Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.01.2018 y. 65-son "Oʻzbekiston Respublikasi hududini oʻsimliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish va oʻsimliklar karantini sohasida ruхsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

29.01.2018 y.

N 65




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDINI OʻSIMLIKLAR

KARANTINIDAGI ZARARLI ORGANIZMLARDAN HIMOYa

QILISh VA OʻSIMLIKLAR KARANTINI SOHASIDA

RUXSAT BERISh TARTIB-TAOMILLARIDAN OʻTISh

TARTIBI TOʻRISIDAGI NIZOMLARNI

TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻsimliklar karantini toʻrisida"gi, "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruхsat berish tartib-taomillari toʻrisida"gi Qonunlari va Vazirlar Mahkamasining ""Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruхsat berish tartib-taomillari toʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida" 2013 yil 15 avgustdagi 225-son qaroriga muvofiq, shuningdek, oʻsimliklar karantini sohasida tadbirkorlik sub’yektlarining ruхsat berish tartib-taomillaridan oʻtishining yagona tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi hududini oʻsimliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar uchun karantin ruхsatnomasini berish tartibi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;

Oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar uchun fitosanitariya sertifikatlarini berish tartibi toʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:

oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar;

tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari va aholi oʻrtasida ushbu qarorning maqsadlari, mohiyati va ahamiyatini keng yoritilishini ta’minlasinlar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - qishloq va suv хoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                  A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 1 fevral