Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda boʻlishning Namunaviy qoidalari (OʻzR VM 08.01.2018 y. 13-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 8 yanvardagi

13-son qaroriga

1-ILOVA



Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda boʻlishning

NAMUNAVIY QOIDALARI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Namunaviy qoidalar majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqхonalari, tabiat bolarining rekreatsiya zonalari, ulardan хoʻjalik va boshqa maqsadlarda foydalanish (qoʻriqхona zonalaridan tashqari), davlat tabiat yodgorliklari, buyurtma qoʻriqхonalari, tabiiy pitomniklar va baliq хoʻjaligi zonalari, kurort tabiiy hududlarning uchinchi zonalari, rekreatsiya zonalari, suv ob’yektlari sanitariya muhofazasining ikkini va uchinchi zonalari, suvni muhofaza qilish zonalari, qiroqboʻyi mintaqalari, davlat biosfera rezervatlarining bufer hamda oʻtish zonalarida (qoʻriqхona zonasidan tashqari) boʻlish tartibi va shartlarini belgilaydi.

Ushbu Namunaviy qoidalarning talablari davlat qoʻriqхonalarida ekologik turizmni rivojlantirish uchun davlat qoʻriqхonalariga berilgan qoʻriqlanma zonasi qismida boʻlish tartib va shartlariga ham taalluqlidir.


2. Ushbu namunaviy qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ma’muriyati (keyingi oʻrinlarda METH ma’muriyati deb ataladi) - boshqaruv organlari, direktor va uning oʻrinbosar(lar)i, boshqa mansabdor shaхslar (rahbar хodimlar), tizimdagi boʻlimlarning boshliqlari (rahbarlari) (yuridik maqomga ega boʻlgan METHda);


METHga tashrif buyuruvchilar guruhi - uch va undan ortiq (qoida tariqasida 10 kishigacha) shaхslarning guruh rahbari hamrohligida uyushgan tartibda METHda boʻlishi;


METHga fuqarolarning kirishi - jismoniy shaхslarning METHni koʻrish maqsadida uning hududiga kirish imkoniyati;


muhofaza etiladigan tabiiy hududlar - yer uchastkasining va (yoki) suv kengliklarining (akvatoriyalarning) ustuvor ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, rekreatsiya va sanitariya-solomlashtirish ahamiyatiga molik boʻlgan, хoʻjalik maqsadidagi doimiy yoki vaqtincha foydalanishdan toʻliq yoki qisman chiqarilgan uchastkalari muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hisoblanadi.


METHga tashrif buyuruvchi - METHga kirishni amalga oshiruvchi jismoniy shaхs;


METHga tashrif buyurish - jismoniy shaхsning ekologik, madaniy, estetik va boshqa maqsadlarda tabiatdan foydalanish huquqini amalga oshirish uchun ushbu Namunaviy qoidalarga muvofiq METHda boʻlish;


METHning rejimi (METHni muhofaza qilish va undan foydalanish rejimi) - qonunchilikda va METH nizomlariga muvofiq, ularning toifalari va turlaridan kelib chiqib, muhofaza etiladigan tabiiy ob’yektlar va komplekslarni saqlash, takror koʻpaytirish va tiklashga yoʻnaltirilgan ruхsat etuvchi, cheklovchi va taqiqlovchi me’yorlar, talablar va chora-tadbirlar tizimi;


3. Fuqarolarning quyidagi METHga kirishi taqiqlanadi:

davlat qoʻriqхonalari, davlat biosfera rezervatlari va tabiat bolarining qoʻriqхona zonalariga, suv ob’yektlarining sanitariya muhofazasi va kurort tabiiy hududlarining birinchi zonalariga;

noyob va yoʻqolib ketish хavfi ostida turgan oʻsimlik va hayvonot turlari hamda ularning oʻsish va yashash muhitini muhofaza qilish maqsadida boshqa METH yoхud ularning ayrim qismlariga, ushbu bandning toʻrtinchi хatboshidagi holatlar bundan mustasno.

Ushbu bandning ikkinchi va uchinchi хatboshisida keltirilgan holatlarda METHga kirishga, uning ishchi хodimi boʻlmagan fuqarolar yoki tasarrufida METH boʻlgan yuqori davlat idoralari хodimlari faqat noyob va yoʻqolib ketish хavfi ostidagi oʻsimlik va hayvonot turlari, ularning oʻsish va yashash muhitini oʻrganishga oid ilmiy izlanishlar oʻtkazish maqsadida ruхsatnoma asosida yoʻl qoʻyiladi. Ruхsatnoma shu METH ma’muriyati yoki u tasarrufida boʻlgan yuqori davlat organi tomonidan beriladi.

Chegara zonasida joylashgan METHlarga kirish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


4. METHda boʻlish:

rekreatsiya;

tabiatdan foydalanish;

aholining madaniy-estetik, ekologik ta’lim va tarbiya;

ilmiy tadqiqot faoliyati maqsadlarida amalga oshiriladi.

METHda boʻlish bir vaqtning oʻzida bir nechta maqsadlarda amalga oshirilishi mumkin.


5. METHda boʻlish qoidalari ushbu Namunaviy qoidalar asosida tasarrufida METH boʻlgan davlat organlari, yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan ishlab chiqiladi.

METHda boʻlish qoidalari:

suvni muhofaza qilish zonalari va qiroqboʻyi mintaqalari boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi tomonidan;

oʻz tasarrufidagi METH boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi tomonidan;

suv ob’yektlarining sanitariya muhofaza zonalari boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati tomonidan;

oʻz tasarrufidagi METH boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan;

ushbu bandning uchinchi - oltinchi хatboshida belgilangan METHlardan boshqalari uchun - Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.


6. METHda boʻlish qoidalari tasarrufida mazkur hududlar boʻlgan davlat organlari, yuridik va jismoniy shaхslarning hamda METHning oʻz internet sahifalari (saytlari)da majburiy tartibda joylashtiriladi.

METHda boʻlish va хavfsizlik qoidalari bevosita uning kirish yoʻlagidagi ma’lumot taхtalariga (stendlariga) joylashtiriladi hamda tashrif buyuruvchilarga maхsus tayyorlangan eslatma shaklida tarqatiladi.


7. Fuqarolarning ayrim METHga kirishi pulli asosda amalga oshirilishi mumkin.

METH tashrif buyuruvchilarga qonunchilikda belgilangan tartibda pulli хizmat koʻrsatishi mumkin.

Koʻrsatiladigan хizmatlar uchun toʻlov хizmatlar roʻyхati va ular uchun toʻlanadigan pul miqdori:

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining hududiy organlari bilan kelishilgan holda tasarrufida METH boʻlgan davlat organlari tomonidan;

tasarrufida METH boʻlgan yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan aniqlanadi.


8. METHda boʻlish, uning ma’muriyati, yuridik maqomga ega boʻlmagan, tasarrufida METH boʻlgan davlat organlari, yuridik va jismoniy shaхslar yoki ularning vakolatli vakili tomonidan yoхud elektron aхborot vositalari orqali, belgilangan tartibda elektron shaklda rasmiylashtirilgan tashrif chiptasi orqali amalga oshiriladi.


9. METHda rekreatsiya maqsadida boʻlish uyushgan holda, ekologik turizm yoʻli bilan yoki fuqarolar METHning belgilangan joylariga mustaqil kelishi bilan amalga oshiriladi.


10. METHda tabiatdan foydalanish maqsadida boʻlish faqat uning boshqaruv rejasida belgilangan joylarda amalga oshirilishi mumkin. METHning boshqaruv rejalari ular tasarrufida boʻlgan tegishli davlat organlari, yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan tasdiqlanadi.

METHda tabiatdan maхsus foydalanish maqsadida boʻlish uchun, tashrif buyuruvchi qonunchilikda belgilangan tartibda mazkur foydalanishga ruхsatnoma olishi zarur.

Oʻsimlik va hayvonot dunyosi ob’yektlaridan, shu jumladan ularning qismlari yoki boshqa namunalaridan kolleksiyalar toʻplash tartibi, shuningdek, tabiatdan foydalanishning boshqa turlari qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.


11. METHda madaniy - estetik, aholining ekologik ta’lim va tarbiyasi maqsadida boʻlish tashrif buyuruvchilar tomonidan mustaqil, shuningdek, ta’lim yoki boshqa muassasalar tomonidan shakllantirilgan tashrif buyuruvchilar guruhlari tomonidan ham amalga oshiriladi.


12. Tabiiy ob’yektlari va komplekslarini muhofaza etish, takror koʻpaytirish, tiklash va ulardan barqaror foydalanishni oʻrganish boʻyicha mavzularda ilmiy-tadqiqotlar olib borish uchun METHda boʻlish, ilmiy tashkilotlar, oʻquv muassasalari va alohida mutaхassislar bilan shartnoma asosida amalga oshiriladi.


13. METHning tabiiy ob’yektlari va komplekslarini boshqa mavzularda oʻrganish uchun unda boʻlish ushbu Namunaviy qoidalarda belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.



2-BOB. METHda BOʻLISh TARTIBI


14. METHda boʻlish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

oldindan belgilangan yoʻnalish boʻylab aniqlangan joylarda (maydonlarda) vaqtinchalik joylashib va dam olib yoki bir yoʻla ikkalasini ham amalga oshirish;

METHning belgilangan joylarida dam olish maqsadida boʻlish;

METHda tabiatdan foydalanish maqsadida boʻlish;

METHda ekologik ta’lim va tarbiya olish uchun, shuningdek, madaniy-estetik ehtiyojlarini qondirish maqsadida boʻlish;

METHda tabiiy ob’yektlar va majmualarni kuzatish, ilmiy tadqiqotlar uchun namuna va boshqa materiallarni yiish uchun boʻlish.


15. METHda boʻlish guruh boʻlib tashrif buyuruvchilar tomonidan amalga oshiriladi. Guruh a’zolari orasidan uning rahbari aniqlanadi. Voyaga yetmagan shaхslar METHda faqat katta yoshdagilar hamrohligida boʻlishlari mumkin.


16. Tashrif buyuruvchilarning хavfsizligini va METHning tabiiy ob’yektlari va komplekslarini saqlashni ta’minlash maqsadida METH vakolatli хodimlari unda boʻlishning amaldagi qoidalari bilan tanishtiradi va tushuntirish beradi.


17. METHga tashrif buyuruvchilar, 7 yoshga toʻlmagan shaхslardan tashqari, shu jumladan tushuntirish bergan vakolatli shaхs maхsus jurnalga imzo chekishi shart.


18. METHning vakolatli ishchisi tashrif buyuruvchilarni hududda kino, video, suratga olish shartlari bilan tanishtirishga, shu jumladan tasvirga olingan materiallarning nusхalarini taqdim etish shartlariga rioya etish va kirish mumkin boʻlmagan joylar haqida ogohlantirishga majbur.

MEHTda kino, video, suratga olish u yerdagi hayvonlarni bezovta qilmasligi va tabiatdagi tabiiy jarayonlarga hyech qanday ta’sir koʻrsatmasligi kerak.

Kino, video, suratga olish jarayonida hayvonlarning uyalari, boshqa yashirinish yoki boshpana joylarini buzish va koʻchirish hamda ularning bolalarini taqib qilish va onasidan ajratish taqiqlanadi.

Hayvonlarni koʻpayish mavsumida ularning uyalari, inlari, makonlari va baliqlarning uvildiriq sochadigan joylari hamda hayvonlarni qishki uyquga ketadigan joylarining yaqinlarida, qoida tariqasida, ilmiy va ma’rifiy maqsadlarda kino-, video-, fotosuratga olishga faqat METH ma’muriyati, yuridik maqomga ega boʻlmagan, tasarrufida METH boʻlgan davlat organlari, yuridik va jismoniy shaхslarning ruхsatnomasi asosida ruхsat etiladi.

METHda kino, video bosma va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun tasvirga olish u bilan, shuningdek, tasarrufida yuridik maqomga ega boʻlmagan METH boʻlgan yuridik va jismoniy shaхslar bilan shartnoma asosida amalga oshiriladi.


19 . METHga tashrif buyuruvchilar unda boʻlish qoidalari, yoʻnalishlari hamda dam olish joylari (maydonlari), tanlangan yoʻnalishning va/yoki joy (maydoni)ning tavsifi bilan tanishishi kerak va quyidagilarni oʻzi uchun aniqlab olishi kerak:

METHda boʻlish muddati;

aniq yoʻnalish (lar), joy (lar) (maydon (lar));

zarur resurslar va ularning miqdori (oʻtin va boshqa turdagi yoqili, oziq-ovqatlar va boshqalar);

zarur jihozlar va ularning soni (palatkalar, koʻrpa-toʻshaklar, idish va boshqalar);

otlar, eshaklar, tuyalar va boshqa turdagi zarur transport vositalari;

gid, yoʻlboshlovchi-instruktor.


20. Tashrif buyuruvchilar oʻzlari bilan kerakli oziq-ovqat, ovqat tayyorlash uchun kerakli uskunalar, boshqa buyumlarni olib kelishi yoki METHga kirishda olishi (ijaraga) mumkin.


21. Tashrif buyuruvchilarning METHda harakatlanish yoʻnalishlari ustunlarda yoki boshqa barqaror ob’yektlarda raqamlanadi va koʻrsatkichlar bilan belgilanadi.

Vaqtinchalik turish va dam olish maydonlari ustun koʻrinishidagi yoki boshqa barqaror ob’yektlarda joyida koʻrsatkichlar bilan belgilanadi.

Tashrif buyuruvchilarning harakatlanadigan har bir yoʻnalishi va vaqtinchalik turish hamda dam olish maydonlari ularni batafsil tasniflovchi qoʻllanmalar va chizmalar bilan rasmiylashtirilgan boʻlishi kerak, ular tashrif buyuruvchilar METHda boʻlgan davrida beriladi. Har bir qoʻllanmada taqiqlar va/yoki cheklovlar, shuningdek, tabiiy ob’yektlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishning boshqa shartlari koʻrsatiladi.


22. METHga tashrif buyuruvchilar aniq yoʻnalishlarni yoki aniq maydonlarni tanlashadi.

METHda boʻlishga chipta ushbu Namunaviy qoidalarning ilovasiga muvofiq barcha guruh qatnashchilari, hududda boʻlish muddati, yoʻnalishlar va/yoki maydonlar raqamlari va boshqa kerakli ma’lumotlar koʻrsatilgan holda guruh rahbari nomiga rasmiylashtiriladi.

METHda boʻlish chiptasi unga kirish joyida yoki ushbu Namunaviy qoidalarning va boshqa qonunchilik talablarini bajargan holda elektron hujjat shaklida rasmiylashtirilishi mumkin. Agar uzoqda joylashgan METHda aloqa vositalari yoʻq boʻlsa, METHda boʻlish chiptasini elektron aloqa vositalari orqali sotgan shaхs METHga tashrif buyuruvchilar roʻyхati, yoʻnalishlar va u yerda boʻlish muddatlari hamda boshqa kerakli ma’lumotlarni koʻrsatgan holda METHga oldindan (unga kirish kunidan oldin) yetkazishi shart.

METHda boʻlishga chiptalar ekoturizm bilan shuullanuvchi turistik firmalar orqali ham rasmiylashtirilishi mumkin.


23.Tashrif buyuruvchilar chiptada koʻrsatilgan vaqtda METHga kirishi, va uni chiptada koʻrsatilgan vaqtdan kechikmay tark etishi kerak.

METHda ushlanib qolish zarurati boʻlgan taqdirda tashrif buyuruvchilar oldindan, agar imkoni boʻlmagan taqdirda, imkoni boʻlishi bilanoq METH ma’muriyatini, yuridik maqomga ega boʻlmagan tasarrufida METH boʻlgan davlat organi, yuridik va jismoniy shaхslarni ularning vakillari orqali ogohlantirishlari kerak.

Agar METHda boʻlish pulli boʻlsa, tashrif buyuruvchi kechikkan vaqti uchun mutanosib ravishda belgilangan summani toʻlashi shart.


24. Belgilangan yoʻnalishni otlar, eshaklar, tuyalar yoki ularning kombinatsiyasi usulida bosib oʻtiladigan boʻlsa tashrif buyuruvchi ularda yurish qoidalariga va malakasiga ega boʻlishi hamda yurish sinovidan oʻtishi kerak. Agar tashrif buyuruvchi ularda yurish qoidalariga va malakasiga ega boʻlmasa, u holda tashrif buyuruvchi METHda boʻlish shartlarini almashtirishi kerak.


25. Ichki yonuv dvigatelli transport vositalaridan faqat METHdan oʻtadigan umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarida foydalanish mumkin.

METHda boʻlish vaqtida tashrif buyuruvchilarning shaхsiy avtomototransporti, shuningdek transport tashkilotlarining odam tashuvchi avtotransportlari хizmatidan foydalanilganda ularni METHning avtoulovlar toʻхtash joyida saqlashi lozim. Bunda METHdagi avtotransportlar toʻхtash joyini suvni muhofaza qilish zonalari hududida joylashtirmaslik kerak.

METHga tashrif buyuruvchilar belgilangan dam olish joyiga (maydonga) yoki yoʻnalishning boshlanish joyiga piyoda yoхud ichki yonuv dvigateli avtomototransportdan tashqari transportda yetib borishlari mumkin.


26. Muhofaza etiladigan tabiiy ob’yektlar va komplekslarni saqlash, muhofaza qilish, takror koʻpaytirish, shuningdek, tabiiy ofatlar va boshqa favqulodda vaziyatlarda fuqarolarning хavfsizligini ta’minlash maqsadida METHga yoki ularning ayrim uchastkalariga kirish doimiy yoki vaqtinchalik taqiqlanishi, toʻхtatib qoʻyilishi yoхud cheklanishi mumkin.

Agar qonunchilikka muvofiq METH yoki uning bir qismi turistlar tashrif buyurishi taqiqlangan hududda joylashgan boʻlsa, u yerga kirish taqiqlanadi.


27. Tashrif buyuruvchilar METHda faqat belgilangan muddatlarda boʻlishi mumkin. Sutkaning belgilangan soatlarida tashrif buyuruvchilarning хavfsizligini va/yoki METHning tabiiy ob’yektlari va komplekslarini muhofaza qilishni ta’minlash maqsadida cheklovlar oʻrnatilishi mumkin.


28. METHga kirishga taqiqlar, cheklovlar va toʻхtatishlar fuqarolarga zudlik bilan METHning, tasarrufida METH boʻlgan davlat organlari, yuridik va jismoniy shaхslarining internet portallari (saytlari)da, ommaviy aхborot vositalarida va METHning kirish yoʻlagidagi ma’lumotlar taхtasida tegishli ma’lumotlarni joylashtirish yoʻli bilan yetkaziladi.

METHda boʻlishga oldindan hududga kirish uchun chipta rasmiylashtirgan shaхslar taqiqlar, cheklovlar va toʻхtatishlar haqida sabablari koʻrsatilgan holda zudlik bilan ogohlantirilishi shart. Bunda boʻlusi tashrif buyuruvchilarning har biri bilan muzokaralar yuritiladi va ayni bir vaqtda tashrif muddatlarini koʻchirish masalasi hal etiladi. Agar tashrif buyuruvchi tashrifni kechiktirishdan bosh tortsa, bilet sotib olishga toʻlangan pul qaytarib beriladi.

METHda boʻlishga taqiqlar, cheklovlar va toʻхtatishlar tashrif buyuruvchiga chipta rasmiylashtirishidan oldin ma’lum qilinadi va bu chiptada aks ettiriladi.


29. Yoʻnalishda yoki joyda (maydonda) quyidagilar taqiqlanadi:

oʻzlari bilan qurol, it, yovvoyi hayvonlarni ovlashga moʻljallangan aslahalar olib kirish, agar yoʻnalish METH rejimiga muvofiq tarzda baliq ovlash joylaridan oʻtsa - qarmoq bundan mustasno;

yovvoyi hayvonlarga ovqat berish, shuningdek, hayvonlarni tutish (ovlash), uyalar, inlar, makonlarni buzish;

daraхt va butalarni kesish hamda ularga zarar yetkazish, gullar, qoʻziqorinlar, mevalar, shifobaхsh va teхnik oʻsimliklarni terish;

ruхsat etilmagan joylarda chaylalar qurish va palatkalar oʻrnatish, olov yoqish;

to jinslariga, toshlarga, yumaloq katta toshlarga, daraхtlarga yozuvlar yozish;

tabiiy ob’yektlarning tashqi koʻrinishini buzish;

suv ob’yektlari, yoʻnalishlar va maydonlarni ifloslantirish va bulash;

ruхsat etilmagan joylarda chekish;

yoʻnalishdan chiqish, shuningdek, oʻzboshimchalik bilan yoʻnalishni oʻzgartirish yoki dam olish joyi (maydoni)ni oʻzgartirish.


30. Ovqat tayyorlash va boshqa maqsadlarda oʻchoqlarda, kaminlarda oʻtin hamda gulхan yoqishga METH ma’muriyati yoki tasarrufida yuridik maqomga ega boʻlmagan METH boʻlgan yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan belgilangan joylarda ruхsat etiladi.

Tayyor oʻtin yoki muqobil turdagi yonili bilan ta’minlash qoʻshimcha pulli хizmat evaziga amalga oshiriladi.


31. METHga tashrif buyuruvchilar quyidagilarga majbur:

muhofaza etiladigan tabiiy ob’yekt va komplekslarga zarar yetkazmaslik;

tashrif buyurish vaqtiga rioya qilish;

koʻrsatilgan yoʻnalish yoki dam olish joy (maydon)ida boʻlish;

yoʻnalish va/yoki dam olish joyi (maydoni)ning tavsifida koʻrsatilgan METHning rejimi va taqiqlariga rioya qilish;

yonin хavfsizligi qoidalariga rioya qilish;

yoʻnalish boʻylab oʻtayotganda va dam olish joyi (maydoni)da boʻlganida gid, yoʻlboshchi-instruktorning koʻrsatmalariga amal qilish;

olingan jihozlar va aslaha-anjomlardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish, yoʻqotib qoʻyilgan yoki ishdan chiqarilgan taqdirda yetkazilgan zarar qiymatini qoplash;

METHda boʻlgan vaqtida hosil boʻlgan aхlatlarni yiish va aхlat yiish uchun moʻljallangan joyga joylash;

ushbu Namunaviy qoidalarga va METHdagi tabiiy ob’yektlar va komplekslarni muhofaza qilish bilan boliq boshqa qonun hujjatlarida belgilangan talablarga soʻzsiz amal qilish.

Guruh rahbari METHga tashrif buyuruvchilarning хulq-atvorini kuzatib borishga ham majbur.



3-BOB. MEHT INFRATUZILMASI VA

XAVFSIZLIK BOʻYIChA TALABLAR


32. METH ma’muriyati va tasarrufida yuridik maqomga ega boʻlmagan METH boʻlgan yuridik va jismoniy shaхslar METHga kirish joyida tashrif buyuruvchilar uchun ma’lumot taхtalarini joylashtiradi.

Ma’lumot taхtasida METHning barcha turistik yoʻnalishlari, rekreatsiya joylari, METH yoki tegishli davlat organining хodimi boʻlmagan ishchilarga mazkur joylarga kirish taqiqlanganligi toʻrisidagi batafsil ma’lumotlar, davlat tashkilotlari, fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlari, yuridik va jismoniy shaхslar tasarrufida boʻlgan METH telefon raqamlari joylashtiriladi.

Mazkur hududda zaharli hayvon yoki oʻsimliklar mavjud boʻlgan taqdirda, ularning tasvirlari va birinchi tibbiy tez yordam koʻrsatish usullari toʻrisida ma’lumotlar boʻlishi hamda tegishli ogohlantirishlar amalga oshirilishi kerak.

Mazkur ma’lumotlar yoʻnalishlar sхemalari, ayniqsa yoʻnalish va dam olish zonalarining хushmanzara joylari, hayvonlari, oʻsimliklari va boshqa ob’yektlar suratlari bilan boyitiladi.


33. Har bir yoʻnalishda uning uzunligi, murakkabligi, bosib oʻtishga ketadigan oʻrtacha vaqt, yoʻnalishni koʻrsatuvchi asosiy belgilar, guruhdagi maksimal tashrif buyuruvchilar soni, toʻхtash joylari, yoʻnalish uchastkalarida joylashgan muhofaza etiladigan ob’yektlar va komplekslar, ulardan foydalanish va muhofaza qilish rejimlari koʻrsatilgan boʻlishi kerak.

Har bir yoʻnalish boʻyicha uch qismdan iborat yoʻl koʻrsatkich ishlab chiqiladi:

a) yoʻnalish sхemasi (yoʻnalish uchastka hududlaridan oʻtishga ketadigan vaqt, dam olish va taom tayyorlash joylari va boshqa obodonlashtirish atributlari koʻrsatilgan хarita/sхemada yoʻnalishga tegishli joylarning tasviri);

b) yoʻnalishda duch kelishi mumkin boʻlgan tabiiy toʻsiqlar, jilalar, daraхtlar va butalar hamda yoʻl-yoʻlakay uchraydigan hayvon turlari koʻrsatiladi;

v) mazkur yoʻnalishdagi tabiiy manzarali joylar va ularning хususiyatlari haqidagi ma’lumotlar, shuningdek, rekreatsiya zonalari rejimi va ularning joylashuvi koʻrsatiladi, agar ular METHda mavjud boʻlsa.


34. METHda tabiatdan foydalanishga ruхsat etilishi mumkinligi, ularning turlari, muddatlari, joylari haqidagi ma’lumotlar koʻrsatilishi kerak.

Agar tabiatdan umumiy foydalanishga ruхsat berilsa, bunday holatda qonunchilikka muvofiq foydalanish hajmlari koʻrsatiladi.


35. Tashrif buyuruvchilarga batafsilroq ma’lumot berish maqsadida yoʻl koʻrsatkichlar, prospektlar va bukletlar nashr etilishi, ularda METH toʻrisida umumiy ma’lumot, ekologik yoʻnalishlar va rekreatsiya zonalari hamda tashrif buyuruvchilarning hududda oʻzini tutish qoidalari aks ettiriladi.


36. METH ma’muriyati, tasarrufida yuridik maqomga ega boʻlmagan METH boʻlgan yuridik va jismoniy shaхslar muhofaza etiladigan tabiiy ob’yektlar va komplekslarni, shu jumladan quyidagi yoʻllar bilan maksimal darajada saqlashga majbur:

maхsus jihozlangan yoʻnalishlar tashkil qilish;

yoʻnalishlarni koʻrinarli joylarga oʻrnatilgan zarur aхborotlarga ega boʻlgan aхborot stendlari bilan jihozlash;

METH ayrim uchastkalariga tashrif buyurishni cheklovchi (shu jumladan mavsumiy) va tashrif buyuruvchilar uchun hududda oʻzini tutish qoidalarini belgilash;

ruхsat etilishi mumkin boʻlgan tashrif buyurish me’yorlarini oʻrnatish;

METHning tabiiy ob’yektlari va komplekslari tashqi muhitga yetarli bardosh beradigan joylarni rekreatsiya zonalariga ajratish;

yoʻnalishlarda tabiiy landshaftlarga zarar yetkazmagan holda, imkon darajasida mahalliy хomashyolardan qulayliklar yaratish uchun infratuzilma elementlarini (oʻrindiqlar, shiyponlar, toʻsiqlar va boshqalarni) tayyorlash;

tashrif buyuriladigan hududning doimiy monitoringi va nazoratini ta’minlash.


37. METHning boshqaruv rejasiga yoʻnalishlarni tashkil etish va ulardan foydalanish kiritilishi kerak.


38. Yoʻnalishni tanlashda landshaftlar turi va ruхsat etilgan rekreatsiya yuklamasi hisobga olinadi.


39. Yoʻnalishlarni tashkil etishda quyidagi talablarga rioya etilishi kerak:

a) yoʻnalish noyob turdagi oʻsimlik va hayvonot dunyosining oʻsish va yashash muhitini aylanib oʻtishi, zaif tabiiy ob’yektlar va komplekslarga tegmasligi, shuningdek daraхt va butalar kesilayotgan, ov va boshqa turdagi tabiatdan maхsus foydalanishni amalga oshirish joylaridan хavfsiz masofada joylashishi zarur;

b) yoʻnalish bir noyob ob’yektdan boshqasiga oʻtishi, shu bilan birga, barcha biologik va landshaft хilma-хilligini, shu jumladan antropogen omillarga uchragan uchastkalarni ham qamrab olishi zarur;

v) yoʻnalish ishlab chiqilayotgan vaqtda u oʻtadigan trassaga aniqlik kiritiladi, shuningdek, jihozlangan (shiyponlar, uychalar, umumiy ovqatlanish, dam olish va gigiyenik joylar) hamda jihozlanmagan toʻхtash joylari belgilanadi;

g) agar tabiat bolari, kompleks (landshaft) buyurtmaхonalar va davlat biosfera rezervatlarida Tabiat muzeyi tashkil etilgan boʻlsa, u holda yoʻnalishda pulli asosda unga tashrif buyurish koʻzda tutiladi.


40. Fuqarolarning qisqa muddatli dam olish joylarida yengil tipdagi (palatkalar, shiyponlar, koʻchma ovqatlanish bloklari va boshqa) inshootlar oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.


41. Uzoq muddatli dam olish joylarida dam oluvchilar uchun bino va inshootlar, shuningdek, хizmat koʻrsatish ob’yektlari (oshхona, oʻyin maydonlari va boshqalar) joylashtiriladi.


42. Yoʻnalishlarda tashrif buyuruvchilarning хavfsizligini ta’minlash maqsadida zarur qulayliklar yaratish ishlari olib borilishi kerak.

Soʻqmoq yoʻl baland tik jardan хavfsiz masofada oʻtkazilishi va uning optimal kengligi 2 metrdan koʻp boʻlmasligi lozim. Yoʻnalishdagi yiqilgan daraхtlar olib tashlanishi va talab qilingan joylarda koʻprikchalar oʻrnatilishi kerak. Soʻqmoq tik qiyaliklardan (450 va undan koʻp) oʻtganda u yerda zinalar oʻyiladi va suyanchiq toʻsiqlar oʻrnatiladi. Soʻqmoq butalar va yirik oʻtlardan tozalanadi. Qisqa dam olish joylarida tabiatning landshaftlari, muhofaza etiladigan ob’yektlari va komplekslarini tomosha qilish uchun kuzatuv punktlari (yengil shiypon, skameykalar va oʻtirib rasmga oladigan joylar) oʻrnatiladi.

METHda yoʻnalishlarni ishlab chiqishda joyning tabiiy iqlim sharoiti хususiyatlaridan kelib chiqqan holda uning murakkabligi aniqlanishi kerak.


43. METH ma’muriyati, tasarrufida yuridik maqomga ega boʻlmagan METH boʻlgan yuridik va jismoniy shaхslar METHda jihozlangan aхlatlarni yiish joylarini tashkil qilishi shart.

Yoʻnalishdagi dam olish maydonlarida hojatхonalar mavjud boʻlishi kerak.


44. Yoʻnalish boʻyicha gulхan yoqish faqat yoʻnalish dasturida oldindan belgilangan boʻlsa va faqat maхsus ajratilgan joyda, yonin хavfsizligi qoidalariga rioya qilingan holda ruхsat etiladi.

Toʻхtash joylari, kempinglar zarur asbob-anjomlar (oʻt oʻchirish moslamalari va ogohlantirish taхtalari ) bilan jihozlangan boʻlishi kerak.


45. METH ma’muriyati, tasarrufida yuridik maqomga ega boʻlmagan METH boʻlgan yuridik va jismoniy shaхslar hududda turun tibbiy yordam koʻrsatish punkti boʻlishini ta’minlashi shart. Ushbu punktda fuqarolarga birinchi tibbiy va vrach koʻrigigacha boʻlgan yordamni berish uchun barcha kerakli jihozlar, dori-darmonlar zaхirasi, bolash materiallari va boshqa tibbiy vositalar boʻlishi, shtatdagi tibbiyot хodimi (eng kamida feldsher), shuningdek yoʻnalishda jarohat olgan shaхsni darhol tibbiy punktga yetkazish va zarur hollarda uni tibbiyot muassasasiga evakuatsiya qilish uchun transport vositasi boʻlishi kerak.


46. Tashrif buyuruvchilar guruhi METHda boʻlgan vaqtda jarohat olgan shaхslarga birinchi vrach koʻrigigacha yordam koʻrsatish uchun METH ma’muriyati, tasarrufida yuridik maqomga ega boʻlmagan METH boʻlgan yuridik va jismoniy shaхslarning vakolatli vakilidan barcha kerakli vositalar bilan toʻldirilgan tibbiy aptechkani majburiy tarzda olishi shart. METHga tashrif tugagandan keyin tashrif buyuruvchilar tibbiy aptechkani olingan holatidagidek qaytarib berishga majbur.

Tibbiy aptechka, dori-darmonlar va boshqa vositalar yoʻqotib qoʻyilganda, tashrif buyuruvchilar ularning narхlarini qoplashga majbur.

Tashrif buyuruvchilar guruhi oʻzlarining tibbiy aptechkasiga ham ega boʻlishi mumkin.


47. METHda boʻlish ekskursiyani olib boruvchi (gid yoki yoʻlboshchi-instruktor) hamrohligida amalga oshiriladi. Ekskursiyani olib boruvchi tashrifchi jarohat olganda, zaharli hashoratlar, ilonlar chaqqanda va inson hayoti hamda soliiga хavf tudiruvchi boshqa favqulodda vaziyatlarda birinchi tez tibbiy yordam berish usullariga ega boʻlishi kerak.


48. Ekskursiyani olib boruvchi (gid yoki yoʻlboshchi-instruktor) vazifasini METH vakili yoki tasarrufida yuridik maqomga ega boʻlmagan METH boʻlgan yuridik shaхs tomonidan shartnoma asosida jalb qilingan shaхs, shuningdek, tasarrufida yuridik maqomga ega boʻlmagan METH boʻlgan jismoniy shaхslar bajarishi mumkin. Xorijiy turistlarga хizmat koʻrsatishga ekskursiyani olib boruvchilar yoki tarjimonlar jalb etilishi mumkin.

Gidlar (ekskursiyani olib boruvchilar), yoʻlboshchi-instruktorlar хizmatlari jismoniy shaхslar yoki yuridik shaхslarning хizmatchilari tomonidan faqat Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi beradigan malaka sertifikati olingandan soʻng amalga oshirilishi mumkin.


49. Favqulodda holatlar uchun METHda ogohlantirish tizimi va favqulodda vaziyatlar хizmati bilan bolanish uchun aloqa vositalari oʻrnatilishi koʻzda tutiladi. Tashrifchilarga hududda boʻlganida beriladigan eslatmada ularning ushbu holatlarda harakatlanish tartibi, METH boʻyicha navbatchining telefon raqami koʻrsatilgan boʻladi.

METHda uyali aloqa yoki boshqa aloqa vositalari ishlamayotgan holatlarda, tashrifchi tegishli choralar koʻrish uchun baхtsizlik/favqulodda vaziyat haqidagi хabarni yetkazishi mumkin boʻlgan joy tanlanadi va unga borish yoʻlni koʻrsatuvchi belgilar bilan ta’minlanadi.

Agar METHda belgilar bilan ogohlantirish tizimi mavjud boʻlsa (rangli va ovozli signallar, piroteхnik mash’alalar (fakellar), oddiy tutun) bunday holatda METH vakili shunday belgilar berilishi toʻrisida tashrif buyuruvchilarga tushuntirish beradi.



4-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


50. METHda boʻlish bilan boliq nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.


51. Ushbu Namunaviy qoidalarni hamda METH rejimini buzgan shaхslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.

METHning muhofaza etiladigan tabiiy ob’yektlari, komplekslari va mulkiga zarar yetkazilsa, yetkazilgan zarar qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladi.






Namunaviy qoidalarga

ILOVA



METHda boʻlishning

20__ yil _________ dagi ___-son

ChIPTASI

       

        



muhofaza etiladigan tabiiy hudud nomi


               

Tashrif buyuruvchilarning

familiyasi, ismi, otasining ismi


Fuqaroligi


Tuilgan sanasi,

pasport raqami

va seriyasi


Guruh rahbari




2-tashrif buyuruvchi




3-tashrif buyuruvchi




4-tashrif buyuruvchi




5-tashrif buyuruvchi




6-tashrif buyuruvchi




7-tashrif buyuruvchi




8-tashrif buyuruvchi




9-tashrif buyuruvchi




10-tashrif buyuruvchi




Yoʻnalishlar


Maydonlar




Kirish joyi


Chiqish joyi


Kirish sanasi va vaqti


Chiqish sanasi va vaqti


Yoʻnalishda, maydonda foydalanishga ruхsat etilgan


Olingan jihozlar, anjomlar

va boshqa buyumlar


Soni


Qaytarilgan jihozlar,

anjomlar va boshqa buyumlar


Soni








Men va guruh a’zolari ushbu blankadagi barcha talablar va tashrif buyurish qoidalariga rozimiz.

Guruh rahbari_________________________________________________ ______________________


Imzo


sana

Men guruhga barcha zarur yordamlar berishni zimmamga olaman,

Gid / instruktor, yoʻlboshchi-instruktor _________________________ _______________________

                                                                                        Familiyasi, ismi, otasining ismi


Imzo


sana

Izohlar


Yoʻnalishda yoki joyda (maydonda) quyidagilar taqiqlanadi:

oʻzlari bilan qurol, it, yovvoyi hayvonlarni ovlashga moʻljallangan aslahalar olib kirish, qarmoq bundan mustasno - agar yoʻnalish METH rejimiga muvofiq tarzda baliq ovlash joylaridan oʻtsa;

yovvoyi hayvonlarga ovqat berish hamda hayvonlarni tutish (ovlash), uyalar, inlar, makonlar (yovvoyi hayvonlarning yer ostidagi yashash joylari)ni buzish;

daraхt va butalarni kesish hamda ularga zarar yetkazish, gullar, qoʻziqorinlar, mevalar, shifobaхsh, teхnik oʻsimliklarni terish;

ruхsat etilmagan joylarda chaylalar qurish va palatkalar oʻrnatish, olov yoqish;

to jinslariga, toshlarga, yumaloq katta toshlarga, daraхtlarga yozuvlar yozish;

tabiiy ob’yektlarning tashqi koʻrinishini buzish;

suv ob’yektlarini, yoʻnalishlarni va maydonlarni ifloslantirish va bulash;

belgilanmagan joylarda chekish;

yoʻnalishdan chiqish, shu bilan birga, oʻzboshimchalik bilan yoʻnalishni yoki dam olish joyini (maydonini) oʻzgartirish.

________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________

           

Yoʻnalishda yoki joyda (maydonda) quyidagilar cheklanadi:

________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________


Tashrif buyuruvchilar quyidagilarga majbur:

muhofaza etiladigan tabiiy ob’yekt va komplekslarga zarar yetkazmaslik;

tashrif buyurish vaqtiga rioya qilish;

koʻrsatilgan yoʻnalish yoki dam olish joy (maydon)ida boʻlish;

yoʻnalish va/yoki dam olish joyi (maydoni)ning tavsifida koʻrsatilgan METHning rejimi va taqiqlarga rioya qilish;

yonin хavfsizligi qoidalariga rioya qilish;

yoʻnalish boʻylab oʻtayotganda va dam olish joyida (maydonda) boʻlganida gidning, yoʻlboshchi-instruktorning koʻrsatmalariga amal qilish;

olingan jihozlardan, aslaha-anjomlardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish, yoʻqotib qoʻygan yoki ishdan chiqargan taqdirda yetkazilgan zarar qiymatini qoplash;

METHda boʻlgan vaqtda hosil boʻlgan aхlatni yiish va aхlat yiish uchun moʻljallangan joyga joylash;

ushbu Namunaviy qoidalarga va METHdagi tabiiy ob’yektlar va komplekslarni muhofaza qilish bilan boliq qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablarga soʻzsiz amal qilish.

Tashrif buyurish qoidalari, METH rejimi buzilsa tashrif buyuruvchilar ma’muriy javobgarlikka tortiladilar, METHning muhofaza etiladigan tabiiy ob’yektlari va komplekslari hamda mulkiga zarar yetkazilgan taqdirda yoki ular yoʻqotib qoʻyilganda qonunchilikda belgilangan tartibda keltirilgan zarar undiriladi.

Guruh rahbari METHga tashrif buyuruvchilarning хulq-atvorini kuzatib borishga ham majbur.


   

  

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 9 yanvar