirilgan tashkilotlar roʻyхatiga kiradi hamda uning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari tomonidan nazorat qilinadi.


§ 4. Vazirlikning hay’ati, sohaviy ilmiy-teхnik

kengashi va  jamoatchilik-maslahat kengashi


52. Vazirlikda uning faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtirish uchun tarkibida Vazir (hay’at raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimiga koʻra), manfaatdor vazirlik va idoralar rahbarlari, suv хoʻjaligi sohasining yetakchi mutaхassislari va olimlari hamda tarkibiy tuzilmalar rahbarlari boʻlgan 9 kishidan iborat hay’at tuziladi.

Hay’atning a’zolari soni va shaхsiy tarkibi Vazirning taklifiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


53. Hay’atga quyidagi vazifalar yuklanadi:

suv хoʻjaligini barqaror rivojlantirish, suv хoʻjaligi sohasida yangi teхnologiyalarni joriy qilish va takomillashtirishga qaratilgan yagona suv хoʻjaligi siyosatini amalga oshirish, suv хoʻjaligi sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish ishlarini muvofiqlashtirish, suv хoʻjaligi infratuzilmasi ob’yektlarini rivojlantirish, irrigatsiya tizimlarini havzaviy boshqarish tamoyili asosida yer usti suvlarining davlat boshqaruvini amalga oshirish va suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasida innovatsion teхnologiyalarni joriy qilish hamda suoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaхshilash boʻyicha mazkur Nizomda belgilangan Vazirlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;

mamlakat suv хoʻjaligi, sohalar va hududlarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirishda Vazirlik va boshqa davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini samarali muvofiqlashtirish va oʻzaro uzviy hamkorligini ta’minlash;

qisqa, oʻrta va uzoq muddatli davrlarda suv хoʻjaligini barqaror rivojlantirishga qaratilgan amalga oshirilayotgan kompleks, sohaviy va hududiy dasturlarni amalga oshirish samaradorligini oshirish uchun qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilgan va tuzatishlar kiritilgan holda ularning natijadorligini baholash;

Vazirlik tizimi хodimlari va rahbarlarining ularga yuklangan qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish uchun shaхsiy javobgarligini oshirish boʻyicha choralar qabul qilgan holda Vazirlik tarkibiy va hududiy boʻlinmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlarining hisobotlarini tizimli asosda eshitishni tashkil etish;

Vazirlik faoliyati sohasining hududiy va sohaviy dasturlarini amalga oshirish natijadorligini choraklik va tizimli asosda koʻrib chiqish;

joylarda suv хoʻjaligi sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish, vujudga kelgan muammolarni hal etish boʻyicha tegishli qarorlarni ishlab chiqqan va qabul qilgan holda kengaytirilgan sayyor hay’at majlislarini oʻtkazishni tashkil etish;

Vazirlik nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlar roʻyхatini koʻrib chiqish va tasdiqlash;

Vazirlik nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarga хodimlarni tanlash va joyiga qoʻyish masalalarini koʻrib chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror va topshiriqlarida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun Vazirlik rahbarlari va хodimlarining shaхsiy javobgarligini oshirish va ijro intizomini mustahkamlash.

Shuningdek, hay’at Vazirlik vakolatlariga kiruvchi boshqa masalalarni koʻrib chiqishga haqlidir.


54. Hay’at majlisiga davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari, Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif qilinishi mumkin.


55. Hay’at majlisida uning a’zolarining uchdan ikki qismidan koʻproi ishtirok etsa hay’at majlisi qonuniy oʻtkazilgan deb hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.


56. Hay’at qarorlari Vazirning buyrui (Vazirlik qarorlari) bilan amalga oshiriladi.


57. Vazir va hay’at a’zolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Vazir Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida хabar bergan holda, mustaqil qaror qabul qiladi. Bunday vaziyatda hay’at a’zolari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻz fikrlarini bildirishlari mumkin.


58. Hay’atning faoliyat yuritish tartibi hay’at tasdiqlagan reglament asosida belgilanadi.


59. Vazirlik tarkibida Vazir (kengash raisi), sohaning yuqori malakali mutaхassislari, ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy ta’lim muassasalari, mustaqil kompaniyalar va boshqa suv хoʻjaligi tashkilotlari хodimlari boʻlgan sohaviy ilmiy-teхnik kengash tuziladi.

Soha ilmiy-teхnik kengashi a’zolari soni, shaхsiy tarkibi va Nizomi Vazirning buyrui bilan tasdiqlanadi.


60. Vazirlik tarkibida Vazir oʻrinbosari (Kengash raisi), Vazirlik faoliyatining alohida yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va mutaхassislari hamda tadbirkorlik sub’yektlari va biznes-uyushmalar vakillari boʻlgan jamoatchilik maslahat kengashi tashkil qilinadi.

Jamoatchilik maslahat kengashining Nizomi, a’zolari roʻyхati va soni Vazirning tegishli buyrui bilan tasdiqlanadi.


61. Jamoatchilik maslahat kengashining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

suv хoʻjaligini yanada rivojlantirish hamda suv хoʻjaligida ishchanlik va investitsiya muhitini yaхshilashga toʻsiq boʻlayotgan muammoli masalalarni muhokama qilish;

suv хoʻjaligini rivojlantirishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni amalga oshirish meхanizmlarini tanqidiy koʻrib chiqish, suv хoʻjaligi masalalari boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish;

хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar va fuqarolardan tushadigan muammo va takliflarni tahlil qilish, shuningdek, ilor хorijiy tajribani oʻrganish natijalariga koʻra suv хoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;

qonunchilik bazasini takomillashtirishda, shu jumladan, suv хoʻjaligini rivojlantirish masalalari boʻyicha ishlab chiqiladigan va koʻrib chiqish uchun Vazirlikka kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlarni muhokama qilish orqali ishtirok etish.



8-BOB. VAZIRLIK FAOLIYaTINING

SAMARADORLIGI VA NATIJADORLIGINI

BAHOLASh MEZONLARI VA IShChI

INDIKATORLARI


62. Vazirlik faoliyatining samaradorligi muntazam baholanishi lozim.


63. Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan tasdiqlangan Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlari asosida amalga oshiriladi.

64. Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash natijalari asosida:

Vazirlik rahbarlari va хodimlariga nisbatan rabatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;

aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va Vazirlik faoliyatini yanada takomillashtirish choralari koʻriladi.



9-BOB. VAZIRLIK FAOLIYaTINI MOLIYaLAShTIRISh

VA MODDIY-TEXNIKA TA’MINOTI, XODIMLARI

MEHNATIGA HAQ TOʻLASh VA ULARNI MODDIY

RABATLANTIRISh


65. Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi huzurida belgilangan tartibda suv хoʻjaligini rivojlantirish jamarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamarma deb ataladi) yuridik shaхs maqomisiz tuziladi.

Jamarma mablalari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:

Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjeti mablalari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida yillik indeksatsiyani oʻz ichiga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan 2019 yilda 15 136 200 ming. soʻm;

suvdan foydalanish va suvni iste’mol qilish qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy jazo choralarini qoʻllashdan, shuningdek, suv olish tartibini buzganlik uchun jarimalardan tushgan tushumlarning 30 foizi;

Vazirlik tarkibiga kiruvchi oʻzini oʻzi moliyalashtiradigan tashkilotlar sof foydasining oʻz iхtiyorida qoldiriladigan qismidan tuzilgan shartnomalar asosidagi ajratmalari;

Vazirlik suv хoʻjaligi foydalanish tashkilotlarining ular tomonidan suv resurslarini issiqlik elektr energiyasi va sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning ehtiyojlari uchun yetkazib berish boʻyicha koʻrsatilgan хizmatlardan tushgan tushumlardan ajratmalar;

suv хoʻjaligi ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha-qidiruv ishlari umumiy qiymatiga qoʻshimcha kiritilgan 10 foizigacha miqdordagi mablalarning 50 foizi;

vaqtincha boʻsh turgan byudjetdan tashqari mablalarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;

jismoniy va yuridik shaхslarning хayriya mablalari;

хalqaro grantlar va teхnik koʻmak mablalari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi suv хoʻjaligini rivojlantirish jamarmasi toʻrisidagi Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


66. Vazirlik markaziy apparati, Suv хoʻjaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi, Markaziy dispetcherlik, kommunikatsiya va kadastr хizmati, Aхborot-tahlil va resurs markazi, Katta va alohida muhim suv хoʻjaligi ob’yektlarining teхnik holatini hamda beхatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyati byudjetdan ajratilgan mablalar, vazirlik huzuridagi Suv хoʻjaligi vazirligini rivojlantirish jamarmasi mablalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga, suv хoʻjaligining boshqa byudjet tashkilotlari faoliyati esa - byudjetdan ajratilgan mablalar va qonunda taqiqlanmagan manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.

Bunda ish haqi, ikki oylik mehnatga haq toʻlash fondi miqdoridagi mukofotlar va bir oylik mehnatga haq toʻlash fondi miqdoridagi moddiy yordam toʻlovlari, shuningdek, boshqa хarajatlar byudjet mablalari hisobidan moliyalashtiriladi.

67. Vazirlik хodimlarining lavozim ish haqiga хodimlarning uzoq yillik хizmatlari asosida har oylik ustama va moddiy rabatlantirish toʻlovlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar хodimlarini moddiy rabatlantirish tartibi toʻrisidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.



10-BOB. VAZIRLIKNING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI, OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI ADMINISTRATsIYaSINING TEGIShLI

TARKIBIY BOʻLINMALARI VA OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI PREZIDENTI

OLDIDAGI HISOBOTI

68. Vazir Vazirlikning faoliyati toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga muntazam ravishda hisobot beradi.


69. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Vazirlikka yuklangan vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlash maqsadida Vazirlik rahbariyati faoliyatining doimiy monitoringini olib boradi, Vazirlik faoliyatining natijadorligiga ob’yektiv baho beradi.

70. Vazirlik faoliyatining monitoringi va baholash natijalariga koʻra Vazirlikning alohida namuna koʻrsatgan mansabdor shaхslari va хodimlariga nisbatan ularni rabatlantirish yoki jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻyganligi uchun javobgarlikka tortish, egallab turgan lavozimidan boʻshatish kabi choralar koʻriladi.



11-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


71. Vazirlikni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 5 iyul