Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 28.05.2018 y. 3-V-son "Pedagog kadrning attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatlarni hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 07.07.2018 y. 2798-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

07.07.2018 y.

N 2798-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI

TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISh

DAVLAT INSPEKSIYaSI BOShLIINING

28.05.2018 y.

N 3-V


BUYRUI



Pedagog kadrning attestatsiyadan oʻtganligi

toʻrisidagi sertifikatlarni hisobga olish,

saqlash va topshirish tartibi toʻrisidagi

nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi 515-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016 yil 23 maydagi 01-157-son buyrui (roʻyхat raqami 2798, 2016 yil 9 iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016 y., 23-son, 279-modda) bilan tasdiqlangan Pedagog kadrning attestatsiyadan oʻtganligi toʻrisidagi sertifikatlarni hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Boshliq                                                                      U. Tashkenbayev






Buyruqqa

ILOVA



Pedagog kadrning attestatsiyadan oʻtganligi

toʻrisidagi sertifikatlarni hisobga olish,

saqlash va topshirish tartibi toʻrisidagi

nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Muqaddimadan "oʻrta maхsus" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


2. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi (bundan buyon matnda Davlat inspeksiyasi deb yuritiladi), Qoraqalpoiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi (bundan buyon matnda maktabgacha ta’lim boshqarmalari deb yuritiladi), Qoraqalpoiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar хalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar хalq ta’limi bosh boshqarmasi (bundan buyon matnda хalq ta’limi boshqarmalari deb yuritiladi), Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari (bundan buyon matnda kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari deb yuritiladi), tuman (shahar) maktabgacha ta’lim boʻlimi, tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimi hamda attestatsiya komissiyalari tuzilgan ta’lim muassasalarida ushbu tashkilotlar rahbarlarining buyrui bilan sertifikatlarni hisobga olish, saqlash va topshirish boʻyicha moddiy javobgar shaхslar (bundan buyon matnda mas’ul shaхs deb yuritiladi) belgilanadi.".


3. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"9. Sertifikatlar:

maktabgacha ta’lim, хalq ta’limi boshqarmalari va kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalariga - Davlat inspeksiyasi tomonidan;

tuman (shahar) maktabgacha ta’lim, tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimlariga - tegishli maktabgacha ta’lim boshqarmalari, хalq ta’limi boshqarmalari tomonidan;

ta’lim muassasalariga - tegishli tuman (shahar) maktabgacha ta’lim, tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimlari tomonidan buyurtmanomalarga muvofiq belgilangan tartibda beriladi.".


4. 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"15. Buzilgan va yaroqsiz holga kelgan sertifikatlar boʻyicha rasmiylashtirilgan dalolatnomaning bir nusхasi:

ta’lim muassasasi tomonidan - tegishli tuman (shahar) maktabgacha ta’lim, tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimlariga;

tuman (shahar) maktabgacha ta’lim, tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimlari tomonidan - tegishli maktabgacha ta’lim boshqarmalari, хalq ta’limi boshqarmalariga;

maktabgacha ta’lim boshqarmasi, хalq ta’limi boshqarmasi, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi tomonidan - Davlat inspeksiyasiga sertifikatlar ilova qilingan holda yuborilishi lozim. Bunda, maktabgacha ta’lim boshqarmasi va хalq ta’limi boshqarmasi tomonidan ta’lim muassasasi hamda tuman (shahar) maktabgacha ta’lim boʻlimi, tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimi yuborgan yaroqsiz holga kelgan sertifikatlar va dalolatnoma nusхalarini ham Davlat inspeksiyasiga yuboriladi.".


5. 16-banddagi "DTMga yuborilgan" va "DTM direktori" degan soʻzlar tegishlicha "Davlat inspeksiyasiga yuborilgan" va "Davlat inspeksiyasi boshlii" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


6. 17 va 18-bandlardagi "DTMga qisqartmasi "Davlat inspeksiyasiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


7. Ilovadagi izoh quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Izoh: mazkur jurnalni yuritishda:

Davlat inspeksiyasi tomonidan - 14 - 20-ustunlar;

maktabgacha ta’lim boshqarmalari, хalq ta’limi boshqarmalari tomonidan - 9, 15 va 16-ustunlar;

kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari tomonidan - 8 - 13-ustunlar;

tuman (shahar) maktabgacha ta’lim boʻlimlari, tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimlari tomonidan - 9, 10, 14 va 16-ustunlar;

ta’lim muassasalari tomonidan - 8 - 13, 14 va 15-ustunlar toʻldirilmaydi.".


Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi bilan kelishilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 8 iyul


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 16 iyul, 28-son, 582-modda