Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.12.2017 y. 1009-son "Daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

21.12.2017 y.

N 1009



DARYoLAR OʻZANLARINI TOZALASh VA

QIROQLARINI MUSTAHKAMLASh IShLARINI

AMALGA OShIRISh TARTIBI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Suv ob’yektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 25 sentyabrdagi PQ-3286-son qarorini ijro qilish, shuningdek, daryolar oʻzanlarini tozalash va qiroqlarini mustahkamlash ishlarini samarali tashkil etish va amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Daryolar oʻzanlarini tozalash va qiroqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Kuchkarov va Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri R.M. Djurayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                 A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 21 dekabrdagi

1009-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

oʻz kuchini yoʻqotgan deb e’tirof

etilayotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi ochiq suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va хavfsiz oʻtkazilishini ta’minlash boʻyicha loyihalarni tuzish, ishlab chiqish, ekspertiza oʻtkazish, tasdiqlash va amalga oshirish tartibi toʻrisida nizomni tasdiqlash toʻrisida" 2014 yil 29 maydagi 135-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014 y., 5-son, 53-modda).


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb e’tirof qilish toʻrisida" 2016 yil 4 maydagi 138-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016 y., 5-son, 36-modda) 1-ilovaning 5-bandi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ekologiya va atrof-muhitni muhofazalash sohasida davlat boshqaruv tizimini takomillashtirish toʻrisida" 2017 yil 21 apreldagi PF-5024-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofazalash qoʻmitasi faoliyatini tashkil etishni ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlar toʻrisida" 2017 yil 21 apreldagi PQ-2915-son qarori)" 2017 yil 14 noyabrdagi 915-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017 y., 46-son, 1134-modda) 1-ilovaning 52-bandi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 23 dekabr