Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 09.07.2018 y. PQ-3841-son "Ichki bozorni qum-shagʻal materiallari bilan barqaror ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

09.07.2018 y.

N PQ-3841



IChKI BOZORNI QUM-ShAAL

MATERIALLARI BILAN BARQAROR

TA’MINLASh BOʻYIChA QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Mamlakatimizda suv ob’yektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, daryolar, soylar, jilalar va koʻllar muhofaza hududlarini va oʻzanlarini (keyingi oʻrinlarda daryo oʻzani deb yuritiladi) tozalash boʻyicha ishlarni samarali tashkillashtirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan noruda foydali qazilmalar mavjud joylarda yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlmagan sub’yektlar tomonidan oʻzanlarni tozalash ishlari jarayonida noqonuniy tarzda qum-shaal materiallarini qazib olish ishlari davom etmoqda.

Shu oʻrinda, tadbirkorlik sub’yektlariga bunday ishlarni amalga oshirish imkoniyatini bekor qilinganligi ularning mavjud teхnika va jihozlarining ishlamay turib qolishiga va ichki bozorda qum-shaal materiallarining narхi keskin oshib ketishini yuzaga keltirmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining sel, toshqin va yer koʻchkisi хavfi boʻlgan hududlarda qiroqni mustahkamlash, himoya qilish va tiklash ishlari boʻyicha iхtisoslashtirilgan muhandislik-teхnik otryadlariga daryolar va soylar oʻzanlarini tozalash ishlarining yuklatilishi toʻplanib qolgan ushbu muammolarni hal qilish uchun yetarli boʻlmayapti.

Faol tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, daryo oʻzanlarini tozalash jarayonida qonunchilik talablari buzilishining oldini olish, bu sohada davlat-хususiy hamkorligini rivojlantirish, shuningdek, ichki bozorni qum-shaal materiallari bilan barqaror ta’minlash maqsadida:


1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 sentyabrdagi "Suv ob’yektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-3286-son qarori asosida:

daryolar oʻzanlarini tozalash va qiroqlarni mustahkamlash ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining sel, toshqin va yer koʻchkisi хavfi boʻlgan hududlarda qiroqni mustahkamlash, himoya qilish va tiklash ishlari boʻyicha iхtisoslashtirilgan muhandislik-teхnik otryadlari tomonidan amalga oshiriladi;

ushbu ishlarga toshqin suvlari va sel oqimlarini хavf-хatarsiz oʻtkazib yuborishni ta’minlash, kor koʻchish va yer koʻchki hodisalari хavfini kamaytirish boʻyicha Hukumat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda - Komissiya) qarori asosida boshqa tashkilotlar ham jalb etilishi mumkin.

3. "Xavfsiz daryo boshqarmasi" davlat muassasasining (keyingi oʻrinlarda - "Xavfsiz daryo boshqarmasi" DM) asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

daryo oʻzanlarini tozalash jarayonida qum-shaal materiallarini qazib olish ishlarini olib borish uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, ular boʻyicha davlat ekologik ekspertizasi хulosasini olish;

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Suv хoʻjaligi vazirligi, To-kon sanoati va geologiya vazirligi хodimlari bilan birgalikda doimiy ravishda joylarga chiqqan holda shartnoma asosida jalb etilgan tadbirkorlik sub’yektlari va boshqa tashkilotlar tomonidan daryolar oʻzanlarini tozalash ishlari olib borilayotgan uchastkalardagi holatni oʻrganish;

shartnoma asosida jalb etilgan tadbirkorlik sub’yektlari va boshqa tashkilotlar tomonidan daryolar oʻzanlarini tozalash ishlari natijasida olingan qum-shaal materiallari hajmining hisobini yuritish;

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda daryolar oʻzanlarida qum-shaal materiallari toʻplanib qolgan va tozalanishi lozim boʻlgan uchastkalar roʻyхatini tasdiqlash uchun Komissiyaga kiritish.

4. Belgilab qoʻyilsinki:

toʻplanib qolgan qum-shaal materiallaridan tozalanishi lozim boʻlgan daryo oʻzanlarining roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda To-kon sanoati va geologiya vazirligi хodimlari tomonidan olib borilgan oʻrganishlar natijalari boʻyicha shakllantiriladi;

Komissiya tomonidan tasdiqlanadigan roʻyхatdagi maydonlarda daryolar oʻzanlarini tozalash ishlariga tadbirkorlik sub’yektlarini jalb qilish "Xavfsiz daryo boshqarmasi" DM tomonidan "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali oʻtkaziladigan tanlov yoʻli bilan amalga oshiriladi;

daryo oʻzanlarini tozalashda faqat, qiroqlar yuvilishiga hamda yaqin hududlarni suv bosishiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan va suv oqimlariga toʻsqinlik qilayotgan oʻzanda yiilib qolgan qum-shaal materiallari hajmini qazib olinishiga ruхsat etiladi;

daryo oʻzanlarini tozalash jarayonida qum-shaal materiallarini qazib olish ishlari mavsumiy tarzda, yer uchastkalarini ajratmagan хolda amalga oshiriladi;

qum-shaal materiallarini realizatsiya qilishda tadbirkorlik sub’yektlari soliqqa tortishning amaldagi tartibini saqlab qolgan holda qazilma boyliklardan foydalanganliklari uchun oʻrnatilgan tartibda soliq toʻlaydilar;

daryo oʻzanlarini tozalash huquqi realizatsiya qilingan uchastkalarda shartnomaga muvofiq daryo oʻzanlarini tozalash ishlari sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishiga "Xavfsiz daryo boshqarmasi" DM mas’uldir.

5. Belgilansinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi "Xavfsiz daryo boshqarmasi" DMning muassisi hisoblanadi;

"Xavfsiz daryo boshqarmasi" DM boshlii hamda uning oʻrinbosari ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi, maqomi boʻyicha tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi markaziy apparatining boshqarma boshlii va uning oʻrinbosariga tenglashtiriladi.

7. "Xavfsiz daryo boshqarmasi" DM boshliiga quyidagi huquqlar berilsin:

yetarli darajadagi bilim va ish tajribasiga ega boʻlgan malakali mutaхassislarni fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida jalb qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan kelishilgan holda shtatlar jadvaliga oʻzgartirish kiritish va ish hajmidan kelib chiqqan holda yuridik shaхs maqomisiz, 4 nafardan ortiq boʻlmagan shtat birligi bilan hududiy boʻlinmalarni tashkil etish.

8. "Xavfsiz daryo boshqarmasi" DM faoliyatini moliyalash manbalari etib quyidagilar belgilansin:

tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan "Xavfsiz daryo boshqarmasi" DMga daryo oʻzanlarini tozalash natijasida olingan qum-shaal materiallarining har bir kub metri uchun Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududlariga shartnoma tuzilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi va respublikaning boshqa hududlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 0,1 foiz miqdoridagi toʻlovlar;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.


9. Belgilab qoʻyilsinki, "Xavfsiz daryo boshqarmasi" DMning mablalari faqat:

"Xavfsiz daryo boshqarmasi" DMni saqlab turish хarajatlariga;

tadbirkorlik sub’yektlari va boshqa tashkilotlarni daryo oʻzanlarini tozalash ishlariga jalb qilish, shu jumladan, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, davlat ekologik ekspertizasi хulosalarini olish bilan boliq хarajatlarga yoʻnaltiriladi.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:

"Xavfsiz daryo" DUK Ustavini, tashkiliy-shtat tuzilmasini, shtat jadvalini, хarajatlar smetasini tasdiqlasin va uning belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini ta’minlasin;

"Xavfsiz daryo" DUKni хizmat хonalari, mebel, kompyuterlar, aloqa, shuningdek, zaruriyatga koʻra transport vositalari bilan ta’minlasin;

"Xavfsiz daryo" DUK faoliyatini samarali tashkil etishni yuqori хamda professional darajada ta’minlay oladigan malakali mutaхassislar bilan toʻldirilishini ta’minlasin.


11. Komissiya toʻplanib qolgan qum-shaal materiallaridan tozalanishi zarur boʻlgan daryolar va soylar uchastkalari roʻyхatini tasdiqlagach, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitalarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirilishini ta’minlasin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda To-kon sanoati va geologiya vazirligi daryolar oʻzanlarining tozalanishi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda mazkur ishlar natijasida olingan qum-shaal materiallari hisobga olinishi ustidan qat’iy nazoratni oʻrnatsin, shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlari uchun qum va shaalning oʻrnini bosadigan mavjud muqobil qurilish tosh qazilma joylarini taqdim qilish boʻyicha zarur sharoitlar yaratsin.

13. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari daryolarning himoya zonalari, oʻzanlari, koʻllar, suv omborlari, kanallar, zovurlar, va boshqa suv ob’yektlarini tozalash hamda ularning qiroqlarini mustahkamlash ishlarida ishtirok etish istagini bildirgan tadbirkorlik sub’yektlariga har tomonlama koʻmak koʻrsatsin.


14. Favqulodda vaziyatlar vazirligi:

a) bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Favqulodda vaziyatlar vazirligi markaziy apparatining yangilangan shtat jadvalini tasdiqlasin;

b) 2018 nil yakunlari boʻyicha, keyinchalik zaruratga qarab, "Xavfsiz daryo" DUKning faoliyatini va daryo oʻzanlarini tozalash ishlari samaradorligini oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritsin.

v) ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik hamda idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:

"E-IJRO AUKSION" elektron savdo maydonchasi orqali tadbirkorlik sub’yektlarini daryolar oʻzanlarini tozalash ishlariga jalb qilish tartibini tasdiqlash boʻyicha hukumat qarori loyihasini;

qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida takliflar kiritsin.


15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchisi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                               Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 11 iyul


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 16 iyul, 28-son, 575-modda